Научная статья на тему 'TEZKOR-QIDIRUV FAOLIYATIDAGI IJTIMOIY-HUQUQIY MUNOSABATLARNING ILMIY TAHLILI'

TEZKOR-QIDIRUV FAOLIYATIDAGI IJTIMOIY-HUQUQIY MUNOSABATLARNING ILMIY TAHLILI Текст научной статьи по специальности «Право»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Область наук
Ключевые слова
Ijtimoiy-huquqiy munosabat / TQF ishtirokchilari / tasnif / organ xodimi / xatti-harakat / kontrol / nazorat. / Socio-legal relations / OSA participants / classification / body employee / behavior / control / supervision.

Аннотация научной статьи по праву, автор научной работы — Bobomurodov Farxod Boymurotovich

Maqolada tezkor-qidiruv faoliyatidagi ijtimoiy-huquqiy munosabatlar tushunchasini ilmiy tahlil qilish asosida TQF ishtirochilari uch guruhga ajratilgan. Huquqshunos olimlarning fikrlari bilan ilmiy bahsga kirishib, “tezkor-qidiruv munosabatlari” tushunchasiga ilmiy-nazariy ta’rif ishlab chiqilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

SCIENTIFIC ANALYSIS OF SOCIO-LEGAL RELATIONS IN OPERATIONAL-SEARCH ACTIVITIES

On the basis of scientific analysis of the concept of operational-search activity, social-legal relations in the article, OS Aparticipants are divided into three groups. Having entered into a scientific dispute with the opinions of legal scholars, a scientific-theoretical definition of the concept of “quick-search relations” has been developed

Текст научной работы на тему «TEZKOR-QIDIRUV FAOLIYATIDAGI IJTIMOIY-HUQUQIY MUNOSABATLARNING ILMIY TAHLILI»

APPLIED SCIENCES

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.3 | SJIF = 7.984 www.in-academy.uz

/ I

i № Л 4-

1 fi M

úW, FINANCE f\ND ÎSÏÏJED SCIENCES

^ /, ...I ,.■,,.!»»►■""'

SCIENTIFIC ANALYSIS OF SOCIO-LEGAL RELATIONS IN OPERATIONAL-SEARCH ACTIVITIES

Bobomurodov Farkhod Boymurotovich

Responsible officer of the single operational management center of the

organizational department of the Tashkent city internal affairs department, lieutenant colonel, doctor of philosophy in legal sciences

(PhD)

https://doi.org/10.5281/zenodo.11198306

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Received: 08th May 2024 Accepted: 14th May 2024 Online: 15th May 2024 KEYWORDS Socio-legal relations, OSA participan ts, classifica tion, body employee, behavior, control, supervision.

On the basis of scientific analysis of the concept of operational-search activity, social-legal relations in the article, OSA participants are divided into three groups. Having entered into a scientific dispute with the opinions of legal scholars, a scientific-theoretical definition of the concept of "quick-search relations" has been developed.

НАУЧНЫЙ анализ социально-правовых отношении в

ОПЕРАТИВНО-РОЗЫСКНОЙ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ

Бобомуродов Фарход Боймуротович

Ответственный сотрудник единого центра оперативного управления организационного отдела Ташкентского городского управления внутренних дел, подполковник, доктор философских наук по юридическим наукам (PhD) https://doi.org/10.5281/zenodo.m98306

ARTICLE INFO

ABSTRACT

В статье на основе

анализа понятия

научного

социально-правовых отношений к оперативно-розыскной деятельности участники ОРД разделены на три группы. Вступив в научный спор с мнениями ученых-юристов, было выработано научно-теоретическое определение понятия «оперативно-розыскные отношения».

Received: 08th May 2024 Accepted: 14th May 2024 Online: 15th May 2024 KEYWORDS

Социально-правовые отношения, участники ТКФ, классификация, работник органа, поведение, контроль, надзор.

TEZKOR-QIDIRUV FAOLIYATIDAGI IJTIMOIY-HUQUQIY MUNOSABATLARNING ILMIY TAHLILI

Bobomurodov Farxod Boymurotovich

Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi tashkiliy boshqarma yagona tezkor boshqaruv markazining mas'ul xodimi, podpolkovnik yuridik fanlar bo'yicha falsafa doktori (PhD).

https://doi.org/10.5281/zenodo.11198306 ARTICLE INFO ABSTRACT

Received: 08th May 2024 Accepted: 14th May 2024 Online: 15th May 2024

Maqolada tezkor-qidiruv faoliyatidagi ijtimoiy-huquqiy munosabatlar tushunchasini ilmiy tahlil qilish asosida TQF

APPLIED SCIENCES

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.3 | SJIF = 7.984 www.in-academy.uz

KEYWORDS

Ijtimoiy-huquqiy munosabat, TQF ishtirokchilari, tasnif organ xodimi, xatti-harakat, kontrol, nazorat.

ishtirochilari uch guruhga ajratilgan. Huquqshunos olimlarning fikrlari bilan ilmiy bahsga kirishib, "tezkor-qidiruv munosabatlari" tushunchasiga ilmiy-nazariy ta'rif ishlab chiqilgan.

Tezkor-qidiruv faoliyatida (keyingi o'rinlarda TQF deb yuritiladi) inson huquq va erkinliklari ta'minlashda, barcha TQF ishtirokchilari (tomonlar)ning qonuniy manfaatlarini himoya qilish lozim. Faqat jinoyatni sodir etishda gumonlanayotgan, jabrlangan, guvohlarning huquq va manfatlarini himoya qilish emas balkim, davlat organi mansabdor shaxsi (tezkor xodim) ning ham qonuniy manfaatlarini himoya qilinishi nazarda tutiladi. Jinoyatni fosh etishga mas'ul bo'lgan xodimlar qonuniy choralarni ko'rish asosida gumondor va uning qilmishini isbotlovchi zarur daliliy ashyolarni topib, to'plangan protsessual hujjatlarni tergov organiga taqdim etadi. Aybdor shaxsning javobgarlikdan qutilib qolishni istashi yoki boshqa sub'ektiv (shaxsiy adovat b.) omillarga ko'ra, jinoyatni fosh etgan xodimga nisbatan turli tazyiqlar, noqonuniy harakatlar sodir etilishi amaliyotda uchrab turadi. Masalan, provokatsion harakat bilan xodimga uydirma tuhmat uyushtirish, lavozimini pasaytirish yoki boshqa xizmatga o'tkazish va boshq. SHuningdek, ushbu xodimlarning ish yuklamasining ko'pligi, ish vaqtining davomiylik chegarasi bo'yicha mehnat qonunchiligiga rioya qilinmasligi kabi holatlar respublikamizning barcha hududlarida kuzatish mumkin.

TQFda inson huquqlari va erkinliklarini ta'minlash uchun birinchi navbatda huquq va erkinliklari ta'minlanishi lozim bo'lgan shaxslarning ro'yxatini belgilab olish lozim. Mazkur shaxslarni ro'yxatini qo'yidagicha: TQFda ishtirok etayotgan tezkor-qiziqish uyg'otayotgan shaxslar (jinoyatni sodir etishni niyat qilgan, rejalashtirayotgan, tayyorlanayotgan, gumonlangan shaxslar); TQFni amalga oshirishda ishtirok etuvchi mansabdor shaxslar (tezkor xodim va TQF organ rahbari; advokat; surishtiruvchi; tergovchi; prokuror; sud,); TQFni amalga oshirishda ko'maklashadigan shaxslar fTQFga oshkora va nooshkora ko'maklashuvchi fuqarolar; jabrlanuvchi; guvoh; ekspert; mutaxassis; xolislar) kabi uch guruhga tasniflanishi lozim. TQFning ushbu tasnifining shakllantirilishi TQFda inson huquqlari, erkinliklarni va qonuniy manfaatlari ta'minlanishi shart bo'lgan shaxslar haqida aniq tasavvur hosil qilishga, bu yo'nalishda maqsad va vazifalarni belgilab olinishiga imkoniyat yaratadi.

TQFda inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta'minlashda uch guruhga ajratilgan TQFni ishtirokchilari orasida asosan ikkinchi guruhga kiritilgan tezkor xodimlar va TQF organ rahbari, boshqa ishtirokchilar bilan ijtimoiy-huquqiy munosabatlarga kirishadi. Aynan ushbu munosabatlarga kirishishda sohaga oid normativ-huquqiy hujjatlarga amal qilinishi zarur. TQF sohasidagi ijtimoiy-huquqiy munosabatlar va ularni huquqiy tartibga solinishi haqida fikr bildirishda, "ijtimoiy", "huquqiy" va "ijtimoiy-huquqiy munosabatlar" kabi tushunchalarning mazmun-mohiyatini bilishimiz muhimdir.

Davlat va huquq nazariyasi fanidan ma'lumki, huquqiy munosabatlar tushunchasi fanda alohida kategoriya, institut sifatida o'rganilib, huquqiy munosabatlarning tayanchi, ijtimoiy munosabatlarga asoslanadi. Ijtimoiy munosabatlarning muayyan qismi huquq normalari bilan tartibga solinib, ularga barqaror, izchillik, maqsad sari yo'naltirilganlik xususiyatlarini baxsh

APPLIED SCIENCES

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.3 | SJIF = 7.984 www.in-academy.uz

etib turadi. Ijtimoiy munosabatlarning huquq normalari yordamida tartibga solinadigan qismi huquqiy munosabatlarni tashkil qiladi[23, B.43-48; 6, B.307-322; 22, B.182-185].

Professor X.T. Odilqoriev fikricha: "huquqiy munosabatlar deganda sub'ektiv huquq va yuridik majburiyatlar bilan o'zaro bog'liq bo'lgan shaxslar o'rtasidagi huquq normalari va muayyan yuridik faktlar natijasida yuzaga keladi" deb hisoblaydi[19, B.292-296; 7, B.90-93]. Izohli lug'atda "ijtimoiy" atamasi arabcha so'zdan olingan jamoa, jamiyatga oid [33, 177-b]; "huquqiy" atamasi, arabcha so'zdan olingan huquqqa, odillik va adolatga oid[34, 569-b]. ma'nolarda qo'llanilishi, IlOlari TQF jarayonidagi turli ijtimoiy-huquqiy munosabatlar asosan inson bilan inson o'rtasida hamda inson bilan davlat o'rtasidagi munosabatlardan iborat ekani haqida tushuncha va tasavvurga ega bo'lishga undaydi, qolaversa, IIOlari TQF jarayonida huquqiy munosabatlar TQF ishtirokchilarining hatti-harakati qonun-qoidalar asosida amalga oshirilishini belgilaydi. Xo'sh, IlOlari TQFdagi ijtimoiy-huquqiy munosabatlar qachondan yuzaga keladi. Birinchidan, TQFning ishtirokchisi sifatida jismoniy shaxslar hamda vakolatli davlat organining xodimlari o'rtasidagi muayyan munosabatda, masalan, IIOlarining tezkor xodimlari O'zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessul kodeksi hamda "Tezkor-qidiruv faoliyati to'g'risida"gi qonunida nazarda tutilgan jinoyatchilikka qarshi kurashish bilan bog'liq vazifalarni samarali hal etishda tezkor-qiziqish uyg'otuvchi shaxslar bilan muloqotga kirishib, maxsus suhbat - so'rov va ma'lumotlar to'plash hamda boshqa tezkor-qidiruv tadbirlarini o'tkazishda; ikkinchidan, TQFni amalga oshiruvchi sub'ektlar jismoniy shaxsni jalb etishda yoki ular bilan hamkorlikda jinoyatchilikka qarshi kurashishda ijobiy natijaga erishilganda ularni munosib tarzda qo'llab-quvvatlashda masalan, TQFni amalga oshiruvchi organ xodimi va unga faol yordam bergan fuqaroni moddiy va ma'naviy jihatdan rag'batlantirish bilan bog'liq holatlarda yuzaga keladi. TQFda yuzaga keladigan ijtimoiy-huquqiy munosabatlarni ayrim huquqshunos olim, mutaxassislar ushbu faoliyatning kategoriyasi, huquqni soha(tarmoq)lari bilan bog'liqligini ta'kidlashadi. Jumladan, M.A.Utaevni fikricha: "TQFda ijtimoiy-huquqiy munosabatlar faoliyatning qonuniy asosda tashkil etishlishi ya'ni, sohaning maqsadi va vazifalari; asosiy prinsiplari; kuch va vositalaridan to'g'ri foydalanish; tezkor-qidiruv tadbirlarni o'tkazish asoslari shartlariga rioya qilinishida yuzaga keladi"[27, B.39-43] deb ta'kidlaydi. Bunda TQFni amalga oshiruvchi xodimlar qonunga og'ishmay amal qilishi, shaxs huquq va erkinliklarini poymol etmaslik, ijtimoiy munosabatga kirishishni asosiy sharti bo'lishi lozim.

G.N.Vasilenko, N.Izotova, V.Karimov, E.V.Kuznetsovlarning fikricha: "TQFda ijtimoiy-huquqiy munosabatlar huquq tarmog'iningjinoiy-huquqiy va ma'muriy-huquqiy munosabatlari bilan bog'liqligini ya'ni, TQF sohasida jinoiy-huquqiy munosabatlar, TQF ishtirokchilari ya'ni, tezkor xodim va ko'maklashuvchi fuqaro jinoyat qonunchiligi normalarida nazarda tutilgan harakat yoki harakatsizlikni sodir etishi natijasida yuzaga kelishini, ichki ishlar organlari TQFda ma'muriy-huquqiy munosabatlar o'ziga xos sharti va tabiatiga ega bo'lib, jinoyatchilikka qarshi kurashda dastlabki tezkor-qidiruv tadbirlarni amalga oshirishda ma'muriy-huquqiy munosabatlar tayanch hisoblanishi, ichki ishlar organlari TQF ob'ektining aksariyati qismi ma'muriy-huquqiy munosabatlar (masalan, giyohvandlik vositalarini, ularning analoglariniyoki psixotrop moddalarni oz miqdordag'ayriqonuniy ravishda tayyorlash, olish, saqlash, tashishyoki jo'natish; o'zganing mulkini oz miqdorda talon-toroj qilish)dan kelib chiqishi, shu bois har doim IlOlari TQF sohasidagi ma'muriy-huquqiy munosabatlar, ma'muriy-huquqiy normalarni yakka

APPLIED SCIENCES

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.3 | SJIF = 7.984 www.in-academy.uz

tartibda qo'llash orqali TQF vazifasini hal etishning ilk mexanizmini tartibga solinishini" [2; 10; 11, B.75-76; 16, B.269-272] ta'kidlaydilar. Albatta, TQFda jinoiy-huquqiy hamda ma'muriy-huquqiy munosabatlarning o'rni beqiyos. TQFda inson huquqlari va erkinliklarini ta'minlashda tezkor vakillar birinchidan, ma'muriy huquqbuzarlik bilan jinoyatning cherasini belgilab olishi; ikkinchidan, TQFga ko'maklashuvchi fuqarolarni huquqbuzarlik sodir etishga, provakatsion harakatlarga jalb etmasligi talab etiladi.

A.L.Aganesyan, A.E.Vbitovtov, I.F.Gaskarov, T.V.Zelenskaya, M.P.Kotuxov, D.M.Klyonov, A.YU.Kozlovskiy, S.L.Mirolyubov, E.X.Pashaeva, T.P.Rodicheva, V.YU.Safonov, A.YU.Safronov, V.V.Utkin, M.G.SHananin va D.G.SHashinlar fikricha esa: "TQFda jinoyat-protsessul munosabatlar TQF natijalaridan tergovga qadar tekshiruv, jinoyat protsessining turli (ishni sudga qadar yuritish va sud) bosqichlarida foydalanish natijasida yuzaga kelib [1; 3], asosan jinoyatlarning aniqlash, fosh etish va tergov qilish bilan bog'liq tezkor-qidiruv tadbirlarini o'tkazish[4; 9; 15, 177-b.], tergov harakatini o'tkazishga tayyorgarlik ko'rish va protsessual hujjatlarni tuzishda[13; 14; 18; 20; 21], sud ishlarini yuritish chog'ida tezkor-qidiruv ma'lumotlarni dalil sifatida taqdim etish ya'ni, isbotlash jarayonini ta'minlash vositasi sifatida tezkor-qidiruv tadbirlarning amalga oshirilishida namoyon bo'ladi" [24; 25] deb hisoblaydilar. TQFning oshkora shakli jinoyat-protsessual munosabatlarga asoslanishi lozim. O'tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlarining natijalari yuzasidan rasmiylashtirilgan protsessual hujjatlar qonunchilikka muvofiq bo'lganda, ushlangan shaxsning huquq va erkinliklari ta'minlanib, qonun buzilishiga yo'l qo'yilmaydi.

Jazoni ijro etish tizimida TQFni tashkil etish va taktikasining huquqiy tartibga solinishi haqida ilmiy ishlar olib borgan L.E.^etnyov fikricha: "TQFda sohasida jinoyat-ijroiya munosabatlari birinchi navbatda normativ-huquqiy hujjatlar asosida yuzaga kelishini, shu munosabat bilan jazoni ijro etish muassasida TQFni tashkil etish va taktikasini belgilab beruvchi huquqiy asoslarni ya'ni, qonun va qonunosti hujjatlarni ishlab chiqish, shu asosda TQFning turli vazifalari (jinoyatlarni oldini olish, aniqlash, barham berish, fosh etish, jinoyat sodir etilishiga niyat qilgan, tayyorgarlik ko'rayotgan va rejalashtirgan shaxslarni aniqlash va boshq.)ni hal etishda TQFning kuchlari (organ xodimi va hamkorlikka jalb etilgan shaxs), vositalari (maxsus hisob yig'majildlari, tezkor-texnika va qidiruv itlari), usuli (oshkora, xufyona), shuningdek, haqiqatga yaqin o'ylab topilgan afsona va tezkor kombinatsiyadan foydalanib, tezkor-qidiruv tadbirlarini jazoni ijro etish muassasalarida o'tkazish jarayonida vujudga kelishi" [32] haqida fikr bildiradi. Jazoni ijro etish muassasalarida asosan jinoyatni oldini olish va fosh etish ishlari amalga oshiriladi. TQFning ushbu muhim vazifalarini ado etishda tezkor xodimlar tomonidan ish ko'rsatkichlarini yaxshilash maqsadida jazo o'tayotgan mahkumga nisbatan noqonuniy harakatlar (jinoyatni bo'yniga qo'yish, urish, qiynash b.) sodir etilmasligi, inson huquq va erkinliklarini ta'minlashning zaruriy shartlaridan biri hisoblanadi.

V.A.Cherkov: "TQF sohasida fuqaroviy-huquqiy munosabatlar TQFni amalga oshiruvchi davlat organlari bilan jismoniy hamda yuridik shaxslar o'rtasida shartnomaviy huquqiy munosabatlar jarayonida yuzaga kelib, ushbu harakatlar har doim yozma ravishda amalga oshirish kerak" [29] deb ta'kidlaydi. TQFdagi ushbu munosabatlar og'zaki shaklda ham bo'lishi mumkin lekin o'zaro kelishuvga, ixtiriyoriylikka asoslanishi, inson huquqlarini ta'minlashga to'liq xizmat qiladi.

APPLIED SCIENCES

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.3 | SJIF = 7.984 www.in-academy.uz

S.P.Matveev esa: "TQF sohasidagi mehnat-huquqiy munosabatlar mehnat qonunchiligini umumiy talablari va tezkor-qidiruv qonunchiligiga binoan TQFni amalga oshiruvchi organ xodimi va hamkorlikka jalb etilgan fuqarolar o'rtasida mehnat shartnomasini tuzilishiga, shu asosda nooshkora xodimlarga ularning ish stajidan kelib chiqqan holda pensiya tayinlash jarayonida yuzaga kelishi" [17] mazmunida fikr-mulohaza bildiradi. Amaliyotda ushbu munosabatlarga kirishishda mehnat qonunchiligi talablariga to'liq etilmaydi. Buning boisi, xodimning ish vaqti va yuklamalari aniq belgilab berilmasligi va boshq. Ushbu omilni bartaraf etishda birinchidan, tezkor xodimning kunlik ish vaqtining hajmini belgilash va unga rioya etilishini ta'minlash; ikkinchidan, tezkor xodim va ularga ko'maklashayotgan fuqarolar alohida sharoitda va ortiqcha ishlagan vaqti uchun qo'shimcha haq belgilanishi lozim. SHu orqali, TQFda inson huquqlari va erkinliklari ta'minlanadi.

K.Yu.Efremov va R.V.Gonnovlar fikricha: "TQF sohasidagi moliyaviy-huquqiy munosabatlar TQFni amalga oshiruvchi davlat organ xodimlari, ularga ko'maklashayotgan shaxslarni qonun va qonunosti hujjatlarga binoan tezkor-qidiruv tadbirlarini samarali amalga oshirib, ijobiy natijalarga erishgani uchun masalan, ularga bir marotabalik pul mukofoti, qimmatbaho sovg'a, buyumlarni berish davlat byudjeti va byudjetdan tashqari mablag'lar hisobidan amalga oshirilishi[8], shuningdek, har oyda qo'shimcha maxsus va tezkor-texnik vositalarni qo'llashda ishlatiladigan mablag'lar, tezkor-qidiruv tadbirlarini o'tkazish uchun zarur bo'lgan ashyo va buyumlarni xarid qilish, ish yuritish uchun zarur bo'lgan narsalarni xarid qilish, ushbu tadbirlarni konspiratsiya prinsipiga asosan niqoblash, hamkorlikka jalb etilgan shaxslar bilan uchrashuvlarni ta'minlash uchun ishlatiladigan sarf-xarajatlar ham TQFni moliyalashtirish hisobidan amalga oshirilishi zarurligini" [5] ta'kidlaydi. Moliyalashtirish, faoliyatni rivojlanishiga xizmat qilib, buning uchun TQFni moliyaviy ta'minlash tizimini muqobil mexanizmini ishlab chiqish lozim. TQFni amalga oshiruvchi organlarning TQFni amalga oshirish asoslari, shartiga binoan o'tkazilgan tezkor-qidiruv tadbir natijasiga ko'ra aniqlangan noqonuniy valyuta qimmatliklari, tovar moddiy boyliklarni sudgacha saqlanishi uchun depozit hisob raqamlarini tashkil etish va ushbu hisob raqamlarida ma'lum miqdordagi mablag'larni shakllanishiga katta xissa qo'shgan tezkor xodim va unga faol ko'maklashgan fuqaroni moddiy va ma'naviy jihatdan rag'batlantirilishi, TQFda inson huquqlarini ta'minlashning samarali usullaridan biri deb hisoblaymiz.

Yuqorida yigirmadan ortiq TQFda ijtimoiy-huquqiy munosabatlar haqida o'z mulohazasini bildirgan olim va mutaxassislarning fikrlarini o'rgandik. Ularning fikriga ko'ra, TQFda ijtimoiy-huquqiy munosabatlar birinchidan, ushbu faoliyatning asosiy kategoriyalari bilan bog'liqligi; ikkinchidan, TQFdagi ijtimoiy-huquqiy munosabatlar huquqning boshqa sohalari bilan birgalikda vujudga kelishini ta'kidlashgani ma'lum bo'ldi. Biroq ularning fikrlari turlicha bo'lib, TQFda yuzaga kelayotgan ijtimoiy-huquqiy munosabatlar aynan qaysi huquq sohalari bilan birga, o'zaro uyg'unlikda vujudga kelishi haqida qisqa fikr bildirilan. Bizning fikrimizcha, tezkor-qidiruv faoliyatida inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta'minlashda vujudga kelayotgan ijtimoiy-huquqiy munosabatlar, bu tezkor-qidiruv munosabatlar deyilib, ushbu tushunchaga quyidagi:

"Tezkor-qidiruv munosabatlari deganda TQFni asosiy ishtirokchilari tomonidan sohaga oid normativ-huquqiy hujjatlarning talabiga binoan jinoiy-huquqiy, ma'muriy-huquqiy, jinoyat-protsessaul huquqiy, jinoyat-ijroiya huquqiy, fuqaroviy-huquqiy, mehnat-huquqiy va moliyaviy-

APPLIED SCIENCES

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.3 | SJIF = 7.984 www.in-academy.uz

huquqiy munosabatlarga kirishish jarayoni tushuniladi" mazmunda huquqiy ta'rif berilishini maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz.

Bundan tashqari, ichki ishlar organlari TQFda tashkiliy-boshqaruv munosabatlari ham mavjud. Ushbu masalada, T.B.Tokalov fikricha: "Ichki ishlar organlari TQFda tashkiliy-boshqaruv munosabatlari TQFni vazifalarini hal etishda muhim hisoblanib idoraviy nazoratni amalga oshiruvchi sub'ektlar uchun tashkiliy-boshqaruv munosabatlarni belgilab beruvchi normativ-huquqiy hujjat ishlab chiqish hamda unda tezkor bo'linmalarni tashkiliy-boshqaruvga oid huquqiy maqomini mustahkamlash lozimligini" ta'kidlaydi[26]. TQFda tashkiliy-boshqaruv munosabatlari TQFni amalga oshiruvchi tezkor xodim va tezkor xizmat rahbari tomonidan TQFning vazifalarini muvvafaqiyatli hal etish uchun tezkor-qidiruv tadbirlarini tashkil etish va ko'maklashuvchi fuqaro bilan ishni samarali tashkil etishda vujudga keladi.

Shuningdek, professor V.Karimov: "Tezkor-qidiruv munosabatlarni quyidagicha:

a)rahbar - xodim; b)xodim - xodim; v)tezkor xodim - ko'maklashuvchi fuqaro;

g)ko'maklashuvchi shaxs - gumonlanuvchi shaxs;

d) tezkor xodim - gumonlanuvchi o'rtasida vujudga kelishini"

[12, 132-b] ta'kidlaydi. Ushbu tasniflashda, nazarimizda TQF ishtirokchilarni ro'yxati to'liq emas. Boisi, yuqorida tezkor-qidiruv munosabatlari tushunchasiga berilgan ta'rifda 7 ta huquq sohalari bilan birgalikda tezkor-qidiruv munosabatlari vujudga kelishi haqida konkret to'xtamga kelgandik. Bizningcha, tezkor-qidiruv munosabatlari TQFning quyidagi: 1) TQFni amalga oshirishda ishtirok etuvchi mansabdor shaxslar (advokat; surishtiruvchi; tergovchi; prokuror; sud)lar va idoraviy nazoratni amalga oshiruvchi rahbar o'rtasidagi munosabat. Ushbu munosabatlar tezkor xodimni kundalik xizmat faoliyatini O'zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksiga binoan tashkil etilishini ta'minlash va nazorat qilinishini anglatadi. Masalan, tergovga qadar tekshiruv natijalari yuzasidan jinoyat ishini qo'zg'atishdan rad etish haqida qarori qabul qilinishi, shaxsni ushlab turish va to'plangan hujjatlarni tergov organiga taqdim etish va boshq.; 2) idoraviy nazoratni amalga oshiruvchi rahbar - tezkor xodim o'rtasida munosabat. Ushbu munosabat tezkor xodimning kundalik xizmat vazifalarni to'g'ri tashkil etilishini ta'minlaydi; 3) tezkor xodim - tezkor xodim o'rtasidagi munosabat. Ushbu munosabatlar hamkorlik asosida TQFni vazifalarini hal etilishiga xizmat qiladi. Masalan, ichki hamkorlik IIV tizimidagi tezkor bo'linmalar o'rtasida, tashqi hamkorlik TQFni amalga oshiruvchi davlat organlari, shuningdek, boshqa davlatlarning TQFni amalga oshiruvchi organlari bilan IIV Tezkor-qidiruv departamenti tasarrufidagi tezkor bo'linmalar o'rtasidagi hamkorlikni misol keltirish mumkin; 4) tezkor xodimlar - TQFda ishtirok etayotgan tezkor-qiziqish uyg'otayotgan shaxs (jinoyatni sodir etishni niyat qilgan, rejalashtirayotgan, tayyorlangan, gumonlangan shaxs) o'rtasidagi munosabat. Ushbu munosabatlar TQFning vazifalarini ijobiy hal etishda JPK talablariga asosida aloqa o'rnatishini anglatadi; 5) tezkor xodim - TQFga ko'maklashuvchi fuqarolar, xolislar o'rtasidagi munosabat. Ushbu munosabatlar TQFning vazifalarini samarali hal etishda TQFga ko'maklashuvchi fuqarolardan tezkor-qiziqish uyg'otuvchi shaxs haqida tezkor qiziquvga ega bo'lgan ma'lumotlarni olish, ularni tezkor-qidiruv tadbirlarga jalb qilish va ijtimoiy-huquqiy jihatdan qo'llab-quvvatlashni anglatadi; 6) TQFga ko'maklashuvchi fuqarolar - shohid, guvoh o'rtasidagi munosabatlar. Ushbu munosabatlar TQFning maqsadiga erishish va vazifalarini amalga oshirish uchun TQFning

APPLIED SCIENCES

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.3 | SJIF = 7.984 www.in-academy.uz

maxsus ikki tamoyillari asosida TQFga ko'maklashuvchi fuqarolar tomonidan shohid, guvoh, gumon qilinuvchi shaxsdan tezkor-qiziqish uyg'otuvchi tezkor axborotlar to'plashni anglatadi; 7) TQFga ko'maklashuvchi fuqarolar - idoraviy nazoratni amalga oshiruvchi rahbar va surishtiruvchi tergovchi kabi ishtirokchilari o'rtasida vujudga keladi. Ushbu munosabatlar birinchidan, TQFga ko'maklashuvchi fuqarolar bilan sifatli ishni tashkil etishga, ikkinchidan, jinoyatni fosh etishda faol qatnashgan shaxsni xavfsizligini ta'minlagan holda, tergov jarayoniga jalb etilishi, ushbu tezkor-qidiruv munosabatlarga kirishishda inson huquqlarini ta'minlash talab etiladi.

Xulosa o'rnida shuni aytish lozimki, tezkor-qidiruv munosabatlariga kirishilganda inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari ta'minlanib, shaxsning konstitutsiyaviy huquqi poymol bo'lmasligi lozim.

References:

1. Аганесян А.Л. Теоретические и правовые основы использования результатов оперативно-розыскной деятельности при расследовании преступлений: Автореф. дис. ... канд. юрид.наук. - Владимир 2005. 24 с.

2. Василенко Г.Н. Административно-правовое регулирование оперативно-розыскной деятельности органов внутренних дел: Автореф. дис. ... канд. юрид.наук. - Москва - 2005 28 с.

3. Вытовтов А.Е. Результаты оперативно-розыскной деятельности как средства доказывания в уголовном судопроизводстве (по материалам уголовных дел экономической направленности): Автореф. дис. ... канд. юрид. наук. - Омск 2020. 24 с.

4. Гаскаров И.Ф. Тактико-криминалистические особенности использования результатов оперативно-розыскной деятельности в расследовании преступлений: Автореф. дис. ... канд. юрид.наук.- Екатеринбург-2005. 32 с.

5. Гоннов Р.В. Проблемные вопросы финансирование оперативно-розыскной деятельности ОВД / Вестник экономики, права и социологии 2021, № 3 С.54-56.

6. Davlat va huquq nazariyasi:Darslik/ X.T.Odilqoriyev va boshq.; prof. X.T.Odilqoriyev tahriri ostida. - Toshkent.: " Sharq", 2009. - B.307-322.

7. Davlat va huquq nazariyasi: darslik / mas'ul muharrir yuridik fanlar doktori, dosent N.P.Azizov. - T.: O'zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2018. - B.90-93.

8. Ефремов К.Ю. Особенности финансового обеспечения ОРД / Актуальные проблемы теории и практики оперативно-розыскной деятельности материалы V Всероссийской научно-практической конференции (Краснодар, 25 ноября 2016 года) Краснодарский университет МВД России.2017. - С.72-76. https://www.elibrary.ru(Электрон манбага мурожаат ;илинган ва;т: 18.09.2022 й).

9. Зеленская Т.В. Соотношение уголовно-процессуальной и оперативно-розыскной деятельности: Автореф. дис. ... канд. юрид.наук. - Иркутск - 2007. 26 с.

10. Изотова Н.В. Использование оперативно-розыскной информации в обеспечении доказывания в уголовном судопроизводстве: Автореф. дис. ... канд. юрид.наук. -Воронеж-2003 24 с.;

APPLIED SCIENCES

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.3 | SJIF = 7.984 www.in-academy.uz

11. Karimov V. Tezkor-qidiruv faoliyatida qonuniylikni ta'minlash mexanizmini takomillashtirish: Yurid. fan. D-ri (DSc) dis. - T., 2018. - B.75-76.

12. Karimov Vahobjon, tezkorqidiruv faoliati: dasrlik / V. Karimov - Toshkent, Lesson press, 2021. B. 132.

13. Клёнов Д.И. Процессуальный порядок использования результатов оперативно-розыскной деятельности в доказывании на досудебных стадиях производства по уголовным делам: Автореф. дис. ... канд. юрид.наук. - Ижевск - 2005. 24 с.

14. Козловский А.Ю. Использование результатов оперативно-розыскной деятельности в процессе расследования таможенных преступлений: Автореф. дис. ... канд. юрид.наук. - Москва - 2006.28 с.

15. Котухов М.П. Перевод результатов оперативно-розыскной деятельности в доказательства: Дис. ... д-ра юрид. наук. - Казань., 2001. - С.177.

16. Кузнецов Е.В. Характерные признаки и классификация оперативно-розыскных правоотношений / Вестник Омского университета. Серия «Право». 2012.№ 3 (32). С.269-272.

17. Матвеев С.П. К вопросу о правовой природе контракта в сфере ОРД / https://cyberleninka.ru (Электрон манбага мурожаат ;илинган ва;т: 17.09.2022 й).

18. Миролюбов С.Л. Использование результатов оперативно-розыскной деятельности в доказывании по уголовным делам(на примере преступлений, совершаемых в учреждениях уголовно-исполнительной системы) : Автореф. дис. ... канд. юрид.наук. -Владимир ВЮИ ФСИН России 2012. 22 с.

19. Odilqoriyev X.T. Davlat va huquq nazariyasi. Darslik. - Toshkent.: «Adolat», 2018. 528 b.

20. Пашева Э.Х. Использование результатов оперативно-розыскной деятельности при принятии процессуальных решений (на примере уголовных дел о незаконном сбыте наркотических средств, психотропных веществ или их аналогов): Автореф. дис. ... канд. юрид.наук. - Томск - 2017. 23 с.

21. Родичева Т.П. Использование результатов оперативно-розыскной деятельности при раскрытии к расследовании преступлений, связанных с незаконным оборотом наркотических средств и психотропных веществ: Автореф. дис. ... канд. юрид.наук. -Москва 2006. 24 с.

22. Saydullayev Sh.A. Davlat va huquq nazariyasi. Darslik. - Toshkent.: TDYU, 2021. - 182185.

23. Saidov A., Tadjixanov U., Odilqoriev X. Davlat va huquq asoslari: dasrlik. - T.: Sharq, 2002. - B.43-48.

24. Сафонов В.Ю. Прывковые предпосылки и этапы реализации результатов оперативно-розыскной деятельности в досудебном производстве: Автореф. дис. ... канд. юрид.наук. - Екатеринбург 2005. 24 с.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

25. Сафронов А.Ю. Расследование фальсификации доказательств по уголовному делу и результатов оперативно-розыскной деятельности: Автореф. дис. ... канд. юрид.наук. -Москва - 2020. 30 с.

26. Токалов Т.Б. Теоретические, правовые и организационно-управленческие проблем оперативно-розыскной деятельности ОВД Республики Казахстан в борьбе с преступность!: системе Автореф. дис. ... д-ра. юрид.наук. - Москва - 2007 53 с.

APPLIED SCIENCES

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.3 | SJIF = 7.984 www.in-academy.uz

27. Утаев М.А. О классификации оперативно-розыскной деятельности // Жиноятчиликка царши курашда оператив цидирув фаолияти назарияси ва амалиёти: Илмий мацолалар туплами. - Т.: Узбекистон Республикаси ИИВ Академияси, 2005. - 166 б.

28. Уткин В.В. Использование в судебном доказывании по уголовным делам результатов оперативно-розыскной деятельности: Автореф. дис. ... канд. юрид.наук. -Нижний Новгород - 2020. 35 с.

29. Черков В.А. Правоотношения в сфере оперативно-розыскной деятельности и их классификация/ Зарубежный опыт/ https://cyberleninka.ru (Электрон манбага мурожаат цилинган вацт: 18.09.2022 й).

30. Шананин М.Г. Тактика использования результатов, оперативно-розыскной деятельности для подготовки и проведения следственных действий (генезис, теория и практика): Автореф. дис. ... канд. юрид.наук. - Санкт-Петербург 2004. 24с.

31. Шашин Д.Г. Использование результатов оперативно-розыскной деятельности в методике расследования и поддержания государственного обвинения по уголовным делам о незаконном сбыте наркотиков: Автореф. дис. ... канд. юрид.наук. - Иркутск - 2008 22 с.

32. Щетнёв Л.Е. Правовое регулирование организации и тактики оперативно-розыскной деятельности в уголовно-исполнительной системе Автореф. дис. ... канд. юрид.наук. - Москва - 2005 25 с.

33. O'zbek tilining izohli lug'ati: 80.000 dan ortiq so'z va so'z birikmasi. J. II. I-tartibli / tahrir hay'ati: T.Mirzaev (rahbar) va boshq. O'z. Res. FA til va adabiyot in-ti. -T.: "O'zbekiston milliy entsiklopediyasi" Davlat ilmiy nashriyoti, 2006. - B.177.

34. O'zbek tilining izohli lug'ati: 80.000 dan ortiq so'z va so'z birikmasi. J. V. H -tartibli / tahrir hay'ati: T.Mirzaev (rahbar) va boshq. O'z. Res. FA til va adabiyot in-ti. -T.: "O'zbekiston milliy entsiklopediyasi" Davlat ilmiy nashriyoti, 2006. - B.569.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.