Научная статья на тему 'TEZKOR-QIDIRUV FAOLIYATIDA INSON HUQUQLARI, ERKINLIKLARI VA QONUNIY MANFAATLARINI TA'MINLASHDA QONUNCHILIK NORMALARINI TAKOMILLASHTIRISH'

TEZKOR-QIDIRUV FAOLIYATIDA INSON HUQUQLARI, ERKINLIKLARI VA QONUNIY MANFAATLARINI TA'MINLASHDA QONUNCHILIK NORMALARINI TAKOMILLASHTIRISH Текст научной статьи по специальности «Право»

CC BY
19
4
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Область наук
Ключевые слова
Tezkor-qidiruv faoliyati / tezkor-qidiruv tadbirlari / xolis / Milliy gvardiya / tergovga qadar tekshiruv / so'rovxona. / Operational-search activity / operational-search activities / impartial / National Guard / pre-investigation Investigation / inquiry.

Аннотация научной статьи по праву, автор научной работы — Bobomurodov Farxod Boymurotovich

Maqolada tezkor-qidiruv faoliyatida inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta'minlashda Qonunchilik normalarida mavjud bo'shliq va kamchiliklar tahlil qilinib, O'zbekiston Respublikasining “Tezkor-qidiruv faoliyati to'g'risida”gi Qonuni va “Jinoyat-prosesual kodeksi”ga o'zgartish va qo'shimchalar kiritilishi taklif etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

IMPROVING LEGISLATIVE NORMS IN ENSURING HUMAN RIGHTS, FREEDOMS AND LEGITIMATE INTERESTS IN OPERATIONAL-SEARCH ACTIVITIES OF INTERNAL AFFAIRS BODIES

The article analyzes the existing loopholes and shortcomings in the legislative norms in ensuring human rights, freedoms and legitimate interests in the operational-search activities of the internal affairs bodies and proposes amendments and additions to the “operational-search activities” and “Criminal-Procedural Code”of the Republic of Uzbekistan.

Текст научной работы на тему «TEZKOR-QIDIRUV FAOLIYATIDA INSON HUQUQLARI, ERKINLIKLARI VA QONUNIY MANFAATLARINI TA'MINLASHDA QONUNCHILIK NORMALARINI TAKOMILLASHTIRISH»

ARTICLE INFO

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.1 | SJIF = 7.899 www.in-academy.uz

IMPROVING LEGISLATIVE NORMS IN ENSURING HUMAN RIGHTS, FREEDOMS AND LEGITIMATE INTERESTS IN OPERATIONAL-SEARCH ACTIVITIES OF INTERNAL AFFAIRS BODIES Bobomurodov Farkhod Boymurotovich Responsible officer of the single operational management center of the

organizational department of the Tashkent city internal affairs department, lieutenant colonel, doctor of philosophy in legal sciences

(PhD)

https://doi.org/10.5281/zenodo.11198265

ABSTRACT

Received: 06th May 2024 Accepted: 14th May 2024 Online: 15th May 2024

KEYWORDS Operational-search activity, operational-search activities, impartial, National Guard, pre-investigation Investigation, inquiry.

The article analyzes the existing loopholes and shortcomings in the legislative norms in ensuring human rights, freedoms and legitimate interests in the operational-search activities of the internal affairs bodies and proposes amendments and additions to the "operational-search activities" and "Criminal-Procedural Code"of the Republic of Uzbekistan.

СОВЕРШЕНСТВОВАНИЕ ЗАКОНОДАТЕЛЬНЫХ НОРМ В ОБЛАСТИ ОБЕСПЕЧЕНИЯ ПРАВ, СВОБОД И ЗАКОННЫХ ИНТЕРЕСОВ ЧЕЛОВЕКА В ОПЕРАТИВНО-РОЗЫСКНОЙ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ ОРГАНОВ ВНУТРЕННИХ

ДЕЛ

Бобомуродов Фарход Боймуротович

Ответственный сотрудник единого центра оперативного управления организационного отдела Ташкентского городского управления внутренних дел, подполковник, доктор философских наук по юридическим наукам (PhD) https://doi.org/10.5281/zenodo.11198265

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Received: 06th May 2024 Accepted: 14th May 2024 Online: 15th May 2024 KEYWORDS

Оперативно-розыскная деятельность, оперативно-розыскная деятельность, беспристрастность, Национальная гвардия, доследственная проверка, дознание.

В статье анализируются существующие пробелы и недостатки законодательных норм в обеспечении прав, свобод и законных интересов человека в оперативно-розыскной деятельности органов внутренних дел и предлагаются изменения и дополнения в закон «Оперативно-розыскную деятельность» и «Уголовно-процессуальный кодекс» Республики Узбекистан.

é

Ws,

TEZKOR-QIDIRUV FAOLIYATIDA INSON HUQUQLARI, ERKINLIKLARI VA QONUNIY MANFAATLARINI TA'MINLASHDA QONUNCHILIK NORMALARINI

TAKOMILLASHTIRISH

Bobomurodov Farxod Boymurotovich

Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi tashkiliy boshqarma yagona tezkor boshqaruv markazining mas'ul xodimi, podpolkovnik yuridik fanlar bo'yicha falsafa doktori (PhD)

https://doi.org/10.5281/zenodo.11198265

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Received: 06th May 2024 Accepted: 14th May 2024 Online: 15th May 2024

KEYWORDS Tezkor-qidiruv faoliyati, tezkor-qidiruv tadbirlari, xolis, Milliy gvardiya, tergovga qadar tekshiruv,

Maqolada tezkor-qidiruv faoliyatida inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta'minlashda Qonunchilik normalarida mavjud bo'shliq va kamchiliklar tahlil qilinib, O'zbekiston Respublikasining "Tezkor-qidiruv faoliyati to'g'risida"gi Qonuni va "Jinoyat-prosesual kodeksi"ga o'zgartish va qo'shimchalar kiritilishi taklif etilgan.

so rovxona.

Ichki ishlar organlari tezkor-qidiruv faoliyatida (keyingi o'rinlarda TQF deb yuritiladi) inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta'minlanishi dolzarb masalalardan biridir. TQFni amalga oshiruvchi organlarning xodimlari tergovga qadar tekshiruv yoki muayyan jinoyat ishi doirasida tezkor-qidiruv tadbirlari (keyingi o'rinlarda TQT deb yuritiladi)ni o'tkazish jarayonida inson huquqlari, erkinliklari, qonuniy manfaatlarini ta'minlash shart. Buning uchun qonunchilikdagi normalarda yuzaga kelgan bo'shliqlarni bartarash etish va zarur huquqiy mexanizmlarni amaliy faoliyatga tatbiq etish lozim. TQF to'g'risidagi 344-sonli Qonun qabul qilinib, so'nggi o'n ikki yil mobaynida ushbu qonunga tegishli o'zgartishlar kiritildi. Xususan, tezkor-qidiruv tadbirlariga huquqiy ta'rif berildi; "so'rov" so'zi "so'rovnomalar" so'zi bilan almashtirildi; pochta so'zidan keyin "kur'erlik" so'zi qo'shildi; ushbu qonun bilan Jinoyat-protsessual kodeksning (keyingi o'rinlarda JPK deb yuritiladi) normalarini o'zaro uyg'unligini ta'minlashda TQFni amalga oshiruvchi organlar vakolatining chegarasi aniqlashtirildi; TQFni amalga oshiruvchi organlar 4 tadan 7 taga ko'paytirildi; qonunda "banksiriga oid ma'lumot" jumlasi kiritildi va ma'lumotlar to'plash TQT sifatida amalga oshirilishi belgilandi; maxsus vakolatli davlat organlarining kuchlari va vositalari bilan TQTlarini o'tkazilishi belgilandi [1-10.]. Albatta bu o'zgartishlar TQF sohasidagi ijtimoiy-huquqiy munosabatlarni tartibga solishda muhim ahamiyatga ega bo'lib, tezkor bo'linmalardan ma'lum funksiyalarni bajarilishini talab etadi. Inson huquqlari oliy qadriyat bo'lganligi bois, ushbu masalaga jiddiy yondashib, TQF va JPK normalarida mavjud huquqiy bo'shliqlarni bartaraf etish lozim. Tadqiq qilinayotgan mavzu bo'yicha xorij qonunchiligi normalarini mazmun-mohiyati tahlil qilinganida TQFda inson huquqlarini ta'minlashga oid muhim qoidalar belgilanganligi jumladan, Osiyo va Evropaning ayrim davlatlari qonunchiligiga ko'ra, TQFda inson huquqlari va erkinliklarini ta'minlashda o'ndan ortiq qoidalar xususan, asosiy tushunchalar, tamoyillar, TQFni amalga oshiruvchi organlarning huquqiy maqomi (huquqlari va majburiyatlari), TQTlarini o'tkazishning asoslari, shartlari hamda TQFga

é

UIF = 8.1 | SJIF = 7.899

www.in-academy.uz

ko'maklashuvchilarning maqomini belgilashga doir qoidalar o'z ifodasini topgan. Eng asosiy ushbu o'zgartirishlarning mazmuni tahlil qilingan TQF to'g'risidagi qonunlarining JPK normalari bilan hamohang ekanligidan dalolat beradi. Masalan, TQTlarini o'tkazish sharti sifatida xorij davlatlar qonunchiligida jumladan, Rossiya Federatsiyasi, Abxaziya, Ozarbayjon, Armaniston, Qirg'iziston, Tojikiston Respublikalarining TQF qonunlariga ko'ra, fuqarolarni konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklarini cheklash bilan bog'liq TQTlarni o'tkazishga sudning ruxsati (sanksiyasi)ni olinishi; Moldova TQF qonuniga ko'ra, TQTlarini o'tkazilishida 1-6 oygacha muddat belgilanganligi, ushbu ijobiy jihatlar inson huquqlarini ta'minlashda muhim institutlar hisoblanib, qonunchilikka TQTlarini o'tkazishning muddatini qonunda belgilanish va turar joylarni yoki boshqa fuqarolarni shaxsiy daxlsizlik huquqlarini cheklash bilan bog'liq TQT o'tkazishda sudni sanksiyasini olinishi, konstitutsiyaviy normalarni ijrosini ta'minlashda bevosita xizmat qiladi. Shuningdek, Qozog'iston, Belarus, Ozarbayjon, Moldova kabi rivojlanayotgan davlatlarning JPKda shaxsning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinligini cheklash bilan bog'liq tergov harakatlari sudning qarori (sanksiya) asosida amalga oshirilishi; Qirg'iziston, Qozog'iston va Ukraina Respublikalarining JPKga muvofiq, jinoyatlarni ochish va tergov qilish maqsadida pochta va telegraf jo'natmalarini hisobga olish va ularni tekshirish va (yoki) olib qo'yish; suhbatlarni tinglash; abonentlar va abonent qurilmalari o'rtasidagi ulanishlar yoki abonent qurilmasining joylashuvi to'g'risida ma'lumot olish; kompyuterlar, serverlar va boshqa qurilmalardan ma'lumotlarni olish; shaxs yoki joyning audio yoki video nazorati; shaxs yoki joyni kuzatish; shaxsning mulki yoki tasarrufidagi noturar joy yohud boshqa ko'chmas mulkiga kirish va tekshirish; ekspertiza o'tkazish maqsadida qiyosiy tadqiqotlar uchun namunalar olish; jinoiy muhitga kiritish va (yoki) jinoiy faoliyat immitatsiyasi; nazorat ostida etkazib berish; nazoratli xarid kabi maxsus (yashirin) tergov harakatlarini amalga oshirish [11; 12; 13]belgilangan bo'lib, ushbu ijobiy jihatlarni qonunchilikka kiritish, TQF hamda tergov jarayonida fuqarolarning huquqlari hamda erkinliklari ta'minlanishini bildiradi.

Bizning qonunchilikdagi mavjud bo'shliqlarni bartaraf etilishida ilg'or xorij qonunchiligining normalaridan keng foydalanish orqali TQF to'g'risida qonun normasi bilan JPK normalarini o'zaro mutanosibligini ta'minlash lozim. Masalan, JPKda tergovga qadar tekshiruv instituti joriy qilingan bo'lib, IlOlari tezkor bo'linmalari tomonidan tergovga qadar tekshiruvni amalga oshirishda TQTlari amalga oshirilmoqda, lekin bu TQF to'g'risidagi qonun normasida aks etmagan. Shuningdek, IlOlariga olib kelingan shaxslarning huquqlari va erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilishni ta'minlash, ularga nisbatan qiynoqqa solish, boshqa shafqatsiz, g'ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala va boshqa noqonuniy harakatlar sodir etilishining oldini olish maqsadida IlOlarida tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organlarning xodimlari tomonidan IlVning (06.06.2021-yil 191-son eski buyruq) 26.02.2024-yildagi 101-son "Ayrim protsessual harakatlar yoki boshqa tadbirlarni ichki ishlar organlarining ma'muriy binolarida amalga oshirish tartibi to'g'risida"gi yo'riqnomasiga binoan zamonaviy jihozlangan so'rovxonalarda so'rov TQTni amalga oshirmoqda. TQF to'g'risidagi qonunda so'rov tadbirini tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organ xodimi o'tkazishi haqida qoidalar yo'q. Amaliyotda tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organlarning xodimlari tomonidan ish yurituvidagi materiallar

é

Ws,

yuzasidan qonuniy qarorlar qabul qilishda so'rov va ma'lumotlar to'plash TQTlari amalga oshirilmoqda. Malasan, "112", "102" tizimi orqali kelib tushgan jinoyat haqida xabarlar va hodisalar yuzasidan bir oygacha tergovga qadar tekshiruv ishlari o'tkazilib, ishga aloqador bo'lgan fuqarolar haqida ma'lumotlar to'planadi. Shuningdek, hozirda axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlar salmog'i jihatdan ko'p sodir etilib, mazkur jinoyatlarni aksariyati fosh etilmasdan fuqarolarga etkazilgan moddiy zarar qoplanmasdan qolmoqda. Bunga asosiy sabab, birinchidan, malakali mutaxassislarning etishmasligi; ikkinchidan, bank organlari bilan tezkorlikda hamkorlik qilinmasligidir. Buning oldini olish uchun bank siriga oid ma'lumotlarni jinoyat ishini qo'zg'atilgandan keyin emas, balkim jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari qabul qilinishi bilanoq, tergovga qadar tekshiruv boshlanishi bilan amalga oshirilsagina, ijobiy natijalarga eshiriladi va etkazilishi mumkin bo'lgan moddiy zararlar o'z vaqtida to'xtatib qolinadi.Ma'lumotlar to'plash TQTni "tergovga qadar tekshiruv"dan boshlanishini qonunda belgilash zarur. Bundan tashqari,O'zbekiston Respublikasining "Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to'g'risida"gi (2014, 2017) Qonuni qabul qilinib, mazkur qonun va JPKning 329-moddasiga binoan IIO tezkor xodimlari jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko'rib chiqishda TQTlari amalga oshirilib, 1 oy muddat ichida qarorlar qabul qilishmoqda. Bu ham TQTni o'tkazish asosi sifatida qonunda belgilanmagan.

Yuqorida bildirilgan fikr-mulohazalardan kelib chiqib, IIOlari TQFda inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta'minlashda O'zbekiston Respublikasining "Tezkor-qidiruv faoliyati to'g'risida"gi Qonunga hamda JPKga quyidagicha o'zgartirish kiritish:

birinchidan, tahlil qiligan xorij qonunchilik normalariga asoslanib, TQTlari boshqa davlatlar hududida o'tkazilganida xalqaro shartnomalarda nazarda tutilgan muhim qoidalar asosida ish yuritilishini inobatga olib, ushbu qoidani qonunchilik normasida belgilash;

ikkinchidan, IIOlari tezkor bo'linmalari tomonidan qonunda nazarda tutilmagan lekin doimiy bajarib kelayotgan funksiyalarini qonunchilikka vazifa va majburiyat sifatida kiritish;

uchinchidan, TQFni amalga oshiruvchi organ sifatida Milliy gvardiya organiga huquqiy maqom berilishi va IIOlari tezkor bo'linmalari bilan jinoyatchilikka qarshi kurashishda samarali hamkorlikni tashkil etish. Bu orqali jamoat joylarida sodir etilayotgan jinoyatlarning oldini olish va fosh etish ahvoli yaxshilanib, jismoniy va yuridik shaxslarga etkazilishi mumkin bo'lgan turli zarar va ziyonni oldini olish yoki etkazilgan zararning qoplash imkoniyatini oshiradi;

to'rtinchidan, TQFning vazifalarini samarali hal etishda IIOlari tezkor bo'linmalarining huquqlarini kengaytirish, masalan qidiruv ishini tashkil etishda OAV bilan hamkorlikni bepul amalga oshirilishni TQF to'g'risida qonunga qoida sifatida kiritish;

beshinchidan, TQTlari tergovga qadar tekshiruv davrida o'tkazilayotgani yoki IIVni tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi xizmatlari so'rov va ma'lumotlar to'plash TQTlarni IIVning tegishli buyrug'iga binoan amalga oshirilayotganligini inobatga olib, "tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organlar" jumlasini TQF to'g'risidagi qonunga kiritish;

oltinchidan, so'nggi besh yilda axborot texnologiyalaridan foydalanib kibermakonda mulkiy turdagi jinoyatlar ko'p sodir etilayotganligi, mazkur jinoyatlarga keskin qarshi kurashishda TQTlari o'tkazilsada, lekin bu qonun normasi bilan tartibga solinmaganligi bois,

é

Ws,

"axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurashishida tezkor-qidiruv tadbirlari o'tkaziladi" mazunidagi qoidani TQF to'g'risidagi qonunga kiritish;

ettinchindan, davlatimiz rahbarining 25.07.2022-yildagi PQ-333-son Qarori bilan tasdiqlangan Yo'l xaritaning 3-bandida: "tezkor kiritish va niqoblangan operatsiya tushunchalariga yangi ta'rif ishlab chiqish" vazifasi qo'yilgandi. Sababi, ushbu TQTlarni ta'rifini bir-biridan farqi yo'q. Xorij qonunchiligi normalari o'rganilganida ushbu ikki tadbir mazmun jihatdan boshqa tadbir ekanligini ma'lum bo'ldi. Moldova Respublikasi "Maxsus-qidiruv faoliyati to'g'risida" qonunning 30-moddasida: "Niqoblangan faoliyat" tadbiri bayon etilib, mazmuniga ko'ra, "Tezkor kiritish" tezkor-qidiruv tadbiri ekanligini anglatadi. Bizning qonunda tezkor kiritish va niqoblangan operatsiya ikki mustaqil tadbir sifatida ko'rsatilgan. Ushbu tadbirlarning ta'riflari mazmunan bir xil ma'noni anglatmoqda. Tezkor kiritishda jinoiy muhit yoki kriminogen ob'ektga tezkor xodim yoki ko'maklashuvchi shaxs kiritilishi; niqoblangan operatsiyada kiritilgan shaxsning imkoniyatidan foydalanish mazmunida ta'rif berilganligi va ushbu ta'riflardan ushbu tadbirlarni o'tkazilish vaqti nuqtai nazaridan, mantiqan bitta TQT ekanligini ko'rish mumkin. Amaliyotda TQFning vazifalarini hal qilishda tezkor kiritish TQT o'tkazilganida albatta, kiritilganning imkoniyatidan foydalanilib, muayyan natijaga erishiladi. Shu o'rinda haqli savollar tug'iladi. Tezkor kiritish TQT nima uchun o'tkazaladi? Xodim yoki fuqaroni faqat jinoiy muhit va ob'ektga kiritish uchunmi? yoki kiritilganidan so'ng ma'lum vaqtda ularning imkoniyatlari va yordamidan foydalanib natijalarga erishish uchunmi? Niqoblangan operatsiya TQTning ta'rifida "kiritilgan shaxsning imkoniyatlaridan" jumlasi qo'llanilganligi, tezkor kiritish TQT mantiqan davom etayotganligini, fikrimizcha, tezkor kiritish tadbiri natijasidan qat'iy nazar ob'ektga kiritilganning funksiyalari o'z nihoyasiga etganidan boshlab, ushbu tadbirni tamomlangan deb hisoblanadi. Mazkur ikki tadbirni amalga oshirishning o'ziga xos xususiyatini inobatga olib, 2 tadbirlarning konkret tushunchasini va farqini qonun normasida aniq bayon etish;

sakkizinchidan, TQF to'g'risidagi qonunning 14-moddasida nazarda tutilgan tezkor eksperiment tushunchasi, tergov eksperimenti tushunchasining mazmuniga o'xshab qolgan. Bo'lib o'tgan hodisa qayta tiklanmasdan, balki rejalashtirilgan, tayyorgarlik ko'rilayotgan jinoyatni samarali fosh etish maqsadida choralarni ko'rilishi, bu tezkor eksperiment hisoblanadi. Albatta buning uchun tezkor ma'lumot, xabarlar yoki ariza bo'lishi talab etiladi. Amaliyotda korrupsiyaviy va mulkiy turdagi jinoyatlarni fosh etilishida tezkor eksperiment o'tkaziladi. Shu bois, tadbirni o'tkazishning zaruriy shartini tushunchaning mazmuniga kiritish, tergov eksperimentining mazmunini anglatuvchi ortiqcha so'zlarni chiqarib tashlash;

to'qqizinchidan, hozirgi real vaziyatda tezkor xodimlar TQTlarini qanday asoslarga (arizalar, xabar va boshq.) ko'ra, amalga oshirayoganligini tahlil qilgan holda TQTlarini o'tkazishning asoslarini kengaytirish;

o'ninchidan, TQTlarni o'tkazilishida shartlariga rioya qilish inson huquqlarini ta'minlash uchun muhim jihat hisoblanib, idoraviy nazoratni amalga oshiruvchi organ rahbari va sudni rolini oshirish eng asosiy masala bo'lib, Rossiya Federatsiyasi, Abxaziya, Ozarbayjon, Armaniston kabi Respublikalarining "Tezkor-qidiruv faoliyati to'g'risida"gi Qonunlari mazmunida fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklarini cheklash bilan bog'liq TQTlarini o'tkazishga sudning ruxsat berishi tartibi belgilangan bo'lib, shaxsning

é

Ws,

konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklarini cheklash bilan bog'liq TQTlarini o'tkazishga faqat sudni sanksiyasi asosida o'tkazilishi qoidasini TQF to'g'risidagi qonun mazmuniga kiritish;

o'n birinchidan, TQTlarini o'tkazish shartlari yuzasidan ayrim xorij davlatlarning qonunchilik normalari o'rganilganida, TQTlarini o'tkazishda 1-6 oygacha muddat belgilangani; RF, Tojikiston Respublikasi TQF qonunlariga ko'ra, kechiktirib bo'lmaydigan vaziyatda TQTlari amalga oshirilganida, ushbu tadbir boshlanishi bilan 48 soat ichida prokuror orqali sudning ruxsati (sanksiya)ni olish yoki TQTlarini amalga oshirishni to'xtatish; Belarus TQF qonuniga ko'ra, TQTlari ruxsat talab etilmaydigan va organ rahbarining qarori bilan o'tkaziladigan TQTga ajratilgani; o'rganilgan 11 ta davlatlarning TQF to'g'risidagi qonunlari (Ukraina 9-m; Qozog'iston 12-m; Rossiya 8, 81-m; Qirg'iziston 9-m; Litva 15-m; Tojikiston 8-m; Moldova 20-m; Belarus 19-m; Armaniston 31-m; Ozarbayjon 13-m; Abxaziya 8-m)da "prokuror bilan kelishish" qoidasining yo'qligi; xorij qonunchilik normalarining ijobiy jihatlarni "Tezkor-qidiruv faoliyati to'g'risida"gi qonunda belgilash lozim. Birinchi navbatda TQTlarini 3 guruhga: ruxsat talab etilmaydigan, organ rahbarining va sudning ruxsati bilan o'tkaziladigan TQTlarga tasniflab, TQFni amalga oshiruvchi organlarning mansabdor shaxsi tomonidan 6 ta, TQF organi rahbarining ruxsati bilan 7 ta, sudning sanksiyasi bilan 5 ta (3 ta maxsus, bank siri va turar joylar) TQTlarning o'tkazilishini qonun normasida shart sifatida belgilash;

o'n ikkinchidan, TQTlarini o'tkazishda IlOlari tezkor bo'linmalariga kuch va vositalar (fuqarolar, pul mablag'lari va boshq.) kerakligi bois, TQF to'g'risidagi qonunga tezkor bo'linmalarga ko'maklashadigan shaxslarning huquqiy maqomini, shuningdek zarur pul mablag'larining shakllanish manbalarini TQF to'g'risidagi qonunda belgilash;

o'n uchinchidan, xorij qonunchiligining normalari shu jumladan, Qozog'iston, Belarus, Ozarbayjon va Moldova kabi rivojlanayotgan davlatlarning JPKda shaxsning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinligini cheklash bilan bog'liq tergov harakatlari sudning qarori (sanksiya) asosida amalga oshirilishi, inson huquqlari eng oliy qadriyatlari biri ekanligini ko'rsatmoqda. Ushbu qoidani JPKga kiritish;

o'n to'rtinchidan, 2017-yil 6-sentyabrdagi O'zbekiston Respublikasining O'RQ-442-son Qonuniga binoan "tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organlar" instituti JPKga kiritilgan bo'lib, tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi hamda tergov organlarining xodimlari tergovga qadar tekshiruvni amalaga oshirish vakolatiga ega. Bu jarayonida ushbu mansabdor shaxslar xolislardan foydalanadi. Lekin JPKda xolislardan foydalanish faqat tergov organlarining surishtiruvchisi va tergovchisi, prokurorga tegishli bo'lib, tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organlarning mansabdor shaxsi tergovga qadar tekshiruv vaqtida, tezkor-qidiruv tadbir o'tkazishda xolislardan foydalanishi norma bilan tartibga solinmagan. Surishtiruvchi egallab turgan lavozimning nomlanishidir. Masalan, IlOlari tergov bo'limining surishtiruvchisi. Lekin shu tizimda tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi profilaktika inspektori, tezkor xodimlar va boshqa sohaning vakillari xolislardan foydalanmoqda. Bu qonun normasi bilan tartibga solinmagan. Shu bois, "tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organlarning mansabdor shaxsi'ni xolislardan foydalanishning qoidasini JPKning 73-moddasi 1 va 2-qismlarida belgilash;

o'n beshinchidan, statistik ma'lumotlarning tahliliga ko'ra, so'nggi uch yilda kibermakonda sodir etilayotgan jinoyatlar salmog'i (43 barovarga) oshgan bo'lib, jismoniy va

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.1 | SJIF = 7.899 www.in-academy.uz

yuridik shaxslarga juda ko'p miqdorda moddiy zarar keltirmoqda. Ushbu turdagi jinoyatlarni tergov qilishda hodisa sodir bo'lgan joy kibermakon bo'lganligi bois, bu jarayonda xolislar ishtirokini ta'minlashning imkoni yo'qdir. Bundan tashqari, sud tergov amaliyotidan ma'lumki, jinoyatlarni aniqlash va fosh etilishi ko'pincha soat 22:00dan 06:00ga qadar vaqtlarda yoki aholi yashamaydigan olis hududlarda tezkor-qidiruv tadbirlarning natijalarini rasmiylashtirish (giyohvandlik, qurol savdosi va boshq.)da xolislarni jalb etilishida turli muammo(ularni topish, xodim yonidan haq to'lash b.)lar yuzaga kelmoqda. Shu bois, aksariyat hollarda tezkor-qidiruv tadbirlarni o'tkazishda soha vakillari har doimgi xolis fuqarolardan foydalanishga to'g'ri keladi. Buning oldini olish uchun, xodimlarning ishini samarali tashkil etishda JPK 73-moddasi 3-qismiga: "istisnoli hollarda xolislarsiz tergov harakati, tezkor-qidiruv tadbir natijalarini video tasvirga olinishi shart" qoidasini kiritish;

o'n oltinchidan, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 30-noyabr kunidagi "Raqamli mahsulotlar (xizmatlar) iste'molchilari huquqlarini himoya qilish va raqamli texnologiyalar vositasida sodir etiladigan huquqbuzarliklarga qarshi kurashishni kuchaytirish choralari to'g'risida"gi PQ-381-son Qarori bilan tasdiqlangan Yo'l xaritasining 7-bandida: "tergovchiga abonentlar yoki abonent qurilmalari o'rtasida bog'lanishlar to'g'risida axborotni mustaqil olish vakolatini berish bo'yicha JPKga abonentlar yoki abonent qurilmalari o'rtasida bog'lanishlar to'g'risida axborot olishni nazarda tutuvchi normani qabul qilish" vazifasi belgilangan. Shu masalada xorij tajribasi o'rganilganda, Qirg'iziston va Qozog'iston Respublikalari JPKda 15-20 tagacha maxsus tergov harakatlari nazarda tutilgan bo'lib, ular orasida "abonentlar va (yoki) abonent qurilmalari o'rtasida aloqalar to'g'risida yashirin ma'lumot olish" nomli tergov harakati ham borligi ma'lum bo'ldi. Xorij tajribasi va PQ-381-son qarorda nazarda tutilgan vazifalar va amaliyotdagi real muammolarni hal etishda O'zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga "Maxsus tergov harakatlarini o'tkazish" nomli yangi bobni kiritish va uning tarkibini quyidagi: "Maxsus tergov harakatlari o'tkazish uchun asoslar" (169-m); Telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan so'zlashuvlarni eshitib turish, ular orqali uzatiladigan axborotni olish va rasmiylashtirish tartibi (170-m); Abonentlar yoki abonent qurilmalari o'rtasida bog'lanishlar to'g'risida axborotni olish va rasmiylashtirish tartibi (171-m) kabi normalar bilan hamda "tergov organlari maxsus tergov harakatlarini maxsus vakolatli davlat organining kuchlari va vositalari yordamida amalga oshiriladi" qoidasi bilan mustahkamlash taklif etiladi.

References:

1. O'zbekiston Respublikasining 2016-yil 25-apreldagi 0'RQ-405-son "O'zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida"gi qonuni // O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2016 y., 17-son, 173-modda; Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 08.11.2019 y., 03/19/581/4004-son; 08.01.2020 y., 03/20/601/0025-son; Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 29.10.2022 y., 03/22/798/0972-son.

2. O'zbekiston Respublikasining 2017-yil 6-sentyabrdagi O'RQ-442-son "Surishtiruv instituti takomillashtirilishi munosabati bilan O'zbekiston Respublikasining ayrim qonun

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.1 | SJIF = 7.899 www.in-academy.uz

hujjatlariga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida"gi qonuni // O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2017 y., 36-son, 943-modda.

3. O'zbekiston Respublikasining 2017-yil 16-oktyabrdagi O'RQ-448-son "O'zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida"gi Qonuni // Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 17.10.2017 y., 03/17/448/0126-son; 30.01.2018 y., 03/18/463/0634-son; 08.01.2020 y., 03/20/601/0025-son; Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 24.11.2021 y., 03/21/730/1089-son, 03/22/763/0306-son; 29.10.2022 y., 03/22/798/0972-son.

4. O'zbekiston Respublikasining 2019-yil 15-yanvardagi O'RQ-516-son "Iqtisodiy jinoyatlarga va ommaviy qirg'in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish mexanizmlari takomillashtirilishi munosabati bilan O'zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida" qonuni // Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 16.01.2019 y., 03/19/516/2484-son; 08.01.2020 y., 03/20/601/0025-son; 26.02.2021 y., 03/21/677/0155-son; Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 24.11.2021 y., 03/21/730/1089-son.

5. O'zbekiston Respublikasining 2019-yil 18-fevraldagi O'RQ-522-son "Xavfsizlik va mudofaa sohasidagi ba'zi davlat organlari faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan O'zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida"gi Qonuni // O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019 y., 2-son, 47-modda; Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 07.12.2019 y., 03/19/588/4115-son; 08.01.2020 y., 03/20/601/0025-son, 20.10.2020 y., 03/20/642/1396-son; Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 29.07.2021 y., 03/21/703/0723-son; 21.04.2022 y., 03/22/765/0332-son, 29.10.2022 y., 03/22/798/0972-son.

6. O'zbekiston Respublikasining 2019-yil 5-sentyabrdagi O'RQ-564-son "Xavfsizlik va mudofaa sohasidagi qonun hujjatlari takomillashtirilishi munosabati bilan O'zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida"gi Qonuni // Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 05.09.2019 y., 03/19/564/3690-son; 20.10.2020 y., 03/20/642/1396-son; Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 29.07.2021 y., 03/21/703/0723-son.

7. O'zbekiston Respublikasining 2019-yil 24-dekabrdagi O'RQ-597-son "Ba'zi davlat organlarining faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan O'zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida"qonuni // Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 25.12.2019 y., 03/19/597/4193-son; Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 18.08.2022 y., 03/22/790/0751-son, 04.11.2022 y., 03/22/800/0990-son.

8. O'zbekiston Respublikasining 2020-yil 30-noyabrdagi O'RQ-651-son "Fuqarolarning shaxsiy huquq va erkinliklarini muhofaza qilishga qaratilgan qonun hujjatlari takomillashtirilishi munosabati bilan o'zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida"gi qonuni // Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 01.12.2020 y., 03/20/651/1577-son.

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.1 | SJIF = 7.899 www.in-academy.uz

9. 0^Ье^1юп Respublikasining 2021 уП 21 apreldagi O'RQ-683-son "O'zbekiston Respublikasining аупт qonun hujjatlariga o'zgartishlar kiritish to'g'risida"gi Qonuni // Qonunchilik ma'lumotlari тИИу bazasi.

10. O'zbekiston Respublikasining 2021-уП 28-iyundagi O'RQ-697-son "O'zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida"gi Qonuni // Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi

11. Уголовно-процессуальный кодекс Кыргызской Республики от 28 октября 2021 года № 129 (с изменениями от 18.01.2022 г.) // continentonline.com (Дата обращение: 25.01.2024).

12. Уголовно-процессуальный кодекс Республики Казахстан от 4 июля 2014 года № 231-У (с изменениями и дополнениями по состоянию на 18.11.2022 г.) // сопйпет-online.com (Дата обращение: 26.01.2024).

13. Уголовный процессуальный кодекс Украины от 13 апреля 2012 года № 4651-У1 (с изменениями и дополнениями по состоянию на 23.08.2023 г.) // continent-online.com (Дата обращение: 27.01.2024).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.