Научная статья на тему 'О ВОПРОСАХ ПРИМЕНЕНИЯ ПРАВИЛ ШАРИАТА, КАСАЮЩИХСЯ ИСЛАМСКОГО ФИНАНСИРОВАНИЯ В СУДАХ УЗБЕКИСТАНА'

О ВОПРОСАХ ПРИМЕНЕНИЯ ПРАВИЛ ШАРИАТА, КАСАЮЩИХСЯ ИСЛАМСКОГО ФИНАНСИРОВАНИЯ В СУДАХ УЗБЕКИСТАНА Текст научной статьи по специальности «Философия, этика, религиоведение»

CC BY
207
58
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
исламские финансы / исламская банковская система / шариатское право / выбор права / автономия воли сторон. / Islamic finance / Islamic banking system / sharia law / choice of law / party autonomy.

Аннотация научной статьи по философии, этике, религиоведению, автор научной работы — Ахаджон Хакимов

в данной статье уделяется внимание природе исламских финансовых договоров и отличительным чертам их от договоров законодательства Узбекистана. Также в данной статье отражаются пути разрешения споров, которые могут возникнуть из договоров, выделяющих шариатское право в качестве применимого права исламскими банками.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ON ISSUES OF APPLICATION OF SHARIA RULES RELATED TO ISLAMIC FINANCE IN THE COURTS OF UZBEKISTAN

In this article, we focus on the nature of Islamic financial contracts and their features from the contracts which are available in the domestic legislation of Uzbekistan. Moreover, current article also examines how possible disputes could be solved in domestic courts based on the Uzbekistan’s choice of law as in many cases Islamic banks tend to put Sharia law as a choice of law in those contracts.

Текст научной работы на тему «О ВОПРОСАХ ПРИМЕНЕНИЯ ПРАВИЛ ШАРИАТА, КАСАЮЩИХСЯ ИСЛАМСКОГО ФИНАНСИРОВАНИЯ В СУДАХ УЗБЕКИСТАНА»

Review of law sciences

Akhadjon Khakimov,

Senior lecturer of Tashkent State University of Law

ON ISSUES OF APPLICATION OF SHARIA RULES RELATED TO ISLAMIC FINANCE IN THE COURTS OF UZBEKISTAN

Annotation: In this article, we focus on the nature of Islamic financial contracts and their features from the contracts which are available in the domestic legislation of Uzbekistan. Moreover, current article also examines how possible disputes could be solved in domestic courts based on the Uzbekistan's choice of law as in many cases Islamic banks tend to put Sharia law as a choice of law in those contracts.

Key words: Islamic finance, Islamic banking system, sharia law, choice of law, party autonomy.

Ахаджон Хакимов,

старший преподаватель Ташкентского государственного юридического университета

О ВОПРОСАХ ПРИМЕНЕНИЯ ПРАВИЛ ШАРИАТА, КАСАЮЩИХСЯ ИСЛАМСКОГО ФИНАНСИРОВАНИЯ В СУДАХ УЗБЕКИСТАНА

Аннотация: в данной статье уделяется внимание природе исламских финансовых договоров и отличительным чертам их от договоров законодательства Узбекистана. Также в данной статье отражаются пути разрешения споров, которые могут возникнуть из договоров, выделяющих шариатское право в качестве применимого права исламскими банками.

Ключевые слова: исламские финансы, исламская банковская система, шариатское право, выбор права, автономия воли сторон.

Axadjon Xakimov,

Toshkent davlat yuridik universiteti katta o'qituvchisi ahadjon77hakimov@ gmail.com

ISLOM MOLIYASI BILAN BOG'LIQ BO'LGAN SHARIAT QOIDALARINI O'ZBEKISTON SUDLARIDA QO'LLASH MASALALARI

Annotatsiya: ushbu maqolada biz islom moliyaviy shartnomalarining tabiati va ularning O'zbekiston qonunchiligidagi shartnomalardan farq qiluvchi jihatlariga e 'tibor qaratamiz. Shuningdek, mazkur maqolada islom banklari tomonidan qo'llaniladigan huquq sifatida shariat

1

huquqini belgilaydigan shartnomalardan kelib chiqishi mumkin bo'lgan nizolar milliy sudlarda O'zbekistonning xalqaro xususiy huquqiga asoslangan holda qay tarzda hal etilishi haqida so'z yuritiladi.

Kalit so'zlar: Islom moliyasi, Islom bank tizimi, shariat huquqi, qo'llaniladigan huquqni tanlash, taraflarning erk muxtoriyati.

I. Kirish

Dunyo bo'ylab islom moliya bozori tez sur'atlar bilan o'sib bormoqda. So'nggi yillarda islom moliyasi O'zbekiston bank sektoriga ham sarmoya kiritishni boshladi. Xususan, mashhur jurnallardan biri Reuters 2018-yilda O'zbekiston Respublikasi islom moliyasini respublika hududida tatbiq etish harakatlarini boshlab yuborganligi haqida ma'lum qildi. Bu harakatlar Prezident Shavkat Mirziyoyevning mamlakat iqtisodiyotini ko'tarish bo'yicha amalga oshirayotgan siyosatining bir qismi ekanligi ta'kidlanadi [1]. Albatta, islom moliyasining O'zbekistonga kirib kelishi aholisining katta qismi islom dinida bo'lgan va islom dinining asosiy markazlaridan bo'lib kelayotgan mamlakatimizda uning rivojlanishi uchun yetarli asoslar mavjud hisoblanilayotganligi uchundir.

Statistik ma'lumotlarga qaraganda, bugungi kunda O'zbekistonning tahminan 30% aholisi aynan omonat foizi (ribo) xaromligidan qo'rqqani bois o'z sarmoyalarini banklarga qo'ymaydilar [2]. Mana shuning uchun ham islom moliyasi, xususan, islom banklarining mamlakatimizga kirib kelishi va bizning banklarimiz bilan tuzadigan shartnomalari mamlakatimiz rivojida katta ahamiyatga ega bo'lishi mumkin.

Bu sohadagi amaliy misollarni keltiradigan bo'lsak, Asia Alians Bankning rasmiy sayti ham mazkur bank va Xalqaro islomiy savdo-sotiqni moliyalash korporatsiyasi (International Islamic Trade Finance Corporation) o'rtasida 9 million dollarlik "Murabaha" tamoyiliga asoslangan islom moliyaviy shartnomasi imzolanganligi borasida rasmiy xabarlarni tarqatdi [3]. Yana Asia Alliance bank tomonidan 2020-yilning oxiriga kelib to'liq islom dini talablariga mos keladigan bank xizmatlari yo'lga qo'yilishi haqida xabar berilmoqda [4]. Bundan tashqari, yaqin kelajakda islom moliyasi O'zbekistonga yanada jadal ravishda kirib kelishi kutilmoqda.

Albatta, hukumatimiz tomonidan ham mazkur islomiy moliyaviy institutlarning kirib kelishiga ma'lum bir tayyorgarliklar ko'rilmoqda deb ayta olamiz. Masalan, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Islom taraqqiyot banki guruhi (ITB) va Arab muvofiqlashtirish guruhi (AMG) jamg'armalari bilan sheriklikni yanada kengaytirish va chuqurlashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-4224-son qarori qabul qilindi. Usbu qarorning maqsadi sifatida Islom taraqqiyot banki guruhi va Arab muvofiqlashtirish guruhi jamg'armalari bilan uzoq muddatli sheriklikni yanada kengaytirish, shuningdek, ustuvor loyihalarni va ular bilan hamkorlik dasturlarini qo'llab-quvvatlash belgilandi. Mazkur qarorda respublikamizning ITB guruhi va AMG bilan uzoq muddatli sherikligining asosiy yo'nalishlari hamda vazifalaridan biri sifatida bank-moliya tizimini hamda kichik va xususiy tadbirkorlik sektorini rivojlantirish hamda bank sektorida islomiy moliyalashtirish asoslarini joriy etish, davlat-xususiy sherikligi mexanizmlarini, jumladan vaqf jamg'armalarni tashkil etish yo'li bilan qo'llab-quvvatlash dasturlarini birgalikda ishlab chiqish va O'zbekistonda tatbiq qilish (qarorning 2-bandi) belgilab berildi. Bundan anglash mumkinki, O'zbekiston hukumati islom moliyaviy institutlarining mamlakatimizga kirib kelishiga qarshi emas va aksincha, ularning kirib kelishiga xayrixohdir.

Albatta, islom moliyasining kirib kelishi O'zbekiston Respublikasiga katta kapital va investitsiya kirib kelishini ham anglatadi. Chunki hozirgi kunda islom moliyasi dunyoda tezkor ravishda rivojlanib bormoqda va u butun dunyo moliya bozorining 1 %ini tashkil etadi [5]. Islom moliyasining asosida yotuvchi islom banklari uzoq tarixga ega bo'lmasa-da, bugungi kunda 300 dan ortiq islom banklari 50 dan ortiq mamlakatlarda, xususan, aholisining asosiy qismi islom dinida bo'lgan mamlakatlar bilan bir qatorda rivojlangan davlatlar: AQSh, Buyuk Britaniya, Avstraliya kabi davlatlarda ham faoliyat yuritib kelmoqda [6].

II. Islom banklarining an'anaviy ba

2.1. Islom banklarining an'anaviy banklardan farq qiluvchi fundamental asoslari

Islom banklari islom moliyasining amaliyotdagi ijrochilari bo'lib, ushbu moliyaviy munosabatlarda asosiy rol o'ynaydi. Bu banklarning biz bilgan an'anaviy banklardan farqi uch holatda ko'rinadi. Birinchidan, ular omonat foizini (ribo) islom diniga ko'ra xarom deb hisoblaydilar va omonat foizidan foyda olmaydilar. Chunki islom dinining arkoni hisoblanmish Qur'oni Karimda Alloh daromadlarning xavfsiz bo'lishi va halol savdoni ta'minlash uchun musulmonlarga pulni pulga urishdan keladigan foydani taqiqlaydi. Shariat qoidalarida ham omonat foizi sudxo'rlik sifatida tanqid qilinib taqiqlanadi [7, 3-8 betlar]. Ikkinchidan, mazkur banklarning faoliyati biz bilgan banklarning faoliyatidan ko'ra investorlar faoliyatiga o'xshab ketadi. Masalan, ko'p hollarda ular o'z mijozlari bilan birgalikda biznes loyihalarini amalga oshiradilar. Ularning maqsadi qarz berib foiz olish orqali daromad topish emas, balki bunday foizlar orqali qarzdorni yanada qarz botqog'iga uloqtirishni taqiqlashdir. Albatta, ikkinchi holatga ham birinchi holatda eslab o'tilgan ribo masalasining ta'siri katta hisoblanadi. Agarda bank har qanday turdagi o'zining xizmatlarida bizdagi an'anaviy banklar kabi shunchaki o'rtada turib daromad topsa va buning uchun "mehnat" qilmasa, bankning faoliyatiga ribo aralashib, natijada shariat talablariga mos kelmay qolishi mumkin. Uchinchidan, islom banklari ko'plab shartnomalarida o'z mijozlari bilan ko'rilishi mumkin bo'lgan zarar bo'yicha teng mas'uliyat oladi yoki barcha mas'uliyatni o'z bo'yniga olishi ham mumkin. Bu degani tadbirkorlikdagi asosiy xatarni mijoz bo'yniga yuklovchi an'anaviy banklardan farqli o'laroq islom banklari ko'pincha xatarlarni o'z zimmasiga oladi [7, 6-bet]. Mana shunday o'ziga xosliklar bu banklarning tezkor rivojlanishiga sabab bo'lmoqda deb aytishimiz mumkin.

2.2 . Islom banklarida foydalaniladigan asosiy shartnomalar

Inson yakka o'zi bo'lgandagina huquqiy munosabat yuzaga kelmaydi. Insonlar ko'pchilikni tashkil etar ekan, albatta, huquq har joyda mavjud bo'ladi [8, 19-20 betlar]. Hattoki, ushbu munosabatlar aslida diniy qoidalarga borib taqalsa ham. Shuni hisobga olib aytishimiz mumkinki, islom banklari bilan amalga oshiriladigan har qanday iqtisodiy faoliyatni ham huquqiy tartibga solish lozim bo'ladi. Hozirgi kunda islom banklari o'z faoliyatlarini yuritishda asosan besh xil shartnomalarga, xususan, Murabaha, Muzoraba, Mushoraka, Ijara va Salam shartnomalariga asoslanadi [9].

farqi

Chizma 1. Islom moliyasi: Islomiy bank aktivlarining xalqaro maydondagi ishtiroki

2009 2010 2011 2012 2013 2014

■ milliard dollar 417 490 572 687 776 882

Muzoraba shartnomasida islom banki investitsion loyihalarga kapital kiritadi. Bunda bank ushbu shartnomaning shar'iy talablariga asosan moliyalashtirish va uni amalga oshirishni o'z bo'yniga oladi. Mushoraka shartnomasi deganda milliy huquqimizdagi mulkiy sherikchilikka yaqin shartnomani tushunish mumkin. Bunda sheriklar o'z sarmoyalarini ma'lum bir loyihaga yo'naltiradilar va undan keladigan foyda hamda xatarlarni ulushga qarab belgilab oladilar. Ammo yuqoridagi ikki shartnomada axloqiy xatarlar mavjud bo'lgani sabab, banklar ulardan foydalanishdan qochadilar [10, 130-133 betlar]. Uchinchi shartnoma islomiy banklar tomonidan keng foydalaniladigan Murobaha shartnomasi hisoblanadi. Ushbu shartnomaga ko'ra bank o'z hisobidan, ammo tadbirkorning nomidan biror-bir tovarni uchinchi tomondan sotib oladi. Shu bilan murobaha vujudga keladi. Musulmon fiqhiga asosan bu yerda bankning sotib olingan tovarga haqiqatda egalik qilishi talab etiladi. Chunki bankning bu tovarga egalik qilishi uning bozordagi narxi tushishi bo'yicha bank xatarlarni o'z bo'yniga olishini anglatadi. Shundan keyin bank xaridorga ustama evaziga bo'lib to'lash sharti bilan tovarni sotadi [11, 50-51 betlar]. Ustama narxini belgilashda London banklararo stavkasiga (LIBOR) asoslaniladi. Salam shartnomasi ham islom moliyasining asosiy shartnomalaridan hisoblanib, ushbu shartnomaga ko'ra bank tomonidan tovar qiymati naqd to'lanadi va uni yetkazib berish kechiktirilib keyin sotiladi. U milliy huquqdagi pudrat shartnomalariga o'xshab ketadi. Biroq salam shartnomasida bank tomonidan pudratchi kreditlanadi. Pudratchi o'zi tayyor holatga keltirgan mahsulotni bankka topshiradi va salam shartnomasi bajarilgan hisoblanadi. Va nihoyat, yana bir asosiy shartnoma ijara shartnomasi hisoblanadi. Bu ham milliy huquqdagi ijara shartnomasiga juda o'xshash bo'lsa-da, o'zining ayrim jihatlari bilan farq qiladi. Ularning asosiy farqi kuchga kirish vaqti hisoblanadi. U ijara predmeti bo'lgan mulkni ijarachiga berish vaqtidan boshlab tuzilgan hisoblanadi [10, 135-136 betlar]. Yana shariat qoidalariga ko'ra ijara haqi to'lanishi kechiktirilganda qo'shimcha haq olish taqiqlanadi.

Bundan tashqari, islom moliyasi bilan bog'liq qarzi hasan, sukuk, takoful kabi shartnomalar va yuqorida keltirilgan beshta shartnomaning alohida turlari ham mavjud. Ushbu shartnomalar ham O'zbekiston milliy huquq tizimidagi shartnomalardan qaysidir jihatlari bilan farq qiladi. Albatta, ushbu shartnomalarning barchasi shariat huquqining asosiy prinsiplariga bo'ysindiriladi.

III. Kollizion normalar orqali tartibga solish

3.1. Xorijiy mamlakatlarda islom moliyasi bilan bog'liq munosabatlarni kollizion tartibga solish

Ushbu shartnomalar bo'yicha yuzaga kelishi mumkin bo'lgan nizolarni hal etish maqsadida shariat huquqiga asoslanmaydigan anglo-sakson yoki roman-german huquqiy oilasiga kiruvchi davlatlar asosan ikki xil usuldan foydalanib kelishmoqda. Birinchi usulda ichki huquqda islom moliyasi bilan bog'liq nizolarni hal etishda shariat huquqiga tayanish lozimligini anglatuvchi normalarni belgilash orqali (masalan, Qozog'iston) tartibga solish maqsad qilinadi [10, 279-286 betlar]. Ikkinchi usulda alohida islom banklari uchun shariat huquqini qo'llash bo'yicha norma kiritmasdan Xalqaro xususiy huquqdagi qo'llaniladigan huquqni aniqlash yo'li bilan nizolarga yechim topishga uriniladi. Hozirgi kunda birinchi usuldan foydalanish amaliyotda qandaydir bir samara berayotgani yo'q. Chunki butun shariat huquqini yoki islomning savdo bilan bog'liq tamoyillarini bir-ikki qonunning ichida jamlab qo'yish yoki yuqoridagi shartnomalarning o'zida keltirib o'tish amaliy jihatdan imkonsizdir. Hattoki, Pokiston, Misr va Malayziya kabi mamlakatlarda islomiy sud tizimi mavjud bo'lishiga qaramay, shariat huquqi faqatgina an'anaviy va oila bilan bog'liq munosabatlardagina tatbiq etiladi, xolos [12, 11-bet].

Shu sababli AQSh, Angliya, Germaniya kabi mamlakatlar ikkinchi usuldan foydalanib keladilar. Lekin mazkur usulning ham o'ziga xos murakkabliklari mavjud. Birinchidan, islom

banklari shartnomalarda qo'llaniladigan huquq sifatida shariat huquqini belgilab qo'yadilar va mijozlar bilan bo'ladigan barcha moliyaviy harakatlar shariat huquqiga zid kelmasligi lozim. Ikkinchidan, ba'zi vaziyatlarda islom banki joylashgan mamlakat huquqi qo'llaniladigan huquq sifatida tanlanib, qo'shimchasiga huquqni qo'llashda shariat ahkomlari, ya'ni tamoyillariga amal qilinishi lozim deb belgilab qo'yiladi.

Shuning uchun islom banklari bilan yuzaga keladigan nizolarni hal etishda sudlar muammolarga uchraydilar. Shunday ishlardan biri - ShamilBank of Bahr. EC v. Beximco Pharms. Ltd ishida shartnoma tomonlari Murabaha tamoyili asosida shartnoma tuzib, unda qo'llaniladigan huquqqa tegishli bandda "shartnoma taraflari qo'llaniladigan huquq sifatida shariat prinsiplariga asoslangan holda Angliya huquqining qo'llanilishiga rozilik beradilar" deb belgilangan edi [13, 36-41 betlar]. Biroq Angliya sudi ishni ko'rib chiqib, "bir nizoni hal etish uchun ikki huquqni qo'llaniladigan huquq sifatida qabul qilish mumkin emas. Bundan tashqari, shariat huquqi davlat huquqi bo'lmaganligi bois uni Angliya sudlarida qo 'llab bo'lmaydi" degan javobni taqdim etadi [14]. Xuddi shunga o'xshash ish Michigan sudida ham ko'rib chiqiladi va bu ishda sud "AIGning shariat huquqiga asoslangan xizmatlari AQSh Konstitutsiyasiga zid" deb ta'kidlaydi [15]. Malayziyada ko'rilgan Malayziya islom banki (Bank Islam Malaysia) bilan bog'liq 11 ta ishda sud islom moliyasi bilan bog'liq tizimning haqiqiyligini tasdiqlaydi [16]. Qisqacha qilib aytganda, shariat huquqini qo'llaniladigan huquq sifatida belgilash borasida dunyo olimlari ham haligacha yakdil xulosaga kela olganlari yo'q.

3.2. O'zbekistonda islom moliyasi bilan bog'liq ishlarda shariat huquqini qo'llash masalalari

O'zbekiston Respublikasida shariat huquqini qo'llaniladigan huquq sifatida belgilash masalasi qanday hal etilishi mumkin? O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 1-moddasi ikkinchi xatboshisida: "Ular (fuqarolar) shartnoma asosida o'z huquq va burchlarini belgilashda va qonun hujjatlariga zid bo'lmagan har qanday shartnoma shartlarini aniqlashda erkindirlar", -deb belgilab qo'yilgan. Bundan tashqari, mazkur kodeksning 354-moddasida "Fuqarolar va yuridik shaxslar shartnoma tuzishda erkindirlar" deb belgilangan. Ya'ni milliy huquqimiz shartnomada taraflar erkinligini ta'minlaydi. Agarda ushbu moddalarga asoslanadigan bo'lsak, islom moliyasi bilan bog'liq har qanday shartnomalar tuzilishi mumkin va unda shariat huquqini qo'llaniladigan huquq sifatida belgilab olish mumkin degan xulosaga kelishimiz mumkin. Shuningdek, uning qonuniyligi borasida ham hech qanday shak-shubha bo'lishi mumkin emas.

Fuqarolik kodeksining VI bo'limi qoidalariga e'tibor qaratadigan bo'lsak, 1158-modda qo'llaniladigan huquqni belgilash asoslariga taraflarning kelishuvini ham kiritadi. Ammo 1189-modda: "Shartnoma, agar qonunda boshqacha tartib nazarda tutilgan bo'lmasa, taraflarning kelishuviga ko'ra tanlangan mamlakat huquqi bilan tartibga solinadi", - deb belgilaydi. Mazkur moddaga e'tibor qaratadigan bo'lsak, unda aynan "mamlakathuquqi" degan so'z tilga olinadi. Bu esa o'z navbatida mamlakat huquqi bo'lmagan shariat huquqini qo'llaniladigan huquq sifatida sudlarda tatbiq etishga to'sqinlik qilish ehtimoli katta. Bundan tashqari, O'zbekistondagi sudlar tomonidan qonun hujjatlarini sharhlashda so'zma-so'z sharhlash usulidan keng foydalanilgani, teleologik sharhlashdan juda kam foydalanilishini hisobga olsak, shartnomada ko'rsatilgan shariat huquqi qo'llaniladigan huquq sifatida qo'llanilmasligi ham mumkin. Shuningdek, yuqorida Angliyada ko'rib chiqilgan ish singari taraflar shartnomada "shariat ahkomlariga asoslangan holda O'zbekiston huquqi qo'llaniladi" deb belgilasa, taraflarning erk-muxtoriyati yuqori o'ringa qo'yiladimi yoki Fuqarolik kodeksidagi "mamlakat huquqi" degan so'zga tayanilib, bitta huquq nazarda tutilishi va shariat huquqi mamlakat huquqi emas degan sharhlash orqali O'zbekiston

huquqi ishga nisbatan qo'llanilishi mumkin. Bunda taraflarning oldindan bashorat qilish imkoniyati mavjud bo'lmaydi. Masalan, islom moliyasidagi ijara shartnomasini oladigan bo'lsak, ijaraga olgan shaxsning to'lovni kechiktirishi natijasida shariat huquqiga ko'ra qo'shimcha haq to'lamasligini oldindan bashorat qilishiga qaramay, shariat huquqi emas, O'zbekiston huquqining qo'llanilishi natijasida qo'shimcha haq to'lashiga to'g'ri kelib qoladi. Shuning uchun bundan keyin islom moliyasining O'zbekistonga kirib kelishi mana shunday muammolarni yuzaga keltirishini sudlarimiz oldindan hisobga olib qo'yishlari lozim.

Yana shuni ham ta'kidlab o'tish joizki, ommaviy tartib to'g'risidagi izohni belgilab beruvchi Fuqarolik kodeksining 1164-moddasi "chet el davlatining huquqiy, siyosiy yoki iqtisodiy tizimi O'zbekiston Respublikasining huquqiy, siyosiy yoki iqtisodiy tizimidan farqlanishigina chet el huquqini qo'llashni rad etish uchun asos bo'lishi mumkin emas" deb istisno etuvchi qoidani belgilab berganiga qaramay, bu yerda ham qonun chiqaruvchi aynan chet davlatning huquqini nazarda tutmoqda.

Hozirgi kunda O'zbekistondagi kabi ko'plab mamlakatlarning qonunchiligi shariat huquqining qo'llanilishini rad etayotgan bir paytda ba'zi olimlar qo'llaniladigan huquqni tanlashga emas, balki nizoni hal etuvchi mexanizmni tanlashga katta e'tibor qaratish kerak degan fikrdalar. Bunda ular ko'proq hakamlik sudlari yoki arbitrajlarni tanlash masalasiga alohida e'tibor qaratadilar. Ammo bu yo'l ham eng yaxshi yo'l degani emas, chunki bu qarorlar tan olinishi yoki ijro etilishi baribir ichki sudlarning qarorlariga bog'liq bo'ladi. Shariat huquqi davlat huquqi bo'lmaganligi bois, davlat sudlari tomonidan, ularga asoslanib chiqarilgan arbitraj sudlari qarorlari ommaviy tartibga zid deb tan olinmasligi ham mumkin. Bundan tashqari, islom banklari har doim ham katta banklar yoki katta tadbirkorlik subyektlari bilan shartnomalar imzolayvermaydi. Ko'pincha, banklar jismoniy shaxslarga xizmat ko'rsatadilar. Bunday xizmatlardan kelib chiqadigan nizolarni arbitraj sudlarida ko'rib chiqishni tasavvur etishning o'zi murakkab. Chunki jismoniy shaxslar asosan davlat sudlariga murojaat qilishni afzal biladilar. Lekin bu kabi muqobil tizimlar katta natijalar taqdim etayotgan mamlakatlar ham ko'p. Bu haqda esa keyingi tadqiqotlarimizda so'z yuritamiz.

IV. Xulosa

Bizga ma'lumki, har bir investor biror mamlakatga kirib kelishidan avval o'sha mamlakatdagi qonunchilik va u yerdagi sudlarning adolati haqida ham bosh qotiradi. Xususan, O'zbekistonga kirib kelishni rejalashtirayotgan Yaponiya kompaniyalaridan birining mutaxassislari bilan Toshkent davlat yuridik universitetining Yapon huquqini tadqiq qilish markazida bo'lib o'tgan davra suhbatida ular nega qo'shni mamlakatlarni emas, balki aynan O'zbekistonni tanlaganliklari haqidagi savolga quyidagicha javob bergan edilar" "Biz O'rta Osiyo mamlakatlarini asosan ikkita faktorga qarab o'rganib chiqdik. Birinchisi bozorning kattaligi bo'lsa, ikkinchisi sudlar tomonidan nizolarning qanday hal etilayotgani edi. Biz shuning guvohi bo'ldikki, O'zbekistonda so'nggi yillarda iqtisodiy sudlarda tadbirkorlar va investorlarning yutib chiqish imkoniyatlari ko'paymoqda hamda iqtisodiy sudlarning qarorlari biz o'rganib chiqqan boshqa davlatlarnikidan ko'ra adolatliroq". Bu esa sudlarning investorlarning mamlakatimizga kirib kelishi va mamlakatimizning investitsion jozibadorligidagi o'rni beqiyos ekanini ko'rsatadi. Shuning uchun O'zbekiston Respublikasi sudlarida yuqoridagilarni bahona qilib, islom moliyasi bilan bog'liq shartnomalarda taraflar tomonidan tanlangan shariat huquqini qo'llashni inkor etadigan bo'lsak, islom moliyasini va uning investorlarini mamlakatimizga jalb etishimiz murakkab masalaga aylanadi. Ma'lum bir darajada islom olamidan bo'lgan investorlarning nazdida investitsion jozibadorlikni ham yo'qotib qo'yishimiz mumkin. Shuningdek, so'nggi

yillarda O'rta Osiyoda "Islom moliyaviy markazi"ga aylanishni rejalashtirayotgan Qozog'istondan [17, 121-138 betlar] ortda qolib ketishimiz mumkin va O'zbekistonning islomning barcha sohalaridagi O'rta Osiyodagi ustunligini ta'minlab qola olmaymiz. Bundan tashqari, taraflarning erk-muxtoriyati tamoyili ham ma'lum bir darajada hisobga olinmay qolaveradi. Bu esa huquqning asosiy tamoyillaridan bo'lmish oldindan bashorat qilish imkoniyatiga ta'sir etadi. Ammo faqatgina investitsiyani jalb qilishni va taraflarning erk-muxtoriyati tamoyilini birinchi o'ringa qo'yib, huquqiy barqarorlik, huquqdagi aniqlik kabi tamoyillarni chetga surib qo'ya olmaymiz.

Shu sababli tamoyillar o'rtasidagi muvozanatni saqlagan holda, islom moliyasi va uning asosini tashkil etadigan islom banklari shartnomalarini tartibga solishda Xalqaro xususiy huquqning asosiy tamoyillariga tayangan holda javob izlashga urinishimiz zarur.

Yuqoridagi kabi noqulayliklarga uchramaslik uchun ba'zi normativ-huquqiy hujjatlarga o'zgartirish kiritish talab etiladi. Bunday normativ-huquqiy hujjatlar qatoriga O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi, O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksi, O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksi hamda sudlarga oid bir qancha hujjatlarni kiritishimiz mumkin. Masalan, Fuqarolik kodeksidagi mamlakat huquqi jumlasining o'rniga huquq so'zining o'zi qoldirilsa, taraflar tomonidan tanlangan shariat huquqini qo'llashning imkoni bo'ladi. Biroq bu taraflar tomonidan tanlangan har qanday qoidalarning mamlakatimiz sudida qo'llanilishiga olib kelishi mumkin. Aytaylik, shartnomada yahudiylikning odat normalari qo'llaniladigan huquq sifatida tanlansa, mamlakatimiz sudlarida ularni ham qo'llashga to'g'ri kelib qoladi. Bu esa nafaqat ommaviy tartib masalalarini, balki sudyalar tomonidan bunday qoidalarni qo'llashdagi murakkabliklarni ham yuzaga keltirib chiqaradi. Ammo bu kabi shartnomalarning amalda tuzilish ehtimoliga keladigan bo'lsak, bu hali reallikdan ancha yiroq. Shu sababli reallikka yaqin bo'lgan islom moliyasi bilan bog'liq shartnomalarni tartibga solish asosiy o'ringa qo'yilgani maqsadga muvofiq.

Bundan tashqari, islom moliyasi bilan bog'liq alohida qonunchilik normalarini ishlab chiqishga ehtiyoj paydo bo'layotgani ham inkor etilmayapti. Xususan, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari Farhod Zayniyev va Jahongir Abdurasulov an'anaviy moliya tizimiga muqobil ravishda islom moliyasini joriy etishga qaratilgan qonunchilik asoslarini yaratish vaqti keldi deb ta'kidlab o'tgani ham diqqatga sazovordir. Ularning fikricha, shiddatkor davr yangi imkoniyatlarni izlash, real iqtisodiyotning rivojlanishi va faollashuvi uchun moliyaviy imkoniyatlar manbasini kengaytirishni taqozo etayotir. Buning uchun esa an'anaviy moliya tizimiga muqobil ravishda islom moliyasini joriy etishga qaratilgan qonunchilik asoslari yaratilishi lozim [18]. Bundan tashqari, O'zbekiston Respublikasi Senati raisining birinchi o'rinbosari Sodiq Safoyev ham mazkur masalaga alohida to'xtalib o'tgani e'tiborga molikdir. Sodiq Safoyev islom moliyasi bo'yicha quyidagi fikrlarni keltirib o'tadi: "Islom moliyasi butun dunyoda taraqqiy topayotgan va yuqori sur'atlarda rivojlanib kelayotgan moliya sohalaridan biri. Lekin biz shuni tan olishimiz kerakki, O'zbekistonda bu borada amaliy qadamlar tashlangani yo'q. Vaholangki, hukumat tomonidan bu sohaning muhimligi va undan unumli foydalanish, rivojlantirish ishlarini boshlash to'g'risidagi qaror qabul qilingan va barcha davlat idoralarga yetkazilgan edi" [18]. Shuningdek, mazkur masala O'zbekistonning yetakchi olimlaridan hisoblanmish Omonboy Oqyulovning ham nazaridan chetda qolgani yo'q. Ularning fikriga ko'ra, islom dinida bo'lgan shaxslar uchun islom moliyasi bilan bog'liq masalalarning Fuqarolik kodeksida o'z o'rnini topishi juda ham muhim hisoblanadi [18]. Bizning fikrimizcha, Fuqarolik kodeksi bilan birgalikda yangi alohida islom moliyasi bilan bog'liq qonunchilikning ishlab chiqilishi va ushbu qonunda islom moliyasi bilan

bog'liq munosabatlardan kelib chiqadigan nizolarni hal etish bo'yicha kollizion normalarning belgilanishi nafaqat O'zbekiston uchun, balki bu kabi nizolarni hal etishda murakkabliklarga duch kelayotgan roman-german va anglo-sakson huquqiy oilalariga mansub davlatlar uchun ham yangilik bo'lgan bo'lar edi.

Shuningdek, yuqoridagi qonun hujjatlariga kiritiladigan o'zgartirishlar nafaqat normativ-huquqiy hujjatlarga, balki Xalqaro xususiy huquqning asosiy tamoyillariga ham ta'sir etishi mumkin. Xususan, taraflar tomonidan nizoni hal etishda ikki huquqning tanlanishi, ya'ni shariat tamoyillariga asosan O'zbekiston huquqining nizoga nisbatan qo'llaniladigan huquq sifatida belgilanishiga ruxsat berilishi hamda bu kabi holatlarda masalani adolatli hal etish ma'lum bir darajada fanda yangilik yaratilishiga va bundan keyingi O'zbekiston Respublikasining Xalqaro xususiy huquqining istiqbollariga tamal toshini qo'yish ehtimoli mavjud. Ammo bunday o'zgartirishlar huquqning umumiy tamoyillari bo'lgan huquqiy barqarorlik hamda huquqdagi aniqlik kabilarga asoslanishi lozim.

References:

1. Bernardo Vizcaino., "Uzbekistan to develop Islamic finance in bid to tap foreign markets" www.reuters.com. Oxirgi marta ko'rilgan vaqt 15.03.2020.

2. MDH - Islom bankchiligi va moliyasi bo'yicha forum-2019 da taqdim etilgan ma'lumotlarga asoslanilgan.

3. Asia Alians banki rasmiy sayti: http://aab.uz/en/press_center/news/asia-alliance-bank-jscb-for-the-first-time-in-uzbekistan-completed-the-transaction-in-the-field-of-i. Oxirgi marta ko'rilgan vaqt 20. 03. 2020.

4. Kun.uz sayti: "ASIA ALLIANCE BANK Islom dini talablariga muvofiq bank xizmatlarini yo'lga qo'yadi". https://kun.uz/uz/01978266. Oxirgi marta ko'rilgan vaqt 20. 03. 2020.

5. https://www.investopedia.com/termsMslamicbanking.asp. Oxirgi marta ko'rilgan vaqt 13. 03. 2020.

6. World Islamic Banking Competitiveness Report 2016 (New realities & New opportunities). https://www.ey.com. Oxirgi marta ko'rilgan vaqt 20. 01. 2020.

7. Ljerka Cerovic "Comparative analysis of conventional and islamic banking: importance of market regulation"., UDK / UDC: 336.7.

8. Ito Makoto (A.Xakimov, A.Umirdinov tarjimasi). Huquq faniga kirish. T.: LESSON PRESS, 2019.

9. https://islamicmarkets.com/education/five-main-contracts-in-islamic-finance. Oxirgi marta ko'rilgan vaqt 09. 12. 2019.

10. R.I.Bekkin (Botirxo'ja Jo'rayev tarjimasi). Islom iqtisodiy modeli va zamon. T.: O'zbekiston, 2019.

11. E.A.Baydaulet (Botirxo'ja Jo'rayev tarjimasi). Islomiy moliya asoslari. T.: O'zbekiston, 2019.

12. Jan Michiel Otto "Sharia and National Law in Muslim Countries"., Leiden University Press, 2008.

13. Shamil Bank of Bahr. EC v. Beximco Pharms. Ltd, [2004] EWCA (Civ) 19; Shamil Bank, [2003] EWHC (Comm) 2118.

14. Alex Saleh "The Choice of Law and Dispute Settlement Resolution in Islamic Cross Border Finance Transactions"., Islamic Financial News on; May 25, 2011 volume 8, issue 20.

15. "An Analysis of the Courts' Decisions on Islamic Finance Disputes". Qarang:https://www.researchgate.net/publication/256022326_An_Analysis_of_the_Courts' _Decisions_on_Islamic_Finance_Disputes.

16. "Islamic Contracts in a Secular Court Setting? Lessons from Malaysia". Qarang: https://www.jstor.org > stable.

17. Alfiya R. Salikhova "Banking Law and Implementation of Islamic Banking in Kazakhstan"., JKAU: Islamic Econ., Vol 29 No. 2 (2016 July).

18. Deputatlar: Islom moliyasi bo'yicha qonunchilik asoslarini yaratish vaqti keldi. Qarang: https://islommoliyasi.uz/uz/islom-moliyasi-qonunchilik-yaratish/.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.