JINOYAT PROTSESSI ISHTIROKCHILARI XAVFSIZLIGINI TA'MINLASHNING O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
Shavkatjon Xayitaliyevich Mirzaliyev,
O'zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish Akademiyasining magistratura tinglovchisi, IIV kadrlarining amalda zaxirasidagi xodim E-mail: shavkatj onmirzaliyev 1989@gmail. com Sindor Yangiboy o'g'li Toshquvvatov, O'zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish Akademiyasi katta o'qituvchisi.
ANNOTATSIYA
_Jinoyat protsessi ishtirokchilarining xavfsizligini ta'minlash jinoyat
protsessining istalgan bosqichida haqiqatni aniqlash, ish bo'yicha ahamiyatga ega bo'lgan dalillarga ega bo'lish va ayb uchun javobgarlik hamda javobgarlikning muqarrarligi prinsipining amalga oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Shu sababli mamlakatimizda tinchlik va xavfsizlikni ta'minlash, shuningdek sud-huquq sohasida olib borilayotgan islohotlarda jinoyat protsessi ishtirokchilarining huquq va erkinliklarini himoya qilish va ularning xavfsizligini ta'minlash borasida erishilgan natijalar va mavjud muammolar tahlil qilingan.
_Kalit so'zlar: xavfsizlik, jinoyat protsessi, jinoyat protsessi ishtirokchilari,
jinoyat protsessi ishtirokchilarining xavfsizligini ta'minlash, shaxsning huquq va majburiyatlari, tezkor-qidiruv faoliyati va tergovga qadar tekshiruv harakatlari.
АННОТАЦИЯ
Обеспечение безопасности участников уголовного процесса имеет важное значение в реализации принципа установления истины на любом этапе уголовного процесса, наличия доказательств, имеющих значение по делу, а также неотвратимости ответственности и ответственности за вину. В этой связи проанализированы достигнутые результаты и имеющиеся проблемы обеспечения мира и безопасности, а также защиты прав и свобод участников уголовного процесса в проводимых в стране реформах в судебно-правовой сфере.
Ключевые слова: обеспечение безопасности, уголовного процесса, безопасности участников уголовного процесса, участников уголовного процесса, права и обязанности лица, оперативно-розыскная деятельность и действия до следственной проверки.
956
April 24, 2024
National University of Uzbekistan Current Issues and Modern Trends of Social and Humanitarian Sciences
Национальный университет Узбекистана Современные тенденции и актуальные вопросы социально-гуманитарных наук
^'zbekiston^iiiiyumverMteji^^^^^^^^^^^itmoiy-âumanitarfnlainïï
ANNOTATION
Ensuring the safety of participants in criminal proceedings is important in the implementation of the principle of establishing the truth at any stage of the criminal process, the presence of evidence of importance in the case, as well as the inevitability of responsibility and liability for guilt. In this regard, the results achieved and the existing problems of ensuring peace and security, as well as protecting the rights and freedoms of participants in the criminal process in the reforms carried out in the country in the judicial and legal sphere were analyzed.
Keywords: ensuring the safety, criminal process, safety of participants in the criminal process, participants in the criminal process, the rights and obligations of the person, operational-search activities and actions of the pre-investigation check.
Har bir davlatning barqaror rivojlanishida jamiyatning xavfsizligi qonun yo'li bilan hamda amaliy jihatdan ta'minlanganligi muhim hisoblanadi. Shuning uchun ham jamiyat hayoti va taraqqiyoti uchun munosib sharoitlar yaratish hamda har qanday xavfsizlikka bo'lgan tahdidlarni oldini olish va bartaraf etish davlatning asosiy vazifalaridan hisoblanadi.
Jamiyat hayotida fuqarolarning erkinligi va farovonligini ta'minlash bilan bir qatorda ularning xavfsizligini ta'minlash ham jamiyat rivojining eng muhim elementlaridan biridir.
O'zbekiston Respublikasi referendumida umumxalq ovoz berish orqali qabul qilingan yangi tahrirdagi O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 14-moddasida, insonning huquq va erkinliklari nafaqat Konstitutsiya, balki xalqaro huquqning umume'tirof etilgan normalariga binoan kafolatlanishi, ushbu huquq va erkinliklar insonga tug'ilganidan boshlab tegishli bo'lishini, shuningdek, barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo'lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, e'tiqodi, iitimoiy kelib chiqishi, iitimoiy mavqeidan qat'iy nazar, qonun oldida tengligi belgilab qo'yilgan.
Bundan tashqari, mazkur Konstitutsiyamizning 20-moddasida esa O'zbekiston Respublikasi fuqarosi va davlat bir-biriga nisbatan o'zaro huquq va maiburiyatlar bilan bog'liqligi ko'rsatib o'tilgan bo'lib, huquqning barcha sohalarida ularning zimmalariga huquq va majburiyatlar yuklaydi.
Bugungi kunda xalqaro miqyosda jinoyat protsessi ishtirokchilarining xavfsizligini ta'minlash zaruriyati dolzarbligicha qolmoqda. Chunki, davlat va jamiyat kundan kun rivojlangani sari, xalqaro jinoyatchilik olamida ham yangi ijtimoiy xavfli qilmishlar paydo bo'lib, ularni sodir etish usullari ham rivoilanib
957
April 24, 2024
bormoqda. Ushbu holatlar yuzasidan haqiqatni aniqlash maqsadida huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari zimmasiga ulkan vazifalar qo'yilmoqda.
Jahon miqyosida guvoh, iabrlanuvchi va sudlanuvchi kabi iinoyat protsessining boshqa ishtirokchilarining protsessual maqomini takomillashtirish, ularning xavfsizligini ta'minlash, ularni himoya qilish dasturlarini ishlab chiqish va uni amalga oshirish, xalqaro standartlarga muvofiq sud-tergov faoliyatini yo'lga qo'yish, dastlabki tergov va sud jarayonida guvohlar, iabrlanuvchi va sudlanuvchi hamda jinoyat protsessi boshqa ishtirokchilari tomonidan taqdim etilayotgan dalillarning ishonchliligini ta'minlashga oid ilmiy izlanishlar olib borish, qonunchilikni takomillashtirishga jiddiy e'tibor qaratilmoqda.
Boshqa davlatlar singari O'zbekiston Respublikasida ham iinoyat protsessi ishtirokchilarining xavfsizligini ta'minlash zaruriyati dolzarb hisoblanib, ularning xavfsizligiga qaratilgan normalar milliy qonunchiligimizda aks etgan bo'lsa-da, ushbu sohada takomillashtirilishi lozim bo'lgan bir qancha masalalar va huquqiy bo'shliqlar mavjud. Hozirda jinoyat protsessi ishtirokchilari va ularning yaqinlarining xavfsizligini ta'minlash masalalari bir qator huquqshunos olimlar tomonidan olib borilayotgan ilmiy tadqiq qilinganligi ushbu masalaning dolzarb ekanligidan dalolat beradi.
Mamlakatimizda iinoyat ishlarini yuritish iarayonlarida iinoyat protsessining ishtirokchilari: iabrlanuvchi, guvoh, xolis, ekspert, mutaxassis, tarjimon kabilar iinoyat ishini yuritishda faol ishtirok etibgina qolmasdan, ularning zimmalariga bir qancha huquq va maiburiyatlarni yuklaydi.
O'zbekiston Respublikasining "Tezkor-qidiruv faoliyati to'g'risida"gi Qonuni 3-moddasiga ko'ra, tezkor-qidiruv faoliyati ushbu Qonun bilan maxsus vakolat berilgan davlat organlarining tezkor bo'linmalari tomonidan tezkor-qidiruv tadbirlari o'tkazish orqali amalga oshiriladigan faoliyat turib hisoblanib, o'z navbatida tezkor-qidiruv tadbirlari oshkora va nooshkora usullar uyg'unligi prinsipiga amal qilgan holda olib boriladi. Tezkor-qidiruv tadbirlari iinoyatlarni oldini olish, sodir etilgan jinoyatlarni fosh etish, jinoyatchilikka qarshi kurashish, dalillarni to'plash va tadqiq etish, surishtiruv, tergov va sud organlaridan yashirinib yurgan, jinoiy jazodan bo'yin tovlayotgan shaxslarni aniqlab, ayb uchun iavobgarlikning muqarrarligi prinsiplarini amalga oshishini ta'minlash, eng muhimi huquq va erkinliklari buzilgan shaxslarning qonun bilan belgilab qo'yilgan manfaatlarini himoya qilishning muhim bosqichi hisoblanadi.
Xuddi shuningdek, tergovga qadar tekshiruv harakatlari ham faqatgina O'zbekiston Respublikasi JPKning 391-moddasida nazarda tutilgan davlat organlari tomonidan olib borilib, tergovga qadar tekshiruv harakatlarini amalga oshiruvchi
958
April 24, 2024
organlari zimmasiga jinoyat alomatlari va jinoyat sodir etgan shaxslami topish, jinoyat ishlari yuzasidan kelgusida dalil sifatida tekshirib ko'rib, dalil tariqasida foydalanish mumkin bo'lgan ma'lumotlarni aniqlash kabi boshqa bir qator vazifalar yuklatilgan bo'lib, ushbu vazifalarni inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida yuridik va jismoniy shaxslarning murojaatlari yuzasidan qonun ustuvorligini ta'minlashning zaruriy bosqichlaridan hisoblanadi.
Huquqshunos olim A.A.Umarxonovning fikricha, "jinoiy protsess ishtirokchilariga nisbatan jinoyat protsessi ishtirokchilarining xavfsizligini ta'minlashni imkon qadar tezroq qabul qilish shart. Shu munosabat bilan, tergovga qadar tekshiruv bosqichida xavfsizlik choralarini qo'llash dolzarb ahamiyatga ega"
Biz ham huquqshunos olim A.Sh.Umarxonovning fikriga qo'shilgan holda, jinoyat protsessi ishtirokchilari va uning yaqinlariga nisbatan jinoyat protsessi ishtirokchilari xavfsizligini ta'minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, tergov va sud jarayonlaridagina emas, balki tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshirish jarayonlarida ham qo'llash maqsadga muvofiq hisoblanadi. Chunki, jinoyat protsessi ishtirokchilari va uning yaqinlariga nisbatan kelgusida bo'ladigan turli xildagi bosimlar va tahdidlar sodir etilishini oldini oladi.
O'zbekiston Respublikasi hududida jinoyat protsessi ishtirokchilarini jinoiy tajovuzlardan himoya qilinishni ta'minlash davlatning vakolatli organlari (IIV, DXX va boshqalar) vazifasi bo'lib, ushbu davlat organlari tomonidan O'zbekiston Respublikasining yangi Konstitutsiyasi, JPK va "Jabrlanuvchilarni, guvohlarni va jinoyat protsessining boshqa ishtirokchilarini himoya qilish to'g'risida"gi Qonuni, shuningdek, ichki idoraviy hujjatlar talablari asosida turli xil himoya choralarini qo'llash orqali amalga oshiriladi.
Rossiyalik huquqshunos olim N.I.Matuzovning fikricha, "shaxs huquqlari doimiy ravishda muhofaza qilinadi, uning huquqlari buzilgan taqdirdagina himoya qilinadi" Ushbu fikr bo'yicha bizning qarashlarimiz farq qiladi. Chunki, jinoyatlarning oldini olish O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning vazifalaridan biri sifatida belgilangan. Huquqshunos olim N.I.Matuzovning fikriga qisman qo'shilgan holda shaxs huquqlari doimiy ravishda himoya qilinadi, uning huquqlarining buzilishini oldini olish uchun uning xavfsizligini ta'minlash zarur. Chunki, buzilgan huquqlar reabilitatsiya etiladi yoki tiklanadi. Shaxsning huquqlari buzilganidan keyin reabilitatsiya qilishdan yoki qayta tiklashdan ko'ra, uning huquqlarini buzilishini oldini olish samaralidir.
Jinoyat protsessi ishtirokchilari yoki uning yaqinlariga nisbatan turli ruhiy va jismoniy zo'ravonlik, tuhmat, mol-mulklariga zarar yetkazish yoki yo'q qilish va moddiy boylik evaziga o'z tarafiga og'dirish kabi noqonuniy harakatlar amalga
959
April 24, 2024
oshirilib, iinoyat protsessining istalgan bosqichida haqiqatni aniqlashga sun'iy ravishda to'sqinlik qilinishi ehtimoldan holi emas. Natijada esa, ayb uchun javobgarlik va javobgarlikning muqarrarligi prinsiplari qo'pol ravishda buzilishiga, jamoatchilikning huquqni muhofaza qiluvchi organlarga bo'lgan ishonchsizligiga sabab bo'ladi.
Xulosa o'rnida shuni aytish mumkinki, jinoyat protsessi ishtirokchilarining xavfsizligi ta'minlangan davlatda jinoyatlarning oldini olish, sodir etilgan jinoyatlarni fosh etish va iinoyatchilikka qarshi kurashishda chinakamiga haqiqatni aniqlash ustuvor hisoblanadi. Haqiqat aniqlangan barcha hollarda esa ayb uchun iavobgarlik muqarrarligi ustuvor bo'lib, jinoyat ishlari bo'yicha muhim ahamiyatga ega dalillarni aniqlashga xizmat qiladi.
REFERENCES
1. O'zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Konstitutsiyasi // https://www.lex.uz/docs/6445145;
2. O'zbekiston Respublikasining Jinoyat protsessual kodeksi // https://www.lex.uz/docs/! 11460;
3. "Jabrlanuvchilarni, guvohlarni va jinoyat protsessining boshqa ishtirokchilarini himoya qilish to'g'risida"gi O'RQ 515-sonli O'zbekiston Respublikasi qonuni // https://www.lex.uz/docs/4159913;
4. "Tezkor-qidiruv faoliyati to'g'risida"gi O'RQ-344-sonli O'zbekiston Respublikasi qonuni // https://www.lex.uz/docs/2107763;
5. "Surishtiruv instituti takomillashtirilishi munosabati bilan O'zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida" O'RQ-442-sonli O'zbekiston Respublikasi qonuni // https://lex.uz/docs/3328284;
6. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi PF-60-sonli "2022-2026 yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida"gi Farmoni // https://lex.uz/docs/5841063;
7. Haqnazarov Sh. "Sudning jinoyat protsessi ishtirokchilarining xavfsizligini ta'minlash masalalari". Yuridik fanlari bo'yicha falsafa doktorligi (PhD) dissertatsiyasi. T., Huquqni muhofaza qilish Akademiyasi, 2023.
8. Umarxonov A.Sh. (2023) "Tergovga qadar tekshiruvda jinoyat protsessi ishtirokchilarining xavfsizligini ta'minlash xususiyatlari" Jamiyat va innovatsiyalar -Общество и инновации - Society and innovations iurnali. Special Issue - 01 (2024) / ISSN 2181-1415. 297-303-betlar https://inscience.uz/index.php/socinov/index.
9. Матузов Н.И. Правовая система и личность. Саратов. 1987. с. 130-131
April 24, 2024
960