Научная статья на тему 'NARXLARNI SUN’IY RAVISHDA OSHIB KETISHIGA OLIB KELUVCHI MUAMMOLAR, KAMBAG‘ALLIKNI BARTARAF ETISH YO‘LLARI'

NARXLARNI SUN’IY RAVISHDA OSHIB KETISHIGA OLIB KELUVCHI MUAMMOLAR, KAMBAG‘ALLIKNI BARTARAF ETISH YO‘LLARI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
538
56
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
inson salohiyatini rivojlantirish / pandemiya / ijtimoiy himoya tizimi. / human development / pandemic / social protection system

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Bozorov Bobur Haqberdievich

Maqolada narxlarni sun’iy ravishda oshib ketishiga olib keluvchi muammolar, kambag‘allikni bartaraf etish yo‘llari xorijiy tajribalardan kelib chiqib yoritilgan omillar hamda Respublikamizda olib borilayotgan islohatlar. SHuningdek, Iqtisodiyot qonunlariga asoslangan omillar, bugungi kunda kambag‘allikni oldini olish chora-tadbirlari, Dunyo bo‘yicha aholining kambag‘alligiga sabab bo‘luvchi omillardan biri COVID-19 pandimiyasiga qarshi ijtimoiy himoya tizimlari ishlab chiqilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ARTIFICIAL INCREASE IN PRICES PROBLEMS THAT CAUSE, WAYS TO OVERCOME POVERTY

In the article, the problems leading to an artificial increase in prices, the ways to eliminate poverty are highlighted by factors arising from foreign experience, as well as the reforms carried out in our country. Also, factors based on the laws of the economy, measures to prevent poverty today, social protection systems against the pandemic of the COVID-19, one of the factors that causes the poverty of the population around the world, have been developed.

Текст научной работы на тему «NARXLARNI SUN’IY RAVISHDA OSHIB KETISHIGA OLIB KELUVCHI MUAMMOLAR, KAMBAG‘ALLIKNI BARTARAF ETISH YO‘LLARI»

NARXLARNI SUN'IY RAVISHDA OSHIB KETISHIGA OLIB KELUVCHI MUAMMOLAR, KAMBAG'ALLIKNI BARTARAF

ETISH YO'LLARI

Toshkent arxitektura qurilish insituti Qurilish iqtisodiyoti yo'nalishi 2 kurs magistranti Bozorov Bobur Haqberdievich [email protected]

Annotatsiya: Maqolada narxlarni sun'iy ravishda oshib ketishiga olib keluvchi muammolar, kambag 'allikni bartaraf etish yo 'llari xorijiy tajribalardan kelib chiqib yoritilgan omillar hamda Respublikamizda olib borilayotgan islohatlar. SHuningdek, Iqtisodiyot qonunlariga asoslangan omillar, bugungi kunda kambag'allikni oldini olish chora-tadbirlari, Dunyo bo'yicha aholining kambag'alligiga sabab bo 'luvchi omillardan biri COVID-19pandimiyasiga qarshi ijtimoiy himoya tizimlari ishlab chiqilgan.

Kalit so'zlar: inson salohiyatini rivojlantirish, pandemiya, ijtimoiy himoya

tizimi.

Аннотация: В статье освещаются проблемы, приводящие к искусственному росту цен, пути ликвидации бедности, факторы, вытекающие из зарубежного опыта, а также реформы, проводимые в нашей стране. Также были разработаны факторы, основанные на законах экономики, меры по предотвращению бедности сегодня, системы социальной защиты от пандемии COVID-19, одного из факторов, вызывающих бедность населения во всем мире.

Ключевые слова: человеческое развитие, пандемия, система социальной защиты.

Annotation: In the article, the problems leading to an artificial increase in prices, the ways to eliminate poverty are highlighted by factors arising from foreign experience, as well as the reforms carried out in our country. Also, factors based on the laws of the economy, measures to prevent poverty today, social protection systems against the pandemic of the COVID-19, one of the factors that causes the poverty of the population around the world, have been developed.

Keywords: human development, pandemic, social protection system.

KIRISH

O'zbekiston Respublikasi prezidentining 2020 yil 24 yanvarda Oliy Majlisga yo'llagan murojaatnomasida kambag'allikka qarshi kurash iqtisodiy rivojlanish siyosatimizda ustuvor vazifa etib belgilandi.

140

«Kambag'allikni kamaytirish - bu aholida tadbirkorlik ruhini uyg'otish, insonning ichki kuch-quvvati va salohiyatini to 'liq ro 'yobga chiqarish, yangi ish o'rinlari yaratish bo'yicha kompleks iqtisodiy va ijtimoiy siyosatni amalga oshirish, demakdir», deb ta'kidlangan edi murojaatda.

Iqtisodiyot qonunlariga asosan, «kambag'allik kambag'allikni keltirib chiqaradi». Mazkur jarayon bir necha sabablarga ko'ra sodir bo'ladi.

Birinchidan, daromadlari past mamlakatlar sifatli ta'lim va sog'liqni saqlash uchun etarlicha pul sarflay olishmaydi, kambag'al aholi esa sifatli pullik ta'lim va tibbiyot xizmatlarga qurbi etmasligi sababli inson salohiyati pasayib, kambag'allikdan qochib qutula olmaydilar.

Ikkinchidan, kambag'al aholining daromadlari pasayib borgan sari, iste'mol bozorining sig'imi mutanosib ravishda kichrayib boradi va buning natijasida sanoat mollari, qishloq xo'jaligi mahsulotlari va ayniqsa, xizmatlarga bo'lgan talab pasayib boradi. Bu esa, o'z navbatida, iqtisodiy taraqqiyotga to'sqinlik qiladi, byudjet daromadlarini kamaytiradi va kambag'allarni ijtimoiy jihatdan qo'llab-quvvatlash imkoniyatini kamaytirib yopiq siklik jarayon ko'rinishiga keladi.

Uchinchidan, aksariyat hollarda kambag'allarning dunyoqarashi daromad yuqori bo'lganlardan farq qiladi. YUqorida aytib o'tilgan sabablarga ko'ra, ular orasidan ijodkor va tadbirkorlik qobiliyatiga ega insonlarning etishib chiqishi ehtimoli kamroq. SHuningdek, odatda kambag'al oila a'zolari orasida jinoyatchilik ko'rsatkichlari nisbatan yuqoriroq bo'ladi.1

Boshqacha qilib aytganda, kambag'allikni keltirib chiqaruvchi omillar mamlakatda inson salohiyatini rivojlantirishga, ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishi va aholining iqtisodiy faoliyatiga to'sqinlik qiladi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR Tadqiqot jarayonida Razzoqov A., ning Iqtisodiy ta'limotlar tarixi nomli darslik kitobi keng tahlil etishda asosiy vosita bo'ldi. Tadqiqot jarayonida ilmiy bilishning obyektivlik usulidan foydalanildi. Narxlarni sun'iy ravishda oshib ketishiga olib keluvchi muammolar, kambag'allikni bartaraf etish yo'llari obyektiv ochib berildi. O'zbekistonda oxirgi uch yil mobaynida kambag'allikni kamaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar natijasida aholi jon boshiga real jami daromad 43,9 foizga, o'rtacha hisoblangan nominal oylik ish haqi 79,7 foizga yoki 2016 yildagi 1293,8 ming so'mdan 2019 yilda 2324,5 ming so'mga oshganligi keng tahlil qilindi.

1 «A^O.MHM MWTWVIOMM rçy..na6-rçyBBaT.naw TUBHMHga™ MyaMMo.napHM aMHaH rçy.Aa 6owrçapnw pewHMMga ^a. этмmга Tyfpui Ke.Morçga» — 06ng ^aKMMOB. https://kun.uz/news/2020/08/11/aholini-ijtimoiy-qollab-quvvatlash-tizimidagi-muammolarni-aynan-qolda-boshqarish-rejimida-hal-etishga-togri-kelmoqda-obid-hakimov

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Jahon bankining «O'zbekiston fuqarolarini tinglab» loyihasi doirasida, uy xo'jaliklari orasida o'tkazilgan so'rovnoma natijalariga ko'ra, 2020 yilning yanvar -mart oylari uchun o'rtacha kambag'al xonadonning oylik daromadi taxminan 1,5 million so'mni tashkil etib, taqqoslama narxlarda bu ko'rsatkich o'tgan yilning mos davriga nisbatan 12 foizga oshgan.

Mazkur muammoni hal qilishga hukumat tomonidan katta hajmdagi sa'y-harakatlar qaratilgan. Jumladan, mamlakatda kambag'allikka qarshi kurashish uchun zarur institutlar yaratildi. Bu avvalambor Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vazirligining tashkil etilishi, kambag'allikka qarshi kurashish bo'yicha davlat siyosatini belgilab beradi.

Ijtimoiy himoyaga muhtoj va kam ta'minlangan oilalarni qo'llab-quvvatlash maqsadida yaqinda Mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash vazirligi tashkil etildi. Mazkur vazirlik fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish institutlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi mas'ul davlat organi sifatida ijtimoiy himoyaga muhtoj va kam ta'minlangan qatlamlarini aniqlash va manzilli ko'mak berish borasida samaradorlikni oshirishga xizmat qiladi.

SHuningdek, aholining turmush sharoitlarini yaxshilash va qishloq joylarini obodonlashtirish dasturlari amalga oshirilmoqda. Xususan, «Obod qishloq» dasturining amalga oshirilishi tufayli 1,7 mln qishloq aholisining yashash sharoitlari yaxshilandi. Birgina 2019 yilda «Obod qishloq» va «Obod mahalla» dasturlarini amalga oshirish uchun jami 600 million AQSH dollariga teng 6,1 trln so'm ajratildi.

Biroq, erishilgan natijalarga qaramay, hozirgi kunda O'zbekistonda 400 mingdan ortiq oila turmush sharoitlari yaxshilanishiga muhtoj (Jahon banki mezonlariga ko'ra, 2015 yil oktyabridan boshlab Global kambag'allik darajasiga kuniga 1,9 AQSH dollardan kam daromad olganlar kiritilgan). Norasmiy sektorning mehnat bozoridagi ulushi 40-50foizni tashkil etadi. Biroq, kambag'al uy xo'jaliklarining faqat 23 foizigina ijtimoiy nafaqa olishadi.

Pandemiya davrida aholining kambag'al va eng zaif qatlamlariga ijtimoiy va moddiy yordam ko'rsatuvchi muassasalar faoliyatini isloh qilish zarurati kuchaydi. SHu bois bu muammolarni hal qilish jadallik bilan amalga oshirilmoqda. Moddiy yordamni taqsimlashda kerakli nazorat, shaffoflik va manzillilikni ta'minlash maqsadida raqamli texnologiyalar asosidagi tizimli echimlarni joriy qilish asosida avval etarlicha manzilli bo'lmagan va samarasiz tizimdan yangi tizimga o'tilmoqda.

Ijtimoiy himoya tizimi bu - kambag'allik va tengsizlikni kamaytirish, aholining ijtimoiy zaif qatlamlari farovonligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar va dasturlar majmuasidan iborat davlat siyosatidir.

G'arb davlatlarida ijtimoiy himoyaning markazlashgan tizimi 20-asrning boshlarida Germaniya va Buyuk Britaniyada ijtimoiy ta'minot tizimlarining yaratilishi davrida, bir oz keyinroq esa AQSHda - Buyuk depressiya davrida muvaffaqiyatga erisha boshladi. 100 yil oldin ijtimoiy himoya tizimlari faqatgina bir necha mamlakatda rasman mavjud bo'lgan bo'lsa, bugungi kunga kelib ushbu tizim deyarli barcha davlatlarda amal qilmoqda. Mamlakatlar o'z imkoniyatlari, milliy sharoitlari va ustuvorliklariga asoslanib ijtimoiy himoya tizimlarini quradilar.

Ijtimoiy qo'llab-quvvatlash tizimi nafaqat moddiy yordam berishga, balki aholining yordamga muhtoj qatlamlarini kambag'allikdan chiqarishga yo'naltirilgan bo'lishi muhim rol o'ynaydi. Rivojlangan mamlakatlarda 1990 yillardan boshlab nafaqa ko'rinishidagi ijtimoiy yordam oluvchilarni rasmiy tadbirkorlikka jalb qilish uchun majburiy talablar joriy qilingan. Bu amaliyot qo'llanilgan mamlakatlarda (Koreya, AQSH, YAngi Zelandiya, Buyuk Britaniya va boshqalar), aholi bandligi oshgani kuzatilgan.

Turli tadqiqotlar natijalari shuni ko'rsatadiki, kambag'allikdagi inson farovonligini faqatgina daromadlarga asoslangan baholash o'rniga boshqa ko'p kriteriyali tizimlari bilan o'lchash kambag'allikka qarshi kurashishning samarasini yanada oshiradi. Kambag'allik bu faqatgina daromadlar emas, bu turli o'lchamli (toza ichimlik suvi, sog'liqni saqlash, sanitariya holati, boshqa zarur xizmatlar) hayot sifatini ifodalovchi ko'rsatkichdir. Maqsadli ijtimoiy yordam ko'rsatish tizimidagi bu o'zgarishlar qisman Avstriya, Belgiya, Avstraliya, Kanada, CHexiya, Daniya va boshqa mamlakatlarda 2000 yillarning o'rtalarida rasmiy kambag'allik darajasini kamaytirishga omil bo'lgan.

Turli mamlakatlar kambag'allik darajasini kamaytirish uchun turli modellarni qo'llashadi. Misol uchun, shved modeli ikki maqsadni ko'zda tutadi: to'liq bandlik va daromadlar tengsizligini kamaytirishni ta'minlash. Mazkur mamlakatida, ishsizlarni o'qitish va qayta tayyorlash, talab yuqori bo'lgan sohalarda ishlash qobiliyatini tiklashni ma'qul ko'rishadi.

Xitoyda qishloq xo'jaligini, shu jumladan, qishloq hududlarini rivojlantirish va er islohotlariga qaratilgan keng ko'lamli chora-tadbirlar amalga oshiriladi.

CHexiyada esa kambag'al aholini moddiy tomondan qo'llab-quvvatlash uchun asosiy nafaqadan tashqari mahsulotlar va pul ko'rinishidagi qo'shimcha ko'maklar beriladi.

AQSHda kambag'allarga ko'rsatilayotgan yordam aholining 15 foizidan 20 foizigacha qismini qamrab oluvchi maxsus dasturlar orqali tarqatiladi. Eng ko'p tarqalgan yordam turlari bu oziq-ovqat talonlari, arzon uy-joy olish dasturlari, qariyalar uchun tibbiy va ijtimoiy yordam turlari, bola parvarishlash bo'yicha nafaqalar va boshqa turdagi qo'llab-quvvatlash turlarini o'z ichiga oladi.

O'zbekiston sharoitida ham rivojlangan mamlakatlardek kambag'allikni qisqartirishga kompleks yondashuv eng maqbul echimdir. Mazkur siyosat mehnatga layoqatli aholini imkon qadar ish bilan ta'minlash va bir vaqtning o'zida muhtoj odamlarni kambag'allik chegarasidan chiqarishga qaratilgan davlat tomonidan ijtimoiy qo'llab quvvatlashga qaratilgan.

SHu bilan birga, qashshoqlikni zudlik bilan bartaraf etishning imkoni bo'lmagan sharoitda kam ta'minlanganlarni ijtimoiy himoya qilish, ularning daromad olishi va inson kapitalini rivojlantirishi uchun qo'shimcha imkoniyatlar yaratish nazarda tutilmoqda.

O'zbekiston ijtimoiy yo'naltirilgan mamlakatlar qatoriga kiradi. Bunday mamlakatlarda davlat jamiyat hayotidagi ishtiroki ancha muhim bo'lib, u o'z fuqarolari oldidagi ijtimoiy majburiyatlarini keng ko'lamda amalga oshirilishini nazarda tutadi. Bu esa jamiyatning ijtimoiy zaif qatlamlarini davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash zaruriyatini keltirib chiqaradi.

Kuchli ijtimoiy siyosat degani davlat institutlari tomonidan ijtimoiy ne'matlarni jamiyatning eng kam himoyalangan va eng zaif a'zolari foydasiga taqsimlash demakdir. O'tgan yillar davomida O'zbekistonda boshqa ko'plab mamlakatlardan farqli o'laroq, kuchli ijtimoiy siyosat amalga oshirilgani shubha ostiga olinmay kelinmoqda. Boshqacha qilib aytganda, O'zbekistonda haqiqatan ham ijtimoiy adolat tushunchasiga mos keladigan davlat siyosati modeli tanlanganini ta'kidlash mumkin. Nima uchun bunday bo'ldi?

Ming yillar davomida xalqimiz yashab turgan zaminimizda odamlar bir-biriga yordam berishi, og'ir hayotiy vaziyatlarda qolgan qashshoq va zaif aholi qo'ni-qo'shni, mahalla va jamiyatdan madad olishi lozim, degan an'anaviy dunyoqarash shakllangan. O'zbekistonda ijtimoiy shartnoma ijtimoiy axloqning ko'p asrlik tamoyillariga asoslangan.

SHunday bo'lsa-da, uzoq vaqt davomida, kambag'allikning mavjudligi siyosiy sabablarga ko'ra rasmiy darajada deyarli tan olinmagan, kambag'allikni

aniqlashning qonuniy tasdiqlangan mezonlari yo'q edi, bu holda samarali ijtimoiy siyosat olib borish juda mushkul masala edi. Biroq, kambag'allik muammosi yo'qolmadi, hatto 2007 yilda uni bartaraf etish uchun tegishli strategiyani ishlab chiqishga harakat qilindi. BMTTD, Jahon banki va OTB bilan birgalikda «20082010 yillarda O'zbekiston Respublikasi aholisi farovonligini oshirish strategiyasi» ishlab chiqildi. Biroq tan olish kerak, yaqin davrgacha mahalla qo'mitalari orqali kambag'allarni real ijtimoiy qo'llab-quvvatlash borasida tub o'zgarishlar amalga oshirilmadi.

Aniqlangan kamchiliklar shundan iboratki, narxlarni nazorati sustlashdi natijada, sun'iy ravishda narx-navo ko'tarilib bordi, tabiiyki bundan xalq jabr ko'rdi.

Bu erda shuni ta'kidlash kerakki, moddiy yordam ko'rsatish mexanizmi hali ham Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 15 fevraldagi qarori bilan tasdiqlangan «Kam ta'minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash va to'lash tartibi to'g'risidagi Nizom» bilan belgilanadi. Ushbu qoidaga muvofiq, bolali oilalarga nafaqalar, bola parvarishi bo'yicha nafaqa va moddiy yordam tayinlash va to'lash to'g'risidagi qaror qabul qilishga vakolatli mahalla fuqarolar yig'ini yoki komissiyaga belgilangan. Komissiya fuqarolar yig'ini raisi boshchiligida fuqarolar yig'ini tomonidan saylanib kelgan. Komissiya a'zolari 2 yil muddatga, fuqarolar yig'ini raisi esa - o'z vakolatlarining butun muddati davomida saylangan. Ushbu komissiya a'zolarining soni kamida 15 kishini tashkil etishi lozim.

Mazkur mexanizm, komissiya a'zolari o'zlari yashayotgan mahallalarda qo'llab-quvvatlanishga muhtoj aholini bilgan holda ob'ektiv qarorlar qabul qilishni nazarda tutadi. Ammo, boshqa tomondan, jamoaviy qaror qabul qilishning bunday mexanizmi juda murakkab, etarlicha shaffof emasligi va berilgan vakolatlar suiiste'mol qilinishini istisno qilmaydi, ayniqsa, ko'plab jarayonlar ortiqcha hujjatlar va sertifikatlar taqdim etilishini talab qiladi. Balki shuning uchundir, ijtimoiy yordam ajratish mexanizmidagi qiyinchiliklar va kamchiliklar ta'sirida Prezident qabulxonalariga samarasiz yoki hatto adolatsiz moddiy yordam ajratish amaliyotlar haqida murojaatlar soni oshib ketishiga olib keldi.

2019 yilda butun mamlakat bo'ylab 6,1 milliondan ortiq xonadonda aholining muammolarini o'rganish uchun tuzilgan ishchi guruhlar tomonidan o'rganishlar o'tkazildi. Fuqarolar bilan o'tkazilgan so'rovlar natijasida hal qilinishini talab etiladigan 935,6 mingta muammo aniqlanib, ularning aksariyati hal qilindi. Aholi uchun eng og'riqli muammolar orasida: suyultirilgan gaz

ta'minoti (respondentlarning 18,9 foizi), bandlik (11 foiz), sog'liqni saqlash (8,5 foiz), elektr energiyasi ta'minoti (8,1 foiz), bank kreditlari (7 foiz), moddiy yordam (5,7 foiz), ichimlik suvi (5,5 foiz), kadastr masalalari (5,3 foiz), uy-joy (4,4 foiz), tabiiy gaz (3,4 foiz), ko'mir ta'minoti (2.3 foiz), pasport nazorati (2,1 foiz) va maktabgacha ta'limga oid masalalar (1,5 foiz) o'rin olgan.

Joriy yilda, pandemiya bilan bog'liq qator cheklovlar natijasida aholi turmush darajasi sohasida vaziyat yanada murakkablashdi. SHu bois ijtimoiy muammolarni aniqlash ishlari yanada muhim ahamiyat kasb etib, faol davom ettirilmoqda. Joriy yilning 1 avgust holatiga ko'ra, aholini ijtimoiy himoya qilish masalalari bo'yicha murojaatlar soni o'tgan yilning shu davriga nisbatan ikki baravar ko'paydi.

SHuningdek, moddiy yordam va ijtimoiy nafaqalarni olish uchun arizalar soni ijtimoiy himoyaga murojaat etuvchilarning umumiy sonining 48 foizini tashkil etdi, bu o'tgan yilga nisbatan 1,9 baravar ko'p.

Pandemiya bilan bog'liq so'rovlarning yangi toifalari ham ishlatila boshlandi. Karantin davrida fuqarolarni moddiy yordam, oziq-ovqat va himoya vositalari bilan ta'minlash to'g'risidagi murojaatlar umumiy murojaatlar sonining 16 foizini, oziq-ovqat va asosiy ehtiyojlarning narxi va tanqisligi to'g'risidagi murojaatlar esa 8 foizni tashkil etdi.

YUqoridagilardan ko'rinib turibdiki, oxirgi 2-3 yilda aholining ijtimoiy qo'llab-quvvatlash tizimida o'tgan yillar davomida to'plangan mavjud muammolarni sektorlar tomonidan yig'ilgan ma'lumotlar asosida qo'l rejimida tezkor hal etish o'zining samarasini ko'rsatdi. Ammo tan olish lozimki, ko'p hollarda «inson omiliga» haddan tashqari bog'liqlik muammolarni echishda boshqa muammolarni ham keltirib chiqarishi mumkin.

Xorijiy mamlakatlar tajribasi va tadqiqot jarayonida aniqlangan kamchiliklar ijtimoiy qo'llab-quvvatlashni tizimli asosda yo'lga qo'yish lozimligini ko'rsatmoqda. Ayrim yordam turlarini ajratishning aniq mezonlari bo'lishi, unga muvofiqlikni aniqlash mustaqil axborot manbalariga asoslanishi lozim. YOrdam ajratish mezonlari va tartiblari, ajratilgan mablag'lar to'g'risidagi ma'lumotlar aniq va butunlay shaffof bo'lishi lozim. Ijtimoiy qo'llab-quvvatlash masalalarini qo'lda boshqarishdan aniq va ravshan integratsiyalashgan tizimga o'tkazish bo'yicha bir qator ishlar amalga oshirildi.

Xususan, o'tgan yilidan boshlab mamlakatimizda bu borada muhim qadamlar qo'yildi. Jumladan, Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 13 apreldagi 308-son qaroriga muvofiq, «Ijtimoiy himoya yagona reestri» axborot tizimi yo'lga

qo'yilmoqda, bu oilalar ehtiyoji va talabgorlarning belgilangan mezonlarga muvofiqligi darajasini oshkora, real vaqtda baholashni ta'minlaydi.

Ehtiyoj darajasi oila a'zolarining daromadlari, mol-mulk, bank hisobvaraqlari, olingan kreditlar, turli idoralarning tegishli ma'lumotlar bazalarida mavjud bo'lgan avtomobillar haqidagi ma'lumotlarni hisobga olish yo'li bilan aniqlanadi. Ushbu hisob-kitoblarga asosan ijtimoiy xizmatlar, yordamga muhtoj aholi va oluvchilarning yagona ma'lumotlar bazasi shakllantiriladi. Mazkur tizimni sinovdan o'tkazish uchun Sirdaryo viloyatida 2019 yilning 1 oktyabridan boshlab pilot loyiha sifatida sinab ko'rildi.

Ushbu tizim faoliyatini samarali amalga oshirish uchun aholiga ko'rsatilayotgan yordam to'g'risidagi ob'ektiv ma'lumotlar «Ijtimoiy himoya yagona reestriga» kiritib borilishi kerak. Ushbu vazifa xonadonlarni o'rganish jarayonida ham amalga oshiriladi. Mazkur ma'lumotlar asosida va ayrim oilalarning turmush darajasiga karantin cheklovlarining salbiy ta'sirini hisobga olgan holda, Mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash vazirligi hamda hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga mas'ul idoralar tomonidan joriy yilda moliyaviy yordam va ko'makka muhtojlar ro'yxati tuzildi.

Ushbu ro'yxatlardan kam ta'minlanganlar; imkoniyati cheklangan fuqarolar; ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar; yolg'iz keksalar; doimiy ishsiz fuqarolar; karantin tufayli ishsiz qolgan fuqarolar; epidemiologik jihatdan nochor hududlardan qaytgan fuqarolar o'rin olishgan.

Bu yo'nalishda keyingi muhim qadam joriy yilning 4 avgust kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «Aholiga davlat ijtimoiy xizmatlari va yordam taqdim etish tartib-taomillarini avtomatlashtirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida» qarori bo'ldi. Qarorda joriy yilning 1 sentyabrdan boshlab ijtimoiy nafaqalarni tayinlash to'g'risidagi arizalarni ko'rib chiqish va ularni tayinlash tartib-taomillari «Elektron hukumat» tizimining ajralmas qismi bo'lgan «Ijtimoiy himoya yagona reestri» axborot tizimi orqali bosqichma-bosqich amalga oshirilib, joriy yil oxirigacha respublikaning barcha hududlarida amalga oshirilishi belgilangan.

Ushbu tizimni joriy etishning asosiy maqsadlari - aholini ijtimoiy himoya qilish tizimiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga davlat ijtimoiy xizmatlari va yordamini taqdim etishning yagona tizimini yaratishdan iborat.

XULOSA

Mamlakatdagi kambag'allikni bartaraf etish yo'llaridan biri bo'lgan -ijtimoiy himoya samaradorligini oshirish faqatgina kompleks yondoshuvlar orqaligina amalga oshirilishi mumkin.

So'nggi yillarda kambag'allikni engishga hissa qo'shadigan boshqa sohalarda ham salmoqli sa'y-harakatlar amalga oshirildi. Ularga yangi ish o'rinlari yaratish va tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlash, qishloq joylari va qishloq xo'jaligini rivojlantirish, qishloq joylarda infratuzilmani takomillashtirish, sog'liqni saqlash, kasb-hunar ta'limi va tarbiyasini yaxshilash hamda iqtisodiy migratsiya kiradi. Bu sohalarda oxirgi yillarda amalga oshirilayotgan ijobiy o'zgarishlar mamlakatimizning uzoq muddatli kambag'allikni qisqartirish dasturining muhim qismi hisoblanadi.

ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)

1. Jurayev SH.S., Abu Ali ibn Sinoning falsafiy qarashlarida baxt-saodat masalasi // Academic Research in Educational Sciences, 2 (Special Issue 1), 395-401 P.

2. O'lmasov A., Vahobov A. Iqtisodiyot nazariyasi: Darslik. - T.: «SHarq» nashriyot-matbaa aktsiyadorlik kompaniyasi Bosh tahririyati, 2006. - 480 b.

3. Po'latov, Sh.N., Hindistonda pedagogik ta'limning rivojlanish bosqichlari. //"SCIENCE AND EDUCATION" Scientific journal Volume 1, Special issue 2020 21-27 P.

4. Po'latov, Sh.N., Rabindranat Tagorning Hindiston ilm-ma'rifatga qo'shgan xissasi.// "SCIENCE AND EDUCATION" Scientific journal Volume 1, Special issue 2020 136-144 P.

5. Razzoqov A. Iqtisodiy ta'limotlar tarixi. Oliy ta'lim muassasalarining talabalari uchun darslik / A.A.Razzoqov, SH.H.Tashmatov, N.T.O'rmonov. - T.: Iqtisod-moliya, 2007. - 320 b.

6. SHodmonov SH.SH., G'afurov U.V. Iqtisodiyot nazariyasi (darslik). - T., «Fan va texnologiya» nashriyoti, 2005. - 784 b.

7. Камаев В.Д. Экономическая теория: Краткий курс: учебник / В.Д.Камаев, М.З.Илчиков, Т.А.Борисовская. - 2-е изд., стер. - М.: КНОРУС, 2007. - 384 с.

8. Симкина Л.Г. Экономическая теория. 2-е изд. - СПб.: Питер, 2008. - 384 с.

9. Станковская И.К., Стрелетс И.А. Экономическая теория: учебник / И.А.Стрелетс. - 3-е изд., испр. - М.: Эксмо, 2008. - 448 с.

10. Сулаймонов Ж.Б. Взгляды Абдуррахмана ибн Халдуна о развития общества и цивилизации// Международный научно-практический журнал "Экономика и социум". 12 (79)2020 г. //https://iupr.ru//a78cf8ac-3ef5-4670-8fcd-a900ec94fdfb.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.