Научная статья на тему 'QIYNOQQA SOLISH VA BOSHQA SHAFQATSIZ, G’AYRIINSONIY YOKI QADR-QIMMATNI KAMSITUVCHI MUOAMALA HAMDA JAZO TURLARINI QO’LLASH JINOYATINI KRIMINALIZATSIYA QILISH ASOSLARI'

QIYNOQQA SOLISH VA BOSHQA SHAFQATSIZ, G’AYRIINSONIY YOKI QADR-QIMMATNI KAMSITUVCHI MUOAMALA HAMDA JAZO TURLARINI QO’LLASH JINOYATINI KRIMINALIZATSIYA QILISH ASOSLARI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
585
71
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Qiynoq / kriminalizatsiya / ijtimoiy xavfli xatti-harakat / jinoyat obyekti / qiynoqqa solish bilan bog’liq ijtimoiy munosabatlar. / Torture / criminalization / socially dangerous behavior / object of crime / social relations related to torture.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Haydarov, Jaloliddin Hamza O’g’li

Ushbu maqolada qiynoqqa solish hamda boshqa shafqatsiz, g’ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qo’llash harakatini ijtimoiy xavfli qilmish sifatida baholab, Jinoyat kodeksida kriminalizatsiya qilish asoslari yotitib berilgan. Qiynoqqa solish bilan bog’liq jinoyatlar jinoyat huquqiga kirib kelishi, shuningdek jinoyat qonunchiligiga kiritish orqali jinoyat huquqi qo’riqlashi lozim bo’lgan obyektlarni ijtimoiy xavfli xatti-harakatlar sodir etilishidan saqlash maqsadi ochib berilgan. Maqolada qiynoqqa solish hamda boshqa shafqatsiz, gʼayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qoʼllash uchun javobgarlik mavzusining hali mamlakatimiz huquq tizimi tomonidan kam ahamiyat berilgan mavzulardan biri ekanligi va hozirga kunga kelib jinoyat qonunchiligidagi mavjud norma ishlay boshlaganligini ushbu mavzudagi ilmiy bazaning kamligi yaqqol isbotlab beradi. Maqolada qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz muoamala turlarini qoʼllashining nazariy asoslari tahlil qilingan hamda ushbu sohani tartibga soluvchi qonun hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan takliflar va amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

FRAMEWORK CRIMINALIZATION OF CRIMINAL TORTURE AND OTHER CRUEL, HUMAN OR SHAME TREATMENT OR PUNISHMENT

This article lays down the grounds for criminalization in the Criminal Code, which considers torture and other cruel, inhuman or degrading treatment or punishment to be a socially dangerous act. The purpose of preventing the commission of crimes related to torture, as well as the protection of objects that should be protected by criminal law from the commission of socially dangerous acts by including them in criminal law. The article clearly shows that the issue of responsibility for torture and other cruel, inhuman or degrading treatment or punishment is one of the topics that is still neglected by the legal system of our country, and the existing norm in criminal law is still in force. The article analyzes the theoretical basis for the use of torture and other cruel treatment, as well as offers and practical recommendations for improving the legislation governing this area.

Текст научной работы на тему «QIYNOQQA SOLISH VA BOSHQA SHAFQATSIZ, G’AYRIINSONIY YOKI QADR-QIMMATNI KAMSITUVCHI MUOAMALA HAMDA JAZO TURLARINI QO’LLASH JINOYATINI KRIMINALIZATSIYA QILISH ASOSLARI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

QIYNOQQA SOLISH VA BOSHQA SHAFQATSIZ, G'AYRIINSONIY YOKI QADR-QIMMATNI KAMSITUVCHI MUOAMALA HAMDA JAZO TURLARINI QO'LLASH JINOYATINI KRIMINALIZATSIYA QILISH

ASOSLARI

Haydarov Jaloliddin Hamza o'g'li,

Toshkent davlat yuridik universiteti "Jinoyat qonunchiligini qo'llash nazariyasi va

amaliyoti" fakulteti magistranti E-mail: haydarovj aloliddin99@gmail .com

Ushbu maqolada qiynoqqa solish hamda boshqa shafqatsiz, g 'ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qo 'llash harakatini ijtimoiy xavfli qilmish sifatida baholab, Jinoyat kodeksida kriminalizatsiya qilish asoslari yotitib berilgan. Qiynoqqa solish bilan bog'liq jinoyatlar jinoyat huquqiga kirib kelishi, shuningdek jinoyat qonunchiligiga kiritish orqali jinoyat huquqi qo 'riqlashi lozim bo 'lgan obyektlarni ijtimoiy xavfli xatti-harakatlar sodir etilishidan saqlash maqsadi ochib berilgan. Maqolada qiynoqqa solish hamda boshqa shafqatsiz, g'ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qo 'llash uchun javobgarlik mavzusining hali mamlakatimiz huquq tizimi tomonidan kam ahamiyat berilgan mavzulardan biri ekanligi va hozirga kunga kelib jinoyat qonunchiligidagi mavjud norma ishlay boshlaganligini ushbu mavzudagi ilmiy bazaning kamligi yaqqol isbotlab beradi. Maqolada qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz muoamala turlarini qo 'llashining nazariy asoslari tahlil qilingan hamda ushbu sohani tartibga soluvchi qonun hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan takliflar va amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Kalit so'zlar: Qiynoq, kriminalizatsiya, ijtimoiy xavfli xatti-harakat, jinoyat obyekti, qiynoqqa solish bilan bog'liq ijtimoiy munosabatlar.

This article lays down the grounds for criminalization in the Criminal Code, which considers torture and other cruel, inhuman or degrading treatment or punishment to be a socially dangerous act. The purpose of preventing the commission of crimes related to torture, as well as the protection of objects that should be protected by criminal law from the commission of socially dangerous acts by including them in criminal law. The article clearly shows that the issue of responsibility for torture and other cruel, inhuman or degrading treatment or

Tel: +998908659070

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

punishment is one of the topics that is still neglected by the legal system of our country, and the existing norm in criminal law is still in force. The article analyzes the theoretical basis for the use of torture and other cruel treatment, as well as offers and practical recommendations for improving the legislation governing this area.

Keywords. Torture, criminalization, socially dangerous behavior, object of crime, social relations related to torture.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasining Milliy strategiyasini tasdiqlash to'g'risida»gi 2020-yil 22-iyundagi PF-6012 son farmoni bilan Milliy strategiyada O'zbekistonning inson huquqlari va erkinliklari sohasidagi xalqaro reyting va indekslarda TOP-50 qatoriga kirishini ta'minlash ustuvor vazifa sifatida belgilandi. BMT Yangiliklar markazi ma'lumotiga ko'ra, 15 davlat 2021 yil 1 yanvardan boshlab uch yillik muddatga BMT Inson huquqlari bo'yicha Kengashi a'zoligiga saylangan bo'lib, ushbu davlatlar qatorida O'zbekiston ham ko'rsatilgan. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi "2022-2026-yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida"gi PF-60 son farmoniga muvofiq, 13-maqsad sifatida qonun ustuvorligi va konstitutsiyaviy qonuniylikni ta'minlash hamda inson qadrini ushbu jarayonning bosh mezoni sifatida belgilash maqsadi inson huquqlarini ta'minlash darajasiga berilayotgan e'tiborni ko'rsatadi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODlAR

Qiynoq holatlari dastlabki bosqichda normal holat deb qaralgan bo'lsa, hozirgi kunda davlatlar tomonidan ushbu harakat jinoyat sifatida etirof etilmoqda. Chunki qiynoqqa solish insonning bazaviy huquqlaridan mahrum qilib, huquq va majburiyatlariga amal qilinmasligiga olib keladi. Ikkinchi jahon urushi insoniyat rivojida tub burilishlar yasaganligi bilan bir qatorda, inson huquqlarining taminlanishi uchun ustuvor ahamiyat kasb etgan qiynoqlarga qarshi Konvensiyaning ishlab chiqilishiga ham sabab bo'ldi. Ushbu xalqaro hujjatning talablaridan biri a'zo davlatlar o'z jinoyat qonunchiligiga qiynoq holatini kriminalizatsiya qilishi va jinoiy javobgarlikka tortishi, jinoiy taqib etishi lozim edi. Ma'lumki, jinoyat-huquqiy siyosatni amalga oshirilishi usullaridan biri ijtimoiy xavfli qilmishni kriminalizatsiya qilish hisoblanadi. Kriminalizatsiya deganda, qilmishni ijtimoiy xavfli qilmish sifatida baholab, jinoyat deb hisoblab, Jinoyat kodeksida ushbu qilmish uchun jinoiy javobgarlikning belgilanishi tushuniladi [1]. Kriminalizatsiya orqali jinoyat qonunchiligi ko'zlagan maqsad, yani shaxsni, uning huquq va erkinliklarini, jamiyat

KIRISH

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

va davlat manfaatlarini, mulkni, tabiiy muhitni, tinchlikni, insoniyat xavfsizligini jinoiy tajovuzlardan qo'riqlash, shuningdek jinoyatlarning oldini olish, fuqarolarni respublika Konstitutsiyasi va qonunlariga rioya qilish ruhida tarbiyalash maqsadida mamum bir qilmishni ijtimoiy xavfli qilmish sifatida e'tirof etadi va jinoyat qonunchiligiga kiritadi [2]. Ma'lum bir qilmishni ijtimoiy xavfli deb topish va uni kriminalizatsiya qilish ijtimoiy munosabatlarning rivojlanishi va o'zgarishi bilan bog'liq. Jumladan, qiynoq va qiynoqa solish bilan bog'liq harakatlarni antik davlatlar jinoyat protsessining bir qismi sifatida ko'rgan bo'lsa, ijtimoiy munosabatlar rivoji bilan inson huquqlari tarafdorlarining fikrlari ostida qonun chiqaruvchi hokimiyat qiynoq bilan bog'liq holatlarni jinoyat qonunchiligiga kiritdi va jinoiy jazoga sazovor ijtimoiy xavfli qilmish sifatida kiritdi. Xuddi shuningdek, qiynoq va qiynoqqa solishni qonun chiqaruvchi jinoyat qonunchilishisha kiritishdan maqsadi odil sudlovga erishish, qonunlarga hurmat munosabatini shakllantirish hisoblanadi. Qilmishni kriminalizatsiya qilish uchun quyidagi shartlardan biri namayon bo'lishi lozim:

a. qilmishning ijtimoiy xavflilik darajasi;

b. boshqa vositalar orqali ijtimoiy xavfli qilmishga qarshi kurash choralarining mavjud emasligi;

c. qilmish konstitutsiya va qonun hujjatlariga, milliy qonunchilikda amalda bo'lgan xalqaro huquqiy hujjatlarga va axloq-odob qoidalariga zidligi.

Qilmishni ijtimoiy xavfli qilmish sifatida baholanishining asosiy belgisi ijtimoiy munosabatlarga zarar yetqazishida namayon bo'lishi to'g'risidagi fikr M.Usmonaliyev tomonidan bildirilgan[3]. A.P. Kuznetsov kriminalizatsiyani qonun chiqaruvchi tomonidan muayyan xatti-harakatni jazolash xavfi ostida jinoyat qonunchiligida sodir etishni taqiqlash bilan jinoyatlar soniga kiritish siftida baholasa, N.A.Lopashenkoning fikricha, ijtimoiy xavfli xatti-harakatlarning yangi turlari paydo bo'lishi, ma'muriy qonunchilikda tartibga solingan yoki umuman huquqbuzarlik deb hisoblanmaydigan jamiyat uchun xavfli bo'lgan xatti-harakatlarning noqulay dinamikasi, shaxsning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklarini himoya qilishni kuchaytirish zaruriyati, jinoiy harakatlarning ilgari dekriminallashtirilishiga oid xatolar muayyan qilmishni kriminalizatsiya qilish uchun asos bo'ladi [4]. Qiynoqqa solish jinoyat huquqi qo'riqlashi lozim bo'lgan obektlar: shaxs, uning huquq va erkinliklariga ko'pol ravishda tajovuz qiladi, uning sha'ni va qadr-qimmatini kamsitadi. Bunday qilmish natijasida jabrlanuvchilar nafaqat jismoniy azoblanadilar, balki ruhiy tomondan shikastlanadilar.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Qilmishni kriminalizatsiya qilishning yuqorida keltirilgan shartlaridan kelib chiqsak, qiynoqqa solish bilan bog'liq jinoyatlarni kriminalizatsiya qilish asoslari quyidagilar:

1) Qiynoqqa solishning yuqori darajadagi ijtimoiy xavfliligi;

2) Qiynoqqa solish faktlarining ijtimoiy munosabatlar rivoji bilan ko'payib borishi;

3) Qiynoqqa solish bilan bog'liq harakatlarni boshqa choralar bilan oldini olish imkoniyatining mavjud emasligi;

4) Qiynoqqa solishning Konstitutsiya va boshqa qonun hujjatlari hamda xalqaro hujjatlarga zid ekanligi;

5) Jinoyat qonunchiligida ko'zlangan maqsadga erishish.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Yuqoridagilardan umumiy xulosa qilsak, qiynoq holatlari insoniyat rivojining barcha bosqichlarida mavjud va keng jamoatchilik bu kabi salbiy holatlarni kamaytirish, inson huquqlarining buzilishini oldini olish maqsadida kurashadi. Qiynoqqa solish ijtimoiy xavfli qilmish hisoblanib, uning kriminalizatsiya qilinishi bu sohadagi xalqaro miyorlar va umum qabul qilingan miyorlar bilan bog'liq. Yani insoniyat keng qatlami bu kabi harakatlarni qoralaydi va inson huquqlari uchun kurashishni talab qiladi.

04.04.2018 yilda qabul qilingan «Sud-tergov faoliyatida fuqarolarning huquq va erkinliklari kafolatlarini kuchaytirish bo'yicha chora-tadbirdar qabul qilinganligi munosabati bilan O'zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi Qonuni bilan JK 235-moddasi subektlar doirsiga huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimining roziligi bilan yoki uning dalolatchiligida boshqa shaxslar tushunchasi kiritildi. Ushbu o'zgarishdan so'ng ham JK 17-moddasida JK 235-moddasi uchun subekt yoshi sifatida 18 yosh sifatida qolmoqda. JK 235-moddasiga ko'ra, jinoyat subekti -huquqni muhofaza qiluvchi organning yoki boshqa davlat organining xodimi tomonidan yoxud uning dalolatchiligida yoki xabardorligida yoxud indamay bergan roziligi bilan boshqa shaxslar. Bu normada boshqa davlat organi tushunchasini huquqiy bo'shliqqa olib kelgan. Normani sharhlasak, huquqni muhofaza qiluvchi organdan boshqa jinoyat ishini yuritishga masul organlar anglashiladi.Chunki JK 235-moddasi bilan jinoiy javobgarlikka tortish uchun aybdor jinoyat ishini yuritishga masul huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari bo'lishi lozim. Masalan, boshqa organ deganda mahalliy ijro hokimiyati tushunilishi mumkin. Ijro hokimiyati esa jinoyat ishini yuritishga masul organ sifatida keltirilmagan. JK 235-moddasi bilan

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

о

R

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

jinoiy javobgarlikka tortish uchun jabrlanuvchilar qatori keltirilgan bo'lib, bu o'zgarmas hamda qatiydir. Ijtimoiy munosabatlarning rivoji shuni ko'rsatmoqdaki, huquqni muhofa qiluvchi organ xodimi jinoyat ishi qo'zg'atmasdan va jabrlanuvchi ishda gumonlanuvchi sifatida etirof etilmasdan qiynoqqa solmoqda, g'ayriinsoniy muoamala hamda jazo turlarini qo'llamoqda. Masalan, 2020 yil may oyida Andijon shahar Ichki ishlar organlari Faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi 4-sonli ichki ishlar bo'limi xodimlari fuqaro Alijon Abdukarimovni ushlab turgan holda iqrorlik ko'rsatuvi berishga majburlash maqsadida zo'rlik ishlatib bosim o'tkazishgan. Oqibatda Alijon Abdukarimov vafot etgan.

Ushbu jinoyatni davlat organi xodimining roziligi bilan 18 yoshdan kichik bo'lgan umumiy subekt tomonidan sodir qilinishi mumkin. Shu sababli ham JK 17 -moddasida JK 235-moddasi uchun subekt yoshini 16 yosh etib belgilash lozim. JK 235-moddasi uchun jabrlanuvchilar qatorini yanada kengaytirish lozim. Jabrlanuvchilar qatoriga ushlab turilgan shaxs tushunchasini kiritish lozim. Norma quyidagicha to'ldirilishi lozim: mamuriy qamoqq olingan shaxs tushunchasidan oldin ushlab turilgan shaxs tushunchasi bilan to'ldirilishi lozim.

REFERENCES

1. Абдурасулова К^.Р. Давлатнинг жиноятчиликка карши кураш сиёсати хакида айрим мулохазалар. // Жиноят конунчилигини такомиллаштириш муаммолари мавзусидаги илмий-амалий конференция материаллари туплами. -Тошкент: ТДЮИ, 2010. - Б. 45.

2. Лопашено Н.А. Уголовная политика: понятие, содержание, методы и формы реализации, уголовное право в XXI веке. - М.: ЛексЭст, 2002. - С. 179.

3. Усмоналиев М. Жиноят хукуки. Умумий кисм: Дарслик. - Тошкент: Янги аср авлоди, 2005. - Б. 170.

4. Российское уголовное право. Общая и Особенная части: учеб: в 3 т. / под ред. Н.А. Лопашенко. 2-е изд., испр. и доп. Т. 1: Общая часть. М., 2014. -82 с.

5. O'zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi. https://lex.uz/docs/111453.

6. O'zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi. https://lex.uz/docs/111460.

7. O'zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi https://lex.uz/docs/111189.

8. «Jinoyat hamda jinoyat-protsessual qonunchiligi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi PQ-3723 son qarori.

XULOSA

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.