SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(11), November, 2023
TERGOVCHINING MUSTAQILLIGINI TA'MINLASHDA PROKUROR VA
SUD NAZORATINING TA'SIRI
Mazkur maqolada jinoyat ishini yuritishga mas'ul bo'lgan shaxs sifatida tergovchining huquqiy maqomi, protsessual vakolatlari, huquqlari va majburiyatlari tahlil qilingan. Bu orqali tergovchining faoliyatini tartibga soluvchi jinoyat-protsessual qonunchiligi o'rganilgan, undagi kamchilik hamda bahsli normalar haqida so'z yuritilgan. Shuningdek, tergovchining mustaqilligi kafolatlari, uni ta'minlashda yuzaga kelayotgan amaliy muammolar, ularni bartaraf etish chora-tadbirlari tahlil qilingan. Maqolada tergovchi faoliyatini amalga oshirishda nazorat organlarining ta'siri, xususan idoraviy nazoratning ahamiyati, zarurati, dastlabki tergovga mas'ul shaxs bo'lgan prokurorning tergovchi bilan o'zaro munosabati, prokuror nazorati hamda sud nazoratining tergovchi mustaqilligini ta 'minlashdagi o 'rni ilmiy nazariy jihatdan tahlil qilingan. Maqolada yuqorida nazarda tutilgan masalalar bo 'yicha bu borada ilmiy tadqiqotlar o 'tkazgan protsessualist olimlarning tasdiqlovchi yoki rad etuvchi fikrlari asosida ilmiy munozara o 'tkazilgan, tergov faoliyati bilan shug'ullanuvchi mas'ul shaxslarning tavsiyalari asosida mavjud amaliy muammolar o'rganilgan va sud-tergov amaliyotining tegishli materiallari o'rganib chiqilgan. Maqola yakunida tergovchining mustaqilligini ta'minlashda prokuror va sud nazoratining ta 'sirini optimallashtirish yuzasidan bir qancha taklif va tavsiyalar berilgan bo'lib, ular o'rganilayotgan mavzuning bugungi kundagi ahamiyatini oshirishga xizmat qiladi.
Kalit so'zlar: tergovchi, sud nazorati, prokuror nazorati, tergovchining mustaqilligi, dastlabki tergov, tergovchining vakolatlari
Tergovchi surishtiruvchi, prokuror va sudya kabi ishdagi barcha holatlami sinchkovlik bilan, to'la, har tomonlama va xolisona ko'rib chiqishga asoslangan holda qonunga va huquqiy ongga amal qilib o'zining ichki ishonchi bo'yicha dalillarga baho beradi, mustaqil ravishda jinoyat ishi bo'yicha tergov rejasi va tergov versiyalarini tuzadi, tergov va boshqa prosessual harakatlarni amalga oshirish ketma
Elmurzayev Biloliddin Nurmon o'g'li
O'zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi doktoranti E-mail:elmurzayevbiloliddin@gmail.com
Tel: +998 97 765 31 96
ANNOTATSIYA:
KIRISH
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(11), November, 2023
ketligini belgilab oladi. Ishni tergov qilish jarayonida kelib chiqadigan turli masalalarni hal etish tergovchining o'z majburiyatlarini bajara olishining muhim sharti hisoblanadi. Tanlov imkoniyatining berilmasligi jinoyat ishini yuritishga mas'ul shaxslarning o'z jinoyat-prosessual majburiyatlarining bajara olmasligiga olib keladi. Amaldagi qonunchiligimizni tahlil qilish orqali, tergovchi mustaqilligini ta'minlovchi elementlar sifatida quyidagilarni ko'rsatish mumkin:
- o'zining ichki ishonchiga asoslangan holda dalillarga baho bera olishi;
- prosessual qarorlar qabul qilishdagi mustaqillik (sud va prokuror ruxsati bilan o'tkaziladiganlar bundan mustasno);
- prokurorning bir qancha ko'rsatmalariga qo'shilmaslik va ular yuzasidan yuqori turuvchi prokurorga shikoyat qila olish;
- korxona, muassasa, tashkilotlar va jismoniy shaxslar uchun majburiy bo'lgan topshiriqlar bera olish;
- jinoyat ishi doirasida tergov va prosessual harakatlar bo'yicha javobgarlikning mavjudligi.
Jinoyat-prosessual qonunchilikda tergovchining prosessual mustaqilligi nima ekanligi, uning mohiyati, mazkur tushunchaning mazuni aniq belgilanmagan. Shuning uchun ham mazkur masalaning mohiyati yuzasidan aniq to'xtam mavjud emas. Shuni qayd etish joizki, V.V.Ulanov fikricha, tergov organi rahbari yoki prokuror tomonidan tergovchi faoliyatining nazorat qilinishi uning prosessual mustaqilligiga salbiy ta'sir o'tkazmaydi [1]. V.G.Mkrtchyan esa boshqa fikrda, unga ko'ra jinoyat-prosessual qonunchiligida shunday normalar borki, ular tergovchining prosessual mustaqilligiga jiddiy ta'sir ko'rsatadi [2]. Xususan, tergov yakuni bo'yicha prokuror tomonidan ayblov xulosasining tasdiqlanishi shunday holatlardan biridir. Amaldagi tartibga ko'ra prokuror ayblov xulosasini tasdiqlashi yoki kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan qo'shimcha tergovga qaytarishi mumkin (JPK 384-modda). Bir jihatga e'tibor qaratish kerakki, jinoyat prosessining institusional tuzilishiga ko'ra tergovchi prokuror va suddan butunlay mustaqil ravishda faoliyat yurita olmaydi. Prokuror va sud nazorati tergovchilar tomonidan bo'lishi mumkin bo'lgan turli o'zboshimchaliklardan himoya qiladi, fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarining ehtimoliy buzilishidan asraydi. Umuman olganda, tergovchining mustaqilligini bir necha yo'nalishlarda ko'rishimiz mumkin bo'ladi: 1) davlat organi, mansabdor shaxs, jamoat birlashmalari va ularning vakillarining har qanday ta'siridan xoliligi; 2) tergovchining o'zi faoliyat yurituvchi huquqni muhofaza qiluvchi organdagi va bevosita uning foliyatini nazorat qilmaydigan yuqori turuvchi rahbarlardan mustaqillik. Bu o'rinda A.V.Smirnovning fikrini ham inobatga olishimiz joiz, unga ko'ra tergovchi ijro etuvchi organ tarkibida ish faoliyatini yuritmasligi
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(11), November, 2023
kerak [3]. Shu bilan birga, jinoyatlarni tergov qilish bilan shug'ullanuvchi mutlaqo mustaqil, o'zining rahbari, o'rinbosarlari va boshqa ko'plab boshliqlar faoliyat yurituvchi davlat idorasining tashkil etilishi ham tergovchining mustaqilligini to'liq ta'minlay olmaydi. Chunki, hokimiyat va bo'ysinuv munosabatlariga qurilgan bunday tizimda mustaqillikni ta'minlash muammoli masala.
Tergovchi kasbining nufuzi birinchi navbatda yaratilgan moddiy-texnik baza, ish tartibining to'g'ri yo'lga qo'yilgani, shuningdek uning moddiy ta'minoti bilan o'lchanadi. Aksariyat xodimlar ish xajmining ko'pligidan nolishadi. Ularning tergov organi binosi ularning "ikkinchi oilasi"ga aylanib qolgan. Amaldagi j inoyat -prosessual qonunchiligi mazmunidan anglashiladiki, tergovchi yuqori turuvchi rahbarlarining roziligi bilan harakat qiluvchi, jinoyat ishi taqdiriga jiddiy ta'sir qilmaydigan qarorlarnigina qabul qila oluvchi, ishning taqdiriga ta'sir qilishi mumkin bo'lgan masalalarda prokuror yoki sudning ruxsatini olib harakat qiluvchi shaxsga aylanib qolgan. Bunday tartib ortiqcha vaqtning sarflanishiga, byurokratik to'siqlarning paydo bo'lishiga va eng yomoni ish yuritish samaradorligining pasayishiga ta'sirini ko'rsatmay qolmaydi.
Tergov faoliyatiga oid sud-huquq islohotlarini amalga oshirishda, tergovchining maqomiga tegishli normalarni shakllantirishda quyidagi masalalarga alohida e'tibor qaratish zarur, deb hisoblaymiz. Birinchidan, har bir tergovchiga to'g'ri keladigan jinoyat ishlari sonining me'yorini ishlab chiqish va uning amalda ishlashini ta'minlash kerak. Mazkur masala bugungi kunda tergov organlarida juda dolzarb bo'lib, aynan ish hajmining tartibga solinishi ular faoliyatidagi boshqa qiyinchilik va muammolarning oldini olgan bo'lar edi.
Prokuror nazorati davlat faoliyatining mustaqil, o'ziga xos turi hisoblanadi. Ushbu faoliyatni prokuratura organlaridan boshqa hech bir davlat idorasi, tashkiloti, jamoat tashkilotlari, boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlari, shuningdek, mansabdor yoki jismoniy shaxslar amalga oshira olmaydilar. Prokuror nazorati hujjatlarida davlat nomidan deb qayd etilmasada, O'zbekiston Respublikasi davlati nomidan amalga oshiriladi. Prokuror O'zbekiston Respublikasi hududida qonunlarning aniq va bir hilda bajarilishi ustidan nazoratni ma'lum bir idora nomidan yoki shu idora manfaati yo'lida emas, balki davlat nomidan va davlat, jamiyatimiz manfaati yo'lida amalga oshiradi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Amaldagi jinoyat-prosessual qonunchiligimizga ko'ra, tergovchining faoliyati ustidan bevosita nazoratni uning rahbari, shuningdek prokuror amalga oshiradi. Dastlabki tergovga mas'ul shaxs sifatida prokuror tergovchi tomonidan qabul qilinayotgan qarorlarning qonuniy va asosliligini tekshiradi, ular bo'yicha
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(11), November, 2023
tomonlardan kelib tushayotgan shikoyatlarni o'rganadi, zaruratga qarab ushbu prosessual hujjatlarni bekor qiladi. Bundan norozi bo'lgan tergovchi prokurorning qarorlari ustidan yuqori turuvchi prokurorga shikoyat qilish huquqiga ega. Shikoyat bo'yicha esa yakuniy qarorni yana prokuror qabul qiladi, faqat yuqori turuvchisi. Bundan ko'rinadiki, jarayonga uchinchi tomonni jalb etishning imkoni mavjud emas. Prokuror va tergovchi faoliyatining umumiy jihatlari ko'p. Chunki ular umumiy maqsad va vazifalarga ega.
Huquqshunos olimalar Z.F. Inog'omjonova va G.Z. To'laganovalarning fikricha, prokuror jinoyat prosessining eng faol ishtirokchilaridan biri bo'lib, faqat u jinoyat ish yurituvining barcha bosqichlarida, ya'ni jinoyat ishini qo'zg'atish bosqichidan to shaxsga nisbatan chiqarilgan sudning hukmi kuchga kiritilgunga qadar ishtirok etadi [4]. Prokuror barcha jinoyat ishlari ko'rilishiga boshchilik qilib, ishlar bir bosqichdan keyingisiga o'tishida muhim vazifalarni ado etadi. Shu bilan birga, uning protsessual holati ham turli bosqichlarda turlicha ko'rinishga ega bo'ladi. Prokurorning tergovchi bilan o'zaro munosabati, tergovchining mustaqilligiga ta'siri xususida olimlar turlicha fikr-muloxazalarni bildirganlar. Jumladan, G.Z.Tulaganovaning fikricha, tergovchining mustaqilligini yanada mustahkamlash maqsadida uning prokuror bilan birgalikda qamoqqa olish masalasini hal etishda ishtirok etishi shartligi qonunda belgilanishi kerak [5]. Tergovchi ishning holatlari bilan ko'proq tanish bo'lgani uchun aynan mazkur chorani qo'llash lozimligini sudda isbotlashda prokurorga katta yordam beradi.
Prokuror quyidagi vakolatlarini amalga oshirish orqali dastlabki tergov jarayoniga to'g'ridan to'g'ri ta'sir ko'rsata oladi:
- jinoyat ishini surishtiruv organidan tergovchiga, prokuraturaning bir tergovchisidan boshqasiga, jinoyat-prosessual qonunda belgilangan hollarda va tartibda esa bir dastlabki tergov va surishtiruv organidan boshqa dastlabki tergov va surishtiruv organiga o'tkazadi;
- surishtiruvchini yoki tergovchini, agar u ishni tergov qilish chog 'ida qonun buzilishiga yo'l qo'ygan bo'lsa, surishtiruvni yoxud dastlabki tergovni davom ettirishdan chetlatadi;
- ayblov xulosasini yoki ayblov dalolatnomasini yoxud qarorini tasdiqlaydi, ishni sudga yuboradi;
- jinoyat ishlarini surishtiruv va dastlabki tergov organlariga qo'shimcha tergov o'tkazish to'g'risidagi o'z ko'rsatmalari bilan qaytaradi. Prokurorning bu kabi surishtiruv va dastlabki tergov organlariga hamda tergovga qadar tekshiruvni yoki tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlarga tergovga qadar tekshirish
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(11), November, 2023
o'tkazish, ishlarni qo'zg'atish va tergov qilish bilan bog'liq bo'lgan ko'rsatmalari ana shu organlar uchun majburiy hisoblanadi.
Prokurorning ishni sudga qadar yuritish davridagi vakolatlarini kengaytirish tarafdorlari: L.A.Voskobitova [6], N.A.Kolokolov [7], O.S.Kapinuslar [8] tomonidan ta'kidlab o'tilgan. Dastlabki tergovda qonuniylikni va shu bilan birga bu davrda shaxslarning huquq va qonuniy manfaatlarini ta'minlash vazifalaridan kelib chiqib, aynan prokuror dastlabki tergovda qonunlarning bajarilishini ta'minlashi kerak. Uning vakolatlari jinoyat ishi doirasida dalillarni to'plash, tekshirish va baholash jarayoniga, qilmishni malakalashga hamda tergov yakuniga ta'sir ko'rsata oladi. Prokurorning nazorat faoliyati dastlabki tergovdagi qonunbuzilish holatlariga yo'l qo'ymaslik va ularning oldini olishga qaratilgan. Shuning uchun dastlabki tergov organlari faoliyati ustidan prokuror tomonidan olib boriladigan nazoratni tergovchining mustaqilligini cheklovchi omil sifatida tushunmaslik kerak. Boshqacha aytganda, agarda tergovchi jinoyat ishini tergov qilish davomida uni JPKda belgilangan tartibda har tomonlama, to'liq va xolisona amalga oshiradigan bo'lsa, uning tergovchining faoliyatiga prokuror nazoratining ta'siri deyarli sezilmaydi. Tergovchi tomonidan qonun talablariga rioya qilmaslik holatlariga prokuror munosabatini bildiradi.
Prokuror bilan tergovchining vakolatlarini, prosessual imkoniyatlarini solishtirib bo'lmaydi, albatta. Tergovchi jinoyat ishi bo'yicha o'zining pozisiyasini prokurorga o'tkaza olish ehtimoli juda kam. Shuning uchun ham bu borada A.S.Aleksandrovning fikrlariga qo'shilmaslikdan boshqa iloj yo'q. Uning bildirishicha, tergovchi jinoiy ta'qibni amalga oshiruvchi boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari kabi "prokurorning prosessual xizmatchilari" hisoblanadi [9]. M.X.Rustambayev ta'kidlaganidek "... tergovchining mustaqil ekanligini ko'plab olimlar alohida ta'kidlagan bo'lsalarda, u cheklangandir" [10]. Dastlabki tergovda qonuniylik ustidan nazorat qilish prokuror uchun jinoiy ta'qibga rahbarlik qilish vositasi sanaladi. Surishtiruv va dastlabki tergov, tezkor-qidiruv faoliyatida qonunlarga rioya etilishi, shuningdek mazkur faoliyat turlarini amalga oshiruvchi mansabdor shaxslar tomonidan qabul qilinayotgan qarorlarning qonuniyligi, asosliligini nazorat qilish orqali prokuror jinoyat ishi bo'yicha o'zaro hamkorlikda ish olib boruvchi huquqni muhofaza qiluvchi organlarning rahbari hamda ularning faoliyatini muvofiqlashtiruvchi "tashkilotchi" vazifasini bajaradi.
Jinoyat-prosessual qonunchiligimizga ko'ra, tergovchi prokurorning quyidagi ko'rsatmalariga rozi bo'lmasa, o'z e'tirozlarini yozma ravishda bayon qilgan holda ishni yuqori turuvchi prokurorga taqdim etishga haqli:
- shaxsni ishda ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilish haqidagi;
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(11), November, 2023
- jinoyatni tavsif qilish va ayblov hajmi haqidagi;
- qamoqqa olish yoki uy qamog'i tarzidagi ehtiyot chorasini qo'llash uy qamog'i bo'yicha qo'shimcha taqiq (cheklov) belgilash pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to'xtatib turish to'g'risida iltimosnoma qo'zg'atish haqidagi;
- ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish, shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish tarzidagi prosessual majburlov choralarini qo'llash to'g'risidagi;
- amnistiya aktiga asosan jinoyat ishini qo'zg'atishni rad qilish to'g'risida yoki jinoyat ishini tugatish haqida sudga iltimosnoma kiritish to'g'risida prokurorga taqdimnoma kiritish haqidagi ishni sudga yuborish;
- jinoyat ishini tugatish haqidagi, tugallangan ishni qo'shimcha tergovga qaytarish haqidagi.
Ushbu ro'yxatni yanada kengaytirish zarur, deb hisoblaymiz. Tergovchi prosessual majburlov choralarini tanlash, shuningdek ishda ishtirok etishiga monelik tug'diruvchi holatlar aniqlanganda uni rad qilish to'g'risidagi ko'rsatmalar bo'yicha ham yuqori turuvchi prokurorga murojaat qilish imkoniyati berilishi kerak. Prokuror nazoratining obyekti tergovchining faoliyati emas, uning prosessual harakat va qarorlarining qonuniyligi, asosliligi bo'lishi zarur. Tergovchining faoliyati ustidan prokuror nazoratini amalga oshirishning shakl va usullarini takomillashtirib, uning huquq va qonuniy vakolatlarini holatga xolis va mustaqil baho beruvchi sud orqali taminlash imkoniyatlari ham so'nggi yillarda prosessualist olimlar va amaliyot xodimlari o'rtasida faol muhokama qilinmoqda.
Tergovchining prokurorga bo'ysinuv tartibida faoliyat yuritishi tergovchilar uchun jiddiy muammo emas. Ish hajmining ko'pligi, moddiy beqarorlik, berilayotgan topshiriqlarning tartibga solinmaganligi - aynan shu muammolar bugungi kunda tergovchilar faoliyatida hal etilishini kutmoqda. Bundan tashqari, mazkur masalalar tergovchining mustaqilligiga ham daxl qiladi. Shuningdek, JPKning 36-moddasiga ko'ra, tergovchi prokurorning ko'rsatmalariga rozi bo'lmasa, o'z e'tirozlarini yozma ravishda bayon qilgan holda ishni yuqori turuvchi prokurorga taqdim etishga haqli. Bunday hollarda quyi turuvchi prokurorning ko'rsatmasini yuqori turuvchi prokuror o'z qarori bilan yo bekor qiladi yoki ish bo'yicha tergov yuritishni boshqa tergovchiga topshiradi. Biroq, yuqori turuvchi prokuror tomonidan quyi turuvchi prokurorning xatti-harakatlari ustidan berilgan tergovchining shikoyatini ko'rib chiqish natijasi ushbu tergovchi uchun salbiy oqibatlarni keltirib chiqaradi. Yuqori turuvchi prokuror tergovchining shikoyatini qanoatlantirib, quyi turuvchi prokurorning qarori yoki ko'rsatmasini bekor qilgan taqdirda ham tergovchi o'zi uchun "noprofessional" yoki "yetarli kompetentga ega bo'lmagan" deb hisoblagan
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(11), November, 2023
yana o'sha prokurorning nazorati ostida dastlabki tergovni davom ettiradi. Prokurorning vakolatlari keng bo'lib, u tergovchining ish yurituvida bo'lgan jinoyat ishi doirasida o'zining fikrlarini o'tkaza oladi va oxir oqibatda jinoyat ishining yakuniy taqdiri prokurorga bog'liq bo'lib qoladi.
Jinoyat prosessi ishtirokchilari tomonidan berilgan har qanday shikoyat, mazkur jinoyat ishining natijasidan manfaatdor bo'lmagan, shu bilan birga, ushbu shikoyatni hal qilish vakolatiga ega bo'lgan davlat organlariga berilgandagina kutilgan natijaga erishish samaradorligi yuqori bo'ladi. Shikoyat sud tomonidan ko'rib chiqilib, uning natijasiga ko'ra surishtiruvchi, tergovchi yoki prokurorning harakatlari (harakatsizligi) yoki qabul qilgan prosessual hujjati asossiz (g'ayriqonuniy) deb topilganida, sud uni bekor qilish bilan cheklanib qolmasdan, ushbu mansabdor shaxsga nisbatan majburiy tartibda tegishli chora ko'rish yuzasidan taqdimnoma kiritishi lozim.
Tergovchining mustaqilligi buzilishiga ba'zida ularning o'zlari ham sababchi bo'lishadi. Jinoyat ishi doirasida aniqlangan holatlar yuzasidan o'zlarining qat'iy ichki ishonchlari mavjud bo'lmaganligi sababli ular prokurorning yoki tergov bo'limi boshlig'ining og'zaki buyruqlariga so'zsiz rioya qilishadi. Bu esa mazkur toifa tergovchilarning birorta mas'uliyatli qaror qabul qilishidan oldin yuqoridagi mansabdor shaxslar bilan mastlahatlashish kabi norasmiy amaliyotning shakllanishiga olib keladi.
Prokuror dastlabki tergov, davlat aybloviga mas'ul shaxs sifatida ayblov xulosasini tasdiqlab beradi. JPKning 25-moddasiga ko'ra, birinchi instansiya sudida ish yuritish faqat ayblov xulosasi yoki ayblov dalolatnomasi yoxud tibbiy yo'sindagi majburlov choralarini qo'llash uchun ishni sudga yuborish to'g'risidagi qaror mavjud bo'lganda boshlanadi. Demak, jinoyat ishi sudda ko'rilishi uchun albatta prokurorning roziligi talab etiladi. Chunki sudda davlat ayblovini qo'llab-quvvatlovchi mansabdor shaxs sifatida prokuror qatnashadi. Butun dunyo tergov amaliyotida shunday tartib shakllangan. B.Salomov fikricha, jinoyat ishi bo'yicha dastlabki tergovni amalga oshirgan yoki tergov qilmagan bo'lsada, ayblov xulosasini tasdiqlagan prokuratura organi vakilining sudga davlat ayblovini qo'llashi xolislik tamoyiliga zid bo'lib, sud jarayonida taraflar tengligi va tortishuv prinsiplarini amalda ta'minlanishiga xizmat qilmaydi. Davlat ayblovini qo'llaydigan prokuratura organi vakili o'zi tergov qilgan yoki ayblov xulosasini tasdiqlagan jinoyat ishi yakunidan manfaatdor bo'lganligi bois, garchi sud jarayonida dastlabki tergov harakatlarini o'tkazishda prosessual qonunchilik talabalari buzilganligi yoki ayblanuvchining aybi tasdiqlanmaganligi aniqlangan taqdirda ham jinoyat ish bo'yicha ayblov hukmi chiqarilishiga harakat qiladi. Prokuraturaning jinoyat ishlarini
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(11), November, 2023
tergov qilish va jinoyat ish yakunlari bo'yicha tuziladigan barcha ayblov xulosalarini tasdiqlash vakolatini bekor qilish va ushbu vakolatlarni mustaqil faoliyat ko'rsatuvchi Tergov departamenti yoki komitetiga berish lozim [11]. Jinoyat ishlari ko 'rilayotgan sud prosesslarida, odatda, prokuror ayblov xulosasini o'qib, sud tergovini boshlab beradiyu, chiqib ketadi. Sud jarayonida nimalar bo'lyapti, tergovda to'plangan dalillarning qaysilari tasdiqlanayapti, qaysilari tasdiqlanmayapti, bunga e'tibor ham bermaydi [12].
Bu, birinchi navbatda, fuqarolarning prokuratura organlariga bo'lgan ishonchini so'ndiradi. Sud jarayoni nihoyasiga yetib, oxirgi muzokaraga navbat kelganida esa, prokuror, kutilmaganda, ayblanuvchiga tegishli modda bilan mana buncha muddat so'rayman deb hammani hayratda qoldiradi. Chunki, viloyat, shahar, tuman prokurori yoki ularning o'rinbosarlari ayblov xulosasini tasdiqlab turgandan keyin prokurorlar undan chetga chiqolmaydi xohlagan taqdirda ham.
Ayblov xulosasi prokuror tomonidan tasdiqlab qo'yilgan bo'lsa sudda ishtirok etayotgan yordamchi prokuror unga o'zining muqobil fikrini bera olmaydi. Shularni inobatga olgan holda, ayblov xulosalarni tasdiqlashni prokurorlarning vakolatidan olib tashlash masalasi ham bugungi kunda muhokamalarga sabab bo'lmoqda.
Dastlabki tergovdagi sud nazorati nafaqat jinoyat prosessi ishtirokchilarining huquq va erkinliklari to'la ta'minlanishini nazorat qiladi, balki isbotlash prosessining qonuniy va asosli bo'lishini kafolatlaydi [13]. Dastlabki tergovda sud nazorati odil sudlovga xizmat qiladi, sud hokimiyati qarorlarining qonuniy, asosli va adolatli bo'lishiga zamin yaratadi.
O'zbekiston Respublikasi jinoyat-prosessual qonunchiligida belgilangan tartibga ko'ra ishni sudga qadar yuritishda dastlabki tergovning quyidagi holatlarida sud nazorati bilan bog'liq harakatlar amalga oshiriladi. Bular quyidagilar:
- qamoqqa olish yoki uy qamog'i tarzidagi ehtiyot chorasini qo'llash yoxud qamoqda saqlash yoki uy qamog'i muddatini uzaytirish masalalari bilan bog'liq iltimosnoma, shikoyat va protestni ehtiyot chorasini qo'llash to'g'risida ajrim chiqargan sudni albatta xabardor qilgan holda ko'rib chiqish;
- pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to'xtatib turish to'g'risidagi iltimosnomani ko'rib chiqish;
- ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish to'g'risidagi;
- shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish haqidagi yoki ayblanuvchining tibbiy muassasada bo'lishi muddatini uzaytirish to'g'risidagi;
- murdani eksgumasiya qilish haqidagi;
- pochta-telegraf jo'natmalarini xatlash to'g'risidagi iltimosnomalarni ko'rib chiqish;
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(11), November, 2023
- olib qo'yish va tintuv o'tkazish haqidagi;
- telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan so'zlashuvlarni eshitib turish, ular orqali uzatiladigan axborotni olish;
- prokurorning amnistiya aktiga asosan jinoyat ishini qo'zg'atishni rad qilish to'g'risidagi yoki jinoyat ishini tugatish haqidagi yoxud mahkumni jazodan ozod qilish to'g'risidagi iltimosnomasini ko'rib chiqish. Lekin jinoyat ishlarini qo'zg'atish yoki rad etish yoxud ayrim tergov harakatlarini amalga oshirishda ularning qonuniyligini ta'minlash masalalari faqat prokuror nazorati bilan chegaralanib, sud nazorati deyarli amalda mavjud emas.
Dastlabki tergov ustidan sud nazoratining kengayishi odil sudlovning amalga oshirilishiga o'zining salbiy ta'sirini ko'rsatishi ham mumkin. Bunday holatda sudyaning keng vakolatlarga ega bo'lishi sudning nafaqat dastlabki tergovning qonuniyligi ustidan nazoratni amalga oshirishiga, balki doimiy nazoratning amalga oshirishga va amalda tergovni boshqarishiga olib kelishi mumkin. Ushbu qoida tergovchining prosessual mustaqilligiga ham salbiy ta'sir ko'rsatadi, chunki u jinoyat ishlari bo'yicha o'z qarorlari va harakatlarini amalga oshirishda sudning qaroriga bog'lanib qoladi. Qiziq jihati, amaldagi jinoyat-prosessual qonunchiligimiz bo'yicha dastlabki tergov organi, tergovchilarning bir qator prosessual harakatlarini nazorat qiluvchi sudyaning o'zi keyinchalik sud muhokamasida o'sha jinoyat ishini mazmunan ko'rib chiqib, hal etadi. Bu esa sudda qatnashayotgan jinoyat ishi yurituvi ishtirokchilari o'rtasida sudyaning xolisligi borasida savollar paydo bo'lishi mumkin.
Prosessualist olim G'.M.Shodievga ko'ra, sud nazorati - jinoyat prosessida shaxsning sud himoyasida bo'lish konstitusiyaviy huquqini ta'minlash hamda prosess ishtirokchilari va fuqarolarning huquqlarini himoya qilishga qaratilgan, ishni sudga qadar yuritish uchun vakolatli mansabdor shaxslarning iltimosnomalari va manfaatdor shaxslarning shikoyatlarini sud tomonidan ishni sudga qadar yuritish jarayonida ko'rib chiqilishi va hal qilinishi orqali qonunan belgilangan prosessual shaklda amalga oshiriladigan faoliyatdir [14]. Boshqa bir olim B.Mo'minov esa ishni sudga qadar yuritishda dastlabki tergovning quyidagi holatlarida sud nazorati bilan bog'liq harakatlar amalga oshiriladi [15]:
- sudning vakolatlariga: qamoqqa olish yoki uy qamog'i tarzidagi ehtiyot chorasini qo'llash yoxud qamoqda saqlash yoki uy qamog'i muddatini uzaytirish masalalari bilan bog'liq iltimosnoma, shikoyat va protestni ehtiyot chorasini qo'llash to'g'risida ajrim chiqargan sudni albatta xabardor qilgan holda ko'rib chiqish;
- pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to'xtatib turish to'g'risidagi iltimosnomani ko'rib chiqish;
- ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish to'g'risidagi;
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(11), November, 2023
- shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish haqidagi yoki ayblanuvchining tibbiy muassasada bo'lishi muddatini uzaytirish to'g'risidagi;
- murdani eksgumasiya qilish haqidagi;
- pochta-telegraf jo'natmalarini xatlash to'g'risidagi iltimosnomalarni ko'rib chiqish;
- olib qo'yish va tintuv o'tkazish haqidagi;
- telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan so'zlashuvlarni eshitib turish, ular orqali uzatiladigan axborotni olish;
- prokurorning amnistiya aktiga asosan jinoyat ishini qo'zg'atishni rad qilish to'g'risidagi yoki jinoyat ishini tugatish haqidagi yoxud mahkumni jazodan ozod qilish to'g'risidagi iltimosnomasini ko'rib chiqish.
Jinoyat prosessual qonunchiligidagi tergovchining faoliyati ustidan sud nazorati amalda ish yuritish jarayonini ma'lum darajada murakkablashtirdi, tergovchining mustaqilligini cheklovchi yana bir tartib paydo bo'ldi, shu bilan birga tergovning samaradorligini va ishtirokchilar huquqlarini ta'minlash maqsad qilingan bo'lsada, ushbu ikki vazifani parallel ravishda ta'minlashda qiyinchiliklar yuzaga kelmoqda. Sudlarda dastlabki tergov jarayonini nazorat qilish bo'yicha prokurordagi kabi vakolatlar yetarli emas, ularni bu borada solishtirib bo'lmaydi. Masalan, qamoqqa olish ehtiyot chorasini qo'llash tartibini olaylik. Uni qo'llashning sudlar ixtiyoriga o'tkazilishi sudlarni shaxsni hisbga olib, unga jazoni ham tayinlovchi markazlashgan organga aylantirib qo'yadi.
Sud gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchiga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo'llash to'g'risidagi iltimosnomani qanoatlantiradigan bo'lsa, keyinchalik mazkur ish sudga oshirilgach, uni aybsiz deb topib, oqlov hukmi chiqarishi o'zining oldinga xatti-harakatiga zid bo'ladi. Bu esa sudning o'zi qo'llagan ehtiyot chorasi xato tanlanganli yuridik jihatdan xato bo'lganini anglatadi. Aslida shaxsning erkinlik va daxlsizlik huquqi buzilishiga olib kelgan mazkur xarakatlar uchun javobgarlik belgilanishi kerak. Afsuski, sud-tergov amaliyotida bu masala baxs-munozaralarga sabab bo'lmayapti.
Tergov amaliyotida murdani eksgumasiya qilish yoki pochta-telegraf jo'natmalarini xatlash bo'yicha sudga yuboriladigan iltimosnomalarning deyarli barchasi sudlar tomonidan qanoatlantirilmoqda, rad etish holatlari juda kam. Tergovchi ham ushbu tergov harakatlarini o'tkazishga zarurat bo'lgandagina iltimosnomalarni qo'zg'atmoqdalar va tabiiyki, sudlar ularni o'tkazishga ruxsat berishmoqda. Boshqacha aytganda, tergov harakatlarini o'tkazish uchun sudda ruxsat olish tartibi shunchaki rasmiyatchilik, formal xarakterga ega. Bundan kelib chiqadiki, bu masalada sud nazorati samara bermoqda, deb aytib bo'lmaydi. Tergovchining
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(11), November, 2023
ortiqcha vaqt, kuch va resurs sarflanishiga olib kelmoqda. Qiziq jihati, mazkur harakatlar prokuror nazoratidan olinib sud nazoratiga o'tkazigani bilan baribir prokurorning kuchli ta'siri saqlanib qolmoqda. Chunki mazkur tergov harakatlarini o'tkazish uchun sudga yuboriladigan iltimosnomalarni oldin prokuror tasdiqlab berishi kerak. Agarda prokuror iltimonomaga qo'shilmasa, ish materiallari sudgacha yetib bormaydi.
V. M. Bikov mazkur jinoyat-prosessual shaklning ijobiy jihatlari bilan birga salbiy jihatlariga to'xtalgan va amaldagi tartibni "xizmat vaqtini behuda sarflash" deya ta'riflagan [16]. V.A.Semensov fikricha, fuqarolarning huquq va erkinliklariga daxl qiluvchi tergov harakatlarini amalga oshirish uchun sudning ruxsatini olish zarur, bunda tergovning ustidan nazoratni amalga oshiruvchi mansabdor shaxs (prokuror)ning roziligi olinmasligi kerak. Mazkur tartib ortiqcha bo'lib, prokurordan ruxsat olmasdan turib sudga murojaat qilish jinoyat ishi uchun jiddiy oqibatlarni keltirib chiqarmaydi. Bundan tashqari, ikki tomonlama nazoratning o 'rnatilishi ish yuritish tartibini murakkablashtiradi, xolos [17]. Ammo, olimlarning mazkur fikrlariga qo'shilib bo'lmaydi.
JPKning 35 va 344-moddalariga asosan, jinoyat ishi bo'yicha dastlabki tergovni prokuratura, ichki ishlar organlari va milliy xavfsizlik xizmati tergovchilari olib boradi. Ilgari ta'kidlaganidek, mazmuniga ko'ra yagona bo'lgan dastlabki tergov faoliyatining uch davlat organida amalga oshirilishi, o'z-o'zidan, hatto yuzaki nazar tashlaganda ham, shaklan bir xil, mazmunan boshqa-boshqa tarzda tergov o'tkazilishini keltirib chiqaradi. Bunda IIV, DXX va prokuratura tergovchilarining ish faoliyatini boshqarish ustidan idoraviy kontrol ham o'zgacha tarzda kechadi, prokuratura organlarida esa prokuror ham kontrolni, ham nazoratni amalga oshiradi. Lekin bu uch organga bo'lingan tergovning muammolarini hal etilishiga xizmat qilmaydi. Bu muammoni bartaraf etish maqsadida yagona tergov organi tashkil etilishi va u tergov qo'mitasi shaklida alohida davlat organi sifatida faoliyat yuritishi to'g'risida mamlakatimiz olimlari va xorij mutaxassislari tomonidan yillar davomida fikrlar bildirilib, bu masala bahs-munozaralarga sabab bo'lgan.
Yuridik jurnallar sahifalarida, ilmiy anjumanlarda va davriy matbuotdagi chiqishlarda dastlabki tergovni qayta tashkil etish va sifatini tubdan yaxshilash yo'llari bo'yicha ko'plab qiziqarli takliflar bildirilmoqda. Tergovchining haqiqiy prosessual mustaqilligini va uning prokurordan mustaqilligini ta'minlaydigan dastlabki tergovni tashkil etish muammosiga asosiy o'rin beriladi. Bizga jinoiy prosessi ishtirokchilari bajaradigan funksiyalarni qat'iy belgilab beradigan islohot kerak va shu munosabat bilan muammoni hal qilishning o'z yo'li taklif etiladi:
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(11), November, 2023
- prokuror faqat nazorat qilish funksiyasini bajaradi, agar prokuror tergovchining fikriga rozi bo'lmasa, u protest keltirishi (tergov boshqarmasi yoki tergov bo'limiga), rad etilgan taqdirda esa sudga murojaat qilishi;
- tergov boshqarmasi, bo'limi boshlig'i tergovchining prosessual funksiyalariga aralashmasdan, tergovni tashkil etish va samarali amalga oshirish uchun umumiy rahbarlik qilishi;
- sud tergovchi va prokuror o'rtasidagi kelishmovchiliklarni hal qilishi maqsadga muvofiq, deb hisoblaymiz.
REFERENCES
1. Уланов В.В. Самостоятельность и независимость следователя при осуществлении процессуальных полномочий в уголовном судопроизводстве. https://cyberleninka.ru/article/n7samostoyatelnost-i-nezavisimost-sledovatelya-pri-osuschestvlenii-protsessualnyh-polnomochiy-v-ugolovnom-sudoproizvodstve
2. Мкртчян В.Г. Процессуальнаясамостоятельность следователя. Право: история, теория, практика: материалы III Междунар. науч. конф. (г.Санкт-Петербург, июль 2015 г.). - СПб.: Свое издательство, 2015. - iv, 144 с. https: //moluch.ru/conf/law/archive/142/8441/
3. Смирнов А. В. Современные проблемы следственной власти в России. https://center-bereg.ru/i1535.html
4. Иногомжонова З.Ф., Тулаганова Г.З. Жиноят процесси иштирокчилари. Укув кулланма. - Т.: ТДЮУ. 2006. - Б. 45.
5. Тулаганова Г.З. Дастлабки тергов боскичида шахс хукукларини таъминлаш масалалари: Монография. -Т.: ТДЮУ, 2021. -20б.
6. Воскобитова Л.А. Обвинение или обвинительный уклон?. // Актуальные проблемы российского права. - 2014. - № 3. - C. 455-462. http://nbpublish.com/library read article.php?id=-27929
7. Колоколов Н.А. «Великое противостояние»: следователь vs прокурор // Вестник Московского университета МВД России. 2014. №10. URL: https://cyberleninka.ru/article/n7velikoe-protivostoyanie-sledovatel-vs-prokuror.
8. Капинус О. С. К вопросу о процессуальном положении прокурора в уголовном судопроизводстве. «Прокурор», 2013, N 2. https://center-bereg.ru/i 319.html
9. Александров А.С. Каким не быть предварительному следствию // Государство и право. https://www.lawmix.ru/comm/1096
10. Рустамбаев М.Х., Никифорова Е.Н. Хукукни мухофаза килиш органлари. -Т.: ТДЮИ, 2005. - 363б.
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(11), November, 2023
11. Саломов Б. Узбекистонда адвокатура: жорий холати ва ривожланиш
https: //info .undp. org/docs/pdc/Do cuments/UZB
12. https: //advokatnews .uz/xabar/ 1138.html
13. Рябинина Т.К. Стадия назначения судебного заседания в свете уголовно-процессуального закона: проблемы теории и практики, пути их решения. // Российский судья -№ 7. 2004. -Б. 6.; Рябинина Т.К. Производства по уголовному делу в суде до судебного разбирательства. Автореф. дисс. ... канд. юрид. наук. -Воронеж.: 2005. -23 б.
14. Шодиев F.M. Жиноят ишларини судга кадар юритиш боскичида суд назоратининг объекти сифатида шахснинг хукук ва эркинликларини чекловчи тергов харакатлари // Суд-хукук ислохотлари: хозирги холати ва такомиллаштириш истикболлари. Илмий-амалий конференция материаллари. -Тошкент: ТДЮИ, 2007. - Б. 132.
15. Муминов.Б.А "Жиноят ишларини судга кадар юритиш устидан суд назорати" Юридик фанлар доктори (Doctor of Science) диссертацияси автореферати.18 б.
16. Быков В. М. Актуальные проблемы уголовного судопроизводства. С. 208. http ://cj. bgu.ru/reader/article.aspx?id=20344
17. Семенцов В.А. Процессуальная самостоятельность следователя и процессуальное руководство // Актуальные проблемы применения норм уголовно-процессуального права при расследовании преступлений: сб. науч. ст. междунар. науч.-практ. конф. Института повышения квалификации Следственного комитета России. М.: Буки-Веди, 2012. С. 360-364
истикболлари (тахлилий маълумот).
Т.:2020.
-63б.