UDC: 342.2 (042)(575.1)
Alayeva Dinara
Toshkent davlat yuridik universiteti o'qituvchisi Е-mail: [email protected]
KONSTITUTSIYA ILM-MA'RIFAT SOHASIDAGI ISLOHOTLAR
POYDEVORI
Annotatsiya. Maqolada O 'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi xalqimiz va davlatimizning dunyo mamlakatlari orasidagi mavqeyi, tutgan o 'rni va istiqbollarini huquqiy jihatdan mustahkamlash hamda kafolatlashga qaratilganligi, Asosiy Qonunimizning yaratilishi xalqimiz hayotida ulkan tarixiy voqea bo 'lganligi va uning ulug ' maqsadlar sari sobitqadam tashlashida mustahkam huquqiy zamin ekanligi ko'rsatib berilgan. Unda har bir inson bilim olish huquqiga ega ekanligi, bepul umumiy ta'lim olish davlat tomonidan kafolatlanganligi belgilab berilgan. Bosh qomusimizning muhim g'oyasi - bu hayotning gultoji bo 'lgan insonni qadrlash va uning manfaatlarini muhofaza qilishga qaratilgan. Kons ti tuts iyamizda e 'tirof etilganidek, inson, uning hayoti, erkinligi, sha 'ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi. Ushbu konstitutsiyaviy tamoyillar va ularning amalda ta'minlanayotgani tufayli yurtimizda har bir inson o'zini himoyalangan his etib, tinch va farovon hayot kechirmoqda. Davlatimizni rivojlantirish bo 'yicha Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan harakatlar, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida ilm-fan va ilmiy tadqiqot ishlarining rolini oshirish, oliy ta'limdan keyingi ta'lim tizimini yanada rivojlantirish, Fanlar akademiyasi faoliyati, ilmiy tadqiqot ishlarini tashkil etish, boshqarish va moliyalashtirishni yanada takomillashtirish, yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish va ularning bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bo'yicha ilgari surilgan 5 ta tashabbus, 2020-yilga "Ilm-ma 'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili " deb nom berilishi ham Konstitutsiya-mizda belgilab berilganfarovonlikka erishishyo 'lidagi muhim qadamlardir. Raqamli texnologiyalarningjadal rivojlanishi xodimlarning mobilligi oshishi va sifat jihatidan yangi ish o'rinlarining paydo bo'lishiga olib kelmoqda. Jahon iqtisodiyotining hozirgi rivojlanish bosqichi ish bilan bandlikning zamonaviy shakllari, xu-susan, masofaviy ish bilan bandlikni rivojlantirishni talab etmoqda. Shu sababli ushbu maqolada O'zbekiston Respublikasi sharoitida ish bilan bandlikning zamonaviy shakllaridan foydalanish imkoniyatlari tahlil etilgan.
Kalit so'zlar: Konstitutsiya, Prezident farmonlari, inson huquqlari, ilm-ma'rifat, ilm-fan, raqamli iqtisodi-yot, masofaviy ish va ta'lim, mehnat bozori, ish bilan bandlik, mehnat munosabatlari, onlayn dars.
Алаева Динара
преподаватель Ташкентского государственного юридического университета
НАША КОНСТИТУЦИЯ - ОСНОВА РЕФОРМ НА ПУТИ К НАУКЕ, ПРОСВЕЩЕНИЮ, СЧАСТЛИВОЙ ЖИЗНИ И СВЕТЛОМУ БУДУЩЕМУ
Аннотация. В статье указано, что Конституция Республики Узбекистан имеет важное значение, направленное на правовое закрепление и гарантирование положения перспектив нашего народа, государства среди стран мира. Создание нашего Основного закона является важным историческим событием в жизни нашего народа и прочной правовой основой для устойчивых шагов нашего народа к достижению великих целей. В нашей Конституции установлено, что каждый человек имеет право на образование, бесплатное общее образование гарантируется
государством. Важная идея Основного закона направлена на то, чтобы ценить человека, который является венцом жизни, защищать его интересы. Как признает наша Конституция, высшей ценностью является человек, его жизнь, свобода, честь, достоинство и другие неприкосновенные права. Благодаря этим конституционным принципам и их практическому обеспечению каждый человек в нашей стране чувствует себя защищенным, живет мирной и благополучной жизнью. Выдвинутые Президентом нашей страны меры по развитию нашего государства, повышению роли науки и научно-исследовательских работ в социально-экономическом развитии, дальнейшему развитию системы послевузовского образования, деятельности Академии наук, дальнейшему совершенствованию организации, управления и финансирования научно-исследовательских работ, повышению духовности молодежи и организации их досуга были поддержаны 5 инициативами. То, что 2020 год назван «Годом науки, просвещения и развития цифровой экономики», также является важным шагом в достижении процветания, определяемым Конституцией. Стремительное развитие цифровых технологий приводит к повышению мобильности персонала и появлению качественно новых рабочих мест. Современный этап развития мировой экономики требует развития современных форм занятости, в частности удаленной занятости. Поэтому в данной статье проанализированы возможности использования современных форм занятости в условиях Республики Узбекистан.
Ключевые слова: Конституция, указы Президента, права человека, образование, наука, цифровая экономика, массовая работа, массовое образование, рынок труда, занятость, трудовые отношения, онлайн-курс.
Alayeva Dinara
Lecturer, Tashkent State University of Law
OUR CONSTITUTION IS THE BASIS FOR REFORMS ON THE WAY TO SCIENCE, ENLIGHTENMENT, A HAPPY LIFE AND A BRIGHT FUTURE
Abstract. The article states that the Constitution of the Republic of Uzbekistan is aimed at legally consolidating and guaranteeing the position of the prospects of our people, the state among the countries of the world; the creation of our Basic Law is an important historical event in the life of our people and is a solid legal basis for the sustainable steps of our people to achieve great goals. Our Constitution stipulates that everyone has the right to education; free general education is guaranteed by the state. The main aim of our Constitution is to value the individual who is the crown of life and protect his or her interests. As our Constitution recognizes, the highest value is the human being, his life, freedom, honour, dignity and other inviolable rights. Thanks to these constitutional principles and their practical enforcement, every person in our country feels protected and lives a peaceful and prosperous life. The measures put forward by the President of our country to develop our state, enhance the role of science and scientific research in socio-economic development, further develop the system of postgraduate education and activities of the Academy of Sciences, further improve the organization, management and funding of research, increase the spirituality of youth and organize their leisure time have been supported by 5 initiatives. Naming 2020 the Year of Science, Education and Digital Economy Development was also an important step in achieving the prosperity defined by our Constitution. The rapid development of digital technology is resulting in greater staff mobility and the creation of qualitatively new jobs. The current stage of the global economy requires the development of modern forms of employment, in particular, remote employment. Therefore, this article analyzes the opportunities of modern forms of employment in the conditions of the Republic of Uzbekistan.
Keywords: Constitution, presidential decrees, human rights, education, science, digital economy, mass work, mass education, labour market, employment, labour relations, online course.
1992-yil 8-dekabr kuni qabul qilingan O'zbekis-ton Respublikasining Konstitutsiyasi xalqimizning, davlatimizning dunyodagi mavqeyi, istiqbolini huquqiy jihatdan mustahkamlagan va kafolatla-gan muhim hujjat edi. Davlatimiz o'zining huquqiy hujjati - Konstitutsiyasi bilan dunyo sahniga qadam qo'yadi. Shu jihatdan har tomonlama mukammal va xalqaro standartlar talablariga to'liq javob beradigan Asosiy Qonunimizning yaratilishi xalqimiz hayotida ulkan tarixiy voqea bo'lishi bilan birga uning ulug' maqsadlar sari sobitqadam tashlashida mustahkam huquqiy zamin bo'ldi.
Konstitutsiyamizning 15-moddasida "O'zbekis-ton Respublikasida O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlarining ustunligi so'zsiz tan olinadi. Davlat, uning organlari, mansabdor shaxs-lar, jamoat birlashmalari, fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq ish ko'radilar", - deb qayd etilgan. Ushbu qoidaning hayotiy ifodasini yurtimiz-da yashayotgan har bir fuqaro o'z turmush tarzi, ish faoliyatida ko'rishi mumkin. Oilaviy hayotda bo'la-dimi, jamiyatdagi munosabatlardami, o'qish va ish faoliyatidami - barchasi Konstitutsiya va u asosida yaratilgan qonunlar bilan tartibga solinadi.
Konstitutsiyamizning 41-moddasida belgilab qo'yilgan: "Har kim bilim olish huquqiga ega. Bep-ul umumiy ta'lim olish davlat tomonidan kafolatla-nadi. Maktab ishlari davlat nazoratidadir. Bugungi globallashuv, ayni paytda dunyoning qator burchak-larida qashshoqlik, notinchlik, jaholat va boshqa il-latlar avj olayotgan bir davrda O'zbekistonda tug'i-lib o'sayotgan har bir bola maktab yoshiga yetgach bepul ta'lim olishi mamlakat Konstitutsiyasi bilan himoya qilingan. Afsuski, ko'pchilik uchun oddiy ko'rinadigan bu hol bir qancha davlatlarda hamon hukumatning jiddiy e'tiboriga muhtoj bo'lib kel-moqda.
Bosh qomusimizning muhim g'oyasi - bu hayot-ning gultoji bo'lgan insonni qadrlashga, uning man-faatlarini muhofazalashga qaratilgan. Bu davlatimiz siyosatida insonparvarlik tamoyillari ustuvorligi-ning yaqqol namunasi desak mubolag'a bo'lmaydi. Chunki mustaqillikkacha bo'lgan davrda, ya'ni sobiq Sho'ro davlati tuzumida davlat manfaatlari barcha narsadan ustun qo'yilganini yodga olsak, bugungi maqsad-muddaolarimiz ezguligi, Konstitutsiyamiz esa eng yuksak insoniy qadriyatlar mujassamlashgan xalqchil qomus ekanligi aniq-ravshan ko'zga tashla-nadi.
Asosiy Qonunimizda e'tirof etilganidek, inson, uning hayoti, erkinligi, sha'ni, qadr-qimmati va bosh-qa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi. Davlat o'z faoliyatini inson va jamiyat farovonligini ko'zlab, ijtimoiy adolat va qonuniylik prinsiplari asosida amalga oshiradi.
Ushbu konstitutsiyaviy tamoyillar va ularning amalda ta'minlanayotgani tufayli yurtimizda har bir inson o'zini himoyalangan his etib, tinch va faro-von hayot kechirmoqda. Aholining o'z muammo va tashvishlari bilan davlat organlariga murojaat etishi uchun imkoniyatlar "Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili"da yanada kengaydi.
Prezidentimiz ilgari surgan xalq davlat idorala-riga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak degan tamoyil amalda o'z ifodasini topayotir. Aholi eng ko'p murojaat qiladigan davlat idoralari faoliyatida odamlar bilan ishlash bo'yicha sifat ji-hatidan mutlaqo yangi tizimga o'tildi. Bu nafaqat xalqimiz tomonidan, balki xalqaro miqyosda ham e'tirofga sazovor bo'layotgani diqqatga sazovor.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev alohida qayd etganidek, O'zbekiston Respublikasining Konstitut-siyasi xalqimiz siyosiy tafakkurining noyob namu-nasidir. Shu o'rinda Konstitutsiyamizning yaratilishi tarixiga bir nazar tashlasak, 90-yillar xalqimiz uchun qanday og'ir sinovlar davri bo'lgani bugun sir emas. Lekin shunday murakkab bir davrda xalqimizning asriy orzusi bo'lgan mustaqillik sari, uning huquqiy asoslarini yaratish va mustahkamlash yo'lida dadil qadamlar qo'yilgan.
O'zbekiston erkin bozor iqtisodiyoti va kuchli ijtimoiy himoyalash tizimiga asoslangan demokratik huquqiy davlat, adolatli fuqarolik jamiyatini barpo etish yo'lidan dadil bormoqda. O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi ushbu maqsadlar yo'lida muhim huquqiy zamin, jamiyatimizda barqarorlik, shuningdek, inson huquqlari va erkinliklarining kafo-lati bo'lib xizmat qilmoqda.
Konstitutsiyada mustahkamlab qo'yilgan inson huquqlari va erkinliklarini ta'minlashda, jamiyatda qonuniylik va huquq-tartibotni mustahkamlashda hamda fuqarolar o'rtasida tinchlik va milliy totuv-likni ta'minlashga ko'maklashishda, fuqarolarning huquqiy madaniyatini yuksaltirishda, qolaversa, qonun hujjatlarini amaliyotda qo'llash samaradorligi-ni oshirish va takomillashtirishda sud hokimiyati alo-hida o'rin tutadi. Shuning uchun ham jamiyatda sud or-ganlarining nufuzini oshirish, sudyalarning chinakam
mustaqilligini va faqat qonunlarga asoslanib ish yuri-tishini ta'minlash mamlakatimizda huquqiy demokra-tik davlat va kuchli fuqarolik jamiyatini qurish-dagi muhim shartlardan biri hisoblanadi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasida ma'muriy sudlarni tashkil etishning nazarda tutili-shi ham aynan inson huquqlarini himoya qiluvchi sudlarning chinakam mustaqilligini ta'minlash, sud-da ishlarni ko'rish va hal etishning sifatini oshirish, pirovardida fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirishni nazarda tutadi.
Mamlakatimizda ta'lim-tarbiya tizimini tubdan isloh qilishga ham alohida e'tibor qaratilib, farzand-larimizning jahon andozalari darajasida zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni egallashi, jismonan va ma'nan yetuk insonlar bo'lib ulg'ayishi borasida qa-tor ishlar amalga oshirib kelinmoqda.
Jahondagi rivojlangan mamlakatlarning tajriba-laridan ma'lumki, mamlakat taraqqiyotini ta'min-lashda aqliy salohiyatning o'rni alohida ahamiyatga ega. Shuning uchun ham O'zbekiston mustaqillikka erishgan kunlardanoq aqliy salohiyatni oshirishning muhim qismi bo'lgan kadrlar tayyorlash siyosatiga alohida e'tibor qaratdi. Ayniqsa, ilm-fan sohasini isloh qilish taraqqiyotimiz uchun muhim ahamiyatga ega.
Bugungi kunda ilm-fan sohasida erishilayotgan ulkan kashfiyotlar va ularning ishlab chiqarishga keng miqyosda joriy qilinishi olimlarning ijtimoiy va iqtisodiy hayotdagi rolini kuchaytirib yubordi. Xusu-san, jamiyat taraqqiyotiga ilmiy-texnika inqilobi o'z ta'sirini ko'rsata boshlagan dastlabki yillardan jami-yatning aqliy salohiyati, uning asosi bo'lgan kadrlar tayyorlash muammolari yanada dolzarblashdi, shu bois u ko'plab tadqiqotlar obyekti bo'lib kelmoqda.
O'zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida ilm-fanning rolini oshirish, innovatsion rivojlantirish, ilmiy xodimlarni qayta tayyorlash davlat siyosatining ustuvor yo'nalishiga aylandi. Mamlakat taraqqiyo-tini mustahkamlash, istiqbolini belgilashda ilmiy-tadqiqot ishlarini samarali tashkil etish, fan, ta'lim va ishlab chiqarish hamkorligini ta'minlash bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri hisoblanmoqda. Ilm-fan iqtisodiyotning barcha tarmoqlari taraqqiyotida katta o'rin tutadi. Har qanday davlat bu yo'lda, avvalo, olimlarga suyanadi. Bugungi kunda mam-lakatimiz aholisining katta qismini yoshlar tashkil
etayotganligi hech kimga sir emas. Shu sabab olimlar orasida yoshlar ko'pchilikni tashkil etadi. Mustaqillik yillarida yoshlar aqliy salohiyatini yuksaltirish, yosh olimlar sonini yanada ko'paytirish, yoshlar ilmiy-tadqiqot ishlari olib borishlari uchun keng imkoni-yatlar yaratish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev 2016-yil 30-dekabrda bir guruh ilmiy jamoatchilik vakillari, akademiklar, professor-olimlar bilan uchrashdi. Uchrashuvda res-publikamiz ilm-fani, ta'lim tizimining bugungi holati va ertangi kelajagi bilan bog'liq bir qator masa-lalar ko'tarildi. Mamlakatimizda fundamental va ak-ademik fanni rivojlantirish sohasiga yosh istiqbolli kadrlarni yanada ko'proq jalb etish borasida bir qator vazifalar belgilandi.
Shuningdek, O'zbekistonRespublikasi Prezidenti-ning 2017-yil 16-fevralda "Oliy ta'limdan keyingi ta'lim tizimini yanada rivojlantirish to'g'risida"gi PF-4958-son farmoniga ko'ra mustaqillik yillarida uzluksiz ta'limning noyob tizimi yaratildi, ilmiy-tad-qiqot faoliyati, oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash va attestatsiyadan o'tkazish sama-radorligini oshirishga, mamlakatning ijtimoiy va iqti-sodiy taraqqiyotida ilm-fanning rolini kuchaytirishga yo'naltirilgan salmoqli ishlar amalga oshirildi. Oliy ta'lim va fan integratsiyasini kengaytirish, yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashda akademik ilmiy kadrlar salohiyatidan foydalanish samarador-ligini rivojlantirish, ularning OTM o'quv jarayonida-gi ishtirokini ta'minlash, iqtidorli yoshlarni ilmiy tadqiqot va innovatsion faoliyatga keng jalb etish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi bilan hamkorlikda o'quv-ilmiy kompleks va markaz-lar faoliyatini tashkil etish modeli yaratildi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-fevraldagi "Fanlar akademiyasi faoliya-ti, ilmiy tadqiqot ishlarini tashkil etish, boshqarish va moliyalashtirishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-2789-sonli qarori, 2017-yil 5-iyuldagi "Yoshlarga oid davlat siyosa-ti samaradorligini oshirish va O'zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo'llab-quvvatlash to'g'risida"gi PF-5106-sonli farmoni va 2017-yil 27-iyuldagi "Oliy ma'lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirish-da iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to'g'risida"-gi PQ-3151-sonli qarori kabi me'yoriy-huquqiy hujjatlarning qabul qilinishi va ijtimoiy hayotga tat-biq etilishi bu borada muhim qadam bo'ldi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-noyabrdagi "O'zbekiston Respublikasi Innovat-sion rivojlanish vazirligini tashkil etish to'g'risida"gi PF-5264-sonli farmoniga muvofiq Fan va texnologi-yalar qo'mitasi tugatilib, O'zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining tashkil topishi, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-iyuldagi "Yoshlarni ilm-fan sohasiga jalb qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tad-birlari to'g'risida"gi 559-sonli qarori mamlakatimiz ilm-fani sohasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan in-qirozli vaziyatning oldini olish maqsadida qo'yilgan dadil qadam bo'ldi. Unda ilm-fan nufuzini yanada oshirish, ilmiy texnologik salohiyatni yuksaltirish-da akademik ilm-fanning rolini kuchaytirish, mav-jud ilmiy maktablar an'analarini davom ettirish va yangi maktablar yaratilishini ta'minlash maqsadiga qaratildi. Qarorda yoshlarni ilm-fan sohasiga omma-viy tarzda jalb qilishga yo'naltirilgan yaxlit tizim -O'zRFA tarkibida "Yosh akademiklar" klubini tashkil etish vazifasi belgilab qo'yilgan. "Yosh akademiklar" klubining asosiy vazifasi - bo'lajak a'zolarini max-sus sinovlar asosida saralab olish. Albatta, ilm-fan-ni yosh, iqtidorli, malakali kadrlar bilan ta'minlash, xodimlarning bilimdonlik darajasini oshirish, ular-ning qobiliyatlarini ro'yobga chiqarish uchun barcha sharoitlarni yaratish, ilmiy jarayonni jadallashtirish bilimga asoslangan iqtisodiyot modeli hisoblanib, bu jarayonning samaradorligini ta'minlashda yangicha yondashuvlarni izlab topishni taqozo etadi.
Shu bilan birga, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga oid ishlar oliy o'quv yurtidan keyin-gi ta'lim tizimi sharoitida orttirilgan tajribaning mo-hiyatini qator xorijiy mamlakatlarning mazkur so-hadagi ilg'or amaliyotini hisobga olgan holda qayta anglash zarurligini taqozo etmoqda. Hozirgi sharoit-da ilmiy kadrlar tayyorlash jarayonini tobora jadal rivojlantirish va sifatini oshirish, iqtidorli yoshlarni ilm-fanga keng jalb qilish, oliy ta'lim va ilmiy muassasalarning ilmiy salohiyatini mustahkamlash, undan respublikaning innovatsion rivojlanishida sa-marali foydalanish masalalariga alohida e'tibor qa-ratilgan.
Prezidentimiz tomonidan 2019-yil 19-martda Yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish va ularning bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bo'yicha ilgari surilgan 5 ta tashabbus bugungi kunda yoshlarga bo'lgan e'tiborni yanada kuchaytirish, ularni madaniyat, san'at,jismoniy tarbiya va sportga kengjalb
qilish, yosh avlod ongida axborot texnologiyalaridan foydalanish ko'nikmalarini shakllantirish, yurtimiz yoshlari o'rtasida kitobxonlikni targ'ib qilish, xotin-qizlar bandligini oshirish masalalariga alohida urg'u qaratilayotganligining yaqqol namunasidir. Besh tashabbus - bu besh imkoniyat, faqat oqilona foydalanishni taqozo etadi. Jamiyat taraqqiyotida, yurt, millat taqdirida o'sib kelayotgan yosh avlodning jismoniy va ma'naviy kamoloti, aqliy salohiyati muhim o'rin tutadi. Yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyev ta'kidlab o'tganidek: "Dunyo shiddat bilan o'zgarib, barqarorlik va xalqlarning mustahkam rivojlanishiga raxna soladigan turli yangi tahdid va xavflar bo'layotgan bugungi kunda ma'naviyat va ma'rifatga, axloqiy tarbiya, yoshlarning bilim olish, kamolga yetishga intilishiga e'tibor qaratishlar har qachongidan ham muhimdir". O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish, yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning kamolotga erishishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish maqsadida bir qancha muhim hujjatlar qabul qilindi, amaliy ishlar yo'lga qo'yildi va muayyan natijalarga erishildi.
Prezidentimiz Sh.M. Mirziyoyev Oliy Majlis Senati a'zolari va Qonunchilik palatasi deputatlari, hukumat, vazirlik va idoralar rahbarlari, turli soha va-killari ishtirokida 24-yanvar kuni Toshkent shahrida-gi Xalqaro kongress markazida bo'lib o'tgan tad-birda Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasiga: "Mamlakatimizda ilm-fanni yanada ravnaq toptirish, yoshlarimizni chuqur bilim, yuksak ma'naviyat va madaniyat egasi etib tarbiyalash, raqobatbardosh iqti-sodiyotni shakllantirish borasida boshlagan ishlarni jadal davom ettirish va yangi, zamonaviy bosqichga ko'tarish" to'g'risidagi murojaatnomani taqdim etdi va 2020-yilga "Ilm-ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili", - deb nom berishni taklif etdi. Bu murojaatnoma davlat va nodavlat telekanallari orqali jonli efirda namoyish etildi va ba'zi kanallarda sur-do tarjima, rus va ingliz tillarida berildi, shuningdek, barcha tashkilot va korxonalarda jamoa bo'lib ting-landi. Bu tadbirda Prezidentimiz tomonidan o'tgan yil davomida amalga oshirilgan ishlar, joriy va kel-gusi yillarga mo'ljallangan ustuvor yo'nalishlar, dav-latimiz ichki va tashqi siyosati uchun asosiy vazifalar bayon etilgan va dolzarb qonunchilik tashabbuslari ilgari surilgan.
12.00.02 - КОНСТИТУЦИЯВИй ^УЦУК;. МAЪМУPИЙ ^УЦУЬ;. МОЛИЯ BA БОЖXОНA ^УЦУЦИ
Bu tadbirda yurtboshimiz tomonidan qilingan ma'ruzalarda har bir tizimda tub o'zgarishlar, aniq strategik maqsadlarni birma-bir sanab o'tildi. Ayniq-sa, oliy ta'lim sohasini rivojlantirish bo'yicha ustu-vor tizimli vazifalar belgilab berildi. Maktab biti-ruvchilarini OT bilan qamrab olish darajasi kamida 25 foizga yetkazilishi, oliy ta'lim muassasalariga qabul qilish davlat grantlari ikki baravar ko'payti-rilishi, qizlar uchun alohida grantlar ajratilishi talaba yoshlarni xursand qildi. Oliy ta'lim muassasalariga kirish imtihonlari optimallashtirilishi, o'qishga kirish jarayonlari soddalashtirilishi, ona tili bo'yicha baho-lashning milliy test tizimining yaratilishi kabi vazi-falarni amalga oshishi kabi islohotlar yoshlar uchun yaratilgan keng imkoniyat ekanligi barchani birdek quvontirdi.
Oliygohlarda mutaxassislikka aloqasi bo'lmagan fanlar soni ikki barobar qisqarishi, yangi o'quv yili-dan o'quv jarayoni kredit-modul tizimiga o'tkazilishi kabi islohotlar ta'lim tizimida o'z ijobiy samarasini berishi yurtimizda mavjud oliy ta'lim muassasal-arida ijobiy natija berganligi hammaga ayon. Shu-ningdek, murojaatnomada pedagogik ta'limning 6 ta yo'nalishi bo'yicha o'qish muddati 3 yil qilib belgi-lanishi, shak-shubhasiz, kelgusida bu sohada mavjud muammolarning oldini oladi.
So'nggi yillarda oliy ta'lim muassasalari o'qituv-chilari, magistrlari va doktorantlarining xorijda malaka oshirishlariga alohida e'tibor qaratilmoqda. 2019-yilda O'zbekiston Milliy universiteti professor o'qituvchilaridan 33 nafari O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi "El-yurt jamg'ar-masi" tomonidan tashkil qilingan grantlarda ishtirok etib, xorijning nufuzli oliygohlarida o'z malakalarini oshirib keldi. Bugun esa mazkur jamg'arma tomonidan 2020-yilda 700 nafar ziyoli olimlar, professorlar va tadqiqotchilar davlat granti hisobidan xorijda ma-lakaoshirishivastajirovkalargasafarbaretilishinieshit-gan jamoa bundan ham ruhlanib ketdi. Bu esa yana ko'plab iqtidorli yoshlarni xorijda malaka oshirishga keng imkoniyatlar eshigini ochib beradi.
Yana shuni alohida ta'kidlab o'tish joizki, yurt-boshimiz yilni ilm va ma'rifat sohasiga qaratishla-rining o'zida bir majoziy ma'no mujassam. Zero, eng katta boylik - bu aql-zakovat va ilm. Eng katta meros -bu yaxshi tarbiya, eng katta qashshoqlik - bu bilim-sizlikdir deb aytilgan fikrda mubolag'a yo'q.
2020-yil 2-mart kuni "Ilm-ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili" da amalga oshiriladi-
gan ishlarga oid Davlat dasturi haqidagi O'zbekiston Prezidenti farmoni imzolandi. Davlat dasturi 284 ta banddan iborat bo'lib, unda umumiy qiymati 18,2 trln so'm (10,3 mlrd AQSH dollari)ga teng loyihalar tas-diqlangan.
Shulardan:
1. Davlat budjeti va budjetdan tashqari maqsadli fondlar hisobidan - 12,9 trln so'm.
2. Ijrochilar va banklar mablag'lari hisobidan -2 trln so'm.
3. Xalqaro moliya institutlari mablag'lari va grantlar hisobidan 3,3 trln so'm (10,3 mlrd AQSH dollari)ga teng bo'lgan loyihalardir.
Davlat dasturi loyihasi 2020-yil 11-20-fevral kunlari jamoatchilik muhokamasi uchun 2020. strategy.uz va regulation.gov.uz veb-portallariga joylashtirilgan edi. Davlat dasturi loyihasi 320 ta banddan iborat bo'lgan holda jamoatchilik muhokamasiga havola etildi. Uning doirasida jami qiymati 17,5 trln so'm (9,6 mlrd dollar)ga teng loyihalarni amalga oshirish ko'zda tutilgan edi. "Taraqqiyot strategiyasi" markazi ma'lumotiga ko'ra muhokama jarayonida aholidan 3162 ta taklif kelib tushdi. Ular bo'yicha o'tkazilgan muhokamalar yakuniga ko'ra loyihaga jami 62 ta konseptual va 30 dan ortiq tahririy o'zgartish va qo'shimchalar kiritildi. Jumladan:
• "Mening fikrim" portalida tashabbuslarni ko'rib chiqish, qabul qilish va rad etish jarayonlari-ning ochiqligini ta'minlash;
• sudyalarni rotatsiya qilishning aniq va shaffof mexanizmini joriy etish;
• tashqi qarzlarni olish va uni maqsadli sarflash jarayonida Oliy Majlis rolini kuchaytirish;
• "yashirin iqtisodiyot" subyektlarini aniqlashda jamoatchilik nazorati mexanizmlarini joriy qilish;
• kambag'allikni aniqlash mezonlarini ishlab chiqishda mahalliy deputatlarning ishtirokini kengay-tirish;
• "Kitob kuni"ni belgilash va shu kunda respub-lika bo'ylab ommaviy ijtimoiy tadbirlar o'tkazish;
• talabalar turar joylarini qurishni davlat-xususiy sheriklik asosida amalga oshirish;
• O'zbekistonda seysmik xavfsizlikni ta'minlash tizimini takomillashtirish kabi takliflar dasturga kiri-tildi.
Harakatlar strategiyasini "Ilm, ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili"da amalga oshirish-ga oid Davlat dasturi" parametrlari:
1. Davlat daturining bandlari - 284 ta, jumladan, yo'nalishlar bo'yicha:
- davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirish - 38 ta;
- qonun ustuvorligini ta'minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish - 22 ta;
- iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirish -96 ta;
- ijtimoiy sohani rivojlantirish - 84 ta;
- xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag'rikenglikni ta'minlash, shuningdek, chuqur o'ylangan, o'zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat yuritish - 44 ta.
2. Davlat dasturini amalga oshirishning moliyaviy resurslar hajmi - 17,5 trln so'm (10,3 mlrd dollar).
Mamlakatimizda ilm-fanni yanada ravnaq top-tirish, yoshlarni chuqur bilim, yuksak ma'naviyat va madaniyat egasi etib tarbiyalash, albatta, iqtisodi-yot bilan bog'liq. Shu maqsadlarni amalga oshirish, raqobatbardosh iqtisodiyotni shakllantirish, boshla-gan ishlarni jadal davom ettirish va yangi, zamonaviy bosqichga ko'tarish uchun ham 2020-yil "Ilm, ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili [3]" deb nomlandi. Ush-bu yuksak maqsadlarni amalga oshirish uchun "Raqamli O'zbekiston - 2030" dasturini ishlab chiqish vazifasi qo'yildi va unga ko'ra O'zbe-kistonni raqamli transformatsiyalashish jara-yonini jadallashtirish belgilab olindi.
Endi raqamli iqtisodiyot masalasiga o'tadigan bo'lsak, uning qanday afzalliklari bor? Birinchidan, xufyona iqtisodiyotga chek qo'yiladi. Tranzaksiyalar raqamli shaklda amalga oshirilganda ularni boshqa-rish oson bo'ladi. Xaridor va sotuvchi o'rtasidagi har qanday to'lovlar rasmiylashtiriladi. Shu yo'l bilan har qanday g'ayriqonuniy tranzaksiyalarga chek qo'yiladi. Naqd pul shaklidagi tranzaksiyalarni cheklagan hamda faqatgina elektron to'lovlarni amalga oshirgan holda hukumat xufyona iqtisodiyotga barham beri-shi mumkin. Bunday to'lovlar, o'z navbatida, soliq tushumlarining ortishiga olib keladi. Chunki raqamli shaklda amalga oshirilgan har bir tranzaksiya qayd etib boriladi. Ikkinchidan, fuqarolarga yangi qulay-liklar yaratadi. Raqamli iqtisodiyotning rivojlanishi yangi xizmat turlarining paydo bo'lishi barobarida insonlarning tashvishlarini yengil qilishga xizmat qiladi. Bunga bugun respublikamiz bo'ylab faoliyat yuritayotgan davlat xizmatlari markazlarini misol qilib olishimiz mumkin.
Axborot texnologiyalarining rivojlanishi bilan bugungi kunda ish bilan bandlikni ta'minlashning yangi yo'nalishlari paydo bo'lmoqda. Ish beruvchilar ixtiyoriy ravishda va xohishiga ko'ra xodimlarni ish-ga yollash imkoniga ega bo'lmoqda va geografik joy-lashuvi hamda vaqtdagi farq ahamiyatga ega emas. Xodimlar axborot texnologiyalaridan foydalangan holda masofadan turib o'z vazifalarini bajarishga qo-dir bo'lib, uydan tashqariga chiqmasdan, har qanday vaqtda belgilangan vazifani bajarish imkoniga ega bo'lishmoqda.
Dunyoning bir qancha yetuk olimlari ish bilan bandlikning zamonaviy shakllari, masofaviy ish bilan bandlik bo'yicha tadqiqot ishlarini olib borishgan. "Davos" iqtisodiy forumi asoschisi va prezidenti Karl Shvab raqamli iqtisodiyotda asosiy ishlab chiqarish omili baribir kapital emas, balki kadrlar salohiyati bo'lishini asoslab bergan, uning fikriga ko'ra "to'rtin-chi sanoat inqilobi" bundan oldingi inqiloblar bilan taqqoslaganda yangi tarmoqlarda kamroq ish o'rin-lari yaratadi [5].
Akadememik Q.X. Abdurahmonovning fikricha: "Ish beruvchi bilan xodimlar o'rtasidagi "masofadagi munosabatlar" mehnat faoliyatini zamon va makonda nomarkazlashtirish jarayonining tarkibiy qismi hi-soblanadi. Bu esa egiluvchan vertual mehnat bozorini shakllantirishga ham xizmat qiladi [6]". "Masofadan turib ishlash axborot-kommunikatsiya texnologi-yalari yordamida bajariladigan mehnat faoliyatidir. Ish bilan bandlikning bunday shaklining asosiy xu-susiyati ish bilan xodim o'rtasida virtual tarzda "masofadan turib iqtisodiy munosabatlar" o'rnatilishidir [5]".
To'rtinchi sanoat inqilobi avtomatlashtirish, kompyuterlashtirish va robotlashtirish bilan birgalik-da axborot texnologiyalarini rivojlantirishga asoslan-gan bo'lib, texnik hamda ijtimoiy-iqtisodiy o'zgarish-larga olib keladi. Ish bilan bandlikni raqamlashtirish-da nafaqat tahlil va dasturiy ta'minotni ishlab chiqish sohasida yangi kasblar va ishlarning paydo bo'lishi, balki avtomatlashtirilishi va robotlashtirilishi mumkin bo'lgan ayrim ish bilan bandlik sohalarining yo'q bo'lishi mumkin. Natijada yuqori maoshli va kam haq to'lanadigan ish o'rinlari orasidagi tafovut kenga-yadi. Aytish mumkinki, axborot texnologiyalari band-lik shakllarini o'zgartirmoqda. Raqamli inqilob ikki tomondan bandlik tuzilmasiga ta'sir qiladi: tash-kiliy-texnik va ijtimoiy-iqtisodiy. Tashkiliy-texnik to-moni raqamli inqilob mahsulotlarini yaratish sohasi-
12.00.02 - констИТУЦИЯВИй мAъмурий
молия BA БОжхонA ^у;у;и
da yangi ish o'rinlarining paydo bo'lishi, shuningdek, ish bilan bandlikning yangi shakllari, yangi kasblar-ning paydo bo'lishiga olib keladi. Ijtimoiy-iqtisodiy soha, bir tomondan, inson kapitalini rivojlantirish im-koniyatlarini kengaytirish nuqtayi nazaridan namo-yon bo'ladi. Axborot texnologiyalari jamiyat man-faatlariga xizmat qilishi mumkin va shaxsiy manfaat-lar uchun, ish bilan barqaror bandlik shakllarining paydo bo'lishiga olib kelishi mumkin.
Raqamli texnologiyalarni joriy qilish bar-cha iqtisodiy jarayonlarni tezlatish imkoni-ni beradi, ammo bu jarayonlarning tezlashu-vi oqibatida mamlakatda qanday o'zgarishlar ro'y berishi - iqtisodiyotning rivoji yoki tanaz-zulga yuz tutishi, shak-shubhasiz, inson kapi-talining rivojlanishiga bog'liq bo'ladi. Iqtisodiyotni raqamlashtirish davrida hamda axborot qiymati shiddat bilan o'sib borayotgan bir paytda jamiyat tub o'zgarishlarni o'z boshidan kechirmoqda. Shuni alohida ta'kidlash lozimki, raqamli iqtisodiyotda mamlakatning asosiy aktivi inson kapitali va uning sifati bo'ladi, ya'ni yangi texnologiyalar sohasida chuqur bilimlarga ega, ularni hayotga tatbiq eta olishga qodir, eski narsalarni takomillashtira ola-digan mutaxassislar asosiy kuch deb hisoblanadi.
Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish sharoitida mehnat faoliyatini samarali tashkil etish va yuritishda eng muhim muammolardan biri malakali xodimlarni jalb qilish masalasi hisoblanadi. Bugungi kunda jahon iqtisodiyoti globallashuvining jadal sur'atlar bilan rivojlanishi va internet tizimidan keng miqyosda foy-dalanish imkoniyatini paydo bo'lishi, ushbu muam-moni hal etish imkonini bermoqda.
Mamlakatimizda aholini ish o'rinlari bilan ta'minlashning innovatsion shakllarini ommalashti-rish hamda shart-sharoitlarni yaratish muhim ahami-yat kasb etadi. Rivojlangan mamlakatlar tajribasini o'rgangan holda ta'kidlashimiz mumkinki, aholini ish o'rinlari bilan ta'minlashning zamonaviy hamda istiqbolli shakllaridan biri - bu masofaviy ish bilan bandlik hisoblanadi. Uy mehnatining asosiy ustunli-gi, uning moslashuvchanligidadir. Xodimlar korxona joylashuvidan qat'i nazar, o'zaro kelishuv asosida mehnat faoliyatini masofaviy tarzda tashkil etish im-koniyatiga egadir.
Tojlivirus epidemiyasi oqibatida karantin cho-ralarining tashkil qilinishi ham ish beruvchilarni bandlikning masofaviy shakllaridan foydalanishga majbur qildi.
Masovafiy ish bilan bandlikni tartibga soluvchi me'yoriy-huquqiy hujjatlar davlat, ish beruvchi va xodim o'rtasidagi munosabatlarni tartibga solishi, ularning manfaatlarini himoya qilib, quyidagilarni o'zida aks ettirishi maqsadga muvofiqdir:
- masofaviy ish bilan bandlarning ish haqini tartibga solishi va ish haqi to'lovi tizimini tartibga solish;
- masofaviy ish bilan bandlarning manfaatlari va huquqlarini aks ettirishi;
- ish beruvchilar majburiyatlari va huquqlarini belgilanishi, masofaviy ish bilan bandlarga nisbatan ta'sir etish vositalarini tartibga solish;
- favqulodda vaziyatlarda ish beruvchilar maj-buriyatlarini tartibga solinishi;
- masofaviy ish bilan bandlar, ularning mehnat faoliyati va mehnat natijalarini tartibga solish mexa-nizmlarini ishlab chiqish;
- kasaba uyushmasi bilan munosabatlarni tartib-ga solinishi;
- masofaviy ish bilan bandlik subyektlari bilan munosabatlarni tartibga solish;
- masofaviy ish bilan bandlikni davlat tomonidan tartibga solish me'yorlari yaratilishi;
- ish beruvchi hamda xodimlarni soliqqa tortish tartibini belgilanishi;
- masofaviy ish bilan bandlikda ish beruvchilar hamda xodimlar manfaatlarini ta'minlovchi davlat kafolatlarini aks ettirishi maqsadga muvofiq.
Masofaviy ish bilan bandlikni samarali tashkil etishda asosiy e'tiborni mehnat qonunchiligini ta-komillashtirish, masofaviy ish bilan bandlar uchun kafolatlar tizimini takomillashtirish, nazorat vosita-lari hamda aloqa va axborot xavfsizligini ta'minlash muhim ahamiyatga ega.
Yuqorida keltirilgan dalillardan kelib chiqqan holda mamlakatimizda ish bilan bandlik sohasida sifat o'zgarishlarini amalga oshirilish, yuqori samarali ish o'rinlarini yaratish, yuksak o'sishga erishish, ishlab chiqarish qurilmalari va asbob-uskunalarni yangilash va sanoatning yangi innovatsion sohalarini rivojlantirish lozim.
Tojlivirus epidemiyasi tufayli jahonda yuzaga kelgan iqtisodiy inqiroz O'zbekistonni ham chetlab o'tgani yo'q. Lekin yurtboshimiz tomonidan o'z vaq-tida qabul qilingan qarorlar, farmonlar va chora-tad-birlar tulayli xalqimiz bu davr qiyinchiliklarini oson-likcha yengib o'tmoqda. Pademiya tadbirkorlik sub-yektlarining moliyaviy-xo'jalik faoliyatiga sezilarli darajada salbiy ta'sir ko'rsatdi. Lekin davlat tomoni-
dan qabul qilingan chora-tadbirlar muayyan daraja-da xo'jalik yurituvchi subyektlar faoliyatida yuzaga kelgan muammolarni hal qilishda qo'l keldi va Davlat budjeti daromadlari ta'minlanishiga bog'liq fav-qulodda vaziyatlarning oldi olindi. Kichik biznesni qo'llash maqsadida soliq solishga o'zgartishlar kiri-tildi va bundagi budjet yo'qotishlar yirik davlat kor-xonalari tomonidan qoplandi.
O'zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi COVID-19 pandemiyasi davrida mehnat bozorida talab yuqori bo'lgan kasblarga masofaviy o'qitish imkoniyatlarini kengaytirmoqda.
Butun yer sharini qamrab olgan COVID-19 pan-demiyasi, shuningdek, koronavirus infeksiyasi tarqa-lishi sababli joriy etilgan cheklovlar odatiy jara-yonlarni sezilarli darajada o'zgartirib yubordi. Butun dunyo davlatlarining hukumatlari COVID-19 pan-demiyasini to'xtatish maqsadida o'quv muassasalari-ni yopishga qaror qildi. YUNESKO ma'lumotlariga ko'ra 100 dan ortiq davlat butun mamlakat miqyosi-da o'quv muassasalarini yopdi, bu butun dunyodagi barcha ta'lim oluvchilarning yarmida ko'prog'iga o'z ta'sirini o'tkazdi.
Aholi, ayniqsa, yoshlar o'rtasidagi talabni e'ti-borga olib, O'zbekistonda kasbiy ta'lim, umumta'lim xususiyatidagi dasturlar bilan bir qatorda "onlayn" rejimiga o'tdi.
O'zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan Band bo'lma-gan aholiga xizmat ko'rsatuvchi "Ishga, marhamat" monomarkazining qisqa muddatli kurslari asosida ham koronavirus infeksiyasi pandemiyasi davrida, ham pandemiya tugaganidan so'ng onlayn o'zlashti-rish mumkin bo'lgan videomateriallar ishlab chiqildi va telekanallar orqali masofaviy ta'lim teleko'rsatuv-lari olib borilmoqda.
Oliy ta'lim muassasalari tojlivirus pandemiyasi tufayli talabalarni joriy yilning 16-martidan majburiy ta'tilga chiqardi. Pandemiya karantini joriy etilishi boshqa sohalar singari oliy ta'lim tizimi vakillari -rahbariyatga ham, professor-o'qituvchiga ham, tala-balarga ham, oddiy mehnat xodimiga ham yangi vazi-falar, yangi chaqiruvlarni belgiladi. Anchadan beri rivojlanishi kutilayotgan masofaviy ta'lim kutilma-ganda rivojlanishni boshladi. Yaxlit tizim, umumiy jamoa ko'magida masofaviy ta'lim tizimi Moodle platformasida yaratildi hamda talabalar e'tiboriga yet-kazildi.
Epidemilogik vaziyat va sinovli kunlarda yur-timizning barcha ta'lim muassasalarida juda qisqa fursat ichida onlayn darslar yo'lga qo'yildi. Dastlab mazkur o'zgarishlar, shubhasiz, muayyan noqulay-liklarni keltirib chiqardi, ammo pandemiya sababli kuzatilayotgan o'zgarishlar va ta'limdagi yangi ye-chimlar, hozirgi davr uchun zarur bo'lgan innovatsi-yalarni ta'lim sohasiga kiritilishiga sabab bo'ldi. Ho-zirda ZOOM platformasi orqali onlayn darslar tashkil qilinib, universitetning har bir professor-o'qituvchisi bu platformaga ma'ruza, ma'ruzalar matni, mavzular bo'yicha taqdimot materiallari, mustaqil ish, ochiq va yopiq testlarni kiritib, o'z vaqtida talabalarning bilimlarini baholab boryapti.
Onlayn dars - bu yangicha uslub va an'anaviy darsdan tubdan farq qiladi. Demak, har bir o'qituv-chi-pedagog endi auditoriyadagi yondashuvlarni qis-man unutib, virtual auditoriyalarga moslashishi zarur, chunki bu darslarning ham o'ziga yarasha jiddiy talab va shartlari bor. Onlayn darslar vositasida talaba-yosh-larimiz ko'proq mustaqil ishlash, ilmiy ijod bilan shug'ullanish, kitoblarni mutolaa qilish imkoniyat-lariga ega bo'ldi, pedagog-o'qituvchilarimiz esa xorij olimlari ishtirokida tashkil qilinayotgan onlayn konfe-rensiyalarda qatnashib, kasbiy mahoratlarini rivojlantirish uchun muntazam ishlashga intilishmoqda.
Zamonaviy globallashuv sharoitida oliy ta'lim so-hasidagi onlayn o'qitish usullari zamonaviy axborot vositalari bilan boyitilishi natijasida ta'lim sifati-ning yanada ortishi kutilmoqda. Bu borada masofaviy o'qitish usuli o'qituvchi-pedagog va talabalar uchun ham qator qulayliklarga egaligi bilan alohida ahamiyatga egadir. Endigi vaziyat talabalar uchun zarur bo'lgan o'quv-uslubiy materiallar, o'quv qo'llanmalar asosida kompyuter dasturlari ishlab chiqish vazifasini qo'ymoqda. Zero, masofaviy o'qitish har qanday sohada ham jahon ta'lim mar-kazlarining uslubiy adabiyotlari, zamonaviy hamda so'nggi axborotlarni olish, jamlab foydalanish im-koniyatlarini beradi.
Mamlakatimizda texnologiyalarning keng miqyosda joriy etilishi bilan onlayn tarzda o'qitishni bir qator ijtimoiy ahamiyatga molik masalalarni yechishda ham joriy etish mumkin. Ta'lim sohasiga bo'lgan talabalarning ehtiyojlarini qondirishda qulayliklar yaratish bilan respublikamizning malakali raqobatbardosh mutaxassislarga bo'lgan ehtiyoji ham qondiriladi. Shuningdek, talabalarning ijtimoiy va kasbiy faolliklarini oshirishga erishish mumkin. Sirtqi
bo'limlarda tahsil olayotgan talabalarning, xususan, ishlab chiqarishdan ajralmagan holda ta'lim olayotgan yoshlar uchun qulay shart-sharoitlarni yaratib beradi. Bunday uslub asosida o'qitish bo'lajak mutaxassislarni tayyorlashda muhim o'rin tutadi hamda mehnat bilan mashg'ul shaxslarning jamiyat hayotidagi faolligini mustahkamlab, ularning dunyoqarashini boyitishga xizmat qiladi. Bu esa oliy ta'lim muassasalarida yig'ilgan ilmiy yutuqlar, mutaxassis xodimlar va ularning ishtirokida yurtimizning iqtisodiy salohiyatini mustahkamlashdek ustuvor rejalarni amalga oshirish vazifasini qo'ymoqda. Mamlakatimizda texnologiyalarning keng miqyosda joriy etilishi bilan onlayn tarzda o'qitishni bir qator ijtimoiy ahamiyatga molik masalalarni yechishda ham joriy etish mumkin. Ta'lim sohasiga bo'lgan talabalarning ehtiyojlarini qondirishda qulayliklar
yaratish bilan respublikamizning malakali raqobatbardosh mutaxassislarga bo'lgan ehtiyoji ham qondiriladi. Shuningdek, talabalarning ijtimoiy va kasbiy faolliklarini oshirishga erishish mumkin. Sirtqi bo'limlarda tahsil olayotgan talabalarning, xususan, ishlab chiqarishdan ajralmagan holda ta'lim olayotgan yoshlar uchun qulay shart-sharoitlarni yaratib beradi. Bunday uslub asosida o'qitish bo'lajak mutaxassislarni tayyorlashda muhim o'rin tutadi hamda mehnat bilan mashg'ul shaxslarning jamiyat hayotidagi faolligini mustahkamlab, ularning dunyoqarashini boyitishga xizmat qiladi. Bu o'rinda oliy ta'lim muassasalarida yig'ilgan ilmiy yutuqlar, mutaxassis xodimlar va ularning ishtirokida yurtimizning iqtisodiy salohiyatini mustahkamlashdek ustuvor rejalarni amalga oshirish vazifasini qo'yadi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati
1. O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. - T.: O'zbekiston, 2009.
2. O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi: sharhlar. - T.: O'zbekiston, 2009.
3. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga murojaatnomasi. -URL: https://uza.uz/oz/politics/zbekiston-respublikasi-prezidentishavkat-mirziyeevning-oliy-25-01-2020
4. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 2-martdagi "2017-2021-yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasini "Ilm, ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili"da amalga oshirishga oid davlat dasturi to'g'risida"gi PF-5953-son farmoni.
5. Schwab K. The fourth industrial revolution. - Currency, 2017. - 192 p.
6. Abdurahmonov Q.X. Mehnat iqtisodiyoti: nazariya va amaliyot: darslik. Qayta ishlangan va to'ldirilgan 3-nashri. - T.: FAN, 2019. - 552 b.
7. Toshpolotov Shokhijakhon. The role of inter-religious tolerance in ensuring socio-political stability: Uzbekistan and foreign experience // Journal of Social Studies. - 2020. - Vol. 5. - Issue 3. - Pp. 87-94.
8. Toshpulatov Sh.E. The reflection of the phenomenon of freedom of conscience and the principle of interreligious tolerance in the legislation of the international community and Uzbekistan // International Engineering // Journal For Research & Development 5 (ICIPPS), 5-5.
9. Шаякубов Ш.Ш., Султанова А.Р. Реформирование системы образования - приоритетное направление стратегии развития Узбекистана. Международный научный журнал Наука без границ. 2018.- С.93-97.
10. Jo'rayev J.B., Shodiyev E.T. Milliy iqtisodiyotning tashqi iqtisodiy samaradorligini baholashning regression modeli. Ta'lim tizimida ijtimoiy-gumanitar fanlar. - № 3. - B. 50-57.