Научная статья на тему 'O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN SUD HUQUQ ISLOHOTLAR'

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN SUD HUQUQ ISLOHOTLAR Текст научной статьи по специальности «Право»

CC BY
538
108
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Sud hokimyati / demokratik islohotlar / “bir sud – bir instansiya” / elektron sud / appelyatsiya / Konstitutsiya va qonunlar. / Judiciary / democratic reforms / "one court one instance" / electronic court / appeal / Constitution and laws.

Аннотация научной статьи по праву, автор научной работы — Matkarimov, Qudrat Qalandarovich, Ismatillayev, Og’abek Otabekovich

Mazkur maqolada Yangi O’zbekistonni barpo etishda amalga oshirilayotgan bir qator muhim islohotlar shu jumladan sud-huquq tizimidagi yangiliklar va Sud – zimmasiga davlat hokimyatining bo’g’inlaridan biri – Sud hokimyatini amalga oshirish yuklangan organ ekanligi haqida ma’lumotlar bayon etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

IMPLEMENTED IN THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN COURT LAW REFORMS

This article describes a number of important reforms implemented in the establishment of New Uzbekistan, including news in the judicial system and information about the fact that the Court is one of the branches of the state government the body entrusted with the implementation of judicial authority.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN SUD HUQUQ ISLOHOTLAR»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

О

R

VOLUME 2 | ISSUE 11 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN

SUD - HUQUQ ISLOHOTLAR

Matkarimov Qudrat Qalandarovich,

Toshkent davlat yuridik universiteti "Sud, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va advokatura" kafedrasi dotsent vazifasini bajaruvchisi, yuridik fanlari doktori.

E-mail: matkarimovkudrat79@gmail .com

Ismatillayev Og'abek Otabekovich

Toshkent davlat yuridik universiteti, Jinoiy odil sudlov fakulteti 1-bosqich talabasi. E-mail: [email protected]

Mazkur maqolada Yangi O 'zbekistonni barpo etishda amalga oshirilayotgan bir qator muhim islohotlar shu jumladan sud-huquq tizimidagi yangiliklar va Sud -zimmasiga davlat hokimyatining bo'g'inlaridan biri - Sud hokimyatini amalga oshirish yuklangan organ ekanligi haqida ma 'lumotlar bayon etilgan.

Kalit so'zlar: Sud hokimyati, demokratik islohotlar, "bir sud - bir instansiya", elektron sud, appelyatsiya, Konstitutsiya va qonunlar.

This article describes a number of important reforms implemented in the establishment of New Uzbekistan, including news in the judicial system and information about the fact that the Court is one of the branches of the state government - the body entrusted with the implementation of judicial authority.

Key words: Judiciary, democratic reforms, "one court - one instance", electronic court, appeal, Constitution and laws.

В данной статье описывается ряд важных реформ, осуществленных в учреждении Нового Узбекистана, в том числе новости в судебной системе и информация о том, что Суд является одной из ветвей государственной власти

- органом, на который возложена реализация судебных решений. орган власти.

Ключевые слова: Судебная власть, демократические реформы, «один суд

- одна инстанция», электронный суд, апелляция, Конституция и законы.

Bugun yurtimizda tarixan qisqa fursatda ya'ni o'z milliy mustaqilligimizga erishganimizdan buyon butunlay yangicha va shu jumladan o'ziga xos bo'lgan bir qator islohotlar ishlab chiqilayotgani va amalga tadbiq qilinayotganligini aytishga

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

АННОТАЦИЯ

KIRISH

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 11 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

tom ma'noda to'la haqqimiz bor. Bu kabi amalga oshirilayotgan islohotlardan ko'zlangan bir muhim maqsad bu - fuqarolarning qonun oldida tengligi, insonparvarlik, adolatlilik, qonun ustuvorligini ta'minlashga qaratilgandir.

Shu asnoda, Prezidentimizning 2020 - yil 29 - dekabr kuni Oliy Majlisga navbatdagi Murojaatnomasida yurtimizda qonun ustuvorligini ta'minlash va sud-huquq tizimini takomillashtirish masalalariga alohida to'xtalib, erishilgan natijalar va kelgusidagi vazifalar haqida to'xtalib o'tganligi ham bir isbotdir.

Prezidentimiz ta'kidlaganlaridek, oxirgi 4 yil davomida sud-huquq sohasini isloh qilish borasida 40 dan ortiq qonun, farmon va qarorlar qabul qilinganligini, adolat va qonun ustuvorligini ta'minlashda sud hokimyati hal qiluvchi o'rinni egallashini, bu borada qilinishi lozim bo'lgan ishlar talaygina ekanligi davr taqozosidir.

Mening fikrimcha, murojaatnomada sud sohasida amalga oshirish zarur bo'lgan bir qator vazifalar sud hokimyatining chinakam mustaqilligini ta'minlashga, uning nufuzini oshirib borishda fuqarolarning huquq va erkinliklarini har tomonlama ishonchli himoya qilishda yangi bir davrni boshlab berishi shubhasiz.

Sud (slavyancha so'z bo'lib — "ish" degan ma'noni bildiradi.) — odil sudlovni amalga oshiruvchi davlat organi hisoblanib, muayyan davlatning qonunlariga asosan protsessual tartibda jinoiy, fuqarolik, ma'muriy va boshqa toifadagi ishlarni hal qiladi. Ayrim shaxslar o'rtasida, ular bilan davlat idoralari, korxona, muassasa, tashkilot ma'muriyati, jamoat birlashmalari o'rtasida mulkiy va nomulkiy nizolarni, qonunbuzarliklarga doir ishlarni ko'rib chiqadi. Fuqarolarning huquq va erkinliklarini yoki yuridik shaxs hisoblangan har qanday turdagi korxona, muassasalar, tashkilot huquqlari va qonun bilan qo'riqlanadigan manfaatlarini himoya qiladi.

Sud tizimi hozirgi O'zbekiston hududida davlatchilikka xos ko'p asrlik tarixga ega. Sud faoliyatini qadimdan xalq madaniyati, an'analari va ma'naviy negiziga asoslanib, obro'-e'tiborli, katta hayotiy tajribaga ega bo'lgan kishilar amalga oshirishgan. Ular chiqargan qarorlar har qanday shubhadan xoli va barcha uchun majburiy hisoblangan. O'zbekistonda qariyb o'n uch asr davomida shariat qonunlariga amal qilgan qozilik sudi hamda xalq urf-odatlari va an'analariga suyanib qaror qabul qilgan biylar sudi mavjud bo'lgan.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Sud hokimiyati hozirgi asoslarga ko'ra boshqa ikki: Qonun chiqaruvchi va Ijro hokimiyatidan alohida faoliyat yuritadi. Buning isboti sifatida Konstitutsiyamizga e'tibor qaratadigan bo'lsak, Konstitutsiyamizning 106-moddasida "O'zbekiston

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 11

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

Respublikasida sud hokimiyati qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlardan, siyosiy partiyalardan, boshqa jamoat birlashmalaridan mustaqil holda ish yuritadi" -deb keltirib o'tilgan. Shuningdek, qonunda belgilangan hollardan tashqari, hamma sudlarda ishlar ochiq ko'riladi. Ishlarni yopiq majlisda ko'rib chiqishga faqat qonunda belgilangan hollarda yo'l qo'yiladi. O'zbekiston Respublikasida sud ishlarini yuritish o'zbek tilida, qoraqalpoq tilida yoki muayyan joydagi ko'pchilik aholi so'zlashadigan tilda olib boriladi. Sud ishlari yuritilayotgan tilni bilmaydigan ishda ishtirok etuvchi shaxslarga tarjimon orqali ish materiallari bilan to'la tanishish, sud harakatlarida ishtirok etish huquqi va sudda ona tilida yoki ular biladigan boshqa tilda so'zlash huquqi ta'minlanadi.1

Bundan ko'rinib turibdiki, sud ishlarini yuritishning har qanday bosqichida malakali yuridik yordam olish huquqi kafolatlanadi. Sudning faoliyati qonun ustuvorligini, ijtimoiy adolatni, fuqarolarning tinchligi va totuvligini ta'minlashga qaratilgandir.

Mamlakatimizda sud hokimiyatining konstitutsiyaviy huquqiy maqomi, tuzilishining qonuniy asosi O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va shu jumladan O'zbekiston Respublikasining "Sudlar to'g'risida"gi qonuni va tegishli boshqa qonun hujjatlari bilan belgilanadi. Shuningdek O'zbekiston Respublikasida demokratiya umuminsoniy prinsiplarga asoslanganligi, unga ko'ra inson, uning hayoti, erkinligi, sha'ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat deb belgilanganligini hisobga olib, har bir inson huquq va burchlarini belgilash va unga qo'yilgan jinoiy aybning qanchalik darajada asosli ekanligini aniqlash uchun to'liq tenglik asosida uning ishi oshkora va adolat talablariga rioya qilingan holda mustaqil va xolis sud tomonidan ko'rib chiqish huquqiga ega ekanligi Inson huquqlari Umumjahon deklaratsiyasining 10 - moddasida va O'zbekiston Respublikasi qo'shilgan boshqa xalqaro huquq hujjatlarida mustahkamlangan.

Shuni ham ta'kidlash lozim, sudyalar uchun belgilangan ma'lum talablar doirasida ular uchun faoliyati davomida ba'zi majburiyatlar qo'yilgan. Misol uchun, sudya sud hokimiyatining sha'ni va mustaqilligini mo'tabar tutishi, halol va beg'araz bo'lishi, qonunga rioya etishi va fuqarolarning huquqlarini hurmat qilishi, o'zining sudyalik lavozimi nufuzidan shaxsiy manfaatlari yoki boshqa shaxslarning manfaatlari yo'lida foydalanishdan o'zini saqlashi, huquq sohasida o'zining kasb malakasini oshirib borishi, shaxsiy hayotda yuksak axloqiy qoidalarga amal qilishi, har bir sudyaning konstitutsiyaviy normalar va qonunlarga, "Sudyalarning odob -axloq kodeksi" qoidalariga rioya qilishini, talab etiladi.

1 https://lex.uz/docs/-5534923

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 11

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

Mamlakatimizni yanada rivojlantirishning ustuvor yo'nalishlaridan biri sud tizimini izchil demokratlashtirish, sud hokimiyatining mustaqilligi to'g'risidagi konstitutsiyaviy normalarga qat'iy rioya etilishini ta'minlash hisoblanadi.O'tgan yillar davomida sudni hokimiyatning mustaqil va alohida tarmog'i sifatida tashkil etish, uni o'tmishdagi jazolash organidan inson huquq va erkinliklarini muhofaza qiluvchi hamda ishonchli himoya qiluvchi davlatning chinakam mustaqil institutiga aylantirish bo'yicha va sudyalarni tanlash va joy-joyiga qo'yish tartibini takomillashtirish, har bir ish bo'yicha qonuniy, asoslantirilgan va adolatli sud qarori chiqarilishini ta'minlashga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirildi. Xususan, O'zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi tuzildi, sud hokimiyatining yagona oliy organi — O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi, ma'muriy sudlar tashkil etildi, shuningdek, sudyalik lavozimiga muddatsiz davrga tayinlash (saylash) tartibi joriy etildi.

Shu bilan birga, sud hokimiyati organlari faoliyatining tahlili ular zimmasiga yuklatilgan vazifalarni samarali amalga oshirishga to'sqinlik qilayotgan qator muammo va kamchiliklar mavjudligini ko'rsatdi. Xususan, sudlarning jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan ishlari qoniqarsiz darajada ekanligi sud faoliyatini lozim darajada yoritish imkonini bermayotgani natijasida aholining sud hokimiyatiga ishonchi pasayishiga olib kelmoqda. Shunday ekan, mamlakatlarni rivojlantirishning zamonaviy talablari va strategik ustuvor vazifalari sud-huquq tizimini yanada takomillashtirishni talab etadi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Sud-huquq tizimini yanada isloh qilish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish chora-tadbirlari to'g'risidagi" farmoni mazkur sohadagi davlat siyosatini sifat jihatdan yangi bosqichga ko'tarib, quyidagi uchta asosiy ustuvor yo'nalishlarni belgilab berdi:

-Sud hokimyatining chinakam mustaqilligini ta'minlash;

-Fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish;

-Odil sudlovga erishish darajasini oshirish.2

Mazkur ustuvor yo'nalishlarni amalga oshirish orqali sud sohasini demokratlashtirishga va erkinlashtirishga, fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasidagi roli va ahamiyatini oshirishga va yuqorida keltirib o'tilgan bir qator muammolarni hal etishga zamin yaratadi.

: https://www. gazeta.uz/oz/2016/10/21/sud

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 11 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Yana bir e'tiborga molik jihat shundaki, sud ishlarini yuritishda nazorat instansiyasi tugatildi. Sud tizimida ortiqcha sud bosqichlarini bekor qilish orqali "Bir sud - bir instansiya" tamoyili, shuningdek, tumanlararo sudlarning qarorlarini viloyat sudlari tomonidan, viloyat sudlarining birinchi instansiya sudi sifatida chiqargan qarorlarini esa O'zbekiston Respublikasi Oliy sudining sudlov hay'ati tomonidan appelyatsiya tartibida qayta ko'rib chiqish amaliyoti yo'lga qo'yildi.

Mamlakatimizda adolat va qonun ustuvorligi tamoyillarini taraqqiyotning eng asosiy va zarur shartiga aylantirish masalasida 2022-2026-yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning Taraqqiyot strategiyasida ham o'z aksini topgan. Ushbu strategiyada mulkiy huquqlarning daxlsizligini ishonchli himoya qilish hamda davlat organlarining mulkiy munosabatlarga noqonuniy aralashuvini cheklash qiynoqni oldini olish bo'yicha preventiv mexanizmlarni takomillashtirish va ushbu yo'nalishda maxsus qonun qabul qilish, sud tizimini bosqichma - bosqich raqamlashtirish ham ustuvor vazifa sifatida belgilangan.

O'zbekiston Respublikasida odil sudlov faqat sud tomonidan amalga oshiriladi. Sudyalar mustaqildirlar, faqat qonunga bo'ysunadilar. Sudyalarning odil sudlovni amalga oshirish borasidagi faoliyatiga biror bir tarzda aralashishga yo'l qo'yilmaydi va bunday aralashuv qonunga muvofiq javobgarlikka tortishga sabab bo'ladi. Shuningdek, Konstitutsiyamizning 111 - moddasida "O'zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi Sudyalar hamjamiyatining organi bo'lib, u O'zbekiston Respublikasida sud hokimyatining mustaqilligi konstitutsiyaviy prinsipga rioya etilishini ta'minlashga ko'maklashadi. O'zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashini tashkil etish va uning faoliyatini tartibga solish qonun bilan belgilanadi" -deb qayd qilingan.

Sudyalar oliy kengashiga konstitutsiyaviy maqom berilganligi unga yuklatilgan vazifalarni mustaqil va samarali amalga oshirilishining muhim konstitutsiyaviy kafolati hisoblanadi. Qayd etish joizki, xalqaro standartlarda butunlay alamga oshiruvchi organ maqomi konstitutsiyaviy tartibga solishi yuksat e'tirof etiladi. Shuning uchun ham ko'pgina rivojlangan demokratik davlat konstitutsiyalari bunday vazifalarni amalga oshiruvchi organlar faoliyatini tartibga soluvchi normalarni o'zida ifodalagan. Bu yerda yana bir e'tiborli jihat shundaki, mazkur organni tashkil etish va uning faoliyati davlat boshlig'i farmoyishi bilan tasdiqlangan nizom asosida emas, balki qonun bilan belgilanishidir. Biz bilamizki, qonunlar eng muhim va barqaror ijtimoiy munosabatlarni tartibga solib, oliy davlat vakillik organi tomonidan deputatlar va senatorlar ishtirokida bir necha va davomli muhokamalardan, turli

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 11 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

ekspertizalardan o'tib qabul qilinadi hamda Prezident tomonidan imzolanib, matbuotda e'lon qilingachgina kuchga kiradi.

So'zim davomida, bu sohada eng katta qulaylikni yaratib bergan tizim O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan yaratilgan My.sud.uz elektron sud xizmati portali bo'ldi. Bu portal orqali birinchidan, agar fuqarolarda ariza, taklif, shikoyat yoki hal etilmagan muammolar mavjud bo'lsa, fuqarolik, jinoyat yoki iqtisodiy sud bo'lishidan qat'iy nazar, ushbu sudga murojaatni elektron tarzda yuborishi mumkin.

My.sud.uz tizimining eng ijobiy jihati shundaki, unda sudga murojaat qilish namunalari ham keltirilgan. Bu namunalar dunyoning birorta ham sud tizimida uchramaydigan interaktiv xizmat hisoblanib, bu fuqarolar sudlarga murojaat qilishda hujjatlarning tayyor namunalaridan mutlaqo bepul foydalanish imkoniyatini yaratib bergan.

Hozirgi kunda yurtimizda qonunchilik va sud - huquq tizimini rivojlantirishga qaratilgan chora tadbirlar faol amalga oshirilmoqda ekan, men ushbu maqolada sud-huquq tizimini rivojlantirishda jahon davlatlari tajribalari va ularni O'zbekistonda tatbiq etish istiqbollari haqida ham to'xtalmoqchiman. Bir necha dunyoning rivojlangan davlatlari jumladan, Buyuk Britaniya, Birlashgan Arab Amirliklari, Germaniya Federativ Respublikasi, Fransiya va Amerika Qo'shma Shtatlari qonunchiligi va sud-huquq tizimi o'rganilib, o'z milliy sud-huquq tizimimizga qo'shimcha tarzda keraklicha takliflar ham kiritilmoqda.

Misol uchun Fransiya sud tizimi:

Umumiy sudlar tizimiga boshchilik qiluvchi Kassatsion sud Fransiyadagi eng ko'hna davlat muassasalaridan biri hisoblanadi. Prezidentlik hokimiyatining ko'payishi, sud-prokurorlik organlarining to'laligicha prezidentga bo'ysunishi, maxsus tribunallar va Davlat xavfsizligi sudining ta'sis etilishi, sudlar va tribunallarning siyosiy jinoyatlar to'g'risidagi ishlar bo'yicha vakolat doirasini kengaytirish - zamonaviy Fransiyadagi sud va prokuratura organlarining tuzilishi va faoliyatining o'ziga xos jihatlari shulardan iborat. Barcha sudlar umumiy va maxsus sudlarga bo'linadi. Umumiy sudlar tizimida birinchi instansiya sudlarini, appelyatsiya va kassatsiya sud instansiyalarini farqlash mumkin.

Kassatsion sud qarorlari palatalarning biri tomonidan, yoxud uch palata vakillaridan tashkil topgan aralash palata tomonidan, va nihoyat, sudning birinchi raisi, palatalar raislari va oqsoqollari (duayenlar) va har bir palatadan ikkitadan vakildan tarkib topgan plenum tomonidan chiqariladi. Ishlarning aksariyati palatalarning birortasi tomonidangina ko'rib chiqiladi. Kassatsion sud vakolatiga quyi

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 11

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

turuvchi sudlarning qarorlariga keltirilgan kassatsiya shikoyatlarni ko'rib chiqib, mazkur qarorlar bo'yicha odatdagi appelyatsion tartibda shikoyat keltirish uchun asoslar bo'lishi ham mumkin. Bunda sud fakt bo'yicha emas, balki faqat huquq masalalari qonunning noto'g'ri qo'llanilishi va protsessual me'yorlarning buzilishi bo'yicha shikoyatlarni ko'rib chiqadi.3

Bundan ko'rinib turibdiki, Fransiya sud tizimidagi ko'plab jihatlar, misol tariqasida birinchi instansiya sudlari, appelyatsiya va kassatsiya, sud raislari kabi jihatlari aynan bizning milliy sud-huquq sohamizdagi kabi tashkil etilgan.

XULOSA

Xulosa o'rnida shuni ta'kidlash mumkinki, hozirgi kunda Yangi O'zbekistonning yangi qiyofasi puxta o'ylangan, aniq madsadli va strategik islohotlar natijasida jahon maydonida o'z munosib o'rniga ega bo'layotgan davlatlar qatoridadir. Ishonamizki, Yangi O'zbekiston jahon maydonida har qachon ham har tomonlama kuch-qudratli, salohiyatli va tinch - farovon mamlakatga aylanadi. Shu o'rinda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev aytganidek: "Bugungi kunda biz erishgan eng muhim natija ham aslida shu - demokratik islohotlarimizdir"

Qo'shimcha qiladigan bo'lsak, bugungi kunimizni raqamlashtirilgan texnologiyalarsiz tasavvur qilib bo'lmaydi, shunday ekan nafaqat sud-huquq tizimidagi, balki barcha jabhadagi islohotlar bilan bir qatorda raqamlashtirish ham ma'lum ma'noda keng imkoniyatlar va qulayliklar yaratadi. Ya'nikim, bu orqali sud -huquq sohasini ham anchayin isloh qilish va korrupsion holatlarni oldini olish ham mumkin. Su o'rinda mening fikrimcha, Sud sohasi jazolovchi organ emas, inson haq-huquqlarini himoya qiluvchi organga aylantirilishi lozim. Sud jarayonini yanada shaffof va demokratik ruhda olib borilishi uchun esa sudya maslahatchilari tarkibiga tegishli tashkilot vakillaridan emas, balki huquqiy sohadan xabari bor bo'lgan ko'ngilli oddiy fuqarolarni ham jalb etish lozim. Buning natijasida sudya va ayblanuvchi o'rtasida hech qanday shaxsiy manfaat bo'lmasligi va sudya tomonidan qabul qilinadigan qaror yanada adolatli va oqilona bo'lishiga zamin bo'ladi. Shu o'rinda Prezidentimiz ta'kidlaganlaridek: "Sudyaning ongida - adolat, tilida - haqiqat, dilida esa poklik bo'lishi shart".

REFERENCES

1. "Sud-huquq tizimini yanada isloh qilish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish chora-tadbirlari to'g'risidagi" prezident farmoni.

3 Sud va huquqni muhofaza qilishchi organlar fan-darsligi. 357-bet.

805

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 11 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

2. 2022-2026-yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning Taraqqiyot strategiyasi.

3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasi sud tizimi tuzilmasini tubdan takomillashtirish va faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to'g'risidagi" farmoni.

4. Sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar fan-darsligi. (Toshkent-2020).

Foydalanilgan internet manbalari:

1. www.lex.uz

2. www.xs.uz

3. www.gazeta.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.