Научная статья на тему 'AXBOROT XAVFSIZLIGINI TA’MINLASHDA CHET EL DAVLATLARINING QONUN HUJJATLARI TAHLILI'

AXBOROT XAVFSIZLIGINI TA’MINLASHDA CHET EL DAVLATLARINING QONUN HUJJATLARI TAHLILI Текст научной статьи по специальности «Право»

CC BY
1716
251
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
axborot xavfsizligi / xalqaro hamkorlik / xalqaro huquq / axborot maxfiyligi / kiber jinoyat / kiber xavfsizlik. / information security / international cooperation / international law / information confidentiality / cybercrime / cybersecurity

Аннотация научной статьи по праву, автор научной работы — Raxmatova, Yulduz

Xalqaro miqyosida axborot xavfsizligini ta’minlashda muhim bo‘lgan samarali xalqaro hamkorlikning istiqboli davlatlarning mahalliy qonunchiliklari va sohaga doir tamoyil va tushunchalarning talqiniga bog‘liq ekanligi kundek ravshan. Shu nuqtai nazardan, sohadagi xalqaro hamkorlik masalalariga doir xulosalar va takliflar berish dastlab mahalliy qonunchiliklarning tahliliga asoslanishi muhimdir. Mazkur maqola bir necha davlatlarning axborot xavfsizligini ta’minlash va sohaga doir jinoyat ishlarini javobgarlikiga tortish bo‘yicha qonunchiliklarni ko‘rib chiqadi va tahlil qiladi. Tahlil uchun qiyosiy-huquqiy va taqqoslash kabi ilmiy usullardan foydalanildi. Tahlillar shuni ko‘rsatadiki faqatgina Polsha jinoyat qonunchiligidagina axborot xavfsizligini qonunan muhofaza qilishga tizimli yondashuv mavjud. Boshqa bir necha davlatlarda turli turdagi maxfiy ma’lumotlarning tizimli himoya qilinishini kuzatish mumkin. Ko‘plab davlatlarda, shu jumladan Rossiya Federatsiyasida ham, axborot xavfsizligiga qarshi harakatlarni jinoiy javobgarlikka tortish masalalari Jinoyat kodeksining ma’lum bir qisimlarida tarqoq joylashgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ANALYSIS OF FOREIGN LEGAL DOCUMENTS IN INFORMATION SECURITY

It became obvious that the prospect of effective international cooperation, which is important in ensuring information security at the international level, depends on the local legislations, principles, and interpretation of concepts related to the sphere. In this regard, it is important to give conclusions and suggestions on the issues of international cooperation in the field initially based on the analysis of local legislation. This article reviews and analyzes legislation on the provision of information security and prosecution of criminal cases in the field of information security of several states. Scientific methods such as comparative-legal and comparison were used for the analysis. The analysis shows that there is a systematic approach to the legislative protection of information security only under Polish criminal law. In many states the issues of criminal liability for actions against Information Security are in certain parts of the Criminal Code.

Текст научной работы на тему «AXBOROT XAVFSIZLIGINI TA’MINLASHDA CHET EL DAVLATLARINING QONUN HUJJATLARI TAHLILI»

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 6

educational, natural and social sciences ( ) ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

AXBOROT XAVFSIZLIGINI TA'MINLASHDA CHET EL DAVLATLARINING QONUN HUJJATLARI TAHLILI

Raxmatova Yulduz

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti magistranti

ANNOTATSIYA

Xalqaro miqyosida axborot xavfsizligini ta 'minlashda muhim bo 'lgan samarali xalqaro hamkorlikning istiqboli davlatlarning mahalliy qonunchiliklari va sohaga doir tamoyil va tushunchalarning talqiniga bog'liq ekanligi kundek ravshan. Shu nuqtai nazardan, sohadagi xalqaro hamkorlik masalalariga doir xulosalar va takliflar berish dastlab mahalliy qonunchiliklarning tahliliga asoslanishi muhimdir. Mazkur maqola bir necha davlatlarning axborot xavfsizligini ta 'minlash va sohaga doir jinoyat ishlarini javobgarlikiga tortish bo'yicha qonunchiliklarni ko'rib chiqadi va tahlil qiladi. Tahlil uchun qiyosiy-huquqiy va taqqoslash kabi ilmiy usullardan foydalanildi. Tahlillar shuni ko 'rsatadiki faqatgina Polsha jinoyat qonunchiligidagina axborot xavfsizligini qonunan muhofaza qilishga tizimli yondashuv mavjud. Boshqa bir necha davlatlarda turli turdagi maxfiy ma'lumotlarning tizimli himoya qilinishini kuzatish mumkin. Ko'plab davlatlarda, shu jumladan Rossiya Federatsiyasida ham, axborot xavfsizligiga qarshi harakatlarni jinoiy javobgarlikka tortish masalalari Jinoyat kodeksining ma'lum bir qisimlarida tarqoq joylashgan.

Kalit so'zlar: axborot xavfsizligi, xalqaro hamkorlik, xalqaro huquq, axborot maxfiyligi, kiber jinoyat, kiber xavfsizlik.

ANALYSIS OF FOREIGN LEGISLATION IN THE FIELD OF INFORMATION SECURITY

Rakhmatova Yulduz

University of World Economy and Diplomacy, Master's

ABSTRACT

It became obvious that the prospect of effective international cooperation, which is important in ensuring information security at the international level, depends on the local legislations, principles, and interpretation of concepts related to the sphere. In this regard, it is important to give conclusions and suggestions on the issues of international cooperation in the field initially based on the analysis of local legislation. This article reviews and analyzes legislation on the provision of information security and prosecution of criminal cases in the field of information

192

Scientific Journal Impact Factor

security of several states. Scientific methods such as comparative-legal and comparison were used for the analysis. The analysis shows that there is a systematic approach to the legislative protection of information security only under Polish criminal law. In many states the issues of criminal liability for actions against Information Security are in certain parts of the Criminal Code.

Keywords: information security, international cooperation, international law, information confidentiality, cybercrime, cybersecurity

АНАЛИЗ ЗАРУБЕЖНОГО ЗАКОНОДАТЕЛЬСТВА В ОБЛАСТИ ИНФОРМАЦИОННОЙ БЕЗОПАСНОСТИ

Рахматова Юлдуз

Степень магистра Университета мировой экономики и дипломатии

АННОТАЦИЯ

Известно, что перспектива эффективного международного сотрудничества, которое важно для обеспечения информационной безопасности на международном уровне, зависит от местного законодательства, принципов и толкования понятий, относящихся к данной сфере. В связи с этим важно дать выводы и предложения по вопросам международного сотрудничества в этой области, первоначально основанные на анализе местного законодательства. В данной статье рассматривается и анализируется законодательство об обеспечении информационной безопасности и возбуждении уголовных дел в области информационной безопасности ряда государств. Для анализа использовались такие научные методы, как сравнительно-правовой и сравнительный. Анализ показывает, что системный подход к законодательной защите информационной безопасности существует только в рамках польского уголовного законодательства. Во многих государствах вопросы уголовной ответственности за действия, направленные против информационной безопасности, находятся в определенных разделах Уголовного кодекса.

Ключевые слова: информационная безопасность, международное сотрудничество, международное право, конфиденциальность информации, киберпреступность, кибербезопасность.

Xalqaro axborot xavfsizligini ta'minlashda xalqaro tashkilotlarning o'rni, muvofiqlashtiruvchi va tashkilashtiruvchi sifatida juda yuqori bo'lsada, davlatlarning

KIRISH

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 6

educational, natural and social sciences ( ) ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

mahalliy qonunchiligi, ularning mazkur masala yuzasidan milliy tamoyil va qarashlari xalqaro tashkilotlar miqyosida sohadagi hamkorlikning qay yo'sinda borishini belgilab berishi turgan gap. Bunga misol yuzasidan Rossiyaning Yevro hududdagi yagona 2001-yilgi konvensiyaga qo'shilmagan davlat bo'lganligida ham ko'rish mumkin. Bunga asosiy sabab sifatida, masullar tomonidan Rossiyaning sohadagi milliy qarashlari va shu bilan birga Rossiyaning masala yuzasidan bazi tamoyillari bilan konvensiya olg'a surayotgan tamoyillar o'rtasidagi ziddiyatlarning mavjudligi asosiy sabab sifatida ko'rsatildi. Bu kabi xalqaro maydonda axborot xavfsizligini ta'minlash borasidagi hamkorlik masalalarida yuz berayotgan hodisalar, mahalliy qonunchilik va davlatlar tamoyillaridagi farqning xalqaro hamkorlikdagi ahamiyati qanchalik muhim ekanligi va bu tafovutlar sohadagi samarali xalqaro hamkorlikni tashkil qilish uchun chuqur o'rganilishi kerak ekanligini ko'rsatadi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Solishtirma tahlillar shuni ko'rsatdiki, ko'plab xorijiy davlatlarning jinoiy qonunlarida axborot xavfsizligini jinoiy-huquqiy himoyalashga tizimli yondashuv mavjud emas. Ammo, ba'zi davlatlarning qonunchiligida, qonun bilan himoya qilinadigan axborotlar ma'lum bir tur sifatida belgilab qo'yilgan. Ya'ni, Polsha Respublikasi Jinoyat kodeksining "Axborotni himoya qilishga qarshi jinoyatlar" deb nomlangan 33-bobi davlat sirlarining maxfiyligini buzish, rasmiy va kasbiy sirlarga nisbatan noqonuniy harakatlar, aloqa maxfiyligini buzish, muhim ma'lumotlarga qarshi hujumlar kabi xatti-harakatlarga nisbatan javobgarlikka tortish to'g'risida moddalar mavjud[1].

Koreya Respublikasining Jinoyat Kodeksida maxfiy ma'lumotlarga qarshi hujumga oid, "Maxfiylikni buzishga oid jinoyatlar" deb nomlangan 35-bob mavjud. Unga ko'ra kasbiy sirlarni ochish va aloqa maxfiyligini buzish javobgarlikka tortiladi[2].

Kasbiy yoki rasmiy sirlarga nisbatan hujumlar ko'plab chet davlatlarining qonunchiliklarida jinoyat sifatida qaraladi. Masalan, Estoniya Jinoyat kodeksida kasbiy yoki rasmiy faoliyat bilan bog'liq maxfiy sirlarni saqlash majburiyatini buzish 157-modda mavjud bo'lib, unga muvofiq shaxs, boshqa shaxsning sog'ligi, shaxsiy hayoti yoki tijorat faoliyati to'g'risidagi ma'lumotlarni oshkor qilsa, va lekin u bunday ma'lumotlarni qonun bilan sir tutishi kerak bo'lsa va bunday ma'lumotlar unga kasbiy yoki rasmiy faoliyati davomida ma'lum bo'lgan bo'lsa, shaxs bu qilmishi uchun jinoiy javobgar hisoblanadi[3].

Rossiya Federatsiyasida bu kabi ma'lumotlarning maxfiyligini buzishni

javobgarlikka tortuvchi maxsus qonunlar mavjud emas. Garchi bu kabi qonunlarni

194

Scientific Journal Impact Factor

jinoyat kodeksiga qo'shish ko'pchilik tomonidan qo'llab quvatlansada, shuni hisobga olish kerakki Rossiya Federatsiyasida rasmiy va kasbiy sirlar tushunchasini ta'riflash borasida hech qanday federal aktlar mavjud emas, va bu kabi ma'lumotlar maxfiyligiga qarshi harakatlarni javobgarlikka tortish to'g'risidagi qonunlarni, masalaga kompleks yondashuvsiz, to'g'ridan to'g'ri jinoyat kodeksiga qo'shish ijroda ko'plab tushunmovchiliklarga sabab bo'lishi mumkin. Hozirgi kunda, kasbiy yoki rasmiy ma'lumotlarning maxfiyligini buzish masalalari ma'lumotning turi va uni maxfiyligiga putur yetqazgan shaxsning kimligiga qarab Rossiya Federatsiyasi jinoyat kodeksining turli moddalarida tarqoq joylashgan. Bular oila yoki shaxsga oid maxfiy ma'lumotlarga, aloqaning maxfiyligiga, bola boqib olishning maxfiyligiga qarshi amalga oshirilgan jinoiy xatti-harakatlarga oid 137, 138, 155- moddalar keltirib o'tilgan. Ko'plab sobiq Sovet ittifoqi davlatlarida, bu kabi jinoiy xatti-harakatlarga oid qonunlar odatda jinoyat kodeksining konstitutsiyaviy fuqarolik huquqlar uchun ajratilgan qismida keltirib o'tilgan. Bu kabi yondashuvni, Armaniston Respublikasining Jinoyat kodeksining "Shaxs va fuqaroning konstitutsiyaviy ozodligi va haq-huquqlari" deb nomlangan 19-bobida[4] va Ukraina Jinoyat kodeksining "Shaxsiy haq-huquqlarga qarshi jinoyatlar" uchun ajratilgan 5-qismida ko'rish mumkin[5] Shu masalaga doir qiziq yondashuvni Germaniya qonunchiligida ko'rish mumkin. Germaniya Federal Respublikasining Jinoyat kodeksi 15- qismining 203-moddasiga ko'ra shaxsiy sirlarni, ya'ni shaxsga ish jarayoni mobaynida oshkor bo'lgan shaxsiy yoki tijorat sirlarini buzish uchun javobgarlik belgilangan. Ya'ni Germaniya qonunchiligi, kasbiy yoki rasmiy sirlarni oshkor etishni, bu ma'lumotlar shaxsga ish beruvchi tomonidan oshkor etilishi taqiqlangan axborotni oshkor etish sifatida javobgarlikka tortadi[6, 7].

Fransiya Jinoyat kodeksi "shaxsiy hayotning yaqinligi" tushunchasidan foydalanadi[8], va kodeksga ko'ra, maxfiy ravishda ifoda etilgan so'zlarning yozib olinishi yoki ruxsatsiz jo'natilishi, va insonning ruxsatsiz uni shaxsiy joyda rasmga olinish, ruxsatsiz u insonning rasmini jo'natilishi bu tushunchaning buzilishi sifatida javobgarlikka tortiladi. Shu bilan birga, shaxsga doir bu kabi ma'lumotlarni jamoaga oshkor qilish ham qonun bilan jazolanadi.

Shaxsiy hayot huqqining tarkibiy qismi bo'lmishi aloqa yoki yozishmalar, pochta, telegraf va boshqa xabarlarning maxfiyligi huquqi ham chet el jinoyat qonunchiligi bilan himoyalangan. Biroq, bu borada davlatlar qonunchiligida farqlar uchrab turadi. Belgiya qonunchiligi aloqa yoki telefon aloqasi sirlarini buzilishini jamoat tartibiga qarshi jinoyat sifatida belgilaydi[9]. Ispaniya Jinoyat kodeksi[10] bu kabi maxfiy ma'lumotlarni buzish borasida hech qanday qonun keltirmaydi. Ispaniya

Scientific Journal Impact Factor

Jinoyat kodeksining 197-moddasi shaxsiy hayotni himoya qilishga bag'ishlangan, ammo jinoiy javobgarlik shaxsning ruxsatsiz unga tegishli bo'lgan xatlar, elektron xatlar, elektron omborlar va arxivlarda joylashgan ma'lumotlarni yig'ish va oshkor etish va bu jarayonda texnik vositalardan foydalanish uchun belgilangan. Qonuniy uslub nuqtai nazaridan, Estoniya qonuniy yondashuvi ham e'tiborga sazovor. Estoniya Jinoyat kodeksining aloqaning maxfiyligini buzish haqidagi 156-moddasi, aloqa vositalarini umuman ifodalab o'tmagan va masalani juda qisqa ta'kidlab o'tgan: "Aloqa vositalari orqali aloqaning maxfiyligini buzish javobgarlikka tortiladi". Germaniya Federativ Respublikasi Jinoyat kodeksida, yozishmalar maxfiyligini buzish va aloqa maxfiyligini buzish alohida ajratilgan. Yozishmalar maxfiyligini buzish bu shaxs o'ziga tegishli bo'lmagan, muhrlab yopilgan xat yoki biror hujjatning, texnik vositalardan foydalangan holda uni ochmay turib hujjat ichidagi ma'lumot bilan tanishish deb ta'riflangan. Aloqa maxfiyligini buzish esa, shaxsga jo'natilgan ma'lumotlarni, shaxsiy yoki ish beruvchi tomonidan, jo'natgan tomon roziligisiz tarqatish oshkor etish hisoblanadi.

Ko'plab davlatlarda, tijorat yoki bankga doir ma'lumotlarga nisbatan noqonuniy harakatlar amalga oshirish jinoyat hisoblanadi. Shu bilan birga juda kam sonli davlatlarda bu kabi ma'lumotlarni yig'ish sanoat yoki tijorat josusligi hisoblanadi. Misol uchun Belorusiya respublikasining Jinoyat Kodeksining 254 moddasi sanoat josusligiga, ya'ni tijorat ma'lumotni yoki bank sirlarini noqonuniy ish qilish yoki oshkor qilish maqsadida to'plash, jinoiy javobgarlikka tortiladi[11]. Avstriya Jinoyat kodeksi ham tijorat yoki sanoat sirlarini oshkor etishni javobgarlikka tortadi[12]. Shu bilan birga, har qanday tijorat yoki sanoat sirlarini chet-el davlati uchun yig'ish, juda katta jinoyat hisoblanadi. Rossiyada tijorat, soliq yoki bank sirlarini o'z ichiga olgan ma'lumotlarni olish va oshkor qilish uchun javobgarlik Jinoyat kodeksining 183-moddasida nazarda tutilgan. Ta'kidlash joizki, ko'plab chet el jinoyat qonunchil igi tijorat va bank sirlarinigina qamrab oladi, ammo Rossiya Federatsiyasida esa ushbu masalalar soliq sirlarini ham o'z ichiga oladi. Aytish kerakki, tijorat, bank va soliq sirlari turli huquqiy xususiyatga ega. Rossiya qonunchiligida soliq siri rasmiy va professional maxfiy tushuncha bilan to'la qamrab olinadi va jinoyat huquqi himoyasiga mustaqil ravishda muhtoj emas.

Davlat sirini oshkor qilganlik uchun jinoiy javobgarlik chet-el jinoyat qonunchiligida har xil yo'llar bilan ko'zda tutilgan. Masalan, Avstriya Jinoyat kodeksida davlat sirlarini qasddan oshkor qilish (252-modda), davlat sirlarini buzish (253-modda) va davlat sirlarini ustidan tergov olib borish (254-modda) uchun javobgarlik belgilovchi maxsus bo'lim mavjud. Avstriyaning Jinoyat kodeksi 255-

Scientific Journal Impact Factor

moddasida davlat sirlarini belgilaydi. Unga ko'ra, Avstriyaning mudofaasini zaiflashtiruvchi yoki Avstriyaning boshqa davlatlar va xalqaro tashkilotlari bilan aloqalariga putur yetqazuvchi, cheklangan sonli insonlarga ma'lum bo'lgan va boshqa davlatlar hukumatlari, tashkilotlari va ishchilaridan sir saqlanishi kerak bo'lgan yozma materiallar, chizmalar, modellar va yozishmalarni o'z ichiga oluvchi ma'lumot, uskuna yoki bilimlar davlat siri hisoblanadi. Germaniya Federativ Respublikasi qonunchiligi, davlat sirlariga Avstriya Jinoyat kodeksiga nisbatan ancha batafsilroq yondashadi. Germaniya Federativ Respublikasining Jinoyat kodeksi davlat sirlariga doir jinoyatlar bo'yicha 5 ta moddani o'z ichiga oladi. Bular josuslik (94-modda), davlat sirini oshkor qilish (95-modda), davlat sirini oshkor qilish yoki buzish maqsadida davlat siriga egalik qilish (96-modda), ayg'oqchilik agentligi faoliyati (98-modda). Kodeksning 97a-moddasi, erkin demokratiyani buzishga qaratilgan yoki Germaniyaning boshqa davlatlardan yashirin bo'lgan quroliy kuchlari to'g'risidagi maxfiy sirlarini oshkor qilish uchun javobgarlik belgilangan. Germaniya qonunchiligida ham, Avstriya kabi, davlat sirlari uchun ta'rif Jinoyat kodeksida berib o'tilgan. Germaniya Federativ Respublikasining Jinoyat kodeksining 93 moddasiga asosan, davlat siri bu, Germaniyaning tashqi mudofaasiga xavf yoki zarar yetqazmasligi uchun boshqa davlatlardan sir tutilishi kerak bo'lgan, faqatgina cheklangan sonli insonlarga ma'lumot bo'lgan faktlar, vositalar yoki ma'lumotlardir.

Fransiyaning Jinoyat kodeksi, boshqalardan farqli o'laroq, davlat sirining ta'rifini o'z ichiga olmaydi va bu atamani umuman ishlatmaydi. Balki, Fransuz qonun milliy mudofaa sirlari atamasidan foydalanadi. Fransiya Jinoyat kodeksining 413-9 moddasining 1-qismiga binoan milliy mudofaa sirlari quyidagilardan iboratdir: axborot, texnologiyalar, ma'lumotlar, hujjatlar, ma'lumotlar va milliy mudofaaga taalluqli fayllar. Oshkor qilinishi bilan milliy mudofaaga zarar yetkazishi yoki milliy mudofaaning sirlarini buzishi mumkin bo'lgan boshqa ma'lumotlar ham bular ichiga kirishi mumkin. Axborotni milliy mudofaaga tegishli ekanligini tasniflash tartibi Davlat Kengashining maxsus qarori bilan belgilanadi.

Ispaniyaning jinoyat qonunchiligi, xuddi Fransiya singari, davlat siri tushunchasini o'z ichiga olmaydi, ammo Ispaniya Jinoyat kodeksida sirlar va milliy mudofaa bilan bog'liq maxfiy ma'lumotlar kabi tushunchalar mavjud. Bu ma'lumotlar, yopiq va maxfiy, oshkor bo'lishi milliy mudofaaga zarar yetkazishi mumkin kabi ta'riflarga ega. Bu kabi ma'lumotlarga oid jinoyatlar tergov qilish, qalbakilashtirish, buzish, maxfiy ma'lumotlarni oshkor qilish kabi harakatlarni o'z ichiga oladi.

Scientific Journal Impact Factor

Rossiya Federatsiyasida, davlat siri tushunchasi Rossiya Federatsiyasining 1993-yil 21-iyuldagi davlat sirlari to'g'risidagi 5485-1 sonli aktining 2-moddasida belgilab qo'yilgan[13]. Unga ko'ra oshkor bo'lishi Rossiya Federatsiyasining xavfsizligiga putur yetkazishi mumkin bo'lgan davlat tomonidan maxfiyligi himoya qilinayotgan davlatning harbiy kuchlari, tashqi siyosati, iqtisodiyoti, tergov va izlanish faoliyatlari haqidagi ma'lumotlardir. Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 275 - xiyonat haqidagi, 276 - josuslik haqidagi, 283 - davlat sirini oshkor qilish to'g'risidagi, 283.1 - davlat siri bo'lgan ma'lumotlarni noqonuniy qo'lga kiritish, va 284 - davlat sirini o'z ichiga olgan hujjatlarni yo'qotish to'g'risidagi moddalari, boshqa davlatlarning jinoyat kodeksidagi analoglaridan farq qilmaydi.

O'tgan asrning oxirida rivojlangan mamlakatlarning aksariyati kiberjinoyatchilik deb nomlangan salbiy ijtimoiy hodisa bilan yuzlanishlariga to'g'ri keldi. Dastlab, kompyuter axborot sohasida jinoyatlar sodir bo'lishi bilan bir qatorda, chet el qonunchilik organlari ikki yo'nalishda rivojlana boshladi: an'anaviy qoidalarni kengroq talqin qilish; kiberjinoyatchilik bo'yicha ixtisoslashtirilgan qoidalarni ishlab chiqish[31, 34]. Shu bilan birga, chet-el qonun chiqaruvchilarida kompyuter ma'lumotlariga qarshi noqonuniy xatti-harakatlarni jinoiy javobgarlikka tortish masalasi milliy qonunchiliklarga nisbatan boshqacha tarzda hal qilindi. Kompyuter ma'lumotlariga qarshi jinoyatlar uchun jinoiy javobgarlikka tortish bo'yicha MDH davlatlarining jinoyat qonuni ko'p jabhalarda bir biriga o'xshash bo'lib, ularning ko'pchiligida MDH davlatlarining Jinoyat kodeksining namunaviy qoidalari[14] qabul qilingan, ammo ularning ba'zilari o'zgarib bormoqda. Masalan, Ozarbayjon Respublikasi Jinoyat kodeksining 30 - bobi [15]. Kiberjinoyatlar deb nomlangan. Ilgari kodeksning bu bobi kompyuter axborot sohasidagi jinoyatlar deb nomlangan edi. Ushbu bobning 271 - moddasida kompyuter tizimlariga noqonuniy kirish uchun jinoiy javobgarlik ko'zda tutilgan. Ushbu moddaga qo'shimcha sifatida asosiy tushunchalarga ham ta'rif berilgan, jumladan, kompyuter tizimlariga tegishli dasturiy ta'minot yordamida ma'lumotlarni avtomatik ravishda qayta ishlash bilan shug'ullanadigan har qanday qurilma yoki o'zaro bog'liq qurilmalar guruhi sifatida ta'rif berilgan. Kodeksga ko'ra kompyuter ma'lumotlari kompyuter tizimida foydalanish va qayta ishlash uchun mos bo'lgan har qanday ma'lumotni (faktlar, ma'lumotlar, dasturiy ta'minot va tushunchalar) anglatadi. Shu bilan bir qatorda, Ozarbayjon Jinoyat kodeksining 30-bobi quyidagilar uchun javobgarlikni nazarda tutadi:

kompyuter ma'lumotlarini noqonuniy saqlash (272-modda);

Scientific Journal Impact Factor

kompyuter tizimiga yoki kompyuter ma'lumotlariga noqonuniy aralashish (273-modda);

kiberjinoyatlar uchun qilingan vositalarni tarqatish (273-1-modda);

kompyuter ma'lumotlarini qalbakilashtirish (273-2-modda).

Kompyuter ma'lumotlarini qalbakilashtirish moddada keltirilgan ta'rifga asosan haqiqiy bo'lmagan kompyuter ma'lumotlarini haqiqiy (to'g'ri) kompyuter ma'lumotlari sifatida ishlatish yoki ulardan foydalanish maqsadida kompyuter ma'lumotlarini qasddan kiritish, o'zgartirish, o'chirish yoki cheklashni anglatadi.

2015-yil yanvar oyidan kuchga kirgan Qozog'iston Respublikasining yangi jinoyat kodeksi "Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalaridagi jinoiy harakatlar" deb nomlangan 7 - bobni o'z ichiga oladi. Bu bobga 9 ta modda kiritilgan[16]:

205-modda: Axborot tizimiga yoki axborot kommunikatsiyalari tarmog'iga noqonuniy kirish bo'yicha;

206-modda: Axborotni noqonuniy o'chirish yoki o'zgartirish bo'yicha;

207-modda: Axborot tizimi yoki axborot kommunikatsiyalari tarmog'ining ishlashini qasddan buzish to'g'risida;

208-modda: Axborotni noqonuniy egallab olish bo'yicha;

209-modda: Axborotni uzatishga majbur qilish bo'yicha;

210-modda: Zararli dasturlardan foydalanish, ularni ishlab chiqish va ularni tarqatish bo'yicha;

211-modda: Maxfiy elektron axborot resurslarini noqonuniy tarqatish bo'yicha;

212-modda: Noqonuniy maqsadlarni ko'zlagan Internet-resurslarni joylashtirish va shu kabi xizmatlar ko'rsatish bo'yicha;

213-modda. Mabil aloqa abonent qurilmasining identifikatsiya kodini noqonuniy ravishda o'zgartirish va abonent identifikatsiya kodini o'zgartiruvchi dasturiy ta'minotni yaratish, ishlatish, va tarqatish bo'yicha.

Davlatlar qonunchiligi yuzasidan solishtirma tahlillar shuni ko'rsatadiki Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 272-moddasiga binoan javobgarlikka tortilishi ko'zda tutilgan kompyuter ma'lumotlariga noqonuniy kirish harakatlarini tavsiflashda yagona yondashuv yo'qligi kuzatildi. Kompyuter ma'lumotlari ba'zi davlatlarda, ushbu turdagi jinoyatning predmeti sifatida qaraladi. Masalan, Germaniya Federativ Respublikasi Jinoyat kodeksining 202-moddasi "a" bandida shaxs o'zi uchun yoki boshqa biron bir shaxs uchun unga ega bo'lishga ruxsat berilmagan qonunan himoya qilingan ma'lumotlarni noqonuniy ravishda olganligi uchun jinoiy javobgarlik ko'zda tutilgan. 202 - moddaga qo'shimcha maxsus eslatmada, bu noqonuniy harakat har

Scientific Journal Impact Factor

qanday elektron va magnit vositalar orqali, to'g'ridan to'g'ri sezilmaydigan ma'lumotlarni o'tqazishni ham o'z ichiga olishi keltirib o'tilgan. 2007-yilda Jinoyat kodeksiga kiritilgan 202-moddaning "b" bandida esa, biror shaxs boshqa bir ruxsatga ega bo'lmagan shaxsdan noqonuniy qo'lga kiritilgan ma'lumotlarni, ma'lumotning qanday turda bo'lishidan qat'iy nazar, telefon, faks, va boshqa har qanday ma'lumot o'tkazish vositalari orqali qabul qilishni jinoiy javobgarlikka tortilishi ko'zda tutilgan. Fransiya Jinoyat kodeksining 186-1 moddasida telekommunikatsiya vositalaridan ma'lumotlarni noqonuniy yo'l bilan olish jinoiy javobgarlikka tortilishi ta'kidlangan. 323-moddaning birinchi qismiga binoan, avtomatik ma'lumotlarni tahlil qilish tizimga yoki tizimning bir qismiga ruxsatsiz kirish va bu ruxsatsiz kirish oqibatida tizimning ma'lumotlari o'chirilishi, o'zgartirilishi yoki shikastlanishi jinoyat hisoblanadi. Moddaning ikkinchi qismi avtomatik ma'lumotlarni tahlil qilish tizimlarining ishiga aralashish va xalaqit berish xatti-harakatlarini jinoiy javobgarlikka tortish masalalarini o'z ichiga oladi. Shu bilan birga moddaning uchinchi qismi esa, firibgarlik yoki sohtalashtirish maqsadida tizimning ma'lumotlarini o'zgartirish kabi masalalarni qamrab oladi.

Yuqoridagilardan shuni xulosa qilish mumkinki, faqatgina Polsha jinoyat qonunchiligidagina axborot xavfsizligini qonunan muhofaza qilishga tizimli yondashuv mavjud. Boshqa bir necha davlatlarda turli turdagi maxfiy ma'lumotlarning tizimli himoya qilinishini kuzatish mumkin. Ko'plab davlatlarda, shu jumladan Rossiya Federatsiyasida ham, axborot xavfsizligiga qarshi harakatlarni jinoiy javobgarlikka tortish masalalari Jinoyat kodeksining ma'lum bir qisimlarida tarqoq joylashgan.

REFERENCES

1. Kuznetsova, N. & Lukashov, A. Criminal Code of the Republic of Poland, 2001.

2. Criminal Code of the Republic of Korea, 1953, www.refworld. org/docid/3 f49e3 ed4 .html.

3. Criminal Code of Estonia, 2002, http://www.legaltext.ee/text/en/X30068K8.htm

4. Criminal Code of the Republic of Armenia, 2002, www.parliament.am/legislation.php?sel=show&ID=1349&lang=rus.

5. Criminal Code of Ukraine, 2001, https://zakon1 .rada.gov.ua/laws/show/2341-14

6. Petrukhin, I. Personal Secrets (Man and Authorities), Moscow: Institute of State and Law, 1998

XULOSA

Scientific Journal Impact Factor

7. Criminal Code of Azerbaijan Republic (1999) Date Views 26.11.2015. http://www.constcourt.gov.az/laws/32

8. Golovko, L. Criminal Code of France. St. Petersburg: Yuridicheskiy Tsentr Press, 2002

9. Matsnev, N. Criminal Code of Belgium. St. Petersburg: Yuridicheskiy Tsentr Press, 2004

10. Kuznetsova, N. & Reshetnikov, F. Criminal Code of Spain. Moscow: Zertsalo, 1998

11. Criminal Code of the Republic of Belarus, 1999, http://etalonline.by/?type=text&regnum=HK9900275

12. Serebrennikova, A. Criminal Code of Austria. Moscow, 2001

13. Act of the Russian Federation No. 5485-1 "On State Secret" (1993, July 21)

14. Model Criminal Code of the CIS Member States, Adopted by the Resolution of Interparliamentary Assembly of the CIS Member States, 1996

15. Daniel, J. & Pol, Sh. Information Privacy Act - University of Baltimore, 2016

16. Criminal Code of Kazakhstan Republic, 2014, https://online.zakon.kz/Document/?doc id=31575252#pos=335;247&sel link=10040 96288

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.