Научная статья на тему 'KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISHDA TEZKOR-QIDIRUV FAOLIYATINI MA'MURIY-HUQUQIY JIHATDAN TA'MINLASH: XORIJ VA O'ZBEKISTON MA'MURIY JAVOBGARLIK TO'G'RISIDAGI QONUNCHILIK NORMALARI TAHLILI'

KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISHDA TEZKOR-QIDIRUV FAOLIYATINI MA'MURIY-HUQUQIY JIHATDAN TA'MINLASH: XORIJ VA O'ZBEKISTON MA'MURIY JAVOBGARLIK TO'G'RISIDAGI QONUNCHILIK NORMALARI TAHLILI Текст научной статьи по специальности «Право»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Область наук
Ключевые слова
Korrupsiya / o'g'rilik / firibgarlik / o'zlashtirish / rastrata / tender / auktsion. / Corruption / theft / fraud / appropriation / rastrata / tender / auction.

Аннотация научной статьи по праву, автор научной работы — Ergashev Qaxramon Zokirjonovich

Maqolada Belarus, Ozarbayjon, RF, Tojikiston, Turkmaniston, Ukrainada, Qirg'iziston hamda O'zbekiston Respublikalari ma'muriy javobgarlik qonunchilikdagi korrupsiya bilan bog'liq normalar tahlil qilinib, tezkor-qidiruv faoliyatini ma'muriy-huquqiy jihatdanta'minlash zarurligi bois, ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksga asoslantirilgan takliflar bildirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ADMINISTRATIVE-LEGAL PROVISION OF OPERATIONAL-SEARCH ACTIVITIES IN THE FIGHT AGAINST CORRUPTION: ANALYSIS OF LEGISLATIVE NORMS ON ADMINISTRATIVE RESPONSIBILITY OF FOREIGN AND UZBEKISTAN

The article analyzes the norms related to corruption in the law of administrative responsibility of the republics of Belarus, Azerbaijan, RF, Tajikistan, Turkmenistan, Ukraine, Kyrgyzstan and Uzbekistan, and makes proposals based on the code of administrative responsibility, since it is necessary to ensure the administrative and legal provision of operational-search activities.

Текст научной работы на тему «KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISHDA TEZKOR-QIDIRUV FAOLIYATINI MA'MURIY-HUQUQIY JIHATDAN TA'MINLASH: XORIJ VA O'ZBEKISTON MA'MURIY JAVOBGARLIK TO'G'RISIDAGI QONUNCHILIK NORMALARI TAHLILI»

APPLIED SCIENCES

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.3 | SJIF = 7.984 www.in-academy.uz

/1 » Mk h 4

iy i^WKÊM

\ r t Lß.№, FINANCE AND

SCIENCES

^ ...I ,.„.!»»►■»"■

ARTICLE INFO

ADMINISTRATIVE-LEGAL PROVISION OF OPERATIONAL-SEARCH ACTIVITIES IN THE FIGHT AGAINST CORRUPTION: ANALYSIS OF LEGISLATIVE NORMS ON ADMINISTRATIVE RESPONSIBILITY OF FOREIGN AND

UZBEKISTAN Ergashev Kaxramon Zokirjonovich First deputy chief of the IIB of Namangan region, Lieutenant Colonel https://doi.org/10.5281/zenodo.11190568

ABSTRACT

Received: 06th May 2024 Accepted: 13th May 2024 Online: 14th May 2024 KEYWORDS Corruption, theft, fraud, appropriation, rastrata, tender, auction.

The article analyzes the norms related to corruption in the law of administrative responsibility of the republics of Belarus, Azerbaijan, RF, Tajikistan, Turkmenistan, Ukraine, Kyrgyzstan and Uzbekistan, and makes proposals based on the code of administrative responsibility, since it is necessary to ensure the administrative and legal provision of operational-search activities.

KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISHDA TEZKOR-QIDIRUV FAOLIYATINI MA'MURIY-HUQUQIY JIHATDAN TA'MINLASH: XORIJ VA O'ZBEKISTON MA'MURIY JAVOBGARLIK TO'G'RISIDAGI QONUNCHILIK NORMALARI

TAHLILI

Ergashev Qaxramon Zokirjonovich

Namangan viloyat IIB boshlig'ining birinchi o'rinbosari, podpolkovnik https://doi.org/10.5281/zenodo.11190568

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Received: 06th May 2024 Accepted: 13th May 2024 Online: 14th May 2024 KEYWORDS Korrupsiya, o'g'rilik, firibgarlik, o'zlashtirish, rastrata, tender, auktsion.

Maqolada Belarus, Ozarbayjon, RF, Tojikiston, Turkmaniston, Ukrainada, Qirg'iziston hamda O'zbekiston Respublikalari ma'muriy javobgarlik qonunchilikdagi korrupsiya bilan bog'liq normalar tahlil qilinib, tezkor-qidiruv faoliyatini ma'muriy-huquqiy jihatdan ta'minlash zarurligi bois, ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksga asoslantirilgan takliflar bildirilgan.

Tezkor-qidiruv faoliyatida korrupsiyaga qarshi kurashishni tartibga soluvchi ayrim xorijiy davlatlarning qonunlarini o'rganishda ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi qonunlarni mazmun-mohiyatini o'rganish maqsadga muvofiqdir. Jumladan, Ukraina "ma'muriy huquqbuzarliklar to'g'risida" kodeksida korrupsiya bilan bog'liq huquqbuzarliklar: "o'g'irlik, firibgarlik, o'zlashtirish yoki rastrata yo'li bilan o'zganing mulkini oz miqdorda o'zlashtirishi(51-m)[1]; Rossiya Federasiyasi "Ma'muriy huquqbuzarliklar to'g'risida"gi kodeksida korrupsiya bilan bog'liq huquqbuzarliklar: o'zganing mulkini o'g'rilik, firibgarlik, o'zlashtirish yoki rastrata yo'li bilan mulkini oz miqdorda talon-toroj qilish(7.27-m.); aldash yoki ishonchni suiste'mol qilish orqali mulkiy zarar etkazish(7.27.1-m.)[2]; Tojikiston

APPLIED SCIENCES

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.3 | SJIF = 7.984 www.in-academy.uz

Respublikasining "Ma'muriy huquqbuzarliklar to'g'risida"gi kodeksida korrupsiya bilan bog'liq ma'muriy huquqbuzarliklar: xizmat mavqeidan foydalangan holda davlat va xususiy shirkat mulkini jinoyat alomatlari bo'lmagan holda firibgarlik yoki rastrata qilish yo'li bilan oz miqdorda o'zlashtirish(649-m); noqonuniy mukofotni qabul qilish; xizmat faoliyatiga doir yoki boshqa shaxsiy masalani hal etishga doir funktsiyani bajarish munosabati bilan sovg'alar, moddiy qimmatliklarni qabul qilish; kredit olish va qaytarish, ssudalar, qimmatli qog'ozlar, ko'chmas mulk va boshqa mol-mulkni sotib olish, davlat solig'ini to'lash, boshqa majburiyatni bajarishda qonun hujjatida nazarda tutilmagan imtiyozlardan foydalanish; davlat byudjetidan moliyalashtiriladigan davlat buyurtmasi, boshqa buyurtmalarni hal qiluv qarorini tayyorlash va qabul qilishda jismoniy va yuridik shaxslarga noqonuniy yoki asossiz imtiyozlar va imtiyozlar berish; davlatning moliyaviy va moddiy resurslariga egalik huquqini berish yoki ulardan vaqtinchalik foydalanishga berish tartibini buzish; xizmat lavozimini suiste'mol qilish; davlat moliyaviy va moddiy resurslarini alohida nomzodlar va jamoat birlashmalarining saylov fondlariga noqonuniy o'tkazish; huquqni muhofaza qilish, nazorat va sud organlarining hujjatlarini asossiz bajarmaslik; korrupsiyaga qarshi kurashish davlat dasturlarining chora-tadbirlari va ularni amalga oshirish rejalarini bajarmaslik; davlat funktsiyalarini bajarish bilan bog'liq ma'lumotlardan shaxsiy yoki guruh manfaatlari uchun foydalanish; xo'jalik yurituvchi sub'ektlarning faoliyatiga noqonuniy aralashish; baholash, ommaviy savdolarni yoki tenderlar yoki auktsionlarni o'tkazish qoidalarini buzish; asosiy davlat mablag'larini noqonuniy tasarruf etish; ma'muriy huquqbuzarlik uchun ma'muriy javobgarlikka tortish tartibini buzish; mulkka egalik qilish, foydalanish yoki tasarruf qilish bo'yicha tuziladigan dalolatnoma, bitim, shartnomani rasmiylashtirish, tasdiqlash yoki ro'yxatdan o'tish tartibini buzish; jismoniy va yuridik shaxslarga ularning huquqlari va qonuniy manfaat-larini amalga oshirishda sun'iy ravishda to'siqlarni yaratish; davlat funktsiyalarini bajarishga vakolatli mansabdor shaxslarga moddiy va nomoddiy imtiyozlar berish; huquqni muhofaza qilish organlariga korrup-tsiya bilan bog'liq huquqbuzarliklar to'g'risida ma'lumot va hisobotlarni taqdim etmaslik; vakolatli organ yoki shaxsga taftish va tekshirish hujjat-larini kechiktirib taqdim etish yoki taqdim etmaslik; zarar ko'rilgan moliya xo'jalik operasiyalari haqida hisobot va hujjatlarni ro'yxatga o'tkazmasdan yo'q qilish; kollegial tartibda korrupsiyaga oid qarorlar qabul qilish(38-bob 656-675mm.)[3]; Ozarbayjon Respublikasining "Ma'muriy huquqbuzarliklar to'g'risida"gi kodeksida korrupsiya bilan bog'liq ma'muriy huquqbuzarliklar: korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar bilan bog'liq axborotni taqdim etgan shaxs to'g'risidagi maxfiy ma'lumotlarni oshkor qilish; korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar bilan bog'liq axborotni taqdim etgan shaxsga yoki uning qarindoshiga nisbatan berilgan ma'lumot tufayli tahdid, bosim, haqorat yoki moddiy zarar etkazish"(5942-m 2, 3-q.)[4]; Belarus Respublikasining "Ma'muriy javobgarlik to'g'risida"gi kodeksida korrupsiya bilan bog'liq ma'muriy huquqbuzarliklar: mansab vakolatini suiiste'mol qilish yo'li bilan yuridik shaxsning mulkini kompyuter texnikasidan foydalanib, bazaviy hisoblashning o'n barovari miqdorida ya'ni, oz miqdorda o'g'rilik, firibgarlik, o'zlashtirish yoxud rastrata qilish(11.1-m)[5]; Qirg'iziston Respublikasini "Huquqbuzarliklar to'g'risida"gi kodeksida korrupsiya bilan bog'liq ma'muriy huquqbuzarliklar: o'zganing mulkini oz miqdorda yashirin ravishda o'g'irlash (271-m); aldash yoki ishonchni suiiste'mol qilish orqali xususiy mulkni yoki boshqa mulk egasiga oz miqdorda mulkiy zarar etkazish (272-m); oz miqdorda o'zganing

APPLIED SCIENCES

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.3 | SJIF = 7.984 www.in-academy.uz

mulkini yo'q qilish yoki shikast etkazish(273-m)[6]; Turkmaniston Respublikasi "ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risida" korrupsiya bilan bog'liq ma'muriy huquqbuzarliklar: o'g'irlik, firibgarlik, rastrata yo'li bilan mulkni oz miqdorda o'zlashtirish (92-m); aldash yoki ishonchni suiiste'mol qilish orqali moddiy zarar etkazish (921-m); jinoyat natijasida yuridik shaxsga etkazilgan moddiy zararni qoplashdan bo'yin tovlash (93-m); o'zganing mulkini qasddan yo'q qilish yoki shikast etkazish(94-m); mulkni yoki mulkiy xarakterdagi imtiyozlarni noqonuniy egallash(95-m); jinoiy yo'l bilan topilgan mulkni saqlash, o'tkazish(96-m)[7] kabi huquqbuzarlikni aniqlashda vakolatli organlarning xodimlari tomonidan tezkor-qidiruv tadbirlari o'tkazilishi belgilangan.

O'zbekiston Respublikasi "ma'muriy javobgarlik to'g'risida"gi kodeksida korrupsiya bilan bog'liq huquqbuzarliklar ya'ni, mulkchilik shaklidan qat'i nazar korxona, muassasa, tashkilotlarning mol-mulkini o'g'irlash, o'zlashtirish, rastrata qilish, mansab lavozimini suiiste'mol qilish yoki firibgarlik yo'li bilan oz miqdorda talon-toroj qilish(61-m); nodavlat tijorat tashkilotining yoki boshqa nodavlat tashkilotining xizmatchisini pora evaziga og'dirib olish(61x-m); davlat organining, davlat ishtirokidagi tashkilotning yoki fuqarolar o'zini o'zi boshqarish organining xizmatchisiga mazkur xizmatchining o'z xizmat mavqeidan foydalangan holda sodir etishi lozim yoki mumkin bo'lgan muayyan harakatni uni pora evaziga o'ziga og'dirib olayotgan shaxs manfaatlarini ko'zlab bajarishi yoki bajarmasligi evaziga qonunga xilof ekanligini bila turib, moddiy qimmatliklar berish yoki uni mulkiy manfaatdor etish(1931-m); davlat organi, davlat ishtirokidagi tashkilot yoki fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organi xizmatchisining o'z xizmat mavqeidan foydalangan holda bajarishi lozim yoki mumkin bo'lgan muayyan harakatni uni pora evaziga o'ziga og'dirib olayotgan shaxs manfaatlarini ko'zlab bajarishi yoki bajarmasligi evaziga qonunga xilof ekanligini bila turib, moddiy qimmatliklar olishi yoki mulkiy manfaatdor bo'lishi(1932-m); mansabdor shaxslarning davlat statistika kuzatuvini olib borish uchun zarur bo'lgan hisobot va boshqa ma'lumotlarni taqdim etmaslikda ifodalangan davlat statistika hisobotlarini taqdim etish tartibini buzishi, hisobot ma'lumotlarini buzib ko'rsatishi yoki hisobotlarni taqdim etish muddatlarini buzishi (215-m); korxonalarning moliya-xo'jalik faoliyati to'g'risidagi materiallarni mansabdor shaxslar tomonidan bankrotlik to'g'risidagi ishlar bo'yicha davlat organlariga taqdim etmaslik yoki vaqtida taqdim etmaslik(2151-m); O'zbekiston Respublikasi hisob palatasining ko'rsatmalari va taqdimnomalarini bajarishdan bo'yin tovlaganlikda yoki o'z vaqtida bajarmaganlikda, ma'lumotlar bazasiga kirishga ruxsat bermaganlikda va axborot taqdim etmaganlikda, bila turib noto'g'ri ma'lumot taqdim etganlikda ifodalangan tarzda O'zbekiston Respublikasi hisob palatasining qonuniy faoliyatiga to'sqinlik qilish, shuningdek O'zbekiston Respublikasi hisob palatasining faoliyatiga aralashganlik hamda uning mansabdor shaxslariga ular-ning zimmasiga yuklatilgan vazifalar va funktsiyalarni qonuniy ravishda bajarishiga to'sqinlik qilish maqsadida har qanday shaklda ta'sir ko'rsat-ganlik(2152-m); soliq to'lovchilarning majburiyatlari yuzaga kelganligi to'g'risida qonunchilikka muvofiq axborot taqdim etadigan organlar va tashkilotlarning mansabdor shaxslari tomonidan soliq to'lovchilarning majburiyatlari yuzaga kelganligi to'g'risidagi axborotni taqdim etish tartibining ko'rsatilgan axborotni taqdim etmaslikda, o'z vaqtida taqdim etmaslikda yoki buzib ko'rsatgan holda taqdim etishda ifodalangan buzilishi(2153-m); davlat xizmatlari ko'rsatish sohasida qonunchilikning arz qiluvchidan murojaatni qabul

APPLIED SCIENCES

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.3 | SJIF = 7.984 www.in-academy.uz

qilishni rad etganlikda, davlat xizmatlari ko'rsatish chog'ida murojaatlarni ko'rib chiqish tartibini va muddatlarini buzganlikda, arz qiluvchidan qonunchilikda nazarda tutilmagan hujjatlarni talab qilib olganlikda, davlat xizmatlari ko'rsatish sohasidagi vakolatli davlat organining qonuniy talabini (topshirig'ini) bajarmaganlikda ifo-dalangan tarzda buzilishi(2155-m); O'zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi organlarining davlat mulki ob'ektlari, shu jumladan xorijdagi davlat mulki ob'ektlari to'g'risidagi ma'lumot-larni kiritish haqidagi taqdimnomalarini bajarmaslik yoki ma'lumot-larning to'liqligini ta'minlamaslik(2156-m); davlat hokimiyati va boshqa-ruvi organlari faoliyatining ochiqligi to'g'risidagi qonunchilikni buzgan-lik, jumladan ochiq ma'lumotlar sifatida joylashtiriladigan, ijtimoiy ahamiyatga molik bo'lgan ma'lumotlar ro'yxatiga kiritilgan ma'lumotlarni e'lon qilmaganlik yoki to'liq e'lon qilmaganlik, e'lon qilish muddatlariga va tartibiga rioya etmaganlik yoki ma'lumotlarni buzib ko'rsatganlik(2157-m); davlat korxonalari va boshqa ob'ektlar xususiylashtirilishi munosabati bilan yopiq tender tarzidagi kimoshdi savdosida yoki tanlovda qatnashish uchun berilgan talabnomalarni yashirish, kimoshdi sav-dosi, tanlov natijalarini yakunlashda talabnomalarni hisobga olmaslik (216-m); matbaa va shtempel-gravyorlik korxonalari va ustaxonalarini ochish va ularni faoliyat yuritish qoidasini buzish(217-m)[8] kabi huquqbuzarliklar korrupsiya sohasidagi huquqbuzarliklar hisoblanadi.

Tezkor-qidiruv faoliyatini ma'muriy-huquqiy jihatdan ta'minlash yuzasidan yuqorida sanab o'tilgan davlatlarning ma'muriy huquqbuzarlik sohasida qonunchiligi o'rganilganda huquq normasining qo'llash sohasi bo'yicha: korrupsiyaviy huquqbuzarliklardan iborat ekani; tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshirish orqali aniqlanadigan huquqbuzarliklar soni bo'yicha: Ukrainada 1 ta; Rossiyada 2 ta; Tojikistonda 21 ta; Ozarbayjonda 1 ta; Belarusda 3 ta; Qirg'izistonda 2 ta; Turmanistonda 6 ta; O'zbekistonda 13 ta normalar mavjudligi ma'lum bo'ldi. Tahlillardan shu ma'lum bo'ldiki, O'zbekiston Respublikasi "Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi"gi Kodeksda nazarda tutilgan korrupsiyaviy huquqbuzarliklar tezkor-qidiruv tadbirlarini o'tkazish orqali vakolatli sub'ektlar tomnidan aniqlansada, lekin ushbu Kodeksda tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshirish haqida umumiy qoidalar ko'rsatilmaganligi, huquqiy jihatdan bo'shliq borligini ko'rsatmoqda. O'rganilgan 7 ta davlatlarning "Ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risida"gi kodekslarning mazmunida tezkor-qidiruv faoliyati sohasidagi huquqbuzarliklar tartibga solinganligini, bu haqida ushbu kodekslarda umumiy qoidalar belgilanganligi ya'ni, ma'muriy huquqbuzarlikning sohasi sifatida tezkor-qidiruv faoliyati ham belgilangani; O'zbekiston Respublikasining "Ma'muriy javobgarlik to'g'risida" kodeksi bilan boshqa davlatlarning "Ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risida"gi kodekslari normalari qiyosiy tahlil qilinganida Tojikiston Respublikasining "Ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risida"gi kodeksining 38-bobi korrupsiya bilan bog'liq huquqbuzarliklarga bag'ishlangan bo'lib, 21 ta normalarni qabul qilinganligi mazkur huquqbuzarliklarni aniqlashda samarali mexanizmlar yaratilganligidan dalolat beradi.

Tahlillarga tayanib, tezkor-qidiruv faoliyatini ma'muriy-huquqiy jihatdan ta'minlashning huquqiy asoslarini mustahkamlashda Tqfni amalga oshiruvchi organlari tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshirishda O'zbekiston Respublikasining "ma'muriy javobgarlik to'g'risida"gi kodeksida nazarda tutilgan yigirmadan ortiq shu jumladan, korrupsiyaviy huquqbuzarliklarni vakolatli davlat organlari va boshqa xizmatlar bilan hamkorlikda tezkor-qidiruv tadbirlarini o'tkazish orqali aniqlaydilar. Shu bois, "tezkor-qidiruv faoliyatining

APPLIED SCIENCES

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.3 | SJIF = 7.984 www.in-academy.uz

natijalari" jumlasini ushbu Kodeksning 276-moddasi(Dalilllar) 2-qismiga qo'shish va quyidagi: "ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan ma'lumotlar quyidagi vositalar: ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi bayonnoma, ma'muriy javobgarlikka tortilayotgan shaxsning tushuntirishlari hamda jabrlanuvchining, guvohlarning ko'rsatuvlari, ekspert xulosasi, mutaxassis maslahati (tushuntirishlari), ashyoviy dalillar, ashyolar va hujjatlarni olib qo'yish to'g'risida bayonnoma, audio-, videoyozuvlardan va fotosuratlardan iborat materiallar, tezkor-qidiruv faoliyatining natijalari, shuningdek boshqa materiallar bilan belgilanadi"mazmunida bayon etish lozim.

Xulosa o'rnida shuni aytish lozimki, tezkor-qidiruv faoliyatini ma'muriy-huquqiy jihatdan ta'minlanishi TQFni amalga oshiruvchi organlarni korrupsiyaviy ma'muriy huquqbuzarlikni aniqlash faoliyatini samaradorligini oshiradi.

References:

1. Kodeks Ukraini ob administrativnix pravonarusheniyax ot 7 dekabrya 1984 goda № 8073-X // elektron manba: continent-online.com (murojaat vaqti: 10.05.2024).

2. Kodeks Rossiyskoy Federasii ob administrativnix pravonarusheniyax ot ot 30 dekabrya 2001 goda № 195-FZ // elektron manba: continent-online.com (murojaat vaqti: 10.05.2024).

3. Kodeks Respubliki Tadjikistan ob administrativnix pravonarusheniyax ot 31 dekabrya 2008 goda № 455 // elektron manba: continent-online.com (murojaat vaqti: 11.05.2024).

4. Kodeks Azerbaydjanskoy Respubliki ob administrativnix prostupkax ot 29 dekabrya 2015 goda № 96-VQ // elektron manba: continent-online.com (murojaat vaqti: 11.05.2024).

5. Kodeks Respubliki Belarus ob administrativnix pravonarusheniyax ot 6 yanvarya 2021 goda № 91-Z // elektron manba: https://kodeksy-by.com/koap rb.htm#google vignette (murojaat vaqti: 12.05.2024).

6. Kodeks Kirgizskoy Respubliki o pravonarusheniyax ot 28 oktyabrya 2021 goda № 128 // elektron manba: continent-online.com (murojaat vaqti: 12.05.2024).

7. Kodeks Turkmenistana ob administrativnix pravonarusheniyax (s izmeneniyami i dopolneniyami po sostoyaniyu na 08.05.2022 g.) // Elektron manba: continent-online.com (murojaat vaqti: 13.05.2024).

8. O'zbekiston Respublikasining ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksi // elektron manba: http: // www.lex.uz. (murojaat vaqti:14.05.2024).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.