Научная статья на тему 'IQTISODIY SUDLARDA ISHLARNI APELLATSIYA INSTANSIYASI TARTIBIDA KO‘RISHNING AYRIM MUAMMOLARI'

IQTISODIY SUDLARDA ISHLARNI APELLATSIYA INSTANSIYASI TARTIBIDA KO‘RISHNING AYRIM MUAMMOLARI Текст научной статьи по специальности «Право»

CC BY
342
46
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Apellatsiya / instansiya / shikoyat / protest / soddalashtirilga ish yuritish. / Appeal / instance / complaint / protest / simplified proceedings.

Аннотация научной статьи по праву, автор научной работы — Saidmuradov, Najmiddin Nabijonovich

Maqola Iqtisodiy sudlarda ishlarni apellatsiya instansiyasi tartibida ko‘rishda ayrim muammolarni o‘rganishga va bu muammolarga xorijiy davlatlar tajribasi misolida yechimlar berishga bag‘ishlangan. Iqtisodiy sudlarda ishlarni apellatsiya instansiyasida ko‘rilayotganda milliy qonunchiligimiz Iptisodiy protsessual kodeksi, Fuqarolik protsessual kodeksi va Oliy sud Plenum qarorlari tahlil qilingan. Qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflar berildi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

CERTAIN PROBLEMS OF CONSIDERING CASES IN THE ECONOMIC COURTS BY THE APPELLATE INSTITUTION

The article is devoted to the study of some problems in the review of cases in economic courts in the order of appeals and to provide solutions to these problems on the example of the experience of foreign countries. When the cases in the economic courts are considered at the appellate instance, our national legislation the Code of Judicial Procedure and the decisions of the Plenum of the Supreme Court were analyzed. Proposals were made to improve the legislation.

Текст научной работы на тему «IQTISODIY SUDLARDA ISHLARNI APELLATSIYA INSTANSIYASI TARTIBIDA KO‘RISHNING AYRIM MUAMMOLARI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

IQTISODIY SUDLARDA ISHLARNI APELLATSIYA INSTANSIYASI TARTIBIDA

KO'RISHNING AYRIM MUAMMOLARI

Maqola Iqtisodiy sudlarda ishlarni apellatsiya instansiyasi tartibida ko 'rishda ayrim muammolarni o'rganishga va bu muammolarga xorijiy davlatlar tajribasi misolida yechimlar berishga bag'ishlangan. Iqtisodiy sudlarda ishlarni apellatsiya instansiyasida ko'rilayotganda milliy qonunchiligimiz - Iptisodiy protsessual kodeksi, Fuqarolik protsessual kodeksi va Oliy sud Plenum qarorlari tahlil qilingan. Qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflar berildi.

Kalit so'zlar. Apellatsiya, instansiya, shikoyat, protest, soddalashtirilga ish yuritish.

Статья посвящена изучению некоторых проблем при рассмотрении дел в хозяйственных судах в апелляционном порядке и предоставлению решений этих проблем на примере опыта зарубежных стран.

При рассмотрении дел в хозяйственных судах в апелляционной инстанции анализировалось наше национальное законодательство - Гражданский процессуальный кодекс, Гражданский процессуальный кодекс и решения Пленума Верховного Суда. Были внесены предложения по совершенствованию законодательства.

Ключевые слова. Апелляция, инстанция, жалоба, протест, упрощенное производство.

The article is devoted to the study of some problems in the review of cases in economic courts in the order of appeals and to provide solutions to these problems on the example of the experience offoreign countries.

When the cases in the economic courts are considered at the appellate instance, our national legislation - the Code of Judicial Procedure and the decisions of the Plenum of the Supreme Court were analyzed. Proposals were made to improve the legislation.

Key words. Appeal, instance, complaint, protest, simplified proceedings.

Saidmuradov Najmiddin Nabijonovich

Surxondaryo viloyati yuridik texnikumi kafedra mudiri [email protected]

ANNOTATSIYA

АННОТАЦИЯ

ABSTRACT

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

KIRISH

Mustaqillikka erishganimizdan keyin mamlakatimizda barcha sohalarda keng ko'lamli islohotlar amalga oshirildi. Mazkur islohotlar zamirida eng avvalo, inson, uning huquq va erkinliklarini hamda qonuniy manfaatlarini ta'minlash masalasi yotadi. Huquqiy demokratik davlat qurish va bozor iqtisodiyotiga o'tishda sud-huquq islohotlari alohida o'rin egallaydi. Mustaqillik yillarida sud-huquq tizimini erkinlashtirish va demokratlashtirish borasida muhim qadamlar qo'yilganini e'tirof etmoq lozim. Buning natijasida mamlakatimizda zamonaviy demokratiya talablariga javob bera oladigan sud tizimi shakllanmoqda. Sud bugungi kunda avvalgidek hukmron kommunistik tizimning qatag'on va jazolash apparati emas, balki u har bir inson va fuqaroning huquq hamda erkinliklarini ishonchli tarzda qo'riqlash va himoya qilishga qaratilgan chinakam mustaqil davlat institutiga aylanmoqda1.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR

Darhaqiqat, o'tgan davr mobaynida jismoniy va yuridik shaxslarning sud organlariga bo'lgan munosabatlari yangi davr kishisi singari ijobiy tarafga o'zgarib, murojaatlarning salmog'i hamda sifati ortganligini, sud-huquq sohasida bir qator islohotlar amalga oshirilganini ham ko'rish mumkin. Shulardan eng asosiylari sifatida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 21-oktabrdagi "Sud-huquq tizimini yanada isloh qilish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish chora-tadbirlari to'g'risida" PF-48502 sonli Farmonida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini o'z vaqtida hal etish murojaatlarni ko'rib chiqishda sansalorlik va befarq munosabatda bo'lmaslik, shuningdek buzilgan huquqlarni tiklash bo'yicha barcha zarur choralarni ko'rish bo'yicha chora tadbirlar ishlab chiqish belgilangan.

Sud-huquq sohasida ko'plab islohotlar amalga oshirilmoqda. Bu islohotlardan ko'zlangan asosiy maqsad sudni alohida hokimiyat sifatidagi o'rnini yanada mustahkamlash, yuridik va jismoniy shaxslarning huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilishda sudyalarga chinakam mustaqillik berish, sud tizimini ishlarni faqat qonun hujjatlariga asoslangan holda ko'radigan munosib sudyalar korpusi bilan shakllantirishdan iboratdir. Bu borada O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasi sud tizimi tuzilmasini tubdan takomillashtirish va faoliyati

1 Karimov I. A. Adolat - qonun ustuvorligida: Ikkinchi chaqiriq O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining oltinchi sessiyasidagi ma'ruza, 2001-yil 29-avgust // Xavfsizlik va tinchlik uchun kurashmoq ke-rak. 10-tom - T.: O'zbekiston, 2002. - 26-b.

2 O'zbekiston Respublikasi Prezidentini 2016-yil 21-oktabrdagi "Sud-huquq tizimini yanada isloh qilish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish chora-tadbirlari to'g'risida" PF-4850-sonli Farmoni //// (O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2016-y., 43-son, 497-modda) //// (O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2016 y., 43-son, 497-modda) // https://lex.uz/docs/3050491

864

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to'g'risida" 2017-yil 21-fevraldagi PF-4966-sonli Farmoni3 alohida o'rin tutadi. Mazkur Farmon bilan 2017-yil 1-iyundan boshlab O'zbekiston Respublikasida sud hokimiyatining ikkita oliy organi yagona organga birlashtirildi, ya'ni O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi va Oliy xo'jalik sudi negizida yagona O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi tashkil etildi . Chunki O'zbekiston Respublikasida Oliy sud va Oliy xo'jalik sudining mavjudligi sud tizimini boshqarish vazifalarining takrorlanishiga va yagona sud amaliyotining ta'minlanmasdan qolishiga ham sabab bo'layotgan edi Mazkur Farmon bilan xo'jalik sudlari iqtisodiy sudlarga aylantirildi . Endilikda, iqtisodiy nizolar birinchi bosqichda tumanlararo, tuman (shahar) iqtisodiy sudlari tomonidan ko'rib chiqiladigan bo'ldi. Viloyat va unga tenglashtirilgan sudlarda esa ishlarni apellatsiya va kassatsiya instansiyalarida ko'rish amaliyoti joriy etildi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Iqtisodiy (oldin xo'jalik) protsessida apellatsiya instansiyasi joriy qilinganidan buyon o'tgan davr mobaynidagi tahlillar shuni ko'rsatadiki, bugungi kunda apellatsiya instansiyasi birinchi instansiya sudlarining kuchga kirmagan hal qiluv qarorlari va ajrimlarini qayta ko'rib, qonuniy hal qilish bo'yicha o'zining samarali instansiya ekanligini isbotlamoqda. Ammo shunga qaramasdan iqtisodiy ishlarni apellatsiya tartibida sudda ko'rish bo'yicha sud amaliyotida yuzaga kelgan ayrim muammolarni ilmiy jihatdan tahlil qilish iqtisodiy protsessual qonunchiligida apellatsiya institutiga oid normalarni yanada takomillashtirish, axborot texnologiya vositalaridan foydalanish zaruriyatini yuzaga keltiradi. Yuqoridagilardan kelib chiqib aytishimiz mumkinki, bugungi kunda amaliyotda iqtisodiy sudlarida apellatsiya instansiyasida ish yuritish bilan bog'liq muammolar yuzasidan ham ilmiy, ham huquqiy jihatdan ishlab chiqilgan asosli tegishli xulosa va takliflar berishning zarurligi mavzuimizning dolzarb ekanligini anglatadi.

Mazkur mavzuni tadqiq etish jarayonida bitiruv malakaviy ishida iqtisodiy protsessual qonunchiligida apellatsiya institutining vujudga kelishi va rivojlanishi tarixi, iqtisodiy sud ishlarini yuritishda apellatsiya instansiyasining ahamiyati va iqtisodiy protsessida tutgan o'rni, milliy qonunchiligimiz bo'yicha birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorlari va ajrimlari ustidan apellatsiya shikoyati berish (protest keltirish) hamda ishni apellatsiya instansiyasida ko'rish tartibi va uning protsessual xususiyatlariga va ayrim xorijiy davlatlar iqtisodiy (xo'jalik) protsessual qonunchiligi

3 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasi sud tizimi tuzilmasini tubdan takomillashtirish va faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to'g'risida" 2017-yil 21-fevraldagi PF-4966-sonli Farmoni // Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 20.07.2018 y., 06/18/5487/1543-son) // https://lex.uz/docs/3121087

865

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

bo'yicha apellatsiya institutining ayrim jihatlarining yoritilishiga alohida to'xtalib o'tish bilan bir qatorda, mazkur malakaviy ishda, jumladan, bugungi kunda iqtisodiy protsessual qonunchiligida apellatsiya instansiyasi bo'yicha amaliyotda vujudga kelayotgan quyidagi muammolar tadqiq etiladi:

Birinchidan, O'zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksi 277-moddasida belgilangan apellatsiya shikoyatini (protestini) ko'rish muddatini qayta ko'rib chiqish;

Ikkinchidan, O'zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksi 262-moddasining uchinchi xatboshida nazarda tutilgan Apellatsiya shikoyatini (protestini) berishning o'tkazib yuborilgan muddatini tiklash masalasini ko'rib chiqish;

Uchinchidan, birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori ustidan shikoyat berilganligi (protest keltirilganligi) munosabati bilan ishni ko'radigan apellatsiya instansiyasi sudining O'zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksi 278-moddasi beshinchi bandida va 281-moddasi 3-qismi 3-bandida nazarda tutilgan vakolatini qayta ko'rib chiqish;

To'rtinchidan, O'zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksida apellatsiya instansiyasida ish yuritishni tartibga soluvchi normalarni yanada takomillashtirish.

XULOSA VA TAKLIFLAR

Birinchidan, O'zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksi 277-moddasida belgilangan apellatsiya shikoyatini (protestini) ko'rish muddatini qayta ko'rib chiqish;

Bugungi kunda amaliyotda iqtisodiy ishlar bo'yicha birinchi instansiya sudlari tomonidan chiqarilagan sud hujjatlari (qaror, hal qiluv qarori, ajrim) ustidan berilgan apellatsiya shikoyati (protesti)ni apellatsiya instansiyasi tomonidan ish yurituviga qabul qilingandan so'ng uni ko'rish muddati bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual qodekisining 277-moddasida qo'yidagicha norma belgilangan. Unga ko'ra, Apellatsiya instansiyasi sudi birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori ustidan berilgan apellatsiya shikoyatini (protestini) apellatsiya shikoyati (protesti) ish yuritishga qabul qilingan kundan e'tiboran bir oydan ortiq bo'lmagan muddatda ko'rib chiqadi.

Sudning soddalashtirilgan ish yuritish tartibida ko'rib chiqilgan, huquqiy ta'sir chorasini qo'llash to'g'risidagi ish bo'yicha hal qiluv qarori ustidan apellatsiya shikoyati (protesti) sudga kelib tushgan kundan e'tiboran o'n besh kun ichida ko'rib chiqilishi belgilangan. Bu bir oylik muddat huddi birinchi instansiya sudi tomonidan ishni ko'rish muddati bilan bir xil hisoblanadi. Apellatsiya instansiyasi protsessual

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

xususiyati va ish hajmiga ko'ra birinchi instansiya sudi bilan farq qiladi. Asosan apellatsiya instansiyasida ish hajmi birinchi instansiyasi ish hajmidan farq qilib, kam ish hajmiga ega, shuningdek, apellatsiya instansiyasidagi xodimlar birinchi instansiya sudidagi xodimlarga nisbatan ancha tajribali hisoblanadi. Shuning uchun birinchi instansiya sudiga berilgan ishni ko'rish muddati bir oylik muddatni apellatsiya instansiyasiga ko'llamaslik kerak. O'ylashimcha, apellatsiya instansiya sudi tomonidan shikoyat (protest) ish yurituviga qabul qilingandan so'ng ishni ko'rib chiqish muddatini bir oydan yigirma kunga o'zgartirilsa maqsadga muvofiq bo'lar edi. Chunki, apellatsiya instansiyasi bu yigirma kunlik muddatda ham ishni ko'rib chiqish imkoniyatiga ega. Shuningdek, Sudning soddalashtirilgan ish yuritish tartibida ko'rib chiqilgan, huquqiy ta'sir chorasini qo'llash to'g'risidagi ish bo'yicha hal qiluv qarorini ham o'n besh kunlik muddatdan o'n kunlik muddatga o'zgartirish kerak. IPK nazarda tutilgan birinchi instansiya sudlari tomonidan chiqarilgan ajrimlar ustidan berilgan apellatsiya shikoyati (protesti)ni ham ko'rish muddati umumiy bo'lgan bir oylik muddatdan yigirma kunlik muddatga o'zgartirish lozim. Ayrim xorijiy davlatlarning qonunchiligini o'rganib chiqqanimda, ishn ko'rish muddati bir oylik, o'n besh kun yoki yigirma kunlik ekanligini aniqladim. Bu muddatni yigirma kunlik muddatga kamaytirish bir qancha ijobiy tomonlari mavjud. Masalan, tadbirkorlik subyektlarining vaqti va sarf-xarajatni tejashga, sudlar tomonidan ishlarni ko'rishda mas'uliyatni oshishiga olib keladi. Tadbirkorlik subyektlari uchun vaqt va sarf-harajatning kamaytirilishi rivojlanishning eng muhim omili hisoblanadi.

Alohida hollarda apellatsiya shikoyatini (protestini) ko'rib chiqish muddati sud raisi tomonidan ko'pi bilan bir oyga uzaytirilishi IPK belgilangan. Mazkur muddatni ham yigirma kunga o'zgartirish lozim. Amaliyotda, muddatning uzoq bo'lishi ish sifati va sudlarga bo'lgan ishonchning susayishiga olib kelishi mumkin. Apellatsiya instansyasi buzilgan huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish ekan, tezda qonuniy va adolatli qarori chiqarishi kerak. Shunda sudning nufuzi fuqarolar ko'z o'ngida asosiy himoya vositasi bo'lib ko'rinadi.

Ikkinchidan, O'zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksi 262-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan Apellatsiya shikoyatini (protestini) berishning o'tkazib yuborilgan muddatini tiklash masalasini ko'rib chiqish, jumladan, apellatsiya shikoyati (protesti) berish muddatini tiklashni iltimosnoma bilan murojaat qilish muammoli vaziyat hisoblanadi. Chunki sud qanday sabablarni uzrli deb topishni qonun normalarida belgilanmagan. O'zbekiston Respublikasi IPKning 262-moddasi uchinchi qismiga ko'ra, Apellatsiya shikoyatini (protestini) berishning o'tkazib yuborilgan muddati, shikoyat (protest) bergan shaxsning iltimosnomasi

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

bo'yicha apellatsiya instansiyasi sudi tomonidan, agar iltimosnoma hal qiluv qarori qabul qilingan kundan e'tiboran ikki oydan kechiktirmasdan berilgan va apellatsiya shikoyatini (protestini) berish muddati o'tkazib yuborilishining sabablari sud tomonidan uzrli deb topilgan bo'lsa, tiklanishi mumkinligi belgilangan. O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumlariga murojaat qiladgan bo'lsak ham, bu borada aniq tushuntirishlar belgilanmagan. Faqat O'zbekiston Respublikasi Oliy Xo'jalik sudi Plenumining "Iqtisodiy sudlar tomonidan protsessual muddatlardga oid qonun normalarini qo'llashning ayrim masalalari to'g'risida"gi Qarorining 25.3.bandida Apellatsiya va kassatsiya shikoyatini berishning o'tkazib yuborilgan protsessual muddatini tiklash uchun:

apellatsiya va kassatsiya shikoyatini berish to'g'risidagi masalani yuqori turuvchi organ (mansabdor shaxs) bilan kelishish lozimligi,

rahbar yoki vakilning xizmat safarida, mehnat ta'tilida yoxud davolanishda bo'lganligi,

huquqshunos lavozimining vakantligi yoki ushbu shtat birligining mavjud emasligi,

rahbarning almashganligi,

shuningdek yuridik shaxsning boshqa turli ichki tashkiliy muammolari kabi boshqa holatlar uzrli sabablar deb baholanmasligi lozimligi bo'yicha tushuntirishlar berilgan. Ya'ni bundan boshqa bo'lgan holatlarni uzrli sabablar deb topish sud'yaga bog'liq bo'lib qoladi. Bu esa bir qancha muammoli vaziyatlarni yuzaga keltirib chiqarishi mumkin. Shuningdek, muddatni tiklash bo'yicha iltimonoma bilan murojaat qilish mumkinligining muddati qat'iy ikki oydan oshmasligi ham belgilangan. Mana shu qat'iy ikki oylik muddatni qayta ko'rib chiqib uni uch oyga o'zartirish maqsadga muvofiq bo'lar edi. Aksariyat hollarda, uzrli sabablar deb topish uchun bo'lgan holatlarga uch oylik muddat oqilona muddat hisoblanadi. Ayrim xorijiy davlatlarni protsessual qonunchiligini shuni ko'rsatadiki (masalan Ukrainada uch oy, Rossiyada olti oy, Germaniyada olti oy) bu muddat uch oy, olti oy qilib belgilangan ekan. Xuddi shuningdek, qanday sabablarni uzrli deb topish bo'yicha sudyalarga aniq bo'lgan qoidalarni qonunchilikka kiritish kerak. IPKning 262-moddasi uchinchchi qismiga uzrli deb topishni, ya'ni apellatsiya shikoyati berish imkoniyatiga ega bo'lgan shaxsning kassallik bilan bog'liqligi, ma'muriy huquqbuzarlik bo'yicha qamoq jazo berilganligi, davolanishda bo'lganligi, fors-major holatlarni va boshqalarni uzrli sabab dep topishni taklif sifatida kiritar edim. Shuningek, mazkur sabablarni O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2019-yil 24-dekabrdagi "Apellatsiya va kassatsiya instansiyasi sudlari tomonidan

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Iqtisodiy protsessual qonun normalarini qo'llashning ayrim masalalari to'g'risida" 26-sonli qaroriga kiritishni tavsiya qilar edim.

Shunda sud va tadbirkorlik subyektlari o'rtasida muammolar kamaygan bo'lardi. Bu esa sudga bo'lgan ishonchning oshishiga olib keladi.

Uchinchidan, O'zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksi 278-moddasida beshinchi bandida nazarda tutilgan birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori ustidan shikoyat berilganligi (protest keltirilganligi) munosabati bilan ishni ko'radigan apellatsiya instansiyasi sudining vakolatlaridan biri bo'lgan IPK 279-moddasining to'rtinchi qismining 4-bandida nazarda tutilgan asoslar mavjud bo'lgan taqdirda hal qiluv qarorini bekor qilishga va ishni birinchi instansiya sudiga yangidan ko'rib chiqish uchun yuborish vakolatini IPK 278-moddasidan chiqarish taklifini bergan bo'lar edik.

IPKning 279-moddasi to'rtinchi qismining 4-bandida birinchi instansiya sudi tomonidan iqtisodiy ishni ko'rib chiqishda protsessual huquq normalariga rioya qilinmagan bo'lsa, ya'ni agar:

ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan shaxslarning huquq va majburiyatlari to'g'risida sud tomonidan hal qiluv qarori qabul qilinganligi natijasida chiqarilgan hal qiluv qarori majburiy tartibda bekor qilinib ish yangida ko'rish uchun birinchi instansiya sudiga yuboriladi. Demak, apellatsiya instansiyasi sudi birinchi instansiya sudi tomonidan ishni ko'rishda mazkur protsessual qoidaga rioya qilmagan bo'lsa, birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini har qandayn holda bekor qiladi va ishni birinchi instansiya sudiga yangidan ko'rib chiqish uchun yuboradi. Apellatsiya instansiyasi sudiga yuqoridagi holat mavjud bo'lganda birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini bekor qilish vakolati berilgan holda, keyinchalik mazkur iqtisodiy ishni apellatsiya instansiyasi sudining o'zi tomonidan ko'rib qonuniy hal etish vakolatining berilmaganligi bugungi kunda amaliyotda birinchi instansiya sudlari tomonidan protsessual huquq normasi (ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan shaxslarning huquq va majburiyatlari to'g'risida sud tomonidan hal qiluv qarori qabul qilinganligi natijasida chiqarilgan hal qiluv qarori) buzilgan holda ko'rilgan iqtisodiy ishlarning qayta ko'rilib qonuniy hal etilishi muddatlarining asossiz ravishda uzayib ketishiga va bu ishda ish yakunidan manfaatdor bo'lgan taraflarning huquqlari va qonuniy manfaatlarining buzilishiga sabab bo'lmoqda. Iqtisodiy protsessual kodeksida, apellatsiya instansiyaga quyi turuvchi sudning qarorini o'zgartirgan yoki bekor qilgan taqdirda ishni yangidan ko'rib chiqishga yubormasdan turib, yakuniy qaror chiqarish bo'yicha vakolatlar berilganida ortiqcha ovoragarchilik, ortiqcha sarf-xarajat va eng muhimi ortiqcha vaqt ketmagan bo'lar edi. Shuningdek, aksariyat

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

holatlarda amaliyotda apellatsiya sudlarida birinchi instansiya sudi qabul qilgan hal qiluv qarorini bekor qilib yangidan ko'rish uchun quyi sudlarga yuborilgan iqtisodiy ishlar bo'yicha qabul qilgan hal qiluv qarori ishni birinchi marta ko'rgan sudning qabul qilgan qarori bilan deyarli bir xil mazmunda qaror qabul qilinadi. Bu esa, birinchi instansiya sudi moddiy huquq normalarini to'g'ri qo'llab, protsessual qonun normalarini buzgan yoki noto'g'ri qo'llagan bo'lishi mumkin.

Shu sababli IPKning 279-moddasi to'rtinchi qismidagi 4-bandida nazarda tutilgan asos mavjud bo'lganida, ya'ni birinchi instansiya sudlari tomonidan iqtisodiy ishni ko'rishda protsessual huquq normalariga rioya qilinmagan bo'lsa ham apellatsiya instansiyasi sudiga birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini bekor qilib yangi hal qiluv qarori chiqarish vakolatini berish taklifini bergan bo'lar edik. Jumladan, Rossiya, Ukraina, Qozog'iston kabi MDH davlatlarining Xo'jalik, Arbitraj protsessual kodekslarini o'rganib chiqqanimda ham apellatsiya instansiyasi sudining ishni ko'rish yakuni bo'yicha mazkur turdagi vakolati nazarda tutilmaganligining guvohi bo'ldim. Ya'ni ishni yangidan ko'rish uchun birinchi instansiya sudiga yuborish.

To'rtinchidan, O'zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksida apellatsiya instansiyasida ish yuritishni tartibga soluvchi normalarni yanada takomillashtirish, jumladan, apellatsiya instansiyasida ish yuritish bo'yicha apellatsiya shikoyati (protesti)ni sud ishlarini yuritishga qabul qilish tartibi, apellatsiya shikoyati (protesti)ni rasmiylashtirish, ish yurituvini to'xtatib turish asoslarini aniq belgilab qo'yish maqsadga muvofiq bo'lar edi. Chunki, bugungi kunda apellatsiya instansiyasida mazkur jarayonlar Iqtisodiy protsessual kodeksida birinchi instansiya sudlari uchun nazarda tutilgan umumiy asoslar bo'yicha amalga oshirilmoqda va rasmiylashtirilmoqda. Vaholanki, apellatsiya instansiyasida ish yuritishning birinchi instansiya sudida ish yuritishdan farqli va alohida jihatlari, protsessual xususiyatlari mavjud va ular bir-biridan o'zaro farq qilishi lozim.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. // (Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 05.09.2019 y., 03/19/563/3685-son) // https://lex.uz/acts/20596

2. O'zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksi. (Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 11.03.2020 y., 03/20/607/0279-son) // https://lex.uz/docs/3523891

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

3. O'zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi. (Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 11.03.2020 y., 03/20/608/0278-son) // https://lex.uz/docs/3517337

4. O'zbekiston Respublikasining 2021-yil 28-iyuldagi yangi tahrirdagi "Sudlar to'g'risida"gi Qonuni. Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 11.03.2020 y., 03/20/607/0279-son) // https://lex.uz/acts/68532

5. O'zbekiston Respublikasi Prezidentini 2016-yil 21-oktabrdagi "Sud-huquq tizimini yanada isloh qilish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish chora-tadbirlari to'g'risida" PF-4850-sonli Farmoni // (O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2016-y., 43-son, 497-modda) // https://lex.uz/docs/3050491

6. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 21-fevraldagi "O'zbekiston Respublikasi sud tizimi tuzilmasini tubdan takomillashtirish va faoliyati samaadorligini oshirish chora-tadbirlari to'g'risidag"gi PF-4966-sonli Farmoni // Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 20.07.2018-y., 06/18/5487/1543-son) // https://lex.uz/docs/3121087

7. O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining O'zbekiston Respublikasi Oliy sud Plenumining 2019-yil 24-dekabrdagi "Apellatsiya va kassatsiya instansiyasi sudlari tomonidan Iqtisodiy protsessual qonun normalarini qo'llashning ayrim masalalari to'g'risida" 26-sonli qarori. // https://lex.uz/docs/4712908

8. O'zbekiston Respublikasi Oliy xo'jalik sudi Plenumining 2015-yil 19-iyundagi 283-sonli «Iqtisodiy sudlar tomonidan protsessual muddatlarga oid qonun normalarini qo'llashning ayrim masalalari to'g'risida»gi qarori. // https://lex.uz/docs/2712887

9. Арбитражный процессуальный кодекс Российской Федерации от 24.07.2002 № 95-ФЗ (редакция от 25.12.2018. // https://dokumenty24.ru/

10. Хозяйственный процессуальный кодекс Республики Беларус от 17 июля 2019 г. № 233-3 // https://etalonline.by/document/?regnum=HK9800219

11. Хозяйственный процессуальный кодекс Украины // http ://uazakon .ru/hpk

12. Гражданский процессуальный кодекс Франции (Версия, вступившая в силу 11 июля 2019 г.)/ www.legifrance.gouv.fr

13. Гражданский процессуальный кодекс Германии от 1 октября 1879 года В редакции от 20 ноября 2015 г. http://www.gesetze-im-internet.de/englisch zpo/englisch zpo.html#p3588

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

14. E.Egamberdiev. Sud-huquq tizimini isloh qilish va yanada liberallashtirish // Sud-huquq islohotlari: hozirgi holati va takomillashtirish istiqbollari. - T.: TDYUI, 2007. - 380 b.

15. R.T.Berdiyorov. Xo'jalik protsessual huquqi. O'quv qo'llanma. T.: TDYUU,

16. Q.Komilov, M.Ergashev. Iqtisodiy sudlarga murojaat qilish tartibi. Amaliy qo'llanma. - Tashkent: ILMIY-TEXNIKA AXBOROTI - PRESS NASHRIYOTI, 2018. -232 b.

17. Abdusalomov, M.Azimov, X.Burxandxojaev. O'zbekiston Respublikasi Xo'jalik protsessual kodeksiga sharhlar. -T: "Iqtisodiyot va huquq dunyosi" nashriyot uyi. 2002 yil. Voronov

18. M.M.Mamasiddiqov. Fuqarolik protsessi: o'quv qo'llanma / Toshkent: Baktria press, 2014. - B. 388.

19. V.V.YArkov. Arbitrajnbiy protsess: uchebnik. - 6-e izd, pererab. i dop. - M., 2010. - 880 s

20. Z.N.Esanova (mualliflar jamoasi). Iqtisodiy protsessual huquqi. Darslik. -Toshkent: TDYU, 2019

2014.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.