Научная статья на тему 'JINOYATLARNI FOSH ETISHDA TEZKOR-QIDIRUV TADBIRLARINING MOHIYATI VA AHAMIYATI'

JINOYATLARNI FOSH ETISHDA TEZKOR-QIDIRUV TADBIRLARINING MOHIYATI VA AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Право»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Область наук
Ключевые слова
Tezkor-qidiruv faoliyati / tezkor-qidiruv tadbirlari tushunchasi / jinoyatlarni fosh etish / tezkor kombinatsiya / tezkor taktika / oshkora va nooshkora usullar. / Quick-search activity / fast-search event concept / crime exposure / quick combination / quick tactics / transparent and non-Pro-Pro methods

Аннотация научной статьи по праву, автор научной работы — Masharipov Toxir Egamberdievich, Sattorov Asadbek Sattor O‘G‘Li

Maqolada ichki ishlar organlari tezkor bo‘linmalari tomonidan tezkor-qidiruv tadbirlarining jinoyatlarni fosh etishda ahamiyatini tahlil qilingan va O‘zbekiston Respublikasi “Tezkor-qidiruv faoliyati to‘g‘risida” gi qonunga bir qator o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish tavsiya qilingan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE ESSENCE AND IMPORTANCE OF OPERATIONAL-SEARCH MEASURES IN EXPOSING CRIMES

The article analyzed the importance of operational-search activities in exposing crimes by the operational units of the internal affairs bodies and recommended a number of amendments and additions to the law of the Republic of Uzbekistan "on operational-search activities".

Текст научной работы на тему «JINOYATLARNI FOSH ETISHDA TEZKOR-QIDIRUV TADBIRLARINING MOHIYATI VA AHAMIYATI»

APPLIED SCIENCES

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.3 | SJIF = 7.984 www.in-academy.uz

/

yr\rT

< fe t i f fe a '■'SB-

Iff f %g

law, FINANCE AND APPLIED SCIENCES

TICLE INFO

THE ESSENCE AND IMPORTANCE OF OPERATIONAL-SEARCH MEASURES IN EXPOSING CRIMES

Masharipov Tokhir Egamberdievich

Ohio State University rapid search senior teacher of the Department of activities, Lieutenant Colonel Sattorov Asadbek Sattor o'g'li Cadets of the 201st group of the Academy of Sciences of the Republic of

Uzbekistan https://doi.org/10.5281/zenodo.11213104

ABSTRACT

Received: 10th May 2024 Accepted: 17th May 2024 Online: 18th May 2024 KEYWORDS Quick-search activity, fast-search event concept, crime exposure, quick combination, quick tactics, transparent and non-Pro-Pro methods.

The article analyzed the importance of operational-search activities in exposing crimes by the operational units of the internal affairs bodies and recommended a number of amendments and additions to the law of the Republic of Uzbekistan "on operational-search activities".

JINOYATLARNI FOSH ETISHDA TEZKOR-QIDIRUV TADBIRLARINING

MOHIYATI VA AHAMIYATI

Masharipov Toxir Egamberdievich

O'zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi Tezkor qidiruv faoliyati kafedrasi katta o'qituvchisi, podpolkovnik Sattorov Asadbek Sattor o'g'li O'zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi 201-guruh kursanti https://doi.org/10.5281/zenodo.11213104

ARTICLE INFO

Received: 10th May 2024 Accepted: 17th May 2024 Online: 18th May 2024

KEYWORDS

Tezkor-qidiruv faoliyati,

tezkor-qidiruv tadbirlari

tushunchasi, jinoyatlarni fosh etish, tezkor kombinatsiya, tezkor taktika, oshkora va nooshkora usullar.

ABSTRACT

Maqolada ichki ishlar organlari tezkor bo'linmalari tomonidan tezkor-qidiruv tadbirlarining jinoyatlarni fosh etishda ahamiyatini tahlil qilingan va O'zbekiston Respublikasi "Tezkor-qidiruv faoliyati to'g'risida" gi qonunga bir qator o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish tavsiya qilingan.

O'zbek tilining izohli lug'atida tadbir [a. boshqarish, idora qilish; tejamkorlik; chora iloj, yo'l-yo'riq; harakat tarzi] Amalga oshirish, ro'yobga chiqarish uchun yo'l-yo'riq va chora; maqsadni amalga oshirish yo'lidagi ish, xatti-harakatning o'zi; ma'lum maqsadni

APPLIED SCIENCES

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.3 | SJIF = 7.984 www.in-academy.uz

tashkiliy ravishda amalga oshiriladigan (bajariladigan) ish, ishlar1 ma'nosida izoh berilgan. O'zbekiston Respublikasi "Tezkor-qidiruv faoliyati to'g'risida"gi qonunida 16 ta tezkor-qidiruv tadbirlarining nomlari va mazmuni bayon etilgan, lekin tezkor-qidiruv tadbirlari tushunchasiga ta'rif berilmagan. Tezkor-qidiruv faoliyati sohasida ilmiy izlanishlar olib borgan ayrim huquqshunos olimlar tomonidan "tezkor-qidiruv tadbirlari" tushunchasiga turlicha ta'riflar berilgan.

Tezkor-qidiruv qonuni hujjatlarida, afsuski, tezkor-qidiruv tadbirlarining aniq ta'rifi berilmagan, shu bois o'quv va ilmiy adabiyotlarda bu masalada bir-biridan ancha katta farq qiladigan o'nlab talqinlarni uchratish mumkin.

A.A. Hamdamov, T.R. Saitbaev, S.N. Gordeev, R.T. Rashitxodjaevlarning O'zbekiston Respublikasi "Tezkor-qidiruv faoliyati to'g'risida"gi qonuniga sharhida, "Tezkor-qidiruv tadbirlari - Tezkor-qidiruv faoliyati to'g'risidagi qonunda mustahkamlangan razvedik-izlov xususiyatiga ega bo'lgan, vakolatli subyektlar tomonidan normativ-huquqiy hujjat talablariga muvofiq o'tkaziladigan hamda asosan nooshkora vosita va usullarni oshkora vosita va usullar bilan uyg'unlashtirgan holda qo'llashga asoslangan hamda tezkor-qidiruv faoliyati masalalarini hal qilish uchun zarur faktik ma'lumotlarni bevosita aniqlashga qaratilgan chora va harakatlar tizimi"2. deb ta'rif berilgan.

V.Karimov o'zining O'zbekiston Respublikasi "Tezkor-qidiruv faoliyati to'g'risida"gi qonuniga ilmiy-amaliy sharhida "Tezkor-qidiruv tadbirlari-bu, Tezkor-qidiruv faoliyatining tarkibiy qismi bo'lib, faoliyatning subyektlari tomonidan qonunda belgilangan asoslar va shartlarga binoan oshkora va nooshkora usullar va vositalar uyg'unligida faoliyatning vazifalarini hal etishga yo'naltirilgan o'zaro mushtarak harakatlar majmuidir"3 deb ta'rif berib o'tgan.

Mazkur ta'rif tezkor-qidiruv tadbirlari tushunchasining barcha umumiy va xususiy belgilarini to'liq qamrab olgan.

Masalan, mazkur tushunchadan kelib chiqadigan xususiyatlarni quyidagicha asoslash mumkin:

- birinchidan, ta'rifda tezkor-qidiruv tadbirlari tezkor-qidiruv faoliyatining tarkibiy qismi ekanligi ko'rsatilgan;

- ikkinchidan, tezkor-qidiruv tadbirlari faqat tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshirish vakolatiga ega subyektlar tomonidan o'tkazilishi ko'rsatilgan;

- uchinchidan, tezkor-qidiruv tadbirlari O'zbekiston Respublikasining "Tezkor-qidiruv faoliyati to'g'risida"gi Qonunida belgilangan asoslar va shartlarda o'tkazilishi ko'rsatilgan;

- to'rtinchidan, ta'rifda tezkor-qidiruv tadbirlari O'zbekiston Respublikasining "Tezkor-qidiruv faoliyati to'g'risida"gi Qonunida belgilangan oshkora, nooshkora usullar va vositalar uyg'unligida o'tkazilishi ko'rsatilgan;

- beshinchidan, tezkor-qidiruv tadbirlarini o'tkazishdan ko'zlangan maqsad tezkor

1 O'zbek tilining izohli lug'ati: 80000 ga yaqin so'z va so'z birikmasi. J.HLN-Tartibli/ Mas'ul muharrir A.Madvaliyev. -T.: «O'zbekiston nashriyoti» davlat unitar korxonasi, 2020. -B.636.

2 A.A. Hamdamov, T.R. Saitbayev, S.N. Gordeyev, R.T. Rashitxodjayev. O'zbekiston Respublikasi "Tezkor-qidiruv faoliyati to'g'risida"gi qonuniga sharhi. O'zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2015. -B 68.

3 V.Karimov O'zbekiston Respublikasi "Tezkor-qidiruv faoliyati to'g'risida"gi qonuniga ilmiy-amaliy sharh. T-2021. -B 120.

APPLIED SCIENCES

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.3 | SJIF = 7.984 www.in-academy.uz

- qidiruv faoliyati vazifalarini hal qilish ekanligi ko'rsatilgan. Ammo mazkur ta'rifda ham ayrim kamchiliklar uchraydi.

Shuningdek, F.R.Gafurovning tezkor-qidiruv tadbiriga bergan ta'rifini to'la ma'noda yoritilgan deb hisoblayman. Ushbu ta'rifda: "Tezkor-qidiruv tadbirlari-tezkor-qidiruv faoliyatining vazifalarini hal etish maqsadida tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlar tomonidan tezkor-qidiruv faoliyatiga oid qonunchilik hujjatlari talablariga rioya qilgan holda amalga oshiriladigan va O'zbekiston Respublikasining "Tezkor-qidiruv faoliyati to'g'risida" Qonuni 14-moddasida ro'yxati keltirilgan tezkor-qidiruv harakatlari majmuidir"4 deb sharh berilgan.

Tezkor-qidiruv faoliyati ushbu qonun bilan maxsus vakolat berilgan davlat organlarining tezkor bo'linmalari tomonidan tezkor-qidiruv tadbirlari o'tkazish orqali amalga oshiriladigan faoliyat turidir5, deb O'zbekiston Respublikasining "Tezkor-qidiruv faoliyati to'g'risida"gi qonuning 3-moddasida ta'rif berilgan.

O'zbekiston Respublikasining "Tezkor-qidiruv faoliyati to'g'risida"gi qonuning 3-moddasiga muvofiq, ushbu faoliyatni uning asosiy mazmunini tashkil etuvchi tezkor-qidiruv tadbirlarini o'tkazish orqali amalga oshirish nazarda tutilgan. Ushbu qonunining 14-moddasida esa 16 ta tezkor-qidiruv tadbirlari ko'rsatib o'tilgan.

Yuqorida ko'rsatilganlarni inobatga olib, bu ta'riflar yuridik adabiyotlarda Tezkor-qidiruv faoliyatiga berilgan ta'rifdan kelib, o'zlarining mualliflik ta'riflarini ishlab chiqishgan degan xulosaga kelinadi.

Barcha sodir etilgan jinoyatlar tezkor-qidiruv tadbirlari yordamida fosh etiladi. Jinoyatlarni fosh etish jarayonida tezkor xodimlar tomonidan jinoyatni fosh etishning taktikasini ishlab chiqadi. So'ngra mavjud vaziyatdan kelib chiqib O'zbekiston Respublikasi "Tezkor-qidiruv faoliyati to'g'risida" gi qonunning 14-moddasida ko'rsatib o'tilgan bir necha tezkor-qidiruv tadbirlarini hamda tezkor kombinatsiyalarni oshkora va nooshkora usullarda o'tkazish rejasi tuzadi va ushbu tasdiqlangan rejaga asosan xatti-harakatlarni amalga oshiradi. Shuni ham qayd etish joizki, jinoyatlarni fosh etish uchun o'tkaziladigan tezkor-qidiruv tadbirlarida ishtirok etuvchi tezkor agenturaning o'rni va ro'li beqiyosdir.

Hozirgi kunda butun dunyoda globallashuv jarayoni amalga oshirilmoqda. Axborot texnologiyalari shiddat bilan rivojlanib borgani sari ushbu sohada sodir etiladigan jinoyatlarning salmog'i ham oshib bormoqda. Kompyuter texnologiyalari yordamida sodir etilgan jinoyatlarni fosh etish hozirgi kunda tezkor xizmat xodimlariga bir qator qiyinchiliklarni tug'dirmoqda. O'zbekiston Respublikasi "Tezkor-qidiruv faoliyati to'g'risida" gi qonunning 14-moddasida 16 ta tezkor-qidiruv tadbirlari ko'rsatib o'tilgan. Ammo, ushbu qonunda zamonaviy axborot texnologiyalari bilan bog'liq jinoyatlarni fosh etishda bir qancha tezkor-qidiruv tadbirlariga o'zgartirish va qo'shimchalarni kiritish zarur deb hisoblayman. MDH davlatlaridan biri bo'lgan Qozog'iston Respublikasi "Tezkor-qidiruv faoliyati to'g'risida" gi qonunida tezkor-qidiruv tadbirlari 2 turga bo'linadi. Bular: umumiy va maxsus tezkor-

4 F.R.Gafurovning "Bojxona sohasidagi jinoyatlarni fosh etishda qo'llaniladigan kriminalistik usullarni takomillashtirish choralari" mavzusidagi ilmiy maqolasi. Fundamental tadqiqotlar jurnali 2024-y,-B 154.

5 O'zbekiston Respublikasining "Tezkor-qidiruv faoliyati to'g'risida"gi qonuni. Qonunchilik ma'lumotlar bazasi, 29.06.2021 y., 03/21/697/0607-son. Lex.uz

APPLIED SCIENCES

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.3 | SJIF = 7.984 www.in-academy.uz

qidiruv tadbirlari6. Umumiy tezkor-qidiruv tadbirlari quyidagilardan iborat: shaxslar bilan suhbatlashish; fuqarolar bilan oshkora va maxfiy aloqalarni o'rnatish, ulardan tezkor-qidiruv faoliyatida foydalanish; jinoiy faoliyatni taqlid qiluvchi xatti-harakatlar modelidan foydalanish; yashirin korxona va tashkilotlarni tashkil etish; nazorat ostida etkazib berish; shaxsiy hayot daxlsizligiga, uy-joy, shaxsiy va qonun bilan qo'riqlanadigan oilaviy sirlarga ta'sir qilmaydigan ma'lumotlarni, shuningdek, shaxsiy omonat va jamg'armalar sirini, yozishmalarni, telefon suhbatlarini, pochta, telegraf va boshqa ma'lumotlarni olish uchun texnik vositalardan foydalanish. boshqa xabarlar; so'rovlar o'tkazish; namunalar olish; operativ xaridlar; xizmat-qidiruv itlaridan foydalanish; belgilar bo'yicha shaxsni qidirish va aniqlash; axborotni noqonuniy olib tashlash uchun qurilmalarni qidirish; noqonuniy xatti-harakatlarning izlarini aniqlash, maxfiy qayd etish va olib qo'yish, ularni dastlabki tekshirish; jinoyatga tayyorlanayotgan, sodir etayotgan yoki sodir etgan shaxsni jinoiy javobgarlikka tortish va uni qamoqqa olish; xolislar ishtirokida ushlab turilgan shaxslarni shaxsiy ko'rikdan o'tkazish, jinoiy faoliyat bilan bog'liq bo'lishi mumkin bo'lgan ashyolar va hujjatlarni olib qo'yish, shuningdek turar-joy binolari, ish va boshqa joylarni tintuv qilish, transport vositalarini tintuv qilish.

Terrorizmga qarshi operatsiyani o'tkazish chog'ida jismoniy shaxs tomonidan olib borilayotgan narsalarni shaxsiy ko'zdan kechirish, transport vositalarini, shu jumladan texnik vositalardan foydalangan holda tintuv o'tkazish xolislar ishtirokisiz amalga oshirilishi mumkin; qurollangan jinoyatchilarni qo'lga olish bo'yicha operatsiyalarni o'tkazish; kuzatish. Maxsus tezkor-qidiruv tadbirlari quyidagilardan iborat:

1) shaxs yoki joyning yashirin audio va (yoki) video monitoringi;

2) elektr (telekommunikatsiya) aloqa tarmoqlari orqali uzatiladigan axborotni yashirin nazorat qilish, ushlash va qayd etish;

3) abonentlar va (yoki) abonent qurilmalari o'rtasidagi ulanishlar to'g'risidagi ma'lumotlarni yashirin ravishda olish;

4) kompyuterlar, serverlar va axborotni yig'ish, qayta ishlash, to'plash va saqlash uchun mo'ljallangan boshqa qurilmalardan ma'lumotlarni yashirincha olib tashlash;

5) pochta va boshqa jo'natmalarni yashirin nazorat qilish;

6) yashirin kirish va (yoki) joyni tekshirish.

Bundan tashqari, MDH davlatlariga a'zo davlatlardan yana biri bo'lgan Moldova Respublikasi "Tezkor-qidiruv faoliyati to'g'risida"7 gi qonunida ham tezkor-qidiruv tadbirlari bir qancha guruhlarga bo'linganini ko'rishimiz mumkin.

Xulosa sifatida shuni aytib o'tishim lozimki, sodir etilgan jinoyatlarni faqatgina tezkor-qidiruv tadbirlari yordamidagina fosh etish mumkin. Bundan tashqari, qonunshunos tomonidan hozirgi kunda axborot texnologiyalari yordamida sodir etilayotgan jinoyatlarni fosh etish maqsadida O'zbekiston Respublikasi "Tezkor-qidiruv faoliyati to'g'risida" gi qonunining 14-moddasida ko'rsatilgan bir qator tezkor-qidiruv tadbirlariga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish zarur. Jumladan, Qozog'iston Respublikasi "Tezkor-qidiruv faoliyati

6 Закон Республики Казахстан от 15 сентября 1994 г. No 13 «Об оперативно-розыскной деятельности» // Elektron manba: https: // online.zakon.kz. (murojaat vaqti: 25.04.2024).

7 Закон Республики Молдова от 29 марта 2012 года No59 «О специальной розыскной деятельности» // Elektron manba: https://base.spinform.ru (murojaat vaqti: 25.04.2024).

APPLIED SCIENCES

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.3 | SJIF = 7.984 www.in-academy.uz

to'g'risida"gi qonunining maxsus tezkor-qidiruv tadbirlarida mavjud bo'lgan shaxs yoki joyning yashirin audio va (yoki) video monitoringi hamda kompyuterlar, serverlar va axborotni yig'ish, qayta ishlash, to'plash va saqlash uchun mo'ljallangan boshqa qurilmalardan ma'lumotlarni yashirincha olib tashlash kabi tezkor-qidiruv tadbirlarini milliy qonunchilik normalarimizga joriy etishni maqsadga muvofiq deb o'ylayman.

References:

1. O'zbek tilining izohli lug'ati: 80000 ga yaqin so'z va so'z birikmasi. J.III.N-Tartibli/ Mas'ul muharrir A.Madvaliyev-T.: "O'zbekiston nashriyoti" davlat unitar korxonasi, 2020.-B.636.

2. A.A. Hamdamov, T.R. Saitbayev, S.N. Gordeyev, R.T. Rashitxodjayev. O'zbekiston Respublikasi "Tezkor-qidiruv faoliyati to'g'risida"gi qonuniga sharhi. O'zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2015. -B 68.

3. V.Karimov O'zbekiston Respublikasi "Tezkor-qidiruv faoliyati to'g'risida"gi qonuniga ilmiy-amaliy sharh. T-2021. -B 120.

4. F.R.Gafurovning "Bojxona sohasidagi jinoyatlarni fosh etishda qo'llaniladigan kriminalistik usullarni takomillashtirish choralari" mavzusidagi ilmiy maqolasi. Fundamental tadqiqotlar jurnali 2024-y,-B 154.

5. O'zbekiston Respublikasining "Tezkor-qidiruv faoliyati to'g'risida"gi qonuni. Qonunchilik ma'lumotlar bazasi, 21.04.2021 y., 03/21/683/0357-son; 29.06.2021 y., 03/21/697/0607-son. Lex.uz

6. Закон Республики Казахстан от 15 сентября 1994 г. No 13 «Об оперативно-розыскной деятельности» // Elektron manba: https: // online.zakon.kz.

7. Закон Республики Молдова от 29 марта 2012 года No59 «О специальной розыскной деятельности» // Elektron manba: https://base.spinform.ru

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.