Научная статья на тему 'BIRLASHGAN ARAB AMIRLIKLARIDA RAQAMLI HUKUMAT'

BIRLASHGAN ARAB AMIRLIKLARIDA RAQAMLI HUKUMAT Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
531
52
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Raqamli transformatsiya / Raqobat / Global Media / Telekommunnikatsiya / Mobil hukumat tashabbusi. / Digital Transformation / Competition / Global Media / Telecommunications / Mobile Government Initiative

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Azamat Fayzullaev

Raqamli transformatsiya Birlashgan Arab Amirliklari hukumatining yangi imkoniyatlar va muammolarga qanday moslashishini shakllantirish uchun juda muhimdir. Amirliklar bugungi kunga kelib davlat va jamiyat hayotining barcha jabhalarida raqamli texnologiyalarni qo‘llash bo‘yicha aniq dasturlarga ega va bu borada katta tajriba orttirgan davlat sifatida tanildi. Mazkur maqolada, BAA raqamli hukumatining tashkil qilinishi, uning tarkibiy tuzilishi va hukumat faoliyatining samarador, ochiq va shaffofligini ta’minlashdagi ahamiyati borasida ma’lumotlar beriladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

DIGITAL GOVERNMENT IN THE UNITED ARAB EMIRATES

Digital Transformation is critical to shaping how the UAE government adapts to new opportunities and challenges. Today, the United Arab Emirates has clear programmes for the application of digital technology in all aspects of public and social life and has been recognized by a country with extensive experience in this field. This article provides information on the establishment of the digital government in the UAE, its structure and its role in ensuring the efficiency, openness and transparency of government activities.

Текст научной работы на тему «BIRLASHGAN ARAB AMIRLIKLARIDA RAQAMLI HUKUMAT»

BIRLASHGAN ARAB AMIRLIKLARIDA RAQAMLI HUKUMAT

Azamat Fayzullaev ToshDSHU talabasi

Anntotsiya Raqamli transformatsiya Birlashgan Arab Amirliklari hukumatining yangi imkoniyatlar va muammolarga qanday moslashishini shakllantirish uchun juda muhimdir. Amirliklar bugungi kunga kelib davlat va jamiyat hayotining barcha jabhalarida raqamli texnologiyalarni qo 'llash bo 'yicha aniq dasturlarga ega va bu borada katta tajriba orttirgan davlat sifatida tanildi. Mazkur maqolada, BAA raqamli hukumatining tashkil qilinishi, uning tarkibiy tuzilishi va hukumat faoliyatining samarador, ochiq va shaffofligini ta'minlashdagi ahamiyati borasida ma'lumotlar beriladi.

Kalit so'zlar: Raqamli transformatsiya, Raqobat, Global Media, Telekommunnikatsiya, Mobil hukumat tashabbusi.

Annotation. Digital Transformation is critical to shaping how the UAE government adapts to new opportunities and challenges. Today, the United Arab Emirates has clear programmes for the application of digital technology in all aspects of public and social life and has been recognized by a country with extensive experience in this field. This article provides information on the establishment of the digital government in the UAE, its structure and its role in ensuring the efficiency, openness and transparency of government activities.

Keywords: Digital Transformation, Competition, Global Media, Telecommunications, Mobile Government Initiative.

Raqamli transformatsiya dunyodagi hukumatlarining yangi imkoniyatlar va muammolarga qanday moslashishini shakllantirish uchun juda muhimdir. Raqobat, xarajatlar va byudjet cheklovlari, fuqarolaming o'zgaruvchan talablari hamda boshqa bir qator o'zgarishlar dunyo hukumatlarini raqamli formatda ishlash va innovatsion AKTni qabul qilishga undaydi. Osiyo va dunyoda birinchilardan bo'lib Janubiy Koreya va Singapur raqamli transformatsiyalarning imkoniyatilarini tan oldi va o'zlarida bu tizimni to'la joriy qildi.

Bugungi kunda Birlashgan Arab Amirliklari ham raqamli texnologiyalar jadal rivojlanib borayotgan mamlakatlardan hisoblanadi. Raqamli texnologiyalar Amirliklar aholisining kundalik xaridlaridan tortib, uning diplomatik aloqlariga qadar

KIRISH

bo'lgan barcha sohalarga kirib borgan. Global Media Insighning 2020 yildagi ma'lumotlariga ko'ra BAA aholisning 9,52 million nafari ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchisi hisoblanadi bu 100 fiozga yaqin ko'rsatkich demakdir. (9,61 million aholi 2020 y.) Bu ko'rsatkich bo'yicha u 22 ta Arab davlati orasida birinchi o'rinda turadi va dunyo miqyosida ham birinchi o'ntalikdan joy olgan. So'nggi yillarda mamlakatda elektron hukumatni yaratish bo'yicha ham muntazam ishlarni amalga oshirib kelmoqda. Mazkur maqolada BAA da raqamli hukumatnining shakllanishi va uning imkoniyatlari tahlil qilinadi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR Mazkur maqolani tadqiq qilish jarayonida ilmiy bilishning obyektivlik usulidan foydalanildi. Birlashgan Arab amirliklarida raqamli hukumat siyosati obyektiv ochib berildi. Bugungi kundagi rivojlangan davlatlar davri tarix nuqatayi-nazaridan tahlil etildi. Gusterin P.V., "Gorod Arabskogo Vostoka kitobi mantiqiy izchillik jihatdan tadqiq qilindi. Raqamli hukumat siyosati strukturasini tekshirish, bilimlarning tartibini aniqlash, ular tasnifini amalga oshirish alohida o'rin egallaydi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR Birlashgan Arab Amirliklari hukumati tashabbusi bilan 2021-yilga qadar hukumat tizimlarini to'liq elektronlashtirish va ularda raqamli texnologiyalarni bosqichma-bosqich joriy etishga doir samarali chora-tadbirlar rejasi qabul qilingan edi. Bu rejaga muvofiq, mamlakatda neft va tabiiy gaz qazib chiqarish, mehmonxonalarda mijozlarga samarali xizmat ko'rsastish, savdo markazlarida xaridorlar uchun sifatli va yangi mahsulotlarni etkazib berish hamda xaridorlar xavfsizligini ta'minlash, turizm salohiyatini yanada rivojlantirish belgilanagan. Hozirgi kunga kelib, BAA ko'zlangan maqsadlariga to'liq erisha oldi, mamlakatda ishonchli va xavfsiz raqamli hukumat tizimi vujudga keldi. Endilikda fuqarolar hamda xorijlik sayyohlar uchun mamlakat hukumatiga to'g'ridan-to'g'ri murojaat qilish, o'zlari qiziqtirgan masalalar yuzasidan javob olish hamda takliflar berish imkoniyati yaratildi. Bu narsa, albatta, BAA iqtisodiy tizimining barqarorligini ta'minlashda juda katta ahamiyat kasb etadi. SHayx Muhammad bin Rashid Al-Maktum ikki yil ichida barcha uyali aloqa vositalari orqali ham mamlakat hukumatiga murojaat qilishni ta'minlash borasida chora-tadbirlarni samarali yakunlashga va'da bergan edi.

Hukumat qarori bilan asos solingan Telekommunnikatsiyalarni boshqarish hokimiyati (Telecommunications Regulatory Authority) "Mobil hukumat tashabbusi" deb nomlangan dastur qabul qilgan va shu dasturga doir bir nechta hujjatlar rasmiylashtirilgan. Bular:

1. Mobil hukumat yo'riqnomalari (Mobile Government Guidelines).

2. Mobil hukumat yo'l xaritasi (Mobile Government Roadmap).

3. Mobil hukumat tashabbusini qo'llab-quvvatlash uchun Milliy reja (National Plan to Support Mobile Government Initiative).

BAA Mobil hukumati tizimining asosiy belgilari quyidagilardan iborat:

1. Uzluksiz faoliyat yuritish.

2. Kuniga 24 soat, haftasiga 7 kun hamda yiliga 365 kun xizmat ko'rsatishni ta'minlash.

3. Tezkor va ishonchli xizmatlar yo'nalishlarni ta'minlash.

4. O'zgarishlarga tezligi bilan moslashish.

5. Targ'ib qilish uchun munosib echimlarni o'ylab topish.

6. Insonlarning yashash sharoitlarini osonlashtirish.

7. Kishilarda baxtiyorlik hissiyotini yanada oshirish.

Mobil hukumat tizimi doimiyligini ta'minlash bilan shug'ullanuvchi bir qancha tizimlar mavjud. Bularga quyidagilar kiradi:

1. Federal Tarmoq tizimi (Federal Network - FedNet).

2. Raqamli innovatsiya markazi (Centre of Digital Innovation - CoDI).

3. Birlashgan Arab Amirliklari hukumati ilovalari (the UAE Government Apps)

4. Bir ilova (One App).

5. Milliy xaridorlar bilan aloqalar menejmenti (The National Customer Relations Management).

Birlashgan Arab Amirliklaridagi iqtisodiy, madaniy, xalqaro savdo-sotiq va turizm markaziga aylanib ulgurgan shahar - Dubaydir. Dubay shahri Dubay amirligining ma'muriy markazi hisoblanadi. SHahar Fors ko'rfazi sohilida joylashgan eng yirik portdir. Maydoni - 35 kv. km. aholisi - 3 million 300 ming kishi. Dubay shahriga 1833-yilda asos solingan, shaharni shundan beri al-Maktumlar sulolasi boshqarib kelmoqda. Dubay shahrida hozirgi kunda Burj Xalifa, Burj al-Arab, Dubay favvorasi, Akvarium, Dunyo sun'iy orollar arxipelagi, Palma oroli, Mushrif bog'i, "Birgalikda" haykali, Bastakiya (Dubayning tarixiy qismi) kabi sayyohlar diqqatiga sazovor bo'lgan o'nlan monumental obidalar va zamonaviy inshootlar mavjud. Ularni idora etish, sayyohlarni jalb etish mqasadida ushbu joylarda ham eng zamonaviy raqamli texnologiyalar joriy etilmoqda. Dubay amirligi hukumati shaharni "smart city" ("aqlli shahar") ga aylantirishni maqsad qilgan. Dubay hukumati 2021-yil

dekabr oyiga qadar barcha qog'ozbozlik ishlaridan voz kechib, samarali elektron hukumat tizimini joriy etish niyatida. Bunda aqlli va barqaror o'suvchi shaharlarni barpo etish hamda internet ilovalari orqali mijozlarga turli xizmatlarni taklif qilish ishlari ko'zda tutilgan. SHuningdek, mijozlar uchun yanada qulayliklar yaratish maqsadida xizmatlarni qayta sozlash uchun ma'lumotlarni yig'ish va ularni almashtirish xizmatlari ham joriy etilishi maqsad qilingan. Dubay shahrida allaqachon yo'l va transport xizmatlari uchun to'lovlarni nol smart-kartalari orqali yig'ib olish ishlari yo'lga qo'yilgan. 2020-yil mart oyida Dubayda 100 foiz qogozsiz shtamp ishga tushirilgan. Dubay hukumati qog'ozsiz tizimni yaratish strategiyasi uchun katta mablag' sarflagan. Bu loyiha "Smart Dubai" deb nomlanadi hamda sifatli, raqamli va qog'ozbozlikdan yiroq bo'lgan xizmatlarni taklif etish bilan shug'ullanadi.

Dubay hukumati ishlab chiqqan "Smart Dubai" strategiyasi 2021-yilning dekabriga qadar Dubay hukumatining an'anaviy xizmatlari va operatsiyalarini raqamli shaklga o'tkazishga imkon beradigan mukammal birlashtirilgan qog'ozsiz hukumat infratuzilmasini barpo etishga qaratilgan. Bu har yili davlat operatsiyalari uchun foydalaniladigan 1 milliarddan ortiq qog'ozni yo'q qilishga yordam beradi hamda aholiga tezkor va sifatli yordam ko'rsatish ishlarini osonlashtiradi.

Dubayda 2017-yilda Dubay hukumatining yagona interaktiv xizmat ko'rsatish markzai ham ochilgan edi. U mijozlarga boshqa davlat xizmatlari markazlariga tashrif buyurishni talab qilmasdan davlat xizmatlari to'plamini sifatli etkazib beradi. Bu markaz bir nechta federal va mahalliy boshqaruv idoralari tomonidan boshqariladi.

Birlashgan Arab Amirliklarining poytaxti, yirik shahar Abu-Dabida ham raqamli texnologiyalar joriy etilgan. Abu-Dabi hozirgi kunda Birlashgan Arab Amirligida ishlab chiqarilayotgan yalpi ichki mahsulotning 56 foizini beradi. Mamlakat iqtisodiyotining uchdan ikki qismi Abu-Dabi hissasiga to'g'ri keladi, shahardan yiliga davlat uchun 400 milliard dollar foyda keladi. Abu-Dabida "Faqat bir marta" loyihasi ishga tushirilgan. Unga binoan, Abu-Dabi hukumati xizmatlaridan foydalanuvchilar yoki iste'molchilar har safar hukumatga murojaat qilganida shaxslarini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etishi talab qilinmaydi, bunday usuldan butunlay voz kechilgan. Ushbu siyosatdan foydalanish uchun foydalanuvchilar o'z shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarni faqat bir martagina Abu-Dabi hukumatining markaziy veb-sayti orqali topshiradilar. Ushbu ma'lumotlar saqalanib qoladi va hukumat ularning xavfsizligini ta'minlaydi.

Birlashgan Arab Amirliklari Arabiston yarimoroli hamda Fors ko'rfazi bo'yida joylashgan davlatlar ichida, umuman olganda, butun dunyoda o'z iqtisodiyoti va

XULOSA VA TAKLIFLAR

siyosati uchun raqamli texnologiylarni joriy etgan juda kuchli mamlakatdir. BAA iqtisodiyotida raqamli texnologiyalarning joriy etilishi mamlakat iqtisodiyotining gurkirab rivojlanishiga, Dubay, Abu-Dabi singari turistik shaharlar nufuzining yanada ortishiga sabab bo'ladi. Mamalakat iqtisodiyoti uning tabiiy resurslarigagina bog'liq bo'lmasdan, balki turizm salohiyatiga hambevosita bog'liqdir.

ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)

1. ^ ^ ^jjüj Aj^jjIjS^I[Dubai Internet of Things Strategy] URL: https://www.government.ae/ar-ae/about-the-uae/strategies-initiatives-and-awards/local-governments-strategies-and-plans/dubai-internet-of-things-strategy

2. ^IjUV1 i-ftlsll sAj^jjljS^I[The UAE Soft Power Strategy] https://government.ae/ar-ae/about-the-uae/strategies-initiatives-and-awards/federal-goveniments-strategies-and-plans/the-uae-soft-power-strategy

3. 2019-<^Ui">ll j^J ajäLjll aj^jjIja^VI[National Cybersecurity Strategy 2019] URL: https://www.govemment.ae/en/about-the-uae/strategies-initiatives-and-awards/federal-governments-strategies-and-plans/national-cybersecurity-strategy-2019

4. ^^Jl ^ijJl aJI^j ^i j A^[Mohammed bin Rashid's Letter of the New Season] URL: https://www.albayan.ae/across-the-uae/news-and-reports/2019-08-31-1.3638375

5. Gusterin P.V., "Gorod Arabskogo Vostoka" - 2007

6. Po'latov, Sh.N., Rabindranat Tagorning Hindiston ilm-ma'rifatga qo'shgan xissasi.// "SCIENCE AND EDUCATION" Scientific journal Volume 1, Special issue 2020 136-144 P.

7. Po'latov, Sh.N., Hindistonda pedagogik ta'limning rivojlanish bosqichlari. //"SCIENCE AND EDUCATION" Scientific journal Volume 1, Special issue 2020 21-27 P.

8. Sulaymonov, J. Abdurahmon ibn Xaldunning tamaddun taraqqiyoti haqidagi qarashlarida jamiyat tahlili//Academic Research in Educational Sciences, Vol. 2 Special Issue 1, 2021. 451-455 P.

9. Sulaymonov, J.Karimov N.Contribution of Abu Isa Tirmidhi to the Science of Hadith //International Journal of Innovative Technology and Exploring Engineering (IJITEE) ISSN: 2278-3075, Volume-9 Issue-1, November, 2019. P. 593-599.

10.Jurayev SH.S., Abu Ali ibn Sinoning falsafiy qarashlarida baxt-saodat masalasi // Academic Research in Educational Sciences, 2 (Special Issue 1), 395-401 P.

11.The Government and Politics of the Middle East and North Africa. Encyclopedia.

12. www.memoriamedia.net

13.www.meetup.com

14.www.weforum.org

15.www.researchgate.net

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.