Научная статья на тему 'ТЕОРЕТИЧЕСКИЙ АНАЛИЗ ПРОМЫШЛЕННЫХ АВАРИЙ И ПРОФЕССИОНАЛЬНЫХ ЗАБОЛЕВАНИЙ'

ТЕОРЕТИЧЕСКИЙ АНАЛИЗ ПРОМЫШЛЕННЫХ АВАРИЙ И ПРОФЕССИОНАЛЬНЫХ ЗАБОЛЕВАНИЙ Текст научной статьи по специальности «Науки о здоровье»

CC BY
185
28
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
TECHика
Область наук
Ключевые слова
ОХРАНА ТРУДА / ОБРАЗОВАНИЕ / ПЕДАГОГИЧЕСКИЕ ТЕХНОЛОГИИ / СПЕЦИАЛИЗАЦИЯ / УЧЕБНЫЙ ПРОЦЕСС / НАУКА / ПЕРЕДОВОЙ ОПЫТ

Аннотация научной статьи по наукам о здоровье, автор научной работы — Рахмонов Шохрухбек Солижонович, Нарзиев Шовкиддин Муртозаевич

Ushbu maqolada ishlab chiqarishda sodir bo‘ladigan baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklarini tekshirish, hisobga olishning huquqiy-me’yoriy hujjatlarining tahlili keltirilgan. Mehnat muhofazasini tashkil qilishda me’yorlariga muvofiq korxona hududida hamda uning chegarasidan tashqarida mehnat vazifalarini bajarish vaqtida, shuningdek, ishlab chiqarish manfaatlarini ko‘zlab qilingan harakatlar natijasida yuz bergan xodisalarning hisobga olishning yoritilgan.В статье представлен анализ нормативно-правовых документов по расследованию несчастных случаев и профессиональных заболеваний, возникающих на рабочем месте. В организации охраны труда в соответствии с нормами организации работы на территории предприятия и за его пределами, а также в учете инцидентов, произошедших в результате действий в интересах производства.The article presents an analysis of regulatory documents on the investigation of accidents and occupational diseases that occur in the workplace. In the organization of labor protection in accordance with the norms of the organization of work on the territory of the enterprise and outside it, as well as in the accounting of incidents that occurred as a result of actions in the interests of production

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ТЕОРЕТИЧЕСКИЙ АНАЛИЗ ПРОМЫШЛЕННЫХ АВАРИЙ И ПРОФЕССИОНАЛЬНЫХ ЗАБОЛЕВАНИЙ»

ТЕОРЕТИЧЕСКИЙ АНАЛИЗ ПРОМЫШЛЕННЫХ АВАРИЙ И ПРОФЕССИОНАЛЬНЫХ ЗАБОЛЕВАНИЙ

Рахмонов Шохрухбек Солижонович Нарзиев Шовкиддин Муртозаевич

Андижанский машиностроительный институт

В статье представлен анализ нормативно-правовых документов по расследованию несчастных случаев и профессиональных заболеваний, возникающих на рабочем месте. В организации охраны труда в соответствии с нормами организации работы на территории предприятия и за его пределами, а также в учете инцидентов, произошедших в результате действий в интересах производства.

Ключевые слова: охрана труда, образование, педагогические технологии, специализация, учебный процесс, наука, передовой опыт.

ISHLAB CHIQARISHDAGI BAXTSIZ XODISALAR VA KASB KASALLIKLARINI HISOBGA OLISHNING NAZARIY TAHLILI

Ushbu maqolada ishlab chiqarishda sodir bo'ladigan baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklarini tekshirish, hisobga olishning huquqiy-me'yoriy hujjatlarining tahlili keltirilgan. Mehnat muhofazasini tashkil qilishda me'yorlariga muvofiq korxona hududida hamda uning chegarasidan tashqarida mehnat vazifalarini bajarish vaqtida, shuningdek, ishlab chiqarish manfaatlarini ko'zlab qilingan harakatlar natijasida yuz bergan xodisalarning hisobga olishning yoritilgan.

Kalit so'zlar: охрана труда, несчастный случай, предприятие, специальность, потерпевший, смерть, положение, производство, работодатель.

THEORETICAL ANALYSIS OF INDUSTRIAL ACCIDENTS AND OCCUPATIONAL

DISEASES

The article presents an analysis of regulatory documents on the investigation of accidents and occupational diseases that occur in the workplace. In the organization of labor protection in accordance with the norms of the organization of work on the territory of the enterprise and outside it, as well as in the accounting of incidents that occurred as a result of actions in the interests of production

Keywords: охрана труда, несчастный случай, предприятие, специальность, потерпевший, смерть, положение, производство, работодатель.

Kirish. Jamiyat uchun eng katta ahamiyatga ega bo'lgan faoliyat shakli mavjud. Bu faoliyatning oliy shakli hisoblangan - mehnatdir[1]. Chunki faqat mehnat tufayligina insoniyatning barcha moddiy, ma'naviy va boshqa turdagi boyliklari yaratiladi. Mehnatning shakllari xilma-xildir. Ular turmushda, jamiyat hayotida, madaniyatda, ishlab chiqarishda, ilmda va hayotning boshqa sohalarida kechadigan amaliy, aqliy va ma'naviy jarayonlarni o'z ichiga oladi[2].

Inson o'z mehnatining sifati va unumdorligini oshirish maqsadida mehnat qurollarini va ishlab chiqarish vositalarini doimiy va to'xtovsiz ravishda o'zgartirib va mukammallashtirib boradi. Buning natijasida u mehnat jarayonida doimiy ravishda yuzaga chiqadigan turli zararli va xavfli omillar ta' siri ostida qoladi[3,4].

Shuni alohida aytish lozimki, korxonalarning xodimlari O'zbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan tartibda va shartlar bilan baxtsiz xodisalar va kasb kasalliklaridan majburiy

sug'urta qilinishlari shart ("Mehnatni muhofaza qilish to'g'risida"gi (yangi tahriri) qonunining 22- moddasi) [2].

O'zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 222-moddasiga muvofiq, ish beruvchi ishlab chiqarishdagi baxtsiz xodisalarni o'z vaqtida tekshirish va hisobga olib borishi shart.

Tadqiqot metodlari. Ma'lumki, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 6 iyundagi 286-sonli qarori bilan "Ishlab chiqarishdagi baxtsiz xodisalarni va xodimlar sog'lig'ining boshqacha tarzda shikastlanishlarni tekshirish va hisobga olib borish to'g'risida Nizom tasdiqlangan[5]. O'zbekiston Respublikasi hududida mulkchilikning barcha shaklidagi korxona, muassasa, tashkilotlarda, shuningdek mehnat shartnomasi bo'yicha ishlayotgan ayrim fuqarolarda mehnat faoliyati bilan bog'liq holda xodimlar bilan ro'y bergan baxtsiz xodisalarni tekshirish va xisobga olib borish tartibi belgilab berilgan. Mazkur Nizom yana:

- sud hukmiga binoan jazoni o'tayotgan fuqarolarga ishlab chiqarishdagi ish davomida;

- ish beruvchilarga;

- pudrat va topshiriq shartnomalari bo'yicha fuqarolik-huquqiy (kontraktlar) bitimlar asosida ish bajarayotgan shaxslarga;

- tabiat xodisalari va texnogen xarakteridagi favqulodda xodisalarning oqibatlarini tugatishda ishtirok etayotgan shaxslarga;

- yollanib ishlayotgan chet el fuqarolariga, basharti maxsus xalqaro shartnomalarda o'zgacha holat ko'rsatilmagan bo'lsa;

- harbiy xizmatni o'tash bilan bog'liq bo'lmagan qurilish, qishloq xo'jaligi va boshqa ishlarni bajarish uchun korxonalarga ishlashga yuborilgan harbiy xizmatchilarga, shuningdek, muqobil xizmatni o'tayotgan shaxslarga;

- korxonada ishlab chiqarish amaliyotini o'tayotgan talabalar va o'quvchilarga nisbatan tadbiq etiladi, tekshirib ko'riladi.

Nizomga muvofiq, korxona hududida hamda uning chegarasidan tashqarida mehnat vazifalarini bajarish vaqtida, shuningdek, ishlab chiqarish manfaatlarini ko'zlab qilingan harakatlar natijasida yuz bergan xodisalar, korxona transportida ishga kelish va qaytish vaqtida yo'lda, korxona territoriyasida (tanaffus vaqti ham shunga kiradi), shanbaliklarni o'tkazish vaqtida, ishlab chiqarish ob'ektlarida yuz bergan avariyalar, vaxta usulida ish tashkil qilingan posyolka territoryasida yoki smena tugagan, dam olish vaqtida, ish vaqtida o'zining shaxsiy transportida, basharti bunga ish beruvchi tomonidan ruxsat berilgan bo'lsa, yuz bergan xodisalar ish beruvchining topshirig'i bo'yicha transportda yoki yayov kelayotgan xodim bilan, shuningdek faoliyati xizmat ko'rsatish obyektlari o'rtasida qatnash bilan bog'liq xodimlar bilan ish vaqtida yuz bergan, shanbaliklar vaqtida uning joyidan qat'iy nazar, otalikka olingan korxonalarga yordam ko'rsatish vaqtida, o'z xizmat vazifalarini bajarayotganda xodimga boshqa shaxs tomonidan ish vaqtida etkazilgan tan jarohati va boshqalar baxtsiz xodisalar sanaladi[6,7].

Tabiiy o'lim, o'z-o'zini o'ldirish, jabrlanuvchi o'z sog'lig'iga qasddan shikast etkazilganligi, shuningdek jabrlanuvchi jinoyat qilayotgan paytda olgan jarohatlar kabi xodisalar tekshirilmaydi va hisobga olinmaydi[8].

Nizomga ko'ra, ishlab chiqarishdagi baxtsiz xodisa tufayli xodim kamida bir kun mehnat qobiliyatini yo'qotsa yoki uni tibbiy xulosaga muvofiq boshqa engilroq ishga o'tkazish zarurati kelib chiqsa, bunday baxtsiz xodisa H-1 shaklidagi akt bilan rasmiylashtiriladi[1].

Jabrlanuvchining talabiga binoan, tekshiruv tugagan kundan e'tiboran, uzog'i bilan 3 kun ichida ish beruvchi shu baxtsiz xodisa to'g'risida dalolatnoma berishi shart (Mehnat kodeksining 222-moddasi).

Ish beruvchining buyrug'iga asosan, ish beruvchining vakillari hamda kasaba uyushmasi komiteti yoki xodimlarning boshqa vakillik organi xodimlaridan iborat tarkibda komissiya tuziladi. Komissiya 3 kun ichida tekshiruv o'tkazib, uch nusxada akt tuziladi va bunda baxtsiz xodisaning kelib chiqish sababi, kimning aybi bilan ro'y berganligi va uning oldini olish choralari ko'rsatiladi[8].

Akt ish beruvchi tomonidan tasdiqlanadi va jabrlanuvchiga yoki uning manfaatlarini himoya qiluvchi shaxsga, korxonadagi mehnat muhofazasi xizmati rahbariga (muhandis, mutaxassis), barcha tekshirish materiallari bilan davlat mehnat-texnika inspektsiyasiga yuboriladi.

Guruh tarzidagi (ikki va undan ortiq) xodimlar bilan roy bergan baxtsiz xodisalar alohida tartibda tekshiriladi. Shuningdek, baxtsiz xodisa tufayli o'lim sodir etilgan yoki nogironlik kelib chiqqan bo'lsa, shunday alohida tekshiruv o'tkaziladi.

Mehnat muhofazasi bo'yicha davlat inspektori zarur hollarda: shikoyatga asosan, baxtsiz xodisa ochilib qolganda va boshqa sabablarga ko'ra uning qachon sodir bo'lgan vaqtidan qat'iy nazar, mustaqil ravishda tekshiruv o'tkazilishi mumkin. Davlat inspektori tekshiruv natijalari bo'yicha xulosa tuzadi, bunda u baxtsiz xodisa va unga oil holatlarga xarakteristika berib, baxtsiz xodisaning asosiy sabablari va mehnat muhofazasi qoidalarini buzgan shaxslarni ko'rsatib o'tadi. Ro'y bergan baxtsiz xodisa tufayli besh va undan ko'p bo'lgan kishilar xalok bo'lgan bo'lsa, bunday xodisa Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan tuzilgan komissiya tomonidan tekshiruv o'tkaziladi. Maxsus tekshiruv komissiyasi 15 kun ichida baxtsiz xodisani tekshiradi, korxonada mehnat muhofazasining holati yuzasidan tekshirish o'tkazadi, maxsus tekshiruv yuzasidan akt tuzadi va uni barcha materiallar bilan qo'shib rasmiylashtiriladi. Davlat bosh mehnat texnika inspektori tomonidan barcha tekshiruv materiallari prokurorga, Mehnat vazirligiga, tegishli vazirliklarga, kasaba uyushmalarining yuqori organlariga yuboriladi[9,10,11].

Nizomga ko'ra, barcha baxtsiz xodisalar hamma vaqt hisobga olinib, maxsus jurnalda ro'yhatdan o'tkaziladi.

Mazkur nizomda:

1) guruh tarzidagi baxtsiz xodisalar haqida xabar berish;

2) ishlab chiqarishda ro'y bergan baxtsiz xodisani ro'yhatga olish tartibi;

3) ishlab chiqarishdagi baxtsiz xodisalarning oqibatlari haqida ma'lumot berish;

4) baxtsiz xodisa haqidagi H-1 shaklidagi aktni to'ldirish tartibi tasdiqlangan.

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 6 iyundagi 286-sonli qarori bilan

Ishlab chiqarishdagi baxtsiz xodisa to'g'risida xabar berish sxemasi tasdiqlangan.

Bosh davlat texnika inspektori maxsus tekshiruv o'tkazayotgan komissiyaning xulosasi bilan kelishmasa, zarur deb topgan hollarda, o'zining xulosasini berishi mumkin.

Shuni alohida ta'kidlamoq lozimki, mehnat qonunchiligida baxtsiz xodisalar yuzasidan tuzilgan xulosalar xususida kelib chiqqan nizolarning qaysi organ tomonidan va qanday hal qilish tartibi belgilanmagan.

Ish beruvchi dastlabki va davriy ko'riklardan o'tmagan shaxslarning ishlashiga ruhsat bergani, shuningdek tibbiy ko'rsatmalarga zid holda ishga qo'ygani uchun javob beradi. Davriy tibbiy ko'riklar o'tkazishda xodimning ishga yaroqliligi masalasi har bir alohida shaxsiy tarzda, tananing funkional holati, patologik jarayon xarakteri va qanday ifodalangani, yoshi, kasb tayyorgarligi, ish staji va mehnat sharoitlari hisobga olingan holda hal qilinadi. Kasbga yaroqlilik, salomatligiga qarab vaqtincha yoki doimiy boshqa ishga o'tkazish haqidagi xulosa ish beruvchi tomonidan bajarilishi zarur[5,6].

Tibbiy ko'rikdan o'tkazilayotganda kasb kasalliklari alomatlari aniqlansa, xodimlar tashxis va kasallikning kasbga aloqadorligini oydinlashtirish maqsadida maxsus tekshiruvga tegishli tibbiyot muassasalariga, jumladan sanitariya-gigiena va kasb kasalliklari ilmiy-tadqiqot institutlari va boshqa tibbiyot oliy o'quv klinikalariga yuboriladilar[7].

Kasb kasalligi klinikasida tekshiruv davri ichida tekshiriluvchiga kasallik varaqasi berilmasdan, amaldagi qonunchilikka binoan uning ish haqi saqlanadi.

O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligining yuqorida qayd tilgan buyrug'i bilan kasb kasalligida gumon qilingan xodimning ish haroitlari sanitariya-gigiena tavsifnomasini tuzish haqida Yo'riqnoma tasdiqlangan. Bunday tavsifnoma xodimning kasalligi uning kasbi bilan bog'liqligini hal etish uchun zarur bo'lgan hujjatlardan biri bo'lib hisoblanadi.

O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligining 2000 yil 6 iyundagi 300-sonli buyrug'i bilan kasb kasalliklarini xabar qilish, tekshirish, qayd qilish, va hisobga olish tartibi haqida yo'riqnoma ham tasdiqlangan. Mazkur yo'riqnoma barcha davolash profilaktika muassasalari uchun zarur va asosiy hujjat bo'lib hisoblanadi.

O'zbekiston Respublikasida kasb kasalliklarini hisobga olish tizimi quyidagilar uchun mo'ljallangan:

- kasb kasalliklarini nazorat qiluvchi sanepidstantsiyalarga zudlik bilan xabar qilish;

- kasb kasalliklari xodisalarining maxsus tekshiruvini o'tkazish;

- zararli ishlab chiqarish omillarining odam salomatligiga ta'sirini bartaraf etish va ularning oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar o'tkazish;

- O'zbekiston Respublikasi kasb kasalligiga chalinish holatini tahlil etish va kasb kasalliklarini profilaktika qilishning mukammal dasturlarini va nazorat etish usullarini amaliyotga joriy etish;

- aholi salomatligi haqidagi ma'lumotlarning umumiy tizimida ayrim xastaliklar to'g'risida ma'lumotlar bilan ta'minlash.

Xulosa, Mazkur yo'riqnoma xodimlar va holini kontingentlari orasida kasb kasalliklarini tekshirish, qayd qilish va hisobga olishning umumiy tartiini belgilab beradi.

Bugun O'zbekiston hududida kasb kasalliklari hodisalari mazsus ravishda hisobga olinadi va tekshiriladi. Bu xastaliklar ro'yhati yuqorida takidlanganidek, O'zbekiston Respublikasi Slg'liqni saqlash vazirligining 2000 yil 6-iyundagi 300-sonli buyrug'i bilan tasdiqlangan.

O'zbekiston Respublikasining "Aholini sil kasalligidan muhofaza qilish to'g'risida" 2001 yil 11 maydagi 216-11-son qonuniga binoan, aholiga sil kasalligiga qargi yordam ko'rsatishda ishtirok etayotgan tibbiyot xodimlari va boshqa xodimlar mehnat sharoiti noqulay va o'ziga xos ishlarda band bo'lgan shaxslar jumlasiga kiritiladi va ularga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan imtiyozlar beriladi.

Tibbiyot xodimlari va boshqa xodimlar ular xizmati vazifalarini bajarish chog'ida sil kasalligi yuqsa, bu-kasb kasalliklari toifasiga kiritiladi.

O'zbekiston Respublikasining "Aholini sil kasalligidan muhofaza qilish to'g'risida" 2001 yil 11-maydagi 215-11-son qonunida ta'kidlanishicha, O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi majburiy tibbiy ko'rikdan o'tmagan yoxud atrofdagilarga sil kasalligini yuqtirish xavfi bo'lgan shaxslarning bajarishi ijozat etilmaydigan ishlar ro'yhatini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tasdiqlaydi.

Yuqorida eslatilgan Sog'liqni saqlash vazirligining buyrug'i bilan kasb kasalliklari ro'yhatini qo'llashga doir yo'riqnoma ham tasdiqlangan.

Kasb kasalligiga tashxis qo'yishda, bajariladigan ishlar yoki uning kasbga aloqadorligida, mehnat qobiliyatini aniqlash ekspertizasida, tibbiy va mehnat salomatlikni tiklash masalalarini hal etishda, shuningdek xodimlar sog'lig'iga etkazilgan zararni korxonalar va tashkilotlar (ish beruvchi) tomonidan qoplashga aloqador masalalarni ko'rib chiqishda ushbu ro'yhat asosiy hujjat bo'lib hisoblanadi. Mazkur ro'yhatga noxush ishlab chiqarish omillari (pnevmokneozlar) tebranish kasalligi, zaharlashnish va boshqalar) ta'sir ko'rsatishi tuayli kelib chiqadigan kasb kasalliklari, shuningdek muayyan noxush ishlab chiqarish omili-kasb omili ta'mir ko'rsatishiga aloqador ekanligi va organizmda huddi shunday o'zgarishlar (bronxit, allergik kasalliklar, katarakta va boshqalar)ning rostmana ta'siri keltirib chiqargan boshqa xastaliklar kiritilgan[8,9]. Mazkur xastalik kasbga aloqador ekanligi to'g'risidagi masalani hal etishda tegishli hujjatlar bilan tasdiqlangan kasallik klinik kechishi shaklining tavsifi, etilogik omil va bajariladigan ishlar turi, mehnat staji, muayyan ishlab chiqarish sohasidagi konkret mehnat sanitariya-gigiena garoitlari hisobga olinishi zarur.

O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligining 2000 yil 6 iyundagi 300-sonli buyrug'i bilan kasb kasalliklariga chalingan bemolar dispanserizatsiyasini o'tkazish tartibi haqida nizom tasdiqlangan. Bemorlarni amaliy sog'lom va kasallanishga moyil no'qsonlarni ambulatoriya-poliklinika muassasalarida dispanseriatsiya o'tkazishning bir qismi hisoblanadi. Dispanser hisobiga

kasb kasalliklari, jumladan, kasallikning boshlang'ich va klinik belgilari ham ifodalangan (kam ifodalangan) shakllari bilan kasallangan bemorlarning dispanserzatsiyasi tizimida ularni mehnatga to'g'ri joylashtirish muhim ahamiyatga ega bo'lib, bemorlarning sog'lig'ini qayta tiklashning asosiy shartlaridan biridir.

Kasb kasalliklarining zo'rayishi va asoratlarining oldini olish maqsadida kasb kasalliklari ifodalangan turli bilan kasallangan barcha bemorlar kasb kasalliklari klinikalarida har yili davolanadilar va ular butun umri davomida dispanser nazorati ostida bo'lishlari lozim.

Xulosa. Insonning mavjudligi uning asosiy mehnat faoliyati bo'lib hisoblanadi. Shuning uchun ham ergonomika sohasida inson mehnat jarayonlarni har tomonlama o rganish uchun fiziologlar, gigienistlar va ruxshunos singari mutaxassis olimlar qator ishlar olib borayaptilar. Har qanday mehnat muayyan real muhitdan amalga oshadi. Shuning uchun ham mehnat sharoitlari haqida ko plab ma lumotlar olindi. Mehnat sharoitini turlicha tushunish mumkin.Biroq mehnat sharoiti deganda insonning sog'ligi va ish qobilyatiga ta'sir etuvchi barcha omillar tushiniladi.

Mehnat muhofazasini me'yoriy-huquqiy jihatdan ta'minlash "Mehnatni muhofaza qilish to'g'risida"gi qonun 8-moddasiga binoan O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi O'zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi bilan birgalikda mehnatni, atrof-muhitni muhofaza qilishning ilmiy asoslangan standartlari, qoida va me'yorlarini ishlab chiqish va qabul qilish yo'li bilan ishlab chiqarishda mehnat xavfsizligini ta'minlash uchun zarur bo'lgan talablar darajasini belgilaydi. Shuningdek ushbu hujjatlar tizimi asosida korxonalar kasaba uyushmalari bilan kelishilgan holda mehnat sharoitlarini yaxshilash, ishlab chiqarishdagi jarohatlanishlar, kasb kasalliklarining oldini olishga oid respublikaning aniq maqsadga qaratilgan dasturlarini ishlab chiqadi va moliyaviy ta'minlaydi hamda ularning bajarilishini nazorat qiladi.

Mehnatni muhofaza qilish sohasidagi barcha qonun va me'yoriy hujjatlarning maqsadi fuqarolarning mehnat jarayonida sog'lig'i va faoliyatining muhofaza qilinishini ta'minlashdan iboratdir. Ushbu yo'nalishda mehnatni muhofaza qilish sohasidagi ishlarning barchasi huquqiy-me'yoriy hujjatlar tizimi asosida olib boriladi.

ADABIYOTLAR:

1. A. Mark, P. Friend James Fundamentals of Occupational Safety and Health. Bernan Press. Germaniya, 2007

2. Yuldashev O.R. Mehnat muhofazasi maxsus kursi./ Darslik. -T.: "Tafakkur qanoti", 2015. - 336 b.

3. E.I.Ibragimov, S.Gazinazarova, O.R.Yuldashev. Mehnat muhofazasi maxsus kursi. Darslik.-T.: TIMI, 2014.-536 b.

4. Narziev S. et al. Theoretical analysis of the causes of injury in sports activities and their reduction measures //Journal of Advanced Research in Dynamical and Control Systems. - 2020. - Т. 12. - №. S2. - С. 166-170.

5. Shovkiddin N. et al. PROBLEMS OF ENSURING THE SAFETY OF SPORTS ACTIVITIES AND REDUCING INJURIES //Journal of Critical Reviews. - 2020. - Т. 7. - №. 11. - С. 428-432.

6. Sulaimanovich S. S., Murtozaevich H. S. Causes and Prevention of Athlete Injuries During Training Sessions and Competitions //JournalNX. - С. 325-329.

7. Sulaymonovich S. S., Murtozayevich N. S. Studying and accounting sports injuries //ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal. - 2020. - Т. 10. - №. 7. - С. 759-763.

8. Shovkiddin N. et al. PROVISION OF LABOR PROTECTION AND ANALYSIS OF INJURIES OF ACTIVE PARTICIPANTS //Journal of Contemporary Issues in Business and Government Vol. - 2021. - Т. 27. - №. 2

9. Нарзиев Шовкиддин Муртозаевич, Ботиров Акбар Бахриддинович БЕЗОПАСНОСТЬ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ ЧЕЛОВЕКА МЕТОДЫ ИЗУЧЕНИЯ И АНАЛИЗА РИСКОВ В ТРУДОВОМ ПРОЦЕССЕ // ТЕСНика. 2021. №1 (5). URL: https://cyberleninka.ru/article/n7bezopasnost-deyatelnosti-cheloveka-metody-izucheniya-i-analiza-riskov-v-trudovom-protsesse (дата обращения: 08.04.2021).

10. Narziev S., Latibov S. Methods Of Ensuring Occupational Safety And Health In Sports //The American Journal of Engineering and Technology. - 2021. - Т. 3. - №. 04. - С. 89-94.

11. Narziev S., Asqarov J., Khokimyatov A. Methodology Of Organization Of The Labor Process And Preservation Of Employees' Health //The American Journal of Engineering and Technology. - 2021. - Т. 3. -№. 04. - С. 79-84.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.