Научная статья на тему 'AYOLLAR TOMONIDAN SODIR ETILGAN ISHTIROKCHILIKDAGI JINOYATLARNI TERGOV QILISH'

AYOLLAR TOMONIDAN SODIR ETILGAN ISHTIROKCHILIKDAGI JINOYATLARNI TERGOV QILISH Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
223
39
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
jinoyat / tergov / tergov qilish jarayoni / so‘roq kilinuvchilar / yuzlashtirish / ayollar jinoyatlari. / crime / investigation / investigation process / interrogators / confrontation / women’s crimes.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Gofurova, Dilafruz Murod Qizi

Tergov va sud amaliyotlari shuni ko‘rsatmoqdaki, ayollar tomonidan sodir etiladigan jinoyatlarning ko‘p qismini ishtirokchilikda sodir etilgan jinoyatlar tashkil etadi. Ushbu maqolada ayollar tomonidan sodir etilgan ishtirokchilikdagi jinoyatlarnining tergov qilinishi yoritib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

INVESTIGATING PARTICIPATORY CRIMES COMMITTED BY WOMEN

Investigations and case studies show that the majority of crimes committed by women are participatory crimes. This article highlights the investigation of participatory crimes committed by women.

Текст научной работы на тему «AYOLLAR TOMONIDAN SODIR ETILGAN ISHTIROKCHILIKDAGI JINOYATLARNI TERGOV QILISH»

AYOLLAR TOMONIDAN SODIR ETILGAN ISHTIROKCHILIKDAGI JINOYATLARNI TERGOV QILISH

Gofurova Dilafruz Murod qizi,

Toshkent davlat yuridik universiteti tayanch doktoranti

ANNOTATSIYA

Tergov va sud amaliyotlari shuni ko'rsatmoqdaki, ayollar tomonidan sodir etiladigan jinoyatlarning ko 'p qismini ishtirokchilikda sodir etilgan jinoyatlar tashkil etadi. Ushbu maqolada ayollar tomonidan sodir etilgan ishtirokchilikdagi jinoyatlarnining tergov qilinishi yoritib berilgan.

Kalit so'zlar: jinoyat, tergov, tergov qilish jarayoni, so'roq kilinuvchilar, yuzlashtirish, ayollar jinoyatlari.

РАССЛЕДОВАНИЕ СОУЧАСТИЯ В ПРЕСТУПЛЕНИЯХ, СОВЕРШЕННЫХ ЖЕНЩИНАМИ

Гофурова Дилафруз Мурод кизи

Докторант (PhD) Ташкентского государственного юридического университета

АННОТАЦИЯ

Расследования и тематические исследования показывают, что большинство преступлений, совершаемых женщинами, достаточно часто носит характер соучастия. В данной статье освещается расследование соучастия в преступлениях, совершенных женщинами.

Ключевые слова: преступление, расследование, следственный процесс, следователи, очная ставка, женские преступления.

INVESTIGATING PARTICIPATORY CRIMES COMMITTED BY

WOMEN

Gofurova Dilafruz Murod kizi

Basic doctoral student of Tashkent State University of Law

ABSTRACT

Investigations and case studies show that the majority of crimes committed by women are participatory crimes. This article highlights the investigation of participatory crimes committed by women.

Keywords: crime, investigation, investigation process, interrogators, confrontation, women's crimes.

Scientific Journal Impact Factor

KIRISH

Bugungi kunga kelib tergov va sud amaliyoti shuni ko'rsatadiki, ayollar tomonidan sodir etiladigan jinoyatlarning ko'p qismini ishtirokchilikda sodir etilgan jinoyatlar tashkil etadi. Buning asosiy sabablaridan biri ular bevosita o'zlarining ba'zan jismonan, ba'zan ruhan zaifligi va ba'zan o'zlarini go'yoki jinoyatdan nari tutib ehtiyotkorlik yuzasidan bajarilishi lozim bo'lgan ijtimoiy xavfli, huquqqa xilof harakat yoki harakatsizlikni boshqa shaxslar ishtirokidan foydalanib sodir etadilar. Statistik ma'lumotlarga qaraganda ishtirokchilikda ayollar tomonidan sodir etilgan jinoyatlarning 40%da ayollar ushbu jinoyatlarda tashkilotchi va yordamchi ishtirokchi sifatida qatnashgan.

Ayol tomonidan ishtirokchilikda sodir etilgan jinoyatlarini tergov qilish jarayonida aniqlanishi kerak bo'lgan holatlar alohida ahamiyatga ega bo'lib, ayol shaxsini jinoyatda aynan qanday vazifani bajarganini aniqlash nafaqat dastlabki va keyingi tergov harakatlarini amalga oshirishning tartibini aniqlashtirib olish, balki unga nisbatan tayinlanadigan jazoga ham bevosita o'z ta'sirini o'tkazadi.

Kriminalistik adabiyotlarda umumiy jihatdan ishtirokchilikda sodir etilgan jinoyatlarda tergovchi tomonidan aniqlanishi lozim bo'lgan dastlabki aniqlanishi lozim bo'lgan holatlar qatoriga quyidagilar kiritilgan:

1) Jinoyat natijasida tajovuz qilingan jinoyatning asosiy va bevosita ob'ekti;

2) Jinoyat tufayli yetkazilgan ziyonning xususiyati va miqdori, jabrlanuvchining shaxsini tavsiflovchi holatlar;

3) Sodir etilgan jinoyatning vaqti, joyi, usuli, shuningdek Jinoyat kodeksida ko'rsatib o'tilgan boshqa holatlari;

4) Huquqqa xilof qilmish va ijtimoiy xavfli oqibatlar o'rtasidagi sababiy bog'lanish;

5) Jinoyatning bir necha shaxs tomonidan tomonidan sodir etilganlik fakti;

6) Jinoyatning sub'ektiv tomonini nimalar tashkil etishi;

7) Barcha ishtirokchilarning ayblanuvchlar ayblanuvchi tariqasidagi shaxsini tavsiflovchi holatlar.

Biz aynan shu umumiylikdan chetga chiqib, jinoyatda ayol kishi bevosita ishtirok etganligi to'g'risida ilgari surilgan versiyani inobatga olib ishtirokchilikdagi jinoyatlar yuzasidan aniqlanishi lozim bo'lgan holatlar jumlasiga quyidagilarni ham kiritishni tavsiya etamiz:

- jinoyat yakka shaxs ayol tomonidan sodir etilganmi yoki ishtirokchilikda sodir etilganlik fakti;

Scientific Journal Impact Factor

-jinoyat ishtirokchilikda sodir etilgan bo'lsa, bu holatda ayol o'z xohishiga ko'ra jinoyatda ishtirok etganmi yohud modniy yoki boshqa jihatdan qaramlik ta'sirida maj buran jinoyatga qo'l urganmi;

- ayol ishtirokchilikdagi jinoyatda bevosita tashkilotchi, bajaruvchi, dalolatsi yoki yordamchi vazifasini bajarganligi;

- jinoyatchi ayolning huquqqa xilof qilmishi va ishtirokchilikda yuzaga kelgan ijtimoiy xavfli oqibatlari o'rtasidagi sababiy bog'lanish bormi;

- ishtirokchi ayolning qasdi jinoyat ishtirokchilarning umumiy qasdi bilan qamrab olinganmi yoki yo'qmi.

Aytib o'tilgan holatlar yig'indisini sinchiklab o'rganish natijasida tergovchi jinoyat ishning holatlarini har tomonlama va to'liq tushunishiga, tergov xarakatlarini olib borish yo'nalishlarini belgilashga asos bo'ladi va teran tekshiruvni o'tkazishga yo'naltiradi.

Shuningdek jinoyatlarni tergov qilish jarayonining dastlabki bosqichida yuzaga kelgan muammoli vaziyatlarni xal qilishning asosiy usuli tergov versiyalarini to'zish va tekshirishdir.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Kriminalistikaga oid adabiyotlarda ishtirokchilikda sodir etilgan jinoyatlar yuzasidan tergovchining versiya yuritish faoliyati uchta tarkibiy elementdan iboratligi ta'kidlanadi:

1. Dastlabki ma'lumotlarni shakllantirish va analiz. Ishtirokchilikda sodir etilgan jinoyatlar yuzasidan tergov versiyasini yuritish uchun jinoyat ishi bo'yicha tergov xarakatlari va tezkor-tadbirlar natijasida olish. Bunda tergov xarakatlari va tezkor tadbirlar o'tkazish yuli bilan jinoyat ishi yuzasidan tekshirilishi lozim bo'lgan ma'lumotlar yigiladi. Analiz qilishda esa, shakllangan ma'lumotlarni jinoyat ishiga taallo'qligi tekshiriladi.

2. Nazariy bazaning shakllanishi. Tergov versiyasining nazariy bazasiga jinoyatning kriminalistik xarakteristikasining kizikarli ma'lumotlari: uning al oxi da tashkil etuvchi elementlarining jami bilimlari bo'lishi mumkin bo'lgan jinoyatning ma'lum darajada to'liq modelini kurishni, xaligacha noma'lum bo'lgan elementlarning mavjudligi to'g'risidagi asosli taxminlarni aytishga, oldindan aybdor shaxsining xarakteristikasi, shuningdek tayyorgarlik kurish, sodir etish va yashirish xarakatlariga oid xolatni anglab olishda ifodalanadi.

3. Versiyalarni shakllantirish va to'zish. Versiya jarayonini uchinchi elementa - evristik takkoslangan anik boshlangich ma'lumotlar faktik bazasi umumlashtirilgan

nazariy bazasiga ijodiy yondashib, o'zaro ta'sir natijasida ananaviy mantikka mos kelmaydigan jixatlar chikarib tashlanadi, shundan kelib chikkan bo'lishi mumkin bo'lgan bilim tergov versiyasidir.1

Ishtirokchilikda sodir etilishi mumkin bo'lgan muayyan jinoyat haqida xabar kelib tushgan vaqtdan boshlab tergovchi dastlabki versilarni tuza boshlaydi. Masalan, ayol ishtirok etgan ishtirokchilikdagi jinoyatlar yuzasidan tergovchi quyidagi dastlabki versiyalarni tuzishi mumkin.

• Jinoyat ishtirokchilikda sodir etilgan;

• Ishtirokchilardan biri ayol;

• Ayol jinoyatda bajaruvchi, tashkilotchi, dalolatchi yoki yordamchi vazifasini bajargan;

• Ayol haqiqatda jinoyatga aloqador.

Shuningdek, tergovning dastlabki bosqichida bo'lgani kabi uning keyingi bosqichlarida ham tergovchi ish yuzasidan guruxning boshqa a'zolari xakida tezkor ma'lumotlar, vokea joyidan olingan izlar, guvox va jabrlanuvchini kursatuvlari va boshka manbalardan olingan ma'lumotlardan kelib chikib versiyalar to'zishi mumkin.

Nafaqat ayol ishtirok etishi mumkin bo'lgan balki, barcha ishtirokchilikda sodir etilgan jinoyatlarni ochish va gurux a'zolarini fosh etishda o'tkaziladigan tergov xarakatlari ichida dastlabki tergov xarakati xisoblangan hodisa joyini ko'zdan kechirish muxim axamiyatga ega. Hodisa joyini ko'zdan kechirish kup jinoyatlarni tergov qilishda dastlabki tergov xarakati xisoblanib, tergovni to'g'ri tashkil etish, versiyalar to'zish va ularni tekshirish xamda aniklanishi lozim bo'lgan xolatlarni aniklashga imkon beradi.1

Hodisa sodir bo'lgan joyni ko'zdan kechirish taktikasining umumiy taktik qoidalariga: ob'ektivligi, kechiktirib bo'lmasligi, to'liqligi va rejali amalga oshirilishligi nazarda tutiladi. Tergovchi xodisa joyini ko'zdan kechirishda jinoyat ishi bilan boglik xolatlarni xar tomonlama o'rganib, xodisa joyidagi xar bir xolatga ob'ektiv baxo berishi lozim. Tergovchi jinoyat xaqida xabar kelib tushgan vaktdan boshlab kechiktirmasdan xodisa joyini ko'zdan kechirishi lozim. Chunki, xodisa joyini ko'zdan kechirishni kechiktirish xodisa yuz bergan joyning xolatini o'zgarib ketishiga olib kelishi mumkin.

1 Волынский А.Ф., Лавров В.П. Криминалистика. - М.: Юнити Дана, 2009. - С. 837.

755

Scientific Journal Impact Factor

Hodisa yuz bergan joyni ko 'zdan kechirish chog 'ida jinoyatni uyushgan guruh tomonidan sodir etilganligi va unda bevosita ishtirokchilardan biri ayol kishi ekanligini aniqlashda tergovchi quyidagilarni inobatga olishi lozim:

Jinoyat joyida qoldirilgan jinoyatehilaming izlarini, jinoyat sodir etish usuli va tajovuz predmetini o'rganish orqali jinoyat ishtirokchilikda sodir etilganligi to'g'risidagi versiyani yuritish mumkin. Jumladan,

• qo'l izlari: bu turkumdagi topilgan bir necha izlar dastavval jabrlanuvchi yoki uning atrofidagilarga tegishli emasligi aniqlanishi lozim. So'ng bevosita ajratib olingan barmoq izlaridagi papilar chiziqlarga qarab jinoyatchilar bir nechta bo'lganliklari to' g'risida hamda ularning katta-kichikligi, hajmi va boshqa individual belgilari, masalan, chandiq, tirtiq yoki uzuk izlariga qarab bu izlarni ayol kishiga tegishli ekanligi to'g'risidagi xulosani chiqarish mumkin.

• Oyoq (poyabzal) izlari: hodisa joyida bir necha shaxsga tegishli bo'lishi mumkin bo'lgan oyoq izlari topilganda ham avval uning jabrlanuvchiga tegishli emasligi aniqlanishi, so'ng izning kattaligi, hajmi, agar poyabzal izi bo'lsa, poyafzalning turi va razmeri, yurish usuliga qarab jinoyatda bir necha shaxs ishtirok etganligi aniqlanadi. Poyabzalning turi, yurish usluli, qadamlar orasidagi masofa, oyoq izlarini qoldirishdagi bosimga qarab tergovchi uni ayol kishi qoldirganligini aniqlashi mumkin.

• Kiyim va narsalardan qoladigan izlar: ayollar va erkaklar kiyimlari bevosita matoning turi, uning ishlab chiqarish uchun ishlatilgan tola, rangi va umuman qanday turdagi kiyimligiga qarab bir-biridan farqlanadi. Shunday ekan bunda tergovchi kiyimlardan qolgan izlarni aniqlaganda uning tikilishi va to'qilishi, tolasi, uning rangig qarab xodisa joyida ayol kishi ham ishtirok etgan degan versiyani yuritishi mumkin. Amaliyotda ko'pincha jinoyat joyidan ayollarga tegishli bo'lgan mo'ynali kiyimlarning tolalari topiladi. Turli markadagi tamaki izlari ham foydali ma'lumotlar berishi mumkin. Jinoyatchi bir kishi emasligini har xil markali sigaret va papiros qoldiqlari, o'chirish usulidagi farq, ularni oxirigacha chekish yoki turli kattalikdagi qoldiqlar qoldirish, papiros gilzasini o'ziga xos usulda ezg'ilash, izlari orqali bilib olish mumkin. Sigaret markalari uni is'temol qilgan shaxsning moddiy ahvoli, shuningdek sigaretning ayollar yoki erkaklarga mo'ljallab ishlab chiqarilganligiga qarab uni qaysi jins vakili chekkanligi haqida axborot olish mumkin.

• So'lak va yog' izlari: jinoyat joyida sigaret qoldiqlaridagi yoki boshqa narsalarda qoldirilgan so'lak va yog' izlarini o'rganish orqali jinoyat bir necha shaxs tomonidan sodir etilganligi va ekspertiza xulosasiga ko'ra ular qaysi jinsga mansub

shaxsga tegishli ekanligi aniqlash imkonini beradi. Shuningdek, so'lak va yog' izlari ular tegishli bo'lgan shaxsning qanday kasalliklarga chalinganligi haqida ham ma'lumot beradi. Masalan: jinoyatchi teri kasaliklariga uchragan bo'lishi mumkin.

• Soch tolalari: bir tola soch tolasi insonning butun bir genotipini o'zi mujassam etuvchi dalil hisoblanadi. Agar xodisa joyida bir necha shaxsga tegishli bo'lgan soch tolalari aniqlanganda tergovchi jinoyat bir necha shaxs ishtirokida sodir etilganligi to'g'risidagi versiyani ilgari surishi mumkin. Ishtirokchilardan biri ayol degan versiya esa topilgan soch tolasining uzunligi, rangi va uni yuvishda ishlatilgan yuvish vositasining kimyoviy tarkibiga qarab ham tekshirilishi mumkin.

• Shuningdek, jinoyat quroli va vositasidan qoladigan izlar, turli o'qotar qurollarning otilgan gilzalarini topish, buzib kirishning turli qurollari izlari, bir necha transport vositalarining izlari va ayollarga tegishli kosmetik vositalar, sumka, taroq va boshqalar ham xodisa joyini ko'zdan kechirish jarayonida tergovchi uchun boshlang'in asosiy ma'lmotlar manba'i vazifasini bajaradi..

• Jinoiy tajovuz predmetining xususiyatlari. Katta yoki og'ir predmetlarning surilish va tashilish izlari, o'g'irlangan narsaning katta hajmi va og'irligi jinoyat guruh tomonidan sodir etilganligiga ishora bo'lishi mumkin.2

• Jinoyatni sodir etish usuli o'ta murakkabligi yoki nozikligi bilan ajralib tursa, jinoyat guruh tomonidan sodir etilganligiga isbot bo'la oladi. Masalan, bosqinchilik jinoyati bir necha shaxs tomonidan turli hil uslublarda sodir etiladi.

So'roq qilish predmeti, ya'ni, aniqlanishi kerak bo'lgan xolatlar doirasi, umumiy ko'rinishda isbotlash predmetiga kiradi. Ishtirokchilar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar bo'yicha ishlarda so'roq qilishning xususiyatlariga faqat ishtirokchilikda sodir etilgan jinoyat faktini tasdiqlaydigan ma'lumotlarnigina emas, balki gurux haqida, har bir ishtirokchining roli va aybi haqida iloji boricha to'liq ma'lumot olish kiradi.3

Ammo, amaliyotda tergovchi va tezkor xodimlar tomonidan kupincha quyidagi taktik xatoga yul quyiladi: ular berilgan jinoyat bo'yicha dalillarni yig'ish bilan cheklanadi va ishtirokchilikda sodir etilgan jinoyatda u yoki bu shaxslarning ishtirok etish fakti haqida gumon kilinuvchi bergan kursatmalar bilan cheklanadi, jinoyatni tashkilotchisi va yordamchisini anikdash muammoli masala bo'lib kolaveradi. Bunda jinoyatni sodir etilishi va tashkil etilishida xar bir ishtirokchining muayyan rolini

2 AôgyMa^ngoB F.A.KpHMHHa^HCTHKa.-T.:Ago^aT, 2008

3 AôgyMa^ngoB FÀ.KpHMHHa^HCTHKa. -T.: Ago^ar, 2003. T.2.E-167.

aniklash imkoniyati, shuningdek uyushgan guruhning hosil bo'lishi va faoliyati haqida yanada to'liq ma'lumot olish imkoniyati boy beriladi. Tashkilotchini aniqlash maqsadida Ishtirokchilikda sodir etilgan jinoyatlar bo'yicha ayblanuvchilarni takroran so'roq qilish, odatda, kam samara beradi, ayniqsa ayol jinoyatchilarni so'roq qilishda bunday holatlar ko'plab uchraydi. Shuning uchun, bizning fikrimizga ko'ra, gumon kilinuvchini (ayblanuvchini) ayolni birinchi so'roq qilishdayok tergovchi quyidagi vaziyatlarni aniqlashi zarur:

• ishtirokchilarni tashkil etishda kim tashabbus kursatgan; kim jinoyat rejasini tuzgan va uning sodir etishda ishtirokchilar rolini taqsimlagan; so'roq qilinuvchi ayol bevosita bunga aloqadormi;

• kim jinoyatni sodir etish usullarini va uni yashirish uslubini o'rgatgan; so'roq qilinuvchi bunga aloqadormi;

•jinoyatni sodir etishda omadsizlikka uchragan taqdirda tergovda o'zini tutishning umumiy chizig'ini ishtirokchilar orasida kim ishlab chiqqan va bu borada qanday muayyan kursatmalar berilgan;

• guruxning qaysi ishtirokchisida uyushgan tajriba yuqori, yetakchilikka moyilligi bor, tashkilotchilik qobiliyatiga va kuchli xarakterga ega;

• guruxni maxfiylashtirish va uning ishtirokchilarini fosh qilinishdan himoyalash uchun kim javobgar bo'lgan va u qanday choralar ko'rgan;

•jinoiy faoliyatni kim tashkillashtirgan va nazorat qilgan; gurux ichida vazifalar qanday taqsimlangan;

• so'roq qilinuvchining jinoyatda roli qanday va uni jinoyatda ishtirok etishga turtki bo'lgan sabab qanday;

• ishtirokchilikda oldin qanday jinoyatlar sodir etilgan, kim unda ishtirok etgan va bu jinoyatlarda rollar qanday taqsimlangan; so'roq qilinuvchi har bir jinoyatda qanday vazifani bajargan.

•jinoyatda ishtirok etgan shaxslardan tashqari yana kim gurux faoliyati haqida xabardor va boshqalar.

Tergovchi gurux ichidagi kelishmovchiliklardan foydalanib, uning a'zolarini ajratish va shu yul bilan xar bir ishtirokchining roli haqida to'g'ri kursatmalar olish, berilgan vaziyatlarni aniqlash yanada yengillashadi4. Ishtirokchilarda, ayniqsa ayollar ishtirok etganda nizoli vaziyatlar xhamma vakqt mavjud, uning har xil a'zolari tomonidagi maqsadga intilishlari orasidagi kqarama-qarshiliklar bunga asos bo'ladi. Shu nomuvofiqliklar natijasida gurux a'zolari o'zaroko'rashadilar. gurux fosh etilib

4 Быков BM. Преступная группа: криминалистические проблемы. — Ташкент: Узбекистан, 1991.- С.126- 127.

758

Scientific Journal Impact Factor

qamoqqa olingandan keyin, qarama-qarshiliklar, ishtirokchilarning bir-biridan noroziligi, munosabatlardagi keskinlik yanada kuchayadi. Ularning kuchayishiga dastlabki tergovdagi vaziyat ham sabab bo'ladi, chunki bu jarayonda jinoyat sodir etilishida har bir ishtirokchining roli sinchiklab aniqlanadi va individual javobgarlik haqidagi masala kuriladi. Bu ishtirokchilarda mavjud bo'lgan nizolarni aniqlash va undan foydalanish asosida, uning a'zolarini to butunlay barbod bo'lguniga qadar ajrashishiga qo'lay sharoit yaratib beradi. Mavjud nizoni aniqlab, tergovchi ba'zida uni oddiy usull ar yordamida kuchaytirishi mumkin: gurux ichidagi munosabatlar haqida o'zining xabardorligini kursatish, boshqa ishtirokchilarning nazarida uning aybini ogirlashtirishi mumkin bo'lgan faktlarga so'roq qilinuvchining e'tiborini qaratish, ayblanuvchining guruxdagi haqiqiy holatini aniqlashtirish, aybni yengillashtiradigan vaziyatlar xakidagi jinoyat konunni tushuntirish, natijada tergovchi ishtirokchilardan to'g'ri kursatmalar olish uchun guruxda mavjud nizolardan foydalanish imkoniyati paydo bo'ladi, xususan jinoyat tashkilotchisi xakida xam.5

Bir kator vaziyatlarda tergovchi guruxdagi mavjud nizolarni kuchaytirishi yoki jinoyat ishtirokchilariga nisbatan turli cheklash choralarini (ayrimlariga oila a'zolari bilan uchrashishga imtiyozlar berish) tanlash yuli bilan yangilarini yaratishi mumkin. Shu bilan tergovchi gurux a'zolari orasiga, kamokda kolgan ishtirokchilarga nisbatan, ya'ni yengilrok cheklash chorasi qo'llangan "omadli"lariga nisbatan ishochsizlik keltirib chikarish orkali gurux faoliyati xakida yangi ma'lumotlar olishga yordam beradigan, ma'lum parchalanishni yuzaga keltiradi. Guruxda nizoli vaziyatni yaratish bo'yicha berilgan taktik usullardan tashkari, kuyidagilardan xam foydalanishi mumkin: shu maksadda tergovchi dastlab barcha ayblanuvchilarning shaxsini, ularning xayot tarzini, alokalarini, utmishini astoydil o'rganadi va shaxsni boshka ishtirokchilar oldida obrusizlantirishi mumkin bo'lgan biror-bir faktni aniklab, so'roqqilishda guruxning boshka a'zolariga shu fakt xakida xabar beradi, ishtirokchilar urtasidagi nizoni yana aybiga ikror bo'lgan ayblanuvchining kursatmalarini boshkalariga oshkor qilish bilan xam chikarish mumkin. Ammo, berilgan vaziyatda ayblanuvchilarni ishtirokchining kursatmalari bilan to'liq tanishtirish mumkin emas. Kursatmalar bilan tanishtirish uchun tergovchining fikriga ko'ra, xakikatga eng muvofik, boshka dalillar bilan ob'ektiv tasdiqlanadigan kismi tanlanadi. Ishtirokchilarda nizoli vaziyatni yaratishning bunday taktikasida birinchi navbatda, ikror bo'lgan ishtirokchining kursatmalaridan guruxli jinoyatning biror-bir

5 Быков B.M. Особенности расследования групповых преступлений. Учебное пособие. - Ташкент, 1980.' С.44-

ishtirokchisi ayblanayotgan fragmentidan foydalanish kerak, bundan tashkari tergovchi ikror bo'lgan ishtirokchining kursatmalari bilan tanishtirish usulini uylab chikishi zarur (kursatmani o'qib berish, tovush yozish tasmasidan bir fragmentni eshittirish, video tasmadan fragment kursatish). Odatda, o'zining uyushgan faoliyati oshkor kilingan so'roq kilinuvchi, to'g'ri kursatmalar beradi.

Agar, uyushgan guruhning xech bir ishtirokchisi to'g'ri kursatma bermasa, A.P.Onuchinaning fikricha, ishtirokchilarning o'zaro munosabatiga tergovchi ularni o'zok so'roq qilish natijasida ta'sir qilishi mumkin6.

XULOSA VA TAKLIFLAR

So'roq qilinuvchilarning kursatuvlarida bir xil vaziyatlar bo'yicha qarama-qarshiliklarning mavjudligi yuzlashtirishni o'tkazish uchun asos bo'la oladi. Shaxsning kursatmalari to'liqrok va taxminan to'g'rirok bo'lganiga aloxida e'tibor berish taktik jixatdan maksadga muvofik bo'ladi. Shunday kilib, agarda gumon kilinuvchilardan (ayblanuvchi) birortasi tajovuzni sodir etganligini tan olsa, uning ko'rsatuvlaridan tajovuzga o'zining daxldorligini rad etuvchi boshka ishtirokchilarni so'roqqilishda foydalanishimiz mumkin, ularni jinoyatni sodir etishda fosh qilish uchun bunday vaziyatda, yuzlashtirishni o'tkazishda birinchi navbatda aybiga ikror bo'lgan shaxe so'roq kilinadi, ikkinchi navbatda - bu kursatuvlarni rad etuvchi shaxe so'roq kilinadi. Bu xolatda avval chalg'ituvchi savollar berishdan boshlash maksadga muvofik, ammo bunda tergovchi o'zining bexabarligiga guvox beruvchi savollarni bermasligi kerak. U yana shuni o'qtirib utishi kerakki, yolgon gapirish, tergov uchun muxim vaziyatlar xakida aytmaslik tergovga qarshilik qilish kabi baxolanadi va fakatgina xamkorlik gumon kilinuvchi (ayblanuvchi)ning javobgarligini yengilashtirishi mumkinligini aytadi. gurux a'zolari orasida bir nechta yuzlashtirishlarni o'tkazish mumkin: avval muxim bo'lmagan vaziyatlarga nisbatan kursatuvlaridagi karama- qarshiliklar olinadi, sung muxim lari xal etiladi. Yuzlashtirishni o'tkazishda bir kator o'ziga xos taktik usullarni qo'llash maksadga muvofik bo'ladi, bo'lar:

1) yuzlashtirishni o'tkazishda, jinoyatni sodir etganligiga ikror bo'lgan gurux a'zosi kursatuvlaridan foydalanish;

2) yuzlashtirishni o'tkazishda ishda tekshirilgan dalillardan foydalanish;

3) yuzlashtirishni o'tkazishda yolgon kursatuv bergan ishtirokchining psixikasidagi "zaif tomon" laridan foydalanish. Zaif tomoni deganda, odatda

6Онучина А.П. Некоторые тактические приемы допроса подозреваемых и обвиняемых при расследовании преступлений, совершенных группой лиц. Сборник ученых трудов Свердловского юрид.ин-та, вып. 19. Свердловск, 1972.-С.41.

Scientific Journal Impact Factor

melanxoliyaning (dilgirlik) xuruj qilishi, o'zini o'zi analiz qilishi, serjaxllik, takabburlik, o'ziga bino kuyish kabi sifat va moyilliklar tushuniladi. Yuzlashtirishni o'tkazishda ulardan moxirona foydalana bilish to'g'ri kursatmalar olishga olib keladi.

REFERENCES

1. Каримов, Х. (2018). ЖИНОЯТЛАРНИ КВАЛИФИКАЦИЯ ^ИЛИШДА ЖИНОЯТ СУБЪЕКТИ МЕЗОНЛАРИНИНГ АДАМИЯТИ. Review of law sciences, (2).

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

2. Михайлова, М. С. (2019). Формирование типологии женщин-преступниц в контексте криминалистической науки. Научный электронный журнал Меридиан, (15), 420-422.

3. Karimov, X. (2018). The significance of criteria the subject of crime in the process of qualification of crimes. Review of law sciences, 2(2), 31.

4. Smart, C. (2013). Women, Crime and Criminology (Routledge Revivals): A Feminist Critique. Routledge.

5. Rinaldi, K. (2017). Women Actors of Corruption in Governance: the concept of "Demonizing""Violent Girls" and "Woman".

6. Нурумбетова, С. А. (2021, December). АЁЛЛАР ЖИНОЯТЧИЛИГИНИНГ САБАБ ВА ШАРОИТЛАРИ ДАВИДА АЙРИМ ФИКРЛАР. In International journal of conference series on education and social sciences (Online) (Vol. 1, No. 2).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.