Научная статья на тему 'INSON HUQUQ VA ERKINLIKLARINI HIMOYA QILISH KAFOLATLARI TIZIMIDAGI SO‘NGGI O‘ZGARISHLAR'

INSON HUQUQ VA ERKINLIKLARINI HIMOYA QILISH KAFOLATLARI TIZIMIDAGI SO‘NGGI O‘ZGARISHLAR Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
14
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Instansiya / apellatsiya / kassatsiya / taftish / ma’muriy huquqbuzarlik / tergov faoliyati / farmon / shaxsiy daxlsizlik / jinoyat ishi / tergov sudyasi / qonuniy vakil / advokat / jabrlanuvchi / prokuror / majburlov choralari / iltimosnoma / protest / tergov organlari. / :Instance / appeal / cassation / inspection / administrative offense / investigative activity / decree / privacy / criminal case / investigating judge / legal representative / lawyer / victim / prosecutor / coercive measures / petition / protest / investigative bodies.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — O‘rmanova M. D.

ushbu maqola “Tezkor – qidiruv hamda tergov faoliyatida shaxsning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirish chora – tadbirlari to‘g‘risida” gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF 89 – sonli Farmoni yuzasidan keltirilgan ma’lumotlar haqida. Maqolada tergov sudyasining vakolatiga kirishi belgilangan ishlar haqida ma’lumotlar keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

RECENT CHANGES IN THE SYSTEM OF GUARANTEES FOR THE PROTECTION OF HUMAN RIGHTS AND FREEDOMS

Information about the Decree of the President of the Republic of Uzbekistan No. PF 89 "On measures to further strengthen the guarantees of reliable protection of the rights and freedoms of the individual in rapid search and investigative activities." The article contains information about the cases under the jurisdiction of the investigative judge.

Текст научной работы на тему «INSON HUQUQ VA ERKINLIKLARINI HIMOYA QILISH KAFOLATLARI TIZIMIDAGI SO‘NGGI O‘ZGARISHLAR»

O'rmanova M.D.

Andijon qishloq xo jaligi va agrotexnologiyalar instituti Yurisprudensiya 4-108-guruh talabasi

INSON HUQUQ VA ERKINLIKLARINI HIMOYA QILISH

KAFOLATLARI TIZIMIDAGI SO'NGGI O'ZGARISHLAR

Anontatsiya: ushbu maqola "Tezkor - qidiruv hamda tergov faoliyatida shaxsning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirish chora - tadbirlari to'g'risida" gi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining PF 89 - sonli Farmoni yuzasidan keltirilgan ma 'lumotlar haqida. Maqolada tergov sudyasining vakolatiga kirishi belgilangan ishlar haqida ma 'lumotlar keltirilgan.

Kalit so'zlar: Instansiya, apellatsiya, kassatsiya, taftish, ma'muriy huquqbuzarlik, tergov faoliyati, farmon, shaxsiy daxlsizlik, jinoyat ishi, tergov sudyasi, qonuniy vakil, advokat, jabrlanuvchi, prokuror, majburlov choralari, iltimosnoma, protest, tergov organlari.

O'rmanova M.D.

Andijan Institute of Agriculture and agrotechnologies Student of jurisprudence group 4-108

RECENT CHANGES IN THE SYSTEM OF GUARANTEES FOR THE PROTECTION OF HUMAN RIGHTS AND FREEDOMS

Abstract: Information about the Decree of the President of the Republic of Uzbekistan No. PF 89 "On measures to further strengthen the guarantees of reliable protection of the rights andfreedoms of the individual in rapid search and investigative activities." The article contains information about the cases under the jurisdiction of the investigative judge.

Key words:Instance, appeal, cassation, inspection, administrative offense, investigative activity, decree, privacy, criminal case, investigating judge, legal representative, lawyer, victim, prosecutor, coercive measures, petition, protest, investigative bodies.

Yurtimizda so'nggi yillarda olib borilayotgan barcha islohotlar inson huquq va erkinlarini himoya qilish kafolatlari tizimini takomillashtirish uchun olib borilmoqda. Chunki davlatimizda olib borilayotgan barcha islohot va o'zgarishlar "Inson qadri uchun" deb atalgan tamoyilga asosan bo'lmoqda. Bu tamoyilning tub ma'nosi ham qonunchilikning bizni qiynayotgan jabhalaridan biri bo'lmish shaxsning huquq va erkinliklari himoyasining kafolatlari tizimini qamrab oladi. Sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatida shaxsni har tamonlama davlat tomonidan kafolatli himoya qilish tizimini kuchaytirish va albatta aholining

barcha qatlamini huquqni muhofaza qiluvchi organlar tizimi faoliyatiga bo'lgan ishonchini mustahkamlash orqali erishiladi. Bu borada ko'plab qonun va qarorlar qabul qilinmoqda. Ulardan biri bu "Tezkor - qidiruv hamda tergov faoliyatida shaxsning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirish chora - tadbirlari to'g'risida" gi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-89 - sonli Farmonidir. Farmon mazkur yilning 10 -iyun kuni qabul qilindi. Bu Farmoni sud - tergov faoliyatida inson huquq va erkinliklarini himoya qilish kafolatlarini ta'minlash bo'yicha samarali mexanizmlar to'liq ishga solinmaganligi, shuningdek jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan shaxsning erkinlik va shaxsiy daxlsizlikka oid konstitutsiyaviy huquqlarini sud orqali ishonchli ta'minlash choralarini kuchaytirish zarurati5 kabi sabablarimiz bo'lgani uchun ham qabul qilindi.

Farmoning asosiy jihati tergov sudyasi lavozimining joriy qilinganidir. Tarixdan ma'lumki, hunarmandchilik bilan shug'ullanadigan kishilarning yillar o'tib, bir kishi bir turdagi mahsulotni boshidan oxirigacha qilganda emas, balki, bir nechta hunarmand mahsulotning turli qismlarini alohida bajarganida mahsulot ancha sifatli va chiroyli bo'lishi anglab yetishgan. Shu boisdan ham tergov faoliyatida ko'zga ko'ringan kamchiliklar bois tergov sudyasi lavozimi ham joriy etildi. Tergov sudyalari vakolatiga ma'muriy huquqbuzarlikka oid ishlarni ko'rish yuklatildi. Jinoyat ishlari bo'yicha sudga qadar ish yurituv davrida protsessual qarorlarga sanksiya berish masalasi ham tuman va shahar tergov sudyalari zimmasiga yuklatildi. Ma'muriy huquqbuzarliklar to'g'risidagi ishlarni qayta ko'rib chiqish tartibi amaldagidek qoladi. Ya'ni Ma'muriy javobgarlik kodeksining XXIV BOB. Ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi ish yuzasidan qaror (ajrim) ustidan shikoyat berish va protest bildirish deb nomlangan bobning 3242-moddasiga ko'ra, birinchi instansiya sudining qaroridan norozi bo'lgan taraflarning ishi Qoraqalpog'iston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari jinoyat ishlari bo'yicha tuman (shahar) sudlari tomonidan chiqarilgan ma'muriy huquqbuzarliklar to'g'risidagi qarorlarning qonuniyligi, asoslantirilganligi va adolatligini apellatsiya tartibida ko'rib chiqadi6. Mazkur kodeksning 3243-moddasida esa, apellatsiya shikoyatining berish muddati va tartiblari keltirib o'tilgan. Agar shaxs yoki jabrlanuvchi, ularning qonuniy vakillari, advokat va ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risida bayonnoma tuzgan organ sud hujjatlari ustidan apellatsiya tartibida shikoyat berish muddati o'tib ketgan bo'lsa, birinchi instasiya sudining qarori ustidan kassatsiya tartibida shikoyat berish huquqiga ega. Kassatsiya tartibida shikoyat berish tartibi va muddatlari, shikoyatni ko'rib chiqish muddatlari, shikoyatni qaytarib olish tartibi va kassatsiya instansiyasi sudining vakolatlari Ma'muriy javobgarlik kodeksining 32412 va 32422 -moddalarida keltirib

5 "Tezkor - qidiruv hamda tergov faoliyatida shaxsning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirish chora - tadbirlari to'g'risida" gi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining PF 89 - sonli Farmonidir

6 Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeks - 1994 yil 22 sentabr qabul qilingan

o'tilgan7. Ma'muriy huquqbuzarliklarga oid ishlarni taftish tartibida ko'rish tartibi jinoyat ishlari yuzasidan ko'rilayotgan ishlardan farq qiladi. Chunki jinoyat ishi apellatsiya va kassatsiya instansiya Jinoyat ishlari bo'yicha sudlov hay'atning viloyat sudida ko'rilgan bo'lsa, taftish instansiyasi ham viloyatda ko'riladi. "Sud qarorlarining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini tekshirish instituti takomillashtirilishi munosabati bilan O'zbekiston Respublikasining Jinoyat-prosessual kodeksiga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida"gi qonun qabul qilindi. Ushbu qonunga ko'ra, sud hukmlari, ajrimlari, qarorlarining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini tekshirishning umumiy shartlari takomillashtirildi. Jumladan, 2024 yil 1 yanvardan apellyasiya, kassatsiya va taftish instansiyalarini joriy qilish belgilandi8. Ma'muriy huquqbuzarlikka oid ishlarning apellatsiya va kassatsiya instansiya sudlari viloyat tartibida ko'rilib, bu ikki instansiya qarorlari ustidan taftish tartibida O'zbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari bo'yicha sudlov hay'ati tomonidan ko'riladi9. Bu bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenum Qarori ham qabul qilingan.

Tergov sudyasiga quyidagi jinoyat materiallarini, shu jumladan sanksiyalar va majburlov choralarini qo'llash masalasini ko'rib chiqish vakolati berilsin:

qamoqqa olish yoki uy qamog'i tarzidagi ehtiyot chorasini qo'llash bilan bog'liq iltimosnoma;

qamoqda saqlash yoki uy qamog'i muddatini uzaytirish masalalari bilan bog'liq, iltimosnoma;

pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to'xtatib turish to'g'risidagi iltimosnoma;

murdani eksgumatsiya qilish haqidagi iltimosnoma; pochta-telegraf jo'natmalarini xatlash to'g'risidagi iltimosnoma; tintuv o'tkazish haqidagi iltimosnoma;

telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan so'zlashuvlarni eshitib turish, ular orqali uzatiladigan axborotni olish haqidagi iltimosnoma;

mol-mulkni xatlash to'g'risidagi iltimosnoma;10

Endi quyida keltirilgan masalalar bo'yicha iltimosnomalarni ko'rib chiqish va tegishli tartibda berish vakolati tergov sudyasi vakolatiga qo'shildi. Ushlab turish muddatini 48 soatga qadar uzaytirish to'g'risidagi iltimosnoma va prokurorning guvoh va jabrlanuvchining (fuqaroviy da'vogarning) ko'rsatuvlarini

7 Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeks - 1994 yil 22 sentabr qabul qilingan

8 "Sud qarorlarining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini tekshirish instituti takomillashtirilishi munosabati bilan O'zbekiston Respublikasining Jinoyat-prosessual kodeksiga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida"gi Qonun O'RQ-869-son 27.09.2023.

9 Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeks - 1994 yil 22 sentabr qabul qilingan.

10"Tezkor - qidiruv hamda tergov faoliyatida shaxsning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirish chora - tadbirlari to'g'risida" gi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining PF 89 - sonli Farmonidir

oldindan mustahkamlash to'g'risidagi iltimosnomalar ham tergov sudyasi tomonidan beriladigan bo'ldi.

Quyidagilar tergov sudyasi faoliyatining asosiy yo'nalishlari etib belgilandi.

- qonunchilikda belgilangan tartibda tergov sudyasiga yuklatilgan vazifalarni adolatli va xolisona bajarish;

- qonun ustuvorligini, ijtimoiy adolatni, fuqarolar tinchligi va totuvligini ta'minlash;

- fuqarolar va yuridik shaxslarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini sud yo'li bilan samarali himoya qilish11.

Xulosa qilib aytadigan bo'lsam, bu farmon tergov faoliyatining biz yechimiz qiyin bo'lgan tomonlarini yechish yo'llarini ko'rsatib ham o'tdi. Bu Farmon va quyida aytib o'tilgan tergov sudyasining vakolati Qonunga muvofiq 2025 yil 1 yanvardan boshlanadi ya'ni tergov sudyasi shtat birligi beriladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Tezkor - qidiruv hamda tergov faoliyatida shaxsning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirish chora - tadbirlari to'g'risida" gi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining PF 89 - sonli Farmoni.

2. Ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi ishlarni apellatsiya, kassatsiya tartibida ko'rib chiqishning ayrim masalalari to'g'risida" gi O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining qarori, 25.03.2024 yildagi 8-son

3. Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeks - 1994 yil 22 sentabr qabul qilingan.

4. "Sud qarorlarining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini tekshirish instituti takomillashtirilishi munosabati bilan O'zbekiston Respublikasining Jinoyat-prosessual kodeksiga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida"gi Qonun O'RQ-869-son 27.09.2023.

11 Tezkor - qidiruv hamda tergov faoliyatida shaxsning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirish chora - tadbirlari to'g'risida" gi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining PF 89 - sonli Farmonidir

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.