Научная статья на тему 'YANGI DAVRDA O’ZBEKISTONDA XOTIN-QIZLAR ROLINING RIVOJLANISH BOSQICHLARI'

YANGI DAVRDA O’ZBEKISTONDA XOTIN-QIZLAR ROLINING RIVOJLANISH BOSQICHLARI Текст научной статьи по специальности «Политологические науки»

CC BY
1734
261
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Ключевые слова
Etnik qadriyatlar / oila / farzand tarbiyasi / din omili / sharqona mintalitet / nikoh / gender tengligi / Ethnic values / family / child rearing / religion / oriental mentality / marriage / gender equality

Аннотация научной статьи по политологическим наукам, автор научной работы — Gavharoy Shavkatovna Latipova

Maqolaning mazmuni Markaziy Osiyo, xususan O’zbekistonda xotin-qizlar hayoti, tarixiy taraqqiyoti, huquqiy vakolatlari kengayishi, ularning jamiyat hayotida tutgan o’rni, globallashuv jarayonlariga ta’siri bilan bog’liq jarayonlar tahlilidan iborat. Shu o’rinda, O’zbekistonda xotin-qizlarni huquqlari va ularni qo’llab-quvvatlashga doir mexanizmlar, tarixiy rivojlanish jarayonlari, ularga berilayotgan imkoniyatlar va qiynayotgan masalalar hamda qator takliflar keltirib o’tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

STAGES OF DEVELOPMENT OF THE ROLE OF WOMEN IN UZBEKISTAN IN THE NEW AGE

The content of the article is an analysis of the processes related to the life of women in Central Asia, especially in Uzbekistan, their historical development, the expansion of legal powers, their role in society, their impact on globalization. In this regard, the mechanisms for women's rights and support in Uzbekistan, the historical development processes, opportunities and challenges for them, as well as a number of proposals are presented.

Текст научной работы на тему «YANGI DAVRDA O’ZBEKISTONDA XOTIN-QIZLAR ROLINING RIVOJLANISH BOSQICHLARI»

YANGI DAVRDA O'ZBEKISTONDA XOTIN-QIZLAR ROLINING

RIVOJLANISH BOSQICHLARI

Gavharoy Shavkatovna Latipova

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti magistranti

ANNOTATSIYA

Maqolaning mazmuni Markaziy Osiyo, xususan O'zbekistonda xotin-qizlar hayoti, tarixiy taraqqiyoti, huquqiy vakolatlari kengayishi, ularning jamiyat hayotida tutgan o'rni, globallashuv jarayonlariga ta'siri bilan bog'liq jarayonlar tahlilidan iborat. Shu o'rinda, O'zbekistonda xotin-qizlarni huquqlari va ularni qo'llab-quvvatlashga doir mexanizmlar, tarixiy rivojlanish jarayonlari, ularga berilayotgan imkoniyatlar va qiynayotgan masalalar hamda qator takliflar keltirib o'tilgan.

Kalit so'zlar: Etnik qadriyatlar, oila, farzand tarbiyasi, din omili, sharqona mintalitet, nikoh, gender tengligi

STAGES OF DEVELOPMENT OF THE ROLE OF WOMEN IN UZBEKISTAN

IN THE NEW AGE

Gavharoy Shavkatovna Latipova

Master of Tashkent State University of Oriental Studies

ABSTRACT

The content of the article is an analysis of the processes related to the life of women in Central Asia, especially in Uzbekistan, their historical development, the expansion of legal powers, their role in society, their impact on globalization. In this regard, the mechanisms for women's rights and support in Uzbekistan, the historical development processes, opportunities and challenges for them, as well as a number of proposals are presented.

Keywords: Ethnic values, family, child rearing, religion, oriental mentality, marriage, gender equality

KIRISH

Kundalik hayotimizda ko'p iste'mol qilinadigan tushuncha borki, bu inson huquq va manfaatlari, ularni himoya qilish mexanizmlaridir. Bular o'z ichida tarmoqlarga bo'linib, jinslar o'rtasidagi munosabatlarda me'yoriy muvozanatni saqlaydi. Kishilik jamiyati ijtimoiy jarayonlar ta'sirida rivojlanib kelmoqda. Jamiyatdagi barqaror munosabatlarni saqlab turish uchun davlat tomonidan o'rnatilgan qonun-qoidalar

amalda o'z tasdig'ini topishi zarur. Jinslar o'rtasidagi farqlarning tashkil topishi ijtimoiylashtirish jarayoni bilan bog'liq ekan, bu individ tomonidan jamiyatning to'laqonli a'zosi sifatida faoliyat yuritish imkonini beruvchi bilim, me'yor va qadriyatlarni o'zlashtirish jarayonlarni vujudga keltiradi. Ijtimoiylashtirishning asosiy institutlari sirasiga oila, maktab, tengdoshlar guruhi, atrofdagilar, jumladan qo'shnichilik munosabatlari, ota-ona, do'stlar va boshqalar kiradi. Umuman olganda, tegishli madaniy-me'yoriy andozalarni o'zlashtirish, qabul qilish va ifodalash jarayoni sodir bo'ladigan muhitdir.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Ijtimoiylashuv jarayonlarini shakllanishiga ta'sir etuvchi asosiy omillar borki, ular aynan sodir bo'layotgan jarayonlarni qay yo'sinda borishi va istiqboldagi rejalarini belgilab beradi. Bular: mintaqa aholisiga xos xarakter-xususiyatlar bo'lib, tarixan shakllangan etnik qadriyatlar, an 'analar hamda din omili ta'sirida vujudga keladi. Yer yuzidagi har bir mintaqada ushbu xususiyatlar mavjud bo'lib, ular bir-birini takrorlamaydi. Xususan, Yevropa qit'asi aholisining dunyoqarashi, mintaliteti sharq mamlakatlaridan tubdan farq qiladi. Bu kabi farqlar mintaqalar kesimida yanada xilma-xillikni kasb etadi. Xususan, Markaziy Osiyo mintaqasi mamlakatlarida sodir bo'lgan ijtimoiylashuv jarayonlari mintaqa aholisi xususiyatlari, tarixiy jarayonlarni qay tarzda sodir bo'lganligini o'zida aks etib turadi. Mintaqaga xos omillar sirasiga: an 'anaviylik, qadriyatlarga sodiqlik, sharqona mintalitet, oila, nikoh, oilaviy munosabatlarni boshqaruvda ustunlik qiluvchi erkakning roli, unga jamiyatdagi asosiy qatlam sifatida qarash kabi xususiyatlar kiradi. Ushbu munosabatlarni yanada sayqallanib, hozirgi qiyofasi shakllangunga qadar sodir bo'lgan jarayonlar, bosqinlar, mustamlakachilik tuzimini ta'siri mavjud. Sovet ittifoqi parchalangach, ungacha shakllanib bo'lgan ijtimoiy tuzum, hayot tarzida katta burilish sodir bo'ldi. Jamiyat ijtimoiy hayotida bir qancha muammolar vujudga keldi. Xotin-qizlar masalasi hamda ularning jamiyatda tutgan o'rni bir qancha munozaralarga sabab bo'ldi. Xususan, muammolar quydagi sohalarda yaqqol namoyon bo'ldi:

- Siyosiy huquqlar va ulardan foydalanish imkoniyatlari;

- Alohida shaxs sifatida va oila a'zosi sifatidagi ayollarning yuridik huquqlari;

- Xotin-qizlarning ta'lim olish va o'qitishning turli shakllaridan, jumladan kasb-hunar ta'limidan foydalanishlari;

- Mehnat faoliyatlari

Mintaqa xalqlari xususan, O'zbekiston hukumatiga ham tegishli ushbu masalalar davlat siyosatining keyingi yo'nalishini belgilashda asosiy omil bo'ldi. Xususan, O'zbekiston mustaqillikka erishgandan so'ng Respublikada qisqa davr ichida juda ko'p sifat o'zgarishlari sodir bo'ldiki, bular iqtisodda, ijtimoiy jarayonlarda va ayniqsa,

xotin-qizlarning jamiyat va oiladagi mavqeyida o'z ifodasini topdi. O'zbekistondagi yangi siyosiy tizimda shaxs va davlatning o'zaro munosabatlariga ustuvorlik berilib, ular bir-biri bilan huquq va majburiyatlar vositasida chambarchas bog'liq. Ijtimoiy-siyosiy va huquqiy munosabatlarni mutanosiblashtirshning asosiy mexanizmi bu-demokratiya, O'zbekiston hududida istiqomat qilayotgan barcha aholining huquqlarini kafolatlariga qaratilgan. Mamlakatda inson huquqlari jamiyatni demokratlashtirish muammolari ilmiy zehn, xalqning tarixan tarkib topgan an'analari, urf-odatlari, ma'naviy qadriyatlarini inobatga olgan holda hal etildi. Jamiyat fuqarolik-huquqiy davlat qurish yo'lidan borar ekan, birinchi navbatda inson manfaatlari, jamiyat va shaxs ehtiyojlariga xizmat qilish bosh masala bo'lib qolishiga e'tibor qaratildi. Xususan, 1999-yil 14-apreldagi 760-I-sonli "Xotin-qizlarga qo'shimcha imtiyozlar to'g'risidagi" O'zbekiston Respublikasi Qonuni1, 2003 yil 29-avgust "O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to'g'risidagi" Qonunning 22-moddasi, shuningdek, 1995-yil 2-mart PF-1084-sonli "O'zbekiston Respublikasining davlat va ijtimoiy qurilishida xotin-qizlar rolini oshirish choralari to'g'risida" Prezident Farmoni, 2010-yil 30-sentabrdagi PF-4245-sonli "O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Xotin-qizlarning ijtimoiy muhofazasini kuchaytirishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida" hamda 2004-yil 25-may PF-3434-sonli "O'zbekiston Xotin-qizlar qo'mitasi faoliyatini qo'llab-quvvatlash borasidagi qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida" farmonlarida xotin-qizlar huquqlarining ta'minlanishi, ularning jamiyat siyosiy va madaniy qatlamidagi ishtiroki, ayollar huquqlari kamsitilishiga qarshi ko'riladigan chora-tadbirlar mustaqilligimizning ilk yillaridanoq o'z samarasini ko'rsatdi. Bu islohotlar so'nggi yillarda O'zbekistonda onalik va bolalikni muhofaza qilish, ayollarning jamiyatdagi mavqeyini oshirish, oilani mustahkamlash borasida bir qator muhim qarorlar: 2018- yil 2-fevral PF- 5325-son "Xotin-qizlarni qo'llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida", 2004- yil 25-may PF-3434-sonli "O'zbekiston Xotin-qizlar qo'mitasi faoliyatini qo'llab-quvvatlash borasidagi qo'shimcha chora-tadbirlat to'g'risida"gi Farmon va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilinganligi bilan diqqatga sazovordir. Yurtimizda olib borilayotgan bu kabi islohotlar xotin-qizlar va erkaklar teng huquqliligi, jamiyatning asosiy bo'g'ini bo'lgan oilani mustahkamlash, ayniqsa, nikohning barqaror bo'lishi, onalik va bolalikni muhofaza qilish, farzand tarbiyasida ota-onaning huquq va majburiyatlari nafaqat O'zbekiston Respublikasi balki, Markaziy Osiyo mintaqasi davlatlari siyosatining o'ziga xos jihati sifatida qaraladi. Mustaqillikdan keyingi islohotlar natijasi o'laroq, O'zbekiston Markaziy Osiyo davlatlari ichida birinchilardan bo'lib, Birlashgan Millatlar Tashkilotining "Xotin-qizlar huquqlari kamsitilishining

:Lex.uz. O'zbekiston Respublikasi "Xotin-qizlarga qo'shimcha imtiyozlar to'g'risida"gi qonun https://lex.uz/docs/-10550. (So'nggi murojaat-08.04.2020)

barcha shakllariga barham berish to'g'risidagi konvensiya" (The Convention on the Elimination of all Forms of Discrimination Against Women) ga qo'shildi.

MUHOKAMA

1995-yilda "Tinchlik, taraqqiyot va tenglik" shiori ostida Pekin shahrida o'tkazilgan Butunjahon xotin-qizlarining konferensiyasida mamlakatimiz xotin-qizlari vakillari ishtirok etib, xotin-qizlar ahvolini yaxshilashga qaratilgan Pekin deklaratsiyasi platformasi (dastur) ga qo'shildi. Xotin-qizlar teng huquqliligi va gender masalalarining iqtisodiy hayot bilan uzviy bog'liqligini BMT Bosh Assambleyasining 2000-yil iyun oyidagi "Ayollar 2000: Gender tenglik, rivojlanish va jahon XXI asrda" maxsus sessiyasiga tayyorgarlik chog'ida Jahon banki tomonidan o'tkazilgan tadqiqot doirasida ham isbotlab berilgan. Davr nuqtai nazaridan qaralganda, gender tengligi, gender masalalari tushunchalari Markaziy Osiyo mintaqasida rivojlanishning yangi bosqichini vujudga keltirdi. Yillar davomida olib borilgan izlanishlar bu turdagi rivojlanish amaliyotining tahlillari xotin-qizlar ko'pincha rivojlanish jarayonlaridan chetda qoladi, va hatto ishtirok etgan taqdirda ham rivojlanish loyihalari natijalari erkaklar va xotin-qizlarga turlicha ta'sir ko'rsatadi degan xulosalarni keltirib chiqardi. Shu tariqa ushbu mintaqada xotin-qizlarning rivojlanishda ishtirokiga yondashuvni qayta ko'rib chiqish va rivojlanish loyihalarini xotin-qizlar va bolalar ahvoliga salbiy ta'sirini yengib o'tish zarurati vujudga keldi. Qarama-qarshi jins vakillari o'rtasidagi bu kabi tafovutlar davlatning ichki siyosati, islohotlar ko'lami, ulardan kutilayotgan maqsad hamda millatning etnik xususiyatlarga bog'liq jihatlarni ham qamrab olishiga ko'ra Markaziy Osiyo mintaqasi ajralib turadigan hududga aylandi. Mintaqaning Qozog'iston va Qirg'iziston mamlakatlari "kelin o'g'irlash" amaliyoti hanuzgacha saqlanib qolgan. Tojikiston hukumati tomonidan ayollarga kiyinish tartibi belgilab berilganligi va Xotin-qizlar va oila ishlari qo'mitasi tomonidan kiyinish tartibi qo'llanmasi chop etilganligi hozirgi vaqtda ham ayollar masalalari bilan jiddiy muammolar mintaqaning asosiy hal qilinishi kerak bo'lgan vazifasi ekanligini ko'rsatadi .

NATIJA

Rivojlantirish loyihalarining erkaklar, xotin-qizlar, o'smirlar, qariyalar va boshqalarga tabaqalashtirilgan ta'sirini o'rganishga bag'ishlangan tadqiqotlar mintaqa aholisi rivojlanishining ijobiy va salbiy omillarini batafsil ko'rib chiqish, tengsizlik manbalarini aniqlash va rivojlanishdagi teng bo'lmagan tarzda ishtirok etishga olib keluvchi sabablarni bartaraf etish usullarini o'rganish asosiy vazifa etib belgilandi.

2 Central.asia.news. Markaziy Osiyoda xalqaro xotin-qizlar kunining nishonlanishi yangi bosqichda https ://central.asia-news.com/uz-Latn/articles/cnmi-ca/features/2019/03/14/feature-01 Xalqaro xotin-qizlar kuni Markaziy Osiyoda inson huquqlariga e'tiborni yangiladi. (so'nggi murojaat:20.05.2020 )

Mamlakatlar tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlar ushbu vazifalarni samaradorligini belgilashda yuqori natija ko'rsatdi. Inson huquqlari, uning sha'ni, qadr-qimmati, erkinliklarini ta'minlashga qaratilgan islohotlar samarasi mintaqa mamlakatlarida turlicha natijalarni ko'rsatdi. Xususan, O'zbekistonda ayollarning

"5

ijtimoiy-siyosiy faolligi jihatidan barcha mehnat resurslarining 48% tashkil etadi. 2013-yil holatiga ko'ra Markaziy Osiyoda mamlakatlarida siyosiy sohadagi ishtiroki parlamentdagi o'rinlari bo'yicha Tojikiston eng past ko'rsatkich- 14,7% ni tashkil qiladi.4 Qozog'iston- 23%, Qirg'iziston- 23% bilan farqlanadi. Bu ko'rsatkich O'zbekiston Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tarkibida 22%, Senatda 15% ni ayollar tashkil etadi. Bu ko'rsatkichlar bugungi kunda ijobiy tomonga o'zgarib xususan, O'zbekistonda Qonunchilik palatasida 32%, Senatda 25%ga ko'tarilgan5 . Shunga doir islohotlar natijalari jamiyatda hukm suryotgan farovonlikni ta'minlashda muhim omil bo'lib xizmat qiladi.

XULOSA

Ushbu ma'lumotlar orqali Markaziy Osiyo mamlakatlari, xususan O'zbekiston Respublikasida xotin-qizlar teng huquqliligining kafolatlari, jamiyat hayotidagi o'rni, davlat boshqaruv sohasidagi faoliyatlari, xotin-qizlar bandligini ta'minlash, ularni kasbiy salohiyatlarini yanada rivojlantirish, jamiyatdagi barcha sohalar doirasida xotin-qizlar faolligini oshirishga doir bosqichlarni o'rganish yuzasidan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalarni keltirishimiz mumkin:

- jamiyatda shakllangan "ayollarga xos kasblar" tushinchasini muomaladan chiqarish yoki uning turlarini kengaytirish, erkin kasb tanlashga imkon yaratish;

- uy vazifalari, bola tarbiyalash kasbiy faoliyatga to'siq bo'lmasligi uchun masofadan turib ishlash faoliyatini yo'lga qo'yish;

- nodavlat tashkilotlari bilan keng hamkorlikni yo'lga qo'yish orqali xotin-qizlarda ijodkorlikni rag'batlantiruvchi loyihalarni ishlab chiqish. Bu orqali o'z qobiliyatlarini yanada rivojlantirish (uy sharoitida), namoyon qilishiga imkon yaratish;

- huquqiy ta'limda xotin-qizlar savodxonligini oshirish maqsadida loyihalarni yo'lga qo'yish, siyosiy karyera, davlat boshqaruvida xotin-qizlar ishtirokini oshirish, ularga mos ish o'rinlari ustida yangicha yondashuv;

3KUN.UZ. "Mamlakatning demokratik yangilanishi va modernizatsiyada ayollarning roli: O'zbekiston tajribasi va xalqaro amaliyot" konferensiyasi. T.Norboyeva. Toshkent-2018 http://central.asia-news.com-markaziy-osiyo-mamlakatlarida-xotin-qizlar-xalqaro-kuni-nishonlanadi-asia-news.com (so'nggi murojaat-02.02.2020)

4Central.asia-news.com.Xalqaro xotin-qizlar kuni Markaziy Osiyoda inson huquqlariga e'tiborni yangiladi. https://central.asia-news.com/ayollar-huquqlari (so'nggi murojaat-06.03.2020)

5Daryo.uz. Siyosiy sohadagi ayollar mavqeyi. https://daryo.uz/2013/08/19/o'zbekiston-parlamentdagi-ayollar-soni-bo'yicha-mdh-davlatlari-orasida-tortinchi-o'rinni-egalladi (so'nggi murojaat-09.02.2020)

- oilaviy munosabatlarda xotin-qizlar va erkaklar o'rtasidagi munosabatlarni kelishuv asosida amalga oshirish, erkak va ayol muammoli vaziyatlarda tenglik prinsipini o'zaro hurmat va bir-birini tushinish tarzida amalga oshirish;

- nasl, farzand tarbiyasi masalalarida tenglikka rioya qilgan holda, ayolning jamiyatdagi o'rnini topishda, kasb-hunar masalalarida qo'llab-quvvatlash;

- nohaqlikka uchragan, zo'ravonlik qurboniga aylangan xotin-qizlar bilan davlat, jamiyat hamkorligini yanada kuchaytirish, ularni har tomonlama qo'llab-quvvatlashning tizimli mexanizmini ishlab chiqish kabilardir.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasining 2019-yil 17-avgustdagi "Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq va imkoniyatlar kafolatlari to'g'risida"gi qonuni

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyevning 2018-yil 2-fevraldagi "Xotin-qizlarni qo'llab-quvvatlash va oila institutini rivojlantirish to'g'risida"gi PF-5325 sonli Farmoni

3. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyevning 2019-yil 7-martdagi "Xotin-qizlarning mehnat huquqlari kafolatlarini yanada kuchaytirish va tadbirkorlik faoliyatini qo'llab-quvvatlashga oid chora-tadbirlar to'g'risida"gi Farmoni

4. Saidov A.X Inson huquqlari bo'yicha xalqaro shartnomalar. - T.: Adolat. 2004.

5. A. Saidov. "Ayollar huquqlari bo'yicha bo'yicha xalqaro va milliy qonun hujjatlari rivojlanishining asosiy yo'nalishlari", T.:1999 y. b-82

6. Tansiqboyeva G. Ayollarning diskriminatsiya qilinishini bartaraf etish - ularning amaldagi tengligining zaruriy sharti//Ayol huquqi va erkinliklari. - T.: Adolat, 2002.

7. Mo'minovA.R. Tillaboyev M. A Inson huquqlari. Ayollar huquqlari va erkinligini xalqarohuquqiy himoya qilish. //T . : Adolat. 2013.- B.368.

8. Shamsiyeva M.X. Gender tenglik. Buxoro davlat universiteti ilmiy axboroti. //2015.

9. МишельА. Долойстериотипы! Преодолить сексизм в школных учебниках: Париж ЮНЕСКО.1991 c-115

10. L. Kim. Gender pedagogikasining amaliy jihatlari. b-300- 301

11. Lex.uz. https://lex.uz/docs/-10550

12. O'zA.uz.https://uza.uz/oz/politics/zbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-mirziyeevning-khal-07-03-2020

13. Central .asia. http : //central. -asia-news .com

14. Uza.uz https://uza.uz/oz/politics/zbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-mirziyeevning-khal-07-03-2020

15. Gender.stat.uz https://gender.stat.uz/uz/o-gendernoi-statistike-uz

16. Xs.uz http ://xs. uz/uz/po st

17. m.aniq.uz https ://m. aniq.uz/uz/yangiliklar

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.