Научная статья на тему 'JINOYAT SUDLАRINING YUQORI INSTАNTSIYASIDА АDVOKАT ISHTIROKI OʼRNI VА АHАMIYATI'

JINOYAT SUDLАRINING YUQORI INSTАNTSIYASIDА АDVOKАT ISHTIROKI OʼRNI VА АHАMIYATI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
300
51
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
apellyatsiya / kassatsiya / protest / shikoyat / himoyachi / vakolatlar / murojaat / protsessual rol / yuqori instansiya. / appeal / cassation / protest / complaint / defender / powers / procedural role / higher instance.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Raximova, Мohinur Murodovna

Ushbu maqola yuqori instansiya jinoyat sudlarida advokat ishtiroki institutining protsessual jihatlarini har tomonlama ilmiy tahlil qilingan, advokat ishtiroki tizimini takomillashtirish, apellyatsiya va kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan ko‘riladigan ishlarda himoyachining ishtirok etishi institutini rivojlantirish, shuningdek, jinoyat ishlarida himoyachining holati, roli va huquqiy tartibga solinishini o‘rganish, himoyachining jinoiy jarayonda samarali ishlash mexanizmlarini yaratish bilan bog‘liq tavsiyalar bo‘yicha ilg‘or xorijiy tajribalari va ko‘nikmalarni o‘z qonunchiligimizga implementatsiya qilish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE ROLE AND IMPORTANCE OF LAWYER'S PARTICIPATION IN THE SUPREME INSTITUTION OF CRIMINAL COURTS

This article provides a comprehensive scientific analysis of the procedural aspects of the institution of the defender's participation in the criminal courts of the highest instance, discusses the issues of improving the system of lawyer’s participation, the development of the institution of the defender’s participation in cases considered by the court of appeal and cassation, as well as the study of the status, role and legal regulation of the defender in criminal cases., a proposal for implementation in domestic legislation advanced foreign experience and skills of a defender according to recommendations, related to the creation of mechanisms for effective work in criminal proceedings and recommendations have been developed.

Текст научной работы на тему «JINOYAT SUDLАRINING YUQORI INSTАNTSIYASIDА АDVOKАT ISHTIROKI OʼRNI VА АHАMIYATI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

О

R

VOLUME 2 | ISSUE 5 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

JINOYAT SUDLARINING YUQORI INSTANTSIYASIDA ADVOKAT ISHTIROKI O'RNI VA AHAMIYATI

Raximova Mohinur Murodovna

TDYU magistranti rahimovamohinur69@gmail.com

Ushbu maqola yuqori instansiya jinoyat sudlarida advokat ishtiroki institutining protsessual jihatlarini har tomonlama ilmiy tahlil qilingan, advokat ishtiroki tizimini takomillashtirish, apellyatsiya va kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan ko 'riladigan ishlarda himoyachining ishtirok etishi institutini rivojlantirish, shuningdek, jinoyat ishlarida himoyachining holati, roli va huquqiy tartibga solinishini o'rganish, himoyachining jinoiy jarayonda samarali ishlash mexanizmlarini yaratish bilan bog'liq tavsiyalar bo'yicha ilg'or xorijiy tajribalari va ko'nikmalarni o'z qonunchiligimizga implementatsiya qilish bo'yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Kalit so'zlar: apellyatsiya, kassatsiya, protest, shikoyat, himoyachi, vakolatlar, murojaat, protsessual rol, yuqori instansiya.

В данной статье проведен всесторонний научный анализ процессуальных аспектов института участия защитника в уголовных судах высшей инстанции, рассмотрены вопросы совершенствования системы участия адвоката, развития института участия защитника в делах, рассматриваемых судом апелляционной и кассационной инстанции, а также изучение статуса, роли и правового регулирования защитника в уголовных делах., предложение по имплементации в отечественное законодательство передового зарубежного опыта и навыков защитника по рекомендациям, связанным с созданием механизмов эффективной работы в уголовном процессе и рекомендации разработаны.

Ключевые слова: апелляция, кассация, протест, жалоба, защитник, полномочия, апелляция, процессуальная роль, высшая инстанция.

This article provides a comprehensive scientific analysis of the procedural aspects of the institution of the defender's participation in the criminal courts of the highest instance, discusses the issues of improving the system of lawyer's

+998 90 788 6069

ANNOTATSIYA

AННОТAЦИЯ

ABSTRACT

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 5 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

participation, the development of the institution of the defender's participation in cases considered by the court of appeal and cassation, as well as the study of the status, role and legal regulation of the defender in criminal cases., a proposal for implementation in domestic legislation advanced foreign experience and skills of a defender according to recommendations, related to the creation of mechanisms for effective work in criminal proceedings and recommendations have been developed.

Keywords: appeal, cassation, protest, complaint, defender, powers, procedural role, higher instance.

Jinoyat protsessida shaxs huquqlarini ta'minlashning mexanizmlari mazmunini shaxs huquqlari va erkinliklarini ta'minlashga qaratilgan jinoyat-protsessual normalar va vositalar hamda shaxs huquqlari va erkinliklarini ta'minlashga ma'sul bo'lgan davlat organlari hamda alohida shaxslarning faoliyati tashkil qiladi. Jinoyat ishi yurituvi bosqichlarida, xususan jinoyat ishini qo'zg'atishdan boshlab, uni tergov qilish, sudda ko'rishga tayinlash, ishni mazmunan sudda ko'rish va natijasi bo'yicha sud hujjatlarini (hukm, ajrim) qabul qilish, hukm (ajrim, qaror) ustidan shikoyat kirirtish hamda ularning ijro etilishini ta'minlovchi subyektlar shaxs huquqlarini ta'minlash mexanizmi tizimida muhim ahamiyatga ega bo'lgan institutsional asoslar hisoblanadi.

Ta'kidlash lozimki, himoyalanish huquqini ta'minlash jinoyat-protsessual qonunchilikning asosiy tamoyillaridan biri sifatida belgilanganligi muhim ahamiyat kasb etadi. Zotan, huquqning ma'muriy, fuqarolik, xo'jalik va boshqa sohalariga qaraganda jinoyat protsessida insonning huquq va qonuniy manfaatlariga ko'proq ta'sir o'tkaziladi. Chunki, jinoyat sudlov ishlarini yuritish orqali fuqarolarning shaxsiy huquq va erkinliklarini cheklash ehtimoli yuqoridir.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METOD

Maqolada olib borilgan tadqiqotning mazmuni jinoyat sudlarining yuqori instansiyasida himoyachi ishtiroki hamda ushbu sohadagi mavjud muammolar, vakolatlarini kengaytirishning ayrim masalalarini aniqlashdan iborat. Maqolaning metodologik asosi jinoyat sudlarida himoyachi ishtiroki, va mazkur jarayonda himoyachi ishtirokini takomillashtirish sohasida obyektiv voqelikni bilishning umumiy falsafiy va xususiy huquqiy usullari hisoblanadi.

Maqolada umumiy ilmiy usullar (tizimli, tuzilmaviy-funksional, mantiqiydeduksiya va induksiya), maxsus usullar (Statistik, qiyosiy-huquiy) va xususiy ilmiy usullardan (rasmiy) foydalanilgan.

KIRISH

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 5 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

N. S. Chuvashov[1], A. D. Boykov[2], M.O. EaeB[3], V. Y .Melnikov[4] kabi olimlar shuningdek, Bazarova A-[5], To'laganova G.[6], Inog'omjonova Z.[7] shaxslarning jinoyat protsesida himoyalanishini ta'minlash, amalga oshirish va himoya qilish mexanizmining xususiyatlari bo'yicha tadqiqot ishlarini amalga oshirganlar.

MUHOKAMA HAMDA NATIJALAR

Mamlakatimiz hayotining barcha sohalarida amalga oshirilayotgan demokratik islohotlarning bosh maqsadi - inson, uning huquq va erkinliklarini himoya qilish kafolatlarini yaratishga qaratilgan.

Advokatura institutining yanada isloh qilinishi fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirishga hamda inson huquqlari va erkinliklarining samarali himoya qilinishini har tomonlama ta'minlashga qaratilgan sud-huquq tizimi sohasidagi islohotlarning bugungi kundagi eng muhim vazifasi sifatida belgilandi.

Harakatlar strategiyasining mantiqiy davomi sifatida 2022 - 2026 yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning Taraqqiyot strategiyasi qabul qilindi. Taraqqiyot strategiyasining 19-maqsadi sifatida advokatura institutining inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishdagi salohiyatini tubdan oshirish, shuningdek, aholi va tadbirkorlik subyektlarining malakali huquqiy xizmatlarga bo'lgan talabini to'liq qondirish belgilangan[8].

Eng avvalo, "inson huquqlariga sodiqlik", "demokratiya va ijtimoiy adolatga sadoqat", "Respublika fuqarolarining munosib hayot kechirishlarini ta'minlash", "insonparvar demokratik huquqiy davlat barpo etish" kabi g'oyalar oliy maqsad sifatida Asosiy Qonunimizning Muqaddimasida konstitutsiya darajasida mustahkamlandi hamda uning butun mazmunida, shu orqali barcha qonun normalari ruhiyatida aks ettirildi.

Jumladan, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 2-moddasida davlat xalq irodasini ifoda etib, uning manfaatlariga xizmat qilishi, davlat organlari va mansabdor shaxslar jamiyat va fuqarolar oldida mas'ul ekanligi, 22-moddasida esa, O'zbekiston Respublikasi o'z hududida ham, uning tashqarisida ham o'z fuqarolarini huquqiy himoya qilish va ularga homiylik ko'rsatishni kafolatlashi qayd etilgan.

Mamlakatimizda xalqaro huquq normalariga monand advokaturaning o'ziga xos milliy tizimini yaratish borasida qonunchilikning takomillashtirilishi - pirovard natijada demokratik huquqiy davlat va kuchli fuqarolik jamiyatini barpo etish uchun mustahkam zamin vazifasini o'taydi.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 5 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Bugungi kunda inson huquq va erkinliklarini, xususan, uning bir shakli sifatida himoyalanish huquqini to'laqonli ta'minlash davlat oldida turgan vazifalarning markaziy bo'g'inini tashkil etadi. Shu sababdan, mamlakatimizda qonun ustuvorligi va qonuniylikni mustahkamlash, shaxs huquqi va manfaatlarini ishonchli himoya qilish, shuningdek, davlat tomonidan himoyalanish huquqini ta'minlash borasida qator islohotlar izchil amalga oshirib kelinmoqda.

Shu maqsadda 2008-yil 1-may kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasida advokatura institutini isloh qilish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Farmoni qabul qilindi. Mazkur Farmonda advokatura institutini isloh qilishning asosiy yo'nalishlari belgilab berildi. Ushbu farmonda ko'tarilgan, advokatura institutini isloh etish bilan bog'liq masalalar 2008-yil 31-dekabrda qabul qilingan O'zbekiston Respublikasining "Advokatura instituti takomillashtirilishi munosabati bilan O'zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida"gi Qonunida o'z mantiqiy yechimini topdi[9].

Zero, hozirda mamlakatimizda advokatura fuqarolar va tashkilotlarga malakali yuridik yordam ko'rsatish bo'yicha ijtimoiy ahamiyatga molik vazifa yuklangan maxsus huquq layoqatiga ega ommaviy-huquqiy institut sifatida shakllandi.

Shuningdek, Jinoyat sudlov ishlarini yuritish orqali fuqarolarning shaxsiy huquq va erkinliklarini cheklash ehtimoli yuqoridir. 2017-yil 29-martdagi "Fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini ta'minlashga doir qo'shimcha chora-tadbirlar qabul qilinganligi munosabati bilan O'zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida"gi Qonun asosida 51-modda birinchi qismi 8 va 9-bandlar bilan to'ldirilgan.

Shu vaqtdan boshlab apellyatsiya, kassatsiya sudi tomonidan ko'riladigan ishlarda himoyachining ishtirok etishi shartligi belgilangan.

V.Y.Melnikov "jinoyat protsessi orqali shaxs huquqlarini ta'minlash, amalga oshirish va himoya qilish mexanizmi" tushunchasiga butun jinoyat protsessining maqsadiga muvofiq muayyan ketma-ketlikda ishlashini ta'minlaydigan protsessual-huquqiy yelementlar, vositalar va usullar majmui sifatida ta'rif bergan. Shu bilan birga, ushbu olimning fikricha "shaxs huquqlarini ta'minlash, amalga oshirish va himoya qilish mexanizmi" kategoriyasining o'zi quyidagi elementlardan iborat: shaxs huquq va erkinliklarini mustahkamlovchi huquqiy normalar; ushbu huquq va erkinliklarning paydo bo'lishi va tugatilishining huquqiy faktlari; shaxs huquqlarining kafolatlarini ta'minlash bilan shug'ullanadigan jinoyat protsessi ishtirokchilarining faoliyati; shaxs huquq va erkinliklarni ta'minlash, amalga oshirish

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 5 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

va himoya qilish uchun mo'ljallangan maxsus huquqiy tartiblar; huquqiy javobgarlik instituti[10]

Firkni davom ettirgan xolda shuni ta'kidlash lozimki, advokat jinoyat ishlarini sudda ko'rish jarayonining shunday bir ishtirokchisi hisoblanadiki, uning ishtirokisiz sud, ya'ni davlat hokimiyati to'laqonli faoliyat ko'rsata olmaydi. Bu holat advokatura institutining alohida maqomini isbotlaydigan qo'shimcha dalildir. Zotan, himoyalanish huquqi - bu har qanday fuqaroning huquqiy maqomini ifodalovchi belgilardan biri bo'lib, u shaxs-jamiyat-davlat o'rtasidagi munosabatlarda aks ettiriladi. Ya'ni, har qanday huquq jumladan, subyektiv huquqlar ham davlat va huquq egasi tomonidan himoya qilinishi imkoniyatiga ega bo'lmas ekan, ular o'z ahamiyatini yo'qotadi. Shu sababdan, Konstitutsiyamizning 26-moddasida sudda ayblanayotgan shaxsga o'zini himoya qilish uchun barcha sharoitlar ta'minlab berilishi mustahkamlangan. Ya'ni, jinoyat-protsessual qonunchiligiga muvofiq, shaxsning qilmishi yuzasidan jinoyat ishi sudda ko'rilayotgan paytda sudlar orqali davlat "o'z fuqarosining himoyalanish huquqini sudda ta'minlash majburiyati"ni amalga oshiradi. Shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 24-moddasida gumon qilinuvchi, ayblanuvchi va sudlanuvchi himoyalanish huquqiga egaligi belgilangan. Himoyalanish huquqi surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, sud zimmasidagi gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga va sudlanuvchiga unga berilgan huquqlarni tushuntirib berish hamda u o'ziga qo'yilgan ayblovdan himoyalanish uchun qonunda nazarda tutilgan barcha vosita va usullardan foydalanishda haqiqiy imkoniyatga ega bo'lishiga qaratilgan chora-tadbirlar ko'rish majburiyati bilan ta'minlanadi.

O'zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi sud hukmi, ajrimi va qarorlarining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini apellyatsiya tartibida tekshirilishi mumkinligini nazarda tutadi. Mazkur tartib jinoyat protsessida ishtirok etishga jalb etilgan shaxslarning, shu jumladan, sudlangan (oqlangan) shaxslarning, jabrlanuvchi, fuqaroviy da'vogar, fuqaroviy javobgar va boshqalarning huquqlarining himoya qilish hamda yo'l qo'yilgan sud xatolarini tuzatishning muhim kafolatidir.

Sudning qonuniy kuchga kirmagan hukmlarining qonuniyliligi, asosliligi va adolatliligi mahkum, uning himoyachisi, jabrlanuvchi, uning vakili va JPKning 4972 - moddasida ko'rsatilgan boshqa shaxslar tomonidan berilgan apellyatsiya shikoyatiga asosan apellyatsiya tartibida tekshirilishi mumkin.

Advokat o'z himoyasi ostidagi (ishonch bildiruvchi) shaxsga sud hukmlari ustidan apellyatsiya tartibida shikoyat berishning o'ziga xos xususiyatlarini tushuntirishi va u bilan kelishgan holda sud hukmi ustidan shikoyat berishning qaysi

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 5 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

tartibidan foydalanish masalasini hal qilishi lozim. Shuni nazarda tutish kerakki, birinchi instansiya sudining qonuniy kuchga kirgan hukmi va ajrimlari ustidan apellyatsiya tartibida shikoyat keltirib bo'lmaydi.

Shikoyatda hukmning to'liq yoki uning bir qismi qonunga xilof ekanligi, asoslantirilmaganligi va (yoki) adolatsiz ekanligi to'g'risidagi xulosalar qonun normalariga hamda ishda mavjud bo'lgan muayyan dalillarga havola qilingan holda asoslantirilishi lozim.

JPKning 4974-moddasiga binoan, apellyatsiya shikoyati va protestlari hukm e'lon qilingan kundan e'tiboran o'n sutka ichida, mahkum, oqlangan shaxs, jabrlanuvchi tomonidan esa ularga hukmning ko'chirma nusxasi topshirilgan kundan e'tiboran, shu muddat ichida berilishi mumkin. Hukm ustidan shikoyat va protest berish uchun belgilangan muddat ichida ish suddan talab qilib olinishi mumkin emas. Taraflarga shu vaqt ichida ish bilan sud binosida tanishiga haqli. Belgilangan muddat o'tgandan keyin berilgan shikoyat yoki protest oqibatsiz qoldiriladi, bu haqda ularni bergan shaxslarga xabar qilinadi.

Apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudida ishtirok etayotgan advokat ish uchun ahamiyatga molik hujjatlar, mutaxassislarni fikrlari va boshqa qo'shimcha materiallarni taqdim etishga hakli. Shu bilan birga kushimcha materiallarni talab qilib olishlikni so'rab, sudga iltimosnoma kiritishi ham mumkin. Qo'shimcha materiallar advokatning iltimosiga ko'ra chiqarilgan sud ajrimiga asosan Jinoyat-protsessual kodeksning 149, 170, 290 va 398-moddalarida nazarda tutilgan tergov harakatlarini o'tkazishni tergovchiga topshirish yo'li bilan ham olinishi mumkin.

Apellyatsiya instansiyasi sudida ishtirok etayotgan advokat sud majlisida tekshirilishi lozim bo'lgan dalillar to'g'risida; sud majlisiga sudlanuvchini, jabrlanuvchilarni, guvohlarni, ekspertlar va zaruriyat bo'lsa boshqa shaxslarni chaqirish to'g'risida; sudlanuvchiga nisbatan tanlangan ehtiyot chorasini bekor qilish yoki o'zgartirish to'g'risida; qo'shimcha dalillar talab qilish haqida va boshqa masalalarda iltimosnomalar kiritishga haqli. Shunisi alohida ahamiyatga egaki, kassatsiya shikoyati, protesti bevosita kassatsiya instansiyasi sudiga, ya'ni Oliy sudning Jinoyat ishlari bo'yicha sudlov xay'atiga beriladi. Bundan tashqari protestda og'irroq jinoyat to'g'risidagi qonunni qo'llash zarurligi to'g'risida, jazoni kuchaytirish to'g'risida yoki mahkumning ahvoli yomonlashishiga olib keladigan boshqa o'zgartirishlar haqida, oqlov hukmini yoki jinoyat ishini tugutish haqidagi ajrimni bekor qilish to'g'risidagi masalalar qo'yilgan bo'lsa, ishni kassatsiya tartibida qayta ko'rishga faqat hukm qonuniy kuchga kirganidan so'ng bir yil ichida yo'l qo'yiladi.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 5 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Kassatsiya ishlarida advokatning ishtirokishining e'tiborli jihati shundaki, ishga kirishgan himoyachi shikoyatni o'zgartirishi yoki yangi vajlar bilan to'ldirishi, ilgari ishda ishtirok etgan himoyachi tomonidan berilgan shikoyat vajlariga qo'shimcha asoslar taqdim etishi mumkin. Kassatsiya shikoyatini, protestini qaytarib olishga kassatsiya instansiyasi sudi maslahatxonaga kirgunga qadar yo'l qo'yiladi. Kassatsiya shikoyati, protestini bergan shaxs uni qaytarib olish huquqiga ega. Mahkumning himoyachisi, qonuniy vakili o'z shikoyatini faqat mahkumning roziligi bilan qaytarib olishga haqli hisoblanadi. Mahkum o'z himoyachisi tomonidan berilgan shikoyatni qaytarib olshiga haqlidir. Advokat, shuningdek, yangi guvohlarni chaqirish, ekpertiza o'tkazish, birinchi instansiya sudi tomonidan tekshirib ko'rish rad etilgan ashyoviy dalillar va hujjatlarni talab qilib olish to'g'risida ham apellyatsiya instansiyasi sudiga iltimosnoma kiritishga haqli. Shu sababdan, advokatura institutini doimiy ravishda isloh qilib borish fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirishga hamda inson huquqlari va erkinliklarining samarali himoya qilinishini har tomonlama ta'minlashga qaratilgan sud-huquq tizimi sohasidagi islohotlarning bugungi kundagi eng muhim vazifasi hisoblanadi. Advokat kassatsiya sudida ishtirok etishga tayyorgarlik ko'rishda (ayniqsa u ishga ish birinchi instansiya sudida ko'rib chiqilgandan keyin kirishgan bo'lsa) ish materiallari bilan tanishib chiqadi, o'z himoyasi ostidagi (ishonch bildiruvchi) shaxsga hukm ustidan apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida shikoyat keltirishning huquqiy oqibatlari tushuntirishi va u bilan ikkinchi instansiya sudida ish yuzasidan qo'llaniladigan protsessual pozitsiyani kelishib oladi, shundan so'ng advokat kelishuvga muvofiq apellyatsiya yoki kassatsiya shikoyatining matnini tayyorlaydi.

M.H.Rustamboyev va U.Tuxtashayevalarning ta'kidlashicha, "advokat jinoyat protsessida himoyachi yoki vakil sifatida ishtirok etish jarayonida Jinoyat-protsessual kodeksida nazarda tutilgan qator huquqlardan foydalanadi. Advokatning jinoyat protsessida ishtiroki fukarolarning huquq, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoyaqilishning jiddiy kafolatidir va bu ish yuzasidan hakikatni aniqlashga ko'maklashadi hamda tortishuvchilik va fuqarolarning qonun va sud oldida tengligi prinsiplarining ajralmas qismidir" [11]

Xulosa qilib aytganda, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan har qanday islohotlarning, xususan himoyalanish huquqini ta'minlash institutini yanada isloh etish yuzasidan olib borilayotgan islohotlarning markaziy bo'g'inini inson, uning huquq va manfaatlari tashkil etayotganlini ta'kidlash o'rinlidir. Zero, islohot - islohot uchun emas, islohot, avvalo, inson, uning manfaatlari uchun xizmat qilmog'i lozim.

XULOSA

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

о

R

VOLUME 2 | ISSUE 5 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Advokatning kasbiy burchi unga ish bo'yicha barcha dalillarni obyektiv, har tomonlama va sidqidildan tahlil qilish va baho berish, faktlarni ataylab buzib ko'rsatmaslik, sud va tergovni chalg'itishga urinmaslik, tekshirilayotgan hodisalarga qonuniylik va axloq pozitsiyasidan turib baho berish majburiyatini yuklaydi. Himoyachi haqiqiy, o'ziga ma'lum bo'lgan dalillardan foydalanishi yoki unga ma'lum bo'lgan faktlarga zid keluvchi ishdagi ma'lumotlarni qo'llashi mumkin emas.

REFERENCES

1. Н.С. Чувашовой «Функция адвоката-защитника в апелляционной и кассационной судебных инстанциях» (2003 г.) 22.

2. Бойков А.Д. «Защита прав потерпевшего в уголовном процессе». М., 1993. С. 44

3. Баев М.О. Баев О.Я. Участие защитника в производстве следственных действий (тактический аспект) / Баев М.О. Баев О.Я. // Уголовно-правовые проблемы борьбы с преступностью: сб. науч. тр. -Калининград: Изд-во Калининград, гос. ун-та., 1995. С. 58 - 72.

4. В.И. Новосельцев, В.М. Мельников Новосельцев В.И. Конфликтология: учеб. пособие /. Воронеж: Рос. академия правосудия, 2004.-290с.

5. Базарова Д.Б. Адвокат как участник в досудебных стадиях уголовного процесса. Дисс. ... канд. юрид. наук. -Т., ТГЮИ. 2011. -С. 20.

6. Тулаганова Г.З. Инсон хукуклари умумжахрн декларацияси ва тортишув принципи. Укув кулланма. - Т. ТДЮИ, 2009., -Б. 6-7, 60, 78.

7. Inog'omjonova Z.F., To'laganova G. Z. Jinoyat protsessi ishtirokchilari. O'quv qo'llanma. -T.: TDYUU. 2006.-B. 45. (Inogomjonova Z.F., Tulaganova G. Z. Participants in criminal proceedings. Study guide. -T .: TDYuU. 2006.-r. 45.)

8. https://lex.uz/docs/5841063

9. https://lex.uz/docs/-1347565

10. Мельников В.Ю. Характеристика механизма обеспечения, реализации и защиты прав личности // https://sworld.com.ua/konfer27/91.pdf (Melnikov V.Yu. Characteristics of the mechanism for ensuring, implementation and protection of individual rights// https://sworld.com.ua/konfer27/91.pdf)

11. Рустамбоев М.Х,., Тухташева У.А. Узбекистон Республикасида Адвокатлик фаолияти. Дарслик. -Т.: "Ilm Ziyo", 2012. -Б.320. (Rustamboev M.H., Tuxtasheva U.A.Advocacy in the Republic of Uzbekistan. Textbook. -T .: "Ilm Ziyo", 2012. -P.320.)

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.