Научная статья на тему 'NODAVLAT NOTIJORAT TASHKILOTLARINING KONSTITUSIYAVIY HUQUQLARI'

NODAVLAT NOTIJORAT TASHKILOTLARINING KONSTITUSIYAVIY HUQUQLARI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

9
3
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
nodavlat notijorat tashkilotlari / huquq / qonun / ustav / umumiy huquq / maxsus huquq / tashabbus / taklif / foyda olish / tadbirkorlik / murojaat qilish / mulkka ega bo„lish / jamoatchilik nazorati / yer egalari / qonun ijodkorligi / qonun loyihalari / muhokama.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Djaxongir Djabbarovich Shirinov

Maqolada nodavlat notijorat tashkilotlari huquqlari manbaalari, ular huquqlarining umumiy va maxsus turlarga bo„linishi hamda har bir huquqdan foydalanishning o„ziga xos xususiyatlari ochib berilgan, shuningdek nodavlat notijorat tashkilotlariga maxsus huquqlarni berish zarurati, O„zbekiston Respublikasi yangi tahrirdagi Konstitusiyasidan kelib nodavlat notijorat tashkilotlarining umumiy huquqlari doirasini yanada kengaytirish masalalari chuqur tahlil etilgan hamda mavzuga oid mualliflik takliflari berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «NODAVLAT NOTIJORAT TASHKILOTLARINING KONSTITUSIYAVIY HUQUQLARI»

„ , , , . , , . .. , . O'zbekiston - 2030 strategiyasi:

Toshkent davlat lqtisodiyot universiteti . . ,. . , , , . . , . , -

inson salohiyatini ro yobga chiqarish imkoniyatlari

m ■■ .C..TJ- v rv ■ Uzbekistan - 2030 Strategy:

Tashkent State University of Economics ^ „ „ n »• ff n . ?• >

Opportunities to Realize Human Potential

NODAVLAT NOTIJORAT TASHKILOTLARINING KONSTITUSIYAVIY

HUQUQLARI

Djaxongir Djabbarovich Shirinov

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi qo'mita raisi [email protected] j .shirinov@mail .ru

ANNOTATSIYA

Maqolada nodavlat notijorat tashkilotlari huquqlari manbaalari, ular huquqlarining umumiy va maxsus turlarga bo'linishi hamda har bir huquqdan foydalanishning o'ziga xos xususiyatlari ochib berilgan, shuningdek nodavlat notijorat tashkilotlariga maxsus huquqlarni berish zarurati, O'zbekiston Respublikasi yangi tahrirdagi Konstitusiyasidan kelib nodavlat notijorat tashkilotlarining umumiy huquqlari doirasini yanada kengaytirish masalalari chuqur tahlil etilgan hamda mavzuga oid mualliflik takliflari berilgan.

Kalit so'zlar: nodavlat notijorat tashkilotlari, huquq, qonun, ustav, umumiy huquq, maxsus huquq, tashabbus, taklif, foyda olish, tadbirkorlik, murojaat qilish, mulkka ega bo'lish, jamoatchilik nazorati, yer egalari, qonun ijodkorligi, qonun loyihalari, muhokama.

Huquq - insonlarning jamiyatdagi munosabatlarini tartibga soladigan, davlat tomonidan o'rnatiladigan va muhofaza qilinadigan norma va qoidalar majmuidir. Odamlar aynan huquqlari yordamida o'zlarining turli manfaatlarini qondirib boradilar.

Huquqning davlat tomonidan o'rnatilgan normalardan iborat bo'lishi aslida deyarli barcha yuridik adabiyotlar va lug'atlarda aks etgan. Darhaqiqat, O'zbekiston Respublikasida fuqarolar va tashkilotlarning turli sohadagi huquqlari O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi va qonunlarida, qator qonunosti hujjatlarida aks etgan.

Aytish joizki, mamlakatimiz tarixida birinchi marotaba "nodavlat notijorat tashkilotlari" so'zi O'zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Konstitusiyasida aks ettirildi. Ilgarigi (1992 yilda qabul qilingan) Konstitusiyada faqatgina "jamoat birlashmalari" so'zlaridan foydalanib kelingan edi. Buning asosiy sababi mamlakat Konstitusiyasi qabul qilingan o'sha vaqtda "Nodavlat notijorat tashkilotlari to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Qonuni mavjud emas edi. Aksincha,

264

Tashkent State University of Economics

Konstitusiya qabul qilinishidan oldinroq, ya'ni 1991 yilda "O'zbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari to'g'risida"gi[1] Qonun qabul qilingan.

Yangi tahrirdagi Konstitusiyaning 72-moddasida davlat nodavlat notijorat tashkilotlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini ta'minlashi, ularga jamiyat hayotida ishtirok etish uchun teng huquqiy imkoniyatlar yaratishi mustahkamlandi.

Shu bilan birga, aytish joizki nodavlat notijorat tashkilotlarining huquqlari faqatgina Konstitusiya va qonunlar bilan cheklanib qolmaydi.

Masalan, A.Yu.Sokolovaning fikricha, tashkilotning huquqlari orasida qonunda belgilangan huquqlar bilan birgalikda, qonunda belgilanmasdan tashkilotning ustav qoidalarida nazarda tutilgan huquqlarni ham alohida ajratib ko'rsatish lozim. Albatta, ustavning bunday qoidalari qonunlarga zid bo'lmasligi lozim, bu esa tashkilotni davlat ro'yxatidan o'tkazish jarayonida tekshirib ko'riladi[2].

Darhaqiqat, normativ-huquqiy hujjatlarda belgilanmagan huquqlar ham bo'lishi mumkin. Masalan, "Nodavlat notijorat tashkilotlari to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Qonunining 17-moddasiga muvofiq, nodavlat notijorat tashkilotlari a'zolarining huquq va majburiyatlari tegishli nodavlat notijorat tashkiloti ustavida ko'rsatiladi[3].

Xuddi shunday, "O'zbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Qonunining 15-moddasiga muvofiq, jamoat birlashmalarining huquqlari ularning ustavlarida qayd etiladi[4].

Ta'kidlash joizki, nodavlat notijorat tashkilotlarining huquqlarini quyidagi 2 turga bo'lish mumkin:

birinchisi, nodavlat notijorat tashkilotlarining umumiy huquqlari;

ikkinchisi, nodavlat notijorat tashkilotlarining maxsus huquqlari.

Nodavlat notijorat tashkilotlarining umumiy huquqlaridan barcha nodavlat notijorat tashkilotlari foydalana oladi. Masalan, "Nodavlat notijorat tashkilotlari to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Qonunining 7-moddasiga muvofiq, nodavlat notijorat tashkiloti quyidagi huquqlarga ega:

- o'z a'zolari va qatnashchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini ifodalash hamda himoya qilish;

- ijtimoiy hayotning turli masalalariga doir tashabbuslar bilan chiqish, davlat hokimiyati va boshqaruv organlariga takliflar kiritish;

- davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining qarorlarini ishlab chiqishda qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda ishtirok etish;

- o'z faoliyati to'g'risida axborot tarqatish;

265

Tashkent State University of Economics

- ommaviy axborot vositalarini ta'sis etish hamda belgilangan tartibda noshirlik faoliyatini amalga oshirish;

- ustavda belgilangan vazifalarni bajarish uchun tadbirkorlik tuzilmalarini tashkil etish;

- o'z ramziy belgilarini ta'sis etish;

- o'z faoliyatiga taalluqli masalalar yuzasidan yig'ilishlar, konferensiyalar o'tkazish;

- qonunchilikka muvofiq vakolatxonalar ochish va filiallar tashkil etish.

Nodavlat notijorat tashkilotlarining o'z a'zolari va qatnashchilarining huquq va

qonuniy manfaatlarini ifodalash hamda himoya qilish tartiblari asosan ularning ustavlarida belgilanadi. Shu bilan birga ayrim nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan o'z a'zolari va qatnashchilari huquq va qonuniy manfaatlarini ifodalash hamda himoya qilishning o'ziga xos xususiyatlari alohida qonunlar bilan tartibga solingan. Masalan, kasaba uyushmalari tomonidan o'z a'zolarining huquqlarini ifodalash hamda himoya qilishi bilan bog'liq qoidalar "Kasaba uyushmalari to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Qonunida[5] va O'zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksida[6] o'z aksini topgan.

Milliy qonunchilikda nodavlat notijorat tashkilotlarining davlat organlariga takliflar kiritishi, davlat organlarining qarorlarini ishlab chiqishda ishtirok etishi tartiblari "Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to'g'risida"gi Qonunda[7], "Ijtimoiy sheriklik to'g'risida"gi Qonunda[8], "Jamoatchilik nazorati to'g'risida"gi Qonunda[9] va boshqa qator qonunlarda o'z aksini topgan.

Aytish joizki, nodavlat notijorat tashkilotining o'z faoliyati to'g'risida axborot tarqatishi, uning konstitusiyaviy huquqlaridan biri hisoblanadi. Jumladan, yangi tahrirdagi O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 33-moddasiga muvofiq har kim istalgan axborotni izlash, olish va tarqatish huquqiga ega. Qolaversa, Konstitusiyaning ushbu moddasiga muvofiq davlat Internet jahon axborot tarmog'idan foydalanishni ta'minlash uchun shart-sharoitlar yaratish majburiyatini zimmasiga olgan[10].

Navbatdagi masala, nodavlat notijorat tashkilotlarining tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish huquqini ro'yobga chiqarish bilan bog'liq. Bunda nodavlat notijorat tashkilotlari 2 ta usul orqali tadbirkorlik faoliyatini yo'lga qo'yishi mumkin.

Birinchisi, nodavlat notijorat tashkilotlari alohida tadbirkorlik sub'ektini tashkil etmasdan ham bevosita foyda olish faoliyati bilan shug'ullanishi mumkin. Biroq, ular o'z ustav maqsadlariga mos keladigan doiralardagina tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanishi mumkin. Masalan, tibbiyot xodimlarining huquq va erkinlarini ifoda

266

Tashkent State University of Economics

etish uchun tuzilgan jamoat birlashmasi sohaga taalluqli pulli o'quv kurslarini tashkil etishi, maslahatlar berishi, tibbiy jurnallarda belgilangan tartibda reklamalar joylashtirib borishi va hokazolarni amalga oshirishi mumkin, biroq hech qachon pulli "avtopoygalar yoki yakkakurashlar shousi"ni tashkil etish bilan shug'ullanmasligi lozim. Chunonchi, foyda olish (tadbirkorlik) nodavlat notijorat tashkiloti uchun qo'shimcha faoliyat turi bo'lib, u nodavlat notijorat tashkilotining asosiy maqsad va vazifalari sirasiga kirmaydi.

Shu bois, qo'shimcha faoliyat turi ham tashkilotning asosiy maqsadiga muvofiq kelishi kerak.

Ikkinchisi, nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan tadbirkorlik tuzilmalarini tashkil etish huquqidir. Bunda nodavlat notijorat tashkilotlari boshqa ta'sischilar kabi umumiy tartibda O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi[11], "Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to'g'risida"gi Qonun[12], Tadbirkorlik sub'ektlarini davlat ro'yxatidan o'tkazish tartibi to'g'risida Nizom[13] hamda boshqa qator normativ-huquqiy hujjatlar talabiga to'liq rioya etgan holda tadbirkorlik sub'ektini tashkil etishi mumkin.

Shu bilan birga, nazarimizda Qonunda nodavlat notijorat tashkilotlarining umumiy huquqlari to'liq sanab o'tilmagan. Binobarin, yangi tahrirdagi O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasida barcha shaxslarning hech qanday to'siqsiz foydalanishi mumkin bo'lgan huquqlari mavjud. Misol uchun, davlat organlariga murojaat qilish, o'z huquq va erkinliklarini himoya qilish va hokazo[14]. Aslida bunday huquqlardan har qanday nodavlat notijorat tashkilotlari ham erkin foydalanishi mumkin.

Bundan tashqari, "Davlat boji to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq barcha nodavlat notijorat tashkilotlari - o'z huquq va qonuniy manfaatlarini buzayotgan davlat organlarining g'ayriqonuniy qarorlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan sudga davlat bojini to'lamasdan shikoyat qilish huquqiga ega[15].

Qolaversa, "Jamoatchilik nazorati to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq nodavlat notijorat tashkilotlari davlat organlarining va ular mansabdor shaxslarining faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini olib borish huquqiga ega.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, nodavlat notijorat tashkilotlarining qonunchiligimizda sanab o'tilgan umumiy huquqlari doirasini quyidagilar asosida yanada kengaytirish lozim:

267

Tashkent State University of Economics

- davlat organlariga hamda tashkilotlariga, fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlariga, mansabdor shaxslarga yoki xalq vakillariga arizalar, takliflar va shikoyatlar bilan murojaat qilish;

- sudda, boshqa organlar va tashkilotlarda o'z manfaatlarini ifoda etish hamda himoya qilish;

- o'z huquq va erkinliklarini qonunda taqiqlanmagan

barcha usullar bilan himoya qilish;

- mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar asosida mulkka ega bo'lish;

- qulay atrof-muhitga, uning holati to'g'risidagi ishonchli axborotga ega bo'lish;

- davlat organlari va ular mansabdor shaxslarining faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini olib borish;

- xalqaro aloqalar o'rnatish, hamkorlik to'g'risida bitimlar tuzish hamda xalqaro dasturlar va loyihalarda ishtirok etish.

Ayrim nodavlat notijorat tashkilotlari umumiy huquqlar bilan bir qatorda maxsus huquqlarga ham ega bo'lishadi. Maxsus huquqlar nodavlat notijorat tashkilotlariga ularning faoliyat sohasi va boshqa belgilaridan kelib chiqib alohida qonunlar bilan beriladi. Masalan, O'zbekiston Respublikasi Saylov kodeksiga muvofiq deputatlikka nomzodlar ko'rsatish huquqiga faqat siyosiy partiyalar egadir[16].

Xuddi shunday, "Tomorqa xo'jaligi to'g'risida"gi Qonunga muvofiq O'zbekiston fermer, dehqon xo'jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi qishloq xo'jaligi mahsulotlariga bo'lgan talabni hisobga olgan holda ularni yetishtirish (qayta ishlash) masalalariga doir tavsiyalarni ishlab chiqishi hamda bepul va pulli asosda tomorqa xo'jaliklariga taqdim etishi mumkin[17]. Bundan tashqari, O'zbekiston Respublikasi Yer kodeksiga muvofiq O'zbekiston fermer, dehqon xo'jaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari o'z a'zolari bo'lgan fermer, dehqon xo'jaliklariga hamda tomorqa yer egalariga tegishli yer uchastkalaridan maqsadli va samarali foydalanish zarurligi to'g'risida ko'rsatmalar berishga haqli[18].

Ayrim olimlar nodavlat notijorat tashkilotlarining qonun ijodkorligi jarayonida ishtirok etish huquqini e'tirof etib, uni quyidagi shakllarda namoyon bo'lishini ta'kidlashgan:

- qonunchilik tashabbusi huquqi sub'ektiga murojaat qilgan holda muayyan qonunni qabul qilishni taklif etish hamda uning loyihasini taqdim etish;

- parlamentdagi ekspertlik va ishchi guruhlari tarkibida ishtirok etish;

268

Tashkent State University of Economics

- xalq vakillari orqali muayyan qonunni qabul qilish masalasini ko'tarib chiqish;

- qonun loyihalarini jamoatchilik ekspertizasini o'tkazish[19].

Aytish joizki, O'zbekistonda nodavlat notijorat tashkilotlarining qonun ijodkorligi jarayonidagi huquqlarini amalga oshirishning o'ziga xos xususiyatlari mavjud. Masalan, "Advokatura to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq Advokatlar palatasining raisi O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qonun loyihalarini muhokama qilish bo'yicha majlislarida ishtirok etishga va ular yuzasidan fikr-mulohazalar bildirishga haqli[20].

Xuddi shunday, "O'zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishga ta'sir qiladigan masalalarga doir normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalari majburiy tartibda Savdo-sanoat palatasi bilan kelishiladi. Bunda, Savdo-sanoat palatasi normativ-huquqiy hujjat loyihasining mazmuniga umuman yoki uning biror qismiga rozi bo'lmagan taqdirda, normativ-huquqiy hujjatni qabul qiladigan organga tegishli xulosa kiritishga haqli.

Ta'kidlash joizki, nodavlat notijorat tashkilotlariga alohida qonunlar bilan maxsus huquqlarning berilishi davlat zimmasidagi ayrim vazifalarni ham xolis, shaffof, sifatli, samarali hamda kamxarj tarzda amalga oshirish imkonini beradi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari to'g'risida: O'zbekiston Respublikasi Qonuni // O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi . - 1991 . - № 4 . 76-modda.

2. Административное право Российской Федерации: учебник / под ред. А.Ю. Соколова. М., 2018. С. 170.

3. "Nodavlat notijorat tashkilotlari to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Qonuni/ O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999 yil, № 5, 115-modda.

4. "O'zbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Qonuni/ O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1991 y., 4-son, 76-modda.

5. "Kasaba uyushmalari to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Qonuni/Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 07.12.2019 y., 03/19/588/4115-son.

6. O'zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi/ Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 29.10.2022 y., 02/22/798/0972-son

269

Tashkent State University of Economics

7. "Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Qonuni /«Xalq so'zi» 2017 yil 12 sentyabrdagi 182 (6876)-son.

8. "Ijtimoiy sheriklik to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Qonuni/ O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2014 y., 39-son, 488-modda.

9. "Jamoatchilik nazorati to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Qonuni //Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 13.04.2018 y., 03/18/474/1062-son.

10. "O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi to'g'risida" O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyaviy Qonuni/Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 01.05.2023 y., 03/23/837/0241 -son.

11. "O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining birinchi qismini tasdiqlash to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Qonuni O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996 yil, 2-songa il ova.

12. "Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Qonuni/ «Xalq so'zi» gazetasining 2012 yil 3 maydagi 86 (5506)-soni.

13. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «Tadbirkorlik sub'ektlarini davlat ro'yxatidan o'tkazish va hisobga qo'yish tizimini takomillashtirish to'g'risida» 2016 yil 28 oktyabrdagi PQ-2646-son qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 2017 yil 9 fevraldagi 66-son qaroriga 1-ilova/ O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2017 y., 7-son, 89-modda, 29-son, 693-modda, 33-son, 863-modda, 38-son, 1049-modda.

14. "O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi to'g'risida" O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyaviy Qonuni/Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 01.05.2023 y., 03/23/837/0241 -son.

15. "Davlat boji to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Qonuni / Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 07.01.2020 y., 03/20/600/0023-son.

16. O'zbekiston Respublikasi Saylov kodeksi /Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 26.06.2019 y., 03/19/544/3337-son.

17. "Tomorqa xo'jaligi to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Qonuni/Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 02.04.2021 y., 03/21/681/0264-son.

18. "O'zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Qonuni/ Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 05.04.2019 y., 03/19/533/2885-son.

19. Бочарова С.Н. Роль общественных объединений в защите прав человека // Вестник Московского университета. Сер.11: Право. 1997. № 1. С. 103-104.

20."Advokatura to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Qonuni /O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997 y., 2-son, 48-modda.

270

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.