Научная статья на тему 'ISHNI SUDGA QADAR YURITISH BOSQICHIDA DALILLARNI BEVOSITA TEKSHIRISH TARTIBI'

ISHNI SUDGA QADAR YURITISH BOSQICHIDA DALILLARNI BEVOSITA TEKSHIRISH TARTIBI Текст научной статьи по специальности «Право»

CC BY
275
42
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Область наук
Ключевые слова
dalil / sud tergovi / dalillarni tekshirish / dalillar nazariyasi / isbotlash / faktik ma`lumotlar / evidence / judicial investigation / research of evidence / theory of evidence / proof / factual information

Аннотация научной статьи по праву, автор научной работы — Abdulaziz Ilyos Ogli Abdusalimov

Mazkur maqolada jinoyat ishlari yurituvida dalillarni bevosita va og`zaki usulda tekshirish prinsipini tadqiq etishga bagʻishlangan. Maqolada dalil tushunchasi va huquqiy asoslari, jinoyat protsessida isbotlashning ahamiyati, dalillarni bevosita tekshirish tartibi, unga rioya qilmaslik oqibatlari, dalillarni har tomonlama, sinchkovlik bilan, to`la va xolisona tekshirishning ahamiyati doirasida tadqiqot olib borilgan. Maqola amaldagi qonunchilik, soha boʻyicha ilmiy izlanishlar, mavzuga oid darslik, maqola, risolalar hamda xorij tajribasi asosida tahlil etilib, ilmiy asoslangan va muhim amaliy ahamiyat kasb etuvchi takliflar ishlab chiqilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PROCEDURE FOR DIRECT STUDY OF EVIDENCE IN THE PRE-JUDICIAL STAGE

This article is devoted to the study of the principle of direct and oral examination of evidence in criminal proceedings. The article discusses the concept and legal basis of proof, the significance of proof in criminal proceedings, the procedure for direct examination of evidence, the consequences of non-compliance, the importance of a thorough, thorough, complete and impartial examination of evidence. The article is analyzed on the basis of current legislation, scientific research in this field, textbooks, articles, brochures and foreign experience and offers evidence-based and important practical recommendations.

Текст научной работы на тему «ISHNI SUDGA QADAR YURITISH BOSQICHIDA DALILLARNI BEVOSITA TEKSHIRISH TARTIBI»

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

ISHNI SUDGA QADAR YURITISH BOSQICHIDA DALILLARNI BEVOSITA

TEKSHIRISH TARTIBI

Mazkur maqolada jinoyat ishlari yurituvida dalillarni bevosita va og'zaki usulda tekshirish prinsipini tadqiq etishga bag'ishlangan. Maqolada dalil tushunchasi va huquqiy asoslari, jinoyat protsessida isbotlashning ahamiyati, dalillarni bevosita tekshirish tartibi, unga rioya qilmaslik oqibatlari, dalillarni har tomonlama, sinchkovlik bilan, toTa va xolisona tekshirishning ahamiyati doirasida tadqiqot olib borilgan. Maqola amaldagi qonunchilik, soha bo'yicha ilmiy izlanishlar, mavzuga oid darslik, maqola, risolalar hamda xorij tajribasi asosida tahlil etilib, ilmiy asoslangan va muhim amaliy ahamiyat kasb etuvchi takliflar ishlab chiqilgan.

Kalit so'zlar: dalil, sud tergovi, dalillarni tekshirish, dalillar nazariyasi, isbotlash, faktik malumotlar

PROCEDURE FOR DIRECT STUDY OF EVIDENCE IN THE PRE-JUDICIAL

STAGE

This article is devoted to the study of the principle of direct and oral examination of evidence in criminal proceedings. The article discusses the concept and legal basis of proof, the significance of proof in criminal proceedings, the procedure for direct examination of evidence, the consequences of non-compliance, the importance of a thorough, thorough, complete and impartial examination of evidence. The article is analyzed on the basis of current legislation, scientific research in this field, textbooks, articles, brochures and foreign experience and offers evidence-based and important practical recommendations.

Keywords: evidence, judicial investigation, research of evidence, theory of evidence, proof, factual information

Surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sud protsessual qaror qabul qilishdan oldin albatta, dalillarni hamda JPKning 81-moddasi 2, 3-qismlarida nazarda tutilgan dalil manbalarini bevosita tekshirishlari talab etiladi. Jinoyat-protsessual qonunchiligimizda

Abdulaziz Ilyos o'g'li Abdusalimov

Toshkent davlat yuridik universiteti magistranti [email protected]

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

nazarda tutilgan prinsipning sharti, qo'yilayotgan talab ham ayni mana shu masalani nazarda tutgan. Mazkur prinsipning buzilishi jinoyat protsessining boshqa prinsiplariga ham ta'sir etmay qolmaydi, ya'ni aybsizlik prezumpsiyasi (isbot qi lish majburiyatining mas'ul mansabdor shaxslarga yuklatilganligi), sudda ishlarni ko'rishda tortishuv prinsiplarining ham buzilishiga olib keladi.

Jinoyat protsessining sudgacha bo'lgan bosqichida dalillarni tekshirishning bevositaligiga ko'ra, tergovni amalga oshiruvchi shaxs, jinoyat fakti, jinoyat ishi bo'yicha isbotlanishi kerak bo'lgan boshqa holatlar to'g'risidagi ma'lumotlarni shaxsan qabul qilishi kerak. Shu munosabat bilan ushbu ish bo'yicha ish yuritish huquqiga ega bo'lmagan shaxs tomonidan protsessual harakatlarni amalga oshirish orqali dalillarni olish taqiqlanadi. Masalan, ishni tergov qilayotgan tergovchi emas, balki bu ish bo'yicha protsessual harakatlarni amalga oshirish vakolatiga ega bo'lmagan boshqa shaxs tomonidan o'tkazilgan so'roq bayonnomasida keltirilgan shaxsning ko'rsatuvlari dalil deb topilishi mumkin emas. Bu qoida JPK 951-moddada ham aks etgan.

Tergov amaliyotida mazkur prinsip doimo to'laqonli ravishda ishlamoqda, deb bo'lmaydi. Biz buni birgina ehtiyot choralarini qo'llash bilang bog'liq iltimosnomalarning sud tomonidan o'rganilishida ko'rishimiz mumkin. Qonunchiligimizga ko'ra [1], sudga qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo'llash haqidagi iltimosnoma qo'zg'atish to'g'risidagi qaror, unga jinoyat ishi qo'zg'atish to'g'risidagi qarorning, jinoyat ishida gumon qilinuvchi, ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilish to'g'risidagi qarorning, JPK 221, 225-moddalari tartibida

tuzilgan ushlab turish bayonnomasining, gumon qilinuvchi, ayblanuvchining shaxsiga oid ma'lumotlarga doir hujjatlarning, himoyachi orderining yoxud himoyachidan voz kechish haqidagi bayonnomaning, JPK 239-moddasi talablariga rioya etilganligini tasdiqlovchi hujjatlarning nusxalari ilova qilinadi.

Zarurat bo'lganda, prokuror tomonidan sudga ko'zdan kechirish uchun mazkur hujjatlarning asli, shuningdek boshqa hujjatlar taqdim qilinishi mumkin. Biroq, sud mazkur holatda JPKning 26-moddasida nazarda tutilgan tartibda dalillarni tekshirmaydi, jabrlanuvchi yoki guvohlarning ko'rsatuvlari, ekspertdan xulosa mazmuni eshitilmaydi. To'g'ri, jinoyat-protsessual qonunchilikda bu holat sud iltimosnomani ko'rib chiqish jarayonida gumon qilinuvchi, ayblanuvchining aybliligi yoki aybsizligi masalasi muhokamasiga kirmagan holda qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo'llash to'g'risidagi masalani hal qilishi bilan izohlanadi. Lekin, qo'yilayotgan gumon yoki aybning asosliligini tasdiqlaydigan dalillar bevosita sud tomonidan tekshirilishi kerak, deb hisoblaymiz. Buni bir qancha protsessualist olimlar ham o'z ilmiy ishlarida asoslantirishgan, jumladan B.Mo'minov sudning o'z ajrimida tergov organlarida shaxsning jinoyatga dahldorligi haqida yetarli ma'lumotlar mavjudligi haqida havola

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=2223Q

qilishi, sudyaning shaxsning jinoyat sodir etishga daxldorligi haqida gumonning asosliligini tekshirmasligi va baholamasligi jinoyat-protsessual qonunini jiddiy buzilishi sifatida baholanishi zarur [2]. Shaxsning jinoyat sodir etishga daxldorligi haqida gumonning asosliligini tekshirish chog'ida, sudya shaxsning aybliligi masalasi muhokamasiga kirishishi mumkin emas. Sudya, nimani tekshiradi, sudya jinoyat ishi bo'yicha dalillarni tekshiradi [3].

Ayni paytda, prokurorning shaxsni ushlab turish va uning sudgacha qamoqda saqlanishi to'g'risidagi fikri, ayniqsa, ushlab turilgan shaxsning qochishga harakat qilgani yoki guvohlarni, jabrlanuvchilarni qo'rqitish, ko'ndirish, dalillarni yo'q qilish orqali tergovga xalal berishga doir konkret faktlarni keltirmagan holda uning qochishi yoki tergov harakatlariga xalal berishi mumkinligi to'g'risidagi fikri, prokuror iltimosnomasini dalillar bilan asoslantirilmaganidan dalolat beradi. Bundan tashqari Qozog'iston Respublikasi Oliy sudining 2020 yil 24 yanvardagi "Ehtiyot chorasiga sanksiya berishning ayrim masalalari to'g'risida" normativ qarorida sud tomonidan sudya tomonidan shaxsni jinoyat sodir etganlikda gumon qilishning asosliligini tekshirmaslik qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo'llashga sanksiya berish haqida ajrimning bekor bo'lishiga asos bo'luvchi jinoyat-protsessual qonunning jiddiy buzilishi ekanligi aniq belgilab qo'yilgan [4] .

Yuqoridagi masalalardan xulosa qilishimiz mumkinki, sudlar tomonidan iltimosnoma qanoatlantirilishiga asos bo'ladigan dalillarning hammasi ham bevosita o'rganilmaydi. Sudya o'z qarorini tergovchi yoki prokuror tomonidan taqdim etilgan tomonlarning ko'rsatuvlariga asoslanib qaror qabul qilmasligi kerak. U sud majlisi jarayonida bevosita eshitgan ko'rsatuvlarga asoslanishi kerak.

Bizga ma'lumki, JPKning 36-moddasida tergovchining vakolatlari nazarda tutilgan bo'lib, unga ko'ra tergovchi boshqa tergovchi va surishtiruvchilarga ayrim tergov harakatlarini yuritish to'g'risida topshiriq berishga vakolatli. Aynan mazkur norma ham JPKning 26-moddasida belgilangan dalillarni bevosita tekshirish prinsipiga muvofiq emas. Chunki topshiriq orqali aynan qaysi tergov harakatlarini o'tkazish kerakligi aniq nazarda tutilmagan, demak har qanday. Bu orqali ishni yuritayotgan tergovchi boshqa hududda topshiriq orqali so'roq qilish yoki yuzlashtirish o'tkazayotgan terovchi tomonidan olingan dalillarni bevosita tekshirish imkoniga ega bo'lmaydi, faqat tergov harakati bayonnomasi yoki unga ilova qilinadigan tayyor hujjatlarni qabul qilib oladi, xolos. To'g'ri, topshiriq bo'yicha harakat qilayotgan xodimning hatti-harakatlari JPKning 36-moddasi talabi bo'yicha bo'lmoqda. Lekin, tergovchilarga mazkur turdagi huquq berilishida bevositalik prinsipi inobatga olinmagan. Buning uchun asosli sabab ko'rsatilishi lozim.

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

Bundan tashqari, tergov harakatlarini amalga oshirishda videokonferentsaloqadan foydalanish tergovdagi dalillarni bevosita tekshirish prinsipini cheklash deb e'tirof etilmaydi. Biroq, ba'zi olimlar bu holatga rozi emaslar, chunki tomonlardan biri guvohni so'roq qilishda, masalan, odamlarni, narsalarni, hujjatlarni aniqlash zarurati tufayli shaxsiy aloqaga muhtoj bo'lishi mumkin [5]. Shuning uchun ular videokonferentsaloqa tizimidan foydalanishni istisno holat sifatida ko'rishadi. U faqat uzrli sabablarga ko'ra shaxsning ishtirokini ta'minlash mumkin bo'lmaganda qo'llanilishi kerak.

Gruziya jinoyat-protsessual qonunchiligi [6] dalillarni bevosita va og'zaki usulda tekshirishni faqat sud bosqichiga nisbatan nazarda tutgan. Unga ko'ra, agarda tomonlar jalillarni bevosita va og'zaki usulda o'rganishga teng imkoniyatlarga ega bo'lishmasa, dallillar sudga taqdim taqdim etilmasligi kerak (14-modda). Sud tergovi paytida tomonlar guvohlarni so'roq qilishni talab qilishlari va o'zlarining dalillarini taqdim eta oladilar. Bundan tashqari, sud tergovida dastlab ayblov bilan bog'liq dalillar o'rganiladi.

Ukraina jinoyat-protsessual qonunchiligi [7] ham huddi Gruziya kabi dalillarni bevosita va og'zaki usulda tekshirishni faqat sud bosqichiga nisbatan nazarda tutgan. Bunda raislik qiluvchi sudya tomonlarning ko'rsatuvlarini og'zaki eshitishi kerak bo'ladi. Sudda dalillarni bevosita o'rganish predmeti bo'lmagan ko'rsatuv, ashyo va hujjatlar daliliy ma'lumot sifatida tan olinishi mumkin emas, albatta qonunda nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno. Bu orqali qonun sudga dalillarni shaxsan, bevosita o'rganish majburiyatini qo'ygan, ularni bevosita tekshirish imkoni bo'lmagan holatlar esa qonunda aniq nazarda tutilgan va bu holat ulardan dalil sifatida foydalanishga to'sqinlik qilmaydi. Bunda qonunda nazarda tutilgan holat deyilganda, protsess ishtirokchilarining xavfsizligi nuqtayi nazaridan ularning sudga bevosita qatnasha olmasdan yozma ko'rsatuvlarini taqdim etishi nazarda tutilgan.

Qirg'iziston jinoyat-protsessual qonunchiligi [8] o'rganilayotgan masalada milliy qonunchiligimiz bilan jiddiy farq qilmaydi, faqat dalillarni bevosita tekshirish sud tergoviga nisbatan tadbiq etiladi. Barcha dalilni ham sud muhokamasi jarayonida bevosita tekshirish imkoniyati mavjud emas. Shuning uchun mazkur davlat qonunchiligi sudlarga so'roq qilish uchun videokonferensaloqa orqali ham dalillarni tekshirishga ruxsat beradi. JPK 371-moddasiga ko'ra, sud muhokamasi jarayonida barcha dalillar bevosita va og'zaki usulda tekshiriladi. Protsess ishtirokchilarining ko'rsatuvlarini o'qib eshittirishga quyidagi holatlarda yo'q qo'yiladi: vafot etganligi, uning og'ir kasal ekanligi yoki uning Respublikadan tashqarida ekanligi yoki uning ishtirok etishiga to'sqinlik qiladigan boshqa holatlar. Ekspertni so'roq qilish uning xulosasiga aniqlik kiritish yuzasidan majburiy tartibda o'tkaziladi. Mazkur qoidadan ko'rishimiz mumkinki, dalillarni og'zaki va bevosita tekshirishni nazarda tutuvchi

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=2223Q

qoidalar mazkur davlat qonunchiligida nisbatan batafsil tartibga solingan. Ushbu normani milliy jinoyat-protsessual qonunchiligimizda mustahkamlashni tavsiya etamiz. Bunda "protsess ishtirokchilarining ko 'rsatuvlarini o 'qib eshittirishga quyidagi holatlarda yo 'q qo 'yiladi: vafot etganligi, uning og 'ir kasal ekanligi yoki uning Respublikadan tashqarida ekanligi yoki uning ishtirok etishiga to'sqinlik qiladigan boshqa holatlar. Ekspertni so 'roq qilish uning xulosasiga aniqlik kiritish yuzasidan majburiy tartibda o 'tkazilishi " bilan bog'liq qoidalar juda muhim.

Jinoyat-protsessual huquqi nazariyasiga ko'ra surishtiruvchi, tergovchi o'ziga berilgan vakolat doirasida jinoyat ishi bo'yicha surishtiruv, dastlabki tergovni amalga oshiruvchi mansabdor shaxslar hisoblanadi va dalillarni tekshirishda muhim ishtirokchilar sanaladi. Shuningdek, ular prokuror jabrlanuvchi kabi ayblovdan manfaatdor jinoyat protsessi ishtirokchilari hisoblanadi. Boshqacha aytganda, tergovchi, surishtiruvchi jinoyat protsessining ayblov funksiyasini (jinoiy ta'qibni) amalga oshiradi. Amaldagi jinoyat-protsessual qonunchiligimizda ishtirokchilar quyidagi uchta asosiy funksiyadan birini yoki bir nechtasini bajarishadi: himoya, ayblash va ishni hal qilish. A.P.Blinkov va V.M.Btikovlarga ko'ra, tergovchi jinoyat ishini tergov qilish orqali faqat ayblov funsiyasini amalga oshiradi [9]. Ammo bu protsessualist olimlarning fikrlariga qo'shilib bo'lmaydi. Chunki, surishtiruvchi, tergovchining faqat ayblov funksiyani bajarishi JPKning JPK 94-moddaga to'g'ri kelmaydi. Bu esa tergovning bir yoqlama o'tkazilishiga olib keladi. Bundan tashqari, qonunchiligimizda surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sud jinoyat yuz berganligini, uning sodir etilishida kim aybdorligini, shuningdek u bilan bog'liq barcha holatlarni aniqlashi shartligi belgilpangan. Bundan xulosa qilish mumkinki, yuqoridagi fikrlar haqiqatni aniqlash prinsipiga xam zid hisoblanadi.

S.A.Sheyfer esa tergovchi jinoyat ishi doirasida undagi yengillashtiruvchi holatlarni o'rganish orqali himoya funksiyasini ham qisman bajaradi [10]. Chunki, ish bo'yicha isbotlanishi lozim bo'lgan barcha holatlar sinchkovlik bilan, har tomonlama, to'la va xolisona tekshirib chiqilishi kerak. Ishda yuzaga keladi gan har qanday masalani hal qilishda ayblanuvchini ham fosh qiladigan, ham oqlaydigan, shuningdek uning javobgarligini ham yengillashtiradigan, ham og'irlashtiradigan holatlar aniqlanishi va hisobga olinishi lozim. Jinoyat protsessining funksiyalari jinoyat-sudlov ish yuritish ishtirokchilarining vazifalarini va jinoyat-protsessual faoliyatning yo'nalishlarini belgilab beradi. U o'z navbatida mazkur ishtirokchilarning zarur protsessual maqomini yuzaga keltiradi. Davlatning vakolatli organlari yordamida jinoyat sodir qilgan shaxs aniqlanadi, unga rasmiy ayblov e'lon qilinadi, ular o'z nuqtai-nazarlarini dalillar yordamida asoslab beradilar.

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=2223P

Иктибослар/Сноски/References:

1. Sudga qadar ish yuritish bosqichida qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasining sudl ar tomonidan qo'llanilishi to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenuminin g Qarori, 14.11.2007 yildagi 16-son. https://lex.uz/docs/1595235

2. Mo'minov B.A. Jinoyat ishlarini sudga qadar yuritish ustidan sud nazorati. Yuridik fa nlar bo'yicha falsafa doktori (Doctor of Philosophy) ilmiy darajasini olish uchun tayyorl angan dissertatsiya. -T.: 2020. -106b.

3. Колоколов H.A. Решения судебно-контрольных инстанций в призме учения профессора П.А.Лупинской Материалы международной научно-практической конференции. "Современные проблемы доказывания и принятия решений в угловном процессе. Социальные технологии и правовые институты М., 2016. С. 223;

4. https://online.zakon.kz/Document/?doc_id=33S0S341#pos=4;-112

5. Хайдаров A.A. Применение систем видеоконференц-связи при производстве в суде первой инстанции: дискуссионные вопросы // Вестник Московского университета МВД России. - 2014. - №6. - С. 163-170

6. https : //www. matsne. gov.ge/ru/document/download/90034/37/ru/pdf

7. https://kodeksy.com.ua/ka/ugolovno protsesualnij kodeks ukraini/statja-23.htm S. http://cbd.minjust.gov.kg/act/view/ru-ru/111530

9. Blinkov A.P. Prinsipbi sostyazatelnogo i obyektivno-istinnogo ugolovnogo protsessa v deyatelnosti sledovatelya: sravnitelnbiy analiz: dis. ... kand. yurid. nauk. Volgograd. 2018. S. 84D85. Bbikov V.M. Pravovoye polojeniye sledovatelya v ugolovnom protsesse Rossii (chast 1) // Pravo i politika. № 5 (149). 2012. S. 880

10. Sheyfer, S. A. Rossiyskiy sledovatel - issledovatel ili presledovatel? / S. A. Sheyfer // Rossiyskaya yustitsiya. - 2010. - № 11. - S. 34-36. https://elibrary.ru/item.asp?id=15594436&

11. Мавланов К. Жиноят ишлари юритувида гумон килинувчига нисбатан камокка олиш тарзидаги эх,тиёт чорасини куллаш //Общество и инновации. - 2021. - Т. 2. -

№. 12/S. - C. 265-269.

12. Kamoliddin M. PROCEDURAL STATUS OF THE SUSPECT IN CRIMINAL PROCEEDINGS: PROCEDURAL STATUS OF THE SUSPECT IN CRIMINAL PROCEEDINGS //TSUL Legal Report International electronic scientific journal. -2021. - T. 2. - №. 1. - C. 151-162.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.