Научная статья на тему 'RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITIDA O‘ZBEKISTON VA ROSSIYA MUNOSABATLARI'

RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITIDA O‘ZBEKISTON VA ROSSIYA MUNOSABATLARI Текст научной статьи по специальности «Политологические науки»

CC BY
1365
203
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
O‘zbekiston / Rossiya / Markaziy Osiyo / Raqamli iqtisodiyot / Harakatlar strategiyasi / Atom elektrostansiyasi / Lukoyl / Gazprom / Uzbekistan / Russia / Central Asia / Digital Economy / Action Strategy / Nuclear Power Plant / Lukoil / Gazprom

Аннотация научной статьи по политологическим наукам, автор научной работы — Salayev Odil Suderovich

Mazkur maqolada O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi do‘stlik, strategik sheriklik munosabatlari, ikki davlat rahbarlarining davlat tashriflari va erishilgan natijalar, shuningdek, siyosiy, savdo-iqtisodiy, harbiy-texnikaviy, madaniy-gumanitar sohalarda olib borilayotgan samarali ishlari va Markaziy Osiyo bo‘yicha qarashlari haqida qisqacha izoh berish va bugungi kunda ikki davlat o‘rtasida olib borilayotgan siyosiy jarayonlarni tahli qilish maqsad qilingan. Ishning yangiligi sifatida O‘zbekiston Prezidenti SH.Mirziyoevning hukumat tepasiga kelishi bilan tashqi siyosat sezilarli tarzda faollashgani va ochiq siyosat rejimiga o‘tilayotganligini ko‘rish mumukin. Xulosamizga ko‘ra, ikki davlat o‘rtasida xususan Markaziy Osiyo davlatlari bilan ham aloqalarni yuqori darajaga ko‘tarish tashqi siyosatning asosiy usvor yo‘nalishi ekanligini ko‘rsatadi. O‘zbekistonning 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan Harakatlar strategiyasi doirasida Toshkent Markaziy Osiyo mintaqasida yaxshi qo‘shnichilik va o‘zaro manfaatli hamkorlikni yaratishga o‘z hissasini qo‘shadi. SHuningdek, ushbu siyosat doirasida mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash bilan bir qatorda iqtisodiy va geosiyosiy jihatlar ham mavjud. Eksportga yo‘naltirilgan rivojlanish modelini amalga oshirish, milliy eksportchilarni qo‘llab-quvvatlash va ularning tarqatish markazlarini kengaytirish milliy siyosatning bir qismi sifatida o‘rganish bugungi kun talabi deb hisoblash mumkin.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

RELATIONS BETWEEN UZBEKISTAN AND RUSSIA IN THE CONDITIONS OF THE DIGITAL ECONOMY

This article describes the friendship and strategic partnership between Uzbekistan and Russia, the state visits of the two leaders and the results achieved, as well as the effective work in the political, trade, economic, military, technical, cultural and humanitarian spheres. The purpose is to give a brief overview of his views on Central Asia and to analyze the political processes taking place between the two countries today. The novelty of the case is that with the coming to power of the President of Uzbekistan Sh. Mirziyoyev, foreign policy has become more active and the transition to an open policy regime. In conclusion, the high level of relations between the two countries, especially with the Central Asian states, shows that the main priority of foreign policy. As part of the Action Strategy of Uzbekistan for 2017-2021, Tashkent will contribute to the creation of good neighborliness and mutually beneficial cooperation in the Central Asian region. The policy also covers regional security, as well as economic and geopolitical issues. Implementing an export-oriented development model, supporting national exporters and expanding their distribution centers can be seen as a requirement of today as part of national policy.

Текст научной работы на тему «RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITIDA O‘ZBEKISTON VA ROSSIYA MUNOSABATLARI»

RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITIDA O'ZBEKISTON VA ROSSIYA MUNOSABATLARI

Salayev Odil Suderovich

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Yaponshunoslik fakulteti, Yoshlar bilan ishlash bo 'yicha dekan o 'rinbosari [email protected] Annotatsiya

Mazkur maqolada O'zbekiston va Rossiya o'rtasidagi do'stlik, strategik sheriklik munosabatlari, ikki davlat rahbarlarining davlat tashriflari va erishilgan natijalar, shuningdek, siyosiy, savdo-iqtisodiy, harbiy-texnikaviy, madaniy-gumanitar sohalarda olib borilayotgan samarali ishlari va Markaziy Osiyo bo 'yicha qarashlari haqida qisqacha izoh berish va bugungi kunda ikki davlat o 'rtasida olib borilayotgan siyosiy jarayonlarni tahli qilish maqsad qilingan.

Ishning yangiligi sifatida O'zbekiston Prezidenti SH.Mirziyoevning hukumat tepasiga kelishi bilan tashqi siyosat sezilarli tarzda faollashgani va ochiq siyosat rejimiga o'tilayotganligini ko 'rish mumukin.

Xulosamizga ko'ra, ikki davlat o'rtasida xususan Markaziy Osiyo davlatlari bilan ham aloqalarni yuqori darajaga ko'tarish tashqi siyosatning asosiy usvor yo'nalishi ekanligini ko'rsatadi. O'zbekistonning 2017-2021 yillarga mo'ljallangan Harakatlar strategiyasi doirasida Toshkent Markaziy Osiyo mintaqasida yaxshi qo'shnichilik va o'zaro manfaatli hamkorlikni yaratishga o'z hissasini qo'shadi. SHuningdek, ushbu siyosat doirasida mintaqaviy xavfsizlikni ta'minlash bilan bir qatorda iqtisodiy va geosiyosiy jihatlar ham mavjud. Eksportga yo'naltirilgan rivojlanish modelini amalga oshirish, milliy eksportchilarni qo'llab-quvvatlash va ularning tarqatish markazlarini kengaytirish milliy siyosatning bir qismi sifatida o 'rganish bugungi kun talabi deb hisoblash mumkin.

Kalit so'zlar: O'zbekiston, Rossiya, Markaziy Osiyo, Raqamli iqtisodiyot, Harakatlar strategiyasi, Atom elektrostansiyasi, Lukoyl, Gazprom.

Abstract

This article describes the friendship and strategic partnership between Uzbekistan and Russia, the state visits of the two leaders and the results achieved, as well as the effective work in the political, trade, economic, military, technical, cultural and humanitarian spheres. The purpose is to give a brief overview of his views on Central Asia and to analyze the political processes taking place between the two countries today.

The novelty of the case is that with the coming to power of the President of Uzbekistan Sh. Mirziyoyev, foreign policy has become more active and the transition to an open policy regime.

In conclusion, the high level of relations between the two countries, especially with the Central Asian states, shows that the main priority of foreign policy. As part of the Action Strategy of Uzbekistan for 2017-2021, Tashkent will contribute to the creation of good neighborliness and mutually beneficial cooperation in the Central Asian region. The policy also covers regional security, as well as economic and geopolitical issues. Implementing an export-oriented development model, supporting national exporters and expanding their distribution centers can be seen as a requirement of today as part of national policy.

Keywords: Uzbekistan, Russia, Central Asia, Digital Economy, Action Strategy, Nuclear Power Plant, Lukoil, Gazprom.

KIRISH

Prezident SHavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga yo'llagan murojaatnomalarida 2020 yilni - "Ilm, ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili" deb e'lon qildilar. SHuni mamnuniyat, g'urur va iftixor bilan ta'kidlash mumkinki, bu murojaatnoma nafaqat 2020 yil uchun qo'llanma va yo'llanma vositasida, balkim, O'zbekistonni yaqin o'rta muddatga taraqqiyot yo'lini belgilab beruvchi Dastur sifatida fundamental ahamiyatga ega bo'lgan tarixiy hujjat sifatida baholash mumkin. Umuman, har qanday fan, jumladan, iqtisodiyot, qolaversa, jamiyat matematika yutuqlaridan o'rinli foydalanmasa yuksaklikka erisha olmaydi. Jahon tajribasida ilmfan rivojiga asoslanib keskin rivojlanishga erishgan va erishayotgan AQSH, Yaponiya, Koreya, Malayziya, Singapur, Xitoy, Rossiya kabi qator davlatlarni misol qilib keltirish mumkin.

SHuningdek, "Joriy yilda matematika, kimyo-biologiya, geologiya kabi yo'nalishlarda fundamental va amaliy tadqiqotlar faollashtirilib, olimlarga barcha shart-sharoitlar yaratilib beriladi", deb aniq va ravon ko'rsatilgan. Murojaatnomada "Raqamli O'zbekiston - 2030 dasturini ishlab chiqishni ikki oy muddatda yakunlash lozim", deb aniq vazifalar belgilandi. Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish esa, o'z navbatida, puxta matematik ko'nikmalarni taqazo etadi.1

Hozirgi kunda O'zbeksiton ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy hamda madaniy-gumanitar sohalarda bir nechta davlatlar bilan, jumladan Janubiy Koriya, Xitoy, AQSH, YAponiya, Saudiya Arabistoni kabi davlatlar bilan hamkorlik qilmoqda. Bu mamlakatlar orasida Rossiya Federatsiyasi alohida o'rin tutadi.

So'nggi yillarda Rossiya - O'zbekiston munosabatlari ikki davlat rahbari -SHavkat Mirziyoev va Vladimir Putinnning siyosiy irodasi va sa'y-harakatlari tufayli jadal va izchil rivojlanib bormoqda. Bunday tendensiya nafaqat siyosiy muloqot, balki savdo-iqtisodiy, harbiy, harbiy-texnikaviy hamkorlik, gumanitar hamda madaniy sohalarda ham yaqqol namoyon bo'lmoqda.

Zamonaviy dunyoda hech bir davlat global iqtisodiyotga integratsiyasiz muvaffaqiyatli rivojlana olmaydi. Bugungi kunda jahon iqtisodiyotidagi integratsiya

1 http://www.economyjournal.uz/maqola/Jumaev_1_son.pdf

99

darajasi bilan ichki iqtisodiyotning rivojlanish darajasi o'rtasida to'g'ridan-to'g'ri proporsional bog'liqlik mavjud. Bugungi kunda keng targ'ib etilayotgan raqamli iqtisodiyot ichki iqtisodiyotning rivojlanishida mamlakatlarning global iqtisodiyotga integratsiyalashuv darajasiga bevosita bog'liqdir. Hozirgi kunda raqamli iqtisodiyotning etakchi davlatlari YAIMdagi ulushi yil sayin o'sib bormoqda. Masalan, uning AQSH iqtisodiyotidagi ulushi 10,9 foiz, Rossiyada 3,9 foiz, Hindistonda 5,5 foiz, Belarusda 6,5 foiz va Xitoyda 10 foizni tashkil etadi.2

Tashqi iqtisodiy aloqalarning barqarorligi va diversifikatsiyasi milliy iqtisodiyotning rivojlanish dinamikasi va barqarorligiga, uning tarkibini shakllantirishga, faoliyat samaradorligiga sezilarli ta'sir ko'rsatishi raqamlar misolida namoyon bo'lmoqda.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METOD O'zbekiston mustaqillikka erishgan dastlabki kundan boshlab iqtisodiy integratsiya tashqi siyosatning ustuvor yo'nalishi bo'lib kelgan.

Ta'kidlash joizki, Rossiya-O'zbekiston ikki tomonlama munosabatlarining yangi bosqichga chiqishi bir qator samarali natijalarga sabab bo'ldi. Bu borada i.f.d., professor N.X.Jumaev ikki davlat o'rtasida olib borilayotgan samarali ishlar haqida to'xtalib o'tgan.

Birinchidan: Shu davr mobaynida o'zaro 70 dan ortiq delegatsiya tashrifi amalga oshirilgan.

Ikkinchidan: Ikki davlat hududlari o'rtasida 21 marotaba hududlararo uchrashuvlar o'tkazilgan.

Uchinchidan: So'ngi yillarda mamlakatlar o'rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 40 foizdan ziyodga o'sgan. Ushbu ko'rsatgichlar aloqalarning bugungi sur'ati va miqyosidan dalolat beradi.

SHu o'rinda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.Mirziyoevning 2017 yil 5 aprel kuni Rossiya Federatsiyasiga davlat tashrifi chog'idagi qabul marosimida so'zlagan nutqida "Rossiya biz uchun hayot sinovlaridan o'tgan ishonchli strategik sherik va ittifoqchi bo'lib kelgan va bundan buyon ham shunday bo'lib qoladi" deb aytgan so'zlari buning yaqqol isbotidir.3

Prezident SHavkat Mirziyoev tomonidan ilgari surilgan 2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasi asosida mamlakatda olib borilayotgan ulkan miqyosdagi islohotlar jamiyat hayotining turli sohalaridagi ijobiy o'zgarishlarga, iqtisodiyotni modernizatsiya qilish va ishbilarmonlik muhitini yaxshilash omili bo'lmoqda.

YUqoridagi fikrlarni tasdig'i sifatida quydagilarni keltirish mumkin: - Birgina valyutani erkin konvertatsiya qilishga yo'l ochilgani xorijiy, xususan, rossiyalik investorlarning xavotirlariga barham berganini aytish joiz.

2 https://www.gazeta.uz/uz/2020/02/21/digital-2023/

3 Мирзиёев Ш.М. "Миллий таравдиёт йулимизни катъият билан давом эттириб, янги боскичга кутарамиз" - Т.: Узбекистан, 2017. - бет 381.

- Davlatlar o'rtasidagi hamkorlikning keng miqyosda izchil rivojlanashi rossiyalik mutaxassislarning o'zbek hamkasblari bilan soliq, moliya va kadastr sohalarida faol tajriba almashayotganliklarida ham ko'rish mumkin.

- Ikki davlat o'rtasida strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini, ko'p qirrali, shu jumladan, moliyaviy sohada amalga oshirilayotgan ishlar moliya, soliq va bojxona organlarini modernizatsiya qilish, byudjetni rejalashtirish, mahalliy byudjetlar mutanosibligiga erishish, moliyaviy nazorat bo'yicha samarali mexanizmlarni takomillashtirish va boshqa yo'nalishlar bo'yicha ilg'or tajriba, texnologiyalar va bilimlarni jalb etish masalalariga alohida e'tibor qaratish, qo'shma loyihalarni moliyalashtirish, Rossiyaning etakchi ta'lim muassasalari negizida soha uchun yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash borasida hamkorlik imkoniyatlari kengaymoqda.4

- Prezident SHavkat Mirziyoev tashabbusi bilan chegaralardan o'tishda "yashil yo'lak" tashkil etilgani natijasida O'zbekiston meva-sabzavotlarini Rossiyaga etkazib berish qariyb 36 foizga oshgani, Rossiyaning etakchi kompaniyalari ishtirokida yirik investitsiya loyihalari amalga oshirilayotgani davlatlar o'rtasidagi savdo-sotiq munosabatlarining yanada yaxshilanayotganidan dalolat beradi.

- Birgina "Lukoyl" kompaniyasi O'zbekistonga 7 milliard dollar investitsiya kiritgani, Qandim gazini qayta ishlash majmuasi ishga tushirilgani, "Rosatom" Atom energiyasi bo'yicha davlat korporatsiyasi bilan energetika sohasida sheriklik va ilmiy-texnikaviy hamkorlikni yanada rivojlantirish bo'yicha kelishuvga erishilgani bugungi kunning yoqqol isboti hisoblanadi.5

MUHOKAMA

2018 yil oktyabr oyida Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning O'zbekistonga tashrifi chog'ida Rossiya O'zbekistonning muhim savdo sherigidir deb ta'kidlab o'tdi.

Hozirda Rossiya - O'zbekiston o'rtasida erkin savdo tartibi amal qilmoqda. Buning natijasida ikki davlat o'rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 30 foizga o'sgan.

Ikki davlat rahbarlari o'rtasida o'tkazilgan muzokaralarda tovar ayirboshlash hajmini oshirish va nomenklaturasini diversifikatsiya qilish, ishlab chiqarish korxonalari o'rtasidagi kooperatsiyani rivojlantirish, transport va energetika sohalarida o'zaro hamkorlikni mustahkamlash masalalari muhokama qilingan.

Mavzu doirasidagi ikki davlat o'rtasidagi strategik sheriklik masalalarining yangi bosqichga o'tganligi o'rganilganda davlat rahbarlari tashrif doirasida umumiy qiymati 25 milliard dollar bo'lgan savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hujjatlar imzolangan. SHuningdek, ikki mamlakat hukumatlari o'rtasida 2019-2024 yillarda iqtisodiy hamkorlik dasturining qabul qilinishi ham muhim ahamiyat kasb etgan. Muzokaralarda madaniy-gumanitar aloqalarni, ayniqsa, fan, ta'lim, sog'liqni saqlash

4 http://xs.uz/uzkr/post/ozbekiston-prezidenti-rossiya-moliya-vazirini-qabul-qildi

5 http://xs.uz/uzkr/post/shavkat-mirziyoev-vladimir-putin-bilan-uchrashdi

101

va turizm sohalaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalariga alohida e'tibor qaratilgan.

Hozirda yirik loyihalardan biri hisoblangan Rossiyaning O'zbekiston iqtisodiyotidagi eng yirik sarmoyadori "Lukoyl" kompaniyasi ishtirokidagi navbatdagi yirik loyiha amalga oshirildi. Uning umumiy qiymati 3,4 milliard dollardan ortiq. Korxona yiliga 8,1 milliard kubometr gaz qazib chiqarish va qayta ishlash quvvatiga ega.

Bundan tashqari Rossiyaning boshqa bir energetika giganti - "Gazprom" kompaniyasi ham O'zbekistonda faol ish olib bormoqda. U o'zbek gazini sotib olish va geologiya-qidiruv ishlarida ishtirok etmoqda. Mahsulotni taqsimlashga doir kelishuvga asosan, "SHoxpaxta" gaz konini o'zlashtirish bo'yicha pilot loyihani amalga oshirish davom ettirilmoqda.

Telekommunikatsiya sohasida "VtimpelKom" kompaniyasining "YUnitel" MCHJ shu'ba kompaniyasi O'zbekiston bozorida 2006 yildan buyon faoliyat olib bormoqda. Bugungi kunga kelib, uning umumiy investitsiyalari hajmi 1,15 milliard dollardan ziyod. Kompaniyaning aloqa bozoridagi ulushi qariyb 50 foiz (10 million abonent)ga teng.

Rossiyaning "Evrotsement" xoldingi tarkibidagi "Ohangaronsement" OAJ O'zbekistonda sement ishlab chiqarish quvvati bo'yicha ikkinchi o'rinda turadi. Hozirgi kunda xolding tomonidan Toshkent viloyatida "quruq usul" bilan sement ishlab chiqariladigan yangi zavodni barpo etish bo'yicha loyiha amalga oshirilmoqda. CHirchiq qishloq xo'jaligi texnika zavodi AJ bazasida "Rostselmash" zavodi ishtirokida kombaynlar ishlab chiqarish bo'yicha qo'shma korxona muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda.6

SHuningdek, 2018 yilning 7 sentyabr kuni ikki davlat hukumat rahbarlari Abdulla Aripov hamda Dmitriy Medvedevlar uchrashuv chog'ida ikki tomonlama savdo-iqtisodiy, investitsion va madaniy-gumanitar hamkorlik masalalarini muhokama qildi. Muhokama doirasida atom energetikasi, sanoat, qishloq xo'jaligi, ta'lim sohalaridagi hamkorlikni kuchaytirishga alohida e'tibor qaratildi. Kelishuv natijasi o'laroq O'zbekiston hududida atom elektr stansiyasini loyihalashtirish va qurish, shuningdek, ishga tushirish va foydalanishda hamkorlikni ko'zda tutuvchi bitim imzolandi.7

SHuningdek, 2018 yil oktyabr oyida Toshkentda ikki davlat Prezidentlari ishtirokida "O'zbekiston - Rossiya" hududlararo hamkorlik forumi o'tkazildi. Bu Rossiya Federatsiyasi sub'ektlari va O'zbekiston Respublikasi ma'muriy-hududiy birliklari o'rtasidagi to'g'ridan-to'g'ri muloqot uchun doimiy maydonga aylanishiga zamin yaratdi.

6 http://\s.u//u/kr/post/vladimir-tvurdenev-rossiva-rederatsivasi-pre/identi-vladimir-putinning-o/bekistonga-davlat-tashrifi-ikki-mamlakat-munosabatlarida-muhim-voqeaga-aUanadi

medv 102

7

http://\s.u//uzkr/post/abdulla-aripov-moskvada-dmitrij-medvedev-bilan-uchrashadi

Rossiya - O'zbekiston munosabatlarining holati va istiqbollarini baholaganda, ikki tomonlama iqtisodiy ko'rsatkichlarga e'tibor qaratish o'rinlidir. Birgina 2018 yilning yanvar - avgust oylarida O'zbekiston tashqi savdosida Rossiyaning ulushi 18,3 foizni tashkil etgan. Binobarin, bu ko'rsatgich Rossiya O'zbekistonning etakchi savdo sherigiga aylanib borayotganligidan dalolat. O'zaro tovar ayirboshlashning ijobiy dinamikasini inobatga olgan holda, 2018 yil yakunida ko'rsatkichlarni besh milliard dollarga etkazish vazifasi qo'yilgani buning yaqqol dalilidir.

NATIJALAR

Toshkent shahrida o'tkazilgan O'zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o'rtasidagi hududlararo hamkorlik I Forumi davlatlar o'rtasidagi o'zaro manfaatli hamkorlikning mustahkamlanishiga va rivojlanishiga zamin yaratdi. Mazkur forumda Rossiyaning 17 ta hududidan 1000 ga yaqin ishbilarmon doira vakillari, yirik kompaniyalar rahbarlari ishtirok etdi.8

SHuningdek, 2018 yilning 3 oktyabr kuni Oliy Majlisning ikkala palatasi rahbariyati bilan uchrashuv chog'ida Valentina Matvienko parlamentlararo hamkorlik munosabatlari rivoji xususida OAV vakillariga bergan intervyusida O'zbekiston va Rossiya o'zaro ishonchga asoslangan munosabatlarga ega ekanligi hamda Rossiya uchun O'zbekiston ishonchli ittifoqchi va strategik hamkor mamlakat ekanligini ta'kidladi.9

Qolaversa, so'nggi uch yilda mamlakatlarimiz o'rtasida barcha sohadagi o'zaro munosabatlar jadallik bilan rivojlanayotganiga e'tibor qaratildi.

Bu o'z navbatida ikki davlat o'rtasida savdo-iqtisodiy aloqalar, parlamentlarimiz, hukumatlarimiz, fuqarolik jamiyatlarimiz o'rtasida o'rnatilgan o'zaro muloqotlar izchillik bilan rivojlanib borayotganligini ko'rsatadi.

XULOSA

Xulosa shuki, globallashuv jarayonlarida hech bir davlat yakka holda muvaffaqiyatga erisha olmasligi, mamlakatlar o'zaro manfaatlaridan kelib chiqqan holda sa'y-harakatlarini birlashtirishi lozim.

O'zbekiston va Rossiya hamkorligi uchun raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish sohasi nihoyatda istiqbolli yo'nalish hisoblanadi. Boisi ikki mamlakat ham deyarli bir vaqtning o'zida davlat uchun muhim sanalgan axborot texnologiyalari (IT)ni joriy etish bo'yicha dasturni amalga oshirishga kirishmoqda. Xususan, 2018 yilda Rossiyada "Raqamli iqtisodiyot" hukumat dasturi tasdiqlanib, uch yillik tadbirlar rejasi ishlab chiqildi. O'z navbatida, raqamlashtirishning yangi bosqichiga kirib kelayotgan O'zbekistonda 2020 yil "Ilm ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili" deb e'lon qilindi, mamlakat Prezidentining AKT sohasini takomillashtirishga qaratilgan qarorlari hayotga tatbiq etildi.

o

http://\s.u//u/kr/post/o/bekiston-rossiva-hududlararo-hamkorlik-biri nchi-forumi-boshlandi

9 http://www.xs.uz/uzkr/pos^valentina-matvienko-songgi-uch-iilda-mamlakatlarimiz-ortasida-barcha-sohadagi-ozaro-munosabatlar-zhadallik-kasb-etmoqda

Ikki mamlakat tomonidan mazkur sohada belgilangan maqsadlarni birgalikdagi sa'y-harakatlar asosida amalga oshirish mumkin bo'ladi. Raqamli iqtisodiyot, texnoparklar faoliyatini yo'lga qo'yish, pochta aloqasini takomillashtirish, jamoatchilik bilan aloqalar bo'yicha mutaxassislar malakasini oshirish va IT-mutaxassislarni tayyorlash shular jumlasidandir. Ushbu vazifalarni to'laqonli ro'yobga chiqarishning imkoniyati bor. Zero, O'zbekiston va Rossiya kadrlar tayyorlash jabhasida hamkorlik qilish uchun allaqachon mustahkam poydevorga egadir.

SHu maqsadda hududlararo formatda erishilgan kelishuvlar borasidagi ishlarni kuchaytirishimiz lozim.

2021 yil bo'lib o'tishi kutilayotgan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoevning Rossiyaga tashrifi ikki davlat o'rtasidagi yaqin kelajakda amalga oshiriladigan ulkan ishlar uchun debocha hisoblanadi.

SHu o'rinda ishonch bilan aytish mumkinki, milliy iqtisodiyot salohiyatini to'la ochish, tadbirkorlik faoliyatini rag'batlantirish, aholi turmush farovonligini oshirishga qaratilgan yangi-yangi islohotlar Rossiya-O'zbekiston aloqalarini yanada mustahkamlash, Markaziy Osiyoda barqarorlikni saqlashga xizmat qiladi.

ADABIYOTLAR RO'YXATI

Kitoblar

1. Mirziyoev SH.M. "Milliy taraqqiyot yo'limizni qat'iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko'taramiz" - T.: O'zbekiston, 2017. - bet 381.

Vebsayt

1.http://xs.uz/uzkr/post/ozbekiston-prezidenti-rossiya-moliya-vazirini-qabul-

qildi

2. http : //xs .uz/uzkr/po st/shavkat-mirziyoev-vladimir-putin-bilan-uchrashdi

3.http://xs.uz/uzkr/post/vladimir-tyurdenev-rossiya-federatsiyasi-prezidenti-vladimir-putinning-ozbekistonga-davlat-tashrifï-ikki-mamlakat-munosabatlarida-muhim-voqeaga-ajlanadi

4.http://xs.uz/uzkr/post/abdulla-aripov-moskvada-dmitrii-medvedev-bilan-uchrashadi

5.http://xs.uz/uzkr/post/ozbekiston-rossiya-hududlararo-hamkorlik-birinchi-forumi-boshlandi

6.http://xs.uz/uzkr/post/ozbekiston-rossiya-tovar-aiirboshlash-hazhmi-10-milliard-dollarga-etkaziladi

7.http://www.xs.uz/uzkr/post/valentina-matvienko-songgi-uch-jilda-mamlakatlarimiz-ortasida-barcha-sohadagi-ozaro-munosabatlar-zhadallik-kasb-etmoqda

104

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.