Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 7
educational, natural and social sciences ( ) ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423
QASDDAN BADANGA SHIKAST YETKAZISH JINOYATLARINI TERGOV QILISHDA ILGARI SURILGAN VERSIYALARNI TEKSHIRISHNING
AYRIM MASALALARI
Yesimbetova Barno Yesengeldievna
O'zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi doktoranti
ANNOTATSIYA
Maqolada tergov uslubi tavsiya etgan taktik va metodik vositalarni qo 'llash va hodisa joyidagi qurollar, izlar, jabrlanuvchi shaxsi va tan jarahoti sababi haqidagi dastlabki ma 'lumotlar asosida versiya-tusmollarini ishlab chiqish va tergovni to 'g'ri tashkil etish yuzasidan asoslantirilgan takliflar ishlab chiqilgan.
Kalit so'zlar tan jarohati, jabrlanuvchi, jinoyat quroli, rashq,spirtli ichimlik
АННОТАЦИЯ
В статье разработаны предложения, основанные на применении тактических и методологических средств, рекомендованных методом расследования, а также на основе предварительной информации о причине применения оружия, следов, личности потерпевшего и причинение телесных повреждений и правильной организации расследования.
Ключевые слова. телесные повреждения, потерпевший, орудие преступления, ревность, алкоголь
ABSTRACT
The article develops proposals based on the use of tactical and methodological tools recommended by the investigation method, as well as on the basis ofpreliminary information about the reason for the use of weapons, traces, the identity of the victim and the infliction of bodily injuries and the correct organization of the investigation.
Keyword.bodily injuries, the victim, the instrument of the crime, jealousy,
alcohol
KIRISH
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 14 may kuni qabul qilingan «Jinoyat va jinoyat-protsessual qonunchiligi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi PQ 3723-son qarori [1] bilan O'zbekiston Respublikasining Jinoyat va jinoyat-protsessual qonunchiligini takomillashtirishning asosiy yo'nalishlari va vazifalari sifatida: jinoyat qonunchiligi normalarini unifikatsiya qilish; fuqarolar huquq va erkinliklari, jamiyat va davlat manfaatlarining ta'sirchan va
291
Scientific Journal Impact Factor
ishonchli muhofaza qilinishini; jinoyat protsessida shaxsning huquq va erkinliklari kafolatlarini ishonchli ta'minlash mexanizmlarini takomillashtirish; jinoyat protsessining yangi shakl va tartib-taomillarini kiritish belgilandi.
Qasddan badanga shikast yetkazish holatlari bo'yicha tergovga qadar tekshiruvni amalga oshirishda shaxsning sha'ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari bilan bog'liq, ijtimoiy xavfi katta bo'lmagan jinoyatlar yuzasidan ishni qo'zg'atishda uning roziligini olishni nazarda tutuvchi holatlari ko'payib bormoqda. Ushbu jinoyatlarni tergov qilishda dispozitivlik asoslariga tayyanib ishni olib borish maqsadga muvofiq.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Qasddan badanga shikast yetkazish jinoyatlari og'ir va tergov uslubi ancha murakkab kechadigan hodisalardan hisoblanadi.
Kriminalistik tergov uslubini qo'llash qasddan badanga shikast yetkazish jinoyatini tekshirishda jabrlanuvchiniga tan jarohatini yetkazish sababini aniqlashga: qasddan badanga shikast yetkazish tajovuzidan sodir bo'ldimi, degan holatlarni aniqlashga qaratiladi. Shuning uchun har qanday holatlarda qasddan badanga shikast yetkazish shubhali vaziyatda kriminalistik tergov uslubi qoidalariga asoslangan holda tekshirilishi lozim.
Qasddan badanga shikast yetkazish jinoyatlarini sodir etishda jinoyatchilar turli usul va qurollarni qo'llaydilar. Ko'p hollarda ular o'q otish va sovuq qurollar, turli uy-ro'zg'or buyumlari (pichoq, tesha, bolta), biror qattiq predmet (temir, tosh kabi)lar bilan jarohat yetkazadilar.
Qasddan badanga shikast yetkazish usullari, jinoiy harakat motivlari, joyi, vaqti, hodisaning oqibati, izlar, qurollar bularning barchasi kriminalistik tavsifni tashkil qiladi. Uning ayrim elementlari esa bir-birlari bilan bog'liq bo'lib, biri-ikkinchisidan kelib chiqadi va to'ldiradi. Ayniqsa, jinoyatning sub'ekti, jabrlanuvchi, ishlatgan qurol va jinoyat joyi kabi elementlar o'zaro chambarchas bog'liq bo'lib, har qaysi elementdan qolgan izlar (oqibatlar) boshqa elementlarda aks etadi, birini kuzatish va tekshirish bilan ikkinchisi unga bog'liq bo'lgan holatning xususiyatini keltirib chiqaradi.
Jinoyatning kriminalistik tavsifini belgilashda yuqorida keltirilgan holatlarning ketma-ketligi, hodisa joyidagi vaziyatlarning kelib chiqishi, birining oqibati ikkinchisida ma'lum izlarning qoldirishi kabilarini aniqlash tergov dastlabki bosqichining muvaffaqiyatli bo'lishiga asos hisoblanadi.
Tergov amaliyoti tajribasiga asoslangan holda shuni aytish mumkinki, eng ko'p tarqalgan qasddan badanga shikast yetkazish jinoyatlari uy-joy binolarida, jamoat
Scientific Journal Impact Factor
joylarida, ko'chalarda sodir etiladi, bunda jinoyatning oqibati, qurollar, izlar yashirilmaydi jinoyatni sodir etgan shaxs o'zi ham ba'zida qochmaydi, bekinmaydi. Bunday jinoyatlar ko'pincha g'arazlik, o'ch olish, rashq, bezorilik, ikki jinoiy guruhlarning qarama-qarshilik to'qnashuvlari natijasida sodir bo'ladi. Bu holatlarda sodir etilgan qasddan badanga shikast yetkazish jinoyatlarining ochilishi va tergov jarayoni unchalik qiyinchilikni tug'dirmaydi. Tergov uslubi tavsiya etgan taktik va metodik vositalarni qo'llash va hodisa joyidagi qurollar, izlar, jabrlanuvch i shaxsi va tan jarahoti sababi haqidagi dastlabki ma'lumotlar asosida versiya-tusmollarini ishlab chiqish va tergovni to'g'ri tashkil etish, ya'ni ishni tegishli muddatlarda ochish-isbotlash mumkin bo'ladi.
Ayrim hollarda qasddan badanga shikast yetkazish jinoyati yashirin vaziyatda, guvohlarsiz, kechaning qorong'uligi, odamning yo'qligidan foydalanib sodir etiladi.
Jinoyatchi qasdga tayyorgarlik ko'radi, hodisa joyidagi izlarni yo'qotishga, qurolni o'zi bilan olib ketishga ham harakat qiladi. Bunday jinoyatlarni tergov olib borish, isbotlash nuqtai-nazaridan murakkab bo'lib, birmuncha qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. Qasddan badanga shikast yetkazishning bu turini tergov qilishda tergovchi ixtisoslik mahoratini ishga solishi, dastlabki surishtiruv ma'l umotlaridan to'g'ri foydalana olishi, kechiktirib bo'lmaydigan tezkor va tergov harakatlarini o'z vaqtida va sifatli qilib o'tkazishi talab etiladi[2].
Qasddan badanga shikast yetkazish jinoyatlarni tergov qilishda uni amalga oshirish usuli, motivlari, qo'llanilgan qurollar, sodir etgan shaxs haqidagi dastlabki ma'lumotlarni olish mumkin bo'ladi. Jabrlanuvchining shaxsi ma'lum bo'lgan hollarda jinoyatchi haqida, ular orasidagi munosabat, jinoyat hodisasini sodir etish usullari haqida tegishli versiya-tusmollar tuzmoq mumkin bo'ladi. Jinoyat hodisasi bilan jabrlanuvchiga qasddan badanga shikast yetkazilgan joylar haqida ma'lumot olish va dastlabki tezkor-tergov harakatlarini o'tkazish orqali jinoyatda shubhalangan shaxsni topish va qo'lga olish imkoni bo'ladi.
Shahar sharoitlarida sodir qilinadigan qasddan badanga shikast yetkazishlar ko'p hollarda jinoyat izlarini yo'qotishga qaratilgan bo'ladi. Qasddan badanga shikast yetkazish jinoyat sodir etilgan joylar har xil hududlarda bo'lgan taqdirda, bu joylarni bir-birlari bilan bog'liq va moslik holatlari aniqlanmog'i lozim.
Qasddan badanga shikast yetkazish jinoyatlarining tavsiflaridan yana biri uning sodir qilinish usulidir. Qasddan badanga shikast yetkazish sodir qilish usuli o'z ichiga ishlatilgan qurol, vosita, harakat, jinoyatga avvaldan tayyorgarlik ko'rish va jinoyat izlarini yo'qotishga urinish kabi holatlar kiradi.
Scientific Journal Impact Factor
Uy-ro'zg'or janjallari, rashq, bezorilik, spirtli ichimlik va giyohvandlik moddalar ta'sirida sodir qilinadigan qasddan badanga shikast yetkazish deyarli oldindan tayyorgarlik ko'rilmasdan sodir qilinadi.
Qasddan badanga shikast yetkazish duch kelgan predmet qurol (pichoq, tesha, bolta) yoki boshqa vosita bilan jarohat yetkazib, maqsadiga yetadi.
Qasddan badanga shikast yetkazish g'arazli maqsadda yoki jabrlanuvchining lavozimi, xizmat vazifasiga qarshi qaratilgan bo'lsa, jinoyatchi oldindan tayyorgarlik ko'radi; joyini, vaqtini belgilab qo'yadi. Qasdni amalga oshirgandan so'ng jinoyatchi oyoq va qo'l izlarini qoldirmaslikka harakat qiladi. Bu holatlar jinoyatchining shaxsi haqidagi ma'lumotlarni olishga va uni kimlar orasidan qidirish lozimligini belgilaydi[3].
Ushbu jinoyatlarning izlarini yo'qotishga qaratilgan harakatlar ba'zida tan jarohati boshqa hodisa tusini berish uchun niqoblash usullarini ham qo'llashlik hollari uchrab turadi. Qasddan badanga shikast yetkazilgan shaxsini xushsizlantirib yoki og'ir jarohat yetkazib, tepalik - balandlikdan itarib yuboradi - niqobi tusini yaratadi va hokazo.
Qasddan badanga shikast yetkazilgan jabrlanuvchining shaxsini tavsiflash ham tergovning dastlabki bosqichida to'g'ri tusmollar tuzishga va gumon qilinuvchini topishga yordam beradi.
Qasddan badanga shikast yetkazilan jabrlanuvchilar ayol kishilar bo'lsa, ko'p hollarda ular zo'rlik, g'arazlik yoki rashq qurbonlari bo'ladilar. Jinoyatchi va jabrlanuvchining o'zaro aloqalari, munosabatlari bir-birlari bilan bog'liq bo'lib, jinoiy oqibatga olib kelish sababidan va qasdning mazmunidan darak beradi.
Qasddan badanga shikast yetkazgan gumon qilinuvchi, tergov amaliyotiga asoslangan holda quyidagicha tavsiflanishi mumkin. Spirtli ichimlik yoki giyohvand moddalarni iste'mol qiluvchi 18 yoshdan 50 yoshgacha bo'lgan erkak kishilar, ko'p hollarda qo'pol muomala qiluvchilar, ahloqsiz, jamoaga va ayollarga nisbatan behurmat va rahmsiz, ilgari sudlangan kabi sifatlarga ega bo'ladilar.
Qasddan badanga shikast yetkazgan jinoyatchining ba'zi harakatlari -jabrlanuvchiga nisbatan o'ta rahmsizlik bilan ko'p jarohat yetkazishi, o'zining yaqin qarindoshi, oila-a'zolariga nisbatan tan jaroxatni yetkazish, uning aqli norasologidan xabar beradi, bunday hollarni tipik vaziyatlarga kiritish mumkin[4].
Tergov amaliyotida notipik hollar ham uchrab turadi. Jinoyatchi qurol bilan muomala qilishni yaxshi biladi, harbiy xizmatda yoki alohida mashq asosida otish yoki sovuq qurollarini qo'llashlikni egallagan bo'lib, jinoyatga tayyorgarlik ko'rishni va sodir qilgandan so'ng uning izlarini yo'qotishni avvaldan belgilab qo'yadi.
Scientific Journal Impact Factor
Bunday vaziyatlar tergovni dastlabki bosqichida bir muncha murakkablikni keltirib chiqaradi.
Lekin kriminalistik faoliyatning qonuniyatiga binoan hech bñ jinoyat o'z oqibatini, izlaгini qoldiгmay iloji yo'q, shuning uchun haг qanday jinoyat, shu jumladan, qasddan badanga shikast yetkazish bilan bog'liq jinoyatlaгi ham muvaffaqiyatli tekshirilib, fosh etiladi.
Xulosa qilib shuni ta'kidlash kerakki, qasddan badanga shikast yetkazish holatlari bo'yicha tergovga qadar tekshiruv o'tkazish, jinoyatlarni qo'zg'atish va tergov qilishda aniqlanishi lozim bo'lgan holatlar, tergov tusmollarini ishlab chiqish xususiyatlari ishni sudga qadar yuritish kompleks texnologiya sifatida tan olinishi lozim. Chunki u sudga qadar ish yuritishning qismi sifatida murakkab, kompleks va mas'uliyatli vazifani bajaradi. Bu esa qasddan badanga shikast yetkazish bo'yicha alohida maxsus ish yuritish bo'lib, uning o'ziga xos xususiyatlari bilan bog'liq protsessual va tashkiliy-metodik faoliyati o'zaro bir-biriga aloqador. REFERENCES
1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 14 may kuni qabul qilingan «Jinoyat vajinoyat-protsessual qonunchiligi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi PQ 3723-son qarori //http://lex.uz/docs/3735818 (O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi).
2. Авакян М.В. Методика расследования и поддержания государственного обвинения по делам об умышленном причинении тяжкого вреда здоровью: Дисс. ...док. юрид. наук. - Калинград,2017. - C. 51.
3. Безручко Е. В. Преступления, посягающие на безопасность здоровья человека: теоретико-правовое исследование: Дисс. ...док. юрид. наук. - Ростов-на-Дону,2018. - С.45.
4. Беспечный О. В. Теоретические и практические проблемы расследования преступлений, связанных с причинением тяжкого вреда здоровью: дис. ... канд. юрид. наук / О. В. Беспечный. - Барнаул, 2003. - С.121.
XULOSA