Научная статья на тему 'O‘ZBEKISTON HUDUDIDA CHOR ROSSIYASI MUSTAMLAKACHILIGI VA SOBIQ SOVET TUZUMI DAVRLARIDA VOYAGA YETMAGANLAR JINOYATLARINI TERGOV QILISHNING HUQUQIY ASOSLARI'

O‘ZBEKISTON HUDUDIDA CHOR ROSSIYASI MUSTAMLAKACHILIGI VA SOBIQ SOVET TUZUMI DAVRLARIDA VOYAGA YETMAGANLAR JINOYATLARINI TERGOV QILISHNING HUQUQIY ASOSLARI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
1005
65
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
jinoyat / voyaga yetmaganlar / tergov / qozi / gumon qilinuvchi / komissiya / qonuniy vakil / tergov harakati. / crime / minors / investigation / kazii / suspect / commission / legal representative / investigative

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Allanazarov, Oybek Davranovich

Maqolada O‘zbekiston hududi chor Rossiyasi tomonidan bosib olinganidan keyin qozilik sudlarining faoliyati va ularning tugatilishi, XIX asrning o‘rtalaridan 1991 yilga qadar bo‘lgan davrda qabul qilingan va amal qilgan voyaga yetmaganlarning jinoyatlariga doir ishlarni ko‘rib chiqishga daxldor normativ-huquqiy hujjatlar xronolgik tizimlashtirilgan hamda ularning mazmuni tahlil qilingan. Shu asosda ushbu davrda voyaga yetmaganlar jinoyatlarini tergov qilish faoliyatining huquqiy asoslari yaratilishi va mustahkamlanishi borasida xulosalar qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE LEGAL FRAMEWORK FOR THE INVESTIGATION OF JUVENILE CRIMES DURING THE PERIOD OF COLONIALISM OF TSARIST RUSSIA AND THE FORMER SOVIET SYSTEM ON THE TERRITORY OF UZBEKISTAN

The article chronologically systematizes and analyzes the essence of the normative legal acts adopted and in force in the period from the middle of the 19th century to 1991 regarding the consideration of crimes committed by minors, as well as the organization and abolition of the activities of the Qazi courts after the conquest of the territory of Uzbekistan by tsarist Russia. Based on this, conclusions were drawn about the creation and strengthening of the legal framework for the investigation of crimes committed by minors during this period.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEKISTON HUDUDIDA CHOR ROSSIYASI MUSTAMLAKACHILIGI VA SOBIQ SOVET TUZUMI DAVRLARIDA VOYAGA YETMAGANLAR JINOYATLARINI TERGOV QILISHNING HUQUQIY ASOSLARI»

Scientific Journal Impact Factor

O'ZBEKISTON HUDUDIDA CHOR ROSSIYASI MUSTAMLAKACHILIGI VA SOBIQ SOVET TUZUMI DAVRLARIDA VOYAGA YETMAGANLAR JINOYATLARINI TERGOV QILISHNING HUQUQIY ASOSLARI

Allanazarov Oybek Davranovich

O'zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi Magistratura boshlig'ining

Maqolada O'zbekiston hududi chor Rossiyasi tomonidan bosib olinganidan keyin qozilik sudlarining faoliyati va ularning tugatilishi, XIX asrning o 'rtalaridan 1991 yilga qadar bo 'lgan davrda qabul qilingan va amal qilgan voyaga yetmaganlarning jinoyatlariga doir ishlarni ko'rib chiqishga daxldor normativ-huquqiy hujjatlar xronolgik tizimlashtirilgan hamda ularning mazmuni tahlil qilingan. Shu asosda ushbu davrda voyaga yetmaganlar jinoyatlarini tergov qilish faoliyatining huquqiy asoslari yaratilishi va mustahkamlanishi borasida xulosalar qilingan.

Tayanch so'zlar: jinoyat, voyaga yetmaganlar, tergov, qozi, gumon qilinuvchi, komissiya, qonuniy vakil, tergov harakati.

ПРАВОВЫЕ ОСНОВЫ РАССЛЕДОВАНИЯ ПРЕСТУПЛЕНИЙ НЕСОВЕРШЕННОЛЕТНИХ В ПЕРИОД КОЛОНИАЛИЗМА ЦАРСКОЙ РОССИИ И БЫВШЕГО СОВЕТСКОГО СТРОЯ НА ТЕРРИТОРИИ

В статье хронологически систематизирована и проанализирована сущность нормативно-правовых актов принятых и действовавших в период с середины Х1Хвека и до 1991 года относительно рассмотрения преступлений, совершенных несовершеннолетними, а также организации и упразднения деятельности казийских судов после завоевания территории Узбекистана царской Россией. На основании этого были сделаны выводы о создании и укреплении правовой базы по расследованию преступлений, совершенных несовершеннолетними за этот период.

Ключевые слова: преступление, несовершеннолетние, следствие, казии, подозреваемый, комиссия, законный представитель, следственное действие.

o'rinbosari, dotsent ANNOTATSIYA

УЗБЕКИСТАНА

АННОТАЦИЯ

Scientific Journal Impact Factor

THE LEGAL FRAMEWORK FOR THE INVESTIGATION OF JUVENILE CRIMES DURING THE PERIOD OF COLONIALISM OF TSARIST RUSSIA AND THE FORMER SOVIET SYSTEM ON THE

The article chronologically systematizes and analyzes the essence of the normative legal acts adopted and in force in the period from the middle of the 19th century to 1991 regarding the consideration of crimes committed by minors, as well as the organization and abolition of the activities of the Qazi courts after the conquest of the territory of Uzbekistan by tsarist Russia. Based on this, conclusions were drawn about the creation and strengthening of the legal framework for the investigation of crimes committed by minors during this period.

Keywords: crime, minors, investigation, kazii, suspect, commission, legal representative, investigative

Mamlakatimiz hududi chor Rossiyasi tomonidan bosib olinganidan keyin, garchi qozilik va biylik sudlari tomonidan shariat va odat normalarining qo'llanilishi taqiqlanmagan [1] bo'lsa-da, voyaga yetmaganlar jinoyatlari bo'yicha ish yuritish tizimida ayrim o'zgarishlar yuz bergan.

Markaziy Osiyo Rossiya tomonidan bosib olinganidan keyingi chor mustamlakachi ma'murlari tomonidan chorizm manfaatlarini himoya etishni amalga oshiruvchi sudlov organlari ta'sis etilgan va ayni bir paytda qozilik va biylik sudlari saqlanib qolgan. Ma'muriy va sud vazifalari qariyb barcha darajadagi harbiy-byurokratik apparat qo'liga to'g'ridan-to'g'ri berib qo'yilganligi sud qarorlarini ana shu apparat xohish-irodasi, bilim darajasi, uquvi, talabchanligiga batamom qaram qilib qo'ygan [2].

Xalq orasida ularning ishonchini qozongan qozilik sudlari faoliyatini zaiflashtirish maqsadida bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilgan. Jumladan, qozilarning ellikboshilar tomonidan saylov asosida vazifaga saylanishi, qozilik sudlarining barcha masalalrni ko'ra olmasligi, qozilik hukmlaridan norozi bo'lgan fuqarolarning imperiya sudlariga murojaat qila olishi kabi tartiblarning joriy etilganligi qozilik sudlari nufuzining tushushiga sabab bo'lgan.

Qozixonalarda tergov ishlari har oyning birinchi sanasidan o'ninchi sanasigacha olib borilgan. Bu jarayon arabcha "murofa'" deb nomlanib, "sud ishlarini hal qilish" ma'nosida keladi. Oyning keyingi qismlarida hukmlar e'lon qilingan [3].

TERRITORY OF UZBEKISTAN

ABSTRACT

KIRISH

Scientific Journal Impact Factor

MUHOKAMA VA NATIJALAR

O'zSSR Markaziy ijroiya qo'mitasi va Xalq komissarlari kengashining 1928 yil 18 fevraldagi qarori bilan qozilik sudlari tugatildi, ular olib borayotgan barcha ishlar tegishli okrug sudlariga o'tkazildi [4].

Ushbu davrda jinoyat ishlarini ko'rib chiqishga doir masalalarni tartibga solishga qaratilgan bir qator normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilingan bo'lib, ularda voyaga yetmaganlar jinoyatlarini tergov qilish masalalari bo'yicha muayyan qoidalar nazarda tutilgan. Xususan, O'zbekiston hududida chor Rossiyasi mustamlakachiligi va sobiq sovet tuzumi davrlarida voyaga yetmaganlar jinoyatlarini tergov qilishga aloqador bo'lgan quyidagi qonunlar va qonunosti normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilingan:

1. 1864 yilning 20 noyabrida qabul qilingan Sud ishlarini yuritish ustavi.

Ushbu normativ-huquqiy hujjatda jinoyat ishlarini yuritishda voyaga yetmaganlar bilan bog'liq muayyan masalalarga e'tibor qaratilgan [5]. Misol uchun, 14 yoshga to'lmagan voyaga yetmaganlar sudda ko'rsatuv berishdan oldin guvohlik qasami ichishlariga yo'l qo'yilmasligi (95, 706-moddalari), yopiq ta'lim muassasalarining o'quvchilari ushbu muassasaning o'zida so'roq qilinishi (433-moddasi), apellyatsiya shikoyati voyaga yetmaganlarning ota-onalari, vasiylari yoki ularni tarbiyalanayotgan boshqa shaxslar tomonidan berilishi mumkinligi (861-moddasi) belgilangan.

2. Turkiston o'lkasi Xalq komissarlari kengashining 1917 yil 12 dekabrdagi 17-son buyrug'i. Unga ko'ra, 1917 yilgi oktabr oyida bolshevistlar tomonidan davlat to'ntarishi amalga oshirilishi munosabati bilan jinoyat ishlarini tergov qilish va sudda ko'rib chiqish bo'yicha yangi inqilobiy tizimni shakllantirish maqsadida eski sudlar tugatilib, yangi sudlov tizimi joriy etilgunga qadar, dastlabki tergovni yuritish shaxsan uchastka sud'yalari zimmasiga yuklatilgan [6].

3. Butunrossiya Markaziy ijroqo'mining 1918 yil 30 noyabrdagi "RSFSR xalq sudlari to'g'risida"gi 889-sonli Dekreti. Mazkur hujjat bilan jinoyat ishlarini tergov qilish ikki xil: surishtiruv va dastlabki tergov shakllarida olib borilishi, ijtimoiy xavfli jinoyatlar tergov komissiyasi tomonidan, ijtimoiy xavflilik darajasi yuqori bo'lmagan jinoyatlar bo'yicha sudning topshirig'iga ko'ra milisiya organlari tomonidan surishtiruv olib borilishi belgilangan [7].

4. 1918 yil 14 yanvarda RSFSR Xalq komissarlari soveti tomonidan qabul qilingan "Voyaga yetmaganlar uchun komissiyalar haqida"gi Dekret. Mazkur hujjat bilan voyaga yetmaganlar va kichik yoshdagi bolalarni sud qilish va ularga qamoq jazosini qo'llash bekor qilingan. Ularning jinoyatlariga doir ishlar adliya, xalq ta'limi va ijtimoiy ta'minot sohalari vakillaridan iborat kamida uch kishilik

Scientific Journal Impact Factor

tarkibda tashkil etiladigan komissiya tomonidan ko'rib chiqilishi, ushbu komissiya tarkibida qatnashuvchi shaxslarning biri shifokor bo'lishi lozimligi belgilab qo'yilgan [8]. Ushbu komissiya tarkibi to'g'risidagi qoidalari sovetlaming 1918 yil 7 martda qabul qilingan "Sudlar to'g'risida"gi 2-son Dekretining 17-moddasida ham o'z aksini topgan [9].

Voyaga yetmaganlar ishlari bo'yicha komissiyalar jinsidan qat'i nazar 17 yoshga to'lmagan voyaga yetmagan shaxslar tomonidan sodir etilgan huquqbuzarliklar to'g'risidagi barcha ishlarni ko'rib chiqishgan. Ushbu komissiyalar tomonidan voyaga yetmaganlar ishlari bo'yicha olib borilgan tekshiruv natijalariga ko'ra shaxs ozod etilgan yoki bolalar muassasasiga joylashtirilgan [10].

5. RSFSR Xalq komissarlari sovetining 1920 yil 4 martda qabul qilingan "Ijtimoiy xavfli qilmishlarda ay blanayotgan voyaga yetmaganlarning ishlari haqida"gi Dekret. Ushbu hujjat bilan 1918 yil 14 yanvarda qabul qilingan "Voyaga yetmaganlar uchun komissiyalar haqida"gi Dekretga o'zgartirishlar kiritilib, 18 yoshga to'lmagan shaxslar voyaga yetmaganlar sifatida e'tirof etilishi, voyaga yetmaganlar ishlari bo'yicha komissiyalar tomonidan 14-18 yoshdagi shaxslarga tibbiy-pedagogik choralarni qo'llash maqsadga muvofiq deb topilmagan hollarda, ish ko'rib chiqish uchun xalq sudlariga jo'natilishi belgilangan [11].

6. 1922 yilda qabul qilingan RSFSRning Jinoyat-protsessual kodeksi [12]. Ushbu kodeks 1926 yilga qadar mamlakatimiz hududida amalda bo'lgan. Unda 1918 yil 14 yanvarda va 1920 yil 4 martda qabul qilingan dekretlar qoidalari qayta ko'rib chiqilib, voyaga yetmaganlarning jinoiy javobgarlikka tortish masalasi bir oz kuchaytirilgan hamda 16 yoshdan 17 yoshgacha bo'lgan voyaga yetmaganlarning jinoiy javobgarligi katta yoshdagilar bilan bir xil qilib belgilangan [13].

Mazkur JPKda voyaga yetmaganlar jinoyatlarini tergov qilish xususiyatlariga bag'ishlangan alohida normalar mavjud bo'lmasa-da, ayrim normalarning mazmunida ushbu masalaga aloqador qoidalar o'z aksini topgan. Mazkur JPKning 40-moddasida jinoyat ishida ayblanuvchilarning soni bir nechta bo'lib, ulardan biri yoki bir nechtasi voyaga yetmaganlar (16 yoshga to'lmagan) bo'lsa, ishning ularga nisbatan bo'lgan qismi voyaga yetmaganlar ishlari bo'yicha komissiyasiga yuborilishi belgilangan. 144-moddasida esa, ayblanuvchining yoshini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo'lmasa va uni voyaga yetmagan deb hisoblash uchun asoslar mavjud bo'lsa tibbiy guvohlantirish o'tkazilishi zarurligi nazarda tutilgan.

Shuningdek, 210, 214, 228, 338-moddalarida jinoyat sodir etgan shaxsning yoshini aniqlash ish bo'yicha isbotlanishi lozim bo'lgan holatlardan biri sifatida nazarda tutilgan hamda ushbu masala ayblov xulosasida, prokurorning jinoyat ishini

Scientific Journal Impact Factor

sudga yuborish to'g'risidagi qarorida va sud hukmida aks etgan bo'lishi qayd etilgan.

Bundan tashqari, mazkur kodeksning 23-moddasida qonuniy vakil tushunchasiga ta'rif berilib, ota-onalar, vasiylar va shu shaxs qaramog'ida bo'lgan muassasa va tashkilotlarning vakillari ishda qonuniy vakillar sifatida ishtirok etishi mumkinligi aks ettirilgan.

7. 1926 yil 16 iyunda qabul qilingan O'zbekiston SSR Jinoyat-protsessual kodeksi. Ushbu hujjat O'zbekiston SSR tashkil etilganidan keyin respublika tarixidagi qabul qilingan birinchi Jinoyat-protsessual kodeksi hisoblanadi [14].

1926 yildagi JPK bilan 1922 yildagi RSFSR JPKning normalarida, voyaga yetmaganlar jinoyatlari bo'yicha ish yuritish masalasida jiddiy farq qiladigan holatlar mavjud emas. Ushbu JPKlardagi normalarning tuzilishi bir-biriga juda o'xshash holatda shakllantirilgan [15]. Jumladan, 16 yoshga to'lmagan voyaga yetmaganlarning ishlari voyaga yetmaganlar komissiyalariga ko'rib chiqish uchun jo'natilishi (26-modda), yoshni aniqlash bo'yicha tibbiy guvohlantirish o'tkazish (139-modda), voyaga yetmaganlar ishlari bo'yicha himoyachi ishtiroki shartligi (53-modda) kabi qoidalar har ikkala kodekslarda bir xil mazmunda bayon etilgan.

Shuningdek, 1926 yilda qabul qilingan JPKda voyaga yetmaganlar jinoyatlari uchun javobgarlik choralari kuchaytirilganligini ko'rishimiz mumkin. 1922 yilgi JPK bo'yicha 16 yoshga to'lmagan shaxslarning ishlari faqat voyaga yetmaganlar ishlari bo'yicha komissiyalar tomonidan ko'rib chiqilishi nazarda tutilgan bo'lsa, yangi qabul qilingan kodeksga ko'ra 14 yoshdan 16 yoshgacha bo'lgan voyaga yetmaganlar ayblanuvchilarga tibbiy-pedagogik ta'sir choralarini qo'llash maqsadga muvofiq deb topilmagan hollarda, voyaga yetmaganlar ishlari bo'yicha komissiya qarori bilan ularning ishi sudda ko'rib chiqilishi va jazo tayinlanishi mumkinligi belgilangan.

Bundan tashqari, ushbu JPKning 9-bobi dastlabki tergov olib borishning umumiy shartlariga bag'ishlangan bo'lib, unga ko'ra oblast sudlari va harbiy tribunal ko'rib chiqadigan ishlar bo'yicha dastlabki tergov o'tkazilishi shart bo'lib hisoblangan. Qolgan barcha ishlar bo'yicha xalq sudlarining qarorlari yoki prokurorning tavsiyasiga asosan dastlabki tergov to'liq shaklda yoki ayrim tergov harakatlarini o'tkazish bilan chegaralanishi nazarda tutilgan. Dastlabki tergov davomida o'tkaziladigan tergov harakatlari sifatida so'roq qilish, tintuv va olib qo'yish, ko'zdan kechirish va guvohlantirish, ruhiy holatini aniqlash maqsadida shifokor-ekspert tomonidan guvohlantirish kabilar qayd etilgan (13-16 boblar).

Scientific Journal Impact Factor

8. 1929 yil 29 iyunda qabul qilingan O'zbekiston SSR Jinoyat-protsessual kodeksi. Ushbu kodeksda voyaga yetmaganlar jinoyatlarini tergov qilish masalasi bo'yicha biron-bir jiddiy o'zgarishlar ko'zga tashlanmaydi [16].

9. SSSR Markaziy boshqaruv idoralari tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar.

1935-1959 yillarda voyaga yetmaganlarni jinoiy javobgarlikka tortish, ularni tergov va sud qilish masalasida puxta o'ylanmagan siyosat olib borilishi natijasida voyaga yetmaganlarni jinoiy javobgarligini kuchaytirish yo'nalishida amaldagi Jinoyat-protsessual kodeksi qoidalariga zid bo'lgan bir qator yangicha tartiblar joriy etilgan. Jumladan, SSSR Markaziy Ijroiya Qo'mitasi va Xalq Komissarlari Kengashining 1935 yil 7 apreldagi qarori bilan o'g'irlik, tan jarohati yetkazish, qotillik yoki odam o'ldirishga suiqasd qilganlik uchun voyaga etmaganlarni 12 yoshdan boshlab jinoiy javobgarlikka tortishga hamda barcha turdagi jinoiy jazo choralarini qo'llashga ruxsat berilgan [17]. SSSR Prokuraturasi va Oliy sudining 1935 yil 20 apreldagi Sirkulyarida ushbu qaror bo'yicha tushuntirishlar berilib, ularga oliy jazo (otib o'ldirish) qo'llanilishi mumkinligi qayd etilgan [18]. SSSR Oliy soveti Prezidiumining 1940 yil 10 dekabrdagi 52-son Farmoni bilan voyaga yetmaganlar 12 yoshdan jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin bo'lgan jinoyat turlari ro'yxati kengaytirilib, poezd halokatiga olib kelishi mumkin bo'lgan harakatlar (relslarni yechib olish, relslarga turli narsalarni qo'yish va h.k.)ni sodir etganlik uchun umumiy asoslarga ko'ra javobgarlikka tortilishi nazarda tutildi [19]. Bu holat voyaga yetmaganlar ishlari bo'yicha dastlabki tergov o'tkazish va sudda ko'rib chiqish jarayonlarida jiddiy qonunbuzarliklarni keltirib chiqardi.

SSSR Oliy soveti Prezidiumining 1941 yil 31 maydagi 25-son Farmoni [20] bilan voyaga yetmaganlarning jinoiy javobgarlikka tortish masalasida yo'l qo'yilgan xatoliklar qisman bartaraf etilib, ular yuqoridagi jinoyat turlari bo'yicha 14 yoshdan boshlab, shuningdek 1941 yil 7 iyuldagi 32-son Farmoni [21] bilan ushbu turlagi jinoyatlar faqat qasddan sodir etilgan holatlarda jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkinligi belgilangan.

Voyaga yetmaganlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini jiddiy poymol qilinishiga sabab bo'lgan mazkur normativ hujjatlar 1959 yilda yangi Jinoyat -protsessual kodeksi qabul qilingunga qadar amalda bo'lgan.

10. 1959 yil 21 mayda qabul qilingan O'zbekiston SSR Jinoyat-protsessual kodeksi. Ushbu kodeks voyaga yetmaganlar jinoyatlarini tergov qilishning zamonaviy holati shakllanishida asos bo'lib xizmat qilgan. Jumladan, bir qator yangi qoidalarni ko'rishimiz mumkin.

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 9

educational, natural and social sciences ( ) ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

Jumladan, mazkur JPKning 54-moddasida 18 yoshga to'lmagan shaxslar voyaga yetmaganlar sifatida e'tirof etilgan. Bugungi qonunchiligimizda amal qilayotgan ayrim normalar, masalan, shaxs jinoiy javobgarlik yoshiga to'lmaganligi munosabati bilan jinoyat ishi qo'zg'atishni rad etish yoki ishni tugatish (5-modda), jinoyat ishini tugatish va ko'rib chiqish uchun voyaga yetmaganlar ishlari bo'yicha komissiyaga jo'natish (54-modda), himoyachi ishtirokining shartligi (43-modda), ehtiyot chorasi sifatida voyaga yetmaganlarning ota-onasi qaramog'iga yoki bolalar muassasasiga joylashtirish (72-modda), voyaga yetmaganlar ishlari bo'yicha dastlabki tergov o'tkazish shartligi va tergovning ichki ishlar organlari tergovchilari tomonidan olib borilishi (108-modda), voyaga yetmagan guvoh yaqin qarindoshlari va pedagog ishtirokida so'roq qilinishi (137-modda) kabi qoidalar O'zbekiston SSRning 1959 yilgi Jinoyat-protsessual kodeksida ham belgilab qo'yilgan.

Bulardan tashqari, O'zbekiston SSRning 1959 yilgi JPKda protsess ishtirokchilarining huquq va majburiyatlarining belgilanishi, dalillar va isbotlanishi lozim bo'lgan holatlarning aniq ifoda etilishi, jinoyat ishlarini tergov qilishda o'tkaziladigan tergov harakatlari doirasining kengaytirilishi (so'roq qilish, yuzlashtirish, tanib olish uchun ko'rsatish, ko'rsatuvlarni joyida tekshirish, ekspertiza o'tkazish, olib qo'yish va tintuv, mol-mulkni xatlash, pochta-telegraf jo'natmalarini olib qo'yish, ko'zdan kechirish, guvohlantirish, tergov eksperimenti ekspertiza tekshiruvi uchun namunalar olish) va shu kabi boshqa qoidalarning kiritilishi barcha turdagi jinoyatlar qatori, shubhasiz voyaga yetmaganlar jinoyatlarini tergov qilish metodikasining takomillashuviga xizmat qilgan.

Biroq, mazkur JPKda voyaga yetmaganlarning jismoniy, aqliy va ruhiy holatlarini o'rganish masalasi yetarlicha inobatga olinmaganligi, tergov davrida qonuniy vakil, pedagog va psixolog ishtirokiga doir maxsus qoidalarning belgilanmaganligi hamda voyaga yetmaganlar jinoyatlari bo'yicha ish yuritishga bag'ishlangan alohida qoidalar tizimi yaratilmaganligi ushbu turdagi ishlarni tergov qilish faoliyatiga salbiy ta'sirini ko'rsatgan.

XULOSA

Yuqoridagilarga ko'ra, O'zbekiston hududida chor Rossiyasi mustamlakachiligi va sobiq sovet tuzumi davrlarida (XIX asrning o'rtalaridan 1991 yilga qadar bo'lgan davr) voyaga yetmaganlar jinoyatlarini tergov qilish faoliyatining huquqiy asoslari yaratilishi va mustahkamlanishi borasida quyidagi xulosalarga kelindi:

- chor Rossiyasi hukmronligi davrida voyaga yetmaganlar jinoyatlari bo'yicha ish yuritish tizimida jiddiy o'zgarishlar yuz bermagan (1917 yilga qadar);

- sovetlar davrida qabul qilingan Jinoyat-protsessual kodekslarida voyaga

927

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 9

educational, natural and social sciences ( ) ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

yetmaganlarga bag'ishlangan alohida qoidalar paydo bo'la boshlagan va bu holat ularning jinoyatlarini tergov qilish metodikasiga ham ta'sir ko'rsatgan;

- voyaga yetmaganlar jinoyatlari bo'yicha ish yuritishni tartibga solishga qaratilgan dastlab maxsus me'yoriy hujjat hisoblangan "Voyaga yetmaganlar uchun komissiyalar haqida"gi Dekret aynan sovetlar davrida qabul qilingan. Ushbu hujjatda qisqa vaqtga bo'lsa-da, voyaga yetmaganlarni sud qilish va ularga jazosi qo'llash amaliyoti bekor qilinib, ularning jinoyatlari to'g'risidagi ishlar tarkibiga adliya, xalq ta'limi va ijtimoiy ta'minot vakillari kiritiladigan va kamida uch kishidan iborat tarkibda tashkil etiladigan komissiya tomonidan ko'rib chiqilishi belgilangan;

- 1959 yilga qadar 17 yoshga to'lmaganlar, 1959 yildan keyin 18 yoshga to'lmaganlar voyaga yetmaganlar sifatida rasman e'tirof etilgan;

- jinoyatlar bo'yicha sudga qadar ish yuritish, surishtiruv va dastlabki tergov tushunchalari, jinoyat ishlari bo'yicha isbotlanishi lozim bo'lgan holatlar, shu jumladan ularning yoshini aniqlash masalalari, dalillarni to'plashda tergov harakatlarini (yuzlashtirish, tanib olish uchun ko'rsatish, ko'rsatuvlarni joyida tekshirish, ko'zdan kechirish va shu kabilar) o'tkazish hamda voyaga yetmaganlarning ota-onasi qaramog'iga yoki bolalar muassasasiga joylashtirish ehtiyot choralarini qo'llash va shu kabi bir qator muhim masalalar aynan ushbu davrda qonunchilikka kiritilgan.

- jinoyat ishi bo'yicha voyaga yetmaganlar manfaatlarini himoya qilish maqsadida ilk marotaba ushbu davrda qonuniy vakil va pedagog ishtiroki masalalariga e'tibor qaratila boshlagan;

- 1922 yildan boshlab voyaga yetmaganlar ishlari bo'yicha komissiyalarda ko'rib chiqiladigan masalalar doirasi yildan-yilga qisqartirilib, voyaga yetmaganlar uchun jinoiy javobgarlik kuchayib borgan.

REFERENCES

1. Абдумажидов Г. Развитие законодательства о расследовании преступлений. - Т.: Фан, 1974. - С. 8; Бахронов Х. Мустамлакачиликдан -мустакилликкача: Узбекистан Республикаси жиноят-процессуал конунчилигининг ривожланиш тарихи. - Т.: «Фалсафа ва хукук» нашриёти, 2007. - Б. 13-14.

2. ^аранг: Мухитдинова Ф.М. Узбекистан Республикасида суд хокимиятининг карор топиши ва ривожланиши: Юрид. фан. докт. ... дис. автореф. - Т., 2011. - Б. 14.

Scientific Journal Impact Factor

3. Тангиров О.Э. XIX аср охири - XX аср бошларида Тошкент шахрида козилик судлари фаолиятига доир // https://kukaldosh.uz/14/03/2018/854 (кириш вакти 25.03.2021 й.)

4. Каранг: Мухитдинова Ф.М. Узбекистан Республикасида суд хокимиятининг карор топиши ва ривожланиши: Юрид. фан. докт. ... дис. автореф. - Т., 2011. - Б. 16.

5. Устав уголовного судопроизводства (от 20 ноября 1864 года) // http://constitution.garant.ru/history/act1600-1918/3137/ (кириш вакти 25.03.2021 й.).

6. Бу хакда батафсил каранг: Бахронов Х. Мустамлакачиликдан-мустакилликкача: Узбекистон Республикаси жиноят-процессуал конунчилигининг ривожланиш тарихи. Маъсул мухаррир Ф.М.Мухитдинов. -Т., 2007. - Б. 49-68.

7. Уша манба. - Б. 49-68.

8. Декрет СНК РСФСР от 14.01.1918 "О комиссиях для несовершеннолетних" http://www.consultant.ru/cons/cgi/online.cgi?req=doc&base=ESU&n=3803#072634 05751104945. (кириш вакти 25.03.2021 й.).

9. Декрет ВЦИК от 07.03.1918 N 2 "О суде" http://www.consultant.ru/cons/cgi/ online.cgi?req=doc&base=ESU&n=4476#09749552089454712. (кириш вакти 25.03.2021 й.).

10. Шумаев Д.Г., Овинникова Р.В. Расследование преступлений, совершаемых несовершеннолетними: исторический аспект //Донецкие чтения 2019: образование, наука, инновации, культура и вызовы современности: Материалы IV Международной научной конференции (Донецк, 31 октября 2019 г.). - Том 9: Юридические науки / под общей редакцией проф. С.В. Беспаловой. - Донецк: Изд-во ДонНУ, 2019. - 340 с. С.199-203// https://donnu.ru/science/conference2019/materials. (кириш вакти 25.03.2021 й.).

11. Декрет СНК РСФСР от 04.03.1920 "О делах о несовершеннолетних, обвиняемых в общественно-опасных действиях // https://www.alppp.ru/law/pravosudie/45/dekret-snk-rsfsr-ot-04-03-1920.html. (кириш вакти 25.03.2021 й.).

12. Уголовно-процессуальный Кодекс РСФСР (от 25 мая 1922 года) // http://docs.cntd.ru/document/901757376. (кириш вакти 25.03.2021 й.).

13. https://ru.wikipedia. org/wiki/Ювенальная_юстиция_в_России. (кириш вакти 25.03.2021 й.).

14. Уголовный процессуальный кодекс Узбекской ССР. - Самарканд, 1927. -

Scientific Journal Impact Factor

С. 72.

15. Ражабов Б.А. Жиноят процессида исбот килишнинг умумий шартларига оид коидаларнинг ретроспектив тахлили// https://tadqiqot.uz/wp-

content/uploads/2019/04/huquq-2019-04/ 10-16.pdf

16. Уголовный процессуальний кодекс Узбекской ССР. - Т.: Узбекистан, 1929.

17. ЦИК СССР, СНК СССР Постановление №3, 598 от 7 апреля 1935 года. "О мерах борьбы с преступностью среди несовершеннолетних". https://www.alppp.ru/law/ pravosudie/45/postamvleme-cik-sssr--3-snk-sssr--598-ot-07-04-1935.html (кириш вакти 25.03.2021 й.).

18. Циркуляр Прокуратуры СССР и Верховного Суда СССР прокурорам и председателям судов о порядке применения высшей меры наказания к несовершеннолетним. 20 апреля 1935 г. https://staHmsm.ru/karatelnaya-poHtika-1933-1936gg. // (кириш вакти 25.03.2021 й.).

19. Указ Президиума ВС СССР от 10.12.1940 "Об уголовной ответственности несовершеннолетних за действия, могущие вызвать крушение поездов" // https://ru.wikisource.org/wiki/. (кириш вакти 25.03.2021 й.).

20. Указ Президиума ВС СССР от 31.05.1941 "Об уголовной ответственности несовершеннолетних" // http://docs.cntd.ru/document/901931536 (кириш вакти 25.03.2021 й.).

21. Указ Президиума ВС СССР от 07.07.1941 О применении судами Постановления ЦИК и СНК СССР от 7 апреля 1935 г. «О мерах борьбы с преступностью среди несовершеннолетних» // http://istmat.info/node/24358. (кириш вакти 25.03.2021 й.).

С. 52.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.