Научная статья на тему 'EHTIYOT CHORALARINI QO‘LLASHDA QONUNIYLIKKA RIOYA ETISH'

EHTIYOT CHORALARINI QO‘LLASHDA QONUNIYLIKKA RIOYA ETISH Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
620
89
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
sud-huquq islohotlari / qonuniylik / ehtiyot choralari / ushlab turish / qamoqqa olish / uy qamog„i / lavozimdan chetlashtirish / shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish / asoslanganlik.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Dilshodjon Maxamadalievich Qurbonov

Olib borilayotgan sud-huquq islohotlarining asosiga qonun ustuvorligi, fuqarolarning qonun oldida tengligi, insonparvarlik, adolatlilik va aybsizlik prezumpsiyasi kabi konstitutsiyaviy prinsiplar poydevor qilib qo„yilgan. 2017-2021 yillarda O„zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo„nalishi bo„yicha Harakatlar strategiyasining ijrosi yuzasidan sud hokimiyatining chinakam mustaqilligi va erkinligini ta'minlash, odil sudlovning sifativa shaffofligini oshirish, “Xabeas korpus” institutini qo„llashni kengaytirishni, shuningdek dastlabki tergov davomida ehtiyot choralarini qo„llashda qonuniylikka qat'iy rioya qilinishini nazarda tutuvchi qonun hujjatlari qabul qilindi. Sud-huquq tizimini yanada liberallashtirishning eng muhim vazifasi sudgacha tergov bosqichida fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlarini samarali himoya qilish bo„yicha sud vakolatlarini kengaytirish, eng avvalo, qamoqqa olishga sanksiya berish huquqini prokuratura organlaridan sudlarga o„tkazilgani, ushbu chora fuqarolarning erkinlik va shaxsiy daxlsizlik borasidagi konstitutsiyaviy huquqlari himoya qilinishi samaradorligini sezilarli darajada oshirish imkonini berdi. Maqolada dastlabki tergov jarayonida ehtiyot choralarini qo„llashda qonuniylikka rioya etish masalalari tahlil qilingan, ehtiyot choralarini qo„llashning qonuniyligi va asoslanganligi tushunchalarining o„zaro mutanosibligi yoritilgan, qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «EHTIYOT CHORALARINI QO‘LLASHDA QONUNIYLIKKA RIOYA ETISH»

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 3 | March, 2022 | SJIFactor: 5,965 | UIF: 7,6 | Google Scholar | www.carjis.org

DOI: 10.24412/2181-2454-2022-3-109-114

EHTIYOT CHORALARINI QO'LLASHDA QONUNIYLIKKA

RIOYA ETISH

Dilshodjon Maxamadalievich Qurbonov

O'zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi "Jazoni ijro etish" departamenti Tashkiliy boshqarma boshlig'i o'rinbosari

ANNOTATSIYA

Olib borilayotgan sud-huquq islohotlarining asosiga qonun ustuvorligi, fuqarolarning qonun oldida tengligi, insonparvarlik, adolatlilik va aybsizlik prezumpsiyasi kabi konstitutsiyaviy prinsiplar poydevor qilib qo'yilgan.

2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasining ijrosi yuzasidan sud hokimiyatining chinakam mustaqilligi va erkinligini ta'minlash, odil sudlovning sifativa shaffofligini oshirish, "Xabeas korpus" institutini qo'llashni kengaytirishni, shuningdek dastlabki tergov davomida ehtiyot choralarini qo'llashda qonuniylikka qat'iy rioya qilinishini nazarda tutuvchi qonun hujjatlari qabul qilindi.

Sud-huquq tizimini yanada liberallashtirishning eng muhim vazifasi sudgacha tergov bosqichida fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlarini samarali himoya qilish bo'yicha sud vakolatlarini kengaytirish, eng avvalo, qamoqqa olishga sanksiya berish huquqini prokuratura organlaridan sudlarga o'tkazilgani, ushbu chora fuqarolarning erkinlik va shaxsiy daxlsizlik borasidagi konstitutsiyaviy huquqlari himoya qilinishi samaradorligini sezilarli darajada oshirish imkonini berdi.

Maqolada dastlabki tergov jarayonida ehtiyot choralarini qo'llashda qonuniylikka rioya etish masalalari tahlil qilingan, ehtiyot choralarini qo'llashning qonuniyligi va asoslanganligi tushunchalarining o'zaro mutanosibligi yoritilgan, qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflar berilgan.

Kalit so'zlar: sud-huquq islohotlari, qonuniylik, ehtiyot choralari, ushlab turish, qamoqqa olish, uy qamog'i, lavozimdan chetlashtirish, shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish, asoslanganlik.

KIRISH

Mamlakatimiz Konstitutsiyasida rasmiy darajada O'zbekiston Respublikasida inson va davlat o'rtasidagi munosabatlarning yangi modeli mustahkamlangan. Endilikda inson huquq va erkinliklari oliy qadriyat sifatida e'tirof etilib, ularga rioya etish va himoya qilish endilikda davlatning majburiyati etib belgilandi. Bugungi

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 3 | March, 2022 | SJIFactor: 5,965 | UIF: 7,6 | Google Scholar | www.carjis.org

DOI: 10.24412/2181-2454-2022-3-109-114

kunda ushbu prinsipning huquqni qo'llash amaliyotida ustuvorligini ta'minlashga qaratilgan sud huquq islohotlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Erishilgan ijobiy natijalar qatoriga halqaro standartlarga javob beradigan amaldagi JPKning qabul qilinganligini, jinoiy jazolarni liberallashtirish orqali davlat va shaxs munosabatlarining tengligiga erishilganligini, bir qator protsessual majburlov va ehtiyot choralarini qo'llashga ruxsat berish huquqini sudlarga o'tkazilganligini, advokatura institutini takomillashtirish orqali shaxsning himoyalanish huquqi dunyoning eng ilg'or mamlakatlari qonunlariga tenglashtirilganligini e'tirof etish joiz.

Shu bilan birga mamlakatimizda qonun ustuvorligi va uni ta'minlashga qaratilgan bir qator ijobiy ishlar amalga oshirildi. Qonunning ustuvorligi - huquqiy davlatning asosiy prinsipidir. U hayotning barcha sohalarida qonunning qat'iyan hukmronligini nazarda tutadi. Qonun oldida hamma barobardir. Qonunning ustuvorligi shuni bildiradiki, asosiy ijtimoiy, eng avvalo, iqtisodiy munosabatlar faqat qonun bilan tartibga solinadi, uning barcha qatnashchilari esa hech bir istisnosiz huquq normalarini buzganligi uchun javobgar bo'ladi.

ADABIYOTLAR TAHLILI

O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 19-moddasida «Fuqarolarning Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlab qo'yilgan huquq va erkinliklari daxlsizdir, ulardan sud qarorisiz mahrum etishga yoki ularni cheklab qo'yishga hech kim haqli emas», deya ta'kidlangan. Ushbu konstitutsiyaviy qoida umume'tirof etilgan halqaro huquqiy standartlarda ham aks ettirilganligini tan olish kerak. Xususan, 1966 yilda qabul qilingan «Fuqarolik va siyosiy huquqlar to'g'risidagi xalqaro Pakt»ning 9-moddasi 3-qismiga asosan «Jinoiy ayblov bilan qamalgan yoki ushlangan har bir shaxs sudya yoki qonun bo'yicha sud hokimiyatini amalga oshirish huquqi bo„lgan boshqa mansabdor shaxs huzuriga keltirilishi va ayblanayotgan shaxs oqilona muddat ichida ishi sudda ko„rilishi yoki ozod qilinishini talab qilish huquqiga ega»ligi qayd etilgan.

Shu bilan birga, muayyan hollarda jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan qonun xujjatlarida belgilangan asoslar va tartibda muayyan protsessual majburlov va ehtiyot choralari qo„llanilishi mumkin.

O„zbekiston Respublikasining JPKga muvofiq sudga qadar ish yuritish va sud muhokamasi davrida gumon qilinuvchi, ayblanuvchi va sudlanuvchi surishtiruv, dastlabki tergov va suddan bo„yin tovlashini oldini olish, ularning keyingi jinoiy faoliyatiga chek qo„yish, ularning ish bo„yicha haqiqatni aniqlashga xalal beradigan urinishlariga yo„l qo„ymaslik, hukmning ijro etilishini ta'minlash maqsadida ehtiyot

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 3 | March, 2022 | SJIFactor: 5,965 | UIF: 7,6 | Google Scholar | www.carjis.org

DOI: 10.24412/2181-2454-2022-3-109-114

choralari qo'llaniladi.

Ehtiyot choralaridan qaysi birini qo'llash to'g'risidagi masalani hal qilishda surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, sud JPKning 236-moddasida nazarda tutilgan asoslardan tashqari, qo'yilgan aybning og'irligini, ayblanuvchining shaxsini, mashg'ulot turini, yoshi, sog'lig'i, oilaviy ahvoli va boshqa holatlarni ham hisobga olishi lozim.

Ushbu fikr o'zining mantiqiy yechimini 2005-yil 8-avgustdagi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Qamoqqa olishga sanksiya berish huquqini sudlarga o'tkazish to'g'risida"gi farmoni asosida 2007-yil 11-iyulda qabul qilingan, O'zbekiston Respublikasining "Qamoqqa olishga sanksiya berish huquqining sudlarga o'tkazilishi munosabati bilan O'zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida"gi Qonuni bilan huquqiy yechimini topgan bo'lsa, O'zbekiston Respublikasining 2012-yil 18-sentyabrdagi "Sud-huquq tizimini yanada isloh qilish munosabati bilan O'zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida"gi Qonuni bilan rivojlandi (ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish va shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish protsessual majbulov choralarini qo'llash sudning ruxsati asosida amalga oshirilishi belgilandi), shuningdek O'zbekiston Respublikasining 2014-yil 4-sentyabrdagi "O'zbekiston O'zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida"gi Qonuni (JPKda yangi uy qamog'i ehtiyot chorasining joriy etildi va u sudning ruxsati bilan qo'llanilishi tartibining o'rnatildi) bilan o'zining rivojlanishini davom ettirdi.

Qayd etish kerakki, endilikda mamlakatimizda yuqorida keltirilgan choralarni qo'llashga sanksiya berish huquqining sudlar tomonidan amalga oshirilayotganligi inson huquqlarini himoya qilishda adolat mezoni bo'lib xizmat qilmoqda.

O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining XXII bobiga muvofiq mamlakatimizda odil sudlov faqat sud tomonidan amalga oshiriladi va favqulodda sudlar tashkil etilishiga yo'l qo'yilmaydi. Bugungi kunda dastlabki tergov davomida qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo'llash huquqi faqat sudlarga tegishlidir. Hozirda qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo'llash uchun prokuror, prokurorning roziligi bilan tergovchi tomonidan berilgan iltimosnoma beriladi va uni sud JPKning 243-moddasida belgilangan tartibda ko'rib chiqadi.

MUHOKAMA

Qamoqqa olish - eng og'ir ehtiyot chorasi bo'lib, fuqaroning huquq va

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 3 | March, 2022 | SJIFactor: 5,965 | UIF: 7,6 | Google Scholar | www.carjis.org

DOI: 10.24412/2181-2454-2022-3-109-114

erkinliklarini hamda eng asosiy huquqlaridan biri - shaxsiy erkinlik va daxlsizlik huquqlarini jiddiy ravishda cheklaydi. Shu bois qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi boshqa ehtiyot choralari ayblanuvchi (gumon qilinuvchi)ning munosib xulq-atvorini ta'minlash va jazodan bo'yin tovlashining oldini olish imkoni bo'lmagan hollardagina qo'llanadi. Ayni paytda og'ir va o'ta og'ir jinoyatlarni sodir etgan shaxslarga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasini qo'llamaslik yoki o'z vaqtida qo'llamaslik yangi jinoyatlar sodir etilishiga olib kelishi mumkinligini yoddan chiqarmaslik lozim.

JPKning 242-moddasiga asosan ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olish Jinoyat kodeksida uch yildan ortiq muddatga ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo nazarda tutilgan qasddan sodir etilgan jinoyatlarga doir hamda ehtiyotsizlik oqibatida sodir etilib, buning uchun Jinoyat kodeksida besh yildan ortiq muddatga ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo nazarda tutilgan jinoyatlarga doir ishlar bo'yicha qo'llanilishi mumkin. Ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olish ayblanuvchini (ayrim hollarda - ushlangan gumon qilinuvchini) jamiyatdan majburiy ajratish hamda, dastlabki tergov va jinoyat ishini sudda ko'rib chiqish jarayoni va jazoning ijro etilishini ta'minlash maqsadida, uni maxsus muassasada saqlashdan iborat.

Qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasiga quyidagi belgilar xos:

a) u ayblanuvchiga, ayrim hollarda esa - ushlangan gumon qilinuvchiga nisbatan qo'llaniladi, protsessning boshqa ishtirokchilariga nisbatan esa hech qachon qo'llanilmaydi;

b) uni faqat qo'zg'atilgan jinoyat ishi bo'yichagina qo'llash mumkin;

v) uni qo'llash uchun shaxsning jinoyat sodir etishda ishtirok etganligini tasdiqlovchi dalillar bo'lishi zarur;

g) u jinoyat ishi bo'yicha isbotlash vositasi hisoblanmaydi va ushbu choraning qo'llanilishi o'z-o'zicha shaxsning jinoyat sodir etganligiga dalil bo'lmaydi;

d) shaxsga bir vaqtning o'zida faqat bitta ehtiyot chorasi qo'llanilishi mumkin.

Qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini sodir etilgan jinoyat uchun jazo emas, balki uning asosiy vazifasi - huquqbuzarliklarning oldini olish, chunki ular jinoyat sodir etganlik yoki protsessual qoidani buzganlik uchun emas, balki ayblanuvchi (gumon qilinuvchi) protsessual majburiyatlarni bajarishini ta'minlash va u yangi jinoyatlar sodir etishi, tergov va suddan yashirinishi, ish bo'yicha haqiqatni aniqlashga to'sqinlik qilishga urinishlarining oldini olish uchun qo'llaniladi.

Yuqorida ko'rsatilganlar bilan bir qatorda qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi, alohida hollarda, uch yildan ortiq bo'lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo nazarda tutilgan qasddan sodir etilgan jinoyatlarga doir,

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 3 | March, 2022 | SJIFactor: 5,965 | UIF: 7,6 | Google Scholar | www.carjis.org

DOI: 10.24412/2181-2454-2022-3-109-114

shuningdek ehtiyotsizlik oqibatida sodir etilib, buning uchun besh yildan ortiq bo'lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo nazarda tutilgan jinoyatlarga doir ishlar bo'yicha qo'llanilishi mumkin. Alohida hollarda ushbu ehtiyot chorasi yuqoridagi talablardan istisno tariqasida ham qo'llanilishi mumkin:

1. Ayblanuvchi, sudlanuvchi tergov va suddan yashiringanida;

2. Ushlab turilgan gumon qilinuvchining shaxsi aniqlanmaganida;

3. Ilgari qo'llanilgan ehtiyot chorasi ayblanuvchi, sudlanuvchi tomonidan buzilganida;

4. Ushlab turilgan gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchi, sudlanuvchi O'zbekiston Respublikasida doimiy yashash joyiga ega bo'lmaganida;

5. Jinoyat qamoq yoki ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni o'tash davrida sodir etilganida, deb ko'rsatilgan.

Bu borada ehtiyot choralarini qo'llashning «qonuniyligi» va «asoslanganligi» tushunchalariga izoh berish maqsadga muvofiq.

Qonuniylik tergov organlaridan qonun ularning zimmasiga yuklagan huquq va majburiyatlarni aniq bajarishlarini talab qiladi. Protsessual huquq va majburiyatlarning uzviy aloqadorligi - tergovchi huquqiy maqomining o'ziga xos jihatidir. Masalan, JPKga binoan tergovchi asoslar bo'lgan taqdirda jinoyat ishini qo'zg'atish huquqiga ega. Shu bilan birga, bu uning bevosita majburiyati hamdir. Ushbu majburiyatni bajarmaslik qonuniylikni va xizmat burchini buzish deb baholanadi.

XULOSA

Shu o'rinda ta'kidlash kerakki, qamoqqa olishning «asoslanganligi» shunchalar keng tushunchaki, uning ortida shaxsning O'zbekiston Respublikasining fuqarosi ekanligidan tortib, jinoyatchining xonadonida akvariumda baliqlar qarovsiz qolganligi va ularni boqishga odam yo'qligi holatigacha yetkazib borish mumkin.

Shu bilan birga sud tomonidan shaxsni noqonuniy qamoqqa olinganligi yuzasidan qilgan shikoyati faqat «qonuniylik» nuqtai-nazaridan ko'rib chiqilishi va qonunda joriy qilingan qoidalarga asoslanishi kerak, deb hisoblaymiz. Ya'ni, agar qamoqqa olish to'g'risidagi ajrimni tekshirish jarayonida qamoqqa olish ehtiyot chorasi JPK talablariga zid ravishda, noqonuniy qo'llanilgan bo'lsa shaxsni ozod qilish kerak, agarda JPK talablariga javob bersa, qonuniy ravishda iltimos kiritilgan bo'lsa, shaxsni qamoqqa olishning «maqsadga nomuvofiqligi» yoki «asoslanmaganligi» haqidagi vajlar inobatga olinmasligi lozim.

Shu bilan birga, amaldagi JPKga ushlab turish protsessual majburlov chorasini

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 3 | March, 2022 | SJIFactor: 5,965 | UIF: 7,6 | Google Scholar | www.carjis.org

DOI: 10.24412/2181-2454-2022-3-109-114

noqonuniy qo'llanilganligi yuzasidan shikoyat berish va uni ko'rib chiqish tartibini joriy etish taklif etiladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI

1. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. -T., 2019. 13-modda.

2. Inson huquqlari bo'yicha halqaro shartnomalar: to'plam. -Toshkent, 2004. -B.40.

3. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning "Qamoqqa olishga sanksiya berish huquqini sudlarga o'tkazish to'g'risida"gi farmoni// Xalq so'zi. — 2005. — 9 avg. Zuev S.V. Основы теории электронных доказательств: монография / под ред. докт. юрид. наук С.В. Зуева. М., 2019. С. 253-270.

4. "Qamoqqa olishga sanksiya berish huquqining sudlarga o'tkazilishi munosabati bilan O'zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida"gi Qonuni// O'lim jazosini bekor qilish hamda qamoqqa olishga sanksiya berish huquqini sudlarga o'tkazishga oid normativ -huquqiy hujjatlar to'plami. -T., 2007. -B.18-34.

5. O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2012 y., 38-son, 433-modda.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.