Научная статья на тему 'JINOYAT PROTSESSIDA TERGOVGA TEGISHLILIKNING AHAMIYATI VA UNING XALQARO HAMDA MILLIY HUQUQIY ASOSLARI'

JINOYAT PROTSESSIDA TERGOVGA TEGISHLILIKNING AHAMIYATI VA UNING XALQARO HAMDA MILLIY HUQUQIY ASOSLARI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
856
100
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
tergov / dastlabki tergov / surishtiruv / tergovga qadar tekshiruv / tegishlilik / tergov organlari / dalil / prokuratura / tergovchi / ichki ishlar organlari / gumon qilinuvchi / ayblanuvchi / guvoh / farmoyish / ijtimoiy xavflilik darajasi / hududiylik. / investigation / preliminary investigation / inquiry / pre-investigation investigation / affiliation / investigative bodies / evidence / prosecutor's office / investigator / law enforcement / suspect / accused / witness / order / degree of social danger / territoriality.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Obidjonov, Abdurasul Rustam O‘g‘li

Maqolada jinoyat ishini sudga qadar yuritishning asosini tashkil qiluvchi tergovning qanday vazifalarni ado etishi lozimligi, tergovga tegishlilik masalalarini to‘g‘ri hal qilinishining jinoyat ishidagi ahamiyati, tergovga tegishlilik turlari va asoslari, shuningdek ushbu masalalarning milliy qonunchilikdagi ba’zi kamchiliklari hamda xalqaro tajriba bilan qiyosiy tahlili o‘z aksini topgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE IMPORTANCE OF BELONGING TO THE INVESTIGATION IN CRIMINAL PROCEDURE AND ITS INTERNATIONAL AND NATIONAL LEGAL BASIS

The article discusses the role of the investigation, which is the basis of pre-trial criminal proceedings, the importance of proper resolution of issues in the criminal case, the types and grounds of investigation, it also reflects some shortcomings in national legislation and a comparative analysis of these issues with international experience.

Текст научной работы на тему «JINOYAT PROTSESSIDA TERGOVGA TEGISHLILIKNING AHAMIYATI VA UNING XALQARO HAMDA MILLIY HUQUQIY ASOSLARI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 4/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

JINOYAT PROTSESSIDA TERGOVGA TEGISHLILIKNING AHAMIYATI VA UNING XALQARO HAMDA MILLIY HUQUQIY ASOSLARI

Obidjonov Abdurasul Rustam o'g'li

Toshkent davlat yuridik universiteti magistranti Obidj onovrasul9@gmail .com

ANNOTATSIYA

Maqolada jinoyat ishini sudga qadar yuritishning asosini tashkil qiluvchi tergovning qanday vazifalarni ado etishi lozimligi, tergovga tegishlilik masalalarini to'g'ri hal qilinishining jinoyat ishidagi ahamiyati, tergovga tegishlilik turlari va asoslari, shuningdek ushbu masalalarning milliy qonunchilikdagi ba'zi kamchiliklari hamda xalqaro tajriba bilan qiyosiy tahlili o'z aksini topgan.

Kalit so'zlar: tergov, dastlabki tergov, surishtiruv, tergovga qadar tekshiruv, tegishlilik, tergov organlari, dalil, prokuratura, tergovchi, ichki ishlar organlari, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, guvoh, farmoyish, ijtimoiy xavflilik darajasi, hududiylik.

АННОТАЦИЯ

В статье рассматривается роль следствия, составляющего основу досудебного уголовного производства, значение правильного разрешения вопросов по уголовному делу, виды и основания расследования, а также отражены некоторые недостатки отечественного законодательства и сравнительная анализ этих вопросов с учетом международного опыта.

Ключевые слова: следствие, судебное следствие, дознание, доследственное постановление, принадлежность, следственные органы, доказательства, прокуратура, следователь, правоохранительные органы, подозреваемый, обвиняемый, свидетель, порядок, общественное правонарушение, территориальность.

ABSTRACT

The article discusses the role of the investigation, which is the basis ofpre-trial criminal proceedings, the importance of proper resolution of issues in the criminal case, the types and grounds of investigation, it also reflects some shortcomings in national legislation and a comparative analysis of these issues with international experience.

Keywords: investigation, preliminary investigation, inquiry, pre-investigation investigation, affiliation, investigative bodies, evidence, prosecutor's office,

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 4/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

investigator, law enforcement, suspect, accused, witness, order, degree of social danger, territoriality.

KIRISH

Jinoyat protsessual huquqida tergov jinoyat ishlarini yuritishning alohida mustaqil bosqichi hisoblanadi va jinoyat ishini sudga qadar yuritishning asosini tashkil qiladi. Jinoyatlarni tez va to'liq fosh etish aynan tergov organlarining samarali faoliyatiga bog'liq bo'lib, shu sababli tergov sifatini yaxshilash, jinoyat protsessida shaxs huquqlarini himoya qilishning samarali mexanizmini joriy etish hamda ijtimoiy xavfi katta bo'lmagan jinoyatlarning tergovini soddalashtirish borasida qator islohotlar amalga oshirilmoqda. Chunki statistik ma'lumotlarga qaraydigan bo'lsak, butun O'zbekiston hududida jami ro'yxatga olingan jinoyatlar soni 2021-yilga kelib 111 082 tani tashkil qilgan bo'lsa, bu 2020-yilgi ko'rsatkichlardan 1.5 barobar (62081 ta) va 2019-yilgidan esa 2.5 (46089 ta) barobardan ham ko'proqdir1.

Bu davrda umumiy jinoyatchilik hamda uning og'ir va o'ta og'ir turlarini fosh etish miqdorlari ham doimiy ravishda ortib bordi. Umumiy jinoyatchilikning ochilishi 1999-yilda 78 foizni tashkil etgan bo'lsa, keyinchalik bu miqdor 82 foizga, og'ir va o'ta og'ir jinoyatlarning ochilishi esa 75,3 foizdan 85,5 foizga yetdi. Tergov sifatini yaxshilash va samaradorligini oshirish yuzasidan ko'rilgan chora-tadbirlar ham o'zining ijobiy natijasini berdi. Jumladan, 10 oy davomida prokuratura organlari tomonidan 16406 jinoyat ishlari bo'yicha dastlabki tergov harakatlari olib borilib, ulaming 11011 tasiayblov xulosalari bilan sudlarga yuborilgan. Jazoning muqarrarligini ta'minlash bilan birga jinoyatlar oqibatida yetkazilgan moddiy zararlarni aybdorlardan undirishga alohida e'tibor qaratildi .

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Ushbu satatistik ma'lumotlar jinoyat ishini sudda ko'rilishi uchun yetarli dalillar to'plash, protsessual majburlov choralarini asosli tarzda qo'llash, jinoyat protsessi ishtirokchilarining huquqlarini kafolatlash kabilarda tergovning qanchalar muhimligini ko'rsatib berdi.

O'zbekiston hududida tergovni amalga oshirish. O'zbekiston hududida tergov harakatlari 2 xil ko'rinishda: dastlabki tergov va surishturuv asosida amalga oshiriladi. So'nggi yillarda o'tkazilgan islohotlar natijasi o'laroq, 2017-yil 6-sentyabrda «Surishtiruv instituti takomillashtirilishi munosabati bilan O'zbekiston

1 https://www.stat.uz/uz/rasmiy-statistika/crime-and-justice-2

2 O.M.Madaliyev Sud statistikasi: O'quv qo'llanma. Mas'ul muharrir: K.P. Irkaxodjayev y.f.n. dosent. -T.: TDYI nashriyoti. 2006. -289 bet.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 4/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida»gi qonunga asosan yuqoridagi norma, ya'ni jinoyat ishini tergov qilish surishtiruv yoki dastlabki tergov shaklida amalga oshirilishi belgilandi. Bu orqali esa tergov ancha soddalashtirilib, jinoyat ishi qo'zg'atilgan kundan boshlab bir oy ichida (qo'shimcha surishtiruv muddati o'n kun) tamomlanishi kerak. Dastlabki tergov esa jinoyat ishi qo'zg'atilgan kundan boshlab uch oy ichida (yetti oygacha uzaytirilishi

"5

mumkin) tugatilishi shart . Bugungi kunda ichki ishlar organlari, O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti, Majburiy ijro byurosi, Davlat bojxona qo'mitasi, Milliy gvardiya surishtiruvchilari surishtiruv va tergovni amalga oshiradi. Dastlabki tergovni prokuratura, ichki ishlar organlari va Davlat xavfsizlik xizmati tergovchilari olib boradi4.

Jinoyat protsessida tergovga tegishlilik masalalari. JPKning 345 hamda 3812-moddalarida jinoyat ishining tergovga tegishliligiga oid munosabatlar tartibga solingan. Bu institut jinoyat huquqida eng muhimlaridan hisoblani, undan keyin sodir etiladigan huquqiy harakatlarning barchasi tergovga bog'liq bo'ladi. Zeroki, O 'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasi kafedra boshlig 'i, yu.f.f.d. Xurshid Karimov aytganlaridek: "Tergovga tegishlilikning ahamiyati shundaki, jinoyat sodir etilganda u bo'yicha qaysi tergov organi tergov o'tkazishi lozimligini biladi. Tergovga tegishlilikni tartibga soluvchi normada Jinoyat kodeksida belgilangan barcha jinoyatlar aks etgan bo'lishi shart, aks holda muayyan jinoyat sodir etilganda u bo'yicha qaysi organ tergov o'tkazishi lozimligi haqida savollar paydo bo'lishda davom etaveradi"5.

Jinoyat protsessual qonunchilikda quyidagi tergovga tegishlilik turlari belgilab o'tilgan: 1) predmetli, ya'ni jinoyat turiga ko'ra (turdosh); 2) muqobil (alternativ); 4) mustasno tergovga tegishlilik. 5) jinoyat sodir etilish hududiga ko'ra - hududiy jihatdan tergovga tegishlilik.

l.Jinoyat turiga ko'ra tergovga tegishlilik. Bu Jinoyat kodeksi Maxsus qismining moddalaridan kelib chiqqan holda JPKning 345-moddasiga asoslanib dastlabki tergovni amalga oshirishga vakolatli bo'lgan 3 organdan biri - prokuratura, ichki ishlar va milliy xavfsizlik xizmati tomonidan amalga oshiriladi. Masalan, agar xavfli qilmishni 210-modda bilan kvalifikatsiya qilish kerak bo'lsa, 345-moddaga

3 O'zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi. - Toshkent: O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, 2018.

4 O'zbekiston Respublikasining Jinoyat protsessi: Darslik // Sh.T.Ikramovning umumiy tahriri ostida. To'ldirilgan ikkinchi nashri. - T.: O'zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2012. - 635 b.

5 Узбекистан Республикаси Бош прокуратураси Академияси кафедра бошлиги, ю.ф.ф.д. Хуршид Каримов: "ТЕРГОВГА ОИД НОРМАЛАР ТАКОМИЛЛАШТИРИЛАДИ".- 16.12.2020

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 4/2

educational, natural and social sciences ÎV ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ~ ASI Factor = 1.7

ko'ra bunday ishlar prokuraturaning yurisdiksiyasiga tegishli bo'lsa, JKning 169-moddasi (o'g'rilik) - ichki ishlar organlari tergovchilarining tergoviga tegishlidir.

2. Aralash (alternativ) tergovga tegishlilik. Bunda ishning alohida holatlaridan kelib chiqqan holda bir turdagi jinoyat ishlari bo'yicha turli organlar tomonidan dastlabki tergov olib borilishi mumkinligi nazarda tutiladi.

3. Mustasno tergovga tegishlilik. ba'zi jinoyatlar to'g'risidagi ishlarning alohida qoidalar asosida, qat'iy ravishda bir tergov organiga tegishli bo'lishini belgilab beradi. Maxsus tergovga tegishlilik jinoyat subyektining xususiyatlari bilan bog'liq bo'lib, u harbiy prokuratura organlarining tergoviga tegishlikni belgilaydi. Jumladan, JPK 345-moddasining 3-qismiga muvofiq, harbiy prokuratura tergovchilari tomonidan Jinoyat kodeksining 279—302-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarga doir ishlar bo'yicha, shuningdek harbiy xizmatchilar tomonidan sodir etilgan jinoyatlarga doir ishlar bo'yicha dastlabki tergov olib boriladi6.

4. Hududiy jihatdan tergovga tegishlilik. Jinoyat qayerda sodir etilgan bo'lsa, jinoyat ishi o'sha tuman (shahar) tergovchisining tergoviga tegishli bo'ladi. Dastlabki tergov, basharti ish holatlarini ancha tez, puxta, to'la, xolisona, har tomonlama tekshirishga yordam bersa, ish qo'zg'atilgan joyda yoki gumon qilinuvchi yoxud ayblanuvchi yoki guvohlarning ko'pchiligi turgan yerda o'tkazilishi ham mumkin. Yuqori turuvchi prokuror yoki yuqori tergov bo 'linmasi boshlig 'ining farmoyishiga asosan dastlabki tergov hududiy jihatdan tergovga tegishlilik qoidalariga rioya qilinmagan holda olib borilishi ham mumkin. Tergov harakatlari o'tkazish joyi hududiy jihatdan tergovga tegishlilik qoidalari asosida aniqlanadi. Zarur hollarda tergov harakatlari boshqa joylarda tergovchining shaxsan o'zi borishi yoki tegishli organga alohida topshiriq berish yo'li bilan amalga oshirilishi mumkin.

Bundan tashqari, protsessual qonunchilikda yuqoridagi qoidalarga bo'ysunmaydigan, to'g'ridan to'g'ri kodeksning o'zi bilan tartibga solinadigan holatlar ham mavjud:

a) Turli dastlabki tergov organlari tergoviga tegishli jinoyat ishlari bitta ish yurituviga birlashtirilganda, prokuror tergovni olib borishni og 'irroq jinoyat to'g'risidagi jinoyat ishining tergovi qaysi organga tegishli bo'lsa, shu organga, jinoyatlarning xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasi teng bo'lganda esa, jinoyat ishini uzoqroq muddat davomida tergov qilayotgan organga topshiradi;

a) Bosh prokuror yoki uning o'rinbosarlari tergovning har tomonlama, to'liq va xolisona olib borilishini ta'minlash maqsadida jinoyat ishini, tergovga tegishlilik qoidalaridan qat'i nazar JPKning 345-moddasi 11-bandida aks ettirilgan

6 Jinoyat-protsessual huquqi. Darslik. Mualliflar jamoasi. // -Toshkent: TDYU nashriyoti, 2018. - 406 bet.

477

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 4/2

educational, natural and social sciences ÎV ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ~ ASI Factor = 1.7

holatlar mavjud bo'lganda jinoyat ishini asoslantirilgan qarorga binoan bir dastlabki

n

tergov organidan boshqasiga o'tkazishga haqli .

Endigi navbatda xorijiy davlatlardagi jinoyat ishining tergovga tegishliligini hal etish tartiblariga to'xtalib o'tsak:

Fransiya. Jinoiy tergov odatda Frantsiya Jinoyat kodeksida mavjud bo'lgan jinoyat qonunlarining mumkin bo'lgan buzilishini o'z ichiga oladi. Fransiyadagi jinoiy tergovlar odatda ikki toifaga bo'linadi: oddiy va doimiy ishlar, ular prokuror tomonidan ko'rib chiqiladi; va murakkab hamda muhim masalalar, ular ba'zan tergov magistratiga havola qilinadi. Prokurorlar tomonidan olib borilgan tergov harakatlari barcha jinoyat ishlarining 97 foizdan ortig'ini tashkil etadi. Bunday hollarda prokuror politsiya bilan ish olib boradi va masalani tergov qiladi va dalillarni qayd qiladi. Quyida muhokama qilingan sud tergovidan farqli o'laroq, gumonlanuvchilarning ushbu bosqichda ishtirok etish va o'zini himoya qilish huquqi juda kam. Prokuror bayonnoma bilan qanoatlansa, ish odatda huquqbuzarlik sodir etilgan joyda mahalliy bo'lgan va ayblovning og'irligiga bog'liq bo'lgan tegishli sudga yuboriladi. O'sha paytda ayblanuvchi va uning himoyachisi sud muhokamasiga tayyorgarlik ko'rish uchun asos bo'ladigan fayl bilan tanishish huquqiga ega bo'ladi.

Og'ir jinoyatlar uchun tergov magistratini tayinlash majburiydir. Oddiy jinoyatlarga kelsak, tergovchiga prokurorning buyrug'i bilan tergovni boshlash huquqi berilishi mumkin. Prokurorlar odatda faqat shu qadar murakkab ko'rinadigan ishlar bo'yicha tergovchilarni tayinlashni so'raydilar, shuning uchun faktlarni mustaqil ravishda ishlab chiqish juda ko'p vaqtni oladi va katta resurslarni o'zlashtiradi yoki prokurorlar o'zlari qila olmaydigan harakatlarni talab qiladilar, masalan gumon qilinuvchi shaxslarni tergovga qadar vaqtincha qamoqqa olish joylariga joylashtirish. Amalda, xalqaro masalalar bilan bog'liq jinoiy tergovlarning aksariyati tergov magistrati tomonidan ko'rib chiqiladi.

Shuningdek bu vaziyatga qo'shimcha sifatida Fransiyadagi jinoyatlarlarning turlariga to'xtalib o'tadigan bo'lsak, Yuqori darajadagi jinoyatlar 10 yildan ortiq qamoq jazosi bilan jazolanadigan jinoiy ishlardir. Og'ir jinoyatda ayblanayotgan shaxs og'ir jinoyatlar sudi deb ataladigan maxsus sudda hakamlar hay'ati tomonidan ishi ko'rib chiqiladi. Oddiy jinoyatlar - ikki oydan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish va moliyaviy jazo bilan jazolanadigan huquqbuzarliklar; korrupsiya jinoyati va aksariyat tadbirkorlik jinoyatlari shu toifaga kiradi. Ularning ishlari mahalliy okrug sudida ko'rib chiqiladi. Uchinchisi esa noqonuniy xatti-harakatlar, ya'ni moliyaviy

7 O'zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi. - Toshkent: O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, 2018.

478

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 4/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

jarimalar bilan jazolanadigan qonunbuzarliklar bo'lib, quyi sudlarda ko'rib

o

chiqiladi .

Angliya. Jinoiy protsessual va tergov to'g'risidagi 1996 yilgi Aktga ko'ra Angliya va Uelsda jinoyatni tergov qilish - bu shaxsni jinoyat sodir etganlikda ayblash kerakmi yoki yo'qligini yoki jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan shaxsning aybdorligini aniqlash maqsadida militsiya xodimlari tomonidan olib boriladigan harakat sifatida tavsiflanadi.

Tergovga tegishlilik esa sodir etilgan jinoyatga qarab tergovchi, tergovga mas'ul xodim va fosh qiluvchi xodimning vazifalari alohida hisoblanadi. Ular bir, ikki yoki undan ortiq shaxs tomonidan amalga oshiriladimi, ishning murakkabligiga va har bir politsiya kuchlari tarkibidagi ma'muriy tartiblarga bog'liq bo'ladi.

Har bir militsiya bo'limi boshlig'i fosh etish bo'yicha ofitserlar va fosh etish bo'yicha o'rinbosarlari tergovning murakkabligiga mos ravishda o'z vazifalarini samarali bajarish uchun yetarli malaka va vakolatlarga ega bo'lishini ta'minlashi shart. Xizmat vazifasini o'tayotgan shaxs agar bu vaziyatda manfaatlar to'qnashuviga olib kelishi mumkin bo'lsa, masalan, tergov bo'yicha xodim tergov predmeti sifatida taxmin qilinayotgan jinoyat qurboni bo'lsa, fosh etish bo'yicha xodim sifatida tayinlanmasligi yoki shu lavozimda davom etmasligi kerak9. Agar manfaatlar to'qnashuvi ushbu ish bo'yicha xizmat xodimining faoliyat yuritishiga to'sqinlik qilmasligiga shubha tug'ilsa, har doim yuqori martabali ofitserning maslahatiga murojaat qilish kerak. Agar bundan keyin ham shubha qolsa, prokuror maslahatiga murojaat qilish kerak bo'ladi10.

Jinoyat protsessual qonunchilikda ko'rsatilganidek, har qanday tan olinishi mumkin bo'lgan jinoyatni tergov qilish jarayoni faqat politsiya organlariga tegishli. Ularning vakolatlarni qonuniy ravishda va qonun qoidalariga qat'iy rioya qilgan holda amalga oshiradilar. Tergovchi tomonidan to'plangan materiallar bo'yicha sudning tergovga aralashishi mumkin emas. Sud faqat tergov organiga huquqbuzarlik sodir etilganligi yoki sodir etilganligi to'g'risida hisobot taqdim etishi mumkin. Shundan keyingina sudya tegishli choralar ko'rish huquqiga ega. Agar tergovchi birinchi ma'lumot hisobotida da'voni tasdiqlovchi material topmasa, magistr hisobotni qabul qilishi yoki qo'shimcha surishtiruvni buyurishi mumkin. Shuningdek, u sudga,

8 The International Investigations Review: France. Antoine Kirry and Alexandre Bisch Debevoise & Plimpton LLP 01 August 2021. (https://thelawreviews.co.uk/title/the-international-investigations-review/france)

9 Criminal Procedure and Investigations Act 1996 (section 23(1)) Code of Practice Revised in accordance with section 25(4) of the Criminal Procedure and Investigations Act 1996

10 Criminal Procedure and Investigations Act 1996 (section 23(1)) Code of Practice Revised in accordance with section 25(4) of the Criminal Procedure and Investigations Act 1996

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 4/2

educational, natural and social sciences ÎV ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ~ ASI Factor = 1.7

tegishli holatda tezkor choralar ko'rish uchun ochiqdir. Biroq, sud tergov organiga ushbu fikrga muvofiq hisobot taqdim etishi mumkin emas11.

XULOSA VA TAKLIFLAR.

Tergovga oid milliy qonunchilikdagi kamchiliklar va ularning xalqaro qiyosiy tahlili.

Jinoyat protsessual qonunchiligidagi tergovga oid normalarga e'tibor beradigan

bo'lsak, ularni kamchiliklardan xoli emasligiga guvoh bo'lamiz: jinoyat kodeksining

maxsus qismidagi moddalarning tergovga tegishliligi tahlil qilinganda, bir qator

moddalarning tergovga tegishliligi belgilanmagani oqibatida qonunchilikda bo 'shliq

vujudga kelgani aniqlangan. Jumladan professor ustozlar ta'kidlab o'tganidek, 9 i JKning 125 -moddasi (Nikoh yoshi to'g'risidagi qonun hujjatlarini buzish), 216 -

moddasi (G'ayriqonuniy jamoat birlashmalari va diniy tashkilotlar faoliyatida

qatnashishga undash) va 216 -moddasida (Diniy tashkilotlar to'g'risidagi qonun

hujjatlarini buzish) nazarda tutilgan jinoyatning qaysi surishtiruv organiga tegishliligi

JPKning 381 -moddasida belgilab berilmagan. Bundan tashqari JKning 168-

moddasining 4-qismi (Firibgarlik), 2301-moddasi (Dalillarni soxtalashtirish

(qalbakilashtirish) va 230 -moddasida (Tezkor-qidiruv faoliyati natijalarini

soxtalashtirish (qalbakilashtirish) belgilangan jinoyat qaysi dastlabki tergov organiga

tegishliligi JPKning 345-moddasida belgilab berilmagani oqibatida qonunchilikda

1 9

kollizion normalar vujudga kelib qolgan .

Fikrimizcha, milliy qonunchilikni yuqorida keltirib o'tilgan rivojlangan davlatlardan hisoblangan Buyuk Britaniya (AQSH qonunchiligi ham bu huquq oilasiga juda o'xshash) yoki Fransiyaning tizimiga solishtiradigan bo'lsak, jinoyatlarni tergov qilish va ishlarni tegishlilikka qarab tavsiflash ancha oddiy ekanligiga, ushbu vakolatni amalga oshiruvchi organlarning sanoqli ekanligiga guvoh bo'lamiz. Chunki bu orqali bizdagi tizimdan farqli ravishda bir-birini takrorlovchi lavozim va vazifalar oldini oladi hamda fuqarolarning huquqlarini himoya qilish, ularning huquqiy savodxonligini oshirish osonlashadi.

Bundan tashqari yana bir e'tiborli jihati, bu davlatlarda vakolatli organlar o'rtasida bir-biridan ustun yoki quyi turuvchi holatlarning deyarli yoq'ligi. Masalan, birgina Angliya va Uelsda hatto sud ham tergov organlarini ishiga aralashishi mumkin emas. Milliy qonunchiligimizda esa bunday holatlarni talaygina uchratish

11 https://www.legalserviceindia.com/legal/article-3535-powers-of-police-in-investigation.html

12 Узбекистан Республикаси Бош прокуратураси Академияси кафедра бошлиги, ю.ф.ф.д. Хуршид Каримов: "ТЕРГОВГА ОИД НОРМАЛАР ТАКОМИЛЛАШТИРИЛАДИ".- 16.12.2020

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

VOLUME 2 | ISSUE 4/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

mumkin. Bunday holatlar o'sha organlarning to'la qonuniy va samarali vakolat yuritishiga to'sqinlik qiladi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi - Toshkent: O'zbekiston NMIU, 2017. - 76 bet.

2. O'zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi. - Toshkent: O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, 2018.

3. O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi. - Toshkent: O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, 2018.

4. Jinoyat-protsessual huquqi. Darslik. Mualliflar jamoasi. // -Toshkent: TDYU nashriyoti, 2018. - 406 bet.7

5. O'zbekiston Respublikasining Jinoyat protsessi: Darslik // Sh.T.Ikramovning umumiy tahriri ostida. To'ldirilgan ikkinchi nashri. - T.: O'zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2012. - 635 b.

6. O.M.Madaliyev Sud statistikasi: O'quv qo'llanma. Mas'ul muharrir: K.P. Irkaxodjayev y.f.n. dosent. -T.: TDYI nashriyoti. 2006. -289 bet.

7. Узбекистан Республикаси Бош прокуратураси Академияси кафедра бошлиги, ю.ф.ф.д. Хуршид Каримов: "ТЕРГОВГА ОИД НОРМАЛАР ТАКОМИЛЛАШТИРИЛАДИ".- 16.12.2020

8. https://www.stat.uz/uz/rasmiy-statistika/crime-and-iustice-2

9. The International Investigations Review: France. Antoine Kirry and Alexandre Bisch Debevoise & Plimpton LLP 01August 2021. (https://thelawreviews.co.uk/title/the-international-investigations-review/france)

10.Criminal Procedure and Investigations Act 1996 (section 23(1)) Code of Practice Revised in accordance with section 25(4) of the Criminal Procedure and Investigations Act 1996.

11. https: //www.legalserviceindia.com/legal/article-3535-powers-of-police-in-investigation.html

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.