Научная статья на тему 'TAMOM BO‘LMAGAN VA ISHTIROKCHILIKDA SODIR ETILGAN JINOYATLAR UCHUN JAZO TAYINLASH'

TAMOM BO‘LMAGAN VA ISHTIROKCHILIKDA SODIR ETILGAN JINOYATLAR UCHUN JAZO TAYINLASH Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
906
140
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
jinoiy jazo / jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish / suiqasd / jinoyatda ishtirokchilik / jazo tayinlash. / criminal punishment / preparation for a crime / attempt / complicity in a crime / sentencing.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Tillayev, Do‘stmuhammad Ne’matjon O‘g‘li

Jinoyat sodir etishda aybdor deb topilgan shaxslar faqatgina sud hukmi bilan javobgarlikka tortiladi. Shuningdek, ayrim jinoyatlar subyektiv va obyektiv sabablar natijasida oxiriga yetkazilmasdan qolishi mumkin va ayrim jinoyatlar ishtirokchilikda sodir etiladi. Har kim jinoyat sodir etishda o‘z harakatlari uchun javob beradi. Ushbu maqolada tamom bo‘lmagan va ishtirokchilikda sodir etilgan jinoyatlar uchun jazo tayinlashda e’tiborga olinishi lozim bo‘lgan jihatlar, ularning ahamiyati bayon etilgan, shuningdek, xorijiy tajribalar o‘rganilgan holda millliy tizimimizdagi holatlar bilan qiyosiy tahlil etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PUNISHMENT FOR INCOMPLETED AND PARTICIPATED CRIMES

Persons found guilty of committing a crime are brought to justice only by a court verdict. Also, some crimes may not be completed for subjective and objective reasons, and some crimes are committed in complicity. When a crime is committed, everyone is responsible for their own actions. This article provides a comparative analysis of the situation in our domestic system, taking into account aspects that should be taken into account when sentencing for incomplete and complicit crimes, as well as studying foreign experience.

Текст научной работы на тему «TAMOM BO‘LMAGAN VA ISHTIROKCHILIKDA SODIR ETILGAN JINOYATLAR UCHUN JAZO TAYINLASH»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

TAMOM BO'LMAGAN VA ISHTIROKCHILIKDA SODIR ETILGAN JINOYATLAR UCHUN JAZO TAYINLASH

Tillayev Do'stmuhammad Ne'matjon o'g'li

Toshkent davlat yuridik universiteti "Jinoyat qonunchiligini qo'llash nazariyasi

Jinoyat sodir etishda aybdor deb topilgan shaxslar faqatgina sud hukmi bilan javobgarlikka tortiladi. Shuningdek, ayrim jinoyatlar subyektiv va obyektiv sabablar natijasida oxiriga yetkazilmasdan qolishi mumkin va ayrim jinoyatlar ishtirokchilikda sodir etiladi. Har kim jinoyat sodir etishda o'z harakatlari uchun javob beradi. Ushbu maqolada tamom bo'lmagan va ishtirokchilikda sodir etilgan jinoyatlar uchun jazo tayinlashda e'tiborga olinishi lozim bo 'lgan jihatlar, ularning ahamiyati bayon etilgan, shuningdek, xorijiy tajribalar o'rganilgan holda millliy tizimimizdagi holatlar bilan qiyosiy tahlil etilgan.

Kalit so'zlar: jinoiy jazo, jinoyatga tayyorgarlik ko'rish, suiqasd, jinoyatda ishtirokchilik, jazo tayinlash.

НАЗНАЧЕНИЕ НАКАЗАНИЯ ЗА НЕОКОНЧЕННОЕ ПРЕСТУПЛЕНИЕ И ЗА ПРЕСТУПЛЕНИЕ, СОВЕРШЕННОЕ В

СОУЧАСТИИ

Тиллаев Дустмухаммад Неьматжон ^ли

Ташкентский государственный юридический университет, магистр теории и практики уголовного права [email protected] +998946717799

АННОТАЦИЯ

Лица, признанные виновными в совершении преступления, привлекаются к ответственности только по приговору суда. Также некоторые преступления могут быть не доведены до конца по субъективным и объективным причинам, а некоторые преступления совершаются в соучастии. При совершении преступления каждый отвечает за свои действия. В данной статье проводится сравнительный анализ ситуации в нашей отечественной системе с учетом аспектов, которые следует учитывать при назначении наказаний за неполные и соучастные преступления, а также изучение зарубежного опыта.

va amaliyoti" mutaxassisligi magistranti e-mail: dostmuhammadtillayev@gmail .com

+998946717799

ANNOTATSIYA

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Ключевые слова: уголовное наказание, приготовление к преступлению, покушение, соучастие в преступлении, вынесение приговора.

PUNISHMENT FOR INCOMPLETED AND PARTICIPATED CRIMES

Tillaev Dustmukhammad Nematjon ugli

Tashkent State Law University, Master's degree in Theory and Practice of

Persons found guilty of committing a crime are brought to justice only by a court verdict. Also, some crimes may not be completed for subjective and objective reasons, and some crimes are committed in complicity. When a crime is committed, everyone is responsible for their own actions. This article provides a comparative analysis of the situation in our domestic system, taking into account aspects that should be taken into account when sentencing for incomplete and complicit crimes, as well as studying foreign experience.

Keywords: criminal punishment, preparation for a crime, attempt, complicity in a crime, sentencing.

Bugungi kunda jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan adolatli hukm chiqarish, odil sudlovni amalga oshirish davlat siyosatining asosiy bo'g'inlaridan biri hisoblanadi. Bu o'rinda Jinoyat kodeksi (bundan buyon matnda JK deb yuritiladi)ning odillik va insonparvarlik prinsiplari ro'baro keladi. Chunki jinoyat sodir etgan shaxsga tayinlanadigan jinoiy jazoning miqdori va muddati adolatli va shaxsning ijtimoiy holatlariga mutanosib bo'lishi lozim.

2022-2026-yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasining 15-maqsadida "davlat organlari va mansabdor shaxslarning faoliyati ustidan samarali sud nazoratini o'rnatish hamda fuqaro va tadbirkorik subyektlarining odil sudlovga erishish darajasini oshirish"[1] kerakligi keltirib o'tilgan. Bu esa sudlar faoliyatiga va odil sudlovga qaratilayotgan e'tiborning oshishidan darak beradi.

O'zbekistonda Respublikasida birinchi instansiya sudlarida 2018-yilda 38 183 ta, 2019-yilda 28 846 ta, 2020-yilda 30 282, 2021-yilda esa 47 657 ta jinoyat ishlari ko'rib chiqilgan. Shunigdek, shaxslarni sud zalidan qamoqqa olish ko'rsatkichlari 2018-yilda 1990 ta, 2019-yilda 1542 ta, 2020-yilda 1747 ta, 2021-yilda 2707 tani tashkil etgan bo'lsa, ozod etilgan shaxslar 2018-yilda 3290 ta, 2019-yilda 3080 ta,

Criminal Law e-mail: [email protected]

ABSTRACT

KIRISH

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

2020-yilda 3434 ta, 2021-yilda 5930 tani tashkil qilgan. Sudlar tomonidan oqlangan shaxslar dinamikasi esa 2018-yilda 867 ta, 2019-yilda 859 ta, 2020-yilda 781 ta,

2021-yilda esa 932 tani tashkil qilgan.[2] Ushbu raqamlarga e'tiborimizni qaratadigan bo'lsak, sudlar tomonidan jnoyat ishlarini ko'rib chiqish ko'rsatkichi 2018-yilga nisbatan, 2021-yillarda oshganini, shunigdek, sudlar tomonidan oqlov hukmi chiqarish ko'rsatkichlari ham nisbatan ko'payganligini ko'rishimiz mumkin.

MATERIAL VA METODLAR

Mazkur maqola tahliliy tadqiqot sifatida ilmiy-nazariy manbaalar tahlilini va qonun hujjatlari asoslarini o'z ichiga oladi. Ushbu maqolada sohaga oid bo'lgan ilmiy tushunchalar, nazariyotchi olimlarning qarashlari, xorijiy mamlakatlarda ushbu sohada amalda bo'lgan holatlar tahlil qilinib, milliy tizimga joriy qilish imkoniytalari va istiqbollari tahlil qilingan.

Ushbu tadqiqotni amalga oshirishda bilishning umumiy-ilmiy metodlari bo'lgan dialektik metod, tarixiy-qiyosiy tahlil, tizimli tahlil qilish uslublari, shuningdek, umumiy mantiqiy metodlar - induksiya, deduksiya, analiz, sintez va maxsus huquqiy metodlar qo'llanildi. Ilmiy adabiyotlar va huquq normalarini sharhlashda grammatik tahlil metodidan ham foydalanilgan.

TADQIQOT NATIJALARI

Jazo tayinlash - ijtimoiy munsabatlarni jinoyat-huquqiy tarafdan himoya qilishning asosiy bo'g'inlardan biri hisoblanadi. Bunga sabab jazoning o'zi bu jinoyat-huquqiy himoya qilish mexanizmining asosiy elementi bo'lib, davlat jazo choralarini tanlash jarayonini qanchalik to'g'ri va sermaxsul tashkil etilganligi va qanchalik darajada natija berishini aniqlab beradi. [3]

Jinoyatga tayyorgarlik ko'rish deb, shaxsning qasddan qilinadigan jinoyatni sodir etish yoki yashirish uchun sharoitlar yaratuvchi qilmishi o'ziga bog'liq bo'lmagan holatlarga ko'ra sodir etilishi boshlangunga qadar to'xtatilishiga aytiladi (JK 25-moddasi 1-qismi). Jinoyat sodir etishga suiqasd qilish jinoiy faoliyatning ikkinchi bosqichidir. JK 25-moddasi 2-qismiga muvofiq, qasddan sodir etiladigan jinoyat boshlanib, shaxsga bog'liq bo'lmagan holatlarga ko'ra oxiriga yetkazilmagan bo'lsa, jinoyat sodir etishga suiqasd deb topiladi. [4]

Ishtirokchilik tushunchasi - O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 27-moddasiga ko'ra ikki yoki undan ortiq shaxsning qasddan jinoyat sodir etishda birgalashib qatnashishi ishtirokchilik deb topiladi. Ishtirokchilikda jinoyat sodir etish jazoni va qilmishni og'irlashtiruvchi holat bo'lganligi sababli qilmishni to'g'ri

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

kvalifikatsiya qilish hamda adolatli va qonuniy jazo tayinlashda jinoyatda ishtirokchilik tushunchasini va uning belgilarini bilish muhim ahamiyat kasb etadi. [5]

O'zbekiston Respublikasi JK ning 58-moddasida: Sud tamom bo'lmagan jinoyat uchun jazo tayinlashda jazo tayinlashning umumiy asoslariga amal qilgan holda jinoyatning og'ir-yengilligini, jinoiy niyat amalga oshirilishining darajasini va jinoyatni oxiriga yetkaza olmaganlik sabablarini ham hisobga oladi.

Jinoyatga tayyorgarlik ko'rganlik hamda jinoyat sodir etishga suiqasd qilganlik uchun jazoning muddati yoki miqdori JK Maxsus qismining tegishli moddasida nazarda tutilgan eng ko'p jazoning to'rtdan uch qismidan oshmasligi kerakligi keltirib o'tilgan. Mazkur kodeksda ushbu tartib tatbiq etilmaydigan holatlar ham keltirib o'tilgan. Shuningdek, tamom bo'lmagan jinoyatlar uchun umrbod ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo tayinlanishi mumkin emas.[6]

Ishtirokchilikda sodir etilgan jinoyat uchun sud jazo tayinlashda har bitta aybdorning jinoyatda ishtirok etganlik xususiyati va darajasini hisobga oladi. Har qaysi ishtirokchining shaxsiga tegishli bo'lgan yengillashtiruvchi va og'irlashtiruvchi holatlar sud tomonidan faqat shu ishtirokchining o'ziga jazo tayinlashda hisobga olinishi belgilangan. Tamom bo'lmagan jinoyat sifatida, faqat jinoyatga tayyorgarlik ko'rish va suiqasd qilish tan olinishi lozim. Jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy ravishda qaytish, tamom bo'lmagan noqonuniy tajovuz turi sifatida baholanib jinoiy javobgarlikka tortishni istisno qiladi. Shuningdek, jazoning og'irligi jinoyatning sodir etilishi bosqichlari bilan mutanosib bo'lishi kerak. Shuning uchun ham jinoyatga tayyorgarlik ko'rish, jinoyat sodir etishga suiqasd qilish va tugallangan jinoyatlar uchun bir me'yorda jazo tayinlash mumkin bo'lmaydi. Bunda uning ijtimoiy xavflilik darjasini aniqlash muhim hisoblanadi.

Ukraina Jinoyat kodeksining 68-moddasida tamom bo'lmagan va ishtirokchilikda sodir etilgan jinoyatlar uchun jazo tayinlashning asoslari keltirib o'tilgan. Unga ko'ra:

1 Tugallanmagan jinoiy huquqbuzarlik uchun jazo tayinlashda sud Ukraina Jinoyat Kodeksning 65-67 -moddalari qoidalariga amal qilgan holda, shaxs tomonidan sodir etilgan qilmishning og'irligini, jinoiy g'ayriqonuniy niyatning amalga oshirilganlik darajasini va jinoyat sodir etilganligini, jinoiy huquqbuzarlik sodir etilmaganligi sabablarini hisobga oladi.

2 Jinoyatga tayyorgarlik ko'rganlik uchun jazoning muddati yoki miqdori Jinoyat kodeks maxsus qism moddasining sanksiyasida (moddaning bir qismining sanksiyasida) nazarda tutilgan eng og'ir jazo turining eng yuqori muddati yoki miqdorining yarmidan oshmasligi kerak.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

3. Jinoiy huquqbuzarlikka suiqasd sodir etganlik uchun jazoning muddati yoki miqdori eng og'ir turdagi eng ko'p muddat yoki miqdorning uchdan ikki qismidan oshmasligi kerak

4. Jinoyatga tayyorgarlik ko'rganlik va jinoyatga suiqasd qilganlik uchun umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi qo'llanilmaydi, 109-114-1-moddalarida nazarda tutilgan Ukraina milliy xavfsizligi asoslariga, tinchlikka, fuqarolar xavfsizligiga qarshi jinoyatlarni sodir etish hollari bundan mustasno.

5. Sud jinoyat sodir etishda ishtirokchilarga jazo tayinlashda Jinoyat Kodeksning 65-67 -moddalari qoidalariga amal qilgan holda, ularning har birining jinoiy huquqbuzarlik sodir etishdagi ishtirokining xususiyati va darajasini hisobga oladi.[7]

Ukraina Jinoyat kodeksining ushbu moddasida nazarda tutilgan holatlarga nazar tashlaydigan bo'lsak, Jinoytaga tayyorgarlik ko'rish va suiqasd uchun jazo tayinlash alohida alohida nazarda tutilgan, ya'ni jinoytaga tayyorgarlik uchun Maxsus qism moddasida nazarda tutilgan eng ko'p jazo muddatining yarmidan, suiqasd uchun esa uchdan ikki qismidan oshib ketmasligi belgilangan. O'zbekiston Respublikasining amaldagi JK ga ko'ra jinoyatga tayyorgarlik ko'rish va suiqasd uchun umumiy eng ko'p jazoning uchdan ikki qismidan ortiq bo'lmasligi belgilangan. Boshqa holatlarda mamlakatlar o'rtasidagi qonunchilik normalarining o'zaro o'xshash ekanligini ko'rishimiz mumkin.

Belorussiya davlati Jinoyat kodeksining 67-moddasiga asosan:

1 Tugallanmagan jinoyat uchun jazo tayinlashda aybdor tomonidan sodir etilgan xatti-harakatlarning xususiyati va jamoat xavflilik darajasi, jinoiy niyatni amalga oshirish darajasi hamda jinoyat tugallanmagan holatlar hisobga olinadi.

2. Jinoyatga tayyorgarlik ko'rganlik va jinoyatga suiqasd qilganlik uchun o'lim jazosi qo'llanilmaydi.[8]

Ushbu holatlar yuqorida keltirib o'tilgan Ukraina Jinoyat kodeksi O'zbekiston JK moddalarida nazarda turtilgan holatlar o'xshashlikni ko'rsatmoqda.

Tamom bo'lmagan va ishtirokchilida sodir etilgan jinoyatlar uchun jinoiy jazo tayinlash masalalalarini tahlil qilish jarayonida amaldagi O'zbekiston Respublikasi JK ning 58-moddasiga asosan "Jinoyatga tayyorgarlik ko'rganlik hamda jinoyat sodir etishga suiqasd qilganlik uchun jazoning muddati yoki miqdori ushbu Kodeks Maxsus qismining tegishli moddasida nazarda tutilgan eng ko'p jazoning to'rtdan uch qismidan oshmasligi kerak"ligi belgilangan, ammo Ukraina Jinoyat kodeksiga asosan jinoyatga tayyorgarlik ko'rish uchun eng ko'p jazo muddatining yarmidan, suiqasd

XULOSA

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

uchu esa uchdan ikki qismidan oshmasligi belgilangan. Jinoyatga suiqasd jinoyat sodir qilishga tayyorgarlik ko'rishga nisbatan ijtimoiy xavfli hisoblanadi. Shuni inobatga olgan holda quyidagicha o'zgartirish kiritilishini lozim deb hisoblaymiz:

Birinchidan, JK ning 58-moddasida Jinoyatga tayyorgarlik ko'rish va jinoyat sodir qilishga suiqasd uchun jazo tayinlashning alohida-alohida tartibini belgilash. (Ukraina davlati tajribasi).

Ikkinchidan, JK ning 30-moddasiga asosan jinoyatda ishtirokchilik turlari hisoblangan Tashkilotchi, dalolatchi va yordamchilar ham JK Maxsus qismida bajaruvchini javobgarlikka tortish belgilangan moddasi bo'yicha javobgarlikka tortilishi nazarda tutilgan. Ammo jinoyat sodir etilish holatlari bo'yicha vazifalarning og'ir yengilligi har xil hisoblanadi. Ishtirokchilik uchun ham jazo tayinlashda ularning darajalariga qarab, har hil tartib belgilanishi va JK ning moddasida qat'iy qilib kiritlishi lozim. Bu kabi o'zgartirishlar jazo tayinblash uchun, sudlar faoliyatida yengilliklar yaratishi va ko'p jihatlarning sudyaning ichki ishonchiga havola etilishi holatlariga barham berishi mumkin. Jinoyat sodir etishda aybdor deb topilgan shaxslarga sud tomonidan yetarli va zarur bo'lgan jazo tayinlanishi lozim, shundagina jazo tayinlashdan ko'zlangan maqsadga erishiladi.

REFERENCES

1. 2022-2026-yillarga mo'ljallangan "Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi" ^h rH_Y36eKHCTO hhhh r_TapaKKHëT_CTpaTerHflCH. pdf

2. https://stat.sud.uz/file/2022/17-01/iinoyat-2021-12oy.pdf

3. O'zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga sharx. [Qayta ishlangan va to'ldirilgan ikkinchi nashr. 2016-yil 1-noyabrgacha bo'lgan o'zgartirish va qo'shimchalar bilan] Umumiy qism / M.Rustamboyev. - Toshkent:"Adolat" 2016.387-bet.

4. Rustambayev M.X. O'zbekiston Respublikasi jinoyat huquqi kursi. Tom 2. Jazo haqida ta'limot. Darslik. 2-nashr, to'ldirilgan va qayta ishlangan. - T.: O'zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik instituti, 2018. 132 bet.

5. Ochilov X. Jinoyat huquqi. (Umumiy qism) Darslik. - T.: Adolat nashriyoti, 2020. 114-bet

6. O'zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi. 22.09.1994. https://lex.uz/docs/-111453

7. Criminal code of the Republic of Ukraine.05.04.2001. article 68.

8. Criminal code of the Republic of Belarus.09.07.1999. article 67.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.