EURASIAN IOURNAL OF SOCIAL SCIENCES
PHILOSOPHY AND CULTURE
^..M-KMUri:.
EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE
Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz
THE IMPORTANCE OF THE PRINCIPLES OF OPERATIONAL INVESTIGATIVE ACTIVITIES IN ENSURING HUMAN RIGHTS, FREEDOMS AND LEGITIMATE
INTERESTS Bobomurodov Farkhod Boymurotovich Responsible officer of the single operational management center of the
organizational department of the Tashkent city internal affairs department, lieutenant colonel, doctor of philosophy in legal sciences
(PhD)
https://doi.org/10.5281/zenodo.11198213
ABSTRACT
ARTICLE INFO
Received: 08th May 2024 Accepted: 14th May 2024 Online: 15th May 2024 KEYWORDS Human rights, freedom, principle, use of public and secret methods, conspiracy, professional ethics.
The article analyzes the general and special principles of operational investigative activities that serve to ensure human rights and freedoms, substantiates the need to expand the list of principles of operational investigative activities based on the study of the norms of advanced foreign legislation, their classification into three groups.
ЗНАЧЕНИЕ ПРИНЦИПОВ ОПЕРАТИВНО-РОЗЫСКНОИ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ В ОБЕСПЕЧЕНИИ ПРАВ, СВОБОД И ЗАКОННЫХ ИНТЕРЕСОВ ЧЕЛОВЕКА
Бобомуродов Фарход Боймуротович
Ответственный сотрудник единого центра оперативного управления организационного отдела Ташкентского городского управления внутренних дел, подполковник, доктор философских наук по юридическим наукам (PhD) https://doi.org/10.5281/zenodo.11198213
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Received: 08th May 2024 Accepted: 14th May 2024 Online: 15th May 2024 KEYWORDS
Права человека, свобода, принцип, п гласных и негласных методов,
конспирация, профессиональная этика.
В статье анализируются общие и специальные принципы оперативно-розыскной деятельности, служащие обеспечению прав и свобод человека, обосновывается необходимость расширения перечня принципов оперативно-розыскной деятельности на основе изучения норм передового зарубежного законодательства, их классификации на три группы.
TEZKOR-QIDIRUV FAOLIYATI PRINTSIPLARINING INSON HUQUQLARI, ERKINLIKLARI VA QONUNIY MANFAATLARINI TA'MINLASHDAGI
AHAMIYATI
Bobomurodov Farxod Boymurotovich
Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi tashkiliy boshqarma yagona tezkor boshqaruv markazining mas'ul xodimi, podpolkovnik yuridik fanlar bo'yicha falsafa doktori (PhD)
https://doi.org/10.5281/zenodo.11198213 ARTICLE INFO ABSTRACT
EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE
Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz
Received: 08th May 2024 Accepted: 14th May 2024 Online: 15th May 2024 KEYWORDS Inson huquqlari, erkinlik, printsip, oshkora va nooshokora usullar, konspirasiya, kasb etikasi.
Tezkor-qidiruv faoliyatida (keyingi o'rinlarda - TQF deb yuritiladi) inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta'minlashning mazmun-mohiyatini bilish, TQFni amalga oshiruvchi organlar xodimlaridan xizmat faoliyatini qonuniylik va xolislik tamoyillari asosida tashkil etishga imkon beradi.
O'zbek tilining lug'atida printsip atamasiga [lot. principium - asos, negiz; ibtido] biror nazariya, ta'limot, dunyoqarash va sh.k.ning dastlabki, asosiy qonun qoidasi; faoliyat uchun asos qilib olinadigan bosh g'oya, qonun qoida; xulq-atvor, xatti-harakat me'yorlarini belgilaydigan, kishi og'ishmay amal qiladigan ichki ishonch, nuqtai nazar, qarash va maslak [25, B.309.] ma'nolarida izoh berilgan.
Shuni alohida ta'kidlash joizki, printsiplar to'g'risidagi ta'limot insonning har qanday ijtimoiy faoliyati uchun juda muhimdir va shu qadar keng tarqalgan. Deyarli barcha bilim sohalari olimlari masalan, Aristotel, Kant, Demokrit, Spinoza, Gegel va boshqa olimlar[13, B.3.] printsip tushunchasi va mohiyati to'g'risida ilk qarashlar va fikrlarni bildirishgan.
Tezkor-qidiruv faoliyati nazariyasining etuk namoyondalari jumladan, D.V.Grebelskiy, A.G.Lekar, A.I.Alekseev, V.G.Bobrov, G.K.Sinilov, V.M.Atmajitov, V.A.Lukashov, I.A.Klimov, Yu.S.Blinov, K.V.Surkov, H.P.Vodko, A.Yu. Shumilov, E.D. Lukyanchenkov kabi huquqshunos olimlar XX asrning 60-yillaridan boshlab "printsip" ya'ni, tamoyil tushunchasini ma'lum darajada o'rganib, Tqfni nazariyasi va amaliyotida qo'llanilishi [16, B.37-39.] haqida fikrlarni bildirishgan. Printsiplar Tqfning tizimini belgilaydi, uning mohiyati va faoliyat yo'nalishlarini aks ettiradi, maqsadlar, vazifalar va funktsiyalarni aniqlashga yordam beradi.
TQF yuridik faoliyatning boshqa turlari singari, asosiy vazifa va funtsiyalarning bajarilishi, printsiplar asosida amalga oshiriladi.
Tqfning printsiplari deganda qonun chiqaruvchi va huquqni muhofaza qiluvchi organlar siymosida jamiyatning jinoyatchilikka qarshi kurashishning ushbu o'ziga xos davlat huquqiy shaklining mohiyati, maqsadlari va vazifalariga oid e'tiqodlari va qarashlarini aks ettiruvchi asosiy qoidalar, rahbariy g'oyalar tushuniladi.
TQFning printsiplari TQFni amalga oshiruvchi organlarning amaliy faoliyati jarayonida shakllangan, tezkor-qidiruv huquqi nazariyasida umumlashtirilgan va ifodalangan, buning natijasida amaldagi qonun hujjatlarida va idoraviy huquqiy tartibga solishda normativ jihatdan mustahkamlangan. Ushbu printsiplarga tezkor xodimlar tomonidan rioya etilishi lozim. Printsiplar shuningdek, tezkor-qidiruv kuchlari, vosita va usullari yordamida amalga oshiriladigan jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasidagi o'ziga xos qonuniyatlarning ifodasidir[18, B.52.].
TQFning printsiplari haqida tadqiqot ishi olib borgan E.E.Kaymuldinov: "TQFning printsiplari bu tezkor-qidiruv qonunchiligi institutlarining qurilishini belgilaydigan, huquqni
Maqolada inson huquqlari va erkinliklarini ta'minlashga xizmat qiladigan tezkor-qidiruv faoliyatining umumiy va maxsus printsiplari tahlil qilinib, ilg'or xorij qonunchiligi normalarini o'rganish asosida tezkor-qidiruv faoliyatining printsiplari ro'yxatini kengaytirish, uch guruhga tasniflash lozimligi asoslantirilgan.
EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE
Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz
muhofaza qilish organlari tomonidan Tqfni amalga oshirishda jinoyatchilikka qarshi kurashni o'ziga xos davlat-huquqiy shaklning mohiyati, maqsadi, vazifalari to'g'risida, e'tiqod va qarashlarini aks ettiruvchi Qonunchilik hujjatlari normalarida ifodalangan asosiy rahbariy g'oyalar" [14, B.8-9.] mazmunida huquqiy ta'rif beradi. Bizningcha, Real amaliyotdagi holat va xorij tajribasiga asoslanib Tqfning printsiplari ro'yxatini kengaytirish, inson huquqlari va erkinliklarini ta'minlash nuqtai nazardan Tqfning huquqiy asosini yanada mustahkamlanishiga xizmatqiladi" [2, B.179-182.].
Ushbu masalada fikr bildirgan V.Karimov: "TQFni printsiplari ikki guruhga ya'ni, umumiy va maxsus printsiplarga bo'linishini" [11, 47-b] ta'kidlaydi. Quyida umumiy va maxsus printsiplarning mazmun-mohiyatini atroflicha tahlil qilamiz.
Qonuniylik printsipi. Barcha davlat organlari, shu jumladan, huquqni muhofaza qilish organlari faoliyatini amalga oshirishda qonuniylik eng muhim davlat-huquqiy ustunlardan biridir. Shu bilan birga, qonuniylikka rioya qilish insonning eng yuqori ijtimoiy qadriyatlarini, uning huquq va erkinliklarini himoya qilishni ta'minlaydi.
D.A.Babichev fikricha: "ijtimoiy hodisa sifatida qonuniylik jamiyat, huquq va davlat bilan birgalikda rivojlanib o'zgarishi, qonuniylik ijtimoiy huquqiy munosabatlarni tartibga solishning eng samarali usuli, qonunlar yordamida tartib o'rnatiladi, jamiyatda uyg'unlik ta'minlanadi, fuqarolarni huquqlari va erkinliklari kafolatlanadi"[1] deb hisoblaydi.
Darhaqiqat, qonuniylik printsipi deganda O'zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Konstitusiyasi normalariga so'zsiz va og'ishmay rioya qilish, Tqfni amalga oshiruvchi organlarning barcha mansabdor shaxslari tomonidan Tqfni tartibga soluvchi qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarni talabini ijro etish tushunilib, qonuniylik printsipiga amal qilinishi, qonuniylikni ta'minlash orqali erishiladi.
Tezkor-qidiruv faoliyati va inson huquqlari haqida ilmiy izlanishlar olib borgan professor V.Karimov: "tezkor-qidiruv faoliyatida qonuniylik ta'minlashning asosiy elementlari bu amaldagi Konstitusiya, qonunlar hamda qonunosti hujjatlarni qabul qilinishi va TQF sub'ektlari ushbu elementlarning mohiyatiga to'liq amal qilishi lozim" [12, 143-b.] deb fikr bildiradi.
Demak, qonuniylikni ta'minlash bu TQFni amalga oshiruvchi organlar va mansabdor shaxslar tomonidan qonun bilan vakolat berilgan majburiyat, vazifa va funktsiyalarni amalga oshirishni anglatadi. Qonuniylik, birinchi navbatda, huquqlar va majburiyatlarni huquqiy tartibga solishda, ushbu sub'ektlarning maxsus vakolatlarida va ularning faoliyati mazmunida o'z ifodasini topadi. TQFda inson huquqlari va erkinliklarini ta'minlashda qonuniylik printsipiga rioya qilinishi birinchidan, TQF sub'ektlarining TQF sohasiga taalluqli normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyatini bilishi va unga amal qilishi; ikkinchidan, Tqfni amalga oshirishda (TQFning vazifalarini hal etish, tezkor-qidiruv tadbirlarini qonuniy asoslari, sharti bo'yicha o'tkazish, TQFga ko'maklashuvchi fuqarolar bilan ishlash va ularni moddiy rag'batlantirish va boshq.) TQFga taalluqli normativ-huquqiy hujjatlarda nazarda tutilgan qoidalarga binoan xizmat faoliyati tashkil etilishi talab etiladi.
Inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari ustuvorligi printsipi. Qonuniylik ob'ektiv zarurat sifatida o'z navbatida, inson va fuqaroning huquqlari va erkinliklarini amalga oshirish kafolati bo'lib xizmat qiladi. Qonunga bo'ysunish, barqaror huquq-tartibot uchun sharoit yaratadi. Shubhasiz, inson va fuqaroning huquq va erkinliklarini hurmat qilish va ularga rioya qilish tamoyilining buzilishi, qonuniylik printsipining buzilishiga olib keladi.
EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE
Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz
I.D. Shatoxin fikricha: "TQFda shaxs huquqlarini hurmat qilish va ularga rioya qilish printsipi nafaqat konstitusiyaviy, balki xalqaro huquqiy asosga ham ega bo'lib, ratifikasiya qilingan xalqaro-huquqiy hujjatlar bilan kafolatlangan barcha huquqlarni TQF jarayonida ta'minlash zarurligini, shaxsning huquq va erkinliklarini hurmat qilish va ularga rioya qilish tamoyilining buzilishi ko'pincha huquqni muhofaza qilish organlarining giyohvand moddalar savdosiga qarshi kurashish faoliyatida ro'y berib, buning sababi TQFni amalga oshiruvchi organ rahbarlari tomonidan idoraviy nazorat to'g'ri va samarali tashkil etilmasdan, hisobot uchun ish ko'rsatkichlarni yil sayin oshirishga e'tibor qaratilishi, ushbu masalaga jiddiy e'tibor berilib, Tqfda shaxs huquqlarini hurmat qilish va ularga rioya qilishning maqbul mexanizmini ishlab chiqish[22, B.160-168.], shuningdek, shaxsni konstitusiyaviy huquqlari va erkinliklarini cheklash bilan bog'liq tezkor-qidiruv tadbirlarini amalga oshirishda suddan sanktsiya olinishi talab etilib, qarorning bir nusxasi huquqi cheklangan shaxsga berilishi inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklarini hurmat qilish hamda ularga rioya qilishni anglatadi"[23, B.186-193.]deb hisoblaydi. Nazarimizda Tqfda inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta'minlashda inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari ustuvorligi printsipiga rioya qilinishi uchun birinchidan, TQF sub'ektlari tomonidan kundalik funktsional majburiyatlarini bajarishda qonuniylikni buzish holatlariga yo'l qo'ymasligi; ikkinchidan, idoraviy kontrolni amalga oshiruvchi Tqfni amalga oshiruvchi organning rahbarlari jinoyatchilikka qarshi kurashishda turli jinoyat(aniqlanadigan va oldi olinadigan, boshq.)larni aniqlash va fosh etish bilan bog'liq tezkor-qidiruv tadbirlarini amalga oshirishda hisobotlar uchun emas balkim, eng muhim masalaga ya'ni, jinoyat sodir etishda gumonlanib ushlangan shaxsning huquqlari va erkinliklari hamda qonuniy manfaatlari buzilishiga yo'l qo'masliklari; uchinchidan, Tqfning qonuniyligini nazorat qiluvchi prokurorlar tergovga qadar tekshiruv vaqtida yoki jinoyat ishi doirasida tezkor-qidiruv tadbirlari o'tkazilganida qonun buzilish holatlari borligini aniqlashga; to'rtinchidan, shaxsning konstitusiyaviy huquq va erkinliklarini cheklaydigan tezkor-qidiruv tadbirlarini o'tkazish zarurati yuzaga kelganda sudning tasdiqlagan qarori asosida va ushbu qaror nusxasi huquqlari cheklangan shaxsga berilishiga jiddiy e'tibor qaratish lozimligini taqozo etadi.
TQFda inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta'minlashning huquqiy manbasi hisoblangan tezkor-qidiruv qonunchiligi normalarining mazmun-mohiyati o'rganilganda jumladan, Belarus "Tezkor-qidiruv faoliyati to'g'risida" qonunida printsiplar orasida tashkilotlarni qonuniy manfaatlari, huquqlari, erkinliklariga rioya qilish printsipini belgilangani jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilinishida muhim manba bo'lib xizmat qiladi. O'zbekiston Respublikasida bugungi kunda tadbirkorlik faoliyatiga keng imkoniyat va sharoitlar yaratilgan bo'lib, TQFni amalga oshiruvchi organlar tomonidan qonunda nazarda tutilgan asoslarga ko'ra, tadbirkorlik sub'ektlari(yakka tartibda faoliyat ko'rsatayotgan yoki yuridik shaxs)ga nisbatan tezkor-qidiruv tadbirlari amalga oshirilganida ularning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining poymol bo'lmasligi lozim. Shu bois, "Tezkor-qidiruv faoliyati to'g'risida"gi qonunni quyidagi: 71-modda. Korxona, muassasa, tashkilotlar, tadbirkorlik sub'ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish printsipi. Tqfni amalga oshiruvchi organlar tezkor-qidiruv tadbirlarini amalga oshirishda korxona, muassasa, tashkilotlar, tadbirkorlik sub'ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilishiga yo'l qo'ymasligi lozim. Korxona, muassasa,
EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE
Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz
tashkilotlar, tadbirkorlik sub'ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlari Tqfni amalga oshiruvchi organlarning vazifalari va majburiyatlarini, tezkor-qidiruv tadbirlarini amalga oshirish tartibini belgilash, Tqfni nazorat qilish orqali ta'minlanadi. Shaxs, jamiyat va davlat xavfsizligini ta'minlashda ushbu qonun va boshqa qonun hujjatlariga binoan korxona, muassasa, tashkilotlar, tadbirkorlik sub'ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlari cheklanishi mumkin" mazmunida norma bilan to'ldirish lozim.
Bundan tashqari, tadqiqot ishi doirasida ayrim chet el davlatlarning "Tezkor-qidiruv faoliyati to'g'risida" qonun normalarida nazarda tutilgan printsiplar o'rganilganda shu jumladan, Ukraina Respublikasi "tezkor-qidiruv faoliyati to'g'risida" qonunida: "Tezkor-qidiruv faoliyatida qonun ustuvorligi, inson huquq va erkinliklarini hurmat qilish" (4-m) [3]; Qozog'iston Respublikasining "tezkor-qidiruv faoliyati to'g'risida" qonunida: "TQFda qonuniylik; shaxsning huquqlari va erkinliklari, qadr-qimmatini hurmat qilish; fuqarolarning qonun oldida tengligi; konspirasiya; oshkora va nooshkora usullar; kasb etikasi"(3-m) [4]; Rossiya Federasiyasining "Tezkor-qidiruv faoliyati to'g'risida"gi qonunida: "Tqfda konstitusiyaviy printsip sifatida qonuniylik; inson huquq va erkinliklarini hurmat qilish; konspirasiya; oshkora va nooshkora usullar va vositalarning uyg'unligi"(3-m) [19]; Qirg'iziston Respublikasi "tezkor faoliyati to'g'risida"gi qonunida: "qonuniylik; inson huquqlari, erkinliklarini hurmat qilish; konspirasiya; oshkora va nooshkora usullar va vositalarning uyg'unligi" (4-m) [5]; Litva Respublikasining "tezkor faoliyati to'g'risida"gi qonunida: "qonuniylik; inson va fuqarolarni huquqlari, erkinliklarini ta'minlash; jamoat manfaatlarini himoya qilish; maxfiylikka amal qilish; har qanday ma'lumotlarni oshkor bo'lishini oldini olish choralarini ko'rilishi; ochiq va yashirin usul, vositalarning uyg'unligi"(4-m) [6]; Tojikiston Respublikasining "tezkor-qidiruv faoliyati to'g'risida"gi qonunida: "insonparvarlik; qonun oldida tenglik; inson va fuqarolarning huquqlari, erkinliklarini hurmat qilish; konspirasiya; oshkora va nooshkora usullar va vositalarning uyg'unligi" (4-m) [7]; Moldova Respublikasining "maxsus-qidiruv faoliyati to'g'risida" qonunida: "qonuniylik; shaxsning huquq va erkinliklarini hurmat qilish; o'z vaqtida va xavfsizlik; oshkora va nooshkora usullarning uyg'unligi; boshqa davlat organlari bilan hamkorlik; mafkurasizlik, partiyasizlik" (3-m) [8]; Belarus Respublikasining "tezkor-qidiruv faoliyati to'g'risida"gi qonunida: "TQFda qonuniylik; fuqarolarning qonuniy manfaatlari, huquqlari va erkinliklariga rioya qilish; tashkilotlarning qonuniy manfaatlari, huquqlari va erkinliklariga rioya qilish; konspirasiya; tezkor-qidiruv tadbirlarini oshkora va nooshkora usullarda amalga oshirish"(5-m) [9] kabi printsiplarning bayon etilgani ma'lum bo'ldi. Tqfning printsiplariga doir normalarining mazmun-mohiyati tahlil qilinganida birinchidan, 2 tadan 6 tagacha turli mazmundagi printsiplar qonun normasida belgilangani; ikkinchidan, printsiplar mazmuniga ko'ra konstitusiyaviy va maxsus prisiplarga ajratilgani; uchinchidan, Qozog'iston Respublikasi "tezkor-qidiruv faoliyati to'g'risidagi qonun normasida tezkor bo'linmalarga taalluqli kasb etikasi printsipining belgilangani tezkor-qidiruv faoliyatida inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta'minlashda tezkor bo'linmalarni xodimlari tomonidan professional tarzda kasb etikasiga to'la rioya qilgan holda tezkor-qidiruv tadbirlari amalga oshirilishini anglatadi.
Yuqoridagi tahlillar asosida Tqfda inson huquqlari, erkinliklarini ta'minlashning huquqiy asoslarini Qonunchilik bilan mustahkamlashda O'zbekiston Respublikasi "tezkor-qidiruv faoliyati to'g'risida"gi qonunni quyidagi: "72-modda. Kasb etikasi printsipi. Tqfni amalga
EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE
Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz
oshiruvchi organlarning tezkor bo'linmalari tezkor-qidiruv tadbirlarini amalga oshirishda odob axloq qoidalariga rioya qilgan holda fuqarolar bilan xushmuomalada bo'lib, kasbiy madaniyatiga rioya qilib, adolatlilik, xolislik va professionalizm fazilatlarini namoyon etib faoliyatni amalga oshiradi" mazmunidagi prim norma bilan to'ldirish taklif etiladi.
Tqfning sohasiga oid maxsus printsipi O'zbekiston Respublikasini Konstitusiyasida belgilanmagan bo'lib, tezkor-qidiruv qonunchiligi TQF sohasiga tegishli printsiplarni o'z ichiga qamrab oladi.
Shu masalada fikr bildirgan A.V.Kaverznev quyidagilarni: "TQFni maxsus (sohaviy) printsiplarini mavjudligi ham nazariya uchun ham amaliyot uchun juda muhim" [10] deb hisoblaydi. Sohaviy printsiplarni amaliyotda keng qo'llash TQFni amaliy darajasini oshirib, tezkor-qidiruv tadbirlarini o'tkazishda yuzaga keladigan muammolarning echimini topishda yo'nalish vazifasini o'taydi. Quyida Tqfni sohasiga tegishli maxsus printsiplarni mazmun-mohiyatini tahlil qilamiz.
Konspirasiya printsipi. TQFning birinchi maxsus printsipi konspirasiya printsipidir. Bu shuni anglatadiki, barcha tezkor-qidiruv tadbirlari, zaruratdan kelib chiqqan holda oshkora va nooshkora usullarda amalga oshirilishi mumkin. Bunday holda, tezkor-qidiruv tadbirlarini tashkil etish va taktikasi, ushbu tezkor-qidiruv tadbirlarini o'tkazishda foydalaniladigan kuchlar, vositalar, usullar, manbalar, rejalar va natijalar to'g'risidagi barcha ma'lumotlar davlat sirini tashkil etadi. Konspirasiya atamasi lotincha conspiratio - til biriktirish, fitna; nolegal yashirin tashkilotlarning o'z ishini (faoliyatini) sir tutish va a'zolarini yashirish uchun qo'llangan usuli, chora-tadbirlari [24, B.401.] ma'nosini anglatadi. Tqfning o'ziga xos razvedka xususiyati konspirapsiya printsipi asosida tuzilgan, shuning uchun TQF nazariyasida u an'anaviy ravishda maxsus printsiplar guruhiga kiritilgan. Konspirapsiya printsipining mohiyati TQF jarayonida jinoyatlarni aniqlash, fosh etish taktikalarini jinoyat sodir etishga tayyorgarlik ko'rayotgan, rejalashtirayotgan shaxslardan sir tutishga imkon beradigan qoida, usullardan foydalanish zarurligini va qonuniyligini anglatadi[21]. Mazkur printsip mazmun-mohiyatiga ko'ra, TQF amaliyotida maxsus tizimni tashkil qilib, qonuniylik; inson huquqlari va erkinliklarini hurmat qilish kabi konstitusiyaviy printsiplarni amalga oshirilishini ta'minlaydi.
N.Yu. Ponomarenko konspirasiya tushunchasiga quyidagi: "konspirasiya bu tezkor-qidiruv taktikasi tushunchasi tizimining elementlaridan biri bo'lib, davlat va xizmat sirlari bilan bog'liq ma'lumotlardan huquqni muhofaza qiluvchi organlarning faoliyatida jinoyatchilikka qarshi kurashish manfaatlarida foydalanish, saqlash, shuningdek, ularni tarqalishining oldini olishga aytiladi"[15] mazmunida huquqiy ta'rif beradi. Amaliyotda konspirasiya printsipidan asosan TQFga ko'maklashuvchi fuqarolar bilan jinoyat prosessining bosqichlarida hamkorlik qilishda, o'tkazilish xususiyatidan kelib chiqqan holda (ruxsat shart bo'lmagan, TQF organ rahbarining ruxsati va sanktsiya asosida)tezkor-qidiruv tadbirlarini amalga oshirishda foydalaniladi. Konspirasiya printsipi tushunchasining mazmunini o'rganish asosida birinchidan, konspirasiya printsipi tezkor-qidiruv tadbirlarini o'tkazishda foydalaniladigan kuch, vosita, usul, manba, reja va natijalar to'g'risidagi ma'lumotlarni o'zida qamrab olishi; ikkinchidan, ushbu printsip Tqfning tizimini tashkil etishi; uchinchindan, konspirasiya printsipiga amal qilish konstitusiyaviy printsiplarga to'liq rioya etish ta'minlanishini tushundik. Sodda qilib aytganda, konspirasiya printsipi bu maxfiylikka amal qilish, jinoyatlarni oldini olish,
EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE
Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz
aniqlash va fosh etishda, qidiruv ishini amalga oshirishda TQFning taktikasi va usullarini oshkor qilmaslik tushuniladi.
Tadqiqot ishi doirasida o'rganilgan Ukraina (4-m), Qozog'iston (3-m), Rossiya (3-m), Qirg'iziston (4-m), Ozarbayjon (3-m), Litva (4-m), Armaniston (5-m), Tojikiston (4-m), Moldova (3-m), Belarus (5-m) kabi 10 ta davlatlar "tezkor-qidiruv faoliyati to'g'risida" qonunlarida printsipga bag'ishlangan normalar belgilangan bo'lib, Tqfni amalga oshirishda konspirasiya printsipi alohida ahamiyat kasb etadi. 2015 yil 15 iyulda qabul qilingan Belarus Respublikasi "tezkor-qidiruv faoliyati to'g'risida"gi qonunning 8-moddasida konspirasiya printsipi tushunchasi oddiy, sodda va tushunarli tarzda bayon etilgan. Bugungi kunda amaliyotda TQF materiallaridan jinoyat prosessining ishni sudga qadar yuritish va sud bosqichida foydalanish bilan bog'liq tashkiliy muammolar mavjud. Masalan, TQFga nooshkora ko'maklashuvchi fuqarolarni surishtiruv va tergovga jalb qilishda qonunda aniq mexanizmlarni ko'rsatilmaganligi, ushbu bo'shliqni bartaraf etishda konspirasiya printsipini mohiyatini to'g'ri tushunishni talab etadi. Tqfda konspirasiya printsipi mohiyatini to'liq tushunish va amaliyotda samarali qo'llash uchun uning asosiy xususiyatlarini o'zida aks etgan yagona tushunchani ishlab chiqish lozim deb hisoblaymiz.
O'zbekiston Respublikasining "Tezkor-qidiruv faoliyati to'g'risida"gi qonunning 8-moddasida bayon etilgan konspirasiya printsipi tushunchasining mohiyati to'liq yoritilmagan. Tqfda inson huquqlari va erkinliklarini ta'minlashda konspirasiya printsipining mazmun-mohiyati qonun normasida aniq bayon etilishi zarurdir.
Yuqorida bildirilgan fikrlarni atroflicha o'rganish va tahlil qilish asosida O'zbekiston Respublikasi "tezkor-qidiruv faoliyati to'g'risida"gi qonunning 8-moddasini quyidagi: "tezkor-qidiruv faoliyati konspirasiya printsipiga rioya etilgan holda, tezkor-qidiruv faoliyatining vazifalarini hal etishda qo'llaniladigan tezkor-qidiruv faoliyatini tashkil etish va taktikasi, kuchlari, vositalari, usullari, rejalari, tezkor-qidiruv ishining alohida xususiyati haqidagi ma'lumotlarni sir tutilishi, tezkor-qidiruv tadbirlarni o'tkazishning asoslariga doir axborotlarni olish, rasmiylashtirish, saqlash va undan qonunchilikda belgilangan tartibda jinoyat prosessining bosqichlarida foydalanish orqali amalga oshiriladi" tahrirda bayon etish taklif etiladi.
Oshkora va nooshkora usullarning uyg'unligi printsipi. Usullar uyg'unligi printsipi Tqfning mohiyatini aks ettiradi, mazkur faoliyatning o'ziga xos va ayni vaqtda jinoyatga qarshi yo'nalishdagi yuridik faoliyatning boshqa turlari (masalan, jinoyat-prosessual turi)dan farq qiluvchi jihati hisoblanadi[20, B.29.]. Jinoyatchilikka qarshi kurashishda oshkora va nooshkora usullarining uyg'unligi printsipi O'zbekiston Respublikasining "terrorizmga qarshi kurash to'g'risida"
(4-m) [26]; "tezkor-qidiruv faoliyati to'g'risida" (5, 9, 12, 14-m.); "Sud-tergov faoliyatida fuqarolarning huquq va erkinliklari kafolatlarini kuchaytirish bo'yicha chora-tadbirlar qabul qilinganligi munosabati bilan O'zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida" (1-m) [27]; "Davlat xavfsizligi xizmat to'g'risida"(31-m) [28] qonunlarning mazmunida belgilandi.
TQFda oshkora va nooshkora usullar deganda tezkor-qidiruv tadbirlariga tayyorgarlik ko'rish va o'tkazish jarayonida tezkor-taktik vazifalarni bajarish uchun qo'llaniladigan usul va yo'llar yig'indisi tushuniladi. Nooshkora usullar jinoyatlar sodir etilishiga imkon beruvchi sharoitlar, jinoyat sodir etishga moyil shaxslar haqida ma'lumot olishda eng samarali bo'lib,
EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE
Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz
avvalo, fuqarolarning tezkor xodimlar bilan nooshkora hamkorlik qilish jarayonida foydalaniladi. Oshkora usullarni qo'llanishi esa fuqarolarning ariza, shikoyatlari va takliflarini, profilaktik tadbirlar o'tkazishda, shuningdek, davlat organlarining hujjatlari, ommaviy axborot vositalarining materiallari, sudlar hukmlari va boshqalarni o'rganishda samarali hisoblanadi. Oshkora va nooshkora usullarning uyg'unligi printsipi asosan tezkor-qidiruv tadbirlarini o'tkazish uchun qo'llanilib, amaliyotda oshkora yoki yashirin ravishda tezkor-qidiruv tadbirlarini o'tkazishda fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini buzilish holatlari kuzatiladi. Ko'proq shaxsning konstitusiyaviy huquq va erkinliklarini cheklash bilan bog'liq nooshkora tezkor-qidiruv tadbirlari (telefon so'zlashuvlarini eshitish va boshq.)ni o'tkazishda, tadbirni o'tkazish muddatiga to'liq rioya qilmaslik holatlari kuzatiladi. Bunday holatlarni oldini olishda Tqfni nazorat qiluvchi sub'ektlar (TQF organ rahbari, prokuror, sud) maxsus vakolatli davlat organi bilan hamkorlik ishlari samarali tashkil etilishi lozim deb hisoblaymiz.
Shuningdek, Moldova Respublikasining "Tezkor-qidiruv faoliyati to'g'risida"gi qonunning 3-moddasida 6 ta printsiplar belgilangan bo'lib, boshqa davlat organlari bilan hamkorlik printsipi TQFni amalga oshirishda muhim tamoyil hisoblanadi. O'zbekiston Respublikasining "tezkor-qidiruv faoliyati to'g'risida" qonunning 12, 15, 18, 281-moddalarida nazarda tutilgan hamkorlikka oid qoidalarga to'liq rioya qilinishini ta'minlashni taqozo etmoqda. Ma'lumot o'rnida shuni aytish joizki, hozirda axborot-kommunikasiyalari va texnologiyalari shiddat bilan rivojlanayotgan davrda, Tqfni amalga oshiruvchi organlar qonun bo'yicha maxsus vakolatli davlat organlarini kuchlari, vositalarining imkoniyatlaridan unumli foydalanib Tqfning vazifalarini samarali hal etishda o'zaro hamkorlikda abonentlar va abonent qurilmalari o'rtasida bog'lanishlar to'g'risida axborot olish tezkor-qidiruv tadbirlari o'tkazilib kelinmoqda. Ushbu amaliy harakat "tezkor-qidiruv faoliyati to'g'risida"gi qonunning normasida ichki, mahalliy darajada hamkorlik sifatida aks ettirilmagan. Shu bois, birinchi navbatda "tezkor-qidiruv faoliyati to'g'risida"gi qonunga hamkorlikka oid quyidagi: "91-modda. Hamkorlik printsipi. tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlar tezkor-qidiruv faoliyatining vazifalarini hal etishda nodavlat notijorat tashkilotlar, fuqarolik jamiyati institutlari, fuqarolar, davlat boshqaruv organlari tizimidagi barcha barcha tuzilmalari bilan o'zaro, shuningdek, chet el davlatlarning huquqni muhofaza qiluvchi turdosh organlari bilan xalqaro hamkorlik amalga oshirilib, hamkorlikni shakli va tartibi qonunchilikka binoan belgilanadi" mazmunida prim norma bilan to'ldirish taklif etiladi.
Yuqorida bildirilgan fikrlardan kelib chiqan holda TQFda inson huquq va erkinliklarini ta'minlashda printsiplarni quyidagi guruhlarga:
birinchiguruh: Konstitusiyaviy printsiplar - qonuniylik va inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari ustuvorligi; korxona, muassasa, tashkilotlar, tadbirkorlik sub'ektlarini huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish;
ikkinchi guruh: sohaviy printsiplar - konspirasiya; oshkora va nooshkora usullar uyg'unligi;
uchinnchi guruh: tashkiliy printsiplar - kasb etikasi hamda hamkorlik printsiplarga tasniflanishi taklif etiladi.
Bizning nazarimizda, TQFga oid printsiplar ro'yxatini kengaytirish, ushbu faoliyatning nazariyasi hamda amaliyotini rivojlanishiga, ichki ishlar organlari tezkor bo'linmalari tomonidan inson huquqlari va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini ta'minlanishiga xizmat qiladi.
EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE
Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz
References:
1. Бабичев Д.А. Принцип законности в оперативно-розыскной деятельности: проблемы толкования // Юридическая техника. 2020. №14. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/printsip-zakonnosti-v-operativno-rozysknoy-deyatelnosti-problemy-tolkovaniya (дата обращения: 04.01.2024).
2. Bobomurodov F.B. Tezkor-qidiruv faoliyatining muhim printsiplari //Models and methods in modern science. - 2023. - T. 2. - №. 2. - S. 179-182.
3. Закон Республики Украины от 18 февраля 1992 г. № 2135-XII «Об оперативно-розыскной деятельности» // Электрон манба: http: // online. zakon.kz. (мурожаат ва;ти:
05.12.2023).
4. Закон Республики Казахстан от 15 сентября 1994 г. № 13 «Об оперативно-розыскной деятельности» // https: // online.zakon.kz. (Электрон манбага мурожаат ;илинган ва;т: 06.01.2024).
5. Закон Кыргызской Республики от 16 октября 1998 года № 131 «Об оперативно-розыскной деятельности» http://cbd.minjust.gov.kg/ (Электрон манбага мурожаат ;илинган ва;т: 08.01.2024).
6. Закон Литовский Республики от 20 июня 2002 г. № IX-965 Вильнюс «Об оперативной деятельности» // https://e-seimas.lrs.lt/ (Электрон манбага мурожаат ;илинган ва;т: 09.01.2024).
7. Закон Республики Таджикистан от 25 марта 2011 года № 687 «Об оперативно-розыскной деятельности» http: // www. http://ncz.tj/content (Электрон манбага мурожаат ;илинган ва;т: 10.01.2024).
8. Закон Республики Молдова от 29 марта 2012 года №59 «О специальной розыскной деятельности» // https://base.spinform.ru (Электрон манбага мурожаат ;илинган ва;т:
11.01.2024).
9. Закон Республики Беларусь от 15 июля 2015 года №307-З «Об оперативно-розыскной деятельности» // https://base.spinform.ru/ (Электрон манбаага мурожаат ;илинган ва;т: 12.01.2024).
10. Каверзнев А.В. Специальные принципы осуществления оперативно-розыскной деятельности: Вестник магистратуры. 2019. № 11-2 (98) С.127-128. ISSN 2223-4047 УДК 340.
11. Karimov V. O'zbekiston Respublikasining tezkor-qidiruv faoliyati to'g'risida"gi qonuniga ilmiy-amaliy sharh / V.Karimov: mas'ul muharrirlar E.T. Yuldashev, E.V. Kolenko. - Toshkent, 2021. - B.47.
12. Karimov Vahobjon tezkor-qidiruv faoliyati va inson huquqlari: monografiya. - T., 2019. -152 b.
13. Карташов В. Н. Принципы права (некоторые аспекты понимания и классификации) // Юридические записки Ярославского госуниверситета им. П. Г. Демидова. 1999. Вып. 3. С. 3.
14. Каймульдинов Е.Е. Принципы оперативно-розыскной деятельности (по материалам Республики Казахстан): Автореф. дис... канд. юрид. наук. - Москва., 2005. -32 с.
EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE
Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz
15. Пономаренко Н. Ю. Понятие принципа конспирации оперативно-розыскной деятельности // Известия Тул ГУ. Экономические и юридические науки. 2016. №3-2. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/ponyatie-printsipa-konspiratsii-operativno-rozysknoy-deyatelnosti (дата обращения: 05.01.2024).
16. Представляется, что довольно удачное наименование схожего принципа в уголовном процессе ввел профессор В. Т. Томин (1965 г.) - «принцип участия народного элемента в уголовном судопроизводстве». См.: Томин В. Т. Избр. тр. С. 37-39.
17. Томин В. Т., Попов Н. П. Эффективное уголовное судопроизводство: управленческие, социальные и правовые аспекты. Пятигорск, 2003. С.81.
18. Tezkor-qidiruv huquqi: ma'ruzalar kursi /mas'ul muharrir A.A. Xamdamov - T.: O'zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2018. - 206 b.
19. Федеральный закон Российская Федерация от 12 августа 1995 года № 144-ФЗ «Об оперативно-розыскной деятельности» // http: // www.Consultant.ru. (Электрон манбага мурожаат ;илинган ва;т: 07.01.2024).
20. Хамдамов А.А., Саитбаев Т.Р., Гордеев С.Н., Рашитходжаев Р.Т. Узбекистон Республикасининг «ТКф тугрисида»ги ;онунига шарх / Масъул мухаррир Ш.Т. Икрамов. - Т.: Узбекистон Республикаси ИИВ Академияси, 2015. - 236 б.
21. Цибарт Е.Э., Пашкова Е. П., Самарцева А.Е. Понятие принципа конспирации в оперативно-розыскной деятельности // Вопросы науки и образования. 2019. №8 (54). URL: https://cyberleninka.ru/article/n/ponyatie-printsipa-konspiratsii-v-operativno-rozysknoy-deyatelnosti (дата обращения: 13.01.2024).
22. Шатохин И.Д. Принцип уважения и соблюдения прав и свобод человека и гражданина в оперативно-розыскной деятельности: Дис... канд. юрид. наук. - Барнаул., 2018. - 210 с.
23. Шатохин И.Д., Чечетин А.Е. Принцип уважения и соблюдения прав и свобод человека и гражданина в оперативно-розыскной деятельности: монография / И.Д. Шатохин, А.Е. Чечетин. - Барнаул: Барнаульский юридический институт МВД России, 2020. - С.186-191.
24. O'zbek tilining izohli lug'ati: 80000 ga yaqin so'z va so'z birikmasi. J.II. K- tartibli/ mas'ul muharrir A.Madvaliev. - T.: "Ozbekiston nashriyoti" davlat unitar korxonasi, 2020. - 688 b.
25. O'zbek tilining izohli lug'ati: 80000 ga yaqin so'z va so'z birikmasi. J.III.P- tartibli/ mas'ul muharrir A.Madvaliev. - T.: "Ozbekiston nashriyoti" davlat unitar korxonasi, 2020. - 688 b.
26. O'zbekiton Respublikasining 2000 yil 15 dekabrdagi 167-II-son "terrorizmga qarshi kurashish to'g'risida"gi Qonuni // http://www.lex.uz. (elektron manbaga murojaat qilingan vaqt: 13.01.2024).
27. O'zbekiton Respublikasining 2018 yil 4 apreldagi O'RQ-470-son "sud-tergov faoliyatida fuqarolarning huquq va erkinliklari kafolatlarini kuchaytirish bo'yicha chora-tadbirlar qabul qilinganligi munosabati bilan O'zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida"gi Qonuni // http://www.lex.uz. (elektron manbaga murojaat qilingan vaqt: 14.01.2024).
28. O'zbekiton Respublikasining 2018 yil 5 apreldagi O'RQ-471-son "Davlat xavfsizlik xizmati to'g'risida"gi Qonuni // http://www.lex.uz. (elektron manbaga murojaat qilingan vaqt: 14.01.2024).