Научная статья на тему 'LAVOZIMDAN CHETLASHTIRISH MAJBURLOV CHORASINI QO‘LLASHDA QONUNIYLIKKA RIOYA ETISH'

LAVOZIMDAN CHETLASHTIRISH MAJBURLOV CHORASINI QO‘LLASHDA QONUNIYLIKKA RIOYA ETISH Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
406
41
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Konstitutsiyaviy huquq va erkinliklar / Jinoyat-protsessual majburlov choralari / qonuniylik / lavozimdan chetlashtirish / iltimosnoma qo‘zg‘atish haqidagi qaror / asoslanganlik. / Constitutional rights and freedoms / criminal procedural coercive measures / legality / dismissal / petition decision / validity.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Maxmudov, Muzaffar Maksud O‘g‘li

Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi demokratik, umuminsoniy prinsiplarga asoslanishi, ularga ko‘ra inson, uning hayoti, uning erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat deb e’tirof etilganligi va bu demokratik huquq va erkinliklar bevosita Konstitutsiya va qonunlar bilan himoya qilinishi, Jinoyat-protsessual majburlov choralarini qo‘llashning konstitutsiyaviy-huquqiy asosi hisoblanishi haqida maʼlumotlar berib o‘tildi. Shuningdek, ushbu maqola jinoyat protsessual majburlov tushunchasi, mohiyati va vazifalari, protsessual majburlov choralarining turlari, jinoyat protsessida shaxs huquqlarini cheklash asoslari va chegaralari, insonning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini cheklash bilan bog‘liq bo‘lgan hamda bevosita ularni cheklash bilan bog‘liq bo‘lmagan jinoyat-protsessual majburlov choralari, ushlab turish, ehtiyot choralari, lavozimdan chetlashtirish, majburiy keltirish, shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish, jinoyat protsessi ishtirokchilarining xavfsizligini ta’minlash, surishtiruvda, dastlabki tergovda va sudda protsessual majburiyatlarni hamda tartibni buzganligi uchun javobgarlik, lavozimdan chetlashtirish asoslari, uni qo‘llash va uning ustidan shikoyat qilish tartibi, amal qilish muddati, ayrim toifadagi mansabdor shaxslarni lavozimidan chetlashtirish tartibi, qonunga xilof ravishda lavozimdan chetlashtirish oqibatida yetkazilgan ziyonni qoplash qoidalari, lavozimidan chetlashtirish to‘g‘risida iltimosnoma qo‘zg‘atish haqidagi qaror to‘g‘risida atroflicha ma’lumot olishga imkon beradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

COMPLIANCE WITH LEGALITY IN THE APPLICATION OF MEASURES "EXCLUSION

This article states that the Constitution of the Republic of Uzbekistan is based on democratic, universal principles, according to which a person, his life, his freedom, his dignity and other inalienable rights are recognized as the highest value, and these democratic rights and freedoms are directly It was noted that protection by the Constitution and laws is the constitutional and legal basis for the application of coercive measures of criminal procedure. This article also deals with the concept, essence and tasks of criminal procedural coercion, types of coercive procedural measures, grounds and limits of restriction of individual rights in criminal proceedings, restriction of constitutional human rights and freedoms and directly related to their restriction. non-criminal coercive measures, detention, precautionary measures, dismissal, forcible transfer, placement of a person in a medical institution, ensuring the safety of participants in criminal proceedings, liability for violation of procedural obligations and procedures in the inquiry, preliminary investigation and court, grounds for dismissal, the procedure for its application and appeal, the period of validity, the procedure for dismissal of certain categories of officials, the rules for compensation for damage caused by unlawful dismissal, dismissal t allows you to get detailed information about the decision to file a petition.

Текст научной работы на тему «LAVOZIMDAN CHETLASHTIRISH MAJBURLOV CHORASINI QO‘LLASHDA QONUNIYLIKKA RIOYA ETISH»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

О

R

VOLUME 2 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

LAVOZIMDAN CHETLASHTIRISH MAJBURLOV CHORASINI QO'LLASHDA QONUNIYLIKKA RIOYA ETISH

Maxmudov Muzaffar Maksud o'g'li

Toshkent davlat yuridik universiteti magistranti muzaffarmaxmudov2430@gmail .com

Mazkur maqolada O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi demokratik, umuminsoniy prinsiplarga asoslanishi, ularga ko'ra inson, uning hayoti, uning erkinligi, sha 'ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat deb e'tirof etilganligi va bu demokratik huquq va erkinliklar bevosita Konstitutsiya va qonunlar bilan himoya qilinishi, Jinoyat-protsessual majburlov choralarini qo'llashning konstitutsiyaviy-huquqiy asosi hisoblanishi haqida ma'lumotlar berib o'tildi.

Shuningdek, ushbu maqola jinoyat protsessual majburlov tushunchasi, mohiyati va vazifalari, protsessual majburlov choralarining turlari, jinoyat protsessida shaxs huquqlarini cheklash asoslari va chegaralari, insonning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini cheklash bilan bog'liq bo'lgan hamda bevosita ularni cheklash bilan bog'liq bo'lmagan jinoyat-protsessual majburlov choralari, ushlab turish, ehtiyot choralari, lavozimdan chetlashtirish, majburiy keltirish, shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish, jinoyat protsessi ishtirokchilarining xavfsizligini ta 'minlash, surishtiruvda, dastlabki tergovda va sudda protsessual majburiyatlarni hamda tartibni buzganligi uchun javobgarlik, lavozimdan chetlashtirish asoslari, uni qo 'llash va uning ustidan shikoyat qilish tartibi, amal qilish muddati, ayrim toifadagi mansabdor shaxslarni lavozimidan chetlashtirish tartibi, qonunga xilof ravishda lavozimdan chetlashtirish oqibatida yetkazilgan ziyonni qoplash qoidalari, lavozimidan chetlashtirish to'g'risida iltimosnoma qo'zg'atish haqidagi qaror to 'g'risida atroflicha ma 'lumot olishga imkon beradi.

Kalit so'zlar: Konstitutsiyaviy huquq va erkinliklar, Jinoyat-protsessual majburlov choralari, qonuniylik, lavozimdan chetlashtirish, iltimosnoma qo'zg'atish haqidagi qaror, asoslanganlik.

В данной статье говорится, что Конституция Республики Узбекистан основана на демократических, общечеловеческих принципах, согласно которым человек, его жизнь, его свобода, его достоинство и другие неотъемлемые права признаются высшей ценностью, и эти демократические права и свободы Непосредственно было отмечено, что защита Конституцией и законами

ANNOTATSIYA

АННОТАЦИЯ

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

О

R

VOLUME 2 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

является конституционно-правовой основой для применения принудительных мер уголовно-процессуального характера.

В данной статье также рассматриваются понятие, сущность и задачи уголовно-процессуального принуждения, виды мер процессуального принуждения, основания и пределы ограничения прав личности в уголовном судопроизводстве, ограничение конституционных прав и свобод человека и непосредственно связанные с их ограничением. меры уголовно-правового принуждения, задержание, меры пресечения, увольнение, принудительный перевод, помещение лица в лечебное учреждение, обеспечение безопасности участников уголовного судопроизводства, ответственность за нарушение процессуальных обязанностей и процедур в дознании, предварительном следствии и суде, основания об увольнении, порядок его заявления и обжалования, срок действия, порядок увольнения отдельных категорий должностных лиц, правила возмещения вреда, причиненного незаконным увольнением, увольнением позволяет получить подробную информацию о решении о подаче петиции.

Ключевые слова: конституционные права и свободы, меры уголовно-процессуального принуждения, законность, увольнение, ходатайство, решение, обоснованность.

This article states that the Constitution of the Republic of Uzbekistan is based on democratic, universal principles, according to which a person, his life, his freedom, his dignity and other inalienable rights are recognized as the highest value, and these democratic rights and freedoms are directly It was noted that protection by the Constitution and laws is the constitutional and legal basis for the application of coercive measures of criminal procedure.

This article also deals with the concept, essence and tasks of criminal procedural coercion, types of coercive procedural measures, grounds and limits of restriction of individual rights in criminal proceedings, restriction of constitutional human rights and freedoms and directly related to their restriction. non-criminal coercive measures, detention, precautionary measures, dismissal, forcible transfer, placement of a person in a medical institution, ensuring the safety of participants in criminal proceedings, liability for violation ofprocedural obligations and procedures in the inquiry, preliminary investigation and court, grounds for dismissal, the procedure for its application and appeal, the period of validity, the procedure for dismissal of certain categories of officials, the rules for compensation for damage

ABSTRACT

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

caused by unlawful dismissal, dismissal t allows you to get detailed information about the decision to file a petition.

Keywords: Constitutional rights and freedoms, criminal procedural coercive measures, legality, dismissal, petition decision, validity.

O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 19-moddasida, "Fuqarolarning Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlab qo'yilgan huquq va erkinliklari daxlsiz hisoblanadi, ulardan sud qarorisiz mahrum etishga yoki ularni cheklab qo'yishga hech kim haqli emas", - deb ta'kidlangan. Ushbu konstitutsiyaviy qoida umume'tirof etilgan xalqaro huquqiy normalarda ham alohida band sifatida belgilanganligini ham ta'kidlash lozim.

Jumladan, 1966-yilda qabul qilingan "Fuqarolik va siyosiy huquqlar to'g'risidagi xalqaro Pakt"ning 9-moddasida "Har bir inson erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqiga ega. Bu huquqlar faqatgina sud qarori orqaligina cheklanishi mumkinligi", - qayd etilgan [1].

Aytish mumkinki, muayyan bir jinoyat ishini yuritishda fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini turli darajada cheklovchi majburlov choralari qo'llaniladi hamda mazkur choralarni qo'llamasdan turib, adolat mezoniga erishib bo'lmaydi. Sodir etilgan jinoyat uchun tayinlanadigan jazo choralari insonning tabiiy huquqlarini jiddiy darajada cheklaydi. Shaxsning aybdorligi o'z isbotini topgan hollarda esa sud qaroriga asosan jinoiy jazo choralarini qo'llash davlatning adolatli va asoslangan harakatlaridan biri hisoblanadi. Bunday hollarda Davlat inson huquqlarini cheklashga nafaqat haqli, balki majbur ham hisoblanadi.

Shuni ta'kidlash kerakki, Protsessual majburlov choralari deganda, jinoyat-protsessual qonunchilikda nazarda tutilgan majburlov xususiyatidagi vositalar tushunilib, ular jinoyat ishi yuritilishi uchun mas'ul bo'lgan davlatning vakolatli organlari va mansabdor shaxslari tomonidan faqatgina qonunda belgilangan tartibda va asoslar mavjud bo'lgan taqdirdagina qo'llaniladi. Jinoyat Protsessual majburlov choralari, qonun talablarini bajarmaydigan shaxslarga nisbatan yoki muayyan huquqbuzarlikning oldini olish uchun davlat majburlovini qo'llash imkoniyatini nazarda tutadi. Shu sababli, muayyan shaxslar xulq-atvoriga ta'sir etish usullari sifatida qo'llaniladigan jinoyat protsessual majburlov choralari "Jinoyat Protsessual majburlov choralari" - deb, ataladi.

Protsessual majburlov choralari davlat funksiyalarining ajralmas qismi sifatida qonun ustuvorligini amalga oshirishni ta'minlash uchun mo'ljallangan. Jinoyat-

KIRISH

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

protsessual qonunchiligida belgilangan holatlarda davlatning majburlash choralari, shuningdek, ularning yordami bilan protsess ishtirokchilarining jinoyat protsessi manfaatlarini kafolatlashi uchun to'g'ri xatti-harakatlarini ta'minlash maqsadida tarbiyaviy va tushuntirish xarakteridagi choralardan qat'iy nazar qo'llaniladi.

Protsessual majburlov choralari O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida belgilangan inson va fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini sezilarli darajada cheklash bilan bog'liqligini hisobga olsak, jinoyat protsessida faqat qonun bilan qat'iy belgilangan hollarda, qonuniyligi va uning qo'llanilishining asosliligi kafolatlangan taqdirda, yo'l qo'yiladi.

Jinoyat-protsessual majburlov choralari - bu ish bo'yicha ish yuritayotgan organlarning jinoyat protsessual qonunchiligida ko'zda tutilgan qarorlari va harakatlari bo'lib, protsessning boshqa ishtirokchilarining o'z xohishlariga qarshi huquqlarini cheklaydi[2].

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR

Jinoyat protsessual majburlov choralari, xususan lavozimdan chetlatish bir qancha O'zbek huquqshunos olimlarining o'rganish predmetiga aylangan. Jumladan, majburlov choralarining o'ziga xos jihatlariga G.Tulaganova, V.Davlyatov, B.Salomov, M.Rustambayev, D.Bazarova va boshqalarning ishlarida to'xtalib o'tilgan.

Dastlabki tergov va sud bosqichida majburlov choralari bilan bog'liq masalalar bir qator rus olimlari - B.Bulatova, N.Bushnoy, O.Grechishnikova, K.Zaderako, E.Kutuevalarning tadqiqot obyektlaridan biri bo'lgan.

G'arbiy Yevropa davlatlarida jinoyat protsessida majburlov choralarini qo'llash masalalarini xalqaro huquqiy tartibga solish va ularni tatbiq etish masalalari huquqi Professor Sandra Kaija, Viktoras Justickis, Janis Teivans-Treinovskis asarlarida ko'rib chiqilgan.

Maqolaning metodologik asosi majburlov choralari qo'llaniladigan protsess ishtirokchilariga nisbatan majburlov ta'sirining obyektiv va subyektiv mezonlarining umumiy usullari hisoblanadi. Maqolada umumiy ilmiy usullar (mantiqiylik, tizimlilik, statistik, tuzilmaviy-funksionallik, induksiya va deduksiya), maxsus usullar (sud statistikasi, qiyosiy-huquqiy) va xususiy ilmiy usullardan (rasmiy) foydalanilgan.

MUHOKAMA

Jinoyat-protsessual majburlash choralari tabiatan bir xil emas va ularni qo'llash turli maqsadlarni ko'zlaydi. Ulardan ba'zilari ayblanuvchining (gumon qilinuvchining) jinoiy faoliyatini davom ettirishiga, tergovdan yoki sud jarayonidan

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

yashirinishga yoki protsessual faoliyatga to'sqinlik qilishga yo'l qo'ymaslik uchun mo'ljallangan. Ba'zilari shaxslarni tergov yoki sud organlariga yetkazib berish zarurati bilan bog'liq.

Huquqiy davlatda protsessual majburlash choralarini qo'llash fuqaro huquqlarini cheklashning haqiqiy ehtiyojidan qay darajada kelib chiqqanligi muhim ahamiyatga ega. Fuqaro huquqlari va erkinliklarini eng kam cheklash bilan jinoiy ish yuritishning maqsadlariga erishish kerak. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, shuningdek amaldagi jinoyat-protsessual qonunchiligi buning uchun muhim protsessual kafolatlarni belgilaydi.

O'zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksida "Protsessual majburlov" - deb, nomlangan maxsus 4-bo'lim ajratilgan bo'lib, mazkur bo'limda shaxsning huquqlarini cheklash asoslari va chegaralari aniq belgilanib, muayyan majburlov choralar tizimi, ya'ni majburlov choralarining turlari va qo'llash uchun asoslar aks ettirilgan.

Jumladan:

• ushlab turish;

• ehtiyot choralari;

• lavozimdan chetlashtirish;

• majburiy keltirish;

• tibbiy muassasaga joylashtirish;

• protsess ishtirokchilarining xavfsizligini ta'minlash va sudda protsessual majburiyatlar hamda tartibni buzganlik uchun javobgarlik[3].

Muayyan jinoyat protsessual majburlov chorasi faqat uni tanlash zarurligini taqozo etuvchi vaziyat mavjudligida qo'llanilishi mumkin. Bunday vaziyat bor yoki yo'qligi har bir alohida holda qonun yoki bu protsessual majburlov chorasidan foydalanish bilan bog'laydigan haqiqiy xususiyatdagi ma'lumotlar yig'indisi bilan belgilanadi. U yoki bu jinoyat-protsessual majburlov chorasini qo'llash zarurligi to'g'risidagi xulosa chiqarishga imkon beruvchi haqiqiy ma'lumotlar (dalillar) yig'indisi uni qo'llash uchun yetarli asos hisoblanadi.

Jinoyat-protsessual majburlash choralari quyidagi belgilarga ega:

• fuqarolarning irodasi va xohishlariga zid ravishda amalga oshiriladi yoki ularning huquqlarini obyektiv tarzda cheklaydi;

• muayyan majburlov chorasi ish yurituvchi mansabdor shaxslar va organlarning qarori bilan protsessning qolgan ishtirokchilariga nisbatan qo'llaniladi;

•jinoyat-protsessual qonunchiligi bilan tartibga solinadi.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

NATIJA

Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining 23-moddasida "Har bir shaxs mehnat qilish, kasb tanlash, qulay ish sharoitlarini talab qilish va ishsizlikdan himoya qilinish huquqiga ega", - ekanligi ham ta'kidlangan.

Ushbu norma Konstitutsiyamizning 37-moddasida ham o'z ifodasini topganligini ko'rishimiz mumkin. Xususan, har bir shaxs mehnat qilish, erkin kasb tanlash, adolatli mehnat sharoitlarida ishlash va qonunda ko'rsatilgan tartibda ishsizlikdan himoyalanish huquqiga ega ekanligi alohida belgilangan[4].

O'zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 29-bobi lavozimdan chetlashtirish majburlov chorasiga bag'ishlangan bo'lib, ushbu turdagi majburlov jinoyat-protsessual majburlov choralari orasida alohida o'rin tutadi. Ya'ni shaxs va fuqaroning mehnat huquqlarini bevosita cheklaydi.

Aytish lozimki, ushbu majburlov chorasi faqat mansabdor shaxslarga emas, balki har qanday toifadagi shaxslarga nisbatan qo'llanilishi mumkin.

Mazkur protsessual majburlov chorasi ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish ehtiyot choralariga juda yaqinlashadi, lekin u protsessual majburlov choralarining mustaqil turi hisoblanadi. Chunki u ehtiyot choralariga mansub bo'lgan erkinlik va shaxsiy daxlsizlikni emas, balki faoliyat turi va kasb tanlash kabi konstitutsiyaviy huquqni cheklaydi.

Jinoyat-protsessual qonunchilik ayblanuvchi yoki sudlanuvchini mulkchilik shaklidan qat'i nazar, har qanday korxona va tashkilotda (davlat, xususiy) egallab turgan har qanday lavozimidan chetlashtirish mumkinligi belgilab beradi. Lavozimdan chetlashtirish vaqtincha qo'llanadigan chora bo'lib, u faqat dastlabki tergov va sudda muhokamasi davrida, ya'ni majbrlov chorasini qo'llash uchun asos bo'lgan holatlar bekor bo'lguniga qadar o'tgan vaqt mobaynida qo'llaniladi.

Lavozimdan chetlashtirish o'z tabiatiga ko'ra, O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 47-moddasida nazarda tutilgan xizmat bo'yicha cheklashga ham qisman o'xshaydi, lekin ular qo'llanish maqsadlari bo'yicha bir-biridan keskin farq qiladi. Xizmat bo'yicha cheklash jazo chorasi bo'lib, u faqat harbiy xizmatchilarga nisbatan qo'llanilsa, lavozimdan chetlashtirish har qanday ayblanuvchi, sudlanuvchiga nisbatan qo'llanadigan protsessual majburlov chorasi hisoblanadi.

Lavozimdan chetlashtirish majburlov chorasini qo'llash bir nechta protsessual bosqichlarni o'z ichiga olgan bo'lib, uni qo'llash amaldagi qonunchilik normalariga asosan, sud tartibida amalga oshiriladi[5].

O'zbekiston Respublikasining 2012-yil 18-sentabrdagi "Sud-huquq tizimi yanada isloh qilinishi munosabati bilan O'zbekiston Respublikasining ayrim qonun

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

hujjatlariga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida"gi 335-sonli Qonuni bilan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 256-moddasiga kiritilgan o'zgarishlarga muvofiq, ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish uchun asoslar mavjud bo'lganda prokuror, tergovchi va surishtiruvchi ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish to'g'risida iltimosnoma qo'zg'atish haqida mazkur protsessual majburlov chorasini qo'llash asoslarini bayon etgan holda qaror chiqarishi belgilangan.

Shu bilan birga, surishtiruvchining yoki tergovchining sudga mansabdan vaqtincha chetlashtirish to'g'risida iltimosnoma qo'zg'atish to'g'risidagi qarori asoslantirilgan bo'lishi va unda mazkur majburlov chorasini qo'llash uchun aniq asoslar (jumladan, lavozimidan chetlashtiriladigan shaxs haqidagi ma'lumotlar; uning ish joyi; lavozimdan chetlashtirish asoslari) bo'lishi kerak. Shuningdek, bu asoslar surishtiruv yoki tergov organlari tomonidan isbotlash yo'li bilan aniqlangan aniq faktlardan kelib chiqishi kerak. Surishtiruvchi yoki tergovchi o'z iltimosiga jinoyat ishi materiallarining, shu jumladan protsessual majburlov chorasini qo'llash uchun asoslar mavjudligini tasdiqlovchi dalillarning nusxalarini ilova qilishi shart.

Keyingi bosqichda, tergovchi, surishtiruvchining ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish to'g'risida iltimosnoma qo'zg'atish haqidagi qarori va zarur materiallari prokurorga yuboriladi. Prokuror ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish to'g'risidagi iltimosnomaning asosliligini tekshirib, unga rozi bo'lgan taqdirda, ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish to'g'risida iltimosnoma qo'zg'atish haqidagi qarorni va zarur materiallarni sudga yuboradi hamda mazkur sud tomonidan shaxsni lavozimdan chetlashtirish masalasi qirq sakkiz soatdan kechiktirmasdan yopiq sud majlisida ko'rib chiqilib, ushbu majburlov chorasini qo'llash yoki uni rad etish to'g'risida ajrim chiqaradi. Mazkur ajrim shaxs faoliyat yuritayotgan korxona, muassasa, tashkilot rahbari uchun majburiy bo'lib, rahbar ajrimni olishi bilan darhol uni ijro etish choralarini ko'rishi zarur.

O'zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 260-moddasi, lavozimdan chetlashtirilayotgan shaxslarning huquqiy kafolatlaridan biri bo'lib, unga muvofiq, shaxsning lavozimidan qonunga xilof ravishda chetlashtirilgani oqibatida yetkazilgan ziyon, basharti keyinchalik unga nisbatan oqlov hukmi chiqarilgan yoki jinoyat ishi O'zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 83-moddasida nazarda tutilgan asoslarga ko'ra tugatilgan bo'lsa, to'la hajmda qoplanishi qayd etilgan. Mazkur norma mamlakatimizda huquq sohalarining inson huquqlarini qay darajada yuksak qadirlashini, inson qadri har qanday holatda ham ulug'lanishini yaqqol isboti hisoblanadi[6].

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

XULOSA

O'zbekiston Respublikasida inson huquq, erkinlik va manfaatlarini muhofaza qilish, bevosita sud-huquq tizimini yanada takomillashtirish masalalariga katta e'tibor qaratilmoqda. Xususan, 2008-yilning 1-yanvaridan e'tiboran O'zbekistonda, "Xabeas korpus" institutining tatbiq etilishi, O'zbekistonning sud-huquq sohasi bo'yicha xalqaro hamjamiyat orasida nufuzini yanada oshirishiga xizmat qildi. Milliy sud-huquq tizimini isloh etishning mantiqiy davomi hisoblanuvchi sud hokimiyati mustaqilligini mustahkamlash masalalari jinoyat ishlari yurituvining sudga qadar bosqichlarida sud nazoratini kengaytirish choralaridan biri bo'ldi. Xususan, lavozimdan chetlashtirish va tibbiy muassasaga joylashtirish tarzidagi protsessual majburlov choralari faqat sudyaning sanksiyasi asosida qo'llash tartibi qonunan mustahkamlandi.

Lekin shuni ta'kidlash kerakki, Amaldagi Jinoyat-protsessual qonunchilikda ayblanuvchi, sudlanuvchini lavozimidan chetlashtirish uchun aniq asoslar belgilanmagan. Ya'ni O'zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 255-moddasida ko'rsatilgan asoslar jumladan, ayblanuvchi, sudlanuvchi o'z ish joyida qolsa, jinoyat ishi bo'yicha haqiqatni aniqlashga yoki jinoyat oqibatida yetkazilgan zararning o'rnini qoplashga to'sqinlik qilishi yoxud jinoiy faoliyatini davom ettirishi kabi asoslar barcha majburlov choralari uchun umumiy bo'lib, majburlov choralarining alohida turlarida masalan, lavozimdan chetlashtirishda mazkur asoslar ayrim tarzda belgilanmagan.

Bizning fikrimizcha, umumiy asoslar quyidagicha belgilanishi ya'ni:

1) shaxs mansabni egallab turib, jinoiy faoliyat bilan shug'ullanishni davom ettirishi va ijtimoiy xavfli qilmish sodir etishi;

2) shaxs ish bo'yicha haqiqatni aniqlashga to'sqinlik qilishi:

a) jabrlanuvchilarga, guvohlarga, jinoyat protsessining boshqa ishtirokchilariga, shu jumladan unga bo'ysunuvchi shaxslarga ta'sir ko'rsatishi;

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

b) ish bo'yicha dalillarni yo'q qilishi;

3) agarda shaxs muayyan lavozim yoki muayyan faoliyat bilan shug'ullanishi hukmning to'g'ri bajarilishiga to'sqinlik qilishi mumkin degan xulosaga kelgan taqdirda, lavozimdan chetlashtirish majburlov choralari qo'llanilishini alohida belgilanishi maqsadga muvofiq hisoblaymiz.

Shuningdek, shuni aytish mumkinki, O'zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining amaldagi taxriri ayblanuvchiga ham, gumon qilinuvchiga nisbatan ham lavozimdan chetlashtirish tartibini nazarda tutadi. Binobarin, surishtiruv va tergov organlariga bunday ehtiyoj ayblov qo'zg'atilishidan oldin ham paydo

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

bo'lishi mumkin. Lekin, amaldagi qonunchilikda lavozimdan chetlashtirish majburlash chorasini ehtiyot choralari bilan, jumladan qamoqqa olish yoki uy qamog'i bilan bir qatorda qo'llash bo'yicha hech qanday taqiq mavjud emas.

Shu bilan birga, tergov va surishtiruv organlarining qamoqqa olish yoki uy qamog'i tarzidagi ehtiyot chorasini tanlashdan keyin yoki ular bilan birga lavozimidan chetlashtirish to'g'risida sudga murojaat qilishiga hech qanday to'siq yo'q. Ushbu majburlov chorasini qo'llash ehtiyot chorasi bilan bir qatorda dastlabki tergovni xolis va har tomonlama o'tkazishga, shuningdek, jinoyat ishi bo'yicha ish yuritishga to'sqinlik qiluvchi jinoiy faoliyatning davom etishiga chek qo'yishga xizmat qiladi.

ADABIYOTLAR RO'YXATI

1. 16.12.1966-yildagi "Fuqaroviy va siyosiy huquqlar to'g'risida"gi Xalqaro pakt; URL: https://lex.uz/docs/-2640479;

2. Kalinovskiy K.B, Smirnov A.V Jinoyat protsessi bo'yicha qo'llanma. - SPb.: Piter, 2003. - 45 b.

3. Jinoyat-protsessual huquqi. Umumiy qism. Darslik. // Mualliflar jamoasi. / yu.f.d., dots. G.Z.To'laganova va yu.f.n., dots. S.M.Raxmonovalarning umumiy tahriri ostida -Toshkent: TDYU nashriyoti, 2016. - 468 b;

4. O'zbekiston Respublikasining 1992-yil 8-dekabrda qabul qilingan Konstitutsiyasi URL: https://lex.uz/docs/4032775;

5. O'zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga sharhlar. Mas'ul muharrir prof. G'.A. Abdumajidov. - T.: TDYI nashriyoti, 2009. - 950 b;

6. O'zbekiston Respublikasining Jinoyat protsessual kodeksi. (Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 03/21/667/0035-son; 13.01.2022y. 03/21/673/0112-son);

7. To'laganova G.Z. Jinoyat protsessida protsessual majburlov va uning o'ziga xos xususiyatlari. Monografiya / prof. G'.A. Abdumajidov tahriri ostida. -T.: TDYI, 2009. -B.156-187;

8. Jinoyatlarni tergov qilish metodikasi: Ma'ruzalar kursi /D.M.Mirazov, X.A.Turabbayev, Sh.T.Jumanov va boshq. - T.: O'zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2017. - 210 b;

REFERENCES:

1. International Covenant on Civil and Political Rights of 16.12.1966; URL: https://lex.uz/docs/-2640479;

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

2. Kalinovsky KB, Smirnov AV Guide to criminal procedure. - SPb .: Peter, 2003. -45 b.

3. Criminal procedure law. General section. Textbook. // Team of authors. / yu.f.d., dots. G.Z.Tulaganova and Yu.f.n., docent Under the general editorship of SM Rakhmonova - Tashkent: TSU Publishing House, 2016. - 468 p .;

4. The Constitution of the Republic of Uzbekistan, adopted on December 8, 1992 y. URL: https://lex.uz/docs/4032775;

5. Comments on the Code of Criminal Procedure of the Republic of Uzbekistan. Editor-in-Chief Prof. G.A. Abdumajidov. - T .: TSUL Publishing House, 2009. - 950 p .;

6. Criminal Procedural Code of The Republic of Uzbekistan from 01.04.1995 y. URL: https://lex.uz/docs/-111460;

7. Tolaganova G.Z. Procedural coercion in criminal proceedings and its peculiarities. Monograph / prof. G.A. Edited by Abdumajidov. -T .: TDYI, 2009. -P.156-187;

8. Methods of criminal investigation: Course of lectures /D.M.Mirazov, H.A.Turabbayev, Sh.T.Jumanov and others. - T .: Academy of the Ministry of Internal Affairs of the Republic of Uzbekistan, 2017. - 210 p .;

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.