Научная статья на тему 'O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA NOTARIAT TIZIMIDAGI YANGI ISLOHOTLAR'

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA NOTARIAT TIZIMIDAGI YANGI ISLOHOTLAR Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
408
83
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Notariat / islohot / kurier / tekshiruv / xususiy notarius / xalqaro notarius / ekspertlik komissiya. / Notary / reform / courier / inspection / private notary / international notary / expert commission.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Ibrohimov, Muhammadjon Dilshod O‘Gli

O‘zbekiston Respublikasida Notariat tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida ko‘plab fuqarolarning ya`ni yurudik hamda jismoniy shaxsalrning murojaatlari ijrosi tez va sifatli ko‘rinishda amalga oshirilmoqda Mamlakatimizda bu sohada amalga oshirilayotgan islohotlar o‘z navbatida nazarda tutilgan maqsad vazifalarga erishishda asosiy omil bo‘lib xizmat qilmoqda.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

NEW REFORMS IN THE NOTARY SYSTEM IN THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN

As a result of the ongoing reforms in the notarial system of the Republic of Uzbekistan, the execution of appeals of many citizens, so legal entities and individuals, is carried out quickly and efficiently. Reforms in this area in our country, in turn, serve as a key factor in achieving the goals and objectives.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA NOTARIAT TIZIMIDAGI YANGI ISLOHOTLAR»

Scientific Journal Impact Factor

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA NOTARIAT TIZIMIDAGI YANGI

ISLOHOTLAR

Ibrohimov Muhammadjon Dilshod o'g'li

Samarqand Davlat Universiteti Yuridik fakultet 2-kurs talabasi

O'zbekiston Respublikasida Notariat tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida ko'plab fuqarolarning ya^ni yurudik hamda jismoniy shaxsalrning murojaatlari ijrosi tez va sifatli ko'rinishda amalga oshirilmoqda Mamlakatimizda bu sohada amalga oshirilayotgan islohotlar o'z navbatida nazarda tutilgan maqsad vazifalarga erishishda asosiy omil bo'lib xizmat qilmoqda.

Kalit so'zlar: Notariat, islohot, kurier, tekshiruv, xususiy notarius, xalqaro notarius, ekspertlik komissiya.

As a result of the ongoing reforms in the notarial system of the Republic of Uzbekistan, the execution of appeals of many citizens, so legal entities and individuals, is carried out quickly and efficiently. Reforms in this area in our country, in turn, serve as a key factor in achieving the goals and objectives.

Keywords: Notary, reform, courier, inspection, private notary, international notary, expert commission.

В результате проводимых реформ в нотариальной системе Республики Узбекистан обращения многих граждан, юридических и физических лиц, рассматриваются быстро и качественно. Реформы в этой сфере в нашей стране, в свою очередь, служат ключевым фактором достижения поставленных целей и задач.

Ключевые слова: Нотариус, реформа, курьер, проверка, частный нотариус, международный нотариус, экспертная комиссия.

So'nggi yillarda mamlakatimizda notariat institutining samarali faoliyat ko'rsatishini ta'minlash hamda notarial idoralar tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarga huquqiy xizmat ko'rsatish sifati va darajasini oshirish bo'yicha izchil ishlar amalga oshirilmoqda. Notariat tizimini byudjetdan tashqari modeliga bosqichma-bosqich o'tish va uni fuqarolik-huquqiy hamda iqtisodiy nizolarning oldini olishga qaratilgan institut sifatida yanada rivojlantirish ko'zda tutilgan edi.

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

АННОТАЦИЯ

KIRISH

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 2 | ISSUE 1

educational, natural and social sciences 0 ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

O'zbekiston Respublikasida Notariat tizimida ko'plab o'zgartirishlar hamda yangi islohotlar amalga oshirilmoqda. Notariat tizimini tubdan isloh qilish bo'yicha ko'plab Notariat to'g'risidagi qonun hujjatlariga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritilmoqda shu bilan birga jiddiy o'zgarishlar ham amalga oshirilmoqda.

Shu bois davlatimiz rahbarining 2019-yil 9-sentyabrdagi PF-5816 - son "O'zbekiston Respublikasida notariat tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to'g,risida''gi Farmoni qabul qilindi. Farmon asosida 2020-yil 1-yanvardan davlat notarial idoralari bosqichma-bosqich nodavlat notarial idoralar etib qayta tashkil qilish xususiy amaliyot bilan shug'ullanuvchi notariuslar faoliyatini yo'lga qo'yilishida muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Shu asosida notariuslarni birlashtiruvchi hamda ularning faoliyatini muvofiqlashtiruvchi yagona tuzilma sufatida O'zbekiston Notariat palatasi tashkil etildi. Uning huquq va majburiyatlari, unga azo bo'lgan notariat idoralari faoliyatini muvofiqlashtirish tizimi yo'lga qo'yildi.

Mamlakatimizda bu sohada amalga oshirilayotgan islohotlar o'z navbatida nazarda tutilgan maqsad vazifalarga erishishda asosiy omil bo'lib xizmat qilmoqda.

Shu asosida notariuslarni birlashtiruvchi hamda ularning faoliyatini muvofiqlashtiruvchi yagona tuzilma sufatida O'zbekiston Notariat palatasi tashkil etildi. Uning huquq va majburiyatlari, unga azo bo'lgan notariat idoralari faoliyatini muvofiqlashtirish tizimi yo'lga qo'yildi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Davlat Notariuslari endi qayd etish lozimki, zarur miqdorda xususiy idoralar shakllanmaguncha faoliyatini davom ettiradi. Xususiy amaliyot bilan shug'ullanuvchi notariuslarning tashkil qilinishi birinchidan tizimda soglom raqobat muhitini paydo qilib, notarial harakatlarni rasmiylashtirish vaqti deyarli uch barobar tezlashishiga olib keldi.

Yangi tizimga o'tilayotgani davlat notarial idoralari faoliyatini tashkil etish bilan bogliq davlat resurslari tejalishini taminlaydi. Qolaversa, endi notariuslarning sodir etgan qilmishlari hamda jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazgan zararlari uchun davlat javobgar bo'lmaydi.

Xususiy amaliyot bilan shug'ullanuvchi notarius noqonuniy harakati natijasida yetkazilgan zararni to'liq qoplashi, buning uchun notariusning javobgarligi majburiy sug'urtalanishi ham eng muhim o'zgarishlardan biri hisoblanadi.

Xususiy amaliyot bilan shug'ullanuvchi notariuslarning faoliyati ham monitoring qilib boriladigan bo'ldi. Bunday nazoratni O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda adliya boshqarmalari amalga oshiradi. Ularning odob-axloq

449

Scientific Journal Impact Factor

qoidalari va kasb majburiyatlariga rioya etishi ustidan nazorat Notarial palata va uning hududiy boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi.

Shuningdek notariuslar xuzurida ''kurier'', yani xujjat tushuvchi xodim lavozimi joriy etildi. Ular fuqarolar o'rniga turli tashkilotlardan kerakli xujjatlarni to'plab olib kelish vazifasini bajaradi. Bunda fuqarolarning davlat idora va tashkilotlariga borib, turli ovoragarchilik va vaqt yo'qotish evaziga xujjat to'plash holatlariga barxam berildi.

Notariat tizimida mavjud muammolarni bartaraf etish va notariat tizimini zamon talablariga mos keladigan sohaga aylantirish maqsadida Adliya vazirligi huzurida notariat sohasida yagona amaliyotni shakllantirish bo'yicha Ekspertlik komissiyasi tashkil etildi. Ekspertlik komissiyasi tarkibiga jamoatchilik asosida faoliyat ko'rsatuvchi 7 nafar azodan iborat bo'lib, uning tarkibiga huquq sohasidagi yetakchi mutaxassis-olimlar, tajribali notariuslar va Adliya vazirligining mas'ul hodimlari kiritildi. Komissiyaga notarial harakatlarni amalga oshirishda joylardagi mavjud muammolarni aniqlash va ularni qonuniy hal qilish sohada bir xil amaliyotni taminlash, qonun hujjatlaridagi huquqiy nuqsonlarni, korrupsiyaga, boshqa huquqbuzarliklarni sodir etishga, fuqarolardan ortiqcha hujjatlar talab qilishga, ularni turli xil ovora-sarson qilishga yo'l qo'ymaslik vazifasi bo'yicha takliflar ishlab chiqish yuklatildi. Bundan tashqari, komissiyaga notarial harakatlarni bajarish uchun taqdim qilinadigan hujjat turlarini tubdan qisqartirish, fuqarolarning ortiqcha ovoragarchiligini oldini olish maqsadida notarial harakatlarni bajarish uchun zarur bo'lgan barcha hujjatlarni elektron tizim orqali olish hamda qonunchilikda notarial tasdiqlash majburiy talab qilinadigan bitim va hujjatlarning turlarini qisqartirishning qonuniy yo'llarini izlab topish vazifalari topshirildi.

Hulosa qilib aytadigan bo'lsam; ushbu Ekspertlik komissiyasining tashkil qilinishi kelgusida notarial sohasidagi ishlarning qonuniy hal qilish, bir xillikni taminlash yo'li bilan jismoniy va yuridik shaxslarga sifatli va ovoragarchiliklarsiz qulay huquqiy xizmat ko'rsatishda muhim o'rin tutadi.

Eng e'tiborli jihati, navbat kutish masalalarida ham fuqarolarga yengilliklar yaratildi. Xususan, davlat notarial idoralarida maxsus texnik vositalar o'rnatiladi va bu texnik moslamalar xaqqoniy navbat tizimini shakllantiradi. Bu esa notasrius qabuliga navbatsiz kirish, turli ' 'tanish-bilishchilik' ' holatlarini oldini olishga xizmat qiladi.

Hozirgi kunda yangi o'zgarishlardan biri bu ayrim turdagi notarial harakatlar masofadan turib amalga oshirish tizimi ishga tushiriladigan bo'ldi. Jismoniy hamda yuridik shaxslarning notarial idoraga kelmasdan, masofadan turib murojaat qilishi,

Scientific Journal Impact Factor

navbatga yozilishi va ayrim turdagi notarial xizmatlardan onlayn foydalanish tartibi belgilanmoqda

Xorijiy tajribada notariatning lotin va anglo-sakson turlari mavjud bo'lib, O'zbekiston lotin notariat turiga mansub hisoblanadi. Aytish lozimki notariatning har ikki turida ham nodavlat shakli ustunlik mavqeyiga ega. Xalqaro Notariuslar ittifoqi 1948-yil tashkil etilgan bo'lib, hozirda unga lotin modelidagi 89 mamlakatning notariat tizimi azo.

Bugungi kunda aksariyat xorijiy davlatlarda (Germaniya, Fransiya, Italiya, Estoniya, Avstriya, Vengriya, Turkiya va boshqa) shu jumladan MDH davlatlarida (O'zbekiston, Tojikiston va Turkmanistondan tashqari) lotin notariat prinsiplariga asoslangan notariatning faol nodavlat shakli muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda.

Ilg'or xorijiy tajriba jismoniy va yuridik shaxslarning nizolarni oldini olish funksiyasini bajaruvchi notariatning faol nodavlat modeliga bo'lgan ehtiyoj ortib borayotgqanini ko'rsatmoqda. Bunday notariat o'zgaruvchan ijtimoiy jarayonlarga moslashgan holda javob berish, iste'molchilarning talablari doirasida tez o'zgara olish qobiliyatiga ega.

Notariatning bunday faol nodavlat shakliga o'tishi Natijasida notariusning moddiy manfaatdorligi oshishi aholiga tezkor va sifatli notariat xizmat k o'rsatishini taminlaydi. Uning nizolarning oldini oluvchi institut sifatida yanada rivojlanishiga xizmat qiladi.

O'zbekiston va Germaniyaning notarial tizimi bir-biriga o'xshash bo'lib, mamlakatimizda Germaniya tajribasini qo'llash orqali bugungi kunda ko'plab yutuqlarga erishilmoqda, buning sababi shundaki, har ikkala davlat roman-german huquq oilasiga mansubdir. Demak, birining huquqiy islohotlarini ikkinchida qo'llash ko'plab muammolarni keltirib chiqarmasligi mumkin.

Bundan tashqari, Yevropa va Osiyoning ko'plab davlatlarining notariat institutini o'rganishimiz va tadbiq qilishimiz mumkin, ularning har birida o'ziga xos huquqiy xizmat ko'rsatishning samarali yo'llari allaqachon amaliyotga joriy etilgan. Bu esa o'z navbatida fuqarolarning davlat organlarida to'laqonli manfaatlari himoyalanishi hamda ularga muammolarini hal qilishda ko'maklashmoqda.

Ana shunday keng miqyosdagi o'rganish va har tomonlama izlanishlar natijasida, biz bugungi kunda mamlakatimiz huquq tizimida keng miqyosda islohotlarning guvohi va o'z navbatida ishtirokchisiga aylanmoqdamiz. Negaki, har bir xatti-harakatimiz negizida fuqaroviy munosabatlar yotadi va ular tegishli normalar bilan tartibga solinadi. Ushbu ilmiy tadqiqot ishi orqali biz tomonimizdan ilgari surilgan

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 2 | ISSUE 1

educational, natural and social sciences 0 ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

yuqoridagi takliflarlarni amaliyotga tadbiq qilish orqali, quyidagi natijalarga erishish mumkin, ya'ni:

- Tizimni optimallashtirish va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash;

- Idoralararo bog'liqlikni muvofiqlashtirish;

- Fuqarolarning shaxsi buyicha ma'lumot olishni tizimlashtirish va soddalashtirish;

- Davlat organlar faoliyatida shaffoflik va qonuniylikni ta'minlash;

Notariuslar funksiyalari doirasi kengaytirildi 2020-yil 1-yanvardan;

> Fuqarolik-huquqiy munosabatlarda sudgacha bo'lgan jarayonda dalillarni ta'minlash (guvohlarni so'roq qilish, yozma va ashyoviy dalillarni ko'zdan kechirish va guvohlantirish, ekspertiza tayinlash, internet tarmog'idagi dalillarni ta'minlash).

> Fuqarolik-huquqiy munosabatlarda, shu jumladan mulkiy va meros masalalarida mediator vazifalarini bajarish.

> Yaratilgan mualliflik va turdosh huquq obyektining taqdim etilgan vaqtini tasdiqlashi.

Hukumat qarori (464-son, 27.07.2021 y.) bilan Notariat to'g'risidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishi ustidan nazorat qilish va monitoring qilish tartibi belgilandi. Mazkur qaror loyihasi bilan quyidagilar belgilandi:

> Nazorat tadbirlari o'tkazishning tashkiliy asoslari belgilab beriladi:

> Notariuslar faoliyatida rejali tekshirish, qisqa muddatli tekshirish va kamerali tekshirish o'tkazish tartibi belgilabdi:

> Notariuslar faoliyatini monitoring qilish talab va shartlari, ularni amalga oshirish tartibi nazarda tutiladi:

Bu qaror bilan quyidagi tekshirishlar orqali amalga oshiriladi:

> Rejali tekshirish - adliya organlari tomonidan tasdiqlangan yillik (chorak) ish rejasiga kiritilgan va har uch yilda bir marta o'tkaziladigan nazorat shakli:

> Qisqa muddatli tekshirish - notariuslar faoliyati adliya organi tomoniudan reyd (har yili kamida bir marta), "sirli mijoz" hamda xizmat tekshiruvi tarzida amalga oshiriladigan nazorat shakli:

> Kamerali tekshirish - adliya organlari tomonidan o'zi joylashgan manzil bo'yicha notariuslarning notarial harakatlarni rasmiylashtirishda qonunchilikka rioya etilishini "Notarius" avtyomatlashtirilgan axborot tizimidagi ma'lumotlar hamda adliya organida mavjud bo'lgan boshqa hujjatlarni o'rganish, tahlil qilish va umumlashtirish orqali amalga oshiriladigan nazorat shakli.

Scientific Journal Impact Factor

Shu bilan birga Notarius ish faoliyatini dastlabki tekshirish u ish boshlaganidan bir yil o'tgandan so'ng amalga oshiriladigan bo'ldi.

Rejali tekshirish muddati bir notarius faoliyatini o'rganish uchun 5 ish kunidan oshmasligi shart.

Reyd tadbiri adliya organi rahbarining buyrug'iga asosan amalga oshirilib, uni o'tkazish muddati 1 ish kuni etib belgilanadi.

"Sirli mijoz" tadbiri quyidagi hollarda o'tkaziladi:

> notarial harakatlarning sifati va tezkorligi adliya organida shubha uyg'otganda, ushbu sohada huquqbuzarliklar sodir etilayotganligi haqidagi ma'lumotlarga aniqlik kiritish zarurati tug'ilganda;

> huquqiy xizmat ko'rsatish jarayonidan noroziligi haqidagi murojaatlar kelib tushganda.

"Sirli mijoz" tadbirini o'tkazish uchun 1 ish kuni, davomli notarial harakatlaruchun - ushbu harakatning oxirgi kuniga qadar muddat belgilanadi.

• Kameral tekshirish adliya organi rahbarining buyrug'i asosida amalga oshiriladi va u muntazam ravishda o'tkaziladi.

• Barcha turdagi tekshirish natijasi bo'yicha tegishli ma'lumotnoma tuziladi.

Loyiha qabul qilinishi bilan notariuslar tomonidan litsenziya talablari va

shartlariga, notariat to'g'risidagi qonun hujjatlariga, notarial harakatlar maxfiyligiga va notarius qasamyodiga rioya qilinishi yuzasidan tekshirishlar o'tkazish hamda ular faoliyatida onlayn tarzda monitoring o'tkazish bilan bogliq munosabatlar huquqiy tartibga solinishi qayd etilgan.ushbu loyihaning qulayliklari notarial xizmatlarni qonuniy asosda, qulay tarzda ko'rsatilishini taminlaydi.

Mamlakatimizda bu sohada amalga oshirilayotgan islohotlar o'z navbatida nazarda tutilgan maqsad vazifalarga erishishda asosiy omil bo'lib xizmat qilmoqda.

Xulosa qilib aytadigan bo'lsam Notariat sohasida amalga oshirilayotgan barcha o'zgarishlar fuqarolarimizga yanada qulayliklar yaratish davlat idoralari tomonidan ularga ko'rsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilash, ortiqcha ovoragarchiliklar va sarsongarchiliklarga korrupsion harkatlarga barham berish, qo'shimcha mablag' sarflanishi holatlarini oldini olish, bir so'z bilan aytganda, xalqimiz turmush tarzini yengillashtirishga qaratilgan desak, mubolag'a bo'lmaydi.

REFERENCES

1. "O'zbekiston Respublikasi Notariat to'g'risida" gi Qonuni 26.12.1996 343-coh

XULOSA

Scientific Journal Impact Factor

2. O'zbekiston Respublikasi 2019 - yil 9 - dekabrdagi "Notariat tizimini tubdan isloh qilinishi munosabati bilan O'zbekistin Respublikasi ayrim qonun hujjatlariga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish to'g'risid" agi qonuni.

3. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 16.03.2020 156-coH"Nodavlat Notarial faoliyatni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqalash to'g'risida" Qaror

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.