Научная статья на тему 'APELLYATSIYA INSTANSIYASINING SHAKLLANISHI VA RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI'

APELLYATSIYA INSTANSIYASINING SHAKLLANISHI VA RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
209
40
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
sudyaning ustidan apellyatsiya / sud qaroriga nisbatan apellyatsiya / sud majlisi bayonnnomasi / apellyatsiya berilishining tartibi / “to‘liq” apellyatsiya / “to‘liq bo‘lmagan” apellyatsiya. / complaint against a judge / complaint against a court decision / minutes of a court session / procedure for filing a complaint / “complete” complaint / “incomplete” complaint.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Z. Oxunova, M. Karachayeva

Taqdim etilgan maqolada rivojlangan xorijiy davlatlarida ma’muriy sudlar tashkil etilishining huquqi tarixi, apellyatsiya instansiyasining joriy etilishining tarixiy asoslari o‘rganilgan, “to‘liq” apellyatsiya va “to‘liq bo‘lmagan” apellyatsiyalarning tushunchalari, huquqiy asoslari va ularga xos xususiyatlarini tahlil qilingan. Ilmiy ish bo‘yicha amalga oshirilgan tahlillar asosida ma’muriy sud ish yuritishni takomillashtirish takliflari beriladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

FORMATION OF THE APPEALS INSTITUTE AND PROSPECTS OF DEVELOPMENTa

The presented article examines the legal history of the formation of administrative courts in developed foreign countries, the historical foundations for the introduction of the appellate instance, reveals the concepts, legal foundations and characteristics of "full" appeals and "incomplete" appeals. analyzed. done On the basis of the analysis of the scientific work, proposals are made to improve the proceedings of the administrative court.

Текст научной работы на тему «APELLYATSIYA INSTANSIYASINING SHAKLLANISHI VA RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

APELLYATSIYA INSTANSIYASINING SHAKLLANISHI VA RIVOJLANISH

ISTIQBOLLARI Oxunova Zilolaxon Xasanovna

Farg'ona viloyati yuridik texnikumi o'qituvchisi Karachayeva Muhabbat Muhammadovna

Farg'ona viloyati yuridik texnikumi kadrlar bo'limi boshlig'i https://doi.org/10.5281/zenodo.7315608

Annotatsiya. Taqdim etilgan maqolada rivojlangan xorijiy davlatlarida ma'muriy sudlar tashkil etilishining huquqi tarixi, apellyatsiya instansiyasining joriy etilishining tarixiy asoslari o'rganilgan, "to'liq" apellyatsiya va "to'liq bo'lmagan" apellyatsiyalarning tushunchalari, huquqiy asoslari va ularga xos xususiyatlarini tahlil qilingan. Ilmiy ish bo'yicha amalga oshirilgan tahlillar asosida ma'muriy sudishyuritishni takomillashtirish takliflari beriladi.

Kalit so'zlar: sudyaning ustidan apellyatsiya, sud qaroriga nisbatan apellyatsiya, sud majlisi bayonnnomasi, apellyatsiya berilishining tartibi, "to'liq" apellyatsiya, "to'liq bo'lmagan" apellyatsiya.

ФОРМИРОВАНИЕ АПЕЛЛЯЦИОННОГО ИНСТИТУТА И ПЕРСПЕКТИВЫ

РАЗВИТИЯ

Аннотация. В представленной статье исследуется юридическая история становления административных судов в развитых зарубежных странах, исторические основы введения апелляционной инстанции, раскрываются понятия, правовые основы и характеристики «полных» апелляций и «неполных» апелляций. проанализировано. сделано На основе проведенного анализа научной работы даются предложения по совершенствованию производства административного суда.

Ключевые слова: жалоба на судью, жалоба на решение суда, протокол судебного заседания, порядок подачи жалобы, «полная» жалоба, «неполная» жалоба.

FORMATION OF THE APPEALS INSTITUTE AND PROSPECTS OF

DEVELOPMENT

Abstract. The presented article examines the legal history of the formation of administrative courts in developed foreign countries, the historical foundations for the introduction of the appellate instance, reveals the concepts, legal foundations and characteristics of "full" appeals and "incomplete" appeals. analyzed. done On the basis of the analysis of the scientific work, proposals are made to improve the proceedings of the administrative court.

Keywords: complaint against a judge, complaint against a court decision, minutes of a court session, procedure for filing a complaint, "complete " complaint, "incomplete " complaint.

KIRISH

O'zbekiston Respublikasida har bir inson va fuqaroning huquq va erkinliklarini sudda himoya qilishni amalga oshirish va ta'minlash maqsadida qonunchilik hujjatlarida sudlar tizimi, sudlarning vakolatlari, fuqarolarni huquq va erkinliklarini himoya qilish bo'yicha faoliyatining tartib-tamoyillari aniq belgilangan bo'lib, mustaqilligi kafolatlarini, sud ish yuritish prinsiplariga rioya etish, har bir fuqaroga buzilgan huquq va erkinliklarini himoya qilish uchun sudga murojaat qilish huquqini ta'minlash nazarda tutilgan.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

"Inson huquqlarining umumjahon Deklaratsiyasi"ning 8-moddasida, har bir inson unga konstitutsiya yoki qonun orqali berilgan asosiy huquqlari buzilgan hollarda nufuzli milliy sudlar tomonidan bu huquqlarning samarali tiklanishi huquqiga egadir.

Deklaratsiyaning 10-moddasiga muvofiq, har bir inson huquq va burchlarini belgilash va unga qo'yilgan jinoiy aybning qanchalik darajada asosli ekanligini aniqlashi uchun to'liq tenglik asosida uning ishi oshkora va adolat talablariga rioya qilingan holda mustaqil va xolis sud tomonidan ko'rib chiqilishi huquqiga ega.

"Fuqaroviy va siyosiy huquqlar to'g'risida"gi Halqaro Paktning 3-moddasida e'tirof etilishicha:

Ushbu Paktda ishtirok etuvchi har bir davlat o'z zimmasiga quyidagi majburiyatlarni

oladi:

a) ushbu Paktda tan olingan huquqlari va erkinliklari buzilgan har qanday shaxsni, agar bu buzilish rasmiy sifatda harakat qilgan shaxslar tomonidan sodir etilgan bo'lsa ham, huquqiy ximoyaning samarali vositasi bilan ta'minlash;

b) ana shunday ximoya talab qiluvchi har qanday shaxs uchun yuridik ximoya vakolatli sud, ma'muriy yoki qonun chiqaruvchi hokimiyatlar tomonidan yoki davlatning huquqiy tizimida nazarda tutilgan boshqa vakolatli organlar tomonidan ta'minlanishi va sud orqali ximoyalanishi imkoniyatini rivojlantirish;

v) huquqiy ximoya vositalari berilganda, vakolatli hokimiyatlar tomonidan buning qo'llanilishini ta'minlash.

O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 44-moddasiga muvofiq, har bir shaxsga o'z huquq va erkinliklarini sud orqali ximoya qilish, davlat organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalarining g'ayriqonuniy xatti-harakatlari ustidan sudga shikoyat qilish huquqi kafolatlanadi. Kostitutsiyamizning bu normasi "Inson va fuqaroning huquq va erkinliklari to'g'risida"gi Deklaratsiyaning 32-moddasiga muvofiq keladi. Apellyatsiya va kassatsiya ish yurituvi ma'muriy sud ish yurituvida sud ximoyasiga bo'lgan huquqiy kafolatining muhim protsessual instituti hisoblanadi.

TADQIQOT NATIJALARI

Dunyo miqyosida apellyatsiya joriy etilgunga qadar sud qarorlari qat'iy va ularga nisbatan shikoyat qilish mumkin bo'lmagan. Aynan shu sababli ham XIX asr huquqshunosi F.M.Dmitriev apellyatsiyani "xalq hayotidagi so'ngi o'zgarishlardan biri" deb hisoblagan.

Umuman olganda, apellyatsiya qachon paydo bo'lgan? G'arbda apellyatsiya institutini kirib kelishini rim huquqi bilan bog'lashadi. Rossiyada apellyatsiya instituti Petr I hukumdorlik qilgan davrga to'g'ri keladi. Qadimgi Rim huquq tarixiga nazar solamiz. III asrning ikkinchi yarmidan

VI asrning boshigacha Rim tarixida tubdan islohotlar amalga oshirilgan. Shu davrda Diokletian Rimning ma'muriy tuzilmasining islohotlarini amalga oshirgan, provinsiyalarning hududlari toraytirilgan va ularning huquqlari tenglashtirilgan. Shu bois sud tizimi ham islohotlashtirilgan. Yangi tashkil qilingan provinsiyalarda birinchi instansiya sudlarida sudya vazifasini bajarish huquqi provinsiyani hukmdorlariga berildi. Shunday sudyaning qarori ustidan imperatorga yoki uning yordamchisiga (imperiyaning oliy mansabdor shaxsiga) apellyatsiya berish mumkinligi e'tirof etildi. Provinsiyaning quyi sudlar qarorlariga nisbatan provinsiya hukmdorlariga shikoyat qilish mumkin bo'lgan. Apellyatsiya soni cheklanmagan.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Apellyatsiyaning normativ jihatdan takomillashtirilishi Vizantiya imperatori Yustinian (VI asr) nomi bilan bog'langan. U hukmdorlik qilgan davrda apellyatsiya soniga cheklov kiritilgan - bitta ish bo'yicha ikkitadan ortiq bo'lmasligi, apellyatsiya yuqori sudyaga berilishi, apellyatsiya og'zaki yoki yozma berilishi, apellyatsiya berish uchun 10 kunlik muddat belgilangan.

Apellyasiya berilishining tartibi qat'iy belgilangan: qarordan norozi tomon belgilangan muddat o'tgunga qadar apellyasiya berish haqida arz qiladi. Sudya apellyasiyani qabul qilib, uni taalluqligi masalasini hal qiladi, agar taalluqli deb topsa, apellyasiya beruvchi shaxsning iltimosnomasiga ko'ra tegishli guvohnoma beradi (keyinchalik iltimosnoma bo'yicha guvohnoma berish o'zgartirilib, sudya tomonidan 30 kun muddat ichida guvohnoma berish tartibi kiritilgan). Bunday guvohnoma va ishga taalluqli bo'lgan barcha hujjatlar yuqori turuvchi sudyaga yo'naltiriladi (keyinchalik hujjatlarni yuqori turuvchi sudga topshirish apellyasiya bilan murojaat qilgan shaxsni zimmasiga yuklatilgan). Agar sudya apellyasiyani taalluqli emas deb topsa, unda sudyaning shikoyatni taalluqli emasligi haqidagi qarori ustidan shikoyat berilishi mumkin. Apellyasiya imperator vakolat bergan shaxslar tomonidan ko'rib chiqilar va ularning doirasi da'voni qiymatiga qarab belgilanar edi. Agar da'vo summasi 500 solid bo'lsa -apellyasiyani vikariylar, 500 soliddan oshsa - pretorlar tomonidan ko'rib chiqilar edi. Keyinchalik vikariylarga da'vo summasi 720 solidgacha bo'lgan apellyasiyalarni ko'rib chiqish huquqi berilgan.

Bosh apellyasiya instansiyasi vakolatlarini imperator hamda uni huzurida tashkil qilingan kengash (konsistorium) amalga oshirgan. Apellyasiyani kiritilishi sud ish yurituvini xolisligi darajasini kuchaytirgan, shu bilan birga sud ish yuritish vaqt nuqtai nazaridan sekinlashgan va uning qiymati ko'tarilgan. Shu bilan birga apellyasiyani paydo bo'lishi bilan sud xatolari bo'lishi mumkinligi tan olingan. Aynan shu xatolarni bartaraf etish uchun apellyasiya instituti joriy qilingan. Asosiy maqsad aholini sudga bo'lgan ishonchini oshirish bo'lgan. Rim imperiyasi qulaganidan so'ng apellyasiyadan foydalanilmagan.

G'arbiy Evropada markazlashgan davlat tashkil topganda bu hududda apellyasiya qayta joriy qilingan. Fransiyada apellyasiya istitutini joriy qilinishi XIII asrga to'g'ri keladi. Bu davrda apellyasiyaga sudyani adolatsizlikda ayblash deb qaralgan. Qabul qilingan qarorni sudya qo'lida quroli bilan ximoya qilishi shart bo'lgan. Bunday sud duellari 1270 yildagi Sent-Luiz kodeksida nazarda tutilgan. Aynan shu hujjat bilan maxsus apellyasiya sudlari tashqil qilingan.

1667 yilda Fuqarolik Qarori (Ordonans) qabul qilishi apellyasiya ob'ekti o'zgargan. Bu hujjatga ko'ra apellyasiya sudyaga nisbatan emas, balki sud qaroriga nisbatan berilishi belgilangan. Genrix III Farmoniga ko'ra, qirolning farmonlariga zid bo'lgan har qanday sud qarorlari o'z-o'zidan haqiqiy emasligi e'lon qilingan. 1796 yildan birinchi instansiya sudining qarorlariga nisbatan apellyasiya shikoyatlari shu sudga berish tartibi o'rnatildi. 1810 yilga kelib 1806 yilda qabul qilingan Fuqarolik-prosessual kodeksi asosida ishlarni ko'rib chiqish uchun ikkita instansiya kiritilgan. Buning natijasida Fransiyada apellyasiya va kassasiya instansiyalari joriy qilindi.

Germaniyada vaziyat huddi shu tarzda rivojlangan. Milliy qonunchilik inqirozi tahminan XIV asrga to'g'ri keladi. Germaniya huquqi amaliyot talablariga javob bermagan. Shu davrda Germaniyada rim huquqini qo'llash boshlangan. Jumladan 1495 yilda imperiya sudi tashkil qilingan. Bu sudga Oliy apellyasiya sudi statusiga ega bo'lgan va unga knyaz, graf yoki baron rahbarlik qilgan. Sud tashkil qilinganida uni tarkibiga risarlar va olim-huquqshunoslar ham

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

kirgan, biroq keyinchalik - faqat rim huquqi normalarini yaxshi o'zlashtirgan va ularni amaliy qo'llash tajribasiga ega bo'lgan olim-huquqshunoslar qolgan.

Angliyada apellyasiya bu maqsadda tashkil etilgan maxsus Qirollik sudi tomonidan ko'rib chiqilgan. Bu sudlarga umumiy fuqarolik ishlari bo'yicha sudlar qarorlariga berilgan apellyasiyalarni ko'rib chiqishdek vakolatlari berilgan. Lekin apellyasiya tartibida faqat sud majlisi bayonnomasidagi aniq ko'rsatilgan xatoliklar bo'yicha ishlar ko'rilishi mumkin bo'lgan. Agar xatoliklar sud majlisi bayonnomasiga aks ettirilmagan bo'lsa, apellyasiya berilishiga yo'l qo'yilmagan. Sud majlisi bayonnomasida yo'l qo'yilgan xatolik sud qarorini har qanday holatda bekor qilinishiga asos bo'lgan, xattoki bu xatolik ish mazmuniga ta'sir etmagan holda ham. Bunday tartib 1873 yilgacha amalda bo'lgan.

Keyinchalik fakt masalalari bo'yicha apellyasiya berish kiritilgan, bunda hakamlar hay'ati hukmi qayta ko'rib chiqilishi mumkin bo'lgan.

Apellyasiya mazmun-moxiyati, uni tarixiy shakllanishi K.N.Annenkov, E.V.Vaskovskiy, A.X.Golmsten, V.L.Isachenko, F.M.Dmitriev, K.I.Malbishev, I.E.Engelman, T.M.Yablochkov qabi olimlarning asarlarida ko'rishimiz mumkin.

Sovet davrida apellyasiya S.N.Abramov, I.M.Zaysev, A.F.Kleynman tomonidan kassasiya ish yuritish bilan taqqoslab ko'rilgan. Sovet prosessualistlari apellyasiyaning faqat salbiy jihatlarini, kassasiyani afzalliklarini ko'rsatishgan.

Apellyasiyaning mazmun-mohiyati, alohida belgilari E.A.Borisova tomonidan keng tahlil qilingan.

Apellyasiyaning alohida muammolari E.A.Stepanovaning dissertasiya izlanishlarida, arbitraj prosessi doirasida I.O.Podvalnbiy, V.V.Gryazeva, O.V.Podgrudkova tomonidan yoritilgan.

E.G.Goydenkoning izlanishlari fuqarolik prosessida qonuniy kuchga kirmagan sud hujjatlarini bekor qilish tartibiga bag'ishlangan, E.V.Karavaeva, E.S.Smagina mirovoy sudyalarning qarorlarini qayta ko'rish tahlil qilishgan.

Qonuniy kuchga kirmagan sud hujjatlarini qayta ko'rishning bir qator muammolari G.A.Jilin, I.A.Prixodko, L.A.Terexova, R.V.Shakiryanov tomonidan ko'rib chiqilgan.

O'zbekiston Respublikasida so'ngi besh yil davomida qonun ustuvorligini, fuqaro va tadbirkorlarni konstitusion huquqlarini ta'minlashga, odil sudlovni rolini, nufuzini kuchaytirishga qaratilgan qamrovli islohotlar olib borilmoqda.

Mamlakatimizda ma'muriy sudlarning tashkil qilinishi tarixi Prezidentimizning 2017 yil 21 fevraldagi «O'zbekiston Respublikasi sud tizimi tuzilmasini tubdan takomillashtirish va faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi Farmoni bilan chambarchas bog'liqdir. Xususan, ushbu tarixiy Farmonga ko'ra, 2017 yil 1 iyundan ommaviy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan ma'muriy nizolarni, shuningdek ma'muriy huquqbuzarliklar to'g'risidagi ishlarni ko'rib chiqishga vakolatli bo'lgan Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar ma'muriy sudlari, tuman (shahar) ma'muriy sudlari tashkil etilgan.

Buning natijasida tom ma'noda ma'muriy sudlar tarixiga asos solindi.

Rivojlangan xorijiy davlatlarni ma'muriy huquqi tarixiga nazar soladigan bo'lsak, rivojlangan davlatlarda ma'muriy sudlar o'tgan asrda tashkil qilinganligini va uzoq yillardan buyon faoliyat ko'rsatib kelganligiga amin bo'lamiz.

Jumladan, Germaniya Federativ Respublikasining 1952 yildagi 95(1) Asosiy qonuni bilan oddiy, ma'muriy, moliyaviy, mehnat va ijtimoiy yurisdiksiya sohalarida Federasiya Federal sudi,

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Federal ma'muriy sudi, mehnat nizolari bo'yicha Federal sudi va Federal ijtimoiy sudi tashkil qilingan.

Germaniya Federativ Respublikasining ma'muriy yustisiyasi tizimini tartibga soluvchi asosiy qonunlar - 1976 yildagi "Ma'muriy sud ish yuritish to'g'risida"gi Qonuni, 1960 yildagi "Ma'muriy sudlar to'g'risida"gi Qonun.

Germaniya Federativ Respublikasining "Ma'muriy sudlar to'g'risida"gi qonuni fuqarolarni buzilgan huquqlarini sudda ximoya qilish tartibini belgilaydi.

"Ma'muriy sudlar to'g'risida"gi Germaniya Federativ Respublikasi qonunining 1-§-ga ko'ra qonstitusion huquq sohasiga kirmaydigan ommaviy-huquqiy munosabatdan kelib chiqadigan barcha nizolar ma'muriy organlardan ajratilgan mustaqil sudlar amalga oshirishi belgilangan.

Soliq nizolarini hal qilish vakolati berilgan moliyaviy (fiskal) sudlar, shuningdek ijtimoiy ta'minot bilan bog'liq nizolarni hal etish vakolati berilgan ijtimoiy sudlar maxsus ma'muriy yurisdiksiya sudlari hisoblanadi.

Ishlarni asosiy qismini federasiya sub'ektlari tomonidan tashkil etgan ma'muriy sudlarning birinchi instansiyasi ko'rib chiqadi.

Birinchi instansiya sudining qarorlari bo'yicha tegishli ma'muriy apellyasiya sudiga shikoyat qilinish tartibi belgilangan. Ma'muriy apellyasiya sudi ishni yangidan ko'rib chiqadi va yangi faktlarni va dalillarni inobatga olishga haqli. Moliyaviy sudlar tizimida apellyasiya tartibida shikoyat qilish tartibi belgilanmagan.

Federal ma'muriy sud shikoyatlarni ko'rib chiqishda ohirgi instansiya hisoblanadi. Federal ma'muriy sudi ishlarni revizion tartibda ko'rib chiqadi. Soliq munosabatlaridan kelib chiqadigan nizolarda bunday vakolat Federal moliyaviy (fiskal) sudiga berilgan.

Germaniya Federativ Resublikasida ma'muriy sudlar uzoq yillardan buyon faoliyat yuritib kelgan bo'lsada, ommaviy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqqan nizolar umumyurisdiksiya (oddiy) sudlar yoki ijro hokimiyati tizimida tashkil qilingan alohida (maxsus) organlar hal etishi haqidagi tortishuvlar bo'lganligini bir nechta huquqshunoslarni berilgan fikrilaridan ko'rishimiz mumkin.

Jumladan, mashhur nemis huquqshunosi Otto Ber ommaviy-huquqiy munosabatdan kelib chiqadigan nizolar umumyurisdiksiya sudlari tomonidan hal etish tarafdori bo'lgan. Uning fikricha, davlat jamiyatning bir qismi hisoblanishi bois, o'z harakati uchun jamiyatning boshqa a'zolari javob beradigan sudda javobgar bo'lish kerakligi ta'qidlangan.

Yana bir nemis huquqshunosi Rudolf fon Gneyst esa bunday fikrga qarshi bo'lgan va u umumyurisdiksiya sudlari va ommaviy huquq sudlari alohida bo'lishi lozimligi haqida fikr bergan. Uning fikriga ko'ra, jamiyat va davlat alohida sub'ekt hisoblanadi, shu sababli ommaviy huquq sudlar faoliyatining maqsadi ommaviy hokimiyat sub'ektlari tomonidan buzilgan huquqlarni ximoya qilish emas, balki ommaviy hokimiyat organlari harakatlari ustidan sud nazoratini o'rnatishdan iborat.

Germaniya hukumati Rudolf fon Gneyst nuqtai nazar tarafdori bo'lib, 1863 yilda Baden shahrida birinchi ma'muriy sudni tashkil etgan. 1874-1875 yillarda uchta instansiyadan tashkil topgan ma'muriy sudlar tizimi Prussiyada, 1924 yilgacha esa shunga o'hshash sud tizimlari Germaniyaning barcha erlarida tashkil etilgan.

Mamlakatimizda sud-huquq tizimini yanada takomillashtirish, fuqaro va tadbirkorlarning huquq va qonuniy manfaatlarini ishonchli ximoya qilish choralarini kuchaytirish, odil sudlovni

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

samarali ta'minlash hamda sudyalar hamjamiyati rolini oshirish bo'yicha izchil ishlar olib borildi.

Amalga oshirilgan ishlar natijasida odil sudlov jarayonida inson huquqlarini ximoya qilish darajasi yangi bosqichga chiqdi.

Sud amaliyoti umumlashtirilib, taxlil qilindi va O'zbekiston Respublikasi Oliy Sudi plenumining 2021 yil 20 apreldagi "Sudlar tomonidan ma'muriy ishlarni apellyasiya tartibida ko'rish amaliyoti to'g'risida"gi qarori hamda 2021 yil 27 noyabrdagi "Ma'muriy ishlarni kassasiya tartibida ko'rish bo'yicha sud amaliyoti to'g'risida"gi qarorlari qabul qilindi.

Shu o'rinda, ommaviy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolarni ko'rib chiqish amaliyotni takomillashtirish, qonunchilikni bir hil qo'llash amaliyotini shakllantirish maqsadida "to'liq apellyasiya" ni joriy etish lozim deb hisoblayman.

O'zbekiston Respublikasi Ma'muriy sud ishlarini yuritish to'g'risidagi kodeksning 220 moddasi 4-qismida belgilangan asoslar mavjud bo'lgan taqdirda, sudning hal qiluv qarori bekor qilinishi va birinchi instansiya sudi tomonidan yo'l qo'yilgan prosessual xatoliklar apellyasiya instansiya sudi tomonidan ma'muriy ishni birinchi instansiya sudi qoidalari bilan ko'rib chiqish yo'li bilan bartaraf etilishi lozim.

Ushbu yondoshuv adabiyotda bir hil quvvatlanmaydi.

Jumladan, bu yondoshuvni tarafdorlari V.M.Sherstnyuk, R.V.Shakiryanov o'z fikrilarini quyidagicha bildirishgan.

V.M.Sherstnyuk o'z fikrini "to'liq apellyasiya"da shaxsning tinglanish huquqi buzilmasligi, sudga ao'z talabi va e'tirozlarini taqdim etish huquqi ta'minlanishi bilan izohlagan.

R.V. Shakiryanovning taqidlashicha, "to'liq apellyasiya" vakolati apellyasiya instansiya sudiga hal qiluv qarorini bekor qilib, ishni yangidan ko'rish uchun yubormaslik vakolati apellyasiya instansiya sudlarini mas'uliyatini oshiradi, apellyasiya instansiya sudlari zimmasiga ishni mazmunan ko'rib chiqish majburiyatini yuklaydi. Bu holatda apellyasiya ish yuritishiga talablar kuchayishiga, amaliyot bir hil shakllanishiga olib va eng muhimi ishni oqilona muddatda ko'rib chiqilishi ta'minlanadi.

Apellyasiya instansiyasi ishni birinchi instansiya sudi qoidalari bo'yicha ko'rishga o'tish haqida ajrim chiqaradi va bu holatda ma'muriy ish to'liq birinchi instansiya sudi qoidalari bo'yicha ko'rib chiqadi.

Amaldagi qonunchilikka ko'ra faqatgina ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan shaxslarning huquq va majburiyatlari to'g'risida sud tomonidan hal qiluv qarori qabul qilinganligi sudning hal qiluv qarorini bekor qilishga va yangidan yuborishga asos bo'ladi.

Vaxolanki, Kodeksning 220-moddasi 4-qismida ko'rsatilgan prosessual huquq normalarining buzilganligi yoki noto'g'ri qo'llanilganligi har qanday holda birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini bekor qilish uchun asos bo'ladi.

MUHOKAMA

Bundan ko'rinadiki, ushbu moddaning 4-qismi, 4-bandidan tashqari qolgan asoslar sud hujjatini bekor qilishga va yangi qaror chiqarishga asos bo'ladi. Bu esa o'z navbatida "to'liq apellyasiya" mavjudligidan dalolat beradi. Biroq, qonunchilikda apellyasiya instansiya sudi ishni birinchi instansiya qoidalari bo'yicha ko'rishga o'tishi qonunda rasman ko'rsatilmagan.

Kodeksning 220-moddasi 4-qismi 4-bandidagi asos faqatgina ishga jalb qilinmagan 3-shaxslarni yoki arizachi javobgarni boshqa shaxs bilan almashtirishga rozi bo'lmaganida yoxud

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

arizachining iltimosnomasi bo'yicha ham boshqa javobgarni ishda ishtirok etish uchun jalb qilinmaganlik xolatlarida bo'lishi mumkin.

Javobgar yoki uchinchi shaxs sifatida ishga jalb qilinmagan shaxsni kodeks bilan belgilangan huquqlarini amalga oshirish uchun ma'muriy sud xujjatini qayta ko'rishda uni bekor qilish va birinchi instansiya sudiga yuborish maqsadga muvofiq emasligi taxlil etilishi lozim.

Ushbu xolat birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini har qanday holatda bekor qilinishi jalb qilinmagan shaxslarning sudda ishtirok etish huquqini tiklash usuli deb baxolaydigan bo'lsak, unda ishda ishtirok etuvchi, sud majlisining vaqti va joyi to'g'risida tegishli tarzda habardor qilinmagan biror-bir shaxs yo'qligida ko'rilishi - birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini bekor qiliga asos bo'lmaganligi sudda ishtirok etmagan shaxsni huquqini buzish deb baxolanishi kerak. XULOSA

Shu sababli bu xolatlarni barataraf etish maqsadida Kodeksning 220-moddasi 4-qismida ko'rsatilgan asoslar bo'yicha apellyasiya instansiya sudi ma'muriy ishni birinchi instansiya qoidalari bilan ko'rishga o'tishi institutini kiritish lozim.

Ma'muriy sud xujjatlarini qayta ko'rishda "to'liq apellyasiya" ni joriy etish ma'muriy ish bo'yicha ishtirok etuvchi shaxslarni huquqlari to'liq ta'minlanishiga, ishda ishtirok etuvchi shaxslarni sarson bo'lishini oldini olishiga, vaqtini tejashiga hizmat qiladi.

REFERENCES

1. https://lex.uz/docs/-3050491

2. https://www.yourarticlelibrary.com/essay/law-essay/judiciary-functions-importance-and-an-essential-quality-of-judiciary/40352

3. https://uzbekistan.un.org/uz/47434-ozbekistonda-sud-huquq-sohasidagi-islohotlar-qisqacha-tahlil-va-tavsiyalar

4. https://sverenins.uz/uz/news/sudebno-pravovaya-reforma.html/

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.