Научная статья на тему 'FUQAROLIK SUDLOV FAOLIYATIDA MEDIATSIYANI QO‘LLASHNING PROTSESSUAL XUSUSIYATLARI VA BUNDA ADVOKATNING MEDIATOR SIFATIDAGI ISHTIROKI'

FUQAROLIK SUDLOV FAOLIYATIDA MEDIATSIYANI QO‘LLASHNING PROTSESSUAL XUSUSIYATLARI VA BUNDA ADVOKATNING MEDIATOR SIFATIDAGI ISHTIROKI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
247
62
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Mediatsiya tushinchasi / mediatsiyaning prinsiplari / mediator / advokatning huquqiy maqomi / advokatlik odob axloq qoidalari / fuqarolik va iqtisodiy ishlarida mediatsiya. / The concept of mediation / the principles of mediation / the mediator / the legal status of a lawyer / the rules of lawyer ethics / mediation in civil and economic cases.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Matkarimov, Qudrat Qalandarovich, Xudayberganova, Fazilat Yaqubovna

Mazkur maqolada fuqarolik va iqtisodiy protsessda mediatsiyani qo‘llashning ahamiyati va bunda advokat faoliyatining o‘ziga xos huquqiy tabiati uning protsessdagi ishtiroki, huquqiy maqomi va faoliyat turlarini tahlil qilish orqali tadqiq etildi. Fuqarolik va iqtisodiy protsessda muammolarni aniqlash va bartaraf etish maqsadida milliy qonunchilik chuqur o‘rganildi va undagi bo‘shliqlar, normalarning o‘zaro nomuvofiqligi, amaliyotga noto‘g‘ri tatbiq etilishi kabi holatlar kuzatildi. Shuningdek, mediatsiyani qo‘llash bo‘yicha xorij tajribasini qiyosiy tahlil qilish orqali sohadagi muammolarni bartaraf etishga qaratilgan takliflar ishlab chiqildi. Ishlab chiqilgan takliflar yuzasidan qonun loyiyasi shakllantirildi va advokatlar orasida so‘rovnoma o‘tkazildi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PROCEDURAL FEATURES OF THE USE OF MEDIATION IN CIVIL JUDICIAL ACTIVITIES AND THE PARTICIPATION OF A LAWYER AS A MEDIATOR

This article discusses the importance of using mediation in civil and economic processes, as well as the specifics of the legal nature of the lawyer's activities by analyzing his participation in the process, legal status and activities. In order to identify and eliminate problems in the civil and economic process, national legislation was studied in depth, gaps, inconsistencies in the norms, and abuses of practice were identified. Also, proposals were developed to solve problems in the field through a comparative analysis of foreign experience in the use of mediation. Based on the developed proposals, a draft law was developed and a survey among lawyers was conducted.

Текст научной работы на тему «FUQAROLIK SUDLOV FAOLIYATIDA MEDIATSIYANI QO‘LLASHNING PROTSESSUAL XUSUSIYATLARI VA BUNDA ADVOKATNING MEDIATOR SIFATIDAGI ISHTIROKI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

О

R

VOLUME 2 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

FUQAROLIK SUDLOV FAOLIYATIDA MEDIATSIYANI QO'LLASHNING PROTSESSUAL XUSUSIYATLARI VA BUNDA ADVOKATNING MEDIATOR SIFATIDAGI ISHTIROKI

Toshkent davlat yuridik universiteti "sud, huquqni muxofaza qiluvchi organlar va advokatura" kafedrasi dosent vazifasini bajaruvchi, yuridik fanlar doktori.

Mazkur maqolada fuqarolik va iqtisodiy protsessda mediatsiyani qo 'llashning ahamiyati va bunda advokat faoliyatining o 'ziga xos huquqiy tabiati uning protsessdagi ishtiroki, huquqiy maqomi va faoliyat turlarini tahlil qilish orqali tadqiq etildi. Fuqarolik va iqtisodiy protsessda muammolarni aniqlash va bartaraf etish maqsadida milliy qonunchilik chuqur o 'rganildi va undagi bo 'shliqlar, normalarning o'zaro nomuvofiqligi, amaliyotga noto'g'ri tatbiq etilishi kabi holatlar kuzatildi. Shuningdek, mediatsiyani qo'llash bo'yicha xorij tajribasini qiyosiy tahlil qilish orqali sohadagi muammolarni bartaraf etishga qaratilgan takliflar ishlab chiqildi. Ishlab chiqilgan takliflar yuzasidan qonun loyiyasi shakllantirildi va advokatlar orasida so 'rovnoma o 'tkazildi.

Kalit so'zlar: Mediatsiya tushinchasi, mediatsiyaning prinsiplari, mediator, advokatning huquqiy maqomi, advokatlik odob axloq qoidalari, fuqarolik va iqtisodiy ishlarida mediatsiya.

В данной статье рассматривается значение использования медиации в гражданском и хозяйственном процессах, а также специфика правовой природы деятельности адвоката путем анализа его участия в процессе, правового положения и видов деятельности. В целях выявления и устранения проблем в гражданско-хозяйственном процессе было углубленно изучено национальное законодательство, выявлены пробелы, несоответствия в нормах, злоупотребления практикой. Также были разработаны предложения по решению проблем в сфере путем сравнительного анализа зарубежного опыта использования медиации. По разработанным предложениям разработан законопроект и проведен опрос среди юристов.

Qudrat Matkarimov Qalandarovich

E-mail: matkarimovkudrat79 @gmail .com Xudayberganova Fazilat Yaqubovna

Toshkent davlat yuridik universiteti magistranti

ANNOTATSIYA

АННОТАЦИЯ

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

О

R

VOLUME 2 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Ключевые слова: Понятие медиации, принципы медиации, медиатор, правовой статус адвоката, правила адвокатской этики, медиация в гражданских и хозяйственных делах.

This article discusses the importance of using mediation in civil and economic processes, as well as the specifics of the legal nature of the lawyer's activities by analyzing his participation in the process, legal status and activities. In order to identify and eliminate problems in the civil and economic process, national legislation was studied in depth, gaps, inconsistencies in the norms, and abuses of practice were identified. Also, proposals were developed to solve problems in the field through a comparative analysis of foreign experience in the use of mediation. Based on the developed proposals, a draft law was developed and a survey among lawyers was conducted.

Keywords: The concept of mediation, the principles of mediation, the mediator, the legal status of a lawyer, the rules of lawyer ethics, mediation in civil and economic cases.

O'zbekistonda davlat organlarining aholi bilan muloqotini takomillashtirish, fuqarolar huquq va erkinliklarining ishonchli himoyasini ta'minlash hamda ularning muammolarini hal etishning zamonaviy mexanizmlarini joriy qilish borasida izchil ishlar amalga oshirilmoqda. Shuningdek, ushbu sohada islohotlarning hozirgi bosqichi davlat organlarida nizolarni sudgacha ko'rib chiqishning yagona tizimini yaratish, mediatsiya, hakamlik sudlari hamda xalqaro arbitrajlarni fuqarolar hamda tadbirkorlarning ishonchiga sazovor bo'ladigan nizolarni hal etuvchi samarali muqobil institutlarga aylantirish lozimligini taqozo etmoqda.

Ko'p asrlar davomida mediatsiya davlatlararo aloqalarda, oilalar, qo'shnilar, siyosiy partiyalar, professional, diniy va boshqa jamoatchilik guruhlari o'rtasida hamda parlamentda yuzaga keladigan nizolarni bartaraf etishda muvaffaqiyatli qo'llanilgan. Bizning davrimizda mediatsiya va nizolarni muqobil hal etish usullarning ahamiyati nihoyatda kattadir. U nafaqat oila va mehnat nizolarida, balki har qanday darajadagi mulkiy munosabatlarda, jumladan, kompaniyalar, korporatsiya menejmenti va uning aksiyadorlari o'rtasidagi, shuningdek, xalqaro huquq sub'ektlari orasidagi qarama-qarshiliklarni bartaraf etishda qo'llanilmoqda[I.22].

O'zbekistonda 2018 yili fuqarolik-huquqiy nizolarni sudga qadar hal etishning muqobil usullaridan biri bo'lgan mediatsiya institutini joriy etish ko'zda tutilgan

ABSTRACT

KIRISh

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

"Mediatsiya to'g'risida"gi Qonun qabul qilindi. Mediatsiyaning asosiy maqsadi nizolashuvchi taraflarning nizolarini mustaqil, o'zaro foydali shartlar asosida hal etish imkoniyatini topishga ko'maklashishdir.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi PF-60-sonli "2022-2026 yillarga mo'ljallangan yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida"gi Farmonida nizolarni hal etishning muqobil usullaridan keng foydalanish uchun zarur tashkiliy-huquqiy shart-sharoitlarni yaratish, yarashuv institutini qo'llash doirasini yanada kenlaytirishga e'tibor qaratilgan[I.23].

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR

Mazkur maqolada bir qator umumijtimoiy, maxsus ilmiy va huquqiy metod (uslub)lardan foydalaniladi. Ular qatoriga induksiya, deduksiya, analiz, sintez, tarixiy, empirik, qiyosiy, sotsiologik so'rovlar o'tkazish uslublarini keltirib o'tish mumkin.

Mazkur maqola mavzusining u yoki bu jihatlari ayrim huquqshunos olimlarning ilmiy asarlari va o'quv adabiyotlarida yoritilgan. Xususan, mediatsiyani qo'llashning protsessual xususiyatlari Sh.Sh.Shoraxmetov, M.E.Abdusalomov, M.K.Azimov, Sh.N.Ro'zinazarov, E.Egamberdiev, F.X.Otaxonov, M.M.Mamasiddikov, Z.N.Esanova, D.Yu.Xabibullaev, S.A.Maripova, F.B.Ibratova, Sh.M.Masadiqov tomonidan tadqiq etilgan.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Mediatsiya har qanday faoliyat turi kabi nizolarni mediator yordamida hal etishni tashkil etish va hal etish tartibi to'g'risidagi jamoatchilik fikri va g'oyalarini ifodalovchi muayyan prinsiplar asosida amalga oshiriladi.

Shubhasiz, mediatsiya prinsiplari katta ahamiyatga ega. Birinchidan, prinsiplar mediatsiya faoliyatini tartibga solish uchun asos bo'ladi va mediatsiyani yanada rivojlantirishni oldindan belgilab beradi.

Ikkinchidan, prinsiplarni belgilash mediatsiyani yurisliksiyadan tashqari faoliyatining mustaqil turi sifatida ajratish, mediatsiyani tashkil etish, yuritish qoidalarining sifat jihatidan o'ziga xosligini va huquqiy tartibga solish xususiyatlarini huquqiy nizolarni hal etishning yurisdiksiya usullari bilan solishtirganda aniqlash imkonini beradi.

Mediatsiya prinsiplari dastlab faoliyat prinsiplari sifatida shakllanganligini inobatga olsak, ularni shu nuqtai nazardan ko'rib chiqish mumkin. Demak, mediatsiya prinsiplari deganda huquqiy nizolarni hal etishning yurisliksiyadan

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

tashqari usuli sifatida mediatsiyani tashkil etish va o'tkazishning asosiy qoidalarini tushunish mumkin.

O'zbekiston Respublikasining 2018 yil 3 iyuldagi O'RQ-482-sonli "Mediatsiya to'g'risida"gi Qonunida mediatsiyaning maxfiylik, ixtiyoriylik, taraflarning hamkorligi va teng huquqliligi, mediatorning mustaqilligi va xolisligi prinsiplari asosida amalga oshirilishi belgilangan.

Shubhasiz, mediatsiya prinsiplari katta ahamiyatga ega. Ushbu prinsiplar, birinchidan, mediatsiya faoliyatini o'z-o'zini tartibga solishning asosi bo'lgan mediatsiyani yanada rivojlantirishni oldindan belgilab beradi, shuningdek mediator ishtirokida tomonlarni yarashtirish institutini takomillashtirishda ko'rsatma bo'lib xizmat qiladi. Ikkinchidan, prinsiplarni aniqlash mediatsiyani yurisdiksiyadan tashqari faoliyatning mustaqil turi sifatida individuallashtirish, uni tashkil etish, yuritish qoidalarining sifat jihatdan o'ziga xosligini va huquqiy tartibga solish xususiyatlarini huquqiy nizolarni hal ejtishning yurisdiksiya usullari bilan solishtirganda aniqlash imkonini beradi. Nihoyat, mediatorning taraflar o'rtasidagi kelishmovchiliklarni bartaraf etish bo'yicha amaliy faoliyati negizida mediatsiya prinsiplari yotadi. Bularning barchasi mediatsiya prinsiplarini belgilash, tizimlashtirish va o'rganishni taqozo etadi.

O.Xolmizaev va R.Sagatov mediatsiyaning quyidagi prinsiplarini ajratib ko'rsatgan: taraflarning teng huquqliligi, ixtiyoriyligi, o'zaro hurmati, maxfiyligi, jarayonning maxfiyligi, shaffofligi, mediatorning xolisligi[I.24]. F.Otaxonovning ta'kidlashicha, mediatsiya maxfiylik, ixtiyoriylik, tomonlarning hamkorligi va teng huquqligi, mediatorning mustaqilligi va xosligi prinsiplari asosida amalga oshiriladi[I.1].

Fuqarolik protsessida mediatsiya institutining istiqbollarini tahlil qilib, I.V.Reshetnikovaning ta'kidlashicha, mediatsiyani rivojlantirish quyidagi tamoyillarga mos kelishi kerak, xususan ixtiyoriylik, maxfiylik, tomonlarning tengligi, mediatorning betarafligi, beg'arazlik (mediatorga murojaat qilish uchun tomonlarning kelishuvi asos bo'lib xizmat qiladi, tegishli ravishda xizmatlar uchun to'lov shartnoma asosida ham amalga oshiriladi). Bundan tashqari, muallif mediatsiyaning boshlang'ich nuqtasi sifatida uning muqobil (nizoni hal etishning sud tartibiga) xususiyatini ta'kidlab, meliatsiya suddan tashqarida amalga oshirilishi va protsessual qonun hujjatlari bilan tartibga solinmasligini ta'kidlaydi[I.2].

V.T.Kogusovaning fikricha, fuqarolik protsessining prinsiplari fuqarolik nizolarini hal etishning nodavlat tartib-qoidalariga to'liq tatbiq etilmasa-da, bu huquqiy hodisalarga ma'lum prinsiplar, masalan qonuniylik, ixtiyoriylik prinsiplari

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

birdek xosdir. Shu bilan birga, bu prinsiplaming nodavlat tartib-qoidalarga nisbatan ma'nosi o'z aksini topib, turli mazmun bilan to'lib borishiga shubha yo'q[I.3].

S.I.Kalashnikovaning[I.5] fikriga qo'shilgan holda, mediatsiya prinsiplarining ikkita guruhini ularning funksional maqsadlariga qarab ajratish to'g'ri ko'rinadi: 1) mediatsiyani tashkil etish xususiyatlarini va uning ishtirokchilari holatini tavsiflovchi prinsiplar (tashkiliy prinsiplar) va 2) mediatsiyani amalga oshirish tartibini tavsiflovchi prinsiplar (taomil prinsiplari).

Birinchi guruhga mediatsiyaning ixtiyoriyligi va betarafligi kabi prinsiplar, ikkinchi guruhga tomonlarning maxfiyligi, mustaqilligi, hamkorligi va teng huquqliligi kabi prinsiplar kiradi.

Yuqoridagi tasnif mediatsiya prinsiplarini tizimlashtirish, ularning o'zaro aloqadorligi va o'zaro bog'liqligini aniqlash imkoni beradi. Prinsiplarning tizimli tahlili tashkil etish va o'tkazish xususiyatlarini, mediatsiya tartibini, uning nizolarni hal qilish va had qilishning boshqa usullaridan farqlarini chuqurroq tushunish, shuningdek mediatsiya tartibini yurisdtiksiya organlari faoliyatiga intergratsiyalashning istiqbollarini o'rganish imkonini beradi.

O'zining eng umumiy ko'rinishida maxfiylik prinsipi, agar boshqacha qoida nazarda tutilgan bo'lmasa, mediatsiya protsedurasining fakti, shuningdek mediatsiya jarayonida foydalanilgan ma'lumotlar, shu jumladan og'zaki ma'lumotlar va hujjatlar oshkor etilishi mumkin bo'lmagan qoidadir.

Fuqarolik ishlarida advokatning mediator sifatidagi ishtiroki.

Fuqarolik va jinoiy ishlar bo'yicha advokat xizmatlari sezilarli farqlarga ega. Agar jinoiy ishda advokat o'z mijozining himoyachisi bo'lsa, fuqarolik ishida u o'z vakilining vakili bo'lib, ushbu jarayonning asosiy ishtirokchilaridan biri rolini o'ynaydi. Bu farq huquqiy munosabatlarning o'ziga xosligi va nizolarning o'ziga xosligi bilan bog'liq. Fuqarolik sudi asosan xususiy huquq doirasidagi huquqiy nizolarni ko'radi. Jismoniy shaxslar o'rtasidagi yoki kamdan-kam hollarda yuridik shaxslar o'rtasidagi bunday nizolar oila, uy-joy, mehnat, yer va boshqa masalalar yuzasidan kelib chiqadi.

Advokat - qonunda belgilangan tartibda advokat maqomini va advokatlik faoliyatini amalga oshirish huquqini olgan shaxs hisoblanadi. Advokatlar doimo o'zlarini fuqarolik jamiyati tuzilmalari safida ko'rib kelganlar va bunda insonparvarlik hodisasi sifatida huquq yo'lida va fuqarolik jamiyati yo'lida xizmat qilishni advokaturaning asosiy strategik vazifasi ekanligini nazarda tutadilar [17-18].

Advokatura - demokratik huquqiy institut bo'lib, professional asosda har kimning malakali yuridik yordam olish huquqini ta'minlash uning vazifasi

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

hisoblanadi[22-24]. Advokaturaning ahamiyati inson huquqlari va erkinliklarini himoyalashda, jamiyatda konstitutsiyaviy qonuniylik rejimini mustahkamlashda o'z aksini topadi. O'zbekiston Respublikasining 27.12.1996 yildagi Advokatura to'g'risidagi qonuniga asosan advokat jismoniy va yuridik shaxslarga yuridik yordam ko'rsatish maqsadida advokat:

huquqiy masalalar bo'yicha maslahatlar va tushuntirishlar, qonunchilik yuzasidan og'zaki va yozma ma'lumotnomalar beradi;

huquqiy xususiyatdagi arizalar, shikoyatlar va boshqa hujjatlarni tuzadi; fuqarolik, iqtisodiy va ma'muriy ishlari hamda ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi ishlar bo'yicha sudda, boshqa davlat organlarida, jismoniy va yuridik shaxslar oldida vakillikni amalga oshiradi;

jinoyat ishlari bo'yicha surishtiruv, dastlabki tergov bosqichida va sudda himoyachi, jabrlanuvchining vakili, fuqaroviy da'vogar, fuqaroviy javobgar sifatida ishtirok etadi;

tadbirkorlik faoliyatiga yuridik xizmat ko'rsatadi;

hakamlik sudida va xalqaro tijorat arbitrajida (sudida) vakillikni amalga oshiradi; Advokat qonunchilikda man etilmagan boshqa turdagi yuridik yordam ham ko'rsatishi mumkin.

Fuqarolik ishlarida advokatning ishtirok qilishi, ishda mediatsiyani qo'llash hamda bunda mediator sifatida qatnashishi nizoni bir tomondan emas balki har ikkala taraflar uchun ham maqbul bo'lgan usullarda hal qilishga erishishi hisoblanadi. Bilamizki fuqarolik ishlari boyicha taraflar o'zi nizolashayotgan nizo talabi yuzasidan advokat yollashadi. Hech bo'lmaganda advokatning maslahatidan foydalanishadi [2021]. Ayni vaqtda mediatsiya bizni jamiyatimizga yangi bir jarayon sifatida kirib kelgan hodisa sifatida qaraladi. Aslida bu munosabat uzoq vaqtlardan buyon odat sifatida qo'llanib kelganini guvohimiz. Oilaviy munosabatlarda, qo'shnichilik munosabatlarda, qarz munosabatlarida, savdo munosabatlarida nizo kelib chiqqan taqdirda shu hududdagi yoshi katta bilimli oqsoqollar tomonidan insoniylik nuqtai nazaridan kelishtirish choralari ko'rilib, maslahatlar berib borilgan. Bular hozirgi zamonaviy tilda mediator yoki vositachi sifatida e'tirof qilinadi. Fuqarolik sud ishlarida mediatsiya tartibini qo'llash O'zbekiston Respublikasi fuqarolik protsessual kodeksi normalari bilan tartibga solinadi. Unga ko'ra fuqarolik sud ishlarida mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish to'g'risida kelishuv tuzilganda sud ish yuritishni to'xtatib turish to'g'risida ajrim chiqaradi. Bunda advokatning o'zi qatnashayotgan ishda mediator sifatida ishtirok etishi agar tarflarning roziligi bilan amalga oshirilsa ancha vaqtni tejashga imkon beradi. Ya'ni advokat o'zi o'rganib

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

chiqgan ish holatlarini boshqa bir mediator tomonidan takroran qayta ko'rilishi ishni ko'rib chiqish muddatini yanada uzayishiga olib keladi. Bu muddat ishlarni fuqarolik ishlarida ko'rishning umumiy muddatiga kirmagan taqdirda ham taraflar uchun muhim bo'lib hizmat qilishi mumkin. Bunda albatta advokat mediatorga qo'yilgan talablar va prinsiplarga qat'iy amal qilishi talab etiladi. Bundan tashqari fuqarolik munosabatlarda nizolarni hal qilish bo'yicha mediatsiya tartibini qo'llash, unga berilgan imtiyozlar va qulayliklar haqida jamiyatning ko'pchilik qatlami xabardor emasligini inobatga olganda advokatlar tomonidan mediatsiyani targ'ib qilish yaxshi samara beradi deb o'ylayman. Oddiy misol qilib ishni sudda ko'rish jaroyonida mediativ kelishuvga erishilganda davlat bojining qaytarilishini misol qilib aytishimiz mumkin. Bu o'z navbatida fuqarolarning nizolarini tez va malakali yechimini topishi va ortiqcha sarsongarchiliklarni oldini olish va eng muhim bo'lgan vaqtni tejashga imkon beradi [11-16].

Fuqarolik ishlarida advokatning mediator sifatida ishtirokini oilaviy nizolar misolida ko'rib chiqamiz. Masalan: er-xotin o'rtasida umumiy mol mulkni bo'lish bo'yicha taraf advokatga murojaat qildi. Bunda advokat taraflarning roziligi bilan ishni mediatsiya tartibida hal qilishni taklif qilishi va ishni mediatsiyada mediator sifatida ko'rishi mumkin. Buning afzalliglari taraflar uchun muhim bo'lgan vaqtni tejashga, davlat sudlaridagi davlat bojining katta qismidan ozod qiladi. Bundan tashqari taraflar nizoni tinch yo'l bilan hal qilganida ular o'rtasidagi munosabatlarning yomonlashuvi kuzatilmaydi. Advokatlarning aynan shunday mediator sifatida ishni ko'rishi ishni sifat va yuridik jihatdan to'g'ri va samarali hal qilinishiga imkoniyat yaratadi. To'g'ri mediator bo'lish uchun yurist bo'lish talab qilinmaydi, ammo har bir ishning huquqiy jihatdan to'g'ri hal qilinishi ortiqcha nizoni keltirib chiqishining oldini oladi. Advokat professional mediator sifatida taraflarni samarali kelishuvga erishtirishi mumkin.

Mediasining xalqaro jihatlari

Fuqarolik-huquqiy nizolarni hal etishda mediatsiya jahon tajribasiga ko'ra nihoyatda katta ahamiyat kasb etadi. Xususan, Yevropa davlatlarida mediatsiya keng tarqalgan, anglo-sakson huquqiy tizimida yarashtiruv jarayonlari rivojlanganini kuzatish mumkin. Yevropa hamjamiyati doirasida mediatsiyaga ijtimoiy munosabatlarning ishtirokchilari huquqlari, erkinliklari va manfaatlari himoyasini ta'minlash imkoniyatlaridan biri sifatida murojaat etish tendensiyasi oxirgi o'n yillikda juda ko'p uchramoqda. Bugungi kunda Germaniya, Fransiya, Italiya, Ispaniya, Avstriya, Buyuk Britaniya, Belgiya, AQSh, Kanada, Avstraliya, Yangi Zelandiya kabi davlatlarda mediatsiya instituti keng tarqalgan [19] . Shuningdek,

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

fuqarolik va tijorat huquqlari bo'yicha nizolarni muqobil hal etish masalalari bo'yicha 2002 yilda Yevropa komissiyasi tomonidan Yashil kitob ishlab chiqilgan

Mediator uchun Yevropa xulq-atvor kodeksida belgilab qo'yilganidek, mediatorlik sirini saqlash mediatorning kasbiy burchi hisoblanadi. Bu prinsip YuNSITRAL Model qonunining 8 va 9-moddalarida, 2008/52/ES Direktivasining 7-moddasida va xoridiy davlatlarning ko'plab milliy qonunlarida mustahkamlangan. Misol uchun, AQShning Vositachilik to'g'risidagi Yagona Qonuni (2002) [I.6] deyarli butunlay maxfiylik qoidalari va ushbu prinsipni amalga oshirish kafolatlariga bag'ishlangan. Yashil Kitobda[I.7] ta'kidlanganidek, maxfiylik nizolarni muqobil hal etishning muvaffaqiyatining asosiy omili hisoblanadi, chunki bu prinsip butun jarayon davomida tomonlar o'rtasidagi muloqotning ochiqligi va maxfiyligini kafolatlaydi. Mediatsiyaning ommaviy emasligi uning sud muhokamasidan asosiy afzalliklaridan biridir.

Medaitorning mutaqilligi va xolisligiga qo'yilgan talablar YuNSITRALning "Xalqaro tijorat kelishuvi to'g'risida"gi namunaviy qonunining 5-moddasi 4 va 5-qismlarida belgilangan, biroq ularning mazmuni va o'zaro bog'liqligi ko'rsatilmagan.

Mustaqillik va xolislik prinsiplari o'zaro bog'liq ekanligini ta'kilash kerak. Biroq, mediatsiyada mustaqillik prinsipi katta ahamiyat kasb etmaydi va xodislik prinsipiga kafolat sifatida qaraladi. Shu munosabat bilan xolislik va mutaqillik prinsiplarni birlashtirgan holda betaraflik prinsipini alohida ajratib ko'rsatish lozim deb hisoblaymiz.

Xulosa o'rnida aytganda, har qanday yangilik singari mediatsiya instituti ham amalda sinab ko'rilganidan keyingina uning ijobiy jihati, afzalliklari aniq namoyon bo'ladi. O'ylaymizki, mediatsiya to'g'risidagi qonun jismoniy va yuridik shaxslar o'rtasida yuzaga keladigan fuqarolik, mehnatga oid va iqtisodiy nizolarni tinch yo'l bilan hal etish hamda taraflarning qonuniy huquq va manfaatlarini ta'minlashda muhim o'rin egallaydi. Aynan fuqarolik ishlarida mediatsiyani qo'llash keng imkoniyatlarni keltirib chiqaradi. Bunda hozirgi kunda jamiyatimizda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirishda advokatlarga keng imkoniyatlar yaratish, ularga mediatsiya tartibini qo'llagani uchun rag'batlantirish orqali jamiyatda mediatsiyani keng targ'ib qilish mumkin bo'ladi. Negaki hozirgi kunda mediatsiyani qo'llash bo'yicha yetarli professional mediatorlar mavjud emasligi bu sohani rivojini orqaga tortib turadi. Shu nuqtai nazardan fuqarolik ishlarida advokatning mediatsiya tartibini

[7].

XULOSA

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 4

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

qo'llashi uni jamiyatda nizolami hal qilishning o'ziga xos usuli ekanligini keng yoyadi. Bunga sabab bir necha yillar muqaddam advokat tushunchasi jamiyatning ko'pchilik qatlami orasida notanish ibora bo'lgani ma'lum. Ammo hozirgi davrda bu barchaga ma'lum va tanish bo'lib ulgurgan. Aynan nizolarni ko'rib chiqishda advokatga murojaat qilingani bois nizolarni hal qilishda mediatsiyani qo'llashda advokatlarga keng yo'l berish maqsadga muvofiq bo'ladi deb o'ylayman. Bu bo'yicha xalqaro tajribalarda Avstraliya tajribasi mavjud.

REFERENCES

1. Холмирзаев О., Сагатов Р. О роли и знчении медиаторов в странах Центральной Азии // Правосудие. Ташкент 2019. №3. - С.98

2. Отахонов Ф. Правовые основы и перспективы развития медиации в Узбекистане // Правосудие. 2019. - №6. - С.98.

3. Решетникова И.В. Перспективы развития посредничества в российском праве // Российский юридический журнал - 2005. № 1. - С. 99.

4. Конусова В.Т. Негосударственные процедуры урегулирования гражданско-правовых споров. Дисс. ... на соискание ученой степени кандидата наук. Республика Казахстан. Астана. - 2010. - С.149.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

5. Калашникова С.И. Медиация в сфере гражданской юрисдикции. Дисс. на соискание ученой степени кандидата юридических наук. Екатеринбург. 2010. -С.32.

6. Носырева Е.И. Альтернативное разрешение споров в США. - М.: Городец. -2005. - С. 211-217.

7. Green paper on alternative dispute resolution in civil and commercial law, Brussels, 19 04.2002 // http://eurlex.europa eu/LexUriServ/LexUriServ.do'?uri=CELEX 52002DC0196'EN:NOT

8. Дониёров. М. Фукаролик ишларини судда куришда адвокат иштироки. Укув-кулланма. Масъул мухаррир: ю.ф.д., проф. Ш.Ш. Шорахмедов тахрири остида. - Т.: ТДЮИ. 2007. 97 б.

9. Otaxonov F.H. Xo'jalik protsessida advokat ishtiroki / (O'quv-qo'llanma) - T.: TDYUI nashriyoti, 2009. - 131 b.

10. Фукаролик процесси: укув кулланма / М.М. Мамасиддиков. Тошкент: Bakteria press, 2014. - 424 б.

11. Advokatura. Darslik . Mualliflar jamoasi. - Toshkent: TDYU, 2019. - 195 bet.

12. Iqtisodiy protsessual huquq. Darslik / Mas'ul muharrir y.f.d. Z.N.Esanova. -Toshkent: TDYU, 2020. - 450 bet.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

О

R

VOLUME 2 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

13. Узбекистонда адвокатура: жорий холати ва ривожланиш истикболлари (тахлилий маълумот). Мазкур тахлилий маълумот Узбекистан Республикаси Адвокатлар Палатасининг раиси А.Эрназаров рахбарлигида тайёрланди. Муаллифлар: Б.Саломов, В.Давлятов, С.Пардаев, Г.Сайфиева. - Тошкент. 2020.

14. Matmurotov A. Analysis Of The Requirement Having Work Experience In The Legal Profession For A Person Applying For The Status Of An Advocate In Order To Obtain A License For The Right To Practice Law //The American Journal of Political Science Law and Criminology. - 2021. - Т. 3. - №. 12. - С. 50-55.

15. Матмуротов А. Малака имтихрнини топшириш тартибини такомиллаштириш масалалари //Общество и инновации. - 2021. - Т. 2. - №. 12/S. - С. 205-221.

16. Маткаримов К. К. THE ANALYSIS OF THE INTERNATIONAL LEGAL NORMS ON THE BASIS OF HUMANIZATION OF CRIMINAL PROCEEDINGS //ЖУРНАЛ ПРАВОВЫХ ИССЛЕДОВАНИЙ. - 2022. - Т. 7. - №. 3.

17. NURUMOV D. The Essence And Features Of The Plea Bargain As A Simplified Procedure For Criminal Proceedings //Solid State Technology. - 2020. - Т. 63. - №. 5. - С. 6215-6221.

18. Khakimova K., Fioritto N. Restorative Justice: A Global Evolution in Conflict Resolution Viewed Through the Lens of Uzbekistan and the United States //EUROPEAN JOURNAL OF INNOVATION IN NONFORMAL EDUCATION. -2022. - Т. 2. - №. 1. - С. 263-268.

19. Qodiraliyev S. ISSUES OF IMPROVING THE ACTIVITIES OF THE CHAMBER OF ADVOCATES. - 2021.

20. Кодиралиев С. Адвокатлар палатаси фаолиятини такомиллаштириш масалалари //Общество и инновации. - 2022. - Т. 3. - №. 1/S. - С. 49-54.

21. Valisher D. Topical issues of the establishment of the legal status of advocacy structures //The American Journal of Social Science and Education Innovations. -2020. - Т. 2. - №. 06. - С. 12-18.

22. https://www.norma.uz/uz/bizning sharhlar/nizolarni hal qilishning yangi usulla ri mediaciya

23. https://nrm.uz/contentf?doc=683863 &products=1 vse zakonodatelstvo uzbekis tana

24. https://nrm.uz/contentf?doc=683863 &products=1 vse zakonodatelstvo uzbekis tana

150 б.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.