Научная статья на тему 'SUD HUKMLARI, AJRIMLARINI QAYTA KO‘RIB CHIQISHNING AHAMIYATI'

SUD HUKMLARI, AJRIMLARINI QAYTA KO‘RIB CHIQISHNING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
198
30
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Fuqaro / sud / qonun / munosabat / sudya / sud-huquq. / Citizen / court / law / attitude / judge / court-law

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Sharofuddinov Alisher Ozodovich, M.A.Ibragimova

Ushbu maqolada sud xukmlarida inson huquqlarini ta’minlash masalari ilmiy ko‘rib, tahlil etilgan. Bunda tomonlarning huquq majburiyatlarini ta’minlashda rivojlangan mamlakatlar tajribalari inobatga olingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE IMPORTANCE OF REVIEWING COURT DECISIONS

This article examines and analyzes human rights issues in court judgments. It takes into account the experience of developed countries in ensuring the legal obligations of the parties.

Текст научной работы на тему «SUD HUKMLARI, AJRIMLARINI QAYTA KO‘RIB CHIQISHNING AHAMIYATI»

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 3

educational, natural and social sciences О ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

SUD HUKMLARI, AJRIMLARINI QAYTA KO'RIB CHIQISHNING

AHAMIYATI

Sharofuddinov Alisher Ozodovich IIVAkademiyasi Dastlabki tergov va kriminalistika kafedrasi katta o'qituvchisi M.A.Ibragimova IIV Akademiyasi 3-o 'quv kursi 320-guruh kursanti

Annotatsiya: Ushbu maqolada sud xukmlarida inson huquqlarini ta'minlash masalari ilmiy ko'rib, tahlil etilgan. Bunda tomonlarning huquq majburiyatlarini ta 'minlashda rivojlangan mamlakatlar tajribalari inobatga olingan.

Kalit so'zlar: Fuqaro, sud, qonun, munosabat, sudya, sud-huquq.

Аннотация: В данной статье исследуются и анализируются вопросы прав человека в судебных решениях. Учитывается опыт развитых стран в обеспечении юридических обязательств сторон.

Ключевые слова: Гражданин, суд, закон, отношение, судья, суд.

Abstract: This article examines and analyzes human rights issues in court judgments. It takes into account the experience of developed countries in ensuring the legal obligations of the parties.

Keywords: Citizen, court, law, attitude, judge, court-law.

KIRISH.

Har qanday davlatning obro'-e'tibori va nufuzi shu mamlakatda inson huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlari qay darajada ta'minlangani bilan baholanadi. Fuqarolarning qonun bilan qo'riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish esa sud organlari bilan bog'liq. Mamlakatimizda bosqichma-bosqich olib borilayotgan sud-huquq islohotlarining tub mohiyati, avvalo, sud hokimiyatining mustaqilligini ta'minlashga, uning jamiyatdagi nufuzi va mavqeini oshirishga, inson huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish hamda qonuniylikni ta'minlashga qaratilganligi bilan g'oyatda qimmatli.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR.

Tabiiyki, fuqaro sud dargohiga adolat topish ilinjida keladi. Insonparvarlik, qonuniylik, adolatlilik va demokratik tamoyillar asosida huquqlari himoya qilinishi fuqaroda mustaqil sud hokimiyatiga nisbatan bo'lgan ishonchni keskin oshiradi.

O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida sud hokimiyati chiqargan hujjatlar barcha davlat organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar uchun majburiyligi nazarda tutilgan. Sud hujjatlarining buyruq tarzidagi o'ziga xos tabiati ularning shakl va mazmuniga alohida qat'iy talablarni qo'yadi. SHu sababli sud hujjatlarini to'g'ri tushunish va aniq ijrosini ta'minlash uchun sudlar tomonidan chiqarilayotgan sud hujjatini

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

Scientific Journal Impact Factor

R

VOLUME 1 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2021: 5.423

amaldagi qonunchilikka muvofiqlashtirish, protsessual norma va qoidalarga rioya qilish o'ta muhim sanaladi.

Davlatimiz rahbarining 2020 yil 29 dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida sud-huquq sohasidagi muhim vazifalar belgilab berildi. Sud qarorlarining adolatli, qonuniy va barqarorligini ta'minlash maqsadida "bir sud - bir instansiya" tamoyilini joriy etish, bir-birini takrorlaydigan sud bosqichlarini qisqartirish, sud muhokamasiga qadar dastlabki eshitish amaliyotini joriy etish shular jumlasidandir.

Mazkur vazifalarning bajarilishini nazarda tutuvchi "Jinoyat ishlari bo'yicha sud qarorlarini qayta ko'rish instituti takomillashtirilishi munosabati bilan O'zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida"gi qonun Prezident tomonidan imzolandi.

Mazkur qonunga asosan Jinoyat-protsessual kodeksiga o'zgartish va qo'shimchalar kiritilishi bilan jinoyat ishlarini yuritish davomida inson huquq va erkinliklarini himoya qilish, qonun ustuvorligini ta'minlash, sud qarorlarining huquqiy aniqligi va barqarorligini ta'minlashga qaratilgan bir qator yangi qoidalar joriy etildi.

JPKning "Sud hukmlari va ajrimlarini qayta ko'rib chiqish" deb nomlanuvchi bo'limidagi 55-bob chiqarib tashlanib, yangi tahrirdagi 55/1-bob kiritildi.

Unga ko'ra, jinoyat ishlarini nazorat tartibida ko'rish instituti bekor qilinib ishlarning yillar davomida ko'rilishiga barham berildi. Sud qarorlarini qayta ko'rib chiqish tartibi takomillashtirilib, tuman-shahar sudlarida ko'rilgan jinoyat ishlari viloyat va unga tenglashtirilgan sudlar tomonidan apellyasiya tartibida ko'rilishi, apellyasiya sudi qaroridan norozi bo'lingan taqdirda Oliy sud tomonidan kassatsiya tartibida ko'rib chiqilishi belgilandi.

Viloyat va unga tenglashtirilgan sudlarda ko'rilgan ishlarning shu sudlar tomonidan apellyasiya tartibida qayta ko'rib chiqilishiga chek qo'yilib, bu toifadagi ishlar apellyasiya tartibida faqat Oliy sudda qayta ko'rilishi qat'iy belgilandi va bu bilan jinoyat ishini bir sudda birinchi bosqichda ham, apellyasiya bosqichida ham ko'rilishi bekor qilinib, sud qarorlariga nisbatan yuzaga kelishi mumkin bo'lgan har qanday shubha va gumonlarga barham berildi. "Bir sud - bir instansiya" tamoyilining mazmun-mohiyati ham ishning bir instansiyada faqat bir marta ko'rilishidadir.

Bundan tashqari, sud qarorlari ustidan shikoyat yoki protest berish muddati 10 kundan 20 kunga uzaytirilib, sud qaroridan norozi tarafning apellyasiya shikoyati yoki protesti berish imkoniyatlari yaxshilandi.

SHuningdek, ish bo'yicha to'plangan dalillar sudlanuvchini aybdor deb topish uchun etarli bo'lmaganda va qo'shimcha dalillar to'plash imkoniyati qolmaganda,

MUHOKAMA VA NATIJALAR.

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 3

educational, natural and social sciences 0 ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

apellyasiya instansiyasi sudi jinoyat ishini tugatishi mumkinligi haqida yangi qoida joriy etildi.

Bundan tashqari, Oliy sudga berilgan kassatsiya shikoyati yoki protestini ko'rib chiqish tartibi, yangi ochilgan holatlar tufayli ish yuritishni qaytadan boshlash kabi inson huquq va erkinliklarini himoya qilishga qaratilgan mezonlarni o'zida mujasssam etgan yangi qoidalar amaliyotga kiritildi.

XULOSA VA TAKLIFLAR. Sud qarorlarining barqarorligi - bu quyi sud chiqargan hukm va ajrimlarning yuqori sud tomonidan o'zgartirilmasligi yoki bekor qilinmasligidir. Zero, Murojaatnomada sudlar zimmasiga o'z qarorining barqarorligini ta'minlash vazifasi yuklatilgan ekan, sudya zimmasiga ulkan mas'uliyat yuklanganligini his etgan holda, sud muhokamasida bildirilgan barcha vajlarni sinchkovlik bilan, to'la va xolisona tekshirib chiqishi, haqiqatni aniqlashi va faqat qonuniy, asosli va adolatli qaror chiqarishga erishishi kerak.

Sudya huquqni noto'g'ri qo'llab chiqargan qarorining yuqori sudda o'zgartirilishi yoki bekor qilinishi barobarida o'ziga nisbatan qaysidir tarzda jazo ham borligini his etishi va har qanday sud qarori fuqarolarning kundalik hayotiga ta'sir qilishini doimo yodda tutish shart. Bu esa sudlarning to'laqonli adolat qo'rg'oniga aylanishi uchun ulkan zamin yaratadi.

ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)

1. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi.

2. O'zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi.

3. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoevning 2020 yil 29 dekabr kunidagi Oliy Majlisga murojaatnomasi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.