Научная статья на тему 'SUDLOVGA TEGISHLILIK TUSHUNCHASI VA UNING HUQUQIY MOHIYATI'

SUDLOVGA TEGISHLILIK TUSHUNCHASI VA UNING HUQUQIY MOHIYATI Текст научной статьи по специальности «Право»

CC BY
2416
235
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
jinoiy odil sudlov / sudlovga tegishlilik / turdosh yoki predmetli tegishlilik / jinoyatchi shaxsiga ko‘ra tegishlilik / hududiylikka ko‘ra tegishlilik / mustasno tegishlilik / davomli va uzoqqa cho‘zilgan jinoyat. / criminal justice / jurisdiction / jurisdiction by type or by subject / jurisdiction by person of the criminal / jurisdiction by territory / jurisdiction by exclusion / crime lasting and continuing.

Аннотация научной статьи по праву, автор научной работы — Maxmadiyarova, Xumora O‘ktamovna

Ushbu maqolada muallif tomonidan jinoyat ishlarining sudlovga tegishliligi, xususan sudlovga tegishlilik tushunchasi va uning ahamiyati ochib berishga harakat qilingan. Shuningdek, muallif jinoyat ishlarining sudlovga tegishliligi deganda jinoyat protsessual qonuni bilan jinoyat ishini u yoki bu sudda mazmunan ko‘rilishini belgilovchi yuridik xususiyat tushunilishini, bu xususiyatga ko‘ra jinoyat ishini qaysi sudga tegishli ekanligi va yagona sud tizimi ichida sudlar o‘rtasidagi vakolatlar belgilanishini qayd etgan. Uning ta’kidlashicha sudlovga tegishlilik ikki xil ma’noda tushuniladi. sudlovga tegishlilik, birinchidan, ayrim jinoyat ishlarining ko‘rilishi va hal qilinishi sud organlariga taalluqli (tegishli) bo‘lishligini anglatadi; ikkinchidan, sudlovga tegishlilik yagona sud tizimiga kiradigan umumiy yurisdiksiya sudlarining qaysi biri muayyan jinoyat ishini ko‘rish va hal qilishga huquqli bo‘lishini bildiradi. Binobarin, sud organlarining vakolatiga kiradigan jinoyat ishlarini o‘z ichiga oladi. Bundan tashqari maqolada jinoiy odil sudlovga tegishlilik qoidalariga rioya qilmaslikning huquqiy oqibatlari qonunchilikda belgilanmaganligini qayd etadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE CONCEPT OF JURISDICTION AND ITS LEGAL ESSENCE

In this article, the author tries to explain the concept of jurisdiction of criminal cases for justice, in particular, the concept of jurisdiction and its importance. Also, when the author says that the criminal case belongs to a particular court, he noted that the criminal procedure law provides for an understanding of the legal nature of the crime, which determines whether a criminal case is considered by him or by the content in a particular court, according to this feature, the criminal case belongs to which court and in which within the framework of the unified judicial system. He noted that jurisdiction is understood in two ways. Jurisdiction means, firstly, the consideration and resolution of certain criminal cases is subordinated to (corresponds to) and, secondly, the jurisdiction of the judiciary means that the courts of general jurisdiction, which are part of a single judicial system, have the right to consider and resolve a specific criminal case. Consequently, it includes criminal cases that fall within the competence of judicial authorities. In addition, the article notes that the legal consequences of non-compliance with the rules of jurisdiction for criminal justice are not established by law.

Текст научной работы на тему «SUDLOVGA TEGISHLILIK TUSHUNCHASI VA UNING HUQUQIY MOHIYATI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

О

R

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

SUDLOVGA TEGISHLILIK TUSHUNCHASI VA UNING HUQUQIY

MOHIYATI

Maxmadiyarova Xumora O'ktamovna

Toshkent davlat yuridik universiteti "Jinoyat qonunchiligini qo'llash nazariyasi

Ushbu maqolada mшШf tomonidan jinoyat ishlarining sudlovga tegishШigi, xususan sudlovga tegisMШk tushunchasi va uning ahamiyati ochib berishga harakat qШngan. Shuningdek, mшШf jinoyat ishlarining sudlovga tegishШigi deganda jinoyatprotsessual qonuni Ы1ап jinoyat ishini и уок Ьи sudda mazmunan ко 'rШshini Ьв^ИоусЫ yuridik xususiyat tшhшШshim, Ьи xususiyatga ко 'га jinoyat ishini qaysi sudga tegishli ekanligi va yagona sud tizmi ichida sudlar о 'rtasidagi vakolatlar bвlgilanishini qayd вtgan. Uning ta 'kidlashicha sudlovga tвgisMШk ikki хИ ma 'noda tushuniladi. sudlovga tвgishШik, birinchidan, ayrm jinoyat ishlarining ко 'rШshi va hal qШnishi sud organlariga taalluqli (tвgishli) bo'lishligini anglatadi; ikkinchidan, sudlovga tegisMШk yagona sud tizmiga kiradigan umumiy yurisdiksiya sudlarining qaysi Ьт muayyan jinoyat ishini ко 'rish va hal qilishga ЫщщИ Ьо 'lishini bildiradi. БтоЬагт, sud organlarining vakolatiga kiradigan jinoyat ishlarini о 'z ichiga oladi. Би^ап tashqari maqolada jinoiy odil sudlovga tegisMШk qoidalariga поуа qilmaslikning huquqiy oqibatlari qonunchШkda belgilanmaganligini qayd etadi.

КаШ so'zlar: jinoiy odil sudlov, sudlovga tegisMШk, turdosh уоИ predmetli tвgishШik, jinoyatchi shaxsiga ко'т tвgishШik, hududiylikka ко'т tвgishШik, mustasno tegisMШk, davomli va uzoqqa сЫо 'zilgan jinoyat.

ПОНЯТИЕ ПОДСУДНОСТИ И ЕЕ ПРАВОВАЯ СУЩНОСТЬ

Махмадиярова Хумора Уктамовна

Ташкентский государственный юридический университет, магистр теории

В этой статье автор пытается объяснить понятие подсудности уголовных дел для правосудии, в частности, концепцию подсудности и ее важность.

va amaliyoti" mutaxassisligi magistranti e-mail: xumoramaxmadiyarova@gmail .com

+998903740170

ANNOTATSIYA

и практики уголовного права [email protected]

АННОТАЦИЯ

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

О

R

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Также, когда автор говорит, что уголовное дело относится к той или иной суда, он отметил, что уголовно-процессуальный закон предусматривает понимание правовой природы преступление, которая определяет, рассматривается ли уголовное дело им или по содержанию в том или ином суде, согласно этой особенности, уголовное дело относится к в каком суде и в рамках единой судебной системы. Он отметил, что подсудность понимается двояко. Подсудность означает, во-первых, рассмотрение и разрешение определенных уголовных дел подчинено (соответствует) судебным органам; и, во-вторых, подсудность к судебной власти означает, что суды общей юрисдикции, которые входят в единую судебную систему, имеют право рассматривать и разрешать конкретное уголовное дело. Следовательно, она включает уголовные дела, которые относятся к компетенции судебных органов. Кроме того, в статье отмечается, что правовые последствия несоблюдения правил подсудности к уголовной юстиции законом не установлены.

Ключевые слова: уголовное правосудие, подсудность, подсудность по типу или по субъекту, подсудность по лицу преступника, подсудность по территории, подсудность по исключению, преступление, длящееся и продолжаемое.

In this article, the author tries to explain the concept of jurisdiction of criminal cases for justice, in particular, the concept of jurisdiction and its importance. Also, when the author says that the criminal case belongs to a particular court, he noted that the criminal procedure law provides for an understanding of the legal nature of the crime, which determines whether a criminal case is considered by him or by the content in a particular court, according to this feature, the criminal case belongs to which court and in which within the framework of the unified judicial system. He noted that jurisdiction is understood in two ways. Jurisdiction means, firstly, the consideration and resolution of certain criminal cases is subordinated to

THE CONCEPT OF JURISDICTION AND ITS LEGAL ESSENCE

Makhmadiyarova Khumora Uktamovna

Tashkent State Law University, Master's degree in Theory and Practice of

Criminal Law e-mail: xumoramaxmadiyarova@gmail .com

ABSTRACT

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 3

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

(corresponds to) and, secondly, the jurisdiction of the judiciary means that the courts of general jurisdiction, which are part of a single judicial system, have the right to consider and resolve a specific criminal case. Consequently, it includes criminal cases that fall within the competence of judicial authorities. In addition, the article notes that the legal consequences of non-compliance with the rules ofjurisdiction for criminal justice are not established by law.

Keywords: criminal justice, jurisdiction, jurisdiction by type or by subject, jurisdiction by person of the criminal, jurisdiction by territory, jurisdiction by exclusion, crime lasting and continuing.

KIRISH

Mamlakatimizda sud-huquq sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy mazmuni sud-huquq tizimini yanada demokratlashtirish va erkinlashtirish, sudlar faoliyati samaradorligini oshirish, aholining odil sudlovga bo'lgan ishonchini oshirish, jamiyatda qonun ustuvorligini ta'minlash va qonuniylikni mustahkamlashga qaratilgan. Shu nuqtai nazardan ham sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini, fuqarolar huquq va erkinliklarining ishonchli himoyasini ta'minlash, shuningdek odil sudlovga erishish darajasini oshirish sud-huquq tizimini yanada isloh qilish sohasida davlat siyosatining asosiy ustuvor yo'nalishlari etib belgilangan.

O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 26-moddasiga muvofiq jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan har bir shaxsning ishi sudda qonuniy tartibda, oshkora ko'rib chiqilib, uning aybi aniqlanmaguncha u aybdor hisoblanmaydi. Sudda ayblanayotgan shaxsga o'zini himoya qilish uchun barcha sharoitlar ta'minlab beriladi1.

Shuningdek, Inson huquqlari va asosiy erkinliklarini himoya qilish to'g'risidagi Konvensiyaning 6-moddasi2 hamda Fuqarolik va siyosiy huquqlar to'g'risidagi xalqaro Paktning 14-moddasiga3 muvofiq, har kim qonun va sud oldida tengdir; har kim o'zining fuqarolik huquqlari va majburiyatlarini belgilashda yoki unga qo'yilgan har qanday jinoiy ayblovni qonunda belgilangan vakolatli, mustaqil va xolis sud tomonidan oqilona vaqt ichida adolatli ko'rib chiqilishi huquqiga ega. Jinoyat ishlarining sudga tegishliligi jinoiy odil sudlovni amalga oshiruvchi organlar tomonidan ularni ko'rib chiqilishining zaruriy shartlaridan biri hisoblanadi.

Jinoyat ishlari bo'yicha sudlovga tegishlilik jinoyat-protsessual qonuni asosida muayyan jinoyat ishini u yoki bu sudda mazmunan ko'rilishini nazarda tutuvchi

1 Y36eKHCTOH Pecnyö^HKacHHHHr kohcthty^hhch. https://lex.uz/docs/20596

2 https://treaties.un.org/pages/showDetails.aspx?objid=080000028014a40b

3 https://treaties.un.org/doc/publication/unts/volume%20999/volume-999-i-14668-english.pdf

879

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 3

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

huquqiy mezon hisoblanadi. Unga ko'ra jinoyat ishining qaysi sudga taalluqli ekanligi belgilanadi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Shu o'rinda sudlovga taalluqlilikni ikki xil ma'noda tushunish mumkin:

- ayrim jinoyat ishlarining ko'rilishi va hal qilinishi sud organlariga taalluqli (tegishli) bo'lishi;

- sudlovga tegishlilik yagona sud tizimiga kiradigan umumiy yurisdiksiya sudlarining qaysi biri jinoyat ishini ko'rish va hal qilish vakolatiga egaligini bildiradi.

Masalan, O'zbekiston Respublikasi jinoyat-protsessual qonunchiligiga muvofiq Jinoyat kodeksi 97-moddasining ikkinchi qismida, 118-moddasining to'rtinchi qismida, 150, 153, 155, 157, 158-moddalarida, 159-moddasining uchinchi va to'rtinchi qismlarida, 160, 161-moddalarida, 210-moddasining uchinchi qismida, 230, 231, 242, 244-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarga doir ishlar Qoraqalpog'iston Respublikasi sudining, viloyatlar, Toshkent shahar sudining sudloviga tegishlidir.

Mazkur masalada qonun chiqaruvchining irodasi agar bir sudda ko'rib chiqilayotgan jinoyat ishi bo'yicha sud muhokamasi paytida sudlanuvchi tomonidan boshqa sud sudloviga tegishli jinoyat sodir etilganligini ko'rsatuvchi holatlar aniqlansa, ishni ko'rib chiqish sud muhokamasini boshlagan sud tomonidan davom ettirilishini ifoda etadi. Yuqoridagilardan kelib chiqib aytish mumkinki, sudlovga tegishlilik sud organlariga tegishli bo'lgan jinoyat ishlarining mazmuniga ko'ra sud instansiyalari o'rtasida taqsimlanishi, shuningdek hududiy yoki shaxsga ko'ra mazkur jinoyat ishining aynan qaysi sudga taalluqli bo'lishini bildiradi.

Qayd etilganidek, jinoyat ishining qaysi sudga taalluqliligini belgilash mazmunan ko'rilib hal qilinishi lozim bo'lgan jinoyat ishining turiga bog'liq. Mutaxassislar bu borada sudlovga tegishlilikning quyidagi bir nechta turlarini farqlashadi:

- turdosh yoki predmetli;

- jinoyatchi shaxsiga ko 'ra;

- hududiylikka ko 'ra tegishlilik;

- mustasno tegishlilik4.

Buning mazmuni shuni anglatadiki, turdosh yoki predmetli sudlovga tegishlilik jinoyat ishining turi yoki xarakteriga qarab jinoyat ishlarning turli sudlarga tegishliligi tushuniladi. Bu sudlovga tegishlilikni belgilashda jinoiy ish turi,

4 О.Б.Порцева. Подсудность уголовных дел. Автореферат диссертации на соискание ученой степени кандидата юридических наук. Ижевск. 2004. - С.14.

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 3

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

jinoyatning predmeti nimadan iborat bo'lishi va jinoyat sub'ektlari kimlar bo'lishini ham e'tiborga oladi. Turdosh sudlovga tegishlilik bo'yicha yagona sud tizimidagi turli sudlar o'rtasidagi vakolat ajratiladi.

Jinoyatchi shaxsiga ko 'ra sudlovga tegishlilik tasnifi xususida so'z yuritganda harbiylarga nisbatan shaxsiga ko'ra sudlovga tegishlilik qo'llanilishini misol qilish mumkin. Shu sababdan ham harbiylarning jinoyat ishlari maxsus harbiy sudlar sudlovida ko'rib chiqiladi.

Jinoyat ishining hududiy jihatdan sudlovga tegishliligi O'zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 391-moddasida mustahkamlangan. Unga ko'ra, jinoyat ishi ijtimoiy xavfli qilmish sodir etilgan joydagi sudda ko'riladi. Agar ijtimoiy xavfli qilmish sodir etilgan joyni aniqlash imkoni bo'lmasa, jinoyat ishi dastlabki tergov yoki surishtiruv tamomlangan hududdagi sud tomonidan ko'riladi.

Jinoyat ishining jinoyat sodir bo'lgan joyda ko'rilishi ko'pchilik guvohlar va jabrlanganlarni chaqirishni osonlashtiradi. Bu esa ularning ishtirok etishiga va tegishli dalillarni ta'minlaydi. Sudyalarning tayinlab qo'yilgan joyda ishni ko'rib hal qilishlari odil sudlov faoliyatida ham muhim o'rin tutadi va sudlovning tarbiyaviy ahamiyatini kuchaytiradi5.

Bir qancha jinoyat sodir etish o'z xususiyati va ahamiyatiga ko'ra, alohida sodir qilinadigan - davomli va uzoqqa cho'zilgan jinoyatlardan farqlanadi. Ma'lumki, davomli jinoyat deb yagona qasd bilan qamrab olingan bitta jinoyat tarkibini tashkil qiluvchi jinoyat ob'ektiv tomon harakatlarini bo'lib-bo'lib bajarishda ifodalanadigan jinoyat turiga aytiladi. Odatda, ushbu jinoyat turida shaxs sodir etishni istagan yagona jinoyatini tashqi tomonini ifodalovchi harakatlarni turli vaqtlarda bo'lib-bo'lib bajarishi tushuniladi.

Qilmish turli vaqtlarda bajarilsada, tajovuz qilinayotgan ob'ekt, sodir qilish usuli va oqibat bir xil bo'ladi. Davomli jinoyat bir necha hatti-harakatlardan oxirgisi sodir etilgan vaqtdan boshlab tugallangan hisoblanadi. Ushbu holatda jinoiy harakat shaxsning o'ziga bog'liq bo'lmagan holatlarga ko'ra to'xtatilgan bo'lsa, qilmish shaxsning sodir etishni istagan jinoyatiga nisbatan suiqasd qilish deb kvalifikatsiya qilinadi. Davomli jinoyat sodir etilishi davrida shaxs tomonidan boshqa jinoyat sodir etilgan bo'lib, uning belgilari JKning davomli jinoyat uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi moddasi bilan qamrab olinmasa, uning harkatlari JKning davomli jinoyat uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi hamda boshqa jinoyat uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi moddalari bilan jinoyatlar majmui bo'yicha kvalifikatsiya qilinadi.

5 Jinoyat-protsessual huquqi. Darslik. Mualliflar jamoasi. -T.:, TDYU nashriyoti. - B.163.

881

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 3

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

Qonunga o'zgartirish kiritilishi tufayli sodir etilgan qilmish uchun jazoni og'irlashtiradigan yoki shaxsning (aybdorning) ahvolini boshqacha tarzda yomonlashtiradigan holatlar nazarda tutilgan bo'lsa va davomli jinoyat epizodlaridan hech bo'lmaganda bittasi ushbu qonun kuchga kirgandan keyin sodir etilganda, davomli jinoyatning barcha epizodlari yangi qonun bo'yicha kvalifikatsiya qilinishi lozim bo'ladi. Uzoqqa cho'zilgan jinoyat deb esa jinoyat qonuni orqali jinoiy jazo qo'llash tahdidi bilan aybdorga yuklatilgan vazifalarning uzoq vaqt mobaynida bajarilmasligidan iborat bo'lgan qilmishi tushuniladi6.

Ko'pincha uzoqqa cho'zilgan jinoyatlar harakatsizlik orqali sodir etiladigan qilmish bo'lib, shaxs o'ziga yuklatilgan vazifa va majburiyatlarni uzoq vaqt mobaynida bajarmasligida ifodalanadigan passiv xulq-atvorida ifodalanadi. Uzoqqa cho'zilgan jinoyatlarda ham shaxsning harakatlari bitta ijtimoiy xavfli qilmish sifatida baholanib, JK Maxsus qismning bitta moddasi bilan kvalifikatsiya qilinadi. Bu turdagi jinoyatlarda ham jinoiy harakat yoki harakatsizlik to'xtatilgan paytdan boshlab, qilmish tugallangan jinoyat deb topiladi.

Xuddi shunday uzoqqa cho'zilgan yoki davomli jinoyatlarga doir ishlar jinoyat qaysi hududda tamomlangan yoki to'xtatilgan bo'lsa, shu hududdagi sudning sudloviga tegishli bo'ladi.

Jinoyat ishining mustasno tegishliligi shuni anglatadiki, ayrim jinoyat ishlari ularning xususiyatlarini inobatga olib, faqat muayyan sudga tegishli bo'lishi belgilanadi7.

Mustasno sudlovga tegishlilik haqida so'z yuritganda jinoyat-protsessual qonunda O'zbekiston Respublikasi Oliy sudiga qanday jinoyat ishlari tegishli bo'lishi ko'rsatilmagan, faqat O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan jinoyat ishlarining jamoat uchun ahamiyatli bo'lishi va o'ta murakkab ishlarni malakali tekshirish talab qilish lozimligi ko'rsatilgan. Binobarin, O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi o'ta murakkab yoki muhim ijtimoiy ahamiyatga ega bo'lgan ishlarni (turdosh yoki predmetli, shaxsiy, hududiy) tegishliligiga qaramasdan o'zi ko'rish uchun chaqirtirib olishi mumkin. Bu turdagi sudlovga tegishli ishlar ikki manbadan olinadi.

- O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tomonidan yuborilganishlar;

- quyi sudlardan chaqirtirib olingan ishlar.

6 Очилов Х.Р., Хайдаров Ш.Д., Шамсидинов З.З. Жиноят хукуки. Умумий кисм. Укув кулланма. - Т.:, ТДЮУ нашриёти, 2021. - Б.73.

7 С.Н.Семенов. Уголовно-процессуальная подсудность. Автореферат диссертации на соискание ученой степени кандидата юридических наук. Москва. 2007. - С.18.

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 3

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi, O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tomonidan yuborilgan jinoyat ishini o'zi ko'rib hal qilishi majburiy emas. Bunday ishlarni lozim topganda o'zi ko'rmasdan tegishli bo'lishiga qarab boshqa o'zidan quyi sudlarga yuborishi mumkin. X.Xudayberdievning ta'kidlashicha, jinoyat-protsessual qonunida ko'rsatilgan jinoyat ishining sudlovga tegishliligiga amal qilingan taqdirda quyidagilarga ya'ni, jinoyatlarning barcha holatlarini har tomonlama, chuqur ko'rib chiqishga, hukmning qonuniy, asosli, adolatli bo'lishiga, sudning esa ahamiyatini oshirishga erishiladi. Jinoyat ishlarining sudlovga tegishliligining belgilanishi sudlar tomonidan qonuniy asosli adolatli hukm chiqarilishini ta'minlaydi8.

Shuningdek, O'zbekiston Respublikasining jinoyat-protsessual qonunchiligida jinoyat ishlari birlashtirilganda ularning sudlovga tegishliligi masalasi ham mustahkamlangan bo'lib, unga ko'ra bir necha shaxsni turli hududlarda sodir etgan jinoyatlari uchun ayblash to'g'risidagi jinoyat ishlari, shuningdek bir shaxsni bir necha jinoyatni sodir etishda ayblash to'g'risidagi jinoyat ishlari birlashtirilganda, agar bu ishlar bir xil darajadagi ikki yoki bir necha sudning sudloviga tegishli bo'lsa, ish dastlabki tergov yoki surishtiruv qaysi hududda tamomlangan bo'lsa, shu hududdagi sud tomonidan ko'riladi. Bir shaxs yoki bir guruh shaxslar turli darajadagi sudlarning sudloviga tegishli bir necha jinoyatni sodir etishda ayblangan bo'lsa, bunday ishlar yuqori sud tomonidan ko'riladi. Agar jinoyat ishi bo'yicha bir shaxs yoki bir guruh shaxslar bir necha jinoyatni sodir etishda ayblansalar va bu shaxslardan loaqal biri yoki jinoyatlardan biri haqidagi ish harbiy sudning sudloviga tegishli bo'lsa, barcha jinoyatlar va barcha shaxslarga doir ish harbiy sud tomonidan ko'riladi9.

Biroq, qayd etish kerakki, jinoyat-protsessual normalar tahlili sudlovga tegishlilik qoidalariga rioya qilmaslikning huquqiy oqibatlari qonunchilikda belgilanmaganligini ko'rsatadi. Ayrim olimlarning ta'kidlashicha, bunday holat iqtisodiy sudlarda nizolarning taalluqliligi to'g'risidagi iqtisodiy-protsessual qonunchilikka ham xos10.

XULOSA

Xulosa o'rnida aytish mumkinki, jinoyat ishini ko'rish va hal qilishda sudlovga tegishlilik masalasi dolzarb ahamiyat kasb etadi. Sudlovga tegishlilik haqida so'z

8 X.XyganöepgHeB. ^HHOAT Hm^apHHHHr cyg^OBra Teram^H^Hra. Ma*bpy3a^ap Tyn^aMH. -T.:, T^TOH. 2013. -E.35.

9 Y3ÖeKHCTOH Pecnyö^HKacHHHHr ^HHoaT-npo^ccya^ KogeKCH. https://lex.uz/docs/111460

10 H.Ca^HMOBa.HKTHCogHH cyg^apga Taaray^H^HK KOHga^apHra pHoa KHmwac^HKHHHr xy^y^HH o^HÖaraapH. OgH^ cygTOB. Xy^y^HH, H^MHH-aMa^HH Hamp. 2/2020. - E.20.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

о

R

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

yuritilganda, sud instansiyasi vakolatlariga kiradigan jinoyat ishlarining qonuniy, asosli, adolatli va mazmunan aniq ko'rilishi barcha sud instansiyalariga ko'p jihatdan bog'liq. Bunday fikrga kelinishiga jinoyat-protsessual qonunida ko'rsatilgan sudlovga tegishlilik yuridik atamasining qo'llanilishi tuman shahar sudlari sudloviga, viloyat sudlari sudloviga va Oliy sud sudloviga tegishli jinoyat ishlarining alohida belgilanishiga asos bo'ladi. Ya'ni, sudlovga tegishlilik jinoyatning xarakteriga ko'ra, malakalanishi bilan belgilanadi. Sudlovga tegishlilik faqat jinoyatning xarakteriga ko'ra belgilanibgina qolmay balki, jinoyat sodir etgan sub'ekt bilan ham belgilanadi. Masalan: harbiy xizmatchilar tomonidan sodir etiladigan jinoyatlar to'g'risidagi ishlar faqat harbiy sudlarning sudloviga tegishli bo'ladi. Sudlovga tegishlilikning jinoyat protsessual qonuni tomonidan ochiq belgilanishi har bir sud tizimiga tegishli bo'lgan ishlarni aniq bo'lishiga yordam beradi. Bu esa sudlar o'rtasida ishlarni ko'rishda sansalorlikka yo'l qo'yilmasligi, yuqori sudlarga tegishli ishlarning quyi sudlar tomonidan ko'rilmasligini ta'minlaydi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. https://lex.uz/docs/20596

2. Порцева О.Б. Подсудность уголовных дел. Автореферат диссертации на соискание ученой степени кандидата юридических наук. Ижевск. 2004. - С.14.

3. Jinoyat-protsessual huquqi. Darslik. Mualliflar jamoasi. -T.:, TDYU nashriyoti. -

4. Очилов Х.Р., Хайдаров Ш.Д., Шамсидинов З.З. Жиноят хукуки. Умумий кисм. Укув кулланма. - Т.:, ТДЮУ нашриёти, 2021. - Б.73.

5. С.Н.Семенов. Уголовно-процессуальная подсудность. Автореферат диссертации на соискание ученой степени кандидата юридических наук. Москва. 2007. - С.18.

6. Худайбердиев Х. Жиноят ишларининг судловга тегишлилиги. Маърузалар туплами. -Т.:, ТДЮИ. 2013. -Б.35.

https://lex.uz/docs/111460

8. Салимова И. Иктисодий судларда тааллуклилик коидаларига риоя килмасликнинг хукукий окибатлари. Одил судлов. Хукукий, илмий-амалий нашр. 2/2020. - Б.20.

9. https://treaties.un.org/pages/showDetails.aspx?obiid=080000028014a40b

10. https://treaties.un.org/doc/publication/unts/volume%20999/volume-999-i-14668-english.pdf

B.163.

7. Узбекистон Республикасининг Жиноят-процессуал кодекси.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.