Научная статья на тему 'O’ZBEKISTONDA YURIDIK FAN VA TA’LIMNI YANGI BOSQICHGA CHIQISHI HAMDA UNING HUQUQIY ASOSLARI'

O’ZBEKISTONDA YURIDIK FAN VA TA’LIMNI YANGI BOSQICHGA CHIQISHI HAMDA UNING HUQUQIY ASOSLARI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
1067
122
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
yuridik ta’lim / yuridik yordam va xizmat ko’rsatish / Legal Tech / “Street law” jamoatchilik guruhi / yuridik mantiq / “Legal Writing” / “Double degree” qo’shma ta’lim dasturi / yuridik texnikumlar / “Adolat qanotlari” volontyorlik guruhi. / legal education / legal assistance and services / Legal Tech / Public group “Street Law” / legal logic / Legal Writing / Joint double degree program / law schools / volunteer group “Adolat qanotlari”.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Murtazayev, Dilshod Baxtiyarovich, Umarov, Javlon Lapasovich

Mazkur ilmiy maqolada O’zbekistonda so’nggi yillarda yuridik ta’lim va fanga innovatsion yondashish tendensiyasi tahlil etiladi. OTM hamda professional yuridik ta’lim islohotlarida davlat rahbari hamda hukumatimizning sohaga oid so’nggi qaror va farmonlarining ahamiyati ochib berilgan. Qolaversa, demokratik jamiyat va yuridik ta’limda jamoatchilik va volontyorlik guruhlarining o’rni ko’rsatib o’tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

LEGAL SCIENCE AND EDUCATION IN UZBEKISTAN TO A NEW LEVEL AND ITS LEGAL BASIS

This scientific article analyzes the trend of innovative approaches to legal education and science in Uzbekistan in recent years. The significance of the latest decisions and decrees of the President and the government in reforming higher education and professional legal education is revealed. In addition, the role of the community and volunteer groups in a democratic society and legal education is emphasized.

Текст научной работы на тему «O’ZBEKISTONDA YURIDIK FAN VA TA’LIMNI YANGI BOSQICHGA CHIQISHI HAMDA UNING HUQUQIY ASOSLARI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

O'ZBEKISTONDA YURIDIK FAN VA TA'LIMNI YANGI BOSQICHGA CHIQISHI HAMDA UNING HUQUQIY ASOSLARI

Murtazayev Dilshod Baxtiyarovich

Navoiy viloyati yuridik texnikumi direktori o'rinbosari, tadqiqotchi,

[email protected] Umarov Javlon Lapasovich Navoiy viloyati yuridik texnikumi direktori, tadqiqotchi.

ANNOTATSIYA

Mazkur ilmiy maqolada O 'zbekistonda so 'nggi yillarda yuridik ta 'lim va fanga innovatsion yondashish tendensiyasi tahlil etiladi. OTM hamda professional yuridik ta 'lim islohotlarida davlat rahbari hamda hukumatimizning sohaga oid so 'nggi qaror va farmonlarining ahamiyati ochib berilgan. Qolaversa, demokratik jamiyat va yuridik ta 'limda jamoatchilik va volontyorlik guruhlarining o 'rni ko'rsatib o 'tilgan.

Kalit so'zlar: yuridik ta'lim, yuridik yordam va xizmat ko'rsatish, Legal Tech, "Street law " jamoatchilik guruhi, yuridik mantiq, "Legal Writing ", "Double degree " qo 'shma ta 'lim dasturi, yuridik texnikumlar, "Adolat qanotlari" volontyorlik guruhi.

ПОДНЯТИЕ НА НОВЫЙ УРОВЕНЬ ЮРИДИЧЕСКОЙ НАУКИ И

ОБРАЗОВАНИЕ В УЗБЕКИСТАНЕ И ЕЕ ПРАВОВАЯ ОСНОВА

Муртазаев Дильшод Бахтиярович

Заместитель директора Навоийского юридического техникума, соискатель,

[email protected] Умаров Жавлон Лапасович директор Навоийского юридического техникума, соискатель.

АННОТАЦИЯ

В данной научной статье анализируется тенденция инновационных подходов к юридическому образованию и науке в Узбекистане за последние годы. Выявлено значение последних решений и указов Президента и правительства в реформировании высшего образования и профессионального юридического образования. Кроме того, подчеркивается роль сообщества и волонтерских групп в демократическом обществе и правовом воспитании.

Ключевые слова: юридическое образование, юридическая помощь и услуги, Legal Tech, Общественная группа "Street Law", юридическая логика, Legal Writing, Совместная программа двойного диплома, юридические школы, волонтерская группа «Адолат цанотлари».

107

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 2

educational, natural and social sciences IV ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

LEGAL SCIENCE AND EDUCATION IN UZBEKISTAN TO A NEW LEVEL AND ITS LEGAL BASIS

Murtazaev Dilshod

deputy director of the Navoi Law College, applicant, [email protected]

Umarov Javlon director of the Navoi Law College, applicant

ABSTRACT

This scientific article analyzes the trend of innovative approaches to legal education and science in Uzbekistan in recent years. The significance of the latest decisions and decrees of the President and the government in reforming higher education and professional legal education is revealed. In addition, the role of the community and volunteer groups in a democratic society and legal education is emphasized.

Keywords: legal education, legal assistance and services, Legal Tech, Public group "Street Law", legal logic, Legal Writing, Joint double degree program, law schools, volunteer group "Adolat qanotlari".

KIRISH

Barchamizga ma'lumki, azaldan fuqarolik jamiyatida huquq sohasini isloh qilish va sifatli yuridik xizmatni yo'lga qo'yish davlatning dolzarb masalalaridan bin bo'lib kelgan. Hozirda ham huquqiy demokratik davlat qurishimiz hamda erkin fuqarolik jamiyati barpo etishimizda bevosita yuridik ta'lim va fan asosiy mexanizmlardan biri bo'lib qolmoqda. Yuridik ta'lim va fan xususida so'z yuritar ekanmiz, bu ta'lim qamrovi faqat huquqshunoslar bilan cheklanibgina qolmasdan jamiyat barcha a'zolariga tegishlidir.

Demokratik davlatda ijtimoiy munosabatlar aslida huquqiy mezonlar asosida shakllanib borishini nazarda tutadigan bo'lsak, jamiyatimizda yuridik ta'lim va fanni ahamiyati naqadar ustuvorligiga amin bo'lamiz. O'zbekiston Respublikasida yuridik ta'lim va fanni tubdan takomillashtirish hamda unga innovatsion ruh bergan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining sohaga oid so'nggi Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasi Qarorlarining qabul qilinishi bugungi davr talabidan kelib chiqqan muhim qadam bo'ldi.

O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha "Harakatlar

strategiyasi"ning ikkinchi ustuvor yo'nalishi "Qonun ustuvorligini ta'minlash va sud-

huquq tizimini yanada isloh qilishning ustuvor yo'nalishlari"da aholining huquqiy

madaniyati va ongini yuksaltirish, yuridik yordam va xizmat ko'rsatish tizimini

108

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

takomillashtirish, davlatimiz rahbarining "O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi3 farmonida oliy ta'lim tizimining investitsiyaviy jozibadorligini oshirish, xalqaro miqyosda tanilishi va raqobatbardoshligini ta'minlash kabi ustuvor vazifalar belgilab berilgan edi.

Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev tomonidan "O'zbekiston Respublikasida yuridik ta'lim va fanni tubdan takomillashtirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi Farmonining ayni vaqtda imzolangani bejiz emas. Mazkur Farmon mamlakatimizda milliy yuridik ta'limning samaradorligini oshirishga, yuqori malakali mutaxassis-huquqshunoslarni tayyorlashga, yuridik fanni rivojlantirishga to'sqinlik qilayotgan qator tizimli muammo va kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan.

Avvalo, milliy yuridik ta'lim samaradorligi xususida so'nggi yillarda bir qator amaliy ishlar amalga oshirilayotgani yurtdoshlarimizda huquqiy madaniyat yuksalayotganidan dalolat bermoqda. Mazkur farmon bilan tanishib chiqarkanmiz maqsad yuridik ta'lim va fanni takomillashtirish negizida qonun ustuvorligiga erishish chinakam huquqiy davlat - yangi O'zbekistonni barpo etishdir. Bunday jamiyatni huquqiy madaniyatli har bir hatti-harakati huquqqa asoslangan shaxslargina tashkil etishi barchamizga ma'lumdir.

Xususan, mamlakatimizda o'tkazilayotgan demokratik va huquqiy islohotlar, fuqarolik jamiyatini shakllantirishning yuksak talablari va zamonaviy xalqaro standartlariga javob beradigan yuqori malakali yuridik kadrlarni tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish maqsadida 2013 yilda Toshkent davlat yuridik instituti Toshkent davlat yuridik universiteti etib qayta tashkil etilgan edi. Yuridik institut universitetga aylantirilganidan so'ng, yillar davomida yuridik ta'lim sifatini oshirishga qaratilgan bir qancha islohotlar amalga oshirildi. Chunonchi, yuridik o'qitish tizimiga birinchilardan bo'lib "modul" tizimi joriy etildi va tizim yil sayin takomillashtirilib borilmoqda.

Qisqa muddatda TDYU o'z faoliyatini tubdan qayta ko'rib chiqdi. Hamda qator islohotlarni amalga oshirdi. Xususan, ilmiy salohiyat ko'rsatkichi 41 foizga yetkazildi, Toshkent yuridik kolleji Toshkent davlat yuridik universiteti tuzilmasiga o'tkazildi, oliy ma'lumotga ega bo'lgan shaxslarni yuridik mutaxassislikka qayta tayyorlashning 6 oylik kurslari tashkil etildi.

Qolaversa, bitiruvchilarni ishga joylashishi bilan bog'liq ma'lumotlari o'zida aks etgan "job.tsul.uz" elektron tizimi joriy etilishi, "Yuridik fanlar axborotnomasi" ilmiy-amaliy jurnali joriy qilinishi, "TSUL Legal Report" - huquqshunoslik sohasida

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

ingliz tilida chop etiladigan yangi va innovatsion turdagi elektron xalqaro ilmiy jurnali faoliyati yo'lga qo'yilishi, 21 ta xorijiy professor - o'qituvchining ta'lim jarayoniga jalb etilishi, "Huquqiy shahar" mobil ilovasining yaratilishi, "Yosh yuristlar" jamoat birlashmasining tashkil etilishi hamda TDYU va Yevroponing qator huquq universitetlari o'rtasida o'zaro anglashuv memorandumlarning imzolanishi eng katta yutuqlaridan biri bo'ldi.

Ammo yillar davomida butun bir mamlakatda yagona yuridik OTMning faoliyat yuritishi yuridik ta'limda o'z-o'zidan monopoliyani keltirib chiqardi. Barcha sohalarda bo'lgani singari, ta'limda ham sog'lom raqobat orqali sifatni oshirish mumkin. Tabiiyki, ta'limni ham qolgan sohalar singari monopoliya yeb bitiradi va faoliyatini "qotirib" qo'yadi.

Qolaversa, huquqshunos bo'laman degan, yoshlarimizning barchasi ushbu OTM ga hujjat topshirishi, 1 o'ringa 15-20 dan ortiq abituriyentning to'g'ri kelishi, bu yerda qabul ballarining yuqorilab ketishi va hattoki korrupsion holatlarni ham keltirib chiqardi. Eng achinarlisi, butun bir davlatda yuridik universitetning yagonaligi uning faoliyati, hamda u yetishtirgan kadrlar salohiyatini solishtirish imkoniyatini bermadi.

"O'zbekiston Respublikasida yuridik ta'lim va fanni tubdan takomillashtirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi Farmon bilan yuridik ta'limni rivojlantirish bo'yicha juda ko'p yangiliklar joriy etilishi belgilandi. Xususan, qisqa vaqtda Samarqand, Namangan va Termiz davlat universitetlarida yuridik fakultetlar tashkil etildi. Farmonda yuridik fakultetlar ochilishi yuridik kadrlar tayyorlashda sog'lom raqobatni vujudga keltiribgina qolmasdan, joylarda mahalliy yoshlarni o'z hududlarida yuridik ta'lim olish imkoniyatini oshirishi ham ahamiyatlidir.

2021 yil so'ngida Buyuk Britaniyaning oliy ta'lim sohasiga oid muhim masalalarni yorituvchi va universitetlar faoliyatini baholab boruvchi Times Higher Education tashkiloti (THE) o'zining navbatdagi THE Impact Ranking reytingi natijalarini e'lon qildi.4

Klinik yuridik ta'limni rivojlantirish yo'li bilan o'quv jarayoni va huquqni qo'llash amaliyoti o'rtasida uzviy aloqani taminlash yuridik ta'lim va fanni yanada rivojlantirishning ustuvor yo'nalishlardan biri etib belgilandi. Uzoq yillar davomida mazkur uzviylikka yetarlicha ahamiyat berilmasligi yuqori malakali kadrlar tayyorlashda o'zining salbiy ta'sirini ko'rsatdi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va TDYUda xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik fakulteti tashkil etish to'g'risidagi taklifiga rozilik berilishi,

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

fakultetning asosiy hamkorlari sifatida Yaponiya tomonidan - Nagoya universiteti, GFR tomonidan - Regensburg universiteti belgilandi. Mazkur belgilov zamirida kundan - kun jahon hamjamiyati bilan faol aloqalar olib borayotgan O'zbekistonda xalqaro xususiy huquq, shu jumladan xalqaro arbitraj huquqini chuqur o'rganish, milliy va yapon, nemis huquqi hamda boshqa rivojlangan xorijiy davlatlar huquq tizimlarini qiyosiy tahlil qilish asosida yuqori malakali yuridik kadrlar tayyorlash sohasida aytish mumkinki tamal toshi qo'yildi.

Shuningdek, ushbu farmon bilan quyidagilar yuridik ta'lim va fanni yanada rivojlantirishning ustuvor yo'nalishlari belgilandi. Jumladan, zamonaviy talablar, ilg'or xalqaro yuridik tajriba va mehnat bozori ehtiyojlari asosida yuqori malakali, ijodiy fikrlaydigan, halol kadrlar tayyorlashni ta'minlash, o'qitishning kredit-modul tizimini va talabalar bilimini baholash usullarini takomillashtirish, o'quv jarayonida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng qo'llash hamda o'quv bazasini modernizatsiyalash, klinik yuridik ta'limni rivojlantirish yo'li bilan o'quv jarayoni va huquqni qo'llash amaliyoti o'rtasida uzviy aloqani ta'minlash, rivojlangan xorijiy davlatlarning yetakchi ta'lim va ilmiy muassasalari bilan hamkorlikni, qo'shma huquqiy tadqiqotlarni, professor-o'qituvchilar va talabalar o'zaro almashinuvini faollashtirish, axborot huquqiy texnologiyalar va tizimlarni (Legal Tech) ishlab chiqqan holda davlat va huquq sohasida ilmiy va innovatsion tadqiqotlarni o'tkazish, «Elektron universitet» (E-University) tizimini joriy etgan holda ochiq, shaffof, sub'ektivlik va suiste'molchilikdan xoli bo'lgan ta'lim muhitini yaratish va TDYU va yuridik fakultetlarni xalqaro tan olingan ta'lim muassasalari reytingiga kiritish bo'yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish orqali milliy yuridik ta'lim raqobatbardoshligini hamda uning xalqaro o'rnini oshirish kabi masalalar ta'kidlangan edi. Akademik mobillikni ta'minlash maqsadida hamda ta'limni jahon standartlariga ko'tarish maqsadida so'nggi yillarda TDYU va 6 ta nufuzli xorijiy universitetlar o'rtasida hamkorlik ya'ni qo'shma ta'lim dasturlari yo'lga qo'yilib, shartnomalar imzolanib talabalar almashinildi.

Xususan, 2021 yil 20 avgustda M.Narikbaev nomidagi Qozog'iston gumanitar yuridik universiteti bilan shartnoma imzolandi. Narikbayev qo'shma ta'lim dasturlarini amalga oshirish to'g'risidagi (2,5 + 1,5 sxemasi bo'yicha) shartnomaga ko'ra "Xalqaro huquq" mutaxassisligiga 56 talaba qabul qilindi, shuningdek yuridik texnikum bitiruvchilari uchun ham shartnoma (2 + 1 sxemasi bo'yicha) ilk amaliy ishlar amalga oshirildi.

2020 yil 8-iyulda Y.Kupala nomidagi Grodno davlat universiteti (Belarus Respublikasi) bilan shartnoma imzolandi. Oliy ta'limning 1 - bosqichiga tayyorgarlik

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

ko'rish uchun "3 + 1 sxemasi bo'yicha " qo'shma ta'lim dasturlarini yaratish to'g'risida va ushbu shartnomaga muvofiq, xususiy xalqaro huquq doirasida 37 talaba bakalavr qo'shma dasturiga qabul qilindi. 2021 yilning 24 avgustida esa yuridik texnikum bitiruvchilari uchun yangi shartnoma (2 + 1 sxemasi bo'yicha) imzolandi.

2020 yil 12-oktabr kuni Londonning Qirolicha Mariya universiteti (Buyuk Britaniya) va TDYU o'rtasida ilm-fan va ta'lim sohasida hamkorlik to'g'risida Anglashuv memorandumi va magistrutura darajasidagi ikki diplom (double degree) kelishuvi imzolandi.

2020 yil 07-dekabr kuni M.Romeris universiteti (Litva) va TDYU o'rtasida ilmfan va ta'lim sohasida hamkorlik to'g'risida Anglashuv memorandumi, va magistrutura darajasidagi ikki va uch diplomli (double and triple degree) kelishuvi imzolangan.

2020 yil 22-dekabrda TDYU hamkor universiteti Sharqiy Xitoy siyosiy fanlar va huquq universiteti bilan hamkorlik to'g'risida Anglashuv memorandumi, shuningdek, talaba va o'qituvchilar almashinuvi kelishuvi hamda ikki tomonlama diplomli dastur kelishuvlari imzolangan. Ikki tomonlama diplomli dastur kelishuvi o'quv dasturi va rejasini tuzish bilan bog'liq ishlar davom ettirilmoqda.

2021 yil 20-may kuni N.Lobachevskiy nomidagi Nijniy Novgorod davlat universiteti bilan qo'shma ta'lim dasturlari asosida ta'lim faoliyatini tashkil etish to'g'risidagi (3 + 1 sxemasi bo'yicha) shartnomasi tuzildi.5

Ta'kidlash kerakki, TDYU da so'nggi yillardagi keskin, ijobiy o'zgarishlar natijasida, reytingda Toshkent davlat yuridik universiteti (TDYU) dunyoning 94 ta mintaqa va davlatlaridan qatnashgan minglab universitetlar orasida 401-o'rinni egalladi. TDYU mazkur reytingda mamlakatimiz oliy ta'lim muassasalari orasida eng yuqori natijani qayd etdi.

So'nggi yillarda kichik yuridik xodimlar tayyoyorlashga, yuridik xizmatlarni kuchaytirish maqsadida tashkil etilgan yuridik kollejlarning ham texnikum darajasiga o'tkazilishi hamda mazkur yuridik texnikumlarda ham 2020-2021 o'quv yilidan o'qitishning modul tizimi joriy etilishi ta'limga innovatsion yondashuvlardan biri bo'ldi.6

2020-yil 30-oktabrda "O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi yuridik texnikumlari faoliyatini takomillashtirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi hukumat 5987-sonli qarori7 qabul qilingan edi. Ushbu qarorda yuridik texnikumlariga o'qishga qabul qilish tartibi to'g'risidagi Nizom tasdiqlanib, unda texnikumlarga abituriyentlarning hujjatlarini qabul qilish, kirish imtihonlarini

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

o'tkazish tartibi, kirish imtihonlari natijasi bo'yicha berilgan apellatsiyalarni ko'rib chiqish hamda ularni o'qishga qabul qilish normativlari aniq ko'rsatib o'tilgan edi.

Qisqa davr ichida yuridik texnikumlarda ushbu qaror asosida ushbu professional ta'lim muassasalarida qator islohotlar amalga oshirildi. Xususan, texnikumlarda davlat huquqiy faoliyat, yuridik xizmat hamda sud-huquqiy faoliyat kabi mutaxassisliklari bo'yicha kadrlar tayyorlash yo'lga qo'yildi. 2020/2021 o'quv yili kunduzgi va sirtqi ta'lim yo'nalishlari o'quv reja va dastur (modul)lari ishlab chiqildi.

2020 o'quv yilidan boshlab yuridik texnikumlarga o'quvchilarni o'qishga qabul qilish DTM tomonidan o'tkazilgan test sinovlari orqali amalga oshirish amaliyotining yo'lga qo'yilishi, yuridik texnikumlarga tabaqalashtirilgan to'lov-kontrakt asosida qo'shimcha qabul tartibining joriy etilishi, 1400 dan ortiq abituriyentlarni o'qishga qabul qilinishi sohadagi eng katta yutuqlardan biri bo'ldi.

«O'zbekiston Respublikasida yuridik ta'lim va fanni tubdan takomillashtirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida»gi Farmon bilan O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi yuridik texnikumlari qayta tashkil etilishi, professional yuridik ta'lim faoliyatini yangi bosqichga ko'tardi.

Mazkur qarorga ko'ra, 2021/2022 o'quv yilidan boshlab yuridik texnikumlarga hujjatlarni qabul qilish davlat xizmatlari markazlari, O'zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki DTMning rasmiy veb-sayti orqali amalga oshirilishi boshlandi. Bu esa abituriyenlarga ortiqcha vaqti va harajatlarini tejash imkoniyatini berdi.

Qolaversa, TDYU huzuridagi akademik litseyni tamomlagan o'zlashtirish ko'rsatkichlarining 56 va undan yuqori foizlik natijalariga ega bitiruvchilar hamda respublika OTMda "yurisprudensiya" ta'lim yo'nalishi bo'yicha test sinovlarida ishtirok etib, unda to'plash mumkin bo'lgan umumiy ballning 60 va undan yuqori foizini to'plab, o'qishga tavsiya etilmagan abituriyentlar yuridik texnikumlarga kirish imtihonlarisiz, to'lov-kontrakt asosida qabul parametrlaridan tashqari qabul qilinishi yo'lga qo'yildi. Yuridik texnikumlariga o'qishga qabul qilish tartibi to'g'risida Nizomga ko'ra O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan to'lov-kontrakt asosida qabul parametrlariga muvofiq kirish sinovlari natijalariga ko'ra to'plangan ballarning reyting tizimi bo'yicha amalga oshirilishi boshlandi.

Vazirlar Mahkamasining "O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tizimidagi ta'lim muassasalarida kredit-modul tizimini joriy etish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 359-son qaroriga muvofiq, shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tizimidagi ta'lim muassasalarining o'quv jarayonini xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish hamda yuridik texnikumlarning reytingini yuritish mexanizmini

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

joriy etish orqali ularda ta'lim sifatini yanada oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasining "O'zbekiston Respublikasi adliya vazirligi tizimidagi ta'lim muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi Qarorining qabul qilinishi yuridik ta'limda katta o'zgarishlarning boshlanishiga huquqiy asos bo'ldi.7

Qarorning asosiy maqsadi yuridik texnikumlar orasida sog'lom raqobat muhitini shakllantirish, ularning ilmiy-pedagogik faoliyati darajasi va sifatini oshirishni rag'batlantirish, pedagog xodimlarning ilmiy salohiyatidan samarali foydalanish, o'qitish sifati bo'yicha xalqaro mezon va standartlarga muvofiq yuqori ko'rsatkichlarga erishishga hamda iqtisodiyotning real sektori tarmoqlari uchun yuqori malakali kadrlarni tayyorlashga zamin yaratish reytingni aniqlashdan iboratdir.

Yuridik texnikumlar faoliyatini muntazam takomillashtirib borish asosida mehnat bozorida talab yuqori bo'lgan malakali kadrlarni tayyorlash, yuqori malakali kadrlar tayyorlash jarayoniga kadrlar buyurtmachilarini faol jalb etish, yuridik texnikumlarda ko'rsatilayotgan ta'lim xizmatlari sifati, ulardagi ilmiy va o'quv-tarbiya jarayonlari hamda imkoniyatlar haqida tegishli davlat organlari, kadrlar buyurtmachilari va keng jamoatchilikni xolis axborot bilan ta'minlash, yuridik texnikumlarning dunyodagi reytingi yuqori bo'lgan ta'lim muassasalari bilan hamkorligini ta'minlash hamda ularning xalqaro standartlarga muvofiq yuqori ko'rsatkichlarga erishishiga ko'maklashish texnikumlar reytingini aniqlashning asosiy vazifalari etib mazkur qarorda ko'rsatildi.

Qarorda Adliya vazirligi yuridik texnikumlari bitiruvchilarini "yurisprudensiya" mutaxassisligi bo'yicha yuridik kadrlarni tayyorlashni amalga oshiruvchi oliy ta'lim tashkilotlari bakalavriatiga o'qishga qabul qilish tartibi to'g'risidagi nizom chiqarilib unga asosan, hududiy adliya organlari tomonidan yuridik texnikumlar bitiruvchilariga yo'llanmalar berish, yo'llanma berilgan bitiruvchilar hujjatlarini OTMga qabul qilish, yakka tartibdagi suhbatni o'tkazish, OTMga qabul qilishni rasmiylashtirish, o'qish uchun to'lovni amalga oshirish, taqsimotga muvofiq OTM bitiruvchilarining uzluksiz ishlab berishini tashkil etish tartiblari belgilab berildi.

Yuridik texnikumlarning o'zaro yillik reytingini aniqlashda o'qituvchilarning nafaqat pedagogik, balki ilmiy faoliyat bilan shug'ullanishga undaydi. Texnikumda chet tilini nafaqat o'quvchilar balki o'qituvchi-xodimlarning ham chuqur o'rganib belgilangan sertifikatga ega bo'lish ishtiyoqini oshiradi. Qolaversa, mazkur qaror o'quvchilarning xalqaro, Respublika miqiyosidagi olimpiada, tanlovlarida faol ishtirok etishlarni rag'batlantiradi.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Ta'kidlash kerakki, shu vaqtga qadar texnikum bitiruvchilarini faqatgina TDYU ga yo'llanma berish belgilangan edi. Yangi Qaror esa, yuridik texnikum bitiruvchilarini nafaqat TDYuUga balki Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Samarqand davlat universiteti, Namangan davlat universiteti, Termiz davlat universiteti hamda Qoraqalpoq davlat universitetining "yurisprudensiya" yo'nalishiga ham yo'llanma berish mumkinligi ko'rsatildi.

Yuridik texnikumlarda o'quv yuklamasi hajmi O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan belgilanishi hamda auditoriya soatlarining o'qituvchilar yuklamasi hajmining pasaytirilishi, ularga darslarga sifatli tayyorlanish hamda o'z ustida ishlashga yanada ko'proq vaqt ajratishiga imkoniyat yaratdi.

Texnikumlar o'rtasida halol raqobatni hamda hujjatlar sohtalashtirishni oldini olish maqsadida, reytingga oid ma'lumotlar bazasini shakllantirish uchun mas'ul tashkilotlar bilan aloqa qilish belgilandi. Xususan, fan nomzodi, falsafa doktori (PhD) va fan doktori, fan doktori (DSc) ilmiy darajalariga hamda ilmiy darajaga ega bo'lmay dotsent yoki professor ilmiy unvonlariga tasdiqlangan yuridik texnikumlar pedagog xodimlari tomonidan himoya qilingan dissertatsiyalar to'g'risidagi ma'lumotlar - O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi OAK tomonidan, yuridik texnikum bitiruvchilarining ishga joylashganligi to'g'risidagi ma'lumotlar - Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan, OTM ga o'qishga qabul qilingan yuridik texnikum bitiruvchilarining soni to'g'risidagi ma'lumotlar, davlat OTM lariga qabul imtihonlarida qatnashib o'qishga tavsiya etilgan bitiruvchilar soni bo'yicha - Vazirlar Mahkamasi huzuridagi DTM tomonidan, respublikadagi nodavlat hamda xorijiy oliy ta'lim tashkilotlari va ularning filiallariga o'qishga qabul qilingan bitiruvchilar soni bo'yicha - mazkur oliy ta'lim tashkilotlari tomonidan, qo'shma ta'lim dasturlari va xorijiy OTMga o'qishga qabul qilingan bitiruvchilar soni bo'yicha - TDYU tomonidan, chet tilini bilish darajasi to'g'risidagi milliy sertifikatga ega bo'lgan o'quvchilar va o'qituvchilar soni bo'yicha - DTM tomonidan hamda boshqa indikatorlar bo'yicha ma'lumotlar - TDYU tomonidan Ta'lim inspeksiyasiga taqdim etilishi belgilab berildi.

Ko'pchilik o'quvchilar ijtimoiy tarmoqlarda chet tilini bilish sertifikatining talab etilishi, huquqshunos uchun majburiyatga aylantirish shart emasligini muhokama ham qildi. Ushbu masalala yuzasidan adliya vazirligi hamda TDYU mansabdorlari OAV jurnalist va blogerlari ishtirokida rasmiy munosabat berib, mazkur masalaga oydinlik kiritdi.

Indiana shtati Notr Dam universitetida huquq bo'yicha bir necha yil oldinroq tahsil olgan M.Nizaymatovning fikricha "Zamonaviy huquqshunosga faqatgina

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

o'zbek va rus tillarini bilishning o'zi yetarli emas, albatta. Bugungi kunda huquqshunoslikka tegishli eng sara adabiyot ingliz tilida yozilmoqda. Dunyoning ko'zga ko'ringan huquqshunos olimlarning aksariyati o'z kitob va maqolalarini ingliz tilida yozib ommaga taqdim qilishga intiladi. Bunday adabiyotdan foydalanish uchun yo ularni tarjima qilinishni kutish yoki bo'lmasa bevosita ingliz tilida o'qish kerak. Albatta, yuridik adabiyot qaysi tilda yozilgan bo'lsa shu tilda o'qishning afzalliklari cheksiz. Ingliz tilida chop etilayotgan yuridik jurnallarning soni va turlari haqida tasavvurga ega bo'lish uchun ushbu internetda ularni doimiy ravishda o'rganib, kuzatib borish kerak."8

Davlatimiz rahbari Sh.Mirziyoyevning Farmoni bilan tasdiqlangan "Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish Konsepsiyasi"10 ijrosi yuzasidan, yoshlarga o'z huquqlarini himoya qilishning amaliy mexanizmlarini o'rgatishga qaratilgan "Street law" guruhi tashkil etilgan edi. Ushbu o'tgan vaqtda aynan yuridik universitet hamda yuridik texnikumlarning faol talaba-o'quvchilari ushbu guruhlarga jalb etilmoqda. Yuridik universiteti va texnikum yoshlaridan tashkil topgan "Street law" hamda "Adolat qanotlari" volontyorlik guruhi a'zolari guruh kordinatorlari boshchiligida viloyat adliya boshqarmasi, viloyat prokuraturasi hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari bilan hamkorlikda aholining ayniqsa maktab o'quvchilarining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga doir targ'ibot ishlarini olib bormoqda.

Yuridik texnikumlarning eng asosiy vazifasi TDYU ga talaba yetkazib berish emas, balki hududlardagi tashkilot, korxona va muassasalarda o'rta maxsus ma'lumotli huquqshunos kadrlar bilan ta'minlanlash hisoblanadi. Shuning uchun texnikum bitiruvchi kurs o'quvchilarining aksariyat qismi notarius yordamchisi, FHDYO bo'limi inspektori, Davlat xizmatlari markazi mutaxassisi, davlat ijrochisi, arxivator kabi mutaxassisliklarda ishlashni asosiy maqsad sifatida qarashmoqda.

Qolaversa, mazkur qaror yuridik texnikum bitiruvchilari uchun OTM "yurisprudensiya" yo'nalishining 2-kursiga tavsiya etilishlari uchun aniq tartib-qoidalarini belgilab berdi. Unga ko'ra bitiruvchi kurs o'quvchisiga bir nechta talablar qo'yildi. Xususan texnikum o'quvchilariga har bir fan bo'yicha o'zlashtirish ko'rsatkichi reyting natijalari bo'yicha 71 va undan ortiq foizni tashkil qilishi kerak (o'quvchi sirtqi yoki masofaviy ta'lim shakllarida o'qiganda 85 va undan ortiq foizni tashkil qilishi kerak), chet tilini B2 va undan yuqori darajada bilishini tasdiqlovchi sertifikatga ega bo'lishi, ma'naviy-ma'rifiy va jamoat ishlari, loyihalar va tanlovlarda faol ishtirok etishi hamda ichki tartib-qoidalarga, odob-axloq qoidalariga rioya etishi kerak bo'ladi.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Yuridik texnikum bitiruvchisiga chet tilini bilish majburiyatining qo'yilishi albatta bejiz emas. Zero buyuk jadidimiz Mahmudxo'ja Behbudiy o'z vaqtida "Biz uchun ikki emas, to'rt tilni bilish zarur", deb bong urgan edi. Behbudiy bobomizning ushbu da'vati hozir ham g'oyat dolzarb bo'lib turibdi. Hozirgi kunda farzandlarimizning chet tillarini aniq hamda ijtimoiy fanlarni o'rganishga bo'lgan qiziqishlari ortib bormoqda. Xalqimiz tomirida buyuk ajdodlarimiz qoni oqayotganligini his etish, dunyo ilm-fani rivojiga muhim hissa qo'shgan ajdodlarimizga munosib voris ekanligini anglagan holda mamlakatimizda ilm-fan taraqqiyotiga o'z hissamizni qo'shish, farzandlarimizni bilimli va yetuk shaxs sifatida tarbiyalashga e'tibor qaratish vaqti yetdi.

O'zbekistonda yuridik ta'lim va fan haqida so'z borar ekan, pedagog kadrlarning kasbiy bilimlari, ko'nikmalari va mahoratlarini uzluksiz yangilab borish mexanizmlarini joriy etish hamda zamonaviy talablarga muvofiq ta'lim sifatini ta'minlash uchun zarur darajadagi kasbiy tayyorgarlikni o'stirishga qaratilgan o'rta maxsus, kasb-hunar va OTMda huquqiy fanlardan dars beruvchi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish kurslarini tashkil etish maqsadida yuridik kadrlar malakasini oshirish markazi ish boshladi.

Ushbu markazda masofaviy o'qitish platformasining ishga tushirilishi, Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 8 sentyabrdagi 544-son qarori asosida Qoraqalpog'iston Respublikasi va viloyatlarda markaz filiallarining tashkil etilishi, Respublikada birinchi marotaba professional mediatorlar tayyorlash kursining tashkil etilishi, qisqa vaqtda 70 nafar talabgorlarning professional mediatorlar tayyorlash kurslarini tamomlashi hamda "Yurist axborotnomasi - Vestnik yurista - Lawyer herald" ilmiy-amaliy elektron jurnali faoliyatining yo'lga qo'yilishi markaz faoliyatining maqtovga loyiq tomonlaridan biridir.

TDYU huzuridagi Yuridik kadrlarni xalqaro standartlar bo'yicha professional o'qitish markazi Prezidentimiz Sh.Mirziyoyevning "O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to'g'risida"gi Qaroriga10 asosan TDYU huzuridagi Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tarmoq markazi negizida tashkil etilgan.

Xalqaro miqiyosda O'zbekiston Respublikasi manfaatlarini munosib ifoda eta oladigan yuridik kadrlarni xalqaro standartlar bo'yicha tayyorlash, oliy ma'lumotga ega bo'lgan shaxslarni yuridik mutaxassislikka qayta tayyorlash kurslarini tashkil etish orqali yuridik ta'lim olishga keng imkoniyat yaratish hamda o'rta maxsus, kasb-hunar va OTMda huquqiy fanlardan dars beruvchi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish Markazning asosiy maqsadi hisoblanadi.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

XULOSA VA TAKLIFLAR

Xulosa o'mida shuni aytish mumkinki, birinchidan, huquqshunoslarimizning mantiqiy fikrlanishini yanada oshirish hamda yuridik ta'limni yangi bosqichga chiqarishda ta'lim muassasalarimizda noan'anaviy usullaridan ko'proq foydalanish kerak. Masalan AQSh huquq ta'limida professor "Sokrat usuli" (Socratic method) deb ataladigan dars berish usulidan ko'p foydalanadi. Ushbu usulga ko'ra, professor darsda ma'ruza o'qish o'rniga talabalarga mavzu bo'yicha savollar berish yordamida jonli bahs yuritishga jalb qiladi. Albatta, bunday dars berish uslubidan samarali foydalanish uchun talabalar yangi o'tiladigan ma'ruzaga tegishli materiallarni oldindan o'qib, tahlil qilib chiqqan bo'lishi kerak. Buning uchun professor talabalarga oldindan o'qishlari kerak bo'lgan mavzu, tegishli adabiyot va ulardagi betlar va boshqa qo'shimcha materiallarni beradi. Professorning dars davomida savollari ham shu o'quv materiallariga tayanadi.

AQSh huquq ta'limi mantiq asoslariga tayanadi. Masalan, AQShdagi abituriyentlar universitet huquq bo'limiga kirish uchun LSAT (Law school admission test) deb nomlanadigan test topshirishlari kerak bo'ladi. Ushbu test taxminan 100 ta savoldan iborat bo'lib, odatda 2 soatcha davom etadi. Savollarning deyarli barchasi abituriyentning mantiq asoslari bo'yicha bilmini sinaydi. Mantiq asoslariga tayanish huquq bo'limiga o'qishga kirgandan keyin ham davom etadi.

Afsuski, O'zbekistoda huquqshunos talabalarga mantiq asoslaridan dars berish yo'lga qo'yildiyu, bu fan sekin-asta o'quv dasturidan olib tashlandi. Shuning uchun talabaning o'zi bu ilmni egallash uchun mantiq asoslari bo'yicha OTM larda o'quv kursini tiklash kerak. Talabalarimiz esa hech bo'lmaganda ushbu kursdan kerakli qo'llanma topib, eng kamida xulosa chiqarishning deduktiv (asosan sillogizmlar) va induktiv (asosan analogiyalar) ko'rinishlarini o'rganib chiqishi kerak. Shu bilan birga, mantiqiy xulosa chiqarishdagi xatolarni (ingliz tilida "fallacy" deb ataladi) o'rganishlari kerak.

Ikkinchidan, TDYU magistraturasiga DTM tomonidan o'tkaziladigan test sinovlari asosida qabul qilinishi, bazaviy yuridik ma'lumotga ega bo'lgan shaxslar uchun ishlab chiqarishdan ajralmagan holda masofaviy, sirtqi va kechki o'qitish dasturlarini joriy etilishi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni ko'pgina yoshlarimiz uchun imkoniyatlar eshigini ochib berdi.

Ammo bo'lajak huquqshunoslarimiz yoki ayni vaqtda tahsil olayotgan kadrlarimiz huquqiy bilimni yodlashga harakat qilishadi. Xorijiy universitetlarda esa, kodeks va qonun moddaralarini yod bilishga uncha ahamiyat berilmaydi. Yod olishdan ko'ra tushunish, tahlil va to'g'ri tatbiq qilish zarurroq hisoblanadi.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Huquqshunosning qobiliyati va mahorati u kodeks moddalarining nechtasini yod olganligi bilan emas, balki ularning qaysi huquqiy munosabatlarni tartibga solishini bilishi, tegishli huquqiy me'yorlarni sinchkovlik bilan tahlil qilishi va amalda qo'llay olishi bilan baholanadi.

Yodlash o'rniga o'qish uchun talaba kodeks va qonun moddalarini o'qish bilan birga, ularga yozilgan sharhlar va huquqshunos olimlar yozgan darsliklarni ham o'qimog'i lozim. AQSh umumiy (anglo-sakson) huquq tizimiga kirgani uchun talabalar asosan Oliy Sud (Supreme Court) tomonidan ko'rib chiqilgan ishlarni sinchkovlik bilan o'rganishadi. O'zbekiston huquq tizimi esa romano-german (sivil) huquq tizimiga kirgani uchun, Oliy Sud tomonidan ko'rib chiqilgan ishlarni o'rganish keng tarqalmagan. Shuning uchun O'zbekistondagi huquqshunos talabalar uchun kodeks va qonunlarga yozilgan sharhlarni o'qish alohida ahamiyat kasb etadi. Huquqiy normalarni tahlil qilish qobiliyatini rivojlantirishda huquqiy masalalarni o'qish ham muhim ahamiyatga ega. Bunday qo'llanmalarda muallif huquqiy masala keltirish bilan birga, uni qanday hal qilish kerakligi haqida ham o'z fikr-mulohazalarini bildirib o'tadi. Bo'lg'usi huquqshunoslarimizni tayyorlashda ta'lim muassasalarimizda aynan shu jabhaga e'tibor berishlari, ularning amaliy ko'nikmalarini juda oshiradi.

Uchinchidan, so'nggi 20 yillikni tahlil qiladigan bo'lsak, oliy yuridik ma'lumotga ega bitiruvchilarining katta qismi asosan huquq-tartibot organlarida faoliyat yuritishni maqsad qilib olgan. Bu esa sud tizimida, oliy va professional ta'lim tizimida, nodavlat-notijorat tashkilotlar faoliyatida va yuridik tashkilotlarda huquqshunos kadrlarning sezilarli ravishda yetishmasligini keltirib chiqardi. Birgina misol, hozirda O'zbekistonda 4 mingga yaqin advokatlar orasida 100 ga yaqini 30 yoshgacha bo'lgan yoshlardir. O'zbekistonda 8250 nafar fuqaroga 1 ta advokat to'g'ri keladi. Bu ko'rsatkich AQSHda 256 nafar, Italiyada 260 nafar qo'shni Qozog'istonda 4000 nafar fuqaroga to'g'ri keladi. Odatda advokatlar bir vaqtnning o'zida ta'limda o'qituvchilik va yuridik tashkilotda huquqshunoslik kasbini ham amalga oshirib keladi. OTM da va yuridik texnikumlarda esa oliy ma'lumotli huquqshunoslarning yetishmasligi o'rta bo'g'inda bulg'usi mutaxassislarni tayyorlash imkoniyatini kamaytirmoqda.

Shuning uchun, yuridik texnikumlarda uzluksiz kamida 3 yil faoliyat yuritgan o'qituvchilarining TDYU magistraturasiga imtihonsiz qabul qilinishlari va ularning kelajakda kamida 3 yil u yerda dars berish majburiyatini olishi, o'rta-maxsus yuridik muassasasida kadrlar yetishmasligini oldini olishga qaratilgan aqlli innovatsion yechim sifatida qaralmoqda.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

To'rtinchidan, barcha yuridik ta'lim muassasalarining kredit - modul tizimiga o'tishi ta'lim sifatini oshirishga qaratilgan innovatsiyalardan biridir. Ma'lumki ana'naviy ta'lim tizimida auditoriya mashg'ulotlari o'quv jarayonining asosiy qismini tashkil etadi. Ta'lim markazida o'qituvchining bilimi va harakati turadi. Kreditmodul tizimi esa o'qituvchiining ma'lumot tarqatishning yagona manbasi va dars jarayonidagi gegemonlik rolini o'quvchi-talabaga olib beradi. Talaba o'z ustida ko'proq ishlashga va mustaqil ta'lim olishga majbur bo'lishi raqobatbardosh, erkin fikrli kadrlarni yetishtirib chiqarishga xizmat qiladi.

Ta'lim muassasalarida huquqshunosning nutqi ravon bo'lishi mumkin, ammo huquqiy uslubda mahoratli yoza olish alohida qobiliyat hisoblanadi. Huquqshunos ishining eng asosiy qismi huquqiy yozishmalar orqali amalga oshiriladi. AQShda huquqiy yozuv uslubini va qobiliyatini rivojlantirish uchun barcha talabalar "Legal Writing" deb nomlanadigan dars o'tadilar. Bu darsni o'zbek tiliga "rasmiy uslub" yoki "huquqiy yozuv uslubi" deb tarjima qilsa bo'ladi. Ushbu dars huquqshunoslik bo'yicha tahsil olayotgan talabalarning birinchi o'quv yilida majburi y fanlar qatorida o'tiladi. Afsuski, O'zbekistonda hozirgi kunga qadar yuridik ta'limda yozuv uslubi ayrim qoidalariga oid faqatgina yuridik texnika kursi o'tilmqda. Ushbu kurs akadem soatlari hamda mashg'ulotlarini yanada oshirish maqsadga muvofiq bo'lardi.

Beshinchidan, so'nggi yillarda yuridik fan bilan faqatgina oliy ta'lim professor-o'qituvchilari va ayrim vaqtlarda Tashqi ishlar vazirligi xodimlari va advokatlar shug'ullanishi aniq bo'lib ulgurdi. Yuridik sohadagi bo'lg'usi ilmiy ishni va ilmiy grantlarni xorijiy hamkorlar bilan birgalikda yuridik kadrlarni tayyorlash bo'yicha qo'shma ta'lim dasturlarini (double degree) kengroq amalga oshirish, o'quv-ta'lim jarayoniga xorijiy olimlar va mutaxassislarni faol jalb qilish farmonda alohida ko'rsatib o'tilgan. Bu esa nafaqat milliy qonunchiligimiz balki, xalqaro huquqiy normalarning ham tizimli tahlil etilishiga turtki beradi.

Oltinchidan, yuqori darajali huquqshunos bo'lib yetishish uchun talaba albatta o'zbek tiliga qo'shimcha ravishda kamida bitta chet tilini mukammal bilishi kerak. Nazarimda, chet tillardan eng avval rus tilini o'rganish lozim. Davlatimiz mustaqillikka erishganiga 30 yil to'lgani uchun huquqshunoslik sohasida o'zbek tilida yozilgan kitob va maqolalar soni hali-hamon juda kam. Shu sababli, tabiiy ravishda, mustaqillikdan avval yozilgan yuridik adabiyotga murojaat qilishga ehtiyoj tug'iladi. Bunday adabiyot asosan sovet davrida yozilgani uchun, ularning aksariyati rus tilida. Shuning uchun, agar talaba mustaqillikdan oldin yozilgan yuridik adabiyotdan foydalanmoqchi bo'lsa (bu esa, sovet davrini ham hisobga olganda, qariyb 130-150 yillik davr), rus tilida yozilgan yuridik adabiyotga murojaat qilishi

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

talab etiladi. Hattoki 2000 yillargacha huquqqa oid ilmiy ishlar hamda yozishmalarning aksar qismi rus tilida bajarildi.

Bo'lajak huquqshunoslar uchun ingliz, rus, nemis yoki fransuz tilini bilishning yana bir asosiy ustunligi shundaki, u talabaga chet elda magistratura yoki doktorantura darajalarida ta'lim olish uchun imkoniyat yaratadi. O'zlasht irgan biror bir chet tili bilan nafaqat dunyodagi rivojlangan davlatlarning ilg'or universitetlarida ta'lim olish imkoniyatini oshiradi.

Yettinchidan, yurtboshimizning "O'zbekiston Respublikasida yuridik ta'lim va fanni tubdan takomillashtirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining "O'zbekiston Respublikasi adliya vazirligi tizimidagi ta'lim muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi Qarori yuridik sohani isloh qilishning yangi davrini boshlab berishga zamin yaratdi. Mazkur hujjatlar zamirida kelajakda jahon hamjamiyatida mustahkam o'rin egallaydigan, fuqarolik jamiyatimiz rivojlanishini yangi bosqichga ko'taradigan yuridik kadrlar yetishib chiqadi desak adashmagan bo'lamiz.

O'zbekistonda huquqshunoslik bo'yicha bakalavr darajasini qo'lga kiritgandan keyin xorijiy universitetlarining birida magistr va yoki doktorlik darajasini qo'lga kiritish uchun tahsil olishning ko'pgina foydali tomonlari bor. Shu maqsadda bakalavr bitiruvchilarimiz hamda yuridik texnikum bitiruvchilarini chet el universitet hamda texnikumlariga talaba almashinish hamda ko'proq kvota ajratilishini kuchaytirish maqsadga muvofiq bo'ladi.

U avvalo, xorijiy davlatlarda joylashgan ilg'or universitetlardan birida huquqiy ta'lim olish talaba uchun yangi huquqiy ta'lim tizimida o'qishga imkon tug'diradi. Bu esa talabaga chet davlat huquqiy tizimi bilan tanishishga, uning ustunliklari va kamchiliklarini o'rganishga imkoniyat yaratadi. Xorijiy yuridik universitetlarida tahsil olgan talabaning kelajakda yaxshi ish topish ehtimoli ham ko'payadi. Chet eldagi universitet diplomi bilan nafaqat O'zbekistondagi ilg'or yuridik firmalar va xalqaro tashkilotlar vakolatxonalarida, balki chet elda ham yuridik faoliyat olib borish mumkin bo'ladi.

Xulosa o'rnida aytmoqchimizki, o'zbek va rus tili amaldagi huquq tizimiga tegishli bo'lgan va ilgari chop etilgan yuridik adabiyotni o'qishga imkon bersa, ingliz hamda fransuz tili zamonaviy huquqiy adabiyoti bilan tanishish imkoniyatini beradi. Bundan tashqari, bakalavr diplomini qo'lga kiritgandan so'ng, chet elda magistr darajasini olish uchun ham kamida ingliz tilini mukammal bilish kerak. Vazirlar Mahkamasining "O'zbekiston Respublikasi adliya vazirligi tizimidagi ta'lim muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

qarori huquqshunoslarning chet tilini o'rganishni qo'llab-quvvatlaydi va qo'shimcha imtiyozlar yaratadi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda Vazirlar Mahkamasining mazkur Qaror va Farmonlari mazmun mohiyati - yurtimizda yuridik ta'lim va fanni tubdan takomillashtirish bo'yicha qo'shimcha chora tadbirlar va innovatsiyalar aniq belgilab berilgan-ki, bu biz pedagoglardan yuksak mahorat hamda ishimizga kuchliroq ma'suliyatni talab etadi. 2021 yil 6-noyabrda Parlamentimizning qo'shma majlisida davlatimiz rahbari Sh.Mirziyoyev mamlakatimiz rivojlanishini yangi bosqichga ko'taruvchi "Taraqqiyot strategiyasi"ning qabul qilinishi hamda uning 7 yo'nalishdan iboratligini ta'kidlab o'tdi.

Xususan, "Taraqqiyot strategiyasi"ning ikkinchi yo'nalishida adolat va qonun ustuvorligini mustahkamlash, inson qadr-qimmatini ta'minlash vazifalarini qamrab olish aytib o'tildi. Shu maqsadda sudlov tizimi va advokatura instituti, huquq-tartibot organlari faoliyati takomillashtirilishi, tadbirkor va mulkdorlar huquqlarining himoyasi kuchaytirilishi, korrupsiyaga barham berishga davlat va jamiyatning barcha kuch va vositalari safarbar etilishi, bunda aybdorlarni huquqiy javobgarlikka tortish bilan cheklanib qolmasdan, korrupsiyaning sabablarini oldindan bartaraf etish choralari ko'rilishi ta'kidlab o'tildi.

Ta'kidlash kerakki, sohaga oid qabul qilingan ushbu qonun osti hujjatlar davlatimiz va jamiyatimizni rivojlangan farovon, demokratik davlatlar qatoriga qo'shishda hamda "Taraqqiyot strategiyasi"ning11 ikkinchi bo'limidagi vazifalarni amalga oshirishda jamiyatimizga huquqshunoslar soni, ularning malakasi hamda yuridik fan va ta'lim sifatini yanada ko'tarilishiga xizmat qiladi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 29-apreldagi "O'zbekiston Respublikasida yuridik ta'lim va fanni tubdan takomillashtirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi PF-5987 sonli Farmoni, Prezidentning 2020 yil 19 maydagi "Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora- tadbirlari to'g'risida"gi PF-5997-sonli Farmoni, Vazirlar Mahkamasining 2021 -yil 22-noyabrdagi "O'zbekiston Respublikasi adliya vazirligi tizimidagi ta'lim muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida" gi 705-sonli Qarori, Vazirlar Mahkamasining 2021 -yil 6-apreldagi "Yuridik kadrlarni xalqaro standartlar bo'yicha tayyorlash tizimini yanada takomillashtirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida" 189-son Qarori, Vazirlar Mahkamasining "O'zbekiston Respublikasi

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Adliya vazirligi tizimidagi ta'lim muassasalarida kredit-modul tizimini joriy etish chora-tadbirlari to'g'risida" 2021-yil 10-iyundagi 359-son qarori.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-4947 sonli "O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha harakatlar strategiyasi to'g'risida"gi farmoni, 2017 yil 7-fevral.

3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8-oktyabrdagi "O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi farmoni.

4. https: //xs. uz/uz/post/to shkent-davlat-yuridik-universiteti-dunyoning-top-500-olijgohlari-rojkhatiga-kirdi

5. https://tsul.uz/uz/general-page/sovmestnie-obrazovatelynie-programmi

6. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-oktabrdagi "O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi yuridik texnikumlari faoliyatini takomillashtirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi 677-sonli .

7. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-noyabrdagi "O'zbekiston Respublikasi adliya vazirligi tizimidagi ta'lim muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida" gi 705-sonli qarori.

8. https://blogs.voanews.com/uzbek/talabalar-shaharchasi/2011/08/07/ozbekistonda-yuridik-talim-muammolar-va-ularning-yechimi/

9. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2019 yil 9 yanvardagi PF-5618-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan "Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish Konsepsiyasi".

10. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2018 yil 13-apreldagi "O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to'g'risida"gi PQ-3666-son qarori.

11. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2022-yil 28-yanvardagi "2022 - 2026-yillarga mo'ljallangan yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida"gi PF-60-son Farmoni.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.