Scientific Journal Impact Factor
ZARURIY MUDOFAANING NAZARIY VA AMALIY JIHATLARINING
O'ZIGA XOSLIGI
Luiza Joldasbaevna Otegenova
O'zbekiston Respublikasi Sudyalar Oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabi mustaqil izlanuvchisi luiza_0077@mail. ru
ANNOTATSIYA
Mazkur maqolada zaruriy mudofaaning nazariy va amaliy jihatlarining o 'ziga xosligiga doir masalalar bayon etilgan. Shuningdek, ushbu maqolada zaruriy mudofaa tushunchasi, zaruriy mudofaa institutini tadqiq etish masalalari va uning o 'ziga xos shartlari borasida olimlarningfikirlari tahlil etilgan.
Bundan tashqari, maqolada sodir qilingan qilmishni zaruriy mudofaa deb topishda ahamiyat berish lozim bo 'lgan bir qancha jihatlar mavjud bo 'lib, bunda: zaruriy mudofaa aktini qo 'llash uchun tajovuz ijtimoiy xavfli bo 'lishi kerakligi va tajovuz mudofaalanuvchi yoxud boshqa kishining shaxsi yoki huquqlariga, davlat yoki jamiyat manfaatlariga qarshi qaratilgan bo 'lishi kerakligi ham bayon etilgan. Shu bilan bir qatorda, xujumdan himoyalanishdagi zarar faqat tajovuzchiga yetkazilgan bulishi lozimligi zaruriy mudofaada asosiy shart bo'lib, ushbu shart zaruriy mudofaa hamda oxirgi zaruratni bir-biridan farqlab to'ruvchi holatlardan biri ham ekanligi qayd etiladi. Mazkur maqolada zaruriy mudofaa institutining eng muhim xususiyatlaridan yana biri zaruriy mudofaa faqat ijtimoiy xavfli tajovuzlarga qarshi qaratilgan bo 'lishi ekanligi ham ta 'kidlab o 'tgan. Zaruriy mudofaa huquqiyligining navbatdagi belgilangan sharti ijtimoiy xavfli tajovuzning mavjudligi hamda tajovuz bo 'lmagan hollarda tajovuzchi ham bo 'lmaydi, tajovuzchining yo 'qligi esa zaruriy mudofaa huquqidan foydalanish imkoniyatini yo 'qqa chiqarishi yuzasidan ham xulosalarga kelingan.
Kalit so'zlari: Zaruriy mudofaa, oxirgi zarurat, jinoiy, istisno qiluvchi, holatlar, qilmish, nazariy, ijtimoiy, xavfli, tajovuz.
СВОЕОБРАЗИЕ ТЕОРЕТИЧЕСКИХ И ПРАКТИЧЕСКИХ АСПЕКТОВ НЕОБХОДИМОЙ ОБОРОНЫ
Отегенова Луиза Жолдасбаевна,
Независимый соискатель Высшей школы судей при Верховном Совете судей Республики Узбекистан
E-mail: [email protected]
Scientific Journal Impact Factor
АННОТАЦИЯ
В данной статье рассматриваются особенности теоретических и практических аспектов необходимой обороны. Также в статье анализируются взгляды ученых на понятие необходимой обороны, изучение института необходимой обороны и его конкретных условий.
Кроме того, существует ряд аспектов статьи, которые необходимо учитывать при определении того, является ли деяние необходимой обороной. При этом следует отметить, что ущерб защите от нападения должен быть нанесен только агрессору, что является одним из условий, отличающих необходимую оборону от крайней необходимости.
В данной статье автор подчеркивает, что одной из важнейших особенностей института необходимой обороны является то, что необходимая оборона направлена только против общественно опасных посягательств. Следующим условием права на необходимую оборону является наличие общественно опасной агрессии, а при отсутствии агрессии агрессора нет, а отсутствие агрессора исключает возможность осуществления необходимого права на оборону.
Ключевые слова: Необходимая оборона, крайняя необходимость, преступные, исключающие обстоятельства, деяние, теоретический, социальный, опасный, посягательства.
THE ORIGINALITY OF THE THEORETICAL AND PRACTICAL ASPECTS OF THE NECESSARY DEFENSE
Otegenova Luiza Joldasbaevna,
An independent researcher at the Higher School of Judges under the Supreme Council of Judges of the Republic of Uzbekistan E-mail: [email protected]
ABSTRACT
This article discusses the features of the theoretical and practical aspects of the necessary defense. The article also analyzes the views of scientists on the concept of necessary defense, the study of the institution of necessary defense and its specific conditions.
In addition, there are a number of aspects of the article that must be taken into account when determining whether an act constitutes a necessary defence. At the same time, it should be noted that damage to the defense against attack should only
Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 2 | ISSUE 1
educational, natural and social sciences 0 ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423
be inflicted on the aggressor, which is one of the conditions that distinguishes necessary defense from extreme necessity.
In this article, the author emphasizes that one of the most important features of the institution of necessary defense is that the necessary defense is directed only against socially dangerous encroachments. The next condition for the right to necessary defense is the presence of socially dangerous aggression, and in the absence of aggression there is no aggressor, and the absence of an aggressor excludes the possibility of exercising the necessary right to defense.
Key words: Necessary defense, extreme necessity, criminal, exclusionary circumstances, act, theoretical, social, dangerous, encroachment.
KIRISH
Qilmishning jinoiyligini istisno qiluvchi holatlarni aniq ajratish, ularning huquqiy ahamiyatini, qo'llash chegarasini aniqlash va jinoyat hamda jazo institutida qilmishning jinoiyligini istisno qiluvchi holatlarning huquqiy ahamiyatini o'rganish va ushbu holatlarning inson huquq va erkinliklari, jamiyat va davlat manfaatlarini himoya qilishda tutgan o'rnini aniqlash qonunchilikdagi dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.
Qilmishning jinoiyligini istisno qiluvchi holatlar ularning qanday sabab va sharoitda sodir qilinganligi jihatidan ma'lum guruhlarga bo'lingan bo'lib, bunday mustaqil guruhlarga ajratish ularning xususiyati hamda vazifalari bilan uzviy bog'liq hisoblanadi. Shunga ko'ra qilmishning jinoiyligini istsino qiluvchi holatlarning har biri jinoiy-huquqiy munosabatlar sub'ektlarining tashqi tomonidan jinoyat sifatida ko'ringan ijtimoiy foydali harakatlarni tartibga soladi va O'zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksining 35-moddasiga muvofiq quyidagi holatlar jinoyatni istisno qiluvchi holatlar hisoblanadi:
1. Kam ahamiyatli qilmishlar (JK 36-modda);
2. Zaruriy mudofaa (JK 37-modda);
3. Oxirgi zarurat (JK 38-modda);
4. Ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlash chog'ida zarar yetkazish JK (39-modda);
5. Buyruqni yoki boshqacha tarzdagi vazifani bajarish (JK 40-modda);
6. Kasb yoki xo'jalik faoliyati bilan bog'liq bo'lgan asosli tavakkalchilik (JK 41-modda);
7. Jismoniy yoki ruhiy majburlash yoxud qo'rqitish (JK 411-modda) [1].
Ushbu sanab o'tilgan holatlarning har biri o'ziga xos bo'lib, ularni sodir qilingan
ijtimoiy xavfli qilmishga nisbatan qay tartibda qo'llash ularning zaruriy belgilaridan
704
Scientific Journal Impact Factor
kelib chiqib belgilanadi. Quyida esa mazkur holatlarning har biri xususida yanada aniqroq fikr yuritishga harakat qilamiz.
Qilmishning jinoiyligini istisno qiluvchi holatlardan biri bu zaruriy mudofaa bo'lib, zaruriy mudofaa deb - shaxs o'ziga, boshqa shaxsga yoki jamiyat va davlat manfaatlariga qarshi qaratilgan qonunga xilof tajovuzlarni tajovuzchiga zarar yetkazgan holda himoya qilish chog'ida qilgan harakatiga aytiladi.
Zaruriy mudofaa huquqi fuqarolarga jinoyatchilikka qarshi mustaqil kurashish, bunda hatto hujum qilgan shaxsga kuch ishlatishdan ham qaytmaslik uchun keng imkoniyat yaratadi. Qonunnging bunday imkoniyat berishi fuqarolarning nafaqat o'zini himoya qilishi, balki jinoyatchilikning oldini olish vositalaridan biri hisoblanadi.
Zaruriy mudofaa huquqi fuqarolarning konstitusiyaviy huquqi (agar qonun doirasida bo'lsa) sanalib, O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 27-moddasiga muvofiq «har kim o'z sha'ni va obro'siga qilingan tajovuzlardan, shaxsiy hayotga aralashishdan himoyalanish va turar joyi dahlsizligi huquqiga ega»[2], deb belgilab qo'yilgan. Ya'ni davlat ushbu norma norma bilan fuqarolarning huquqlarini himoyalanishini kafolatlagan holda, ularning zarur hollarda o'zini himoya qilish uchun davlat organlaridan yordam olishga imkoniyati bo'lmagan hollarda fuqarolarga o'zini faol himoya qilish imkonini beradi va ayni shu sababdan ham ushbu holat qonunchilik tizimiga alohida norma sifatida kiritilgan.
Ushbu norma O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 37-moddasida (ushbu moddaning beshinchi bandi chiqarib tashlanib, O'zbekiston Respublikasi JKga alohida norma sifatida kiritildi) [3] belgilab qo'yilgan bo'lib, ungan ko'ra, zaruriy mudofaa holatida sodir etilgan, ya'ni mudofaalanuvchi yoxud boshqa kishining shaxsi yoki huquqlarini, jamiyat yoki davlat manfaatlarini qonunga xilof tajovuzlardan tajovuzchiga zarar yetkazgan holda himoya qilish chog'ida qilingan harakat, agar zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqilmagan bo'lsa, jinoyat deb topilmaydi. Bunda Qonun mazmuniga ko'ra, zaruriy mudofaa faol harakatlar orqali amalga oshiriladi. Qonunda belgilanishiga ko'ra, boshqa shaxslarga yoki hokimiyat organlariga yordam so'rab murojaat qilish yoxud tajovuzdan o'zga yo'sinda (masalan, qochib ketish orqali) qutilish imkoniyati bor-yo'qligidan qat'i nazar, zaruriy mudofaa aktini qo'llash mudofaalanuvchiga tegishli huquqdir. Ana shunday imkoniyatlardan foydalanib, zaruriy mudofaa aktini qo'llamagan kishining harakatlarini jamiyat ham, kishilar ham ma'qullamaydi. Ammo zaruriy mudofaa aktini qo'llamaganlik uchun javobgarlik belgilanmagan va belgilash ham mumkin emas, bizningcha. Chunki zaruriy mudofaa aktini qo'llash mudofaalanuvchining hayoti yoki sog'ligini jiddiy
Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 2 | ISSUE 1
educational, natural and social sciences 0 ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423
xavf ostiga qoldirib tavakkal qilish bilan bog'liq bo'lib, faol harakatlar bilan tajovuzni bartaraf qilishga qaratilgan.
Sodir qilingan qilmishni zaruriy mudofaa deb topishda ahamiyat berish lozim bo'lgan bir qancha jihatlar mavjud bo'lib, bunda: 1) zaruriy mudofaa aktini qo'llash uchun tajovuz ijtimoiy xavfli bo'lishi kerak; 2) tajovuz mudofaalanuvchi yoxud boshqa kishining shaxsi yoki huquqlariga, davlat yoki jamiyat manfaatlariga qarshi qaratilgan bo'lishi kerak.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
O'zbekiston Respublikasi jinoyat huquqi tizimida zaruriy mudofaa fuqarolarning o'z huquq va erkinliklarini qonun bilan taqiqlanmagan barcha yo'llar bilan himoya qilish huquqi kabi sub'ektiv huquqni samarali amalga oshirishning muhim vositasi hisoblanadi.
Ushbu qoidani tahlil etar ekanmiz, zaruriy mudofaa institutini tadqiq etgan olim D.Persevning «agar bu xujum himoyachi yoki boshqa shaxsning xayoti uchun xavfli bulgan zo'ravonlik bilan birga sodir etilgan bo'lsa, himoyachi yoki boshqa shaxslarning huquqlarini va manfaatlarini himoya kilishda, jamiyatning yoki davlatning qonuniy manfaatlarini ijtimoiy xavfli xujumdan himoya qilishda tajovuzchiga zarar yetkazish jinoyat emas. Biroq bu vaziyatda zaruriy mudofaa qonuniyligining eng muhim shartlaridan biri bu ijtimoiy xavfli hujumdan himoyalanishdagi zarar faqat tajovuzchiga yetkazilgan bo'lishi va boshqa xech kimga yetkazilmasligi kerakligidi»[4], deb uylaymiz.
Darhaqiqat, xujumdan himoyalanishdagi zarar faqat tajovuzchiga yetkazilgan bulishi lozimligi zaruriy mudofaada asosiy shart bo'lib, ushbu shart zaruriy mudofaa hamda oxirgi zaruratni bir-biridan farqlab to'ruvchi holatlardan biri hamdir.
Jinoyat qonunida (O'zbekiston Respublikasi JKning 37-moddasi birinchi qismi) zaruriy mudofaa huquqi qo'llanishi mumkin bo'lgan muhofaza ob'ektlari belgilangan bo'lib, ularga quyidagilar kiradi: Mudofaalanuvchining shaxsi; Mudofaalanuvchining huquqlari; Boshqa kishining (yoki kishilarning) shaxsi; Boshqa kishining (yoki kishilarning) huquqlari; Qonun bilan qo'riqlanadigan jamiyat manfaatlari; Qonun bilan qo'riqlanadigan davlat manfaatlari.
Zaruriy mudofaa instituti orqali himoya qilinishi mumkin bo'lgan ob'ektlarning bunday batafsil ro'yxati asoslidir, chunki u ijtimoiy xavfli xujumdan himoyalanish jarayonida yetkazilgan zararni ijtimoiy xavfli emas, balki ijtimoiy foydalidir.
Zaruriy mudofaa institutining eng muhim xususiyatlaridan yana biri zaruriy mudofaa faqat ijtimoiy xavfli tajovuzlarga qarshi qaratilgan bo'lishidir. Zaruriy
mudofaa huquqiyligining navbatdagi belgilangan sharti ijtimoiy xavfli tajovuzning
706
Scientific Journal Impact Factor
mavjudligidir. Tajovuz bo'lmagan hollarda tajovuzchi ham bo'lmaydi, tajovuzchining yo'qligi esa zaruriy mudofaa huquqidan foydalanish imkoniyatini yo'qqa chiqaradi.
Huquqiy adabiyotlarda zaruriy mudofaa tushunchasi haqida turli xil ta'riflar berilgan. Quyida mazkur tushunchalarni tahlil etgan holda ayrim tadqiqotchilarning fikrlarini keltirib o'tamiz.
Ayrim olimlar «Zaruriy mudofaa -jinoyat huquqida ijtimoiy xavfli tajovuzdan tajovuzkorga zarar yetkazish orqali mudofaalanuvchining yoki boshqa shaxsning huquqlari va manfaatlari yoxud jamiyat va davlatning qonuniy himoyalangan manfaatlarini himoya qilish» [5], deb ta'riflangan.
E.F.Pobegaylo «Zaruriy mudofaa deganda, tajovuz qiluvchi shaxsga zarar yetkazish orqali ijtimoiy xavfli tajovuzlardan qonuniy himoyalanish tushuniladi»[6], degan g'oyani ilgari surgan.
N.S.Tagansev esa, «Zaruriy mudofaa davlatning himoya faoliyatiga zaruriy madad bo'lib, tajovuzchining manfaatlariga zarar yetkazish noqonuniy emas, balki qonuniy hamdir» [7], degan fikrni bildirgan.
Shuningdek, «Zaruriy mudofaa mudofaalanuvchiga yoki boshqa shaxslarga xujum qilayotgan shaxsning huquq va manfaatlariga jinoyatni istisno qiluvchi zarar yetkazish» [8], kabi ta'rif berib o'tgan.
D.Persev esa, «Zaruriy mudofaa - bu huquq-tartibot manfaatlariga tajovuz qilgan shaxsning xayoti, sog'lig'i yoki mol-mulkiga zarar yetkazish orqali ijtimoiy xavfli hujumdan o'zini himoya qilgan shaxs tomonidan shaxs, jamiyat yoki davlatning huquqlari va qonuniy manfaatlarini qonuniy himoya qilish» [9], degan ta'rifini ma'qul deb hisoblaydi.
Ko'plab olimlar V.Tkachenkoning «zaruriy mudofaa ijtimoiy xavfli tajovuzlarga faol qarshilik ko'rsatish» [10], degan fikriga qo'shilishadi. Uning ilgari surgan g'oyasiga ko'ra, faqatgina faol qarshilik bilangina ijtimoiy munosabatlarga tajovuzning oldini olish mumkin ekan. Biz ham ushbu fikrga qo'shilamiz, zero, faol bulmagan , ya'ni passiv mudofaa zaruriy mudofaani yuzaga keltirmaydi.
Shu bilan birga shuni ham eslatib o'tish lozimki, barcha faol mudofaa ham zaruriy mudofaa deb hisoblanishi mumkin emas. Mudofaalanuvchi ijtimoiy xavfli hujumning oldini olishga intilib, o'ziga, huquq va manfaatlariga yoki mol -mulkiga tajovuz qiluvchi shaxsga zarar yetkazmaydigan harakatlarni amalga oshirishi ham mumkin. Misol uchun, hujumdan qochishi ham mumkin. Bunday harakatlar zaruriy mudofaa emas, chunki ular tajovuzkorga hech qanday zarar yetkazmaydi.
Scientific Journal Impact Factor
Tajovuzchiga zarar yetkazilmas ekan, mudofaalanuvchi shaxs zaruriy mudofaa huquqidan foydalanmagan hisoblanadi.
Shuningdek, tahlil etishimiz lozim bulgan masalalardan yana biri zaruriy mudofaaning shaxsning huquqi yoki yuridik majburiyati ekanligiga oydinlik kiritishdir.
I.I.Sluskiy[11], V.V.Merkur'ev[12], V.A.Bikmashev[13] va V.I.Tkachenko[14] o'z ilmiy izlanishlarida zaruriy mudofaa, avvalo, shaxsning huquqi bo'lishini, biroq ba'zi sub'ektlar uchun yuridik majburiyat ham hisoblanishini isbotlashga urinadilar hamda ushbu sub'ektlarga misol qilib navbatchilik yoki patrul vaqtida harbiy xizmatchilarni ko'rsatishadi. Ular o'zlarining fikrlarini asoslash uchun navbatchilik yoki patrul xizmati xodimlarining amaldagi qonunchilikka muvofiq ijtimoiy xavfli tajovuzlarning oldini olish uchun majbur ekanliklarini ko'rsatib o'tishgan.
Yuqoridagi fikrga qarshi bo'luvchi olimlar ham mavjud bo'lib, ulardan biri N.G.Kadnikov hisoblanadi. Uning fikricha, qonun fuqarolardan o'zini va boshqalarni noqonuniy xujumlardan himoya qilishni talab qila olmaydi. Zaruriy mudofaa shaxsning sub'ektiv huquqi bo'lib, undan foydalanish, tajovuzdan qochish yoki boshqalarning yordamiga murojaat qilish haqida qaror qabul qilish shaxsning o'ziga bog'liq deb hisoblaydi. Polisiya xodimi noqonuniy xarakatlarni to'xtatish va jinoyatchilarni ushlab turish majburiyatiga egaligini, ammo noqonuniy xujumga qarshi o'zini himoya qilishga majbur emasligini asos sifatida ko'rsatadi.
O'zbekiston Respublikasining «Ichki ishlar organlari to'g'risida»gi Qonunining 16-moddasida[15] ichki ishlar organlarining majburiyatlari belgilangan bo'lib, unga ko'ra ichki ishlar organlari fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini, yuridik va jismoniy shaxslarning mulkini, shaxs, jamiyat va davlat xavfsizligini himoya qilish bo'yicha o'z vakolatlari doirasida barcha zarur choralarni ko'rishi, jamoat joylarida, shu jumladan ko'chalarda, maydonlarda, istirohat bog'larida, transport magistrallarida, vokzallarda, aeroportlarda, shuningdek ommaviy tadbirlarni o'tkazish chog'ida fuqarolarning xavfsizligini ta'minlashi, jinoyatlar, boshqa huquqbuzarliklar va xodisalar bo'yicha o'z vaqtida choralar ko'rishi ularning majburiyati sifatida belgilangan.
Demak, ichki ishlar organlari xodimi o'z vazifasini bajarish yuzasidan zaruriy mudofaa holatiga yuridik majburiyat sifatida qarashi lozim bular ekan. Shu holatdan kelib chiqib, biz zaruriy mudofaa shaxsning sub'ektiv huquqi ekanini tan olamiz, biroq ma'lum kasb egalari uchun yuridik majburiyat ham bo'la olishi fikriga qo'shilamiz.
Scientific Journal Impact Factor
Huquqiy adabiyotlarda zaruriy mudofaa aynan qanday tajovuzlarga nisbatan mavjud bo'ladi, ya'ni ma'muriy huqubuzarliklarga nisbatan yoki faqat jinoyatlar bilan bog'liq tajovuzlarga qarshi qo'llanilishi mumkinligi haqida turli fikrlar bildiriladi.
S.F.Milyukov «Zaruriy mudofaa instituti barcha mumkin bo'lgan huquqbuzarliklarga qarshi mudofaa uchun universal asosga ega, shu jumladan, ma'muriy huquqbuzarlik holatlarida ham qo'llanishi mumkin» [16], degan qarashni ilgari surgan.
N.D.Durmanovning nuqtai nazariga ko'ra esa «Ma'muriy yoki intizomiy huquqbuzarliklar yoki kam ahamiyatli qilmishlarga qarshi mudofaada shaxs, umumiy qoidaga asosan, zaruriy mudofaadan foydalana olmaydi» [17].
T.G.Shavgulidze «Zaruriy mudofaaga bo'lgan huquqni barcha ijtimoiy xavfli tajovuzlar yarata olmaydi, faqatgina oz darajada bulsa-da ijtimoiy xavfi mavjud bo'lgan tajovuzlar yuzaga keltirishga qodir, bundan tajovuzlarga asosan jinoyat qonuni bilan taqiqlangan harakatlar kiradi. Shuningdek, aslida jinoyat bulmasa-da (ob'ektiv ma'noda), lekin uning ijtimoiy xavfliligiga shubha bo'lmaydigan tajovuzlar ham yarata oladi» [18], degan qarashni ilgari surgan.
Biz bu masalaga O'zbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq javob berishga harakat qilamiz. O'zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksining 18-moddasida O'zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksida yoki ma'muriy huquqbuzarlik uchun ma'muriy javobgarlik belgilovchi boshqa normativ hujjatlarda nazarda tutilgan, lekin zaruriy mudofaa holatida, ya'ni shaxsni yoki mudofaalanuvchining yoxud boshqa shaxsning huquqlarini, jamiyat yoki davlat manfaatlarini g'ayrihuquqiy tajovuzlardan shunday tajovuz qilayotgan shaxsga zarar yetkazish yo'li bilan himoya qilish vaqtida, basharti bunda zaruriy mudofaa chegarasidan chiqib ketilishiga yo'l qo'yilmagan bo'lsa, sodir etilgan harakatlar ma'muriy huquqbuzarlik deb hisoblanmasligi keltirib o'tilgan.
Xulosa qilish mumkinki, nafaqat jinoiy huquqbuzarliklardan, balki ma'muriy huquqbuzarliklardan mudofaa ham shaxsning zaruriy mudofaa huquqini keltirib chiqarar ekan.
Shuni ham o'nutmaslik kekakki, hozirda ushbu moddaning amalda qo'llanilishi nafaqat qonuniy mexanizm yetishmasligi, balki ma'muriy huquqbuzarliklardan samarali himoya qilish, aksariyat xollarda, shaxsga, mulkka, jamoat tartibiga, shuningdek, qonun bilan muhofaza qilinuvchi manfaatlarga zid bo'lgan shaxslarga qarshi qaratilgan faol jismoniy ta'sir orqali ham amalga oshirilishni taqozo qiladi. Biroq bunday jismoniy ta'sir ma'muriy javobgarlikni nazarda to'tuvchi qonun bilan emas, balki jinoyat qonuni bilan baholanadi (kaltaklash, sog'liqqa zarar yetkazish).
Scientific Journal Impact Factor
Chunki, V.V.Luneev haqli ravishda ta'kidlaganidek, «Jinoyatlar va boshqa huquqbuzarliklar o'zaro qarindosh xodisalar bilan bog'liq», ular orasidagi chegara ko'chma, shartli, nisbiy va o'ziga xos xususiyatlar ko'pincha baholovchi xarakterga ega bo'ladi.
Agar ijtimoiy xavfli tajovuz qilish vaqtida uni to'g'ri huquqiy baholashning hali imkoni bo'lmasa, biz belgilangan xujumdan o'zini himoya qiladigan odamdan o'zini himoya qilmasligini yoki bu maqsad uchun samarasiz usullarni qo'llashni talab qila olmaymiz. Ushbu mudofaa harakatlarini qonun doirasida joriy etish uchun ma'muriy huquqbuzarlikka qarshi zaruriy mudofaani imkon qadar tan olish lozim.
Fikrimizni davom ettirib, quyidagi normalarni misol sifatida keltirib o'tamiz. O'zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksining 183-moddasida mayda bezorilik, O'z Res JKning 277-moddasida esa, bezorilik uchun jinoiy javobgarlik nazarda to'tilgan. Ularning farqi shundaki, ma'muriy javobgarlik uchun jamoat joylarida uyatli so'zlar bilan so'kinish, fuqarolarga haqoratomuz shilqimlik qilish xamda jamoat tartibini va fuqarolarning osoyishtaligini buzuvchi shu kabi boshqa xatti-harakatlarda ifodalangan jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimaslik kabi harakatlar sodir etilishi ko'rsatilgan bo'lsa, jinoiy javobgarlikka tortish uchun bezorilik jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimaslik, o'rish-do'pposlash, badanga yengil shikast yetkazish yoki o'zganing mulkiga shikast yetkazish yoxud nobud qilish ancha zarar yetkazish bilan bog'liq holda sodir etilishi belgilangan.
Jinoyatlar va ma'muriy huquqbuzarliklarning uxshash normalarini qiyosiy tahlili shuni ko'rsatadiki, ularning farqlari asosan jinoyatlarga nisbatan jiddiy, ahamiyatli, ma'muriy huquqbuzarliklar uchun esa aksincha, jiddiy bo'lmagan va ahamiyatsiz zarar miqdorini tashkil etar ekan. Ushbu qilmishlar faqat jabrlanuvchiga yetkazilgan zarar miqdori, ya'ni ijtimoiy xavflilik darajasi bilan farq qilishi bilan bir qatorda har ikkisida ham ijtimoiy xavfli xususiyat mavjud bo'lib qolaveradi.
Bundan tashqari, ma'muriy huquqbuzarlik yuqori ehtimollik bilan jinoyatga aylanishi mumkin, masalan, O'zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksining 52-moddasi birinchi qismida ehtiyotsizlik orqasida yengil tan jarohati yetkazish uchun javobgarlik belgilangani holda, mazkur modda ikkinchi qismida qasddan yengil tan jarohati yetkazish deb topilishi uchun sog'liqning qisqa muddat yomonlashuviga yoki mehnat qobiliyatini uncha ko'p davom etmaydigan to'rg'un tarzda yo'qotishga olib kelmagan bo'lishi lozimligi mustahkamlangan. O'zbekiston Respublikasi JKning 109-moddasi «Qasddan badanga yengil shikast yetkazish», deb nomlanib, uning birinchi qismi sog'liqning qisqa muddatga
Scientific Journal Impact Factor
yomonlashuviga yoki mehnat qobiliyatining uncha o'zoq bo'lmagan muddatga yo'qolishiga olib kelmagan qasddan badanga yengil shikast yetkazish o'sha harakatlar uchun ma'muriy jazo qo'llanilganidan keyin sodir etilgan holda jinoiy javobgarlikni belgilasa, ikkinchi kismi sog'liqning qisqa vaqt, ya'ni olti kundan ortiq ammo yigirma bir kundan ko'p bo'lmagan muddatga yomonlashuviga yoki umumiy mehnat qobiliyatining uncha o'zoq bo'lmagan muddatga yo'qotilishiga sabab bo'lgan qasddan badanga yengil shikast yetkazish yuzasidan jinoiy javobgarlikni o'z ichiga olgan[19].
Mazkur holatda shunday xulosa paydo buladi, ya'ni ma'muriy huquqbuzarlik natijasida qasddan badanga yengil tan jarohati yetkazish bilan ifodalangan tajovuzni qaytarish maqsadida amalga oshirilgan mudofaa O'zbekiston Respublikasi JKning 109-moddasi ikkinchi qismida ko'rsatilgan jinoyat tarkibini keltirib chiqarmasligiga kafolat bermaydi.
Masalan, bir tarsaki o'rgan shaxsga xuddi shunday tarsaki o'rish mudofaa bulmaydi. Ma'juriy javobgarlik keltirib chiquvchi tajovuz doim ham ma'muriy javobgarlik doirasidagi mudofaa bilan to'xtatib qolinmasligi mumkin hamda bunday mudofaa jinoyat qonuni bilan himoya qilinuvchi ob'ektga zarar yetishiga olib kelishi mumkin. Shunday ekan, ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksda keltirilgan zaruriy mudofaa normasining qo'llanilishida qiyinchiliklarni keltirib chiqarishi tabiiy.
Masalan, 2018 yilda JKning 109-moddasi buyicha 1512 ta jinoyat ishi qo'zg'atilgan bo'lib, shundan 311 tasi (20.5 %), 2019 yilning 10 oyida esa 771 ta jinoyat ishi qo'zg'atilgan bo'lib, shundan 122 tasi (15.8 %) taraflarning yarashganligi munosabati bilan to'gatilgan[20]. Shu sababdan ham, hozirda O'zbekiston Respublikasi JKning 109-moddasida belgilangan qasddan badanga yengil shikast yetkazish jinoyatini kodeksdan chiqarib, ushbu qilmishni sodir etgan shaxslarni faqat ma'muriy javobgarlikka tortish taklif etilmoqda. Mazkur taklif, yuqorida keltirilgan muammolarning bir qismiga yechim topilgan bular edi.
Shuningdek, aqli noraso shaxs tomonidan ijtimoiy xavfli tajovuzga qarshi zaruriy mudofaa qo'llanishi mumkin yoki mumkin emasligi masalasida turli qarashlar mavjud.
A.V.Naumov hamda N.G.Kadnikov kabi rus olimlari «aqli noraso shaxsning tajovuzidan qochish uchun barcha choralarni ko'rgan shaxs (qochib ketsa, yordamga chaqirsa), albatta, qoralanmaydi, chunki bu holatda u qo'rqoqlik tufayli emas, balki insonparvarlik hamda juda ehtiyotkorlik bilan ish to'tgan bo'ladi» [21] kabi fikrni ilgari surishgan.
Scientific Journal Impact Factor
Biz ushbu fikrga qo'shilmaymiz xamda bu kabi qarashimizga asos qilib insonning aql-idroki yoki aqli norasoligi haqidagi masalani faqat sud hal qilishini, ushbu masalani hal qilishda sud masalaning nafaqat tibbiy jihatini (ushbu shaxsda muayyan ruhiy kasallikning mavjudligi yoki yo'qligi), balki aqli norasolikning yuridik yoki psixologik mezonini ham xisobga olishi lozim. Shunday qilib, ijtimoiy xavfli xujumdan ximoyalanayotgan shaxs tajovuzchining aqli raso yoki norasoligini qal qila olmaydi va bu kerak ham emas, shuning uchun bunday vaziyatda mudofaalanuvchining harakatlariga qo'shimcha talablar qo'yish kerak emas deb xisoblaymiz hamda bu vaziyatda ham zaruriy mudofaa huquqi shaxsga tegishliligini ta'kidlab o'tmoqchimiz.
O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 17-moddasida Jinoyat sodir etgunga qadar o'n olti yoshga to'lgan, aqli raso jismoniy shaxslar javobgarlikka tortilishi belgilangan. Yuqorida biz aqli noraso shaxs tomonidan sodir etiluvchi tajovuz holatini muhokama qilib o'tdik.
Biroq yana savol to'g'iladi: «Agar tajovuz qiluvchi voyaga yetmagan shaxs bo'lsachi? Bu holatda zaruriy mudofaa huquqidan shaxs foydalana oladimi? ». Bu savolga javob olish uchun yuqorida nomi keltirilgan olim A.V.Naumovning «voyaga yetmagan shaxslarning ijtimoiy xavfli qilmishlariga qarshi zaruriy mudofaa, agar bu harakatlarni bostirishning barcha mumkin bo'lgan yo'llari qo'llab ko'rilgan bulsa va bu shaxslar tomonidan ijtimoiy xavfli tajovuzlardan qochish uchun boshqa yo'l bo'lmasa, joizdir», degan fikrini keltirib o'tmoqchimiz.
Biz ham ushbu fikrga qo'shilamiz, sababi zaruriy mudofaa huquqidan foydalanish shaxsga tegishli bo'lib, ushbu holatda tajovuzni bartaraf etish uchun barcha harakatlar qonuniydir (agar zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqilmagan bo'lsa).
D.V.Persev yuqoridagi fikrimizni qo'llamaydi hamda insoniylik qoidalarini qo'llash bilan bog'liq holatlar majburiy bula olmaydi, chunki ular amaldagi qonunchilik talablariga asoslanmaganligini[22], eslatib o'tadi.
Yuqorida keltirilgan fikr va mulohazalar hamda qilingan tahlil natijalari shuni ko'rsatdiki, jinoyat qonuni tizimida qilmishning jinoiyligini istisno qiluvchi holat sifatida zaruriy mudofaa institutining ahamiyati nihoyatda katta.
Birinchidan, zaruriy mudofaa huquqi shaxsning sub'ektiv huquqini amalga oshirish vositalaridan biri bo'lib, shaxsni, uning huquq va erkinliklarini, qonuniy manfaatlarini hamda jamiyat va davlat manfaatlarini ishonchli himoya qilishni
XULOSA
Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 2 | ISSUE 1
educational, natural and social sciences О ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423
ta'minlashga xizmat qiladi. Shuningdek, ba'zi bir sub'ektlar uchun yuridik majburiyat sifatida namoyon bo'lishi yuqorida amaliy misollar orkali ko'rsatib o'tildi.
Ikkinchidan, zaruriy mudofaa instituti orqali muhofaza qilinadigan ob'ektlar mavjud bo'lib, mazkur ob'ektlarga ijtimoiy xavfli tajovuz qaratilgan taqdirdagina, zaruriy mudofaa huquqi yuzaga keladi. Chunki zaruriy mudofaa faqat ijtimoiy xavfli tajovuzlarga qarshi qaratilgan bo'ladi. Agarda ijtimoiy xavfli tajovuz mavjud bo'lmasa, tajovuzchi ham bo'lmaydi[23], tajovuzchining yo'qligi esa zaruriy mudofaa huquqidan foydalanish imkoniyati mavjud emasligini ko'rsatadi. Demak, zaruriy mudofaa huquqidan foydalanish uchun, albatta, ijtimoiy xavfli tajovuz mavjud bo'lishi talab etiladi.
REFERENCES
1. O'zbekiston Respublikasining 2018 yil 9 yanvardagi O'RQ-459-sonli Qonuni // Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy ba'zasi, 10.01.2018., 03/18/459/0536-son. 2-modda.
2. O'zbekiston Respublkasi Konstitusiyasi. - Toshkent: «O'zbekiston», 2019.// O'zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari ma'lkmotlari milliy ba'zasi., 06.03.2019 y., 2-son, 47-modda.
3. O'zbekiston Respublikasining 2018 yil 9 yanvardagi O'RQ-459-sonli Qonuniga asosan kiritilgan. // Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy ba'zasi, 10.01.2018., 03/18/459/0536-son. 2-modda.
4. Персев Д.В., Уголовно-правовые и криминологические проблемы необходимой обороны: Дис... кан. юр. наук. - Калининград. 2004, - С. 75.
5. Необходимая оборона II Юридическая энциклопедия / Отв. красный. Б.Н. Топорнин. -М.: Изд. Юрист», 2001. - С. 613.
6. Лебедев В.М., Скуратов Ю.И. Комментарий к уголовному кодексу Российской Федерации. - М.: Изд. ИНФРА М - НОРМА, 1996. - С. 73.
7. Таганцев Н.С. Русское уголовное право: Лекси. Часть Общая. Т. 1. - М.: Изд. Наука, 1994. - С. 195.
8. Таганцев Н.С. Русское уголовное право: Лекси. Часть Общая. Т. 1. - М.: Изд. Наука, 1994. - С. 195.
9. Персев Д.В. Уголовно-правовые и криминологические проблемы необходимой обороны: Дис... кан. юр. наук. -Калининград, 2004. - С. 79.
10. Ткаченко В.И. Необходимая оборона по уголовному праву. - М.: Изд. Юридическая литература, 1979. - С.9.
11. Слуский И.И. Обстоятельства, исключающие уголовную ответственность. - Л.: Изд. Ленинградского университета, 1956. - С. 46.
713
Scientific Journal Impact Factor
12. Меркурьев В.В. Необходимая оборона: уголовно-правовые и криминологические аспекты: Автореф. дис... канд. юр. наук. - Рязань, 1998. - С.
13. Бикмашев В.А. Уголовно-правовые аспекты применения огнестрельного оружия сотрудниками органов внутренних дел: Автореф. дисс... канд. юр. наук.
- Москва. 1997. - С. 9.
14. Бикмашев В.А. Уголовно-правовые аспекты применения огнестрельного оружия сотрудниками органов внутренних дел: Автореф. дисс... канд. юр. наук.
- Москва. 1997. - С. 9.
15. Узбекистон Республикакасининг «Ички ишлар органлари то'г'рисида»ги Конуни // 2016 йыл 16 сентября, O'RQ-407-сын (Узбекистон Республикаси конун худжатлари то'плами, 2016 г., 38- сын, 438-модда).
16. Милюков С.Ф. Российское уголовное законодательство: опыт критического анализа. - СПб.: СПбИВЕСЕП, Знание, 2000. - С. 106.
17. Дурманов Н.Д. Обстоятельства, исключающие общественную опасность и противоправность действия. - М.: Изд. Наука, 1961. - С. 12.
18. Шавгулидзе Т.Г. Необходимая оборона. - Тбилиси: Изд. МЕНЬЕРЭБА, 1966. - С. 51.Niyozova, S.S. (2020). The role of the victim in crimes committed by the violence of the person. Electronic Journal of Legal Research, 2 (5).
19. https ://stat.uz/uz/180 -ofytsy alnaia-statystyka-uz/655 3 -huquqbuzarlik
20. S.S.Niyozova. Prevention of Crime in the Family and the Role of Victimology in the Republic of Uzbekistan. International Journal of Advanced Science and Technology Vol. 29, No. 3, (2020), pp. 3962.
11.