Научная статья на тему 'SHAXNI TIBBIY MUASSSASAGA JOYLASHTIRISH MAJBURLOV CHORASINING PROTOSESSUAL XUSUSIYATLARI'

SHAXNI TIBBIY MUASSSASAGA JOYLASHTIRISH MAJBURLOV CHORASINING PROTOSESSUAL XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Технологии материалов»

CC BY
279
58
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
shaxsning huquq va erkinligini cheklash / jinoyat protsessual majburlov choralari / shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish / tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari / iltimosnoma qo‘zg‘atish haqidagi qaror qabul qilish.

Аннотация научной статьи по технологиям материалов, автор научной работы — Muzaffar Maksud O‘g‘li Maxmudov

Mazkur maqola jinoyat protsessual majburlov tushunchasi, protsessual majburlov choralarining turlari, shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish, jinoyat protsessi ishtirokchilarining xavfsizligini ta’minlash, shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish asoslari, uni qo‘llash va uning ustidan shikoyat qilish tartibi, amal qilish muddati, to‘g‘risida atroflicha ma’lumot olishga imkon beradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «SHAXNI TIBBIY MUASSSASAGA JOYLASHTIRISH MAJBURLOV CHORASINING PROTOSESSUAL XUSUSIYATLARI»

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

SHAXNI TIBBIY MUASSSASAGA JOYLASHTIRISH MAJBURLOV CHORASINING PROTOSESSUAL XUSUSIYATLARI

Muzaffar Maksud o'g'li Maxmudov

Toshkent davlat yuridik universiteti magistratura talabasi muzaffarmaxmudov2430@gmail .com

Mazkur maqola jinoyat protsessual majburlov tushunchasi, protsessual majburlov choralarining turlari, shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish, jinoyat protsessi ishtirokchilarining xavfsizligini ta'minlash, shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish asoslari, uni qo'llash va uning ustidan shikoyat qilish tartibi, amal qilish muddati, to'g'risida atroflicha ma'lumot olishga imkon beradi.

Kalit so'zlar: shaxsning huquq va erkinligini cheklash, jinoyat protsessual majburlov choralari, shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish, tibbiy yo'sindagi majburlov choralari, iltimosnoma qo'zg'atish haqidagi qaror qabul qilish.

O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 26-moddasiga binoan, hech kimda uning roziligisiz tibbiy yoki ilmiy tajribalar o'tkazilishi mumkin emas [1]. Ma'lumki, jinoyat huquqining subyekti bo'lib, faqatgina o'z harakatlarini anglaydigan yoki boshqara oladigan shaxs bo'lishi mumkin. Boshqacha so'z bilan aytganda bu holat aqli rasolik deyiladi. Jinoiy javobgarlikka o'z harakatlarini anglay olmaydigan shaxs jalb etilmaydi, ya'ni aqli noraso bo'lgan, o'zining harakatlarini ruhiy kasal bo'lgan vaqtda yoki vaqtinchalik ruhiy nosog'lom bo'lgan vaqtda, ong jihatdan orqada qolganlik yoki ruhiy boshqa kasalikka uchragan vaqtda faktik holatini va ijtimoiy xavfliligini anglay olmagan yoki boshqara olmagan shaxs hisoblanadi. Aqli norasolik vaqtida ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxslarga nisbatan sud tomonidan tibbiy yo'sindagi majburlov choralari qo'llanilishi mumkin. Milliy sud-huquq tizimini isloh etishning mantiqiy davomini anglatuvchi sud hokimiyati mustaqilligini mustahkamlash masalalari jinoyat ishlari yurituvining sudga qadar bosqichlarida sud nazoratini kengaytirishni, xususan, tibbiy muassasaga joylashtirish kabi protsessual majburlov choralarini qo'llashda tatbiq etilishini taqozo etdi.

Jumladan, 2012-yil 18-sentabrda O'zbekiston Respublikasi Jinoyat protsessual kodeksining 29- va 31-boblariga o'zgartish va qo'shimchalar kiritilib, sudga qadar ish yurituv bosqichida qo'llanadigan choralar, ya'ni lavozimdan chetlashtirish va tibbiy muassasaga joylashtirish tarzidagi protsessual majburlov choralari faqat sudyaning sanksiyasi asosida qo'llash tartibi qonunan mustahkamlandi[2].

ANNOTATSIYA

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

Bundan tashqari, shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish, tibbiy yo'sindagi majburlov choralari O'zbekiston Respublikasining "Psixiatriya yordami to'g'risida"gi, "Narkologik kasalliklar profilaktikasi va ularni davolash to'g'risida"gi qonunlari, O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining "Ruhiy kasallikka chalingan shaxslarga nisbatan tibbiy yo'sindagi majburlov choralarini qo'llash bo'yicha sud amaliyoti to'g'risida"gi Qarori hamda boshqa qonunchilik normalarida o'z ifodasini topgan.

Ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanishi mumkin bo'lgan jinoyatni sodir etishda ayblanayotgan yoki sudlanayotgan shaxslar, ruhiy holati ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilish va ayblov e'lon qilish imkoniyatini istisno qiladigan shaxslarning ruhiy holatini aniqlash uchun sud-tibbiyot yoki sud-psixiatriya ekspertizasini o'tkazishda statsionar doimiy kuzatuvi zarur bo'lsa, ular surishtiruvchi, tergovchi, prokurorning qarori yoxud sud ajrimi bilan tibbiy muassasaga joylashtirilishi mumkin.

Statsionar sharoitida psixiatriya yoki o'zga tibbiyot kuzatuvi zarurati ayblanuvchi (sudlanuvchi) kasallanishining umumiy ko'rinishi murakkab hamda to'g'ri tashxis uzoq yoki qisqa muddatli shaxsning shifokor-ekspertlar kuzatuvi ostida bo'lgan taqdirda qo'yilishi mumkin bo'lgan hollarda vujudga keladi. Ehtimoli kutilayotgan kasallanish xususiyatiga ko'ra ayblanuvchi yoki sudlanuvchi psixiatriya yoki o'zga tibbiyot muassasasiga (kasalxona, klinika, gospitalga) joylashtirilishi mumkin [3].

Jabrlanuvchi va guvohlar majburiy tarzda tibbiy va ruhiy muassasalarga joylashtirilmasliklari lozim. Lekin ular gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi Jinoyat kodeksining 15-moddasi to'rtinchi va beshinchi qismlaridagi og'ir va o'ta og'ir jinoyatlarni sodir etishda aybli ekanligini ochib berayotgan va ko'rsatuvlarning ishonchliligini tekshirishning boshqa imkoniyati bo'lmagan hollarda tibbiy muassasaga joylashtirilishlari mumkin.

Shaxsni tergov, sud organlarining qaroriga ko'ra tibbiy muassasaga joylashtirish o'zining barcha xos alomatlari bilan birga jinoyat protsessual majburlov chorasi hisoblanadi. Bu chora ma'lum shart-sharoitlarda jiddiy tarzda shaxsning huquq va erkinligini cheklashi; majburlov tartibida amalga oshirilishi mumkin; o'z namoyon bo'lishining muayyan shaklidan tashqari maxsus asoslangan qarorning mavjudligini nazarda tutadi. Ruhiy holati ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilish va ayblov e'lon qilish imkoniyatini istisno etadigan shaxs ham, agar aynan uning ijtimoiy xavfli qilmish sodir etganligiga yetarlicha dalillar mavjud bo'lsa, ekspertiza o'tkazish uchun psixiatriya muassasasiga joylashtirilishi mumkin.

Har bir jinoyat sodir qilgan aqli raso shaxs o'z qilmishining oqibatini tushungan holda qasddan harakat qiladi yoki ehtiyotsizlik natijasida jinoyat sodir etadi va jinoiy

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

javobgarlikka tortiladi. Bu masalaga jinoyat huquqi fanida jiddiy ahamiyat beriladi. O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 18-moddasida jinoyat sodir etish vaqtida o'z qilmishining ijtimoiy xavfli xususiyatini anglagan va o'z harakatlarini boshqara olgan shaxs aqli raso deb topiladi. Ijtimoiy xavfli qilmishni sodir etish vaqtida aqli noraso holatda bo'lgan, ya'ni surunkali ruhiy kasalligi, ruhiy holati vaqtincha buzilganligi, aqli zaifligi yoki boshqa tarzdagi ruhiy kasalligi sababli o'z harakatlarining ahamiyatini anglay olmagan yoki harakatlarini boshqara olmagan shaxs javobgarlikka tortilmaydi[4].

Demak, jinoyat protsessida jinoyat sodir etishda gumon qilinayotgan yoki ayblanayotgan shaxsning aqli rasoligi yoki norasoligi masalasi hal etilishi muhim, chunki u aqli noraso deb topilsa, jinoyat ishi alohida toifaga ajratiladi va O'zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 61-bobida ko'rsatilgan tibbiy yo'sindagi majburlov choralarini qo'llash to'g'risidagi ishlarni yuritish tartibida olib boriladi.

Shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish va tibbiy yo'sindagi majburlov choralarini qo'llash shaxsni jamiyatdan ajratish bilan bog'liq bo'lgan keng ma'nodagi jinoyat protsessual majburlov hisoblanadi, ya'ni bu choralar O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 25-moddasidagi shaxsning erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqlarini cheklash bilan bog'liq.

O'zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 265-moddasiga ko'ra, jabrlanuvchilar va guvohlar tegishli sud ekspertizasini o'tkazish uchun tibbiy muassasaga majburiy joylashtirilishi mumkin emas, zero ular gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 15-moddasi to'rtinchi va beshinchi qismlarida nazarda tutilgan og'ir yoki o'ta og'ir jinoyatlarni sodir etganligini fosh qilayotgan va ular bergan ko'rsatuvlarning ishonchliligini tekshirishning boshqa imkoniyati bo'lmagan hollar bundan mustasnoligi belgilangan.

Shuningdek, gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining tibbiy muassasada bo'lgan vaqti qamoqda saqlash muddatiga qo'shib hisoblanadi. Bu holat ham shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish chorasini qamoqda saqlash jinoyat-protsessual institutiga yanada yaqinlashtiradi.

O'zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 265-moddasiga binoan, ayblanuvchi va sudlanuvchining ruhiy holati ustidan statsionar kuzatuv zarurati bo'lganda, ular tegishli tibbiy muassasaga joylashtiriladi va bu holatda O'zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 236-moddasida ehtiyot choralarining maqsadlaridan birortasi ham ko'zda tutilmaydi. Biroq shaxsga nisbatan ehtiyot chorasi qo'llanilmagan bo'lsa, uni tibbiy muassasaga joylashtirilishi bir vaqtning o'zida ehtiyot choralari ko'zlaydigan maqsadlarga erishish uchun xizmat qilishi mumkin.

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

O'zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi 265-moddasining to'rtinchi qismida jabrlanuvchi va guvohlarni ekspertiza o'tkazish uchun tibbiy muassasaga majburiy tarzda joylashtirish mumkin emasligi ta'kidlangan.

O'zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 173-moddasi 5-bandidagi jabrlanuvchi, guvohning ruhiy va jismoniy holatini hamda ular ish uchun ahamiyatli bo'lgan holatlarni idrok qilish, esda saqlash va so'roq qilganda, ifodalab berish layoqatiga ega ekanliklarini, shuningdek jabrlanuvchining jinoyat protsessi chog'ida o'z huquqlari va qonuniy manfaatlarini mustaqil himoya qila olish layoqatini aniqlashda ekspertiza o'tkazishning shart ekanligi ham faqat jinoyat ishini muvaffaqiyatli hal etishga ko'maklashadi.

Jabrlanuvchi yoki guvohning ekspertiza tekshiruvi yoxud guvohlantirish o'tkazishdan bosh tortganligi uchun jinoyat-protsessual javobgarlik choralarini belgilash mumkin, lekin bu choralar ushbu subyektlarni jamiyatdan ajratish bilan bog'liq bo'lmasligi aniq. Bir vaqtning o'zida xuddi shunday zarurat tug'ilganida gumon qilinuvchi va ayblanuvchi jamiyatdan ajratiladi. Demak, ularni tibbiy yoki ruhiy statsionarga joylashtirishda ehtiyot choralarini qo'llashga xos bo'lgan maqsadlar ko'zlanadi. Ushbu fakt orqali tomonlarning tengligi prinsipi buziladi. Shunday jiddiy majburlov chorasini qo'llashni gumon qilinuvchi va ayblanuvchining protsessual maqomi orqali asoslash ularning jinoyat sodir etishda aybdor deb topilmaganligini e'tiborga olganda ishonchsiz ko'rinadi.

Shaxsning roziligisiz tibbiy yoki ruhiy statsionarga majburiy joylashtirish faqat hibsda saqlanayotgan shaxslarga nisbatan qo'llanilishi lozim. Hibsda saqlanmayotgan gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchini tibbiy yoki ruhiy statsionarga majburiy joylashtirish zarurati tug'ilgan hollarda esa O'zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 243-moddasida nazarda tutilgan tartibda sudga murojaat qilinadi[5].

Shaxs tibbiy muassasaga ko'pi bilan bir oy muddatga joylashtirilishi mumkin. Alohida hollarda shifokorlarning statsionar ekspertiza o'tkazish jarayonida olingan xulosasiga asosan bu muddat sudning ajrimi bilan bir oyga uzaytirilishi mumkin va muddatni yanada uzaytirishga yo'l qo'yilmaydi. Ekspertiza o'tkazishni tayinlagan shaxs yoki ekspertlar tomonidan jiddiy qonunbuzarliklarga yo'l qo'yilganligi aniqlangan hollarda sudya o'zining xususiy ajrimi orqali protsessual ta'sir choralarini ko'radi.

Shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish uchun asoslar mavjud bo'lganda prokuror, tergovchi shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish to'g'risida iltimosnoma qo'zg'atish haqida mazkur protsessual majburlov chorasini qo'llash asoslarini bayon etgan holda qaror chiqaradi.

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=2223Q

Shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish to'g'risida iltimosnoma qo'zg'atish haqidagi qarorda: tibbiy muassasaga joylashtiriladigan shaxs haqidagi ma'lumotlar va uning protsessual holati; shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish asoslari; shaxs joylashtiriladigan tibbiy muassasaning nomi; ehtiyot chorasi to'g'risida taklif etilayotgan qaror ko'rsatiladi. Qarorga iltimosnomani asoslovchi zarur materiallar ilova qilinadi.

Tergovchining shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish to'g'risida iltimosnoma qo'zg'atish haqidagi qarori va zarur materiallar prokurorga yuboriladi. Prokuror shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish to'g'risidagi iltimosnomaning asosliligini tekshirib, unga rozi bo'lgan taqdirda, shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish to'g'risida iltimosnoma qo'zg'atish haqidagi qarorni va zarur materiallarni sudga yuboradi.

Shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish to'g'risidagi iltimosnoma dastlabki tergov yuritilayotgan joydagi jinoyat ishlari bo'yicha tuman (shahar) sudining, okrug, hududiy harbiy sudning sudyasi tomonidan, mazkur sudlarning sudyasi bo'lmagan yoxud tibbiy muassasaga joylashtirish to'g'risidagi iltimosnomani ko'rib chiqishda uning ishtirokini istisno etuvchi holatlar mavjud bo'lgan taqdirda, jinoyat ishlari bo'yicha Qoraqalpog'iston Respublikasi Oliy sudi, jinoyat ishlari bo'yicha viloyat, Toshkent shahar sudi, O'zbekiston Respublikasi Harbiy sudi raisining ko'rsatmasiga binoan boshqa tegishli sudning sudyasi tomonidan yakka tartibda ko'rib chiqiladi.

Shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish to'g'risidagi iltimosnoma yopiq sud majlisida, materiallar kelib tushgan paytdan e'tiboran qirq sakkiz soat ichida ko'rib chiqiladi.

Shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish to'g'risidagi iltimosnoma prokuror, himoyachi, shuningdek, agar ishda qatnashayotgan bo'lsa, o'ziga nisbatan ekspertiza o'tkazish uchun tibbiy muassasaga joylashtirish masalasi ko'rib chiqilayotgan shaxslarning manfaatlarini ifodalovchi jabrlanuvchining vakili, guvohning advokati, qonuniy vakillar ishtirokida ko'rib chiqiladi. Tibbiy muassasaga joylashtirilayotgan shaxs, agar uning sog'lig'i imkon bersa, sud majlisida qatnashishga haqli. Zarur hollarda tergovchi sudga chaqirilishi mumkin.

Sudya shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish to'g'risidagi iltimosnomani ko'rib chiqib, shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish to'g'risida yoki shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirishni rad qilish haqida ajrim chiqaradi.

Sudning shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish to'g'risidagi ajrimida: tibbiy muassasaga joylashtiriladigan shaxs haqidagi ma'lumotlar; uning protsessual holati; shaxs joylashtirilayotgan tibbiy muassasaning nomi; shaxsni tibbiy muassasaga

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

joylashtirish asoslari; ehtiyot chorasi to'g'risidagi qaror, zarur hollarda esa, shaxsni mazkur muassasaga ko'chirish to'g'risidagi farmoyish ko'rsatiladi.

Sudya ayblanuvchining tibbiy muassasada bo'lishi muddatini uzaytirish to'g'risidagi iltimosnomani ko'rib chiqib, ayblanuvchining tibbiy muassasada bo'lishi muddatini uzaytirish haqida yoki ayblanuvchining tibbiy muassasada bo'lishi muddatini uzaytirishni rad qilish to'g'risida ajrim chiqaradi.

Ushbu moddaning birinchi va uchinchi qismlarida nazarda tutilgan sud ajrimi o'qib eshittirilgan paytdan e'tiboran kuchga kiradi. Ajrim ijro uchun prokurorga, ma'lumot uchun esa himoyachiga, jabrlanuvchining vakiliga, guvohning advokatiga, qonuniy vakilga yuboriladi.

1. O'zbekiston Respublikasining 1992-yil 8-dekabrda qabul qilingan Konstitutsiyasi URL: https://lex.uz/docs/4032775;

2. Jinoyat-protsessual huquqi. Umumiy qism. Darslik. // Mualliflar jamoasi./ yu.f.d., dots. G.Z.To'laganova va yu.f.n., dots. S.M.Raxmonovalarning umumiy tahriri ostida -Toshkent: TDYU nashriyoti, 2016. - 468 bet;

3. Файзуллаева Т.Х. Тиббий йусиндаги мажбурлов чораларини тайинлаш муаммолари: ю.ф.н. дисс. автореф. - Тошкент: ТДЮИ 2009;

4. Узбекистон Республикасининг Жиноят кодексига шарх, умумий кдсм / М.Рустамбоев. - Тошкент.: 2016;

5. Коптяев А.Ю. Производство о применении принудительных мер медицинского характера: Автореф. дисс. канд. юрид. наук. - Тюмень, 2010.

ADABIYOTLAR RO'YXATI

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.