Научная статья на тему 'JINOYAT PROTSESSIDA HIMOYA INSTITUTINING NAZARIY ASOSLARI'

JINOYAT PROTSESSIDA HIMOYA INSTITUTINING NAZARIY ASOSLARI Текст научной статьи по специальности «Право»

25
19
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Область наук
Ключевые слова
Jinoyat protsessi ishtirokchilarining huquq va majburiyatlari / jinoyat protsessida himoya funksiyasi / himoyachi / advokat / himoyalanish huquqi / jinoiy ta'qib / qonuniy vakil / jinoiy javobgarlikni yengillashtiruvchi holatlar / aybsizlik prezumptsiyasi. / Права и обязанности участников уголовного процесса / функция защиты в уголовном процессе / защитник / адвокат / право на защиту / уголовное преследование / законный представитель / смягчающие обстоятельства / презумпция невиновности

Аннотация научной статьи по праву, автор научной работы — Otabek Ganiyjon O’g’li Xaitbayev

Sud-tergov amaliyotini tahlil qilish natijalari jinoyat protsessida shaxsning huquq va erkinliklarini himoya qilish kafolatlarini ta'minlash bo‘yicha mexanizmlar to‘liq ishga solinmaganligidan, shuningdek, qonunchilikda jinoyat ishlarini tergov qilish bo‘yicha huquqni muhofaza qiluvchi organlarning vakolatlarini aniq belgilash bilan bog‘liq bo‘shliqlar mavjudligini ko‘rsatmoqda. Mazkur tezisda aynan himoyachining haqhuquqlarini ta'minlash bilan bog’liq nazariy masalalar tahlil qilingan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Результаты анализа практики судебного расследования показывают, что механизмы обеспечения защиты прав и свобод человека в уголовном судопроизводстве используются не в полной мере, а также имеются пробелы в законодательстве, связанные с четким определением понятия полномочия правоохранительных органов по расследованию уголовных дел. В данной дипломной работе анализируются теоретические вопросы, связанные с обеспечением прав защитника

Текст научной работы на тему «JINOYAT PROTSESSIDA HIMOYA INSTITUTINING NAZARIY ASOSLARI»

JINOYAT PROTSESSIDA HIMOYA INSTITUTINING NAZARIY ASOSLARI

Otabek Ganiyjon o'g'li Xaitbayev

O'zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi "Tergov faoliyati" yo'nalishi magistratura tinglovchisi E-mail: [email protected]

ANNOTATSIYA.

Sud-tergov amaliyotini tahlil qilish natijalari jinoyat protsessida shaxsning huquq va erkinliklarini himoya qilish kafolatlarini ta'minlash bo'yicha mexanizmlar to'liq ishga solinmaganligidan, shuningdek, qonunchilikda jinoyat ishlarini tergov qilish bo'yicha huquqni muhofaza qiluvchi organlarning vakolatlarini aniq belgilash bilan bog'liq bo'shliqlar mavjudligini ko'rsatmoqda. Mazkur tezisda aynan himoyachining haq-huquqlarini ta'minlash bilan bog'liq nazariy masalalar tahlil qilingan.

Kalit so'zlar: Jinoyat protsessi ishtirokchilarining huquq va majburiyatlari, jinoyat protsessida himoya funksiyasi, himoyachi, advokat, himoyalanish huquqi, jinoiy ta'qib, qonuniy vakil, jinoiy javobgarlikni yengillashtiruvchi holatlar, aybsizlik prezumptsiyasi.

АННОТАЦИЯ.

Результаты анализа практики судебного расследования показывают, что механизмы обеспечения защиты прав и свобод человека в уголовном судопроизводстве используются не в полной мере, а также имеются пробелы в законодательстве, связанные с четким определением понятия полномочия правоохранительных органов по расследованию уголовных дел. В данной дипломной работе анализируются теоретические вопросы, связанные с обеспечением прав защитника.

Ключевые слова: Права и обязанности участников уголовного процесса, функция защиты в уголовном процессе, защитник, адвокат, право на защиту, уголовное преследование, законный представитель, смягчающие обстоятельства, презумпция невиновности.

ANNOTATION

The results of the analysis of the judicial investigation practice show that the mechanisms for ensuring the protection of the rights and freedoms of the person in the criminal proceedings are not fully used, as well as there are gaps in the legislation related to the clear definition of the powers of law enforcement agencies for the

926

April 24, 2024

National University of Uzbekistan Current Issues and Modern Trends of Social and Humanitarian Sciences

Национальный университет Узбекистана Современные тенденции и актуальные вопросы социально-гуманитарных наук

^'zbekiston^iiiiyumverMteji^^^^^^^^^^^itmoiy-gumanitBrfn™

investigation of criminal cases. In this thesis, the theoretical issues related to ensuring the rights of the defender are analyzed.

Keywords: Rights and obligations of participants in criminal proceedings, defense function in criminal proceedings, defender, lawyer, right to defense, criminal prosecution, legal representative, mitigating circumstances, presumption of innocence.

Ma'lumki, jamiyat va davlatning himoya huquqiga nisbatan munosabatini ushbu jamiyatdagi demokratiya, insoniylik va qonuniylik darajalari belgilab beradi. Davlat jamiyat manfaatlaridan kelib chiqqan holda shaxsning huquq va erkinliklarini chegaralaydi, hattoki ayrim huquqlaridan mahrum etadi. Biroq davlat shaxsning ayblovdan himoyalanish huquqini ta'minlab berishga mas'uldir.

O'zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasining yillar kesimidagi ish faoliyati to'g'risidagi statistik ma'lumotlari tahlil qilinganida, jinoyat protsessida advokatlarning sa'y harakatlari bilan reabilitatsiya etilgan jinoyat ishlari 2020 yilda 781 tani, 2021 yilda 932 tani, 2022 yilda esa 1010 tani, 2023 yilda 1244 tani tashkil etganini ko'rish mumkin. Bu esa yil sayin mamlakatimizda huquq-tartibot idoralari tomonidan inson manfaatlarining har narsadan ustun qo'yilayotganligini yana bir bor isbotlamoqda.

Jinoyat-protsessual funksiya tushunchasi jinoyat-protsessual huquq nazariyasida yetarli tarzda tadqiq etilgan bo'lib, shunga muvofiq, jinoyat- protsessual funksiya - jinoyat protsessi normalarini amalga oshirish yuzasidan jinoyat protsessining tegishli subyektlari tomonidan huquqiy munosabatlarda qo'llaniladigan jinoyat-protsessual faoliyat yo'nalishi sifatida ko'riladi hamda funksiyaning amal qilishi jinoyat-protsessual faoliyat ishtirokchilarining huquq va majburiyatlari amalga oshishida namoyon bo'ladi.

Jinoyat protsessida gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi ayblovdan himoyalanish nuqtai nazaridan o'z manfaatlarini himoya qilish huquqiga ega bo'lgan asosiy ishtirokchilar hisoblanadi.

Himoyachi, advokat - gumon qilinuvchi, ayblanuvchi (boshqa protsess ishtirokchilarini) huquq va manfaatlarini jinoyat protsessual kafolatlovchi, ularga jinoyat ishini ko'rish jarayonida yuridik yordam beruvchi shaxsdir.

Himoyachining ishda ishtirok etishiga jinoyat protsessining har qanday bosqichida, shaxs ushlanganida esa uning harakatlanish erkinligiga bo'lgan huquqi amalda cheklangan paytdan boshlab ruxsat etiladi.

Himoya funksiyasi mohiyati yuzasidan bir qator olimlar ham o'z fikrlarini bildirgan bo'lib, xususan, rossiyalik I.A.Pikalovning fikricha himoya funksiyasi - jinoiy javobgarlikka tortish masalasi hal etilayotgan shaxslarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan faoliyatni o'zida aks ettiradi[1]. Fikrimizcha, I.A.Pikalovning ushbu ta'rifi himoya funksiyasi mohiyatini tor ma'noda tushunishga olib keladi. Shu sababli ham, N.A.Dmitriyeva himoya funksiyasining mohiyatini kengroq ma'noda ifodalashga harakat qiladi. Uning fikricha, himoya funksiyasi jinoyat protsessining faoliyat yo'nalishi sifatida ikki elementdan tarkib topgan:

April 24, 2024

927

1. Himoyachining gumon qilinuvchi va ayblanuvchining huquq va qonuniy manfaatlarini amalga oshirish bo'yicha faoliyati.

2. Himoyachining gumon qilinuvchi va ayblanuvchining javobgarligini yengillashtiruvchi yoki oqlovchi holatlar to'g'risidagi ma'lumotlarni to'plash va ularni surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sudga taqdim etishga qaratilgan jinoyat ishlari bo'yicha isbot qilishda ishtirok etish bilan bog'liq faoliyati[2]. N.A.Dmitriyevaning ushbu fikri himoyachi faoliyatini umumlashtirishdan kelib chiqqan holda himoya funksiyasi mohiyatini tushunishga imkon beradi.

Shu o'rinda aytish mumkinki, himoya funksiyasi jinoyat protsessining ayblov va ishni hal etish funksiyalari bilan bevosita bog'liqlikda amal qiladi. Ya'ni ayblov (jinoiy ta'qib)ga qarama-qarshi bo'lgan himoya funksiyasi o'z mazmuniga ko'ra, surishtiruvchi, tergovchi va prokurorning protsessual harakatlari va qarorlarini rad etish, ularga qarama-qarshi bo'lgan xulosa, taklif hamda yengillashtiruvchi baho berish hamda ishni hal etish funksiyasini bajaruvchi sudga ushbu hujjatlar ustidan shikoyat qilish xususiyatiga ega hisoblanadi. Shuningdek, ishni sudga qadar yuritishda yarashuv to'g'risida ariza mavjud bo'lganda gumon qilinuvchi va ayblanuvchiga ularning huquq va manfaatlarini tushuntirish, aybga iqrorlik to'g'risida kelishuv tuzish uchun iltimosnoma kiritish, amnistiya aktini qo'llash to'g'risida ariza berishda ham himoya funksiyasi amal qiladi.

Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqqan holda biz ishni sudga qadar yuritishda himoya funksiyasining amal qilishini quyidagi bosqichlarga bo'lib tasniflashni taklif etamiz:

Tergovga qadar tekshiruvda himoya funksiyasi - tergovga qadar tekshiruv harakatlari o'ziga nisbatan olib borilayotgan shaxsning huquq va manfaatlarini himoya qilishdan iborat bosqich. Mazkur bosqich o'zida himoyachining tergovga qadar tekshiruv harakatlariga taklif etilishini, uning ishtiroki mohiyatini belgilaydi. Tergovga qadar tekshiruv harakatlariga himoyachini taklif etishning ahamiyati shundaki, bugungi kundagi sud-tergov amaliyotiga muvofiq, jinoyat yuz berganligi yuzasidan xabar kelib tushishi va ro'yhatdan o'tkazilishi munosabati bilan huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari tomonidan holatni aniqlashtirish maqsadida qo'shimcha hujjatlar va tushuntirishlar talab qilib olish hamda shaxsni ushlab turish, shaxsiy tintuv va olib qo'yish, hodisa sodir bo'lgan joyni ko'zdan kechirish, ekspertiza o'tkazish, taftish tayinlash, tezkor- qidiruv tadbirlarini o'tkazish va ushbu jarayonda muayyan shaxslarning mazkur harakatlarga jalb etilishi kuzatiladi, biroq ushbu shaxslarning protsessual maqomi JPKda belgilanmaganligi sababli, ularning himoyalanish huquqi ham qonuniy tartibga solinmagan. Ammo shuni ta'kidlash o'rinliki, juda ko'p holatlarda aynan tergovga qadar tekshiruv harakatlarida himoyachining huquqiy yordamiga ko'proq ehtiyoj seziladi, shaxslar huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari qarshisida o'zini yo'qotib qo'yishi, qo'rqishi yoki huquqlarini to'laqonli bilmasliklari natijasida o'zlarining huquq va qonuniy manfaatlariga zid bo'lgan harakatlarni amalga oshirishi, ko'rsatmalar berishi kabi holatlarga yo'l qo'yilishi kuzatiladi.

Shu o'rinda himoya tushunchasining mohiyatiga to'xtalib o'tib, shuni aytish

April 24, 2024

928

mumkinki, himoya - har bir shaxsning himoyaga bo'lgan konstitutsiyaviy huquqlari kafolatidir. Biroq amaldagi JPKda himoya tushunchasiga ta'rif berib o'tilmagan. Garchi O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining "Gumon qilinuvchi va ayblanuvchini himoya huquqi bilan ta'minlashga oid qonunlarni qo'llash bo'yicha sud amaliyoti to'g'risida"gi 2003 yil 19 dekabrdagi 17-sonli qarorida gumon qilinuvchi va ayblanuvchining himoya huquqi deyilganda - vujudga kelgan gumon hamda qo'yilgan ayblovni rad etish yoki javobgarlik va jazoni yumshatish uchun unga qonun tarafidan berilgan protsessual imkoniyatlar yig'indisi tushunilishi belgilangan bo'lsada, biroq ushbu ta'rif ham himoya tushunchasining mohiyatini to'laqonli ochib bera olmaydi. Shu sababli aytish mumkinki, himoya tushunchasining butun mazmunini o'zida aks ettiruvchi norma nafaqat JPKda, balki jinoyat-protsessual qonunchilikda mavjud emas.

Advokat tushunchasi himoyachi tushunchasiga nisbatan kengroq ma'noga ega bo'lib, O'zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksiga muvofiq, advokat quyidagi toifadagi jinoyat protsessi ishtirokchilariga malakali yuridik yordam ko'rsatadi, bular:

1) gumon qilinuvchi, ayblanuvchi va sudlanuvchiga - himoyachi sifatida;

2) jabrlanuvchi, fuqaroviy da'vogar va fuqaroviy javobgarga - vakil sifatida:

3) voyaga yetmagan yoxud belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz deb e'tirof etilgan gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi yoki jabrlanuvchiga - qonuniy vakil sifatida;

4) guvohga - advokat sifatida[3 ].

Aytish mumkinki, advokatning himoyachi sifatidagi jinoyat protsessidagi ishtirokining asosiy maqsadi - himoyasi ostidagi shaxsni oqlash yoki uning javobgarligi va jazo chorasini yengillashtirishdan iboratdir. Himoya tushunchasiga Jinoyat-protsessual kodeksda ta'rif berib o'tilmaganligi esa Kodeksning 23-moddasi mazmunini anglashda va himoyachi faoliyatining mohiyatini tahlil etishda tushunmovchiliklarni keltirib chiqarishi mumkin. Mazkur modda mazmunidan kelib chiqib aytish mumkinki, ayblanuvchi o'z aybsizligini isbotlashi mumkin, biroq bu - uning huquqi, majburiyati emas. Isbot qilish majburiyati dastlabki tergovda tergovchining, sudda esa davlat ayblovchisining majburiyati hisoblanadi[4]. Himoyachi faoliyatining mohiyatiga va aybsizlik prezumptsiyasi mazmuniga aniqlik kiritish maqsadida himoya tushunchasiga JPKda ta'rif berib o'tilishi maqsadga muvofiqdir.

Yuqorida keltirilgan tahlil va fikrlardan kelib chiqqan holda himoya tushunchasiga quyidagi mualliflik ta'rifini berishni taklif etamiz:

Himoya - yuzaga kelgan gumon, e'lon qilingan ayblovni rad etish yoki javobgarlikni yengillashtirish maqsadida himoya tarafi tomonidan gumonni yuzaga keltiruvchi holatlarga e'tiborni qaratish, jinoyat sodir etilganligiga oid ma'lumotlar, jinoyat ishini qo'zg'atish uchun asos bo'lgan holatlar asosliligini tekshirish, dalillar to'plash va taqdim etish asosida isbot qilishni amalga oshirish, tergovga qadar tekshiruv organi mansabdor shaxsi, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sudning harakatlari (harakatsizligi) va qarorlari

April 24, 2024

929

ustidan shikoyat berishdan iborat bo'lgan, o'ziga nisbatan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilayotgan shaxs, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi yoki mahkumning huquq va manfaatlarini ifodalash hamda ularning noqonuniy ravishda buzilgan huquqlarini tiklashga qaratilgan protsessual faoliyatdir.

Jinoyat-protsessual qonunchilikni tahlil etish natijasida himoyani ixtiyoriy va zaruriy himoyaga ajratishimiz mumkin. Ixtiyoriy himoya tushunchasi o'zida shaxslarning himoyalanishga bo'lgan konstitutsiyaviy huquqlaridan foydalanish erkinligini aks ettirsa, zaruriy himoya esa, o'z- o'zini himoya qilishga jismoniy, aqliy yoki moliyaviy jihatdan imkoniyati cheklangan shaxslarning himoya huquqi ta'minlanishini o'zida aks ettiradi. Ixtiyoriy himoyaga muvofiq, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi ixtiyoriy ravishda va tanlov asosida himoyachi yordamidan foydalansa, zaruriy himoya esa davlat tomonidan himoyachiga haq to'lash asosida amalga oshiriladi. Himoyachiga ega bo'lish va umuman himoya huquqi tergovga qadar tekshiruv organi mansabdor shaxsi, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sud tomonidan o'ziga nisbatan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilayotgan shaxsga, gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga, sudlanuvchiga va mahkumga unga berilgan huquqlarni tushuntirib berish nazarda tutilgan barcha vosita va usullardan foydalangan holda chora-tadbirlar ko'rish majburiyati bilan ta'minlanadi.

REFERENCES

1. Пикалов И.А. Уголовный процесс Российской Федерации (краткий курс): Учебное пособие, 2005.

2. Дмитриева Н.А. Функция защиты в российском уголовном процессе и роль в ней института адвокатуры. Автореф.диссер. ... канд. юрид. наук. -Москва, 2006. -С.14-15.

3. O'zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi 49-661-modda//28.02.2024 yil o'zgarishlari bilan, ^ММБ: 03/24/915/0160-сон. Lex.uz миллий конунчилик базаси.

4. Карапетян С.Э. "Понятие презумпции невиновности"/ http://www.smolprok.ru/

930

April 24, 2024

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.