Научная статья на тему 'О‘ZBЕKISTОNDА DAVLAT HISOBIDAN BЕPUL YURIDIK YОRDАM KО‘RSАTISH FАОLIYАTINING HUQUQIY АSОSLАRINI TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI'

О‘ZBЕKISTОNDА DAVLAT HISOBIDAN BЕPUL YURIDIK YОRDАM KО‘RSАTISH FАОLIYАTINING HUQUQIY АSОSLАRINI TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI Текст научной статьи по специальности «Право»

CC BY
215
56
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
advokatura / advokat / yuridik yordam / malakali yuridik yordam / davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatishning huquqiy asoslari / pro bono. / advocacy / advocate / legal assistance / qualified legal assistance / legal basis for providing legal assistance at the state account / pro bono.

Аннотация научной статьи по праву, автор научной работы — Nurumov, Dilshodbek Djumabayevich, To‘ychiyeva, Malika Botir Qizi

Ushbu maqolada davlat hisobidan bepul yuridik yordam ko‘rsatish faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar tahlil qilingan. Muallif tomonidan bepul yuridik yordam ko‘rsatish va boshqa huquqiy kategoriyalarga oid milliy qonunchilik o‘rganilgan holda ilmiy munozaraga kirishilgan. Shu bilan birgalikda, davlat hisobidan bepul yuridik yordamga bo‘lgan huquq, O‘zbekiston Respublikasida uni ro‘yobga chiqarish sari amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar hamda tizimdagi mavjud muammolar atroflicha tahlil qilinib, ilmiy-nazariy xulosalarga kelingan hamda takliflar ilgari surilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ISSUES OF IMPROVING THE LEGAL BASİS FOR THE PROVİSİON OF FREE LEGAL ASSISTANCE İN UZBEKİSTAN AT THE STATE ACCOUNT

This article analyzes the legal documents regulating the provision of free legal assistance at the expense of the state. The author studied the national legislation on providing free legal assistance and other legal categories and started a scientific discussion. At the same time, the right to free legal assistance at the expense of the state, the measures being implemented in the Republic of Uzbekistan and the existing problems in the system were thoroughly analyzed, scientific and theoretical conclusions were drawn, and suggestions were put forward.

Текст научной работы на тему «О‘ZBЕKISTОNDА DAVLAT HISOBIDAN BЕPUL YURIDIK YОRDАM KО‘RSАTISH FАОLIYАTINING HUQUQIY АSОSLАRINI TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI»

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(6), June, 2023

О^ВЕККТООТА DAVLAT HISOBIDAN ВЕР^ YURIDIK YОRDАM КО^АТКН FАОLIYАTINING HUQUQIY АSОSLАRINI TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI

Nurumov Dilshodbek Djumabayevich,

Toshkent davlat yuridik universiteti Sud, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va advokatura kafedrasi professori vazifasini bajaruvchisi, E-mail: [email protected]

Ushbu maqolada davlat hisobidan bepul yuridik yordam ko 'rsatish faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar tahlil qilingan. Muallif tomonidan bepul yuridik yordam ko'rsatish va boshqa huquqiy kategoriyalarga oid milliy qonunchilik o'rganilgan holda ilmiy munozaraga kirishilgan. Shu bilan birgalikda, davlat hisobidan bepul yuridik yordamga bo 'lgan huquq, O 'zbekiston Respublikasida uni ro'yobga chiqarish sari amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar hamda tizimdagi mavjud muammolar atroflicha tahlil qilinib, ilmiy-nazariy xulosalarga kelingan hamda takliflar ilgari surilgan.

Kalit so'zlar: advokatura, advokat, yuridik yordam, malakali yuridik yordam, davlat hisobidan yuridik yordam ko 'rsatishning huquqiy asoslari, pro bono.

ВОПРОСЫ СОВЕРШЕНСТВОВАНИЯ ПРАВОВЫХ ОСНОВ ОКАЗАНИЯ БЕСПЛАТНОЙ ЮРИДИЧЕСКОЙ ПОМОЩИ В УЗБЕКИСТАНЕ ЗА

ГОСУДАРСТВЕННЫЙ СЧЕТ

Нурумов Дилшодбек Джумабаевич,

Исполнитель обязанности профессора кафедры Суд, правоохранительные органы и адвокатуры Ташкентского государственного юридического университета,

E-mail: [email protected] Туйчиева Малика Ботир кизи

Магистрант Ташкентского государственного юридического университета E-mail: [email protected]

To'ychiyeva Malika Botir qizi

Toshkent davlat yuridik universiteti magistranti E-mail: [email protected]

ANNOTATSIYA

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(6), June, 2023

АННОТАЦИЯ

В данной статье анализируются правовые документы, регламентирующие оказание бесплатной юридической помощи за счет государства. Автор вступает в научную дискуссию по результатам изучения национального законодательства об оказании бесплатной юридической помощи, а также об иных правовых категориях. При этом были тщательно проанализированы понятие права на бесплатную юридическую помощь за счет государства, реализуемые в Республике Узбекистан меры и существующие проблемы в системе и по итогам сделаны научно-теоретические выводы, выдвинуты предложения.

Ключевые слова: адвокатура, адвокат, юридическая помощь, квалифицированная юридическая помощь, правовые основания оказания юридической помощи за счет государства, pro bono.

ISSUES OF IMPROVING THE LEGAL BASiS FOR THE PROViSiON OF FREE LEGAL ASSISTANCE iN UZBEKISTAN AT THE STATE ACCOUNT

Nurumov Dilshodbek,

Acting Professor of the Department of Court, law enforcement agencies and advocacy of Tashkent State University of Law E-mail: [email protected] Malika To'ychiyeva Master student of the Tashkent State University of Law E-mail: [email protected]

This article analyzes the legal documents regulating the provision of free legal assistance at the expense of the state. The author studied the national legislation on providing free legal assistance and other legal categories and started a scientific discussion. At the same time, the right to free legal assistance at the expense of the state, the measures being implemented in the Republic of Uzbekistan and the existing problems in the system were thoroughly analyzed, scientific and theoretical conclusions were drawn, and suggestions were put forward.

Key words: advocacy, advocate, legal assistance, qualified legal assistance, legal basis for providing legal assistance at the state account, pro bono.

ABSTRACT

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(6), June, 2023

KIRISH

So'nggi yillarda mamlakatimizda advokatura institutining huquqiy maqomini yuksaltirishga qaratilgan qator qonun hujjatlari qabul qilindi. Buning natijasida advokatlar o'z faoliyatlarini amalga oshirishlarida keng imkoniyatlarga ega bo'lmoqdalar. Ma'lumki, "advokatlik faoliyati tijorat, tadbirkorlik sanalmaydi. Bu esa uning maqsadi foyda ko'rish bo'lishi mumkin emasligini anglatadi. Advokatlik tuzilmalarining yoki alohida advokatning barcha daromadlari o'zining huquqiy tabiatiga ko'ra tijorat yoki boshqa tadbirkorlik faoliyatining natijasi emas, balki ko'rsatilgan yuridik yordam uchun pul mukofotidir"[1].

Bugungi kunda fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilishda advokatura institutining muhim ahamiyat kasb etib borayotgani hech kimga sir emas. Jumladan, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 141-moddasida jismoniy va yuridik shaxslarga malakali yuridik yordam ko'rsatish uchun advokatura faoliyat ko'rsatishi belgilangan bo'lib, uning faoliyati bir qancha normativ-huquqiy hujjatlar orqali tartibga solib kelinmoqda.

D.Nurumovning fikricha, bugungi kunda aholining bepul yuridik yordam tizimi bo'yicha xabardorlik darajasi, afsuski, juda past. Bir tomondan bu bepul yuridik yordamning mamlakatimizda hali amalda to'laqonli mavjud emasligida namoyon bo'lsa, ikkinchidan, mazkur muammoning mavjudligi yuridik yordamga bo'lgan ehtiyoj yoki bepul yuridik yordamga, uning sifatiga bo'lgan ishonchning pastligi bilan xarakterlanadi. Aksariyat fuqarolar bepul yuridik yordamning yuridik klinikalar va notijorat tashkilotlardan olinishi mumkinligini va bu xizmat sifatli bo'lishi mumkinligini bilishmaydi. Aholini xabardor qilish sohasida ushbu jiddiy muammolarni bartaraf etish uchun katta kuch sarflash kerak. Bepul yuridik yordamning nodavlat tizimini shakllantirish istiqbollari sari juda katta qadamlar tashlanayotgan bir paytda aholining xabardorlik masalasi muhim ahamiyat kasb etadi.

Y.Matveyevaning qarashlariga ko'ra, bepul yuridik yordam nafaqat fuqarolarning malakali yuridik yordam olish huquqini ta'minlaydi, balki hokimiyat organlari harakatlari (harakatsizligi) qonuniyligi ustidan jamoatchilik nazorati vositasi sifatida samarali faoliyat ko'rsatadi.

Fuqarolik jamiyatining ushbu instituti nafaqat jamoatchilik nazorati vositasi, balki korrupsiyaga qarshi kurash vositasidir.[3]

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Yuqoridagilardan kelib chiqib aytishimiz mumkinki, davlat hisobidan bepul yuridik yordam ko'rsatishni yagona qonuniy asosini yaratish, uni zamon ruhiga mos tarzda takomillashtirib borish bugungi kundagi dolzarb masalalardan biri hisoblanib,

[2]

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(6), June, 2023

aholining kam ta'minlangan qismini nohaqliklar qurboni bo'lishdan himoya qiladi, shuningdek adolatlilik prinsipining amaldagi ifodasi bo'lib sanaladi.

Dunyo miqyosida bepul yuridik yordam ko'rsatishga bo'lgan huquq quyidagi hujjatlarda o'z ifodasini topgan:

- "Fuqaroviy va siyosiy huquqlar to'g'risida"gi xalqaro Pakt[4];

- "Mehnat qiluvchi migrantlar va ular oila a'zolarining huquqlarini himoya qilish to'g'risida"gi xalqaro Konvensiya[5];

- "Bola huquqlari Konvensiyasi"[6] va boshqalar;

Bugungi kunda O'zbekistonda davlat tomonidan bepul yuridik yordam ko'rsatish quyidagi qonun hujjatlari asosida tartibga solingan:

- O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi;

- O'zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi;

- O'zbekiston Respublikasining "Advokatura to'g'risida"gi Qonuni;

- O'zbekiston Respublikasining "Advokatlik faoliyatining kafolatlari va advokatlarning ijtimoiy himoyasi to'g'risida"gi Qonuni

- Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-iyundagi "Advokatlar tomonidan ko'rsatilgan yuridik yordam uchun davlat hisobidan haq to'lash mexanizmini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 137-son qarori;

- Adliya vazirligi va Moliya vazirligining 2008-yil 26-noyabrdagi 8,109-son qarori bilan tasdiqlangan "Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchiga advokatlar tomonidan yuridik yordam ko'rsatish bo'yicha xarajatlarni davlat hisobiga o'tkazish tartibi to'g'risida"gi nizom.

Yuqoridagilar bilan bir qatorda, "Davlat hisobidan yuridik yordam ko'rsatish to'g'risida"gi Qonun qabul qilingan bo'lib, quyidagi bir qator yangiliklarni o'zida mujassam etgan:

"Ushbu Qonun bilan davlat hisobidan yuridik yordam ko'rsatiladigan ishlar ro'yxatiga fuqarolik, ma'muriy va ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi ishlarni kiritish orqali fuqarolarning bepul yuridik yordam olish imkoniyatlari kengaytirilmoqda.

Davlat hisobidan yuridik yordam kam ta'minlangan shaxslarga, xotin-qizlar va erkaklarning teng huquqliligi buzilgan shaxslarga hamda psixiatriya yordami ko'rsatilayotgan shaxslarga ko'rsatilishi belgilanmoqda.

Mazkur Qonunga ko'ra, davlat hisobidan yuridik yordam ko'rsatadigan advokatlarni elektron tanlash imkoniyati yaratilmoqda. Mazkur advokatlarni ishga jalb etish inson omilisiz "Yuridik yordam" axborot tizimi orqali tasodifiy tanlanadi.

Amalda, davlat hisobidan yuridik yordam ko'rsatishi uchun advokat faqat jinoyat ishlari bo'yicha surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud tomonidan jalb

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(6), June, 2023

etiladi. Davlat hisobidan yuridik yordam ko'rsatgan advokatlar haqidagi ma'lumotlar ochiq va shaffof holda "Yuridik yordam" axborot tizimida e'lon qilinadi. Bepul yuridik yordam ko'rsatish imkoniyatlarini kengaytirilishi va shaffof tizim yaratilishi fuqarolarga odil sudlovga erishish darajasini oshiradi"[7].

O'zbekiston Respublikasi Senati raisi ushbu masalaga oid quyidagi fikrlarni ta'kidlab o'tgan edi: "Ayni paytda yurtimizda 2 milliondan ziyod oila Ijtimoiy himoya yagona reyestrida ro'yxatga olingan. Ular ham shu jamiyatning to'laqonli a'zosi. Ular ham fuqarolik, ma'muriy, jinoyat ishlarida da'vogar, javobgar, jabrlanuvchi, sudlanuvchi va h.k. bo'lishlari mumkin.

Har doim ham ularda malakali yuridik yordam olish imkoni bo'lmasligi mumkin. Lekin bu degani kam ta'minlangan yoki turmush vaziyati og'ir bo'lgan insonning huquq va manfaatlari himoyasi o'z holiga tashlab qo'yilishini anglatmaydi. Inson qaysi holatda, sharoitda va maqomda bo'lishidan qat'i nazar malakali yuridik yordam olish huquqiga ega. Davlat buni kafolatlashi va zarur choralar ko'rishi kerak. Inson qadri aynan shunda namoyon bo'ladi."[8]

Fuqarolarning yuridik yordam olish huquqlari haqida to'xtaladigan bo'lsak, shuni qayd etish joizki, mazkur masala asosiy qonunimizda o'z ifodasini topgan.

O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 29-moddasiga asosan, "Har kimga malakali yuridik yordam olish huquqi kafolatlanadi. Qonunda nazarda tutilgan hollarda yuridik yordam davlat hisobidan ko'rsatiladi. Har bir shaxs jinoyat protsessining har qanday bosqichida, shaxs ushlanganida esa uning harakatlanish erkinligi huquqi amalda cheklangan paytdan e'tiboran o'z tanloviga ko'ra advokat yordamidan foydalanish huquqiga ega. Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi ayblovning mohiyati va asoslari to'g'risida xabardor qilinish, unga qarshi yoki uning foydasiga guvohlik berayotgan shaxslarning so'roq qilinishini talab etish, tarjimon yordamidan foydalanish huquqiga ega.

Qonunni buzgan holda olingan dalillardan odil sudlovni amalga oshirish chog'ida foydalanishga yo'l qo'yilmaydi. Jinoyat uchun hukm qilingan har kim qonunda belgilangan tartibda hukmning yuqori turuvchi sud tomonidan qayta ko'rib chiqilishi huquqiga, shuningdek afv etish yoki jazoni yengillashtirish to'g'risida iltimos qilish huquqiga ega. Huquqbuzarliklardan jabrlanganlarning huquqlari qonun bilan muhofaza qilinadi. Davlat jabrlanganlarga himoyalanishni va odil sudlovdan foydalanishni ta'minlaydi, ularga yetkazilgan zararning o'rni qoplanishi uchun shart-sharoitlar yaratadi"[9]. Yuqorida belgilab qo'yilgan qoidalar fuqarolarning huquqiy himoyaga bo'lgan ehtiyojlarini qonunchilikda qat'iyan mustahkamlab qo'yilishiga olib keldi.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(6), June, 2023

Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-iyundagi "Advokatlar tomonidan ko'rsatilgan yuridik yordam uchun davlat hisobidan haq to'lash mexanizmini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 137-son qaroriga ko'ra, quyidagi holatlarda advokatlar uchun to'lov davlat hisobidan qoplab beriladi:

"Birinchidan, kam ta'minlangan fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish maqsadida oilasida har bir oila a'zosiga to'g'ri keladigan yalpi oylik daromad yuridik yordam ko'rsatilganligi uchun haq to'lashdan ozod qilish to'g'risida qaror (ajrim) qabul qilingan kundagi mehnatga haq to'lashning eng kam miqdorining 52,70 foizidan ortiq bo'lmagan shaxslar uchun;

Ikkinchidan, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi va sudlanuvchi himoyachidan voz kechishi bilan bog'liq protsessual harakatda advokat ishtirok etishi hollarida"[10]

Shuningdek, Adliya vazirligi va Moliya vazirligining 2008-yil 26-noyabrdagi 8,109-son qarori bilan tasdiqlangan "Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchiga advokatlar tomonidan yuridik yordam ko'rsatish bo'yicha xarajatlarni davlat hisobiga o'tkazish tartibi to'g'risida"gi nizomga muvofiq bugungi kunda advokatning ishda ishtirok etishi surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud tomonidan O'zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasining hududiy boshqarmasi tomonidan ko'rsatilgan advokatlik tuzilmasiga murojaatnoma yuborish yo'li bilan ta'minlanadi.[11]

Yana shunga ham alohida e'tibor qaratishimiz joizki, ayrim toifadagi ishlarda advokat ishtirok etishi majburiy hisoblanib, mazkur toifadagi shaxslar Jinoyat-protsessual kodeksining 51-moddasida keltirib o'tilgan. Bular quyidagilardir:

- "voyaga yetmaganlarning ishi bo'yicha;

- soqovlar, karlar, ko'rlar, jismoniy nuqsoni yoki ruhiy holati buzilganligi sababli o'zini o'zi himoya qilish huquqini amalga oshirishga qiynaladigan boshqa shaxslarning ishi bo'yicha;

- sudlov ishi olib borilayotgan tilni bilmaydigan shaxslarning ishi bo'yicha;

- jazo chorasi sifatida umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanishi mumkin bo'lgan jinoyatlarni sodir etishda gumon qilinayotgan yoki ayblanayotgan shaxslarning ishi bo'yicha;

- shaxslarning manfaatlari o'zaro qarama-qarshi bo'lib, ulardan aqalli biri himoyachiga ega bo'lgan ishlar bo'yicha;

- davlat ayblovchisi yoki jamoat ayblovchisi ishtirok etayotgan ishlar bo'yicha;

- jabrlanuvchining vakili sifatida advokat ishtirok etayotgan ishlarda;

- tibbiy yo'sindagi majburlov choralarini qo'llash to'g'risidagi ishlarda;

- sud tomonidan dastlabki eshituv o'tkazilayotgan ishlarda;

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(6), June, 2023

- o'ta og'ir jinoyat sodir etganlikda gumon qilinayotgan yoki ayblanayotgan shaxslarga oid ishlar bo'yicha;

- shaxsga nisbatan qamoqqa olish yoki uy qamog'i tarzidagi ehtiyot chorasini qo'llash, shuningdek qamoqda saqlash, uy qamog'i muddatini uzaytirish masalasi ko'rib chiqilayotganda;

- aybiga iqrorlik to'g'risida kelishuv tuzilgan ishlar bo'yicha;

- apellatsiya va kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan ko'riladigan ishlarda himoyachining ishtirok etishi shart.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 28-dekabrdagi Oliy Majlisga murojaatnomasida "Biz qanchalik qiyin bo'lmasin, chekka-chekka hududlarda ham "Jinoyat haqiqati va adolati" tamoyilini albatta joriy etishimiz kerak. Ya'ni, jinoyat so'zsiz fosh etilishi va aybdor jazolanishi shart. Bu masalaga faqat huquq-tartibot organlarining vazifasi, deb qaramasdan, butun jamiyatimiz birlashib, qattiq kurash olib borishi zarur"ligi ta'kidlab o'tilgan.[12]

Mazkur masalaga O'zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksning 50-moddasida e'tibor qaratilgan bo'lib, unga ko'ra himoyachi quyidagi shaxslar tomonidan taklif etiladi:

"Gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining iltimosiga ko'ra surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud ishda himoyachining ishtirok etishini ta'minlaydi.

Tanlangan himoyachining yigirma to'rt soat ichida ishda ishtirok etishga kirishishga imkoniyati bo'lmagan hollarda, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga, sudlanuvchiga yoxud ularning qarindoshlariga boshqa himoyachini taklif etishni yoki himoyachi tayinlashni so'rab O'zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasining hududiy boshqarmasi tomonidan belgilanadigan advokatlik tuzilmalariga murojaat qilishni tavsiya etadi. Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi tanlagan himoyachi istalgan vaqtda ishda ishtirok etishga kirishishga haqlidir"[13].

Ishni yuritayotgan surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud gumon qilinuvchini, ayblanuvchini, sudlanuvchini yuridik yordam uchun to'lovdan batamom yoki qisman ozod etishga haqlidir. Bunday hollarda advokat mehnatiga haq to'lash xarajatlari Vazirlar Mahkamasi belgilaydigan tartibda davlat hisobidan bo'ladi.

Shu bilan birga, Jinoyat-protsessual kodeksida himoyachidan voz kechish tartibi ham bayon etilgan bo'lib, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi ish yuritishning istalgan paytida himoyachidan voz kechishga haqlidir. Bunday voz kechishga faqat gumon qilinuvchining, ayblanuvchining yoki sudlanuvchining tashabbusi bilan va himoyachining ishda ishtirok etishiga surishtiruvchi, tergovchi

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(6), June, 2023

yoki sud tomonidan advokat taklif etish orqali ta'minlanadigan real imkoniyat mavjud bo'lgandagina yo'l qo'yiladi, bunda advokat o'z himoyasi ostidagi shaxs bilan xoli uchrashganidan keyin himoyadan voz kechilganligini tasdiqlaydi. Himoyachidan voz kechish jarayoni videoyozuv orqali qayd etilishi shart. Himoyachidan voz kechganlik haqida gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi, shuningdek advokat, surishtiruvchi yoki tergovchi tomonidan imzolanadigan bayonnoma tuziladi yoxud sud majlisi bayonnomasiga yozib qo'yiladi. Videoyozuv materiallari bayonnomaga ilova qilinadi. Bunda himoyachining himoya ostidagi shaxs bilan xoli uchrashishi videoyozuv orqali qayd etilmaydi.

Jinoyat protsessual kodeksi 51-moddasi birinchi qismining 1-4, 8, 83, 84 va 9-bandlarida nazarda tutilgan hollarda himoyachidan voz kechishga yo'l qo'yilmaydi.

Himoyachidan voz kechish gumon qilinuvchini, ayblanuvchini yoki sudlanuvchini keyinchalik ishda himoyachi ishtirok etishiga ruxsat berish haqida iltimos qilish huquqidan mahrum qilmaydi. Bunday iltimos barcha hollarda qanoatlantirilishi kerak. Sud tergovi davomida himoyachining ishtirok etishi haqida berilgan iltimosnoma ishning holatlarini hisobga olib va sudlanuvchiga himoya huquqini ta'minlash manfaatlarini ko'zlab sud tomonidan hal etiladi. Himoyachining sud majlisi davomida ishga kirishishi sud tergovini qayta boshlash uchun asos bo'lmaydi[14].

Shuningdek, advokatning ishga kirishishi uchun to'sqinlik qilish, qonunni qo'pol ravishda buzish hisoblanadi. Odatda, bunday urinishlarning maqsadi gumon qilinuvchini asabiylashtirish, jinoyatni tan olishga majburlash yoki boshqalarga qarshi ko'rsatuv berishdan iborat bo'ladi.

Bunday harakatlar ustidan quyidagicha shikoyat qilish mumkin:

- surishtiruvchining harakatlari ustidan - surishtiruv bo'limi boshlig'iga yoki to'g'ridan-to'g'ri prokurorga;

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

- tergovchining harakatlari ustidan - tergov bo'limi boshlig'iga yoki to'g'ridan-to'g'ri prokurorga;

- prokurorning harakatlari ustidan yuqori turuvchi prokurorga.

Bundan tashqari ,agar advokat o'z faoliyatida to'sqinliklarga duch kelsa, u holda aybdor shaxslar O'zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksi 197-moddasiga binoan javobgarlikka tortiladilar.

Shu bilan birga, bunday harakatlar jinoiy javobgarlikka ham sabab bo'lishini unutmaslik kerak. Ma'lum bir vaziyatga qarab, bunday harakatlar vakolatni suiiste'mol qilish deb topilishi ham mumkin. Bunda eng ko'p jazo - muayyan huquqdan mahrum qilgan holda 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish (Jinoyat kodeksining 205-206-moddalari). Buning uchun gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(6), June, 2023

sudlanuvchi hamda ularning himoyachisi huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlarining harakatlari ustidan shikoyat qilishlari kerak bo'ladi.[15]

Ma'lumki, Respublikamizda davlat hisobidan yuridik yordam ko'rsatish masalasi qonunchilikda to'liq ifodasini topmagan. Shuni e'tiborga olgan holda, tashabbuskorlar tomonidan O'zbekiston Respublikasining "Davlat hisobidan yuridik yordam ko'rsatish to'g'risida"gi qonunga ko'ra, davlat hisobidan yuridik yordam olish huquqiga ega bo'lgan jismoniy shaxslar quyidagilardir:

1) kam ta'minlangan shaxslar, agar ular:

fuqarolik ishlari bo'yicha da'vogarlar yoki javobgarlar; ma'muriy ishlar bo'yicha arizachilar;

ma'muriy huquqbuzarlik sodir etgan, o'ziga nisbatan ma'muriy qamoq tarzidagi ma'muriy jazo qo'llanilayotgan shaxslar;

jinoyat ishlari bo'yicha gumon qilinuvchilar, ayblanuvchilar, sudlanuvchilar, shuningdek mahkumlar bo'lsa;

2) ruhiy holati buzilgan jismoniy shaxslar, ularga «Psixiatriya yordami to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq psixiatriya yordami ko'rsatilayotganda;

3) o'z huquqlari buzilgan, "Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Qonunida nazarda tutilgan xotin-qizlar va erkaklarning teng huquqliligi buzilganligi munosabati bilan sudga murojaat qilgan jismoniy shaxslar;

4) O'zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga muvofiq jinoyat ishi bo'yicha advokat ishtirok etishi shart bo'lgan taqdirda, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi.

Bizning fikrimizcha, bugungi kunda himoyachi bepul huquqiy yordamidan foydalanish nafaqat jinoyat ishi bo'yicha gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchining huquqidir, balki jabrlanuvchi ham ular bilan teng imkoniyatga ega bo'lishi lozim. Aksariyat hollarda, jumladan firibgarlik jinoyatiga oid ishlarda jabrlanuvchi moddiy sharoiti yoki boshqa holatlarda tajribali advokat xizmatidan foydalanish imkoniga ega bo'lmaganligi sababli, ko'plab moddiy hamda ma'naviy yo'qotishlarga duch kelmoqda. Natijada, malakali himoyachi xizmatidan foydalangan holda gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi ishda masalani o'z foydasiga hal qilinishiga, malakali yuridik yordam olish imkoniga ega bo'lmagan jabrlanuvchining esa, sud jarayonida o'zini huquqiy jihatdan himoya qila olmayotgan holatlari ham kuzatilmoqda. Shu boisdan Jinoyat-protsessual kodeksining 50-moddasiga jabrlanuvchilarga ham davlat hisobidan bepul yuridik yordamdan foydalanish huquqi berilishi qoidasining kiritlishini maqsadga muvofiq, deb

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(6), June, 2023

hisoblaymiz. Zero, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 29-moddasida ham har kimga malakali yuridik yordam olish huquqi kafolatlangan.

Shuningdek, "Davlat hisobidan yuridik yordam ko'rsatish to'g'risida"gi qonunning 7-moddasida O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi davlat hisobidan yuridik yordam ko'rsatish sohasidagi maxsus vakolatli organ ekanligi belgilangan. Ammo, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 141-moddasida "advokatura faoliyati qonuniylik, mustaqillik va o'zini o'zi boshqarish prinsiplariga asoslanadi" deb belgilangan. Shu bilan bir qatorda O'zbekiston Respublikasining "Advokatura to'g'risida"gi Qonunining 4-moddasida ham advokatura o'z faoliyatini qonun ustuvorligi, mustaqillik va boshqa demokratik prinsiplar asosida amalga oshirishi belgilab berilgan. Xorijiy mamlakatlar qonunchiligiga nazar tashlaydigan bo'lsak, Gruziya Respublikasida advokatlar faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirish faqatgina "Gruziya advokatlar assotsiyatsiyasi", Litvada "Advokatura", Moldovada "Advokatlar ittifoqi kengashi" tomonidan amalga oshiriladi. Shulardan kelib chiqqan holda, Advokatura instituti mustaqilligini ta'minlash maqsadida yuridik yordam ko'rsatish sohasidagi maxsus vakolatli organ sifatida O'zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasini belgilash maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz.

IQTÏBOSLAR/CHOCKH/REFERENCES:

1. Advokatura. Darslik. Mualliflar jamoasi. - Toshkent: TDYU, 2019. -13-b.

2. HypyMoB Д. Д. AДВOКAТ ТOМOНИДAН БЕПУЛ ЮРИДИК ЁРДДМ КУРСAТИШНИНГ НAЗAРИЙ-XУ^У^ИЙ AСOСЛAРИНИ ТДКОМИЛЛЛШТИРИШ //ЖУРНAЛ OTABOBblX ИССЛЕДOВAНИЙ. - 2022. - №. SI-4.

3. https://dspace.spbu.ru/bitstream711701/5860/4/jur_help.pdf

4. Мeждyнapoдный такт o грaждaнскиx и пoлитичeскиx npaBax. https: //www.un. org/ru/documents/decl conv/conventions/pactpol. shtml

5. Мeждyнapoднaя Кoнвeнция o 3arn,me npaB Bcex трyдящиxся-мигрaнтoв и 4neHoB их сeмeй. https : //docs.cntd.ru/document/1900417

6. ^mern^ o npaBax peôeHKa. https://www.un.org/ru/documents/decl_conv/conventions/childcon.shtml

7. https://adliya.uz/posts/davlat-hisobidan-yuridik-yordam-korsatish-togrisid

8. https://m. kun. uz/news/2023/04/06/tanzila-norboyeva-inson-qay-holatda-sharoitda-va-maqomda-bolishidan-qati-nazar-malakali-yuridik-yordam-olish-huquqiga-ega

9. O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. (Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 01.05.2023-y., 03/23/837/0241-son)

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(6), June, 2023

10. Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-

11. https://lex.uz/docs/1412912

12. Sh.M.Mirziyoyev.Niyati ulug' xalqning ishi ham ulug', hayoti yorug' va kelajagi farovon bo'ladi. - Toshkent: "O'zbekiston", NMIU, 2019., 47-bet

13. https://lex.uz/Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 11.05.2023-y.,

03/23/841/0270-son

14. Qarang. O'zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi. 11.05.2023-y, 03/23/841/0270-son

15. Jinoyat-protsessida ayblanuvchining huquqlari: qo'llanma / muallif tuzuvchilar D.Bazarova, B.Shamsutdinov. Toshkent: Baktria press, 2021. 27-bet.

son

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.