Научная статья на тему 'G‘ARBIY YEVROPA DAVLATLARIDA ADVOKATURA INSTITUTINING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI VA ULARNI MILLIY QONUNCHILIKKA IMPLEMENTATSIYA QILISH ISTIQBOLLARI'

G‘ARBIY YEVROPA DAVLATLARIDA ADVOKATURA INSTITUTINING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI VA ULARNI MILLIY QONUNCHILIKKA IMPLEMENTATSIYA QILISH ISTIQBOLLARI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
1216
205
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
advokatura / advokatlik kasbi / G‘arbiy Yevropada advokatura / deontologik kodeks / yuridik yordam / Advokatlar palatasi. / advocacy / legal profession / advocacy in Western Europe / deontological code / legal assistance / Bar Association.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Sabirboyev, Sadriddin G‘ayrat O‘g‘li

Ushbu maqolada G‘arbiy Yevropada advokatura institutining asoslari, manbalari, shakllanish tajribasi, tashkiliy mexanizmlari va advokatlarning kasbiy etikasini har tomonlama o‘rganish amalga oshirilgan. Maqolada qonun ustuvorligi va uning G‘arbiy Yevropa advokaturasining zamonaviy modelini shakllantirishga ta’siri haqidagi g‘oyalar tizimlashtirilgan. Advokatura institutini ta'minlash va yuridik yordam olish huquqini amalga oshirish mexanizmlarini ochib berilgan, G‘arbiy Yevropada advokatlarni tayyorlashning asosiy modellari batafsil ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, maqolada G‘arbiy Yevropada advokatlik kasbining muhim xususiyatlari va huquqiy tabiatining yaxlit ko‘rinishi shakllantirilgan, G‘arbiy Yevropada advokatlarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va advokatlikning tashkiliy-huquqiy shakllarini batafsil tasniflashni amalga oshirilgan. Bundan tashqari maqolada G‘arbiy Yevropada advokatlik kasbini tashkil etish va advokatlarning kasbiy etikasi tahlili birlashtirilgan. G‘arbiy Yevropada advokatlarning kasbiy etikasining asoslari va tarkibi aniqlangan hamda batafsil ko‘rib chiqilgan; deontologik kodekslarning (advokatlarning kasbiy axloq kodeksi) mohiyati o‘rganib chiqilgan. Shuningdek, maqolada G‘arbiy Yevropada advokatlarning ishonch bildiruvchi shaxslar, sud, prokuratura va boshqa advokatlar bilan ko‘p tomonlama munosabatlari o‘rganib chiqilib, O‘zbekiston Respublikasida advokatura institutini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar kiritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

SPECIFIC FEATURES OF THE INSTITUTE OF ADVOCACY IN WESTERN EUROPEAN COUNTRIES AND PROSPECTS FOR THEIR IMPLEMENTATION IN NATIONAL LEGISLATION

This article provides a comprehensive study of the foundations, sources, experience of formation, organizational mechanisms and professional ethics of attorneys in the Institute of Advocacy in Western Europe. The article systematizes the ideas of the rule of law and its impact on the formation of a modern model of Western European advocacy. Mechanisms for the provision of the Bar and the exercise of the right to legal aid have been disclosed, and the basic models of training attorneys in Western Europe have been discussed in detail. The article also provides an integrated overview of the important features and legal nature of the legal profession in Western Europe, a detailed classification of the legal self-governing bodies of attorneys in Western Europe and the organizational and legal forms of advocacy. The article also combines the organization of the legal profession in Western Europe and an analysis of the professional ethics of attorneys. The foundations and composition of the professional ethics of attorneys in Western Europe have been identified and discussed in detail; the essence of deontological codes (code of professional ethics of attorneys) is studied. The article also studied the multilateral relations of lawyers in Western Europe with proxies, courts, prosecutors and other lawyers, included evidence-based recommendations for improving the institution of advocacy in the Republic of Uzbekistan

Текст научной работы на тему «G‘ARBIY YEVROPA DAVLATLARIDA ADVOKATURA INSTITUTINING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI VA ULARNI MILLIY QONUNCHILIKKA IMPLEMENTATSIYA QILISH ISTIQBOLLARI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

UDK: 347.965(045X575.1) ORCID: 0000-0003-4625-2679

G'ARBIY YEVROPA DAVLATLARIDA ADVOKATURA INSTITUTINING O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI VA ULARNI MILLIY QONUNCHILIKKA IMPLEMENTATSIYA QILISH ISTIQBOLLARI

Ushbu maqolada G'arbiy Yevropada advokatura institutining asoslari, manbalari, shakllanish tajribasi, tashkiliy mexanizmlari va advokatlarning kasbiy etikasini har tomonlama o 'rganish amalga oshirilgan. Maqolada qonun ustuvorligi va uning G'arbiy Yevropa advokaturasining zamonaviy modelini shakllantirishga ta'siri haqidagi g'oyalar tizimlashtirilgan. Advokatura institutini ta'minlash va yuridik yordam olish huquqini amalga oshirish mexanizmlarini ochib berilgan, G'arbiy Yevropada advokatlarni tayyorlashning asosiy modellari batafsil ko'rib chiqilgan. Shuningdek, maqolada G'arbiy Yevropada advokatlik kasbining muhim xususiyatlari va huquqiy tabiatining yaxlit ko'rinishi shakllantirilgan, G'arbiy Yevropada advokatlarning o'zini o'zi boshqarish organlari va advokatlikning tashkiliy-huquqiy shakllarini batafsil tasniflashni amalga oshirilgan. Bundan tashqari maqolada G'arbiy Yevropada advokatlik kasbini tashkil etish va advokatlarning kasbiy etikasi tahlili birlashtirilgan. G'arbiy Yevropada advokatlarning kasbiy etikasining asoslari va tarkibi aniqlangan hamda batafsil ko 'rib chiqilgan; deontologik kodekslarning (advokatlarning kasbiy axloq kodeksi) mohiyati o'rganib chiqilgan. Shuningdek, maqolada G'arbiy Yevropada advokatlarning ishonch bildiruvchi shaxslar, sud, prokuratura va boshqa advokatlar bilan ko 'p tomonlama munosabatlari o 'rganib chiqilib, O 'zbekiston Respublikasida advokatura institutini takomillashtirish bo 'yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar kiritilgan.

Kalit so'zlar: advokatura, advokatlik kasbi, G'arbiy Yevropada advokatura, deontologik kodeks, yuridik yordam, Advokatlar palatasi.

Sabirboyev Sadriddin G'ayrat o'g'li

Toshkent davlat yuridik universiteti magistranti [email protected],

+998934888889

ANNOTATSIYA

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

О

R

VOLUME 2 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

ОСОБЕННОСТИ ИНСТИТУТА АДВОКАТУРЫ В

ЗАПАДНОЕВРОПЕЙСКИХ ГОСУДАРСТВАХ И ПЕРСПЕКТИВЫ ИХ ИМПЛЕМЕНТАЦИИ В НАЦИОНАЛЬНОЕ ЗАКОНОДАТЕЛЬСТВО

Сабирбаев Садриддин Гайрат угли

Студент магистратуры Ташкентского государственного юридического университета [email protected],

АННОТАЦИЯ

В данной статье проводится комплексное исследование основ, источников, опыта формирования, организационных механизмов и профессиональной этики юристов в Институте адвокатуры в Западной Европе. В статье систематизированы представления о верховенстве права и его влиянии на формирование современной модели западноевропейской адвокатуры. Раскрыты механизмы предоставления адвокатуры и реализации права на юридическую помощь, подробно рассмотрены основные модели подготовки адвокатов в странах Западной Европы. В статье также представлен обзор важных особенностей и правовой природы адвокатуры в Западной Европе, подробная классификация органов самоуправления адвокатов в Западной Европе и организационно - правовых форм адвокатуры. В статье также сочетаются организация адвокатуры в Западной Европе и анализ профессиональной этики юристов. Выявлены и подробно рассмотрены основы и состав профессиональной этики адвокатов в странах Западной Европы; изучается сущность деонтологических кодексов (кодекс профессиональной этики адвокатов). Также в статье изучены многосторонние отношения адвокатов в Западной Европе с доверенными лицами, судом, прокуратурой и другими адвокатами, включены научно обоснованные рекомендации по совершенствованию института адвокатуры в Республике Узбекистан.

Ключевые слова: адвокатура, адвокатская профессия, адвокатура в Западной Европе, деонтологический кодекс, юридическая помощь, Адвокатская палата.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

SPECIFIC FEATURES OF THE INSTITUTE OF ADVOCACY IN WESTERN EUROPEAN COUNTRIES AND PROSPECTS FOR THEIR IMPLEMENTATION IN NATIONAL LEGISLATION

Sabirboev Sadriddin Gayrat ugli

Master's degree student of Tashkent State University of law [email protected]

This article provides a comprehensive study of the foundations, sources, experience of formation, organizational mechanisms and professional ethics of attorneys in the Institute of Advocacy in Western Europe. The article systematizes the ideas of the rule of law and its impact on the formation of a modern model of Western European advocacy. Mechanisms for the provision of the Bar and the exercise of the right to legal aid have been disclosed, and the basic models of training attorneys in Western Europe have been discussed in detail. The article also provides an integrated overview of the important features and legal nature of the legal profession in Western Europe, a detailed classification of the legal self-governing bodies of attorneys in Western Europe and the organizational and legal forms of advocacy. The article also combines the organization of the legal profession in Western Europe and an analysis of the professional ethics of attorneys. The foundations and composition of the professional ethics of attorneys in Western Europe have been identified and discussed in detail; the essence of deontological codes (code of professional ethics of attorneys) is studied. The article also studied the multilateral relations of lawyers in Western Europe with proxies, courts, prosecutors and other lawyers, included evidence-based recommendations for improving the institution of advocacy in the Republic of Uzbekistan

Keywords: advocacy, legal profession, advocacy in Western Europe, deontological code, legal assistance, Bar Association.

1996-yilda advokatlik faoliyatini amalga oshirishda advokaturaning ma'naviy mezonlari va an'analariga, shuningdek, advokatlik faoliyatining xalqaro standartlari va qoidalariga asoslanib, O'zbekiston Respublikasining "Advokatura to'g'risida"gi qonuni, 1998-yilda "Advokatlik faoliyatining kafolatlari va advokatlarning ijtimoiy himoyasi to'g'risida"ga qonuni, 2013-yilda har bir advokat uchun majburiy bo'lgan xulq-atvor qoidalarini belgilovchi "Advokatning kasb etikasi qoidalari" qabul qilingan bo'lsa-da, ushbu ijobiy tendensiyalarga qaramay, O'zbekiston

ABSTRACT

KIRISH

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Respublikasida yuridik yordam ko'rsatishning hozirgi holati advokatlar hamjamiyati, davlat hokimiyati organlari, shuningdek, aholining aksariyati tomonidan hali ham yetarli darajada samarali emas deb tan olinmoqda.

Shubhasiz, bu chuqur tarixiy ildizlarga ega bo'lgan G'arbiy Yevropa tajribasini o'rganishni hamda ushbu davlatlarning advokatura tizimidagi ijobiy jihatlarni O'zbekistonda ham joriy etishni talab qiladi.

Qadimgi Yunoniston va qadimgi Rimning keng ko'lamli tajribasiga asoslanib, Yevropa xalqlari ushbu huquqiy institutga yangi mazmun berib, uni fuqarolar va ularning uyushmalariga huquqiy yordam ko'rsatish uchun universal vositaga aylantirgan.

G'arbiy Yevropaning barcha mamlakatlarida advokatning o'z kasbiy vazifalarini bajarishini nazorat qilish mexanizmi bo'lgan advokatlarning deontologik kodekslari (advokatlarning kasbiy etikasi kodekslari) qabul qilingan va amal qiladi. G'arbiy Yevropa advokatlarini boshqaradigan axloqiy va me'yoriy qoidalar G'arbiy Yevropa mamlakatlarida mavjud bo'lgan an'analarga borib taqaladi va advokatlar bajaradigan vazifalarning shartlari va tabiati bilan bog'liq. G'arbiy Yevropa davlatlari advokaturani fuqarolik jamiyati instituti sifatida tan oladilar va shuning uchun advokaturaning institutsional mustaqilligini mustahkamlashga hissa qo'shadilar.

Ushbu maqolaning maqsadi G'arbiy Yevropada advokatlik kasbini tashkil etish va advokatlarning kasbiy etikasi tajribasini o'rganish hamda ushbu material asosida O'zbekistonda advokat maqomini mustahkamlash va advokatlik kasbini takomillashtirishga qaratilgan amaliy va ilmiy-uslubiy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. Ushbu maqsadni amalga oshirish uchun quyidagi vazifalar hal etiladi:

- G'arbiy Yevropa mamlakatlarida advokatlik institutini ta'minlash va yuridik yordam olish huquqini amalga oshirishning konstitutsiyaviy-huquqiy mexanizmlarini ochib berish;

- G'arbiy Yevropadagi zamonaviy advokatura institutining muhim xususiyatlarini aniqlash va advokaturaning tabiatiga oid munozarali fikrlarni ta'kidlash;

- G'arbiy Yevropa mamlakatlarida advokatura institutining vazifalarini aniqlash;

- G'arbiy Yevropa mamlakatlarida advokatlik institutini tashkil etish tizimini va advokatlarning kasbiy etikasi tahlilini o'tkazish.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR

G'arbiy Yevropada advokatura instituti allaqachon o'zbek huquqshunos olimlarining o'rganish predmetiga aylangan. Xorijiy davlatlarda advokatura

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

instituting o'ziga xos jihatlariga G.Tulaganova, V.Davlyatov, B.Salomov, M.Rustambayev, D.Bazarova va boshqalarning ishlarida to'xtalib o'tilgan.

Yevropa huquqi tarixini o'rganish, G'arbiy Yevropada g'arb huquq va advokatlik an'analarining shakllanishi bilan bog'liq masalalar bir qator chet el olimlari - E.Anners, G.J.Berman, Z.Ganneslarning tadqiqot ob'yekti bo'ldi.

G'arbiy Yevropa advokatura institutining konstitutsiyaviy-huquqiy maqomi, advokatura faoliyatini xalqaro huquqiy tartibga solish va yuridik yordam olish huquqi D.Gomyen, L.Zvaak, F.Lyusher, D.Xarris asarlarida ko'rib chiqilgan.

Advokat etikasining umumiy muammolariga diqqat qaratgan mualliflar orasida I.Bentam, J.Uebb, K.Viguru, F.Marabuto, D.Nikolson, V. Kapitani, A.Lalardi, V.Shlyuplar o'z asarlarini advokatlik siri institutiga katta e'tibor qaratganlar.

Maqolada olib borilgan tadqiqotning mazmuni shundan iboratki, G'arbiy Yevropada advokatura institutini har tomonlama o'rganish, uning namoyon bo'lishini tubdan o'rganish maqolaga advokatlik institutining kontseptual muammolarini ishlab chiqishda foydalanish mumkin bo'lgan hamda O'zbekistonda hozirgi tarixiy bosqichda advokatura va advokatlarning kasbiy etikasini tashkil etish, huquqiy demokratik davlatda eng oliy qadriyat sifatida inson huquqlari va erkinliklarining ustuvorligi konstitutsiyaviy tamoyilini amaliy amalga oshirishga hissa qo'shishga qodir bo'lgan xulosalar va takliflarni shakllantirish imkonini beradi.

Maqolaning metodik asosi G'arbiy Yevropada advokatlik kasbini tashkil etish va advokatlarning kasbiy etikasi sohasida obyektiv voqelikni bilishning umumiy falsafiy va xususiy huquqiy usullari hisoblanadi.

Maqolada umumiy ilmiy usullar (tizimli, tuzilmaviy-funksional, tarixiy-genetik, mantiqiy-deduksiya va induksiya), maxsus usullar (sud statistikasi, tarixiy tahlil, qiyosiy-huquiy) va xususiy ilmiy usullardan (rasmiy) foydalanilgan.

TADQIQOT NATIJALARI

Maqolada olib borilgan tadqiqot natijalari quyidagilardan iborat:

Advokatura institutini ta'minlash va yuridik yordam olish huquqini amalga oshirish mexanizmlarini ochib berilgan, G'arbiy Yevropada advokatlarni tayyorlashning asosiy modellari batafsil ko'rib chiqilgan;

G'arbiy Yevropada advokatura institutining asoslari, manbalari, shakllanish tajribasi, tashkiliy mexanizmlari va advokatlarning kasbiy etikasini har tomonlama o'rganish amalga oshirilgan;

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

G'arbiy Yevropada advokatlik kasbini tashkil etish va advokatlarning kasbiy etikasi tahlili birlashtirilgan. G'arbiy Yevropada advokatlarning kasbiy etikasining asoslari va tarkibi aniqlangan hamda batafsil ko'rib chiqilgan;

qonun ustuvorligi va uning G'arbiy Yevropa advokaturasining zamonaviy modelini shakllantirishga ta'siri haqidagi g'oyalar tizimlashtirilgan;

G'arbiy Yevropada advokatlik kasbining muhim xususiyatlari va huquqiy tabiatining yaxlit ko'rinishi shakllantirilgan, G'arbiy Yevropada advokatlarning o'zini o'zi boshqarish organlari va advokatlikning tashkiliy-huquqiy shakllarini batafsil tasniflashni amalga oshirilgan;

deontologik kodekslarning (advokatlarning kasbiy axloq kodeksi) mohiyati o'rganib chiqilgan;

G'arbiy Yevropada advokatlarning ishonch bildiruvchi shaxslar, sud, prokuratura va boshqa advokatlar bilan ko'p tomonlama munosabatlari o'rganib chiqilib, O'zbekiston Respublikasida advokatura institutini takomillashtirish bo'yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar kiritilgan.

MUHOKAMA

O'zbekistonda advokatura institutining o'rni va funksiyasini chuqurroq tushunish uchun xorijiy mamlakatlarda advokatura institutini tashkil etishning ilg'or tajribasiga murojaat qilishimiz kerak. Xorijiy mamlakatlarda advokatura instituti faoliyatining huquqiy asoslari va amaliyotini tahlil qilish mamlakatimizda advokatura instituti faoliyatining muammoli tomonlari va ularni hal etishning mumkin bo'lgan yo'llarini aniqlash imkonini beradi.

Shuni ta'kidlash kerakki, G'arbiy Yevropada so'nggi 50 yil ichida advokatlar soni sezilarli darajada oshdi. 1960-yildan beri advokatlar soni uch baravar ko'paydi va hozirgi kunga kelib har 100 000 kishiga 312 advokat to'g'ri kelmoqda. 1970-yilda faqat bir nechta firmalardagina 100 nafardan ortiq advokat bor edi. [1] Hozir mingdan ortiq megafirmalar mavjud. Ko'rsatilgan yuridik xizmatlar soni ham barqaror o'sib bormoqda.

Aksariyat G'arbiy Yevropa davlatlarining qonunchiligi advokatutani advokatlik bilan shug'ullanuvchi shaxslarning professional birlashmasi sifatida baholaydi. [2, 128-b.] Shuningdek, ushbu mamlakatlar qonunlari bo'yicha advokatura instituti tushunchasi advokat deb tan olingan barcha shaxslarni ham, huquqiy asosga va o'z vakolatiga ega bo'lgan advokatura tashkilotlarini ham qamrab oladi.

G'arbiy Yevropa davlatlari advokaturani fuqarolik jamiyati instituti sifatida e'tirof etgan holda, uning institutsional mustaqilligini mustahkamlashga, fuqarolar va

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

ularning birlashmalarining asosiy huquqlarini samarali amalga oshirishga hissa qo'shadilar, bu esa ko'p jihatdan, advokatlik faoliyatini to'g'ri tashkil etishga bog'liq. Advokaturani tashkil etish fuqarolar va ularning birlashmalarining asosiy huquqlaridan kelib chiqadigan ehtiyoj va vazifalarga javob berishi kerak. Advokaturadan, birinchi navbatda, ularga rioya qilish uchun umumiy irodaning namoyon bo'lishi talab qilinadi. Advokatura ularni maqsad va chora sifatida ko'rishi, o'z faoliyatini ana shu tamoyillarga bo'ysundirishi, mustahkamlangan va kafolatlangan huquq va erkinliklardan chetlanishlarni tuzatishi zarur.

G'arbiy Yevropa mamlakatlarida advokatlarning o'zini o'zi boshqarish tizimining tashkil etilishini ko'rib chiqadigan bo'lsak, G'arbiy Yevropada advokatura tomonidan o'zini o'zi boshqarishning quyidagi modellarini foydalanilishini ko'rishimiz mumkin.

Birinchi model klassik bo'lib, unda advokaturaga a'zolik advokatlar palatasiga a'zolik bilan bog'liq. Bunday tuzilma korporativ boshqaruv tamoyillariga asoslanadi, bunda a'zolarning o'zlari huquq va vakolatlarning manbai bo'lib, ularning bir qismini boshqaruv organlariga topshiradilar. Advokatlar o'z tashkilotining ustaviga rioya qilish majburiyatini oladilar, advokatlarning o'z kasbiy tashkilotiga a'zo bo'lishi va a'zolik badallari to'lanishi majburiy holga aylanadi. Advokatlarning professional tashkilotiga a'zo bo'lmagan shaxs advokatlik faoliyati bilan shug'ullanish huquqiga ega bo'lmaydi.[3]

Bu modeldan Germaniya, Fransiya, Italiya, Gretsiya, Ispaniya, Gollandiya, Belgiya kabi davlatlarni foydalaniladi.

Ikkinchi model palatalarning hududiy asosda tuzilganligi va ma'lum bir federal davlat hududida ro'yxatga kiritilgan barcha advokatlarni birlashtirishi bilan tavsiflanadi. Har bir advokatlar palatasining yurisdiksiyasi ushbu palata tashkil etilgan federal davlat hududiga, shuningdek ushbu advokatlar palatasining ro'yxatiga kiritilgan barcha advokatlarga taalluqlidir.

Ushbu modelning tipik vakili Avstriya hisoblanadi. Germaniyada advokaturaning o'z-o'zini boshqarishi ikkala modelning majburiy xususiyatlarini o'z ichiga oladi. [4]

Uchinchi model assotsiatsiyalar, kasaba uyushmalari orqali advokaturaning o'zini o'zi boshqarishini nazarda tutadi: masalan, Shvetsiyada advokatlar uyushmasi, Shveytsariyada advokatlar ittifoqi.

Advokatura institutining fuqaro, jamiyat va davlat hayotidagi alohida ahamiyatiga qaramay, G'arbiy Yevropa davlatlari konstitutsiyalarida advokatura instituti qanday tashkil etilishi kerakligi to'g'risidagi ko'rsatmani kamdan-kam

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

uchratish mumkin. Yevropa mamlakatlarida ushbu hamjamiyat faoliyatini tartibga solish advokatura va advokatlik to'g'risidagi qonun hujjatlari doirasida amalga oshiriladi.

Advokatlik faoliyati to'g'risidagi qonun hujjatlari, qoida tariqasida, advokatlik faoliyatining mazmuni, advokatning funksiyalarini belgilash, advokatning mustaqilligi va kasbiy faoliyatning boshqa faoliyat bilan nomuvofiqligi, advokatura va advokatlikni tashkil etish, advokatlik birlashmalarining tashkiliy-huquqiy shakllari, advokaturaga a'zolik, advokatura institutining reklamaga munosabati, xorijiy advokatlar faoliyati tamoyillari masalalarini o'z ichiga oladi. Shuningdek, bo'lajak huquqshunoslarni o'qitish va tayyorlash masalalari alohida ahamiyatga ega.

G'arbiy Yevropa davlatlarida bo'lajak advokatlarni tayyorlashning 2 xil metodi shakllangan: Angliya metodi va romano-german metodi.

Dunyoning aksariyat davlatlaridan farqli o'laroq, Angliyada oliy yuridik ma'lumotga ega bo'lgan shaxslar ham, yuridik ma'lumotga ega bo'lmaganlar ham advokat bo'lish huquqiga ega. Biroq, huquqshunos bo'lmagan bitiruvchilar bir yillik intensiv yuridik kursda "core subjects" (korporativ huquq, delikt huquqi, jinoyat huquqi, munitsipal huquq, davlat va ma'muriy huquq, mulk huquqi, trast huquqi)dan ta'lim olishi kerak. Ushbu kurs orqali ular «Common Professional Exam (CPE)»ga tayyorgarlik ko'rishadi. [5, 25-b.]

Britaniyalik solisitorni tayyorlash odatda bir necha bosqichdan iborat: universitetda uch yillik o'qish, so'ngra tajribali solisitor huzurida 12 oylik yuridik amaliyot kursi (Legal Practise Course), yakuniy imtihon (Solicitor Final Exam)dan o'tish hamda har yili yangilanishi kerak bo'lgan "amaliyot sertifikati" olish. Amaliy mashg'ulotlar bosqichida bo'lajak solisitorlar birinchi navbatda tashkiliy boshqaruv, muzokaralar san'ati, shartnoma huquqi va boshqa amaliy fanlarni o'rganadilar. [6]

Fransiyadagi ta'lim tizimi o'ziga xos xususiyatga ega. Bu yerda advokatlik kasbini Fransiyadagi 72 ta universitetdan birida o'qishni muvaffaqiyatli tugatgan taqdirda olish mumkin, ulardan 38 tasida huquqshunoslik fakulteti mavjud. O'quv jarayoni odatda 3 ta ikki yillik siklga bo'linadi, ularning har biri oraliq diplom bilan tugaydi. [7, 58-b.]

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Fransuz imtihon tizimi Angliyanikidan sezilarli darajada farq qiladi, chunki har bir o'quv yili yozma va og'zaki imtihonar bilan yakunlanadi. Shu bilan birga, tugagan o'quv yilining oxirida barcha o'quv materiallari uchun yagona bitiruv malakviy ishi mavjud emas.

Birinchi ikki yil Umumiy universitetda o'qish diplomi (Diplome d'Etudes universitares Generales) yoki, istisno tariqasida, Ilmiy universitetda o'qish diplomi

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

(Diplome d'Etudes universitares Sientifigues) bilan yakunlanadi. Ushbu ikki turdagi diplomlar abituriyentga advokat bo'lish huquqini bermaydi, balki ular Magistr(Maitrise) diplomini olishning oraliq bosqichidir. [8, 98-b.]

Uchinchi o'quv yili "Licence en Droit", to'rtinchisi esa "Maitrise" diplomi bilan tugaydi. Aynan "Maitrise" diplomining mavjudligi maxsus tayyorgarlikdan so'ng advokat maqomini olish uchun asos bo'ladi.

Faqat eng yaxshi talabalar o'z dosyelarini himoya qilgandan so'ng uchinchi siklda o'qishni davom ettirish imkoniyatiga ega. Fransiya universitetlari ushbu bosqichda o'qish uchun ikkita mumkin bo'lgan variantni taklif qiladilar: amaliyotga yo'naltirilgan maxsus ta'lim, Oliy ixtisoslashtirilgan ta'lim diplomi (DESS) diplomi bilan yakunlanadi yoki nazariy, ilmiy-tadqiqot ta'limi, Ilg'or tadqiqotlar diplomi (DEFA) bilan yakunlanadi.

Shveytsariyada, qoida tariqasida, universitetning yuridik fakultetida o'qish "Lizensiatexamen" litsenziya imtihoni bilan tugaydi. [9, 34-b]

Litsenziyalash imtihonidan o'tish advokatlik faoliyati bilan shug'ullanish uchun asos bo'lmaydi. Ko'pgina kantonlarda bu "Fahigkeitszeugnisses" deb nomlangan maxsus sertifikatni olish uchun birinchi shartdir. Shu bilan birga, ba'zi kantonlar bo'lajak advokatdan PhD darajasini olishni talab qiladi.[10, 24-b]

Universitetda nazariy kursni tamomlagandan so'ng abituriyent advokat huzurida, sudda yoki istisno tariqasida davlat organida amaliy mashg'ulotlardan o'tishi kerak. Ko'pgina kantonlarning qonunlari amaliy mashg'ulotlar universitet joylashgan kantonda o'tkazilishini talab qiladi.

Amaliy mashg'ulotlar muddati, kantonlarning qonunchiligiga qarab, 6 oydan 2 yilgacha. Masalan, Bern kantonida amaliyot 18 oyni tashkil qiladi. Shulardan 9 oyi advokat yordamchisi sifatida, 9 oyi sudda. Ushbu muddatdan so'ng, 1 yil ichida nomzod advokatura kanselyariyasida ishlashi kerak. [11, 14-b.]

Amaliy mashg'ulotlarni tugatgandan so'ng, momzod ikkinchi imtihondan o'tishi kerak - mustaqil kasbiy faoliyat, shu jumladan advokatlik, sud va boshqaruv bilan shug'ullanish huquqi uchun. Imtihon 9 kishidan iborat komissiya tomonidan qabul qilinadi, ulardan 3 nafari huquqshunos bo'lib, 10 soatlik yozma test va og'zaki imtihondan iborat. Mazkur imtihondan o'tgach, nomzod advokatlik faoliyati uchun patent olishi hamda to'laqonli advokat bo'lishi mumkin.

Gretsiyada yuridik ta'lim olish uchta universitetdan birida bo'lib o'tadi va 4 yil (8 semestr) davom etadi. Universitet kursida qatnashib, tegishli imtihonlarni topshirgandan so'ng, nomzod 18 oylik amaliyot (referenariat) o'tash uchun yuboriladi, shundan so'ng qasamyod qilishdan oldin u Gretsiya armiyasida xizmat

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

qilgani, advokaturaga mos kelmaydigan faoliyat bilan shug'ullanmasligi, soliqlar va boshqa to'lovlar bo'yicha qarzi yo'qligi haqida dalillarni taqdim etadi. [12, 34-b.] Italiyada 32 universitet va institutda yuridik fakultet mavjud. Qoidaga ko'ra, yuridik ta'lim 4 yil davom etadi. 21 ta og'zaki imtihon topshirgandan so'ng, huquqshunos talabaga huquqning dolzarb nazariy masalasini o'rganishga bag'ishlangan yozma ishdan (tesi di laurea) iborat bo'lgan "esame di laurea" yakuniy imtihonini topshirishga ruxsat beriladi. [13]

Advokat bo'lmoqchi bo'lgan shaxs - "practicante procuratore" advokatlik idorasida advokatlik amaliyotidan o'tishi kerak. Bu unchalik oson emas, chunki yuridik amaliyotni tashkil etish bilan shug'ullanadigan advokatlar unchalik ko'p emas. 2 yildan 6 yilgacha bo'lgan amaliyotdan so'ng, ariza beruvchi "esame di procuratore" unvonini olish uchun davlat imtihonidan o'tishi kerak. Ushbu imtihon har yili dekabr oyida 26 ta viloyat sudlaridan birida topshiriladi. Qoidaga ko'ra, nomzodlarning 60% birinchi urinishda o'tadi.[14, 130-b.]

Davlat muassasalari va xususiy korxonalarda mehnat shartnomasi bo'yicha ishlaydigan yuristlar advokat bo'lishga ruxsat etilmaydi. Italiya Oliy sudlariga (Oliy sud, Kassatsiya sudi, Konstitutsiyaviy sud, Hisob sudi, Davlat kengashi) qabul qilish uchun advokat sifatida 8 yillik amaliy tajribaga ega bo'lish kerak.

Ariza beruvchi ushbu shartlarga javob bersa, u advokatlar kengashi tomonidan yuritiladigan advokatlarning maxsus reestriga kiritiladi. Italiyada 60 milliondan ortiq kishiga 53 ming advokat to'g'ri keladi, ulardan 6 ming nafari Rimda ishlaydi.

Gollandiyada ta'lim bola 4 yoshga to'lganda boshlanadi. Birinchi bosqich "basisschool" deb ataladi va 8 yil davom etadi. Ta'limni davom ettirish uchun bir nechta muqobil variantlar mavjud. Biroq, agar yosh yigit yoki qiz kelajakda advokat bo'lishni rejalashtirsa, ular o'qishni «Athenneums»da yoki Gimnaziyada davom ettirishlari kerak. Ikkala ta'lim muassasasida ham ta'lim 6 yil. [15]

Mazkur davlatlarda advokat sifatida ishlash huquqiga ega bo'lgan har bir shaxs jamiyat va davlat tomonidan o'ziga yuklangan vazifalarni eng samarali amalga oshirish uchun turli tashkiliy shakllarda faoliyat olib boradi.

G'arbiy Yevropada advokatlar uchun asosiy tashkiliy-huquqiy shakl notijorat sheriklik (fuqarolik huquqi birlashmasi) hisoblanadi: Germaniyada "GB-Gesellschaft"; Daniyada "Advokaterselskab"; Britaniya va Irlandiyada " partnership"; Fransiya, Belgiya va Lyuksemburgda "association" yoki "cociete civile professionelle"; Gollandiyada "maatschap", Portugaliyada "sociedades civis", Ispaniyada "despachos collectivos" [16]

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Advokatlar advokatining tashkiliy-huquqiy shakli Angliya, Uels, Shimoliy Irlandiyada, shuningdek, Niderlandiya va Fransiyada tijorat kompaniyalari hisoblanadi. Bundan tashqari, Fransiya va Niderlandiyada advokatlar uyushmalari advokatlar xoldingi shaklida tuzilishi mumkin; Daniyada mas'uliyati cheklangan jamiyat, aksiyadorlik jamiyati yoki advokat aksiyadorlik jamiyati shaklida yuridik shaxs tuzish mumkin.

Fransiyada advokatlar jismoniy shaxslar sifatida yakka tartibda ishlashlari mumkin (masalan, mas'uliyati cheklangan jamiyat tashkil etishlari) yoxud boshqa advokat yoki advokatlar guruhi bilan hamkorlik shartnomasi tuzishlari mumkin.

Bundan tashqari bir advokat boshqa advokatga yollanib ham ish olib borishi mumkin. Bunday holda, mehnat shartnomasi tuziladi. Asosiy huquqlarini saqlab qolgan holda ijaraga ishlaydigan advokat o'z mijozlariga ega bo'la olmaydi.[17, 63-

An'anaga ko'ra, Fransiyada eng keng tarqalgan tashkiliy shakllar assotsiatsiya va fuqarolik-professional jamiyatlardir. Assotsiatsiya advokatlar birlashmasi bo'lib, ularning har biri o'z mijozi oldida shaxsan javobgardir. Assotsiatsiya a'zosining huquqlari shaxsiydir va boshqasiga o'tkazib bo'lmaydi. Assotsiatsiyalar tuzish to'g'risidagi shartnoma yozma shaklda tuziladi va Advokatlar ordeni kengashiga bu haqida xabar qilinadi.

Germaniyada advokatlar uyushmalari hududiy asosda tuziladi va o'sha yerdagi sudga "biriktirilgan" advokatlarni birlashtiradi. Adliya vazirligi (departamenti) ma'lum bir tuman hududida ikkinchi kollegiyani tuzishga ruxsat berishi mumkin, lekin buning uchun o'sha hududda faoliyat yurituvchi advokatlar soni 500 kishidan oshgan bo'lishi lozim.[18]

Germaniyadagi barcha mavjud advokatlar birlashmalari yagona Federal Advokatlar Palatasiga birlashtirilgan. Palataning oliy organi uning a'zolarining umumiy yig'ilishi hisoblanadi. U hayat raisining tashabbusi bilan yoki unga kiritilgan advokatlarning kamida o'n foizi talabiga binoan chaqiriladi. Kvorum va tartib masalalari tegishli hay'at ustavi yoki ichki reglamenti bilan hal qilinadi. Umumiy yig'ilishning barcha qarorlari oddiy ko'pchilik ovoz bilan qabul qilinadi, agar ular teng bo'lsa, raislik qiluvchining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.

Angliyada advokat sifatida barristerlar va solisitorlar faoliyat yuritadi. Barristerlar elita hisoblanadi va sudlarda ishlaydi, solisitorlar esa mijozlar bilan shug'ullanadilar va sudgacha bo'lgan bosqichlarda hujjatlarni to'playdilar. 1990-yildan boshlab ularning funksiyalaridagi qat'iy chegara yo'qola boshladi. Bundan

b.]

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

tashqari, himoyachilarning yangi toifasi - sudlarda so'z yuritish huquqiga ega bo'lgan advokatlar paydo bo'ldi.

Barrister sudda ishtirok etadi, to'g'ridan-to'g'ri nutq so'zlaydi, solisitor esa barristerning sudda nutq so'zlashi uchun barcha zarur materiallarni tayyorlaydi. Solisitor analizlar o'tkazadi, tahlil qiladi, so'rovlar yuboradi, ma'lumot va dalillarni to'playdi, lekin sudda ishtirok etish huquqiga ega emas. Qizig'i shundaki, prokuror ham sudda so'zga chiqish (sudya bilan gaplashish) huquqiga ega emas: sudda uning nomidan sudda prokurorning barristeri so'zga chiqadi. [19, 142-b.]

Davlat ayblovi tarafidagi barristerlarning ish haqini har bir holatda alohida to'laydi. Shu bilan birga, barrister sudda ayblov tomonida qatnashishdan bosh tortishi mumkin emas. Prokuratura uchun barristerning maslahati qaror qabul qilishda ma'lum bir filtrdir. Buyuk Britaniyadagi barristerlar (advokatlar) ayblovga qarshi emas, aksincha, prokuraturaning eng yaxshi mutaxassislar (ekspertlar) sifatida ham qaraladi. Ularning yordami bilan sud ob'ektiv qaror (hukm) chiqaradi. chunki ular yetarli darajada malakaga, yuqori professionallikka, mustaqil fikrga, sudlar oldida obro'ga ega.

Barrister bo'lgan shaxs barcha (shu jumladan yuqori) sudlarda so'zlash huquqiga ega bo'ladi. Odatda Barristerlar ishlarni faqat solisitorlar orqali ko'radi, jinoiy ishlar bundan mustasno.

Barristerlar uchun eng yuqori professional e'tirof - bu Qirollik advokati unvoni. Shunisi e'tiborga loyiqki, aksariyat G'arb mamlakatlaridagi advokatlarning fik riga ko'ra, Barristerlar o'z sohasidagi mutaxassislarning jahon elitas hisoblanadi. Ularning tajribasidan chet ellik yuristlar va boshqa mutaxassislar, hukumatlar, kompaniyalar va butun dunyo bo'ylab xususiy mijozlar foydalanadi. Ular dunyoning istalgan nuqtasida paydo bo'ladigan ingliz huquqi yoki Yevropa Ittifoqi huquqining har qanday masalalarida vakolatli.

Solisitorlar - yuqori darajadagi Barristerlar uchun materiallar tayyorlashga ixtisoslashgan advokatlar toifasi. Solisitorlar, shuningdek, muassasa, korxona, tashkilotlar, aksiyadorlik jamiyatlarida yuridik maslahatchi vazifasini ham bajaradi.[20]1

G'arbiy Yevropada advokatura mustaqilligining namoyon bo'lishi - bu advokatning kasbiy etikasi talablari buzilgan taqdirda ishlarni ko'rib chiqishi va qaror qabul qilishi kerak bo'lgan professional advokatlardan iborat sud va kvazi-sud institutlarini tashkil etishdir. Advokatlar sudlari (malaka komissiyalari, intizom

1 Becoming a solicitor - The Law Society. (2017). http://www.lawsociety.org.uk/law-careers/becommg-a-solicitor/ (accessed 09.04.2021)

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

qo'mitalari) o'z aybi bilan kasb etikasi talablarini buzgan advokatlarga nisbatan "advokat-sud" choralarini belgilashi mumkin. Bunday choralar quyidagilarni o'z ichiga olishi mumkin: ogohlantirish, tanbeh, jarima, ma'lum muddatga advokatlik faoliyatini taqiqlash, advokatlik kollegiyasidan chetlatish. [21, 155-b.]

G'arbiy Yevropa advokatlik kasbining o'ziga xos xususiyati uning qonun ijodkorligi jarayonida faol ishtirok etishi va demokratik qonunchilikning shakllanishiga bevosita ta'sir ko'rsatish uchun advokaturaning o'zini o'zi boshqarish institutlarining siyosiy jarayondagi passiv roli bilan tavsiflanadi.

G'arbiy Yevropa mamlakatlarida advokatura instituti ommaviy xizmat hisoblanadi. Advokatlik kasbining bu sifati advokatlar davlat tomonidan to'lanadigan yuridik xizmatlarni ko'rsatishda (bepul advokatlik) va o'z ishi (xizmatlari) uchun madaniyatli haq olishlarida aniq namoyon bo'ladi.

Zamonaviy davrda G'arbiy Yevropada advokat tuzilmalari o'rtasida hamkorlikni chuqurlashtirish tendensiyasi kuzatilmoqda. Bu jarayonda muhim rol Yevropa hamjamiyatining Advokatlar kengashiga tegishli.

G'arbiy Yevropada advokatlik kasbining mohiyati to'g'risidagi doktrinal va me'yoriy qoidalarning tahlili advokatlar ishonch bildiruvchi shaxs huquqlarini shaxsiy manfaatlardan ustun qo'yishda ifodalangan jamoat manfaatlarining tashuvchisi ekanligini aniqlashga imkon beradi. Advokatlar adliya tizimining mustaqil va erkin ishtirokchisi sifatida ishlaydi, ular adolatga xizmat qiladi, ularning vazifasi (maqsadlari) fuqarolar va fuqarolar birlashmalarining (keng ma'noda huquq sub'ektlarining) huquq va manfaatlarini himoya qilishdir. Ushbu doktrinal qoidalar yuridik kasb to'g'risidagi qonunlar va advokatlarning kasbiy etikasi kodekslarida o'z ifodasini topgan bo'lib, ular ikki guruh deontologik standartlar (kasbiy etika standartlari) va xalqaro-huquqiy normalar sifatida haqli ravishda e'tirof etila boshlagan tashkiliy-huquqiy standartlarning manbalari hisoblanadi.

Shuningdek, yuqoridagilardan kelib chiqib, O'zbekistonda advokatura institutiga doir huquqiy asoslarni takomillashtirish bo'yicha quyidagilar taklif etiladi:

1) Advokatlik institutini fuqarolik jamiyati instituti sifatida e'tirof etgan holda, davlat uning institutsional mustaqilligini mustahkamlashga yordam berishi kerak;

2) Pullik yuridik xizmatlar ko'rsatishni huquqiy jihatdan tartibga solish, nomuayyan shaxslar doirasiga doimiy ravishda pullik yuridik xizmatlarni taklif etuvchi shaxslarga qat'iy malaka talablarini belgilash zarur;

XULOSA

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

3) Advokatlar palatalarining malaka komissiyalari advokatlardan iborat bo'lishi kerak;

4) O'zbekiston qonunchiligi turli tashkiliy-huquqiy shakllarda advokatlik amaliyotini maksimal darajada rag'batlantirishga qaratilgan bo'lishi kerak. Shu bilan birga, advokat bo'lmagan shaxslarning advokatlik tuzilmalarida qaror qabul qilishiga ta'sir ko'rsatishga yo'l qo'ymaydigan cheklovlar joriy etilishi kerak.

http://www.ccbe.org/doc/En/ccbe_brochure_en.pdf (accessed 08.04.2022).

2. Stephen Waddams, Introduction to the Study of Law, 6th ed (London, 2010). 192 p.

3. Moorman, J. (2009). Advocacy Today, Advocacy Tomorrow, Advocacy Forever!. Virginia Libraries, 55(4). doi: 10.21061/valib.v55i4.1091.

4. Havadi Nagy, K., Ilovan, O., Damyanovic, D., Reinwald, F., & Märginean, M. (2017). Advocacy for Participatory Rural Development. A Comparison of Two Case Studies from Romania and Austria. ISR-Forschungsberichte, 43, 121-155. doi: 10.1553/isr_fb043s121.

5. David P. Outlines of historical jurisprudence, vol. I. The jurisprudence of the Great Britain, Oxford, 2018. 448 p.

6. Paul, C. (2012). Official Solicitor - Peter Harris. Amicus Curiae, 1998(5). doi: 10.14296/ac.v1998i5.1600.

7. Hurwitz, D., & Satterthwaite, M. (2017). Institut du Plaidoyer en France (3rd ed.). Paris. 250 p. [Hurwitz, D., & Satterthwaite, M. (2017). Institute of Advocacy in France (3rd ed.). Paris. 250 p.]

8. Mengel, Aria. Rechtsanwalte in Frankreich. Bonn. 2014, 163 p.[ Mengel, Aria. Lawyers in France. Bonn. 2014, 163 p.]

9. Wolf, Stefan. Rechtsanwalte in der Schweiz. Bonn. 2018, 304 p.[ 9. Wolf, Stefan. Lawyers in Switzerland. Bonn. 2018, 304 p.]

10. Schnell, B., & Steffen, S. (2019). Anwaltsausbildung in der Schweiz. Zofingen.

78 p.[ Schnell, B., & Steffen, S. (2019). Legal training in Switzerland. Zofingen. 78 p]

11. W.E.J. Tjeenk Willink. (2011). Dutch law. Bern. 126 p.

12. Pour une pensee juridigue europeenne. PUF, 2013. 250 p.[ For a European legal thought. PUF, 2013. 250 p.]

REFERENCES

1. Advocacy

Western Europe.

Available

at:

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

о

R

VOLUME 2 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

13. Advocacy - Professionalism - CFA Society Italy. (2022). https://www.cfasi.it/en/Professionalism/Advocacy (accessed 10.04.2022).

14. Girard. Histoire de organisation judiciaire de Remains, t. I, Paris, 2016. 288 p.[ Girard. History of the judicial organization of Remains, t. I, Paris, 2016. 288 p.]

15. Siehr, K. (2003). Family Unions in Private International Law. Netherlands International Law Review, 50(3), 419-435. doi: 10.1017/s0165070x03004194

16. Rootes, C. (2017). Advocacy In Europe: Human rights defenders. Oxford: Oxford University Press.

17. Деханов С.А. Западноевропейская модель организации адвокатуры: Опыт и современное состояние: Монография. М.: Российский университет дружбы народов, 2007. 204 p.[ Dekhanov S.A. Western European model of the organization of the legal profession: Experience and current state: Monograph. Moscow: Peoples' Friendship University of Russia, 2007. 204 p.]

18. Siegrist Hannes. Advocat, Burger und Staat: Sozialgeschichte der Rechtsanwalte in deuschland, Italien, und der Schweiz (18-20.jh.)/ Hannes Siegrist. Frankfurt am Main: Vittorio Klostermann, 1996.[ Siegrist Hannes. Advocate, citizen and state: social history of lawyers in Germany, Italy and Switzerland (18-20.jh.)/ Hannes Siegrist. Frankfurt am Main: Vittorio Klostermann, 1996.]

19. Warren, S. (2013). The experiences of a barrister and confessions of an attorney. Luton: Andrews UK Ltd. 382 p.

20. Becoming a solicitor - The Law Society. (2017). http://www.lawsociety.org.uk/law-careers/becoming-a-solicitor/ (accessed 09.04.2021).

21. Regan, F. (2012). The Reform of the Legal Profession and the Legal Aid. Oxford: Oxford University Press. 356 p.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.