Научная статья на тему 'SUDLAR TOMONIDAN DALILLARNI BEVOSITA VA OG‘ZAKI USULDA TEKSHIRISHNING PROTSESSUAL TARTIBI'

SUDLAR TOMONIDAN DALILLARNI BEVOSITA VA OG‘ZAKI USULDA TEKSHIRISHNING PROTSESSUAL TARTIBI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
906
110
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
dalil / sud tergovi / dalillarni tershirish / dalillar nazariyasi / isbotlash / faktik ma’lumotlar / evidence / judicial investigation / research of evidence / theory of evidence / proof / factual information

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Abdusalimov, Abdulaziz Ilyos O‘g‘li

Mazkur maqolada dalil tushunchasi, uning turlari, dalillar to‘g‘risidagi ta'limot, jinoyat ishi yuzasidan chiqariladigan har qanday qaror dalillarga va faqat dalillarga asoslanib chiqarilishi, dalillar muammosi va uning jinoyat-sudlov ishlari yuritish tizimining markazida turishi, dalillarni topish va to‘plash, ularni prosessual mustahkamlash, tekshirish va baholash, bu masalalarni bevosita tartibga soladigan huquqiy me'yorlar yig‘indisi tadqiq etilgan. Shu bilan birga, sudning isbot qilish huquqi, dalillar nazariyasi, dalillarning tavsiflanishi, dalil va isbot qilish tushunchalarining nazariy asoslari, isbot qilish huquqining amaliyotda qo‘llanishi, mazkur nazariy asoslarning qonun bilan tartibga solinishi, xorijiy davlatlardagi turli tizimlarni, dalillar tarixi, dalillar va isbot qilish jarayoniga oid bahsli nazariy muammolar, dalillarning aloqadorligi va maqbulligi, ishonchliligi va yetarliligi, ularni topish, tekshirish, prosessual mustahkamlash,baholash usullarining mazmuni va doirasi, ayrim turdagi dalillardan foydalanishning prosessual tartibi va shu kabi masalalarning hal qilinishi, dalilning jinoyat prosessi ishtirokchilarining huquq va majburiyatlarini belgilashga ta'siri, isbot qilishning jinoyat prosessining demokratik prinsiplarini amalga oshirish bilan uzviy bog‘liqligi, jinoyat protsessida haqiqat tushunchasi, haqiqatni aniqlash, dalillarning faktik ma'lumotlar bilan aloqadorligi, faktik ma'lumotlar asosida shaxsning aybdor yoki aybsizligini aniqlash, dalillar orqali shaxsning javobgarlik darajasini belgilovchi boshqa ish holatlarni aniqlash masalalari, sudning ishdagi barcha holatlarni sinchkovlik bilan, har tomonlama va xolisona ko‘rib chiqishga asoslangan holda qonunga va huquqiy ongga amal qilib o‘zlarining ichki ishonchlari bo‘yicha dalillarga baho berishi tahlil qilingan. Shuningdek, har bir dalilning ishga aloqadorligi, maqbulligi va ishonchliligi nuqtai nazaridan baholanishi, dalillar ish uchun ahamiyatli faktlar to‘g‘risidagi ma'lumotlarning manbalari ekanligi, bu ma'lumotlar vositasida o‘sha faktlar aniqlanishi o‘rganilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PROCEDURE FOR THE STUDY OF EVIDENCE BY THE COURTS

This article studied the concept of evidence, its types, the doctrine of evidence, any decision in a criminal case is based on evidence and only evidence, the problem of proof and its central place in the criminal justice system, the search for evidence and collection, procedural consolidation, verification and evaluation them, a set of legal norms that directly regulate these issues. However, the right of the court to prove, theory of evidence, description of evidence, theoretical foundations of the concepts of evidence and proof, application of the right to proof in practice, legal regulation of these theoretical foundations, various systems in foreign countries, history of proof, proof and proof, controversial theoretical problems related to with the manufacturing process, the relevance and acceptability of evidence, the reliability and sufficiency, the content and scope of the methods of finding, verifying, procedural consolidation, evaluation the procedural order of using certain types of evidence, and so on, the definition is influenced by the rights and obligations of participants in criminal proceedings, the integral connection of proof with the implementation of the democratic principles of the criminal process, the concept of truth in criminal proceedings, the definition of truth, the relationship of facts to factual data, establishing guilt or innocence, establishing other cases that determine the degree of responsibility of a person the relation of facts to factual data, establishing guilt or innocence, establishing other cases that determine the degree of responsibility of a person through evidence, evaluating evidence based on one’s inner convictions in accordance with the law and legal consciousness, based on a thorough, comprehensive and impartial consideration of all the circumstances of the case. the case is analyzed by the court. It is also studied that each evidence is evaluated in terms of relevance, reliability and reliability, that the evidence is a source of information about the facts relevant to the case, through which these facts are revealed.

Текст научной работы на тему «SUDLAR TOMONIDAN DALILLARNI BEVOSITA VA OG‘ZAKI USULDA TEKSHIRISHNING PROTSESSUAL TARTIBI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

SUDLAR TOMONIDAN DALILLARNI BEVOSITA VA OG'ZAKI USULDA TEKSHIRISHNING PROTSESSUAL TARTIBI

Mazkur maqolada dalil tushunchasi, uning turlari, dalillar to'g'risidagi ta'limot, jinoyat ishi yuzasidan chiqariladigan har qanday qaror dalillarga va faqat dalillarga asoslanib chiqarilishi, dalillar muammosi va uning jinoyat-sudlov ishlari yuritish tizimining markazida turishi, dalillarni topish va to'plash, ularni prosessual mustahkamlash, tekshirish va baholash, bu masalalarni bevosita tartibga soladigan huquqiy me'yorlar yig'indisi tadqiq etilgan. Shu bilan birga, sudning isbot qilish huquqi, dalillar nazariyasi, dalillarning tavsiflanishi, dalil va isbot qilish tushunchalarining nazariy asoslari, isbot qilish huquqining amaliyotda qo'llanishi, mazkur nazariy asoslarning qonun bilan tartibga solinishi, xorijiy davlatlardagi turli tizimlarni, dalillar tarixi, dalillar va isbot qilish jarayoniga oid bahsli nazariy muammolar, dalillarning aloqadorligi va maqbulligi, ishonchliligi va yetarliligi, ularni topish, tekshirish, prosessual mustahkamlash,baholash usullarining mazmuni va doirasi, ayrim turdagi dalillardan foydalanishning prosessual tartibi va shu kabi masalalarning hal qilinishi, dalilning jinoyat prosessi ishtirokchilarining huquq va majburiyatlarini belgilashga ta'siri, isbot qilishning jinoyat prosessining demokratik prinsiplarini amalga oshirish bilan uzviy bog'liqligi, jinoyat protsessida haqiqat tushunchasi, haqiqatni aniqlash, dalillarning faktik ma'lumotlar bilan aloqadorligi, faktik ma'lumotlar asosida shaxsning aybdor yoki aybsizligini aniqlash, dalillar orqali shaxsning javobgarlik darajasini belgilovchi boshqa ish holatlarni aniqlash masalalari, sudning ishdagi barcha holatlarni sinchkovlik bilan, har tomonlama va xolisona ko'rib chiqishga asoslangan holda qonunga va huquqiy ongga amal qilib o'zlarining ichki ishonchlari bo'yicha dalillarga baho berishi tahlil qilingan. Shuningdek, har bir dalilning ishga aloqadorligi, maqbulligi va ishonchliligi nuqtai nazaridan baholanishi, dalillar ish uchun ahamiyatli faktlar to'g'risidagi ma'lumotlarning manbalari ekanligi, bu ma'lumotlar vositasida o'sha faktlar aniqlanishi o'rganilgan.

Kalit so'zlar: dalil, sud tergovi, dalillarni tershirish, dalillar nazariyasi, isbotlash, faktik ma 'lumotlar

Abdusalimov Abdulaziz Ilyos o'g'li,

Toshkent davlat yuridik universiteti magistranti E-mail:[email protected] Tel: +998 91 2519998

ANNOTATSIYA

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

О

R

VOLUME 2 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

ПРОЦЕССУАЛЬНЫЙ ПОРЯДОК ИССЛЕДОВАНИЯ ДОКАЗАТЕЛЬСТВ

СУДАМИ

Абдусалимов Абдулазиз Илёсович,

Магистрант Ташкентского государственного юридического университета E-mail: abdulaziz2519998@gmail .com Tel: +998 91 2519998

АННОТАЦИЯ

В данной статье изучен понятие доказательства, его виды, учение о доказательствах, любое решение по уголовному делу основывается на доказательствах и только доказательствах, проблема доказывания и его центральное место в системе уголовного судопроизводства, поиск доказательств и собирание, процессуальное закрепление, проверка и оценка их, комплекс правовых норм, непосредственно регулирующих эти вопросы. Однако право суда на доказывание, теория доказательств, описание доказательств, теоретические основы понятий доказательства и доказывания, применение права на доказывание на практике, правовое регулирование этих теоретических основ, различные системы в зарубежных странах, история доказывания, доказывание и доказывание, спорные теоретические проблемы, связанные с процессом изготовления, относимостью и приемлемостью доказательств, достоверностью и достаточностью, содержанием и объемом методов нахождения, проверки, процессуального закрепления, оценки, процессуального порядка использования отдельных видов доказательств и так далее, на определение влияют права и обязанности участников уголовного судопроизводства, неотъемлемая связь доказывания с реализацией демократических принципов уголовного процесса, понятие истины в уголовном процессе, определение истинности, отношение фактов к фактическим данным установление вины или невиновности, установление иных дел, определяющих степень ответственности лица, посредством доказательств, оценка доказательств по своим внутренним убеждениям в соответствии с законом и правосознанием, на основе тщательного, всестороннего и беспристрастного рассмотрения всех обстоятельств дела. дело судом анализируются. Также изучается, что каждое доказательство оценивается с точки зрения относимости, достоверности и достоверности, что доказательство

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

о

R

VOLUME 2 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

является источником информации о фактах, имеющих значение для дела, посредством которого эти факты выявляются.

Ключевые слова: доказательства, судебное расследование, исследование доказательств, теория доказательств, доказывание, фактические сведения

This article studied the concept of evidence, its types, the doctrine of evidence, any decision in a criminal case is based on evidence and only evidence, the problem of proof and its central place in the criminal justice system, the search for evidence and collection, procedural consolidation, verification and evaluation them, a set of legal norms that directly regulate these issues. However, the right of the court to prove, theory of evidence, description of evidence, theoretical foundations of the concepts of evidence and proof, application of the right to proof in practice, legal regulation of these theoretical foundations, various systems in foreign countries, history of proof, proof and proof, controversial theoretical problems related to with the manufacturing process, the relevance and acceptability of evidence, the reliability and sufficiency, the content and scope of the methods offinding, verifying, procedural consolidation, evaluation the procedural order of using certain types of evidence, and so on, the definition is influenced by the rights and obligations of participants in criminal proceedings, the integral connection ofproof with the implementation of the democratic principles of the criminal process, the concept of truth in criminal proceedings, the definition of truth, the relationship of facts to factual data, establishing guilt or innocence, establishing other cases that determine the degree of responsibility of a person the relation of facts to factual data, establishing guilt or innocence, establishing other cases that determine the degree of responsibility of a person through evidence, evaluating evidence based on one's inner convictions in accordance with the law and legal consciousness, based on a thorough, comprehensive and impartial consideration of all the circumstances of the case. the case is analyzed by the court. It is also studied that each evidence is evaluated in

PROCEDURE FOR THE STUDY OF EVIDENCE BY THE COURTS

Abdusalimov Abdulaziz Ilyos ugli,

Master's degree student of Tashkent State University of Law E-mail: [email protected] Tel: +998 91 2519998

ABSTRACT

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

terms of relevance, reliability and reliability, that the evidence is a source of information about the facts relevant to the case, through which these facts are revealed.

Keywords: evidence, judicial investigation, research of evidence, theory of evidence, proof, factual information

Shaxsning aybini isbot qilish esa isbot qilish subyektlari (surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sud) zimmasiga yuklatilgan. Chunki isbot qilinmagan ayb isbot qilingan aybsizlikka tengdir. Jinoyat prosessining maqsadlariga, ya'ni jinoyat sodir etgan har bir shaxsga adolatli jazo berilishi hamda aybi bo'lmagan hech bir shaxs javobgarlikka tortilmasligi va hukm qilinmasligi uchun aybdorlarni fosh etishga erishish uchun zaruriy bir shartga amal qilinishi lozim. Bu haqiqatda qanday hodisa yuz berganligini, jinoyatni kim va qanday holatlarda sodir etganligini aniqlanishi hisoblanadi. Jinoiy hodisa o'tmish hodisasi bo'lganligi sababli, uning barcha holatlari faqat isbot qilish vositasidagina aniqlanishi mumkin.

MATERIAL VA METODLAR

Mazkur maqola tahliliy tadqiqot sifatida ilmiy-nazariy manbaalar tahlilini va qonun hujjatlari asoslarini o'z ichiga oladi. Ushbu maqolada sohaga oid bo'lgan ilmiy tushunchalar, nazariyotchi olimlarning qarashlari, xorijiy mamlakatlarda ushbu sohada amalda bo'lgan holatlar tahlil qilinib, milliy tizimga joriy qilish imkoniytalari va istiqbollari tahlil qilingan. Ushbu tadqiqotni amalga oshirishda bilishning umumiy-ilmiy metodlari bo'lgan dialektik metod, tarixiy-qiyosiy tahlil, tizimli tahlil qilish uslublari, shuningdek, umumiy mantiqiy metodlar - induksiya, deduksiya, analiz, sintez va maxsus huquqiy metodlar qo'llanildi. Ilmiy adabiyotlar va huquq normalarini sharhlashda grammatik tahlil metodidan ham foydalanilgan.

TADQIQOT NATIJALARI

Sudda ish yuritish bosqichi birinchi instansiya va yuqori turuvchi sudlarda ish yuritishni, shu jumladan, birinchi instansiya sudi qarorlarining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini tekshirishni o'z ichiga oladi [1]. Birinchi instansiya sudida jinoyat ishi ko'rish natijasida sudlanuvchining aybli yoki aybsizligi, aybdor bo'lgan taqdirda unga qanday jazo chorasi qo'llanilishi kabi muhim masalalar hal qilinadi. Birinchi instansiya sudida jinoyat ishi ko'rish ishni sudda ko'rish uchun tayinlash bilan boshlanib, mazkur ish bo'yicha hal qiluvchi qaror chiqarish bilan yakunlanadi.

KIRISH

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Rus olimi E.F.Kusova dalillar tizimi qonun chiqaruvchining dalillarni tan olishga doir shunday harakatiki, ular isbotlanadigan holatlarni (voqea-hodisalar) belgilashga va ularning haqiqatga mos kelishiga imkon beradi [2], deb hisoblaydi. P.S.Abdullaevning fikricha, dalillar har qanday ma'lumot bo'lishi mumkin, ish uchun ahamiyatga ega bo'lgan holatlar mavjudligini yoki mavjud emasligi dalillarni baholash subyektlari tomonidan belgilanishi xususida fikr yuritgan [3].

N.V.Saveleva esa bu borada barcha faktlar, vajlar, va axborotlar jinoyat prosessual qonunchiligi nazariyasida dalil hisoblanishi [4] xususida fikr bildirgan.

Yuqoridagi fikrlarining tahlilidan shuni anglashimiz mumkinki, ular dalil tushunchasini ochib berishda aniq faktlarga, isbotlash doirasida to'plangan ma'lumotlarga, haqiqatga mos keluvchi faktlarga hamda har qanday ma'lumotlarning ishochlilik omillariga tayanganlar. Bizning nazarimizda esa ayrim jihatlarga e'tibor berish maqsadga muvofiqdir. Ya'ni dalillar to'plash manbasining qonuniyligi, ishni yuritish davomida yangi jinoyatlarning ochilishiga xizmat qiluvchi ma'lumotlar ham dalil sifatida belgilanadi hamda isbot qilishga jalb etiluvchi shaxslarning ma'lumotlari ham jinoyat ishini hal etishda salmoqli o'rinni egallaydi.

O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1997 yil 22-avgustdagi "Sudlar tomonidan jinoyat ishlarini birinchi bosqich sudida muhokama etish jarayonida prosessual qonunchilikka rioya qilinishi to'g'risida"gi, 2003 yil 19 dekabrdagi "Gumon qilinuvchi va ayblanuvchini himoya huquqi bilan ta'minlashga oid qonunlarni qo'llash bo'yicha sud amaliyoti to'g'risida"gi, 2004 yil 24 sentabrdagi "Dalillar maqbulligiga oid jinoyat-prosessual qonuni normalarini qo'llashning ayrim masalalari to'g'risida"gi, 2014 yil 23 maydagi "Sud hukmi to'g'risida"gi, 2018 yil 24 avgustdagi "Dalillar maqbulligiga oid jinoyat-prosessual qonuni normalarini qo'llashning ayrim masalalari to'g'risida"gi va boshqa rahbariy qarorlari sudda ishlarni ko'rishda va dalillarni tekshirishda "dastur" bo'lib xizmat qiladi.

Jinoyat ishini sudda ko'rishga tayinlashda sudya xulosa chiqarishi uchun tegishli asoslar talab etiladi. Xususan, jinoyat ishini ko'rib chiqish uchun dalillarning yetarliligi, ayblanuvchining javobgarlik darajasi va xarakteriga ta'sir qiluvchi holatlarning, shuningdek ayblanuvchining shaxsini, jabrlanuvchining shaxsini tavsiflovchi, jinoyat sodir etilishiga imkon bergan holatlarning to'liq aniqlanganligi shunday asoslar sirasiga kiradi. Jinoyat ishini sudda ko'rish uchun tayinlash bosqichida ayblanuvchining ayblilik masalasi hal etilmaydi, balki ishni sud majlisida ko'rib chiqish uchun asoslarning yetarli yoki yetarli emasligi masalasi hal qilinadi.

Shuningdek, JPK 40510-moddasining birinchi qismiga binoan jinoyat ishini tugatish to'g'risida qaror chiqarish vaqtida sud tomonidan ashyoviy dalillar masalasi

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

hal etiladi. Biroq JPKning 420-moddasida ashyoviy dalillar masalasi haqida umuman so'z yuritilmagan. H.Botirovning fikricha, jinoyat ishini to'xtatish to'g'risidagi qaror yoki ajrimda ashyoviy dalilni ishda qoldirish yoki saqlash uchun topshirish masalasi ham hal qilinishi lozim [5]. CHunki, jinoyat ishi nomuayyan muddatga to'xtatiladi, bu muddatda ashyoviy dalillar taqdiri jiddiy ahamiyatga ega bo'lishi nazardan holi emas. Shu sababli, sudya to'xtatilgan ishlarda ashyoviy dalilning xususiyatiga qarab, uni ishda qoldirish yoki saqlash uchun topshirish masalasi hal qilishi maqsadga muvofiq.

«O'zbekiston Respublikasi Prezidentmmg 2017 yil 7 fevraldagi «O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasida»gi PF-4947-son Farmonida sudlar faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalarini joriy etish belgilangan» [6]. Bu sud-tergov faoliyatini raqamlashtirishni yanada tezlashtirish imkonini beradi.

A.Xo'janazarovning fikricha, jinoyat prosessining isbotlash bosqichida «elektron dalil» va «elektron ma'lumotlarni» to'plash, tekshirish va ularni prosessual rasmiylashtirishni belgilovchi prosessual normalar ishlab chiqish zarurati mavjud [7].

O.Pirmatov raqamli dalillarga elektron dalil texnika vositalari va axborot tizimlari xizmatlari hamda axborot texnologiyalaridan foydalanilgan holda yaratilgan, ishlov beriladigan, saqlanadigan va identifikasiya qilish imkoniyatini beradigan, shu bilan birga boshqa rekvizitlardan iborat axborotlar sifatida ta'rif bergan [8]. YUqoridagilarga asoslanib, elektron dalillardan foydalanishning huquqiy asoslarini to'liq takomillashtirish zarur, deb hisoblaymiz.

Ma'lumki, isbot qilish dalillar vositasida amalga oshiriladi [9].

Dalillarga shunday bir talablar qo'yiladiki, ularsiz dalillardan jinoyat-prosessual isbot qilishda foydalanib bo'lmaydi. Dalillarga qo'yilgan talablarni o'rganish, ularning mohiyatini ochib berish orqali jinoyat-prosessual isbot qilishda ulardan samaraliroq foydalanishga erishish maqsadida ushbu Bitiruv Malakaviy ishini yozishga kirishdik.

Ish bo'yicha to'plangan barcha dalillar sinchkovlik bilan, to'la, har tomonlama va xolisona tekshirilishi lozim (JPKning 94-moddasi). Barcha hollarda dalillarning ishonchliligi tekshirilishi (tasdiqlanishi yoki rad etilishi) kerak. Ba'zan dalillarning maqbulligi (masalan, tergov harakatlari o'tkazish chog'ida prosessual buzilishlar bo'lgan-bo'lmaganligini aniqlash uchun) yoki sodir etilgan jinoyatga aloqadorligi tekshirilishi mumkin.

Jinoyat prosessida dalillarni tekshirish deganda sudning dalillarni tahlil hamda sintez qilish, ularni boshqa dalillar bilan taqqoslash va yangi dalillar to'plashga

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

qaratilgan faoliyati tushuniladi. Nazariyada ba'zi mualliflar dalillarni tekshirish maqsadi sifatida dalillarni o'zining sifat va xossalari - ularning to'g'ri yoki noto'g'riligi, maqbul yoki nomaqbulligi, yaroqliligini aniqlashni tushunadilar. Dalillarni tekshirish maqsadining bunday ta'rifi qisman to'g'ri. Bunday yondashuvda dalillar tekshirilishining huquqiy tomonlari isbotlashning gnoseologik asoslaridan ajralib qoladi. Natijada, tekshirish deganda faqat tekshirilayotgan dalilning sifati va xossalari haqidagi bilimlarni to'plash jarayoni tushuniladi. Mohiyatan, jarayonning ikkinchi muhim tomoni - bu dalil orqali qidirish lozim bo'lgan fakt va holatlarning munosabatalari, aloqalari to'g'risidagi bilimlar to'planishi nazardan chetda qoladi. Dalillarni tekshirishning ushbu jihati har bir jinoyat ishida mavjud bo'lib, ular katta nazariy va amaliy ahamiyatga ega. Bu tomonlarni e'tiborga olish faqat tekshirilayotgan dalilning o'zi haqida emas, balki ishga aloqador bo'lgan faktlar, haqiqiy sharoitlar to'g'risida bilimlar to'plashga omil bo'ladi. Jinoyat prosessi nazariyasida dalillarni tekshirish ularni analiz va sintezidan boshlanishi tan olingan. Dalillarni analiz qilish quyidagilarni o'z ichiga oladi: a) ish bo'yicha to'plangan dalillar yig'indisini alohida dalillarga bo'lish, har bir dalilni boshqa dalillardan alohida ko'rish; b) har bir alohida olingan dalilni tarkibiy qismlarga bo'lish, undan ayrim faktlarni, qirralarni ajratib olish; v) har bir dalilning elementlarini bir-biri bilan va har bir dalilni boshqa dalil bilan solishtirish.

Tergovchi va sud dalillarning barcha tomonlarini - ularning mazmunini, faktik ma'lumotlar manbalarini, dalillar manbalarini analiz qilishlari lozim. Tergovchi va sud avval dalildagi faktlar va sharoitlarni o'zida mujassam qilgan ma'lumotlarni xayolan qismlarga ajratib, ularni mazmunan analiz qiladi. Bu holatda ularning bir-birlari bilan aloqalari, munosabatlari e'tiborga olinmay, har bir fakt alohida, turli tomonlardan tekshirib, o'rganiladi. Mazkur tekshiruv faktlarni chuqur o'rganish va tub mohiyatini tushunish imkonini beradi. Dalil mazmunini alohida tarkibiy qismlarga ajratish tergovchi va sudga faktlarning ish uchun ahamiyatli bo'lgan tomonlari, xususiyatlari to'g'risida aniq tasavvurga ega bo'lish uchun imkon yaratadi.

Dalillarni analiz qilish vaqtida uning alohida qismlarga ajratilgan tomonlarini birlashtirish (sintez) ular o'rtasidagi taxminiy aloqalarni va bog'liqlikni o'rganishga imkon beradi, bu bilan dalilning turli tomonlari mazmunlari o'rtasidagi o'zaro ziddiyatlarning mavjud yoki mavjud emasligi, obyektiv va subyektiv faktorlar mavjudligi va boshqalar aniqlanadi. Sintez vositasida dalilning to'la emasligi, noaniqligi, mazmunan buzilishlarining uning boshqa tomonlariga bog'liqligi qisman yoki to'la tekshirilishi mumkin. Dalillarni tekshirishda analiz va sintez o'zaro chambarchas bog'liqdir. Analizning o'zi sintezdan ajralgan holda tekshirilayotgan

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

dalilning maqbulligi va ishonchliligini aniqlashda, tergovchida ushbu dalilda mujassamlangan ma'lumotlar haqida tasavvur paydo bo'lishi uchun yetarli emas.

Analiz va sintez yordamida dalillarni tekshirishning kelgusi yo'nalishi va shakli, ya'ni uni boshqa dalillar bilan solishtirish mumkin hamda shart bo'lgan tomonlari, aloqalari belgilanadi. dalillar isbotlash predmetining holatlarini va faktlarini, ularning aloqalari, munosabatlari va bog'liqligi o'zida aks ettirib, ular haqidagi ma'lumotlarni o'zida jamlagan bo'ladi, bu kabi ma'lumotlar boshqa dalillarda ham uchrashi mumkin, shuning uchun ular faqat solishtirish, taqqoslash yo'li bilan emas, yangi dalillar to'plash yo'li bilan ham tekshiriladi.

Tekshiruvning yo'llari, shakli, xarakteri tekshirilayotgan dalilning o'zida, uning noaniqligi, tushunarsizligi, ziddiyatliligi va ilgarigi tekshirish davomida aniqlangan, lekin bartaraf etilmagan boshqa dalillar mazmuniga mos kelmasligida mujassamlangan bo'ladi. Yana shunisi muhimki, dalilni tekshirishda tanlangan yo'l bir vaqtning o'zida jinoyat ishi bo'yicha isbotlash jarayonining kelgusidagi yo'nalishini ham belgilab beradi. Yangi dalillar to'plash orqali dalillarni tekshirish usulining yana bir xarakterli tomoni uning qat'iy maqsadga yo'naltirilganligidir. Ilgarigi tekshiruv davomida aniqlanmagan, tergovchida shubha tug'dirgan dalilning har qanday sifatlari, xususiyatlari va aloqalari tadqiq etilishi mumkin. Aynan shu bosqichda isbotlash subyekti JPKning 94-moddasining dalillarni «sinchkovlik bilan, to'la, har tomonlama va xolisona» tekshirish to'g'risidagi talablarini ado etish imkoniyatiga ega bo'ladi.

2019 yil 23 mayda qabul qilingan qonunga asosan "Jinoyat prosessual kodeksda guvohlar, jabrlanuvchilar, gumon qilinuvchilar va ayblanuvchilar ishtirokidagi tergov harakatlari, ya'ni so'roq, shaxslarni va narsalarni tanib olish va yuzlashtirishlar ushbu shaxslarni ular turgan joydagi yoki yashash joyidagi viloyat yoki tuman yoxud shaharning huquqni muhofaza qiluvchi organiga yoki sudiga chaqirgan, texnik vositalardan foydalangan holda videokonferensaloqa rejimida o'tkazilishi belgilab qo'yilgan". Lekin ko'rsatmalarni hodisa sodir bo'lgan joyda tekshirish, eksperiment o'tkazish kabi tergov harakatlarini videokonferensaloqa rejimida o'tkazish imkoni mavjud emas. JPKning 19-moddasiga ko'ra, davlat sirlariga oid, shuningdek, jinsiy jinoyatlar to'g'risidagi ishlar yopiq sud majlisida ko'rilishi lozim. Voyaga yetmagan shaxslarga oid, shuningdek, fuqarolarning shaxsiy hayoti haqidagi ma'lumotlarni yoki ularning sha'ni va qadr-qimmatini kamsitadigan ma'lumotlarni oshkor qilmaslik maqsadida hamda jabrlanuvchi, guvoh yoki ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning, ular oila a'zolari yoki yaqin qarindoshlarining xavfsizligini ta'minlash taqozo etilgan hollarda boshqa ishlarni ham sud ajrimi bilan yopiq sud majlisida

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

О

R

VOLUME 2 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

ko'rishga yo'l qo'yiladi. JPKning 19-moddasi yopiq sud majlisida videokonferensaloqa tizimidan foydalanishga yo'l qo'ymaslikni, bunday majlisni audio va video yozuvga olmaslikni talab qiladi. Shuningdek, ba'zi sud organlarida videokonferensiya o'tkazish uchun tegishli texnologiyalar mavjud emas. Har bir sud organiga kamera, kompyuter va boshqa jihozlar yetkazib berish va sud majlislarini videokonferensiya vositasi orqali o'tkazish uzoq joylardan kelishi kerak bo'lgan prosess ishtirokchilarining vaqti va yo'l harajatlarini tejaydi.

Mazkur muammoni inobatga olgan holda, JPKning 40510, 420-moddasiga sudlanuvchining ishni ko'rayotgan sud faoliyat ko'rsatayotgan hududdan tashqarida boshqa jinoyat ishi bo'yicha ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingani, uy qamog'ida saqlanayotgani yoki ozodlikdan mahrum qilish, ozodlikni cheklash jazosini o'tayotgani aniqlanganda, ushbu sudlanuvchi sud zaliga keltirilgunga yoki etap qilingunga qadar ish yuritishni to'xtatib turishga yo'l qo'yilishini nazarda tutuvchi qo'shimchalar kiritish taklif etiladi. Sud amaliyotida ayrim hollarda ish bo'yicha jabrlanuvchi yoki guvoh sifatida qatnashgan, lekin boshqa jinoyat ishi bo'yicha tegishli viloyat hududidan tashqarida ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan, uy qamog'ida saqlanayotgan yoki ozodlikdan mahrum qilish, ozodlikni cheklash jazolarini o'tayotgan shaxslarni sud zaliga keltirish yoki etap qilish, shuningdek, ayrim hollarda ish bo'yicha ekspertiza tayinlanib, jinoyat ishi materialini ekspertiza muassasasiga yuborish zarurati tug'ilishi mumkin. Bunday holatlarda shaxsni sud zaliga etap qilish hamda ekspertiza tekshiruvini o'tkazish muayyan bir vaqt talab qiladi. Bu vaqt mobaynida, ayniqsa, jinoyat ishi materiali ekspertiza muassasasiga yuborilgan hollarda, sud muhokamasini davom ettirishning imkoni bo'lmaydi. Ushbu holatlar faqatgina ishni sudda muhokama qilishning muddatiga emas, balki ish bo'yicha qonuniy va asosli qarorlar qabul qilishga ham jiddiy ta'sir k o'rsatadi. SHu nuqtai nazardan, JPKning 420-moddasini takomillashtirish zarur.

REFERENCES

1. Тулаганова Г.З., Рахмонова С.М. Жиноят-процессуал хукуки. Умумий кисм. Дарслик, -Т.: ТДЮУ нашриёти, 2017, 18 бет

2. Куцова Э.Ф. Доказательства - элемент фактической основы уголовно-процессуальных решений // Вестн. Моск. ун-та. Сер. право. 2011. № 3. - С. 35-

XULOSA

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

О

R

VOLUME 2 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

3. Абдуллаев П.С. Понятие доказательства в уголовно-процессуальном праве России (актуальные вопросы) // Вестник Московского университета. № 11. 2012. - С. 99-109.

4. Савельева Н.В. Проблемы доказательств и доказывания в уголовном процессе: учеб. пособие. - Краснодар : КубГАУ, 2019. - Б. 6.

5. Ботиров Х,.Х. Жиноят ишини юритишни тухтатиш ва кайта тиклаш институтини такомиллаштириш. Юридик фанлар номзоди илмий даражасини олиш учун ёзилган диссертация. - Т.: 2012 йил, 121-бет

6. https://lex.uz/docs/3107036

7. Хужаназаров А. Электрон куринишидаги маълумотлардан жиноят-процессуал исбот килишда фойдаланишнинг умумназарий асослари // Хукукий тадкикотлар журнали. № 7. 2019. - Б. 31.

8. Пирматов О. Иктисодий ва фукаролик суд ишларини юритишда электрон далилларнинг процессуал жихдтлари: юридик фанлар буйича фалсафа доктори диссертацияси авторефарати. - Тошкент, 2020. - Б. 18.

9. Жиноят процессида далиллар такдим килиш ва фойдаланиш муаммолари. Илмий-амалий кулланма. Т. «Адолат». 2013 й

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.