Scientific Journal Impact Factor
О
XITOYDA SUD FAOLIYATI VA JINOYAT-JAZO JARAYONLARI
Abduraxmanova Zubayda Yuldash qizi
O'zDJTU
Xitoy tili nazariyasi va amaliyoti kafedrasi o'qituvchisi Toshkent, O'zbekistan
ANNOTATSIYA
Mazkur ilmiy ishda Xitoy davlati sudfaoliyati va jazo turlari haqidagi manbalar tahlil qilib o'tilgan. Xitoyda sud hokimiyati ma'muriy hokimiyatdan ajratilmagan. Sudlarning asosiy qismi viloyatlarning ma'muriy boshliqlari -"prefektlar" tomonidan ko 'rib chiqiladi.
Kalit so'zlar: Xitoy davlat sudi, og'ir jazo, yengil jazo, "prefekt", jazolarning sodir etganligi.
В статье анализируются источники судебной деятельности китайского государства и виды наказания. В Китае судебная власть неотделима от администрации. Основные процессы решали руководители провинций, «префекты».
Ключевые слова: Государственный суд Китая, суровое наказание, легкое наказание, «префект», наказание.
This paper analyzes the sources of the Chinese state's judicial activity and types of punishment. In China, the judiciary is inseparable from the administration. The main trials were decided by the provincial chiefs, the "prefects."
Keywords: Chinese state court, severe punishment, light punishment, "prefect", punishment.
Xitoyda sud hokimiyati ma'muriy hokimiyatdan ajratilmagan. Asosiy sud ishlari viloyatlarning ma'muriy boshliqlari -"prefektlar" tomonidan ko'rib hal etilgan. Prefekt to'la sud hokimiyatiga ega bo'lgan; u barcha turdagi jazolarni, jumladan, o'lim jazosini ham bera olgan. Faqat "shubha tug'diradigan hollarda" prefektlar ishni ko'rishni yuqori turuvchi sud hokimiyatiga taqdim etishlari lozim edi. Prefektlarning sud hokimiyati polisiyachilik funksiyalari bilan qo'shilib ketgandi. Ularning majburiyatiga "jinoyatning oldini olish" va "gazandalarni tiyib turish" ham kirgan. Buning uchun mahalliy joylarda ularning polisiya yordamchilari bo'lgan. Ularning
АННОТАЦИЯ
ABSTRACT
KIRISH
Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 9
educational, natural and social sciences О ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423
qo'lida esa noroziliklarni bostirib turish va "qaroqchilarni" tutish uchun maxsus harbiy kuchlar mavjud edi. Politsiyada ko'plab ayg'oqchilar xizmatda turgan, Prefektlarning sud faoliyatini hukumatning taniqli amaldorlaridan biri - "Buyuk ma'mur" kuzatib turgan. Unga har yilning oxirida viloyatlarning hukmdorlari hisobot berganlar. 1Bundan tashqari "Buyuk ma'mur" kuzda va qishda imperiyaning barcha qismlariga joylarda jazolarning yagona uslublaridan qanday foydalanilayotganligini kuzatib turish uchun "adolatli amaldorlar"ni jo'natib turgan. Ular bu maqsadda mahkum etilganlarni so'roq qilishlari mumkin edi. Bu nazoratchilar ma'lum hollarda ba'zi sud ishlari bo'yicha mustaqil qaror qabul qilish huquqiga ega bo'lganlar.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Sud faoliyatini amalga oshirishda imperiyaning oliy chinovniklaridan biri -"adliya boshlig'i" alohida rol o'ynagan. Unga "jazolarning berilishi", "sud qarorlarining adolatliligi", "jazolarning sodir etilgan jinoyatlarga mos kelishi" ustidan nazorat qilib turish vazifasi yuklatilgan.
Markaziy boshqaruvning ko'pgina boshqa amaldorlari ham sud funksiyalariga ega bo'lgan. Turli darajadagi harbiy boshliqlar keng sud huquqlaridan foydalanganlar.
Eng oliy sud hokimiyati imperatorga tegishli bo'lgan. Imperator oliy sud instansiyasi hisoblangan.
Davlat sudi bilan bir qatorda oila boshlig'ining oila a'zolari ustidan sud hokimiyati ham mavjud bo'lgan. Uy egasi-oila boshlig'i-oila otasi xotini, bolalari va o'z hokimiyati ostidagi boshqa qarindoshlariga jazo berish sohasida uzoq vaqtgacha cheklanmagan huquqlarga ega bo'lib kelgan. Manbalarning xabar berishicha, ota o'z o'g'lini sodir etgan jinoyati uchun o'ldirishi yoki o'zini-o'zi o'ldirishga buyruq berishi mumkin edi. Otaning o'z o'g'lini o'ldirish huquqi miloddan avvalgi I asr o'rtalarida bekor qilingan, lekin uning o'z bolalarini sotish va ularga boshqa jazolar berish, jumladan, oiladan haydash huquqi saqlanib qolgan. Dastlabki tergov va sud odatda ayni bir shaxs tomonidan amalga oshirilgan. Bu - jinoyat jarayonida o'zboshimchaliklarga, suiste'molliklarga olib kelgan va ayblanuvchini juda og'ir ahvolga solib qo'ygan. Jinoyatlarni tergov qilish qadimgi vaqtlardayoq maxsus chinovnik (linshi)ga topshirib qo'yilgan edi. Tergov asosan shikoyat qilish yoki uezd yoxud okrug boshqarmasiga xabar berish bilan boshlangan. Xabar berish, ayniqsa o'g'rilik va odam o'ldirishga taalluqli xabar berish aniq bo'lishi talab qilingan, aks holda noto'g'ri xabar uchun jinoiy javobgarlik nazarda tutilgan. Xabar berish
1 Книга правителя области Шан / пер. с кит. Л. С. Переломова. М.: НИЦ Ладомир, 1993.- С. 180
485
Scientific Journal Impact Factor
o
"huquqi" shaxsning ijtimoiy holatiga va uning qarindoshlik aloqalari tizimida tutgan o'rniga bog'liq edi. Davlatga va imperatorga qarshi jinoyatlar haqida barcha kishilar xabar berish huquqiga ega bo'lganlar. Yolg'on habar berishlik qattiq jazolangan. Bunday hollarda xabar beruvchiga qanday jinoyat haqida yolg'on xabar bergan bo'lsa, o'sha jinoyat uchun nazarda tutilgan jazo berilgan.O'ldirish bilan qo'rqitib ota-onasi, buva-buvisi va boshqa yaqin qarindoshlarining jinoyati haqida habar berishni talab qilish taqiqlangan. Lekin erini o'ldirgan xotinning bolasi bu haqda xabar berish huquqiga ega bo'lgan. O'z xo'jayinining qilgan jinoyati haqida xabar bergan qul, agar bu xabar fitna va davlatga xiyonat haqida bo'lmasa, osib o'ld irilgan. Nomini yashirib (anonim tarzda) xabar berish taqiqlangan, shunday xabarlar natijasida begunoh mahkum etilganlar jazodan ozod qilingan. Oila boshlig'i jinoyat sodir etgan qaramog'idagi shaxslarni sudga o'zi taqdim etishi lozim bo'lgan, aks holda, uning o'zi jazolangan. Oila boshlig'iga aybi uchun o'z qullarini jazolash, ba'zan esa hokimiyatning maxsus ruhsati bilan o'ldirish huquqi taqdim etilgan. Tergov ishlari uezd chinovniklari tomonidan olib borilgan, ular hukmni ham ijro etganlar. Masalan, tayoq bilan urish o'sha sudning o'zidayoq amalga oshirilgan. Og'ir jinoyatlar (isyon, davlatga xiyonat va boshqalar)ni tergov qilish okrug boshliqlariga o'tkazilgan. Tergov ishlari qiynoqlar yordamida va ayblanuvchini, ba'zan esa hatto talab qilingan ko'rsatmalarni berishdan bosh tortgan guvohlarni ham qamoqqa olish yo'li bilan olib borilgan. Qiynoq guvohlarga nisbatan ham qo'llanilgan.
Tergov natijalari haqida xulosa, ayblov dalolatnomasi tuzilgan. Qadimdan "dalillarni taqdim etish", "ayblash" va boshqa yuridik iboralar ko'p ishlatilgan.
Xitoyda appelyatsiya tartibida ish ko'rish bo'lmagan. Lekin mahkum etilgan shaxs hukmdan noroziligini uch oy ichida bildirishi va ishni qaytadan ko'rib chiqilishini talab qilishi mumkin edi. Biroq bunday ish o'sha birinchi qaror chiqargan sudning o'zi tomonidan qayta ko'rilgan. Shu sababli hukmning bekor qilinishiga erishish uchun mahkumning qarindoshlari boshqacha yo'l tutishgan. Ular yo imperatorga, yoki ko'proq markazdan mahapliy ishlarni tekshirish va sudlarni nazorat qilish uchun jo'natilgan chinovnik-nazoratchilarga iltimosnoma bilan murojaat qilganlar.
Sudda guvohlarning ko'rsatmalari, daliliy ashyolar va qasam dalil hisoblangan. Sin davrida "agar jinoyatchi fosh etilsa-yu, aybiga iqror bo'lmasa yoki surishtiruv paytidagi ko'rsatmalarini o'zgartirsa", qiynoq usulidan foydalanilganligi haqidagi ma'lumotlar mavjud. Ayblanuvchining aybsizlik prezumpsiyasi tamoyili harakatda bo'lgan. Yomon, buzuq niyatlarda qiynash, tayoq bilan kaltaklash taqiqlangan.
Scientific Journal Impact Factor
O
Bunday holatlar ayblanuvchining o'limiga sabab bo'lsa, sudya yoki tergovchi katorga ishlariga mahkum etilgan. Sudda ish yuzasidan analogiya (qiyoslash) bo'yicha qarorlar chiqarish keng qo'llanilgan.
Xitoy qonunchiligi ma'muriy va jinoiy jazolarni bir-biridan ajratmagan. Ma'muriyat faoliyati sohasidagi har qanday tartibbuzarliklar: mansabdor shaxsning ishga kechikishi yoki kelmasligi (chiqmasligi) yoki davlat sirlarini oshkor qilishi jinoiy jazoga loyiq hisoblangan. Agar mansabdor shaxs bunday xatti-harakatni boshlig'ining buyrug'iga ko'ra sodir qilgan bo'lsa, jazoga tortilmagan.
Jinoyatlarning maxsus guruhini oiladagi axloq tartiblarini turlicha buzish bilan bog'liq huquqbuzarliklar, jinsiy jinoyatlar tashkil etgan. Jinsiy jinoyatlarga salbiy baho berishda jinoyatchining jinsi va jabrlanuvchi bilan qarindoshlik aloqalari tizimida tutgan o'rni juda muhim mezon bo'lib xizmat qilgan. Xitoy an'anaviy huquqida «O'nta yovuzlik»ka kiruvchi ji-noyatlar bilan bir qatorda xotinning eriga, erning xotiniga nisbatan xiyo-nati, mansabdor shaxsning o'z ma'muriy hokimiyati ostidagi ayolni avrab yo'ldan urishi, nomusiga tegishi, ayniqsa, qulning erkin ayolning nomusiga tegishi va boshqalar qattiq jazolangan. Agar xo'jayin o'z kanizagi yoki butsuyining qizi bilan jinsiy aloqa qilsa, jinoyat hisoblanmagan.
Jazolar asosiy, qo'shimcha va o'zgartiriladiganlarga bo'lingan. Asosiy jazolarga katorga qilish, tayoq yoki qamchi bilan savalash, surgun qilish hamda o'lim jazolari; boshqa jazolarga tamg'alash, barmoq yoki qo'lini kesish, axta qilish, avlodini qirish kabilar kirgan. Yovvoyi hayvonlar ovlanadigan provinsiyalarga surgun qilishlar ham qo'llanilgan. Bundan tashqari, turli xil jarimalar, mol-mulkini davlat hisobiga musodara qilish, qullikka sotish kabi jazolar ham qo'llanilgan. Qullar qilgan jinoyatlari uchun surgun qilinmagan, uning o'rniga 200 marta qamchi bilan urilgan.
Shimoliy Vey sulolasi davrida (V asr) jazolarning boshini kesish, osib o'ldirish, katorga ishlariga surgun qilish, surgun qilmay katorga ishlariga jo'natish kabi turlari mavjud edi. Aynan shu vaqtdan e'tiboran tayoq bilan urish jazo sifatida qo'llanila boshlangan. Suy davrida (VI asr) yo'g'on tayoq bilan urishga ingichka kaltak bilan urish qo'shilgan. Tan kodeksi ming yildan ortiq vaqt mobaynida jazolarning beshta asosiy tizimini tartibga solib turgan. Ular: 1) ingichka kaltak bilan urish (besh darajali: 10 marta, 20 marta, 30 marta, 40 marta, 50 marta); 2) yo'g'on tayoq bilan urish (besh darajali: 60 marta, 70 marta, 80 marta, 90 marta, 100 marta); 3) qatorga ishlari (uch darajali: 1 yilga, 2 yilga, 3 yilga); 4) surgun (joyning uzoqligiga qarab uch darajali: 2 mingdan 3 ming li132gacha); 5) o'lim jazosi (ikki shaklda: boshini kesish va osib o'ldirish)dan iborat. 623 yilda qo'shimcha katorga ishlari bilan birga surgun qilish
1 MHHr ïïh - TaxMHHaH 500 KM.
Scientific Journal Impact Factor
jazosi joriy qilingan. Buni o'iim jazosiga almashtirish mumkin edi. X-XII asrlarda o'iim jazosiga jinoyatchining murdasini bo'laklarga bo'lish jazosi qo'shimcha qilingan.
Konfutsiylik manbai bo'lmish Liszidan sulolaviy kodekslarga yuqori ijtimoiy mavqedagi shaxslarga jazo berishning «sakkizta qoidasi» o'tkazilgan. Aslzoda shaxslarning sakkiz toifasi (birinchisi - imperatorning qarindoshlari; ikkinchisi-imperatorning sodiq do'stlari, «unga uzoq vaqt davomida xizmat qilganlar»; uchinchisi - «so'zlari va xatti-harakatlari namuna bo'lib xizmat qilishi mumkin bo'lgan oliyjanob kishilar»; to'rtinchisi - «harbiy va davlat ishlarida qobiliyatli, iste'dodli kishilar»; beshinchisi - xizmat ko'rsatgan harbiy xizmatchilar; oltinchisi -oliy martabali va darajali aslzoda mansabdorlar; yettinchisi - tirishqoq, g'ayratli mansabdorlar va sakkizinchisi - «mehmonlar», ya'ni podsholar sulolarining avlodlari o'lim jazosiga loyiq qator jinoyatlarni sodir qilganida oddiy sudlar tomonidan sud qilinmagan.2 Bunda jazo tayinlash, jazoni yumshatish yoki jinoyatchini afv etish uchun bu toifa shaxslar imperatorning ixtiyoriga berilgan. Ular imperatorga pul (pora) berib jazodan qutulib qolishlari mumkin edi.
Jinoyat uchun jazolar haqidagi masala hal qilinayotganda boshqa toi-fadagi mansabdorlar ham imtiyozlardan foydalanganlar. Xitoyda jazo-larning almashtirilishi tizimining mavjudligi sharofati bilan ko'pgina mansabdor shaxslarga beriladigan katorga yoki surgun jazosi mansabi, martabasi, unvoni yo'qotilishi bilan almashtirilishi mumkin edi. Man-sabdor shaxsda qancha ko'p unvon, qancha yuqori martaba bo'lsa, shunchalik asosiy jazoni «bekor qilish» imkoniyati bo'lgan. Agar mansabdor shaxs og'ir jinoyatlar sodir etgan bo'lsa va jazodan qutulishga unvon va martabalari yetarlicha bo'lmasa, u holda jazoning qolgan qismi uchun jarima to'lashi mumkin edi.
Xitoy an'anaviy huquqida «soya» deb nomlanuvchi o'ziga xos huquqiy institut bo'lib, bu byurokratiyaning jamiyatdagi hukmronlik mavqeini belgilaydi. Unga ko'ra, mansabdor («soyaparvar»)ning qarindoshlari uning martabasi va unga qarindoshlik darajasi bilan o'lchanadigan «soya kuchlari»ga qarab qator maxsus ijtimoiy va huquqiy imtiyozlar olganlar. «Soya» davlat xizmatida mansab olish imkoniyatini bergan, shuningdek, jinoyat sodir etilganda javobgarlikdan ozod qilgan yoki jazoni yengillashtirgan. «Soya»ning kuchi va oqibatlari Tan kodeksida juda batafsil tarzda qayd etilgan. Imperatorning «soyasi» nihoyatda qudratli bo'lgan. U imperatorning juda ko'p qarindoshlarini o'z «panohi»ga olgan. Lekin hatto eng kichik mansabdor
2 Кон$уцнн. HyHbMH (№peHeHHa)/nep. c kht. M.: Teppa, 2009.
Scientific Journal Impact Factor
о
shaxs ham o'zining buvasi, buvisi, otasi, onasi, xotini, bolalari, nevaralarini o'z «soyasi» bilan «berkitib turishi» (himoya qilishi) mumkin edi.3
Xitoyning butun huquqiy tartiboti asosida yotuvchi birgalikdagi javobgarlik prinsipi javobgarlikka tortiladigan shaxslar doirasining ancha aniq belgilanganligi hisobigagina emas, balki jazo shakllarining o'zgarishi hisobiga ham shaklan o'zgarib borgan. Birgalikdagi javobgarlikka faqat qarindoshlik va xizmat aloqalari bilan bog'langan shaxslargina emas, balki hududiy, ma'muriy jihatdan bog'liq shaxslar (qo'shnilar, mahalliy hoki-miyatlar) ham tortilar edi. Birgalikdagi javobgarlikda jazolar tizimi tobora murakkablashib va mukammallashib borgan. U faqat o'lim jazosini emas, boshqa jazolarni ham o'z ichiga ola boshlagan.
Sud jarayoni asosan inkvizatsion xarakterga ega bo'lgan. Ish odatda jabrlanuvchining uezd sudiga yozma yoki og'zaki shikoyati bilan boshlangan. Shikoyat ma'lum shaklda tuzilgan. Uni jabrlanuvchilarga sud darvozalari oldida o'tiruvchi maxsus ko'cha kotiblari tuzib berardilar. Jinoyatchini ta'qib qilish davlatning majburiyati bo'lgan. Jinoyatchini qidirish uchun Mas'ul bo'lgan maxsus amaldorlar uni ma'lum muddat ichida qidirib topishi lozim edi. Bu muddat 1690 yilgi qonunlar to'plami bo'yicha bir oy qilib belgilangan edi. Agar amaldor shu muddat ichida jinoyatchini izlab topa olmasa, kaltak bilan savalangan. U jinoyatchini izlab topish muddatini ikki oyga o'tkazib yuborsa, tayoq bilan 30 marta kaltaklangan. Bu ko'pincha aybsiz kishilarni javobgarlikka tortilishiga olib kelgan. Jinoyatchi sudga qadar turmada saqlangan, ayollar uyda erining kafilligiga berilgan.
Sudlarda sudyalar va amaldorlardan tashqari sud nazorati xodimlari, ish yurituvchilar, xat tashuvchilar, qo'riqchilar, jismoniy jazo beruvchilar ( ekzekutorlar) ham mavjud edi. Guvoh sudga kelmasa, tayoq bilan 40-50 marta urilgan. Sudyalar so'roq qilganlar, yuzlashtirish o'tkazganlar, aybiga iqror bo'lmaganlarga nisbatan qiynoqlar qo'llashni tayinlaganlar. Ular ayblanuvchining aybdorligi prezumpsiyasidan kelib chiqqanlar. Ayblanuv-chilarning aybini tan oldirishga erishish sudyalarning asosiy maqsadi bo'lgan. Agar ayblanuvchi qiynoq yo'li bilan uch marotaba so'roq qilinganda ham aybiga iqror bo'lmasa, unda yolg'on guvohlik berganligini fosh qilish uchun ayblovchiga nisbatan qiynoq qo'llanilishi mumkin edi. Qullar o'z xo'jayinlariga qarshi ko'rsatmalar bera olmaganlar. Hukm yozma shaklda chiqarilgan. Ayblanuvchi oqlanishi, mahkum qilinishi yoki uning ishi shubhali deb topilishi mumkin edi.
3 Коган В.М. Логико- юридическая структура советского уголовного закона -Алма -Ата, 1966. 83,106с.
Scientific Journal Impact Factor
О
XULOSA
Tan imperiyasi sudida qattiq legastik usullardan chetga chiqish hollari ham bo'lgan. Bular haqida quyidagilar dalolat beradi. Katorga ishlariga mahkum qilish jazosini berish (yoki ancha og'ir jazolarni berish) haqida hukm chiqarilayotganda ayblanuvchining roziligi talab qilingan. Agar u rozi bo'lmasa, ish qayta ko'rib chiqilgan. Agar ish bo'yicha dalillar yetarli bo'lmasa va ayblanuvchi aybini tan olmasa, kafillar taklif qilingan va ayblanuvchi ozodlikka qo'yib yuborilgan. Shubhali qarorlar bo'lganda ham ayblanuvchiga aybdan pul to'lab qutilish imkoniyati berilgan. O'lim jazosi haqidagi hukm imperator tomonidan tasdiqlangan. Qatl etilgan jinoyatchilarning jasadlari va boshlari hamma ko'radigan joyga osib qo'yilgan. O'limga mahkum etilgan oddiy kishilar savdo maydonida, amaldorlar esa uyda qatl etilgan.
REFERENCES
1. Коган В.М. Логико- юридическая структура советского уголовного закона -Алма -Ата, 1966. 83,106с.
2. Антонян К.В. Морфология результативных конструкций в китайском языке.- М.: Муравей, 2003.- 184 б.
3. Переломова Л. С. Книга правителя области Шан / пер. с кит. М.: НИЦ Ладомир, 1993.- С. 180
4. Керимов Д.А. Законодательная техника. Научно-методическое и учебное пособие. 000 «Юридическое изд-во Норма» Москва. 2000.
5. Конфуций. Луньюй (Изречения)/пер. с кит. М.: Терра, 2009.