Научная статья на тему 'SO‘ROQ QILISH TERGOV HARAKATINI O‘TKAZISH TARTIBI VA O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI'

SO‘ROQ QILISH TERGOV HARAKATINI O‘TKAZISH TARTIBI VA O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
5204
430
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
tergov harakati / so‘roq / tergovchi / surishtiruvchi / gumon qilinuvchi / ayblanuvchi / qonuniylik / dalillar maqbulligi. / investigative action / interrogation / investigator / interrogator / suspect / accused / legality / admissibility of evidence.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Mexmonov, Azizbek Yakubovich

Mazkur maqolada so‘roq qilish tergov harakatining asosiy qoidalari va tartibi, ushbu tergov harakatining natijalarini rasmiylashtirish tartibi hamda jinoyat ishlarini tergov qilishdagi ahamiyati muhokama qilinadi. Surishtiruvchi va tergovchilar tomonidan so‘roq qilish orqali dalillarga ega bo‘lishning asosiy usullari tahlil qilinadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE PROCEDURE AND SPECIFICS OF THE INVESTIGATIVE ACTION OF THE INTERROGATION

This article discusses the basic rules and procedure for conducting an interrogation, the procedure for processing the results of this investigative action and its significance in the investigation of criminal cases. The main methods of obtaining evidence through interrogation by an interrogator and an investigator are analyzed.

Текст научной работы на тему «SO‘ROQ QILISH TERGOV HARAKATINI O‘TKAZISH TARTIBI VA O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI»

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 6

educational, natural and social sciences ( ) ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

SO'ROQ QILISH TERGOV HARAKATINI O'TKAZISH TARTIBI VA O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

Mexmonov Azizbek Yakubovich

O'zbekiston Respublikasi IIV Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi boshlig'ining o'rinbosari.

ANNOTATSIYA

Mazkur maqolada so 'roq qilish tergov harakatining asosiy qoidalari va tartibi, ushbu tergov harakatining natijalarini rasmiylashtirish tartibi hamda jinoyat ishlarini tergov qilishdagi ahamiyati muhokama qilinadi. Surishtiruvchi va tergovchilar tomonidan so 'roq qilish orqali dalillarga ega bo 'lishning asosiy usullari tahlil qilinadi.

Kalit so'zlar: tergov harakati, so'roq, tergovchi, surishtiruvchi, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, qonuniylik, dalillar maqbulligi.

ПОРЯДОК И СПЕЦИФИКА ПРОИЗВОДСТВА СЛЕДСТВЕННОГО

ДЕЙСТВИЯ ДОПРОСА

АННОТАЦИЯ

В данной статье рассматриваются основные правила и порядок проведения допроса, порядок оформления результатов данного следственного действия и его значение в расследовании уголовных дел. Анализируются основные способы получения доказательств путем допроса дознавателем и следователем.

Ключевые слова: следственное действие, допрос, следователь, дознаватель, подозреваемый, обвиняемый, законность, допустимость доказательств.

THE PROCEDURE AND SPECIFICS OF THE INVESTIGATIVE ACTION OF THE INTERROGATION

ABSTRACT

This article discusses the basic rules and procedure for conducting an interrogation, the procedure for processing the results of this investigative action and its significance in the investigation of criminal cases. The main methods of obtaining evidence through interrogation by an interrogator and an investigator are analyzed.

Keywords: investigative action, interrogation, investigator, interrogator, suspect, accused, legality, admissibility of evidence.

Scientific Journal Impact Factor

KIRISH

Mamlakatimizda sud-huquq tizimining demokratik asoslarini yanada chuqurlashtirish, milliy qonunchilik asoslarini shakllantirish, jinoyatchilikka qarshi kurashning zamon talablari darajasida olib borilishini ta'minlash, huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatining samaradorligini oshirish davlat siyosatining ustuvor yo'nalishlaridan biri sifatida belgilanib, bu borada inson huquq va erkinliklari hamda himoyasini ta'minlash muhim omil sifatida e'tirof etildi.

Buning yaqqol tasdig'i sifatida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 10 avgustdagi "Sud-tergov faoliyatida shaxsning huquq va erkinliklarini himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Farmoni [1] misolida ko'rishimiz mumkin bo'ladi. Mazkur farmonning qabul qilinishi shaxsning huquq va erkinliklariga so'zsiz rioya etilishini ta'minlash, protsessual harakatlarning sifatini oshirish, jinoyat protsessida dalillarni to'plash va mustahkamlash, ularga baho berish tizimini ilg'or xorijiy tajribada keng qo'llaniladigan isbotlash standartlarini inobatga olgan holda yangi mexanizmlarni joriy etish uchun muhim qadam bo'ldi.

Ushbu farmon bilan shaxsni jinoyat ishida gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchi sifatida jalb qilish uchun asoslar mavjud bo'lgan hollarda, uni guvoh tariqasida so'roq qilish, shuningdek, unga gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchining protsessual huquqlari tushuntirilguniga qadar undan biron-bir yozma yoki og'zaki ko'rsatuvlar olish; ushlangan gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchining yaqin qarindoshlarini protsess ishtirokchisi sifatida jalb qilish uchun asoslar mavjud bo'lmagan hollarda ularni huquqni muhofaza qiluvchi organlarga chaqirish va so'roq qilish; surishtiruv va dastlabki tergov organlari xodimlari tomonidan mazmunan ko'rib chiqish uchun sudga yuborilgan jinoyat ishi doirasida sudlanuvchi, jabrlanuvchi, guvoh, fuqaroviy da'vogar, fuqaroviy javobgar va boshqa protsess ishtirokchilarini huquqni muhofaza qiluvchi organlarga chaqirish yoki so'roq qilish ta'qiqlanishi borasida bir qator vazifalar belgilandi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Jinoyat ishlarini tergov qilishda so'roq qilish eng muhim va keng tarqalgan tergov harakati bo'lib hisoblanadi. So'roq qilish natijasida ishni yuritish uchun mas'ul bo'lgan mansabdor shaxslar ish uchun ahamiyatli bo'lgan ma'lumotlarni qo'lga kiritadi. Ushbu tergov harakatini o'tkazishda nafaqat huquqshunoslikda ma'lum bo'lgan usullardan foydalanish, balki surishtiruvchi va tergovchidan yaxshi psixolog bo'lishni ham talab etadi.

So'roq qilish tergov harakati mavjud dalillarni tekshirish va yangilarini olishning juda samarali vositasi bo'lib hisoblanadi. So'roq qilish tergov harakatini

Scientific Journal Impact Factor

o'tkazish asoslari va tartibi O'zbekiston Respublikasi jinoyat-protsessual kodeksining 10, 11 va 12-boblarida belgilab qo'yilgan [2]. So'roq qilish ushbu qoidalarga rioya qilinmagan holda o'tkazilishi uning protsessual ahamiyatini yo'qolishi hamda olingan dalillarning nomaqbul bo'lishiga olib keladi. Qonun chiqaruvchi so'roq qilish tergov harakatini o'tkazish asoslari va tartibini keltirib o'tgan bo'lsada, lekin ushbu tergov harakatini o'tkazish usullari jinoyat-protsessual qonunida to'liq o'z aksini topmagan.

Ko'pgina hollarda jinoyatlarni tez va to'la ochish, jinoyat sodir etgan shaxslarni aniqlash va ularni javobgarlikka tortishga nafaqat dalillarning yetishmasligi, balki ishni yuritish uchun mas'ul bo'lgan davlat organlari va mansabdor shaxslarning jinoyatchini fosh qila olmaslik, jinoyat holatlarini tahlil qilish va ishning mavjud holatlarini yetarli darajada tekshirmasligi to'sqinlik qilishi mumkin. Surishtiruvchi va tergovchi tergov harakatlarini o'tkazish qoidalari, tartibi va o'ziga xos xususiyatlarini to'liq egallamasdan turib, jinoyat ishini tergov qilishning to'liqligi va ob'ektivligini kafolatlash mumkin emas. So'roq qilish tergov harakatini to'g'ri o'tkazish, ushbu tergov harakati natijasida ish uchun ahamiyatli dalillarni qo'lga kiritish nafaqat qonunni, balki psixologiya, kriminologiya, etika va pedagogikani ham bilishni talab etadi [3, s. 65].

So'roq qilish tergov harakatini o'tkazish orqali ish uchun ahamiyatga ega bo'lgan dalillarni olishda so'roq qilinayotgan shaxsning pozisiyasi, ya'ni uning haqiqatni aytishga yoki aksincha, yolg'on guvohlik berish orqali tergovni noto'g'ri yo'ldan olib borishga intilishi asosiy rol o'ynaydi. Xususan, so'roq qilingan shaxs qasddan yolg'on ko'rsatuv berishi yoki garchi u tergovga chin dildan yordam berishni istasa-da, ish holatini yaxshi bilmasligini keltirib o'tish mumkin.

So'roq qilish tergov harakatini o'tkazishda asosiy e'tiborni himoya va ayblovni qo'llab-quvvatlovchi tomonlarning harakatlariga e'tibor qaratish lozim bo'ladi. Jumladan, himoya va ayblovni qo'llab-quvvatlovchi tomonlar turli maqsadlarni ko'zlaydi va har doim guvohlikni ular uchun qulay yo'nalishda o'zgartirishga harakat qiladi [4].

Surishtiruvchi va tergovchi so'roq qilish tergov harakatini o'tkazayotganda har doim inson omilini hisobga olishi kerak. So'roq qilinayotgan shaxs tergov uchun muhim holatlarni unutishi, voqeani tavsirlashda xatoga yo'l qo'yishi, tergov qilinayotgan ish bo'yicha nima muhimligini yoki ikkinchi ahamiyatga ega ekanligini tushunmasligi mumkin. So'roq qilinayotgan shaxs cheklangan idrokka ham ega bo'lishi mumkin (asab tizimining buzilishi, charchash, hayajonlanish, sezgi organlarining nuqsonlari). Agar shaxs jinoyat sodir etilgan vaqtida kuchli xayajonlanish holatida bo'lgan bo'lsa, u voqelikni yetarli darajada idrok eta olmagan

Scientific Journal Impact Factor

bo'ladi. Shu bilan birga, so'roq qilinayotgan shaxsda xayolparastlik, voqea mohiyatini tushunmaslik, sodir bo'lgan hodisani to'liq eslab olmaslik kabi holatlar ham yuzaga kelishi mumkin [5, s. 22]. Bunday holda surishtiruvchi yoki tergovchi so'roq qilinayotgan shaxsga ishonchli va xolisona ko'rsatuv berishiga yordamlashishi lozim.

O'zbekiston Respublikasi jinoyat-protsessual kodeksiga talablariga ko'ra, so'roqning umumiy davom etish vaqti bir kunda sakkiz soatdan oshmasligi, dam olish va ovqatlanish uchun beriladigan bir soat tanaffus bu hisobga kirmasligi, alohida toifadagi shaxslar, ya'ni voyaga yetmagan gumon qilinuvchini, ayblanuvchini so'roq qilishning umumiy davomiyligi kun davomida dam olish va ovqatlanish uchun bir soatlik tanaffusni hisobga olmaganda olti soatdan oshmasligi belgilab o'tilgan.

Surishtiruvchi va tergovchi so'roq qilish oldidan so'roq qilinuvchidan uning familiyasi, ismi va otasining ismini, tug'ilgan vaqti (yili, oyi, kuni) va tug'ilgan joyini, yashash joyi va ish joyini, mansabi, mashg'ulot turi, ma'lumoti, oilaviy ahvolini, sudlanganligi yoki sudlanmaganligini aniqlashi hamda bu ma'lumotlarni jinoyat ishidagi yoki so'roq qilinuvchining shaxsiy hujjatlaridagi ma'lumotlar bilan solishtirib ko'rishi yoxud so'roq qilinuvchi o'zini kim deb tanishtirgan bo'lsa, aynan o'sha shaxs ekanligiga boshqa yo'llar bilan ishonch hosil qilishi lozim.

So'roq qilinuvchi ish yuritilayotgan tilni biladimi, u qaysi tilda ko'rsatuv bera olishi mumkin, degan savollar tug'ilib qolsa, bu masala aniqlanishi lozim. So'roq qilinuvchi so'roq qilinayotgan tilni bilmasa, u holda tarjimon chaqiriladi va u kelguncha so'roq qilish to'xtatib turiladi.

So'roq qilinuvchining shaxsi aniqlangandan keyin unga JPKda nazarda tutilgan huquq va majburiyatlari tushuntiriladi. Bu huquq va majburiyatlar tushuntirilganligi so'roq bayonnomasida qayd etiladi.

So'roq qilinuvchiga ishning unga ma'lum bo'lgan holatlari to'g'risida so'zlab berish taklif qilinadi. Surishtiruvchi va tergovchi so'roq qilinuvchi erkin so'zlab berganidan keyin uning ko'rsatuvlarini to'ldirish yoki aniqlashga qaratilgan savollar berilishi mumkin. Tergov harakatini amalga oshirayotgan mansabdor shaxs so'roq qilinuvchiga savollar berayotganida asosiy e'tiborini qaratishi lozim bo'lgan holatlar mavjud. Jumladan, kutilayotgan javobga bevosita yoki bilvosita yo'naltirish mazmunidagi hamda ishora qiluvchi savollar berish taqiqlanadi.

So'roq qilinuvchining ko'rsatuvlari raqamlar yoki xotirada saqlanishi qiyin boshqa ma'lumotlarga taalluqli bo'lsa, u so'roq jarayonida o'zidagi yoki ishga qo'shib qo'yilgan hujjatlardan yoxud boshqa yozuvlardan foydalanishiga ruxsat beriladi.

Scientific Journal Impact Factor

So'roq jarayoni va natijalari surishtiruv va dastlabki tergov bosqichida so'roq bayonnomasida rasmiylashtiriladi. So'roq jarayonida bayonnoma yuritish bilan bir qatorda ovozni yozib olish va videoyozuvga olish ham qo'llanilishi mumkinligi jinoyat-protsessual qonuni bilan ruxsat etilgan. So'roq qilish davomida qo'llanilgan fonogramma va videoyozuv bayonnomaga ilova qilinadi [6, s. 7-8].

Ko'rsatuvlar bayonnomaga birinchi shaxs nomidan, imkon boricha so'zma-so'z yozib boriladi. Savol-javob so'roq jarayonida qanday olib borilgan bo'lsa, shunday izchillikda qayd qilinadi. Surishtiruvchi yoki tergovchi tomonidan so'roq qilinuvchi javob berishdan bosh tortgan savollar ham bayonnomaga kiritilishi kerak.

So'roq qilinuvchi ko'rsatuvni o'z qo'li bilan yozma ravishda bayon qilishga haqli hisoblanadi. O'z qo'li bilan yozilgan ko'rsatuv bayonnomaga ilova qilinib, bu haqda bayonnomaga tegishli qaydlar kiritiladi. So'roq qilinuvchi bayonnomani o'qib bo'lgach, ko'rsatuvlari to'g'ri yozilganligi va u bilan tanishganligini imzo chekib, tasdiqlaydi. Imzo bayonnomaning oxiriga qo'yiladi, basharti ko'rs atuvlar bir necha sahifaga yozilgan bo'lsa, har qaysi sahifaga alohida imzo chekiladi.

Xulosa o'rnida shuni ta'kidlash lozimki, jinoyat ishlarini tergov qilishda so'roq tergov harakatini jinoyat-protsessual qonunchilik talablariga rioya qilgan holda o'tkazilishi kelgusida ish uchun ahamiyatli bo'lgan dalillarni qo'lga kiritilishi va olingan dalillarning maqbul bo'lishiga xizmat qilib, jinoyatlarni tez va to'la ochish hamda jinoyat sodir etgan har bir shaxsni qonunda belgilangan tartibda javobgarlikka tortishga, eng asosiysi esa haqiqatni aniqlanishiga erishish mumkin bo'ladi.

REFERENCES

1. Узбекистон Республикаси Президентининг 2020 йил 10 августдаги "Суд-тергов фаолиятида шахснинг хукук ва эркинликларини химоя килиш кафолатларини янада кучайтириш чора-тадбирлари тугрисида"ги ПФ-6041-сон Фармони // URL: https://www.lex.uz

2. Узбекистон Республикаси Жиноят-процессуал кодекси // URL: https://www.lex.uz/docs/111460#253838

3. Предварительное следствие в органах внутренних дел: учебник / под ред. к.ю.н., доцента М.В. Мерешкова. Ч. II. - М., 2012. - С. 256.

4. Рыжаков А.П. Допрос: основания и порядок производства [Электронный ресурс] // СПС «Консультант Плюс». 2013. URL: http://base.consultant.ru/cons/cgi/online.cgi?req=doc;base=CMB;n=17478.

XULOSA

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 6

educational, natural and social sciences ( ) ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

5. Джумаева Р.Х. Истина как главная цель уголовного судопроизводства // Теория и практика общественного развития. - 2014. - № 16. - 21-23 с.

6. Акрамходжаев Б.Т., Муминов М.Э., Ботаев М.Д. Сурок килиш тергов хдракатини режалаштириш хусусиятлари: Укув-амалий кулланма. - Т.: Узбекистан Республикаси ИИВ Академияси, 2015. - 160 с.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.