Научная статья на тему 'GUMОN QILINUVCHI VА АYBLАNUVCHIGА HIMОУАLАNISH HUQUQI KАFОLАTLАRINI TАKОMILLАSHTIRISH ISTIQBOLLARI'

GUMОN QILINUVCHI VА АYBLАNUVCHIGА HIMОУАLАNISH HUQUQI KАFОLАTLАRINI TАKОMILLАSHTIRISH ISTIQBOLLARI Текст научной статьи по специальности «Прочие социальные науки»

CC BY
538
69
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
himoyachi / jinoyat-protsessi / gumon qilinuvchi / ayblanuvchi / himoya huquqi / xabaes-corpus.

Аннотация научной статьи по прочим социальным наукам, автор научной работы — Maqsudali Maxmudovich Bozorov

Ushbu maqolada muallif tomonidan himoyachi tushunchasi, himoyachining jinoyat-protsessidai maqomi, huquq va majburiyatlari, jinoyat-protsessida himoyachi ishtirok etishi shart bo`lgan holatlar, gumon qilinuvchi va ayblanuvchini himoya huquqi bilan ta`minlashning protsessual tartibi va asoslari, gumon qilinuvchi va ayblanuvchini himoya huquqi bilan ta`minlashga mo’nelik qiladigan holatlarning umumiy tavsifi, sohadagi muammo va kamchiliklar, ularni bartarag qilish yo`llari xususida so`z yuritilgan. Shuningdek, bir qancha taklif va tavsiyalar ham ishlab chiqilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «GUMОN QILINUVCHI VА АYBLАNUVCHIGА HIMОУАLАNISH HUQUQI KАFОLАTLАRINI TАKОMILLАSHTIRISH ISTIQBOLLARI»

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

GUMON QILINUVCHI VA AYBLANUVCHIGA HIMOYALANISH HUQUQI KAFOLATLARINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI

Maqsudali Maxmudovich Bozorov

Toshkent davlat yuridik universitetining Ixtisoslashtirilgan filiali Jinoyat-huquqiy

fanlar kafedrasi o'qituvchisi

Ushbu maqolada muallif tomonidan himoyachi tushunchasi, himoyachining jinoyat-protsessidai maqomi, huquq va majburiyatlari, jinoyat-protsessida himoyachi ishtirok etishi shart bo'lgan holatlar, gumon qilinuvchi va ayblanuvchini himoya huquqi bilan taminlashning protsessual tartibi va asoslari, gumon qilinuvchi va ayblanuvchini himoya huquqi bilan taminlashga mo'nelik qiladigan holatlarning umumiy tavsifi, sohadagi muammo va kamchiliklar, ularni bartarag qilish yo'llari xususida so'z yuritilgan. Shuningdek, bir qancha taklif va tavsiyalar ham ishlab chiqilgan.

Kalit so'zlar: himoyachi, jinoyat-protsessi, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, himoya huquqi, xabaes-corpus.

Mustaqil Respublikamiz bosib o'tgan qisqa davr ichida inson huquqlarini himoya qilish borasida ko'plab ishlar amalga oshirildi. 1996-yilda qabul qilingan "Advokatura to'g'risida" va 1998-yilda "Advokatura faoliyatining kafolatlari va advokatlarning ijtimoiy himoyasi to'g'risida"gi qonunlar, hukumat qarorlari va boshqa meyoriy hujjatlar davlatimiz tomonidan jamiyat a'zolarining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan faol siyosatining amalga oshirilayotganligining yorqin ifodasidir.

Mustaqillikdan so'ng inson huquq va erkinliklari, uning qadr-qimmati oliy darajaga ko'tarilar ekan uning amaldagi kafolatini ta'minlash ham zarur edi. Mana shunday institutlarni rivojlantirish maqsadida davlatimiz qonunchiligida juda ko'plab izchil islohotlar amalga oshirildi. Ta'kidlash kerakki, inson huquq va erkinliklarini amalda himoya qiluvchi va ta'minlovchi institut advokatura bo'lib, uning individual ko'rinishi advokatdir. Har ikki tushuncha o'zaro chambarchas bog'liq bo'lib, ular o'zaro mushtaraklikda ish olib boradi.

Advokatning jamiyatda tutgan o'rni uning huquqiy maqomi va mamlakatda odil sudlovni amalga oshirishdagi roliga baho berishda davlat tomonidan advokat oldiga qo'yilgan vazifalar mohiyatini tushunib olish muhim ahamiyat kasb etadi. Zero advokatning vazifasi jinoyat sodir qilishda gumon qilinayotgan yoki ayblanayotgan yoxud sudlanayotgan shaxsni har qanday usul va vositalar bilan himoya qilib, o'z

ANNOTATSIYA

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

himoyasidagiga nisbatan oqlov hukmini chiqarishga erishish, jinoyatni xaspo'shlashga, aybdorni haqli jazodan qutqarib qolishga emas, balki odil sudlovni amalga oshirishda haqiqatni aniqlashda yordam berish, shaxsga nisbatan sud-tergov idoralari tomonidan g'ayriqonuniy usullar qo'llanilishiga yo'l qo'ymaslik, ayblanuvchi shaxsning harakatini to'g'ri, huquqiy malakalashga va jinoyatiga yarasha adolatli jazo tayinlanishiga erishish hamda fuqarolarning huquqiy ongini oshirishga ko'maklashishdir.

Keyingi yillarda advokatlik faoliyati bilan bog'liq qator qonun va meyoriy hujjatlar qabul qilinishi bilan advokatning huquqiy maqomi o'zgardi, advokatura tizimida "Advokatlar firmasi", "Advokatlar byurosi", "Advokatlarning malaka komissiyalari" singari tushunchalar paydo bo'ldi va advokatura faoliyati yangi progressiv-qarashlar bilan mazmunan boyidi.

Shu qatorda 2019-yil 9-yanvar kuni prezidentimiz Sh.M.Mirziyoening "Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madinyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish to'g'risida"gi farmoni ham muhim ahamiyatga ega. Aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga doir ishlar samaradorligini yanada takomillashtirish, fuqarolakrning ijtimoiy-siyosiy o'zgarishlar bilan uyg'un ravishda huquqiy bilimlarini oshirib borishning zamonaviy usullarini joriy etish, shuningdek, aholini, ayniqsa, yoshlarni zararli axborotlardan himoya qilish bo'yicha mustahkam huquqiy immunitetni shakillantirish masadida bir qancha vazifalar belgilandi.

Surishtiruv va dastlabki tergovda himoyalanish huquqini ta'minlash deganda jinoyat protsessi ishtiroksilarini ya'ni, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi, jabrlanuvchi va guvohlarni tergovchi va surishtiruvchi tomonidan himoyalanish huquqi bilan ta'minlanishi tushuniladi. O'zbekitson Respulikasi Jinoyat Protsessual kodekisning 24-moddasida gumon qilinuvchi, ayblanuvchi va sudlanuvchi himoyalanish huquqiga ega ekanligi ushbu ishtirokchilar huquqlarining asosiy kafolatlaridan biridir. Himoyalanish huquqi surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud zimmasidagi gumon qilinuvchi, ayblanuvchi va sudlanuvchiga unga berilgan huquqlarini tushuntirib berish hamda o'ziga qo'yilgan ayblovdan himoyalanish uchun qonunda nazarda tutilgan barcha vosita va usullardan foydalanishda haqiqiy imkoniyatga ega bo'lishiga qaratilgan chora-tadbirlar ko'rish majburiyati orqali ta'minlanadi [1].

Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi va sudlanuvchini himoya huquqi bilan ta'minlash jinoyat potsessida himoya funksiyasini keltirib chiqaradi. Xo'sh jinoyat protsessida himoyaning mohiyati nimadan iborat? Jinoyat protsessida himoya huquqini ta'minlash avvalo umuminsoniy qadriyatlarga borib taqaladi. 1948-yil 10-dekabrda qabul qilingan "Inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasi "da shaxs huquqlarini himoya qilish jumladan jinoyat ishlarini yuritishda ham himoya huquqini ta'minlashga oid bir qancha normalar belgilangan. Jumladan mazkur deklaratsiyaning 8-moddasida "Har bir inson

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

moboda uning konstitutsion yoki qonun berib qo'ygan asosiy huquqlari buzilgudek bo'lsa, nufuzli milliy sudlar tomonidan o'z huquqlarini samarali tarzda tiklanishi huquqiga egadir" [2] deb belgilangan. Shuningdek deklaratsiyaning 11-moddasida "Har bir inson uning huquqlari va burchlarini belgilash va unga qo'yilgan jinoiy aybning nechog'lik asoslanganligini aniqlash uchun, batamom tenglik asosida o'z ishi oshkora, adolatning barcha talablariga rioya etilib mustaqil va xolis sud tomonidan ko'rib chiqishi huquqiga egadir"[3] deb qayd etilgan.

Umuman olganda, advokatning ishda ishtirok etishiga u advokat guvohnomasini ko'rsatganidan va muayyan ishni yuritishga vakolatli ekanligini tasdiqlovchi orderni taqdim etganidan keyin yo'l qo'yiladi.

Gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining yaqin qarindoshlari yoki qonuniy vakillaridan birining advokat bilan bir qatorda himoyachi sifatida ishtirok etishiga gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining iltimosnomasi bo'yicha surishtiruvchining, tergovchining qarori yoki sud ajrimiga binoan yo'l qo'yish mumkin.

Himoyachining ishida ishtirok etishga jinoyat potsessining har qanday bosqichida, shaxs ushlanganda esa uning harakatlanish erkinligiga bo'lgan huquqi amalda cheklangan paytdan boshlab ruxsat etiladi (JPK 49-maddasi).

Jinoyat ishlari bo'yicha himoyachi ishtirokining huquqiy asoslarini tubdan o'zgartirishga O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 1-maydagi "O'zbekitson Respublikasida advokatura institutini yanada isloh qilish chora-tadbirlari to'g'risida"gi farmoni va O'zbekiston Respublikasining 2008-yil 15-sentyabrdagi "O'zbekiston Respublikasi Jinoyat protsessual kodeksining 49-moddasiga o'zgartirish kiritish to'g'risida"gi va 2008-yil 31-dekabrdagi "Advokatura instituti takomillashtirilishi munosabati bilan O'zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida"gi qonunlari xizmat qiladi [4]. Ularga muvofiq himoyachi Jinoyat protsessining qanday bosqichida ishda ishtirok etishga kirishishi mumkinligi benlgilangan va dastlabki tergov bosqichida taraflarning tengligini amalda ta'minlandi.

2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasining ijrosi yuzasidan sud hokimiyatining chinakam mustaqilligi va erkinligini ta'minlash, odil sudlovning sifati va shaffofligini oshirish, «Xabeas korpus» institutini qo'llashni kengaytirish, korrupsiyaga qarshi kurashishning samarali tizimini yaratishga qaratilgan qator normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi [6].

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

Shunday qilib himoyachi jinoyat protsessining mustaqil sub'yekti sifatida jinoyat ishi bo'yicha qatnashadi va u gumon qilinuvchining g'ayriqonuniy va asossiz talablariga bog'liq bo'lmagan holda harakat qiladi.

Agarda ayblanuvchi sodir etgan jinoyatga iqror bo'lmasa himoyachi tomonidan uning aybsizligini isbotlash majburiyatini tug'dirmaydi, garchi himoyachining fikri bo'yicha jinoyat ishi materiallarida to'plangan dalillar ayblanuvchining vajlarini inkor qilsa va bu dalillar jinoyat protsessi qonun talablari asosida to'plangan bo'lsa. Ammo bu holda himoyachi ayblanuvchining aybini isbotlangan deb tan olishga huquqi yo'q. Himoyachi o'zining himoya bo'yicha amalga oshiradigan harakatlarini ayblanuvchi bilan birgalikda kelishib olib uni himoya qilish lozim. Shuningdek u yoki bu huquqlardan foydalanish masalasini ham kelishgan holda qo'llashi lozim.

Dastlabki tergovda gumon qilinuvchining huquq va qonuniy manfaatlarini ta'minlash ijtimoiy munosabatlar majburiy sifatida namoyon bo'lib huquqlari ta'minlanadigan gumon qilinuvchi va huquqlarni ta'minlaydigan tergovchi prokurorning o'rtasidagi vaziyatni ushlab turish va qarshilikka harakat qilish tizimi sifatida namoyon bo'lib bu huquqlarni ta'minlanmaganlik asosida ma'lum sanksiyalarga duchor etilishi va gumon qilinuvchining eng asosiy qonuniy manfaatlarini qondirishga kiritiladi.

Gumon qilnuvchining protsessual faoliyati qonun tomonidan kafolatlangan maqomga ega bo'ladi.

Shaxsni jinoyat ishida gumon qilinuvchi tariqasida ishtirok etish uchun jalb etish asoslari va tartibi jinoyat-protsessual qonun hujjatlarida tartibga solingan.

Tergovchi o'zi qabul qilayotgan qaror jinoyatning mavjudligi va uning aniq shaxs tomonidan sodir etilganligi haqidagi xulosasini asoslash uchun etarli ishonchli ma'lumotlarga asoslanganligiga ishonch hosil qilishi kerak.

Bundan tashqari barcha dalillar daslabki tergov davomida qonun talablariga muvofiq ravishda va gumon qilinuvchini so'roq qilguncha mavjud bo'lgan imkoniyat doirasida to'planishi, tekshirilishi va baholanishi lozim. Shuningdek, tergov davomida mazkur shaxsning aybsizligi to'g'risida ilgari surilgan barcha taxminlar bartaraf etilishi kerak. Bunda jinoyat shaxsga ayb e'lon qilinganda ochilgan jinoyat sifatida hisobga olinishi mumkinligini inobatga olmaslik mumkin emas. Shaxsni jinoyat ishida gumon qilinuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilish uchun jinoyat tarkibini tashkil etuvchi va uning ushbu shaxs tomonidan sodir etilganligini tasdiqlovchi dalillar bo'lishi zarur. Shu paytga kelib quyidagi holatlar aniqlanishi kerak:

1) Jinoyat hodisasi ( vaqti, joyi, sodir etish usuli va h.k.)

2) Muayyan shaxsning aybdorligi

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=2223Q

3) Qilmishini to'g'ri baholash uchun jinoiy-huquqiy ahamiyatga ega bo'lgan boshqa ma'lumotlar (avvalgi sudlanganlikning mavjudligi, shaxsning o'ta xavfli retsidivist sifatida tan olinishi, zararning hususiyati miqdori)

4) Jinoiy javobgarlikni inkor etuvchi yoki undan ozod qiluvchi omillarning yo'qligi.

Jinoyat tarkibining belgilariga kirmaydigan aybni og'irlashtiruvchi va engillashtiruvchi holatlar, qasdning hususiyati va etkazilgan zararning aniq miqdori (agar bu kvalifikatsiyaga tasir etmasa), jinoyatning sodir etilishiga yordam beruvchi holatlar ayb e'lon qilgandan keyin ham aniqlanishi ham mumkin.

Mazkur holatning ayb e'lon qilingan paytdagi isbotlanganlik darajasi ham muhimdir. Mazkur holatlarni aniqlangan deb hisoblash uchun asoslarning etarliligi yoki etarli emasligini har bir muayyan vaziyatda tergovchi ish bo'yicha to'plangan dalillarni har tomonlama, to'liq va xolisona tahlil qilib hamda baholab ichki ishonchi asosida aniqlaydi. Shuni inobatga olish zarurki, gumon qilinuvchi tariqasida ishga jalb etish, jinoyatni kvalifikatssiya qilish va gumon hajmini aniqlash kabi masalalar bo'yicha tergovchiga to'liq hajmdagi mustaqillik berilgan.

"Ayblanuvchi va gumon qilinuvchini himoya huquqi bilan ta'minlashga oid qonunlarni qo'llash bo'yicha sud amaliyoti to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasining Oliy sudi Plenumining Qarorida jinoyat ishida gumor qilinuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilishda tergov bo'linmalari faoliyatini boshqarish holatiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Shu bilan birga shaxsni gumon qilinuvchi tariqasida ishtirok etish protssessual harakati ustidan elektron nazoratning o'rnatilishi ham shu jarayonga nihoyatda katta foyda keltiruvchi omil sifatida xizmat qilishi mumkin.

Surushtiruv va dastlabki tergov jarayonida himoyachining surishtiruv va dastlabki tergovda ishtirok etishini ta'minlash surishtiruvchi, tergovchi, prokuror tomonidan amalga oshirishi va gumon qilinuvchi ayblanuvchining manfaatlarini himoya qilish majburiyatlarini ijro etishi uchun qulay huquqiy sharoitlarni yaratishidan iboratdir. Mazkur jarayon oqibatida himoyachining jinoyat protsessida bo'lgan qonuniy manfaatlari so'zsiz ravishda qondirilgan bo'lishi shart.

Shaxsni ayblanuvchi tariqasida jalb qilish paytida himoyachini ishtiroki muhim huquqiy ahamiyatga ega.

Shunga asosan himoyachi ayblanuvchiga qo'yilgan ayb va ayblanuvchining shaxsiga oid ma'lumotlarni o'rganadi va bu savollardan to'g'ri o'rganish himoyani qonunga asosan samarador tashkil etish uchun ish bo'yicha yig'ilgan barcha dalillarni tekshirish kerak va himoyani amalga oshirishga doir barcha protsessual harakatlarni o'tkazilishini voqelikka to'g'ri qonuniy va adolatli bo'lishida tergovchi prokuror va sudni ishontirish kerak. Shunga asosan himoyachi ayblanuvchining shaxsini o'rganish

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=2223Q

bilan birga uni himoyachi uchun zarur va muhim bo'lgan dalillar bilan ishlashi ular to'g'risida ma'lumotlar olishi va bevosita tergovchi, prokuror va sudning e'tiborini iltimosnoma shaklida ayblanuvchining aybini engillashtiruvchi yoki unga nisbatan e'lon qilingan aybning inkor qilingan dalillarga qaratishi advokatnining burchini to'laqonli ravishda amalga oshirishning dalolati sifatida xizmat qiladi. Ayblanuvchining himoyalanish huquqi mazkur shaxsga himoyachi tomonidan jinoyat protsessida mavjud bo'lgan dalillarning tushunchasi ta'rifi va ahamiyatini tushuntirishi va uning bu bilimlarini ish bo'yicha haqiqatni aniqlashda ishlatishi maqsadga muvofiq bo'ladi.

Ko'pincha amaliyotda tergovchilar ayblanuvchilardan himoyaga muhtoj emasliklari va himoyani shaxsan o'zlari olib borish imkoniyatiga egaligi to'g'risidagi tilxatlarni to'ldiradilar bu esa himoyalanish huquqi bilan ta'minglash masalasiga salbiy ta'sir ko'rsatadi.

Foydalanilgan adaboyotlar

1. Узбекистан Респyбликaсининг Жинoят-прoцессyaл кoдекси.// Узбекистан Респyбликaси Олий Кенгaшининг Aхбoрoтнoмaси, 1995 й., 2-coh; хттпс:// https://lex.uz/acts/-111460.

2. Mhcoh хукувдри yмyмжaхoн деклaрaцсияси-Т.Aдoлaт 1998 йил Б-17

3. Сaидoв A.X.Xaraapo хукук: Дaрслик.-Т,-320-бет. ИИВ Aкaдемияси.

4. 2008 йил 31 декaбрдaги "Aдвoкaтyрa институти тaкoмиллaштирилиши мyнoсaбaти билaн Узбекистан Респyбликaсининг aйрим крнун xyжжaтлaригa узгартириш Ba кyшимчaлaр киритиш тyFрисидa"ги крнун. Узбекистан Респyбликaси X,yкyмaтининг крнун xyжжaтлaри тyплaми.-2008.№5 30-мoддa

5. 2017-2021 йиллaрдa Узбекистан Респyбликaсини ривoжлaнтиришнинг бештa ycryBop йyнaлиши бyйичa X,aрaкaтлaр стрaтегияси. Т-2017.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.