Научная статья на тему 'KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISHDA RIVOJLANGAN DAVLATLAR TAJRIBASI'

KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISHDA RIVOJLANGAN DAVLATLAR TAJRIBASI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
7526
732
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
korrupsiya / korrupsiyaviy jinoyatlar / korrupsiyaga qarshi kurashish / hokimiyatni suiiste’mol qilish / poraxo’rlik / mansabdorlik jinoyatlari. / corruption / corruption crimes / anti-corruption / abuse of power / bribery / official crimes.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Shaxriyorov, Hamidulla Shuxrat O’g’li

Mazkur maqolada korrupsiya, korrupsiyaga qarshi kurashish tushunchasi, korrupsiyaga oid jinoyatlar uchun rivojlangan xorijiy mamlakatlarda javobgarlik masalalari va korrupsiyani oldini olish bo’yicha ularning tajribasi tahlil qilingan. Xususan, xorijiy davlatlardan Singapur, Malayziya, Yangi Zelandiya, Xitoy, Janubiy Koreya, Germaniya, Buyuk Britaniya, AQSh, Gruziya, Ispaniya va boshqa bir qator davlatlarning qonunchilik hujjatlari o’rganilib, tahlil qilindi. Tadqiqot ishimizda korrupsiyaga oid jinoyatlar uchun javobgarlik masalalari yuzasidan boshqa davlatlarning tajribasi asosida amaliy taklif va ilmiy xulosalar berildi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

DEVELOPED IN THE FIGHT AGAINST CORRUPTION COUNTRIES EXPERIENCE

This article analyzes corruption, the concept of countering corruption, issues of responsibility for corruption crimes in developed foreign countries and their experience in preventing corruption. In particular, legislative acts of Singapore, Malaysia, New Zealand, China, South Korea, Germany, Great Britain, USA, Georgia, Spain and a number of other countries were studied and analyzed from foreign countries. Our research work provides practical suggestions and scientific conclusions on the issues of responsibility for corruption crimes based on the experience of other states.

Текст научной работы на тему «KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISHDA RIVOJLANGAN DAVLATLAR TAJRIBASI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISHDA RIVOJLANGAN

DAVLATLAR TAJRIBASI

Mazkur maqolada korrupsiya, korrupsiyaga qarshi kurashish tushunchasi, korrupsiyaga oid jinoyatlar uchun rivojlangan xorijiy mamlakatlarda javobgarlik masalalari va korrupsiyani oldini olish bo'yicha ularning tajribasi tahlil qilingan. Xususan, xorijiy davlatlardan Singapur, Malayziya, Yangi Zelandiya, Xitoy, Janubiy Koreya, Germaniya, Buyuk Britaniya, AQSh, Gruziya, Ispaniya va boshqa bir qator davlatlarning qonunchilik hujjatlari o'rganilib, tahlil qilindi. Tadqiqot ishimizda korrupsiyaga oid jinoyatlar uchun javobgarlik masalalari yuzasidan boshqa davlatlarning tajribasi asosida amaliy taklif va ilmiy xulosalar berildi.

Kalit so'zlar: korrupsiya, korrupsiyaviy jinoyatlar, korrupsiyaga qarshi kurashish, hokimiyatni suiiste'mol qilish, poraxo 'rlik, mansabdorlikjinoyatlari.

ПРОДВИНУТЫЙ В БОРЬБЕ С КОРРУПЦИЕЙ ОПЫТ СТРАН

Шахриёров Хамидулла Шухрат угли,

магистрант Ташкентского государственного юридического университета

АННОТАЦИЯ

В данной статье проанализированы коррупция, понятие противодействия коррупции, вопросы ответственности за коррупционные преступления в развитых зарубежных странах и их опыт по предупреждению коррупции. В частности, из зарубежных стран изучены и проанализированы законодательные акты Сингапура, Малайзии, Новой Зеландии, Китая, Южной Кореи, Германии, Великобритании, США, Грузии, Испании и ряда других стран. В нашей исследовательской работе даны практические предложения и научные выводы по вопросам ответственности за коррупционные преступления на основе опыта других государств.

Shaxriyorov Hamidulla Shuxrat o'g'li,

Toshkent davlat yuridik universiteti magistranti e-mail: shaxriyorovhamidulla@gmail .com

ANNOTATSIYA

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Ключевые слова: коррупция, коррупционные преступления, противодействие коррупции, злоупотребление властью, взяточничество, должностные преступления.

DEVELOPED IN THE FIGHT AGAINST CORRUPTION COUNTRIES EXPERIENCE

Shakhriyorov Hamidulla Shukhrat ugli,

master student of Tashkent State University of law

ABSTRACT

This article analyzes corruption, the concept of countering corruption, issues of responsibility for corruption crimes in developed foreign countries and their experience in preventing corruption. In particular, legislative acts of Singapore, Malaysia, New Zealand, China, South Korea, Germany, Great Britain, USA, Georgia, Spain and a number of other countries were studied and analyzed from foreign countries. Our research work provides practical suggestions and scientific conclusions on the issues of responsibility for corruption crimes based on the experience of other states.

Keywords: corruption, corruption crimes, anti-corruption, abuse of power, bribery, official crimes.

KIRISH

Bugungi kunda jahon hamjamiyati oldida korrupsiya davlatlar rivojlanishiga, iqtisodiy, siyosiy, ma'naviy yuksalishiga to'sqinlik qilayotgan salbiy illat sifatida paydo bo'ldi. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoev ta'kidlaganidek, "Kormpsiyaning oldini olmasak, haqiqiy ishbilarmonlik va investisiya muhitini yaratib bo'lmaydi, umuman, jamiyatning birorta tarmog'i rivojlanmaydi"[1]. Haqiqatdan ham, korrupsiyaviy jinoyatlar davlatning rivojlanishiga to'sqinlik qiladi, shuningdek xalqning davlat organlariga nisbatan ishonchini susaytiradi [2].

O'zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgan ilk kunlardan boshlab korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatiga yetarli darajada etibor berilmasdan, asosan, davlatning bir qator asosiy shartnomalarga qo'shilishi bilan harakterlanib, korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan samarali mexanizmlarni yaratish, rivojlangan davlatlarning korrupsiyaga qarshi kurashish yo'lidagi tajribasini o'rganish, ularni amaliyotga tadqiq qilish, korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini qonuniy tartibga solish masalalariga oid zarur chora-tadbirlar ko'rilmadi.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Shavkat Mirziyoyev O'zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylangan ilk kunlardanoq korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida bir qator Qonun va qonunosti hujjatlar qabul qildi. Jumladan, 2017-yilning 3-yanvarida "Korrupsiyaga qarshi kurashish to'g'risida"gi 419-sonli qonun qabul qilindi. Mazkur qonun korrupsiyaga qarshi kurashishda davlat siyosatining ustuvor yo'nalishlarini belgilab berdi va korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyati tartibga solinib, korrupsiyaga qarshi kurashishning qonuniy asosi yaratildi. Mazkur qonunning 3-moddasida korrupsiya tushunchasiga ta'rif berilgan. Unga ko'ra, korrupsiya -shaxsning o'z mansab yoki xizmat mavqeyidan shaxsiy manfaatlarini yoxud o'zga shaxslarning manfaatlarini ko'zlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foidalanishi, xuddi shuningdek bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etishdir [3].

Qonunning samarali ijrosini ta'minlash, jamiyat va davlat hayotining barcha sohalarida korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlarni o'z vaqtida va sifatli amalga oshirish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-maydagi PF-5729-son Farmoni bilan "2019-2020 yillarda korrupsiyaga qarshi kurashish davlat dasturi" hamda korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha respublika idoralararo komissiyasining yangilangan tarkibi tasdiqlanib, uning asosiy vazifalari belgilab berildi [4]. Bundan tashqari O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-iyundagi "O'zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi 6013-sonli Farmoni qabul qilindi [5] va ushbu Farmonda ham korrupsiyaga qarshi kurashishning ustuvor vazifalari belgilab berildi.

Amalga oshirilgan islohotlar korrupsiyaviy jinoyatlarning sodir etilish dinamikasiga muayyan darajada ta'sir qildi. Jumladan, 2020-yilda korrupsiyaviy jinoyatlar bo'yicha jami 1723 nafar, shundan 9 nafar respublika darajasidagi, 45 nafar viloyat darajasidagi, 1669 nafar tuman va shahar darajasidagi mansabdor shaxslar jinoiy javobgarlikka tortiib, korrupsiya oqibatida yetkazilgan 500 mlrd so'mlik moddiy zararning 71 foizi yoki 355 mlrd so'mi aybdorlardan tergov davomida undirilgan bo'lsa, 2021-yilning 6 oyi mobaynida 2544 nafar mansabdor shaxsga nisbatan korrupsiya holatlari bilan bog'liq bo'lgan 1676 ta jinoyat ishlari tergov qilinib, sudlarga yuborilgan [6].

Amaldagi qonunchilikda korrupsiyaviy jinoyatlarga oid bir qator tushunchalarga nisbatan normativ-huquqiy ta'riflarning mavjud emasligi, korrupsiyaviy qilmishlarning jinoyat qonunchiligi bilan lozim darajada qamrab olinmaganligi kabi muammolarning mavjudligi korrupsiyaga qarshi kurashishdan

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

ko'zlangan natijaga erishish va bu borada O'zbekistonning xalqaro reytinglardagi o'rnini yanada yaxshilashga to'siq bo'lmoqda.

Jinoyat qonunchiligimizdagi korrupsiyaga oid normalarni tanqidiy jihatdan qayta ko'rib chiqish, mazkur jinoyatlar elementlarining kompleksliligi, maqsadga muvofiqligi, sohaga oid xalqaro standartlar hamda ilg'or xorijiy tajribaning milliy qonunchilikka yetarli darajada joriy etilganligi kabi masalalarni ilmiy jihatdan tadqiq qilish bugungi kunda dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Zero, korrupsiyaga oid samarali jinoyat qonunchiligini yaratish asoslantirilgan va ilmiy xulosalar asosida tashkil etilganidagina kutilgan samarani beradi.

MATERIAL VA METODLAR

Mazkur maqola tahliliy tadqiqot sifatida qonun hujjatlari va ilmiy-nazariy manbalar tahlilini o'z ichiga oladi. Ushbu maqolada sohaga oid ilmiy tushunchalar, nazariyotchi olimlarning qarashlari, korrupsiyaga qarshi kurashishda rivojlangan davlatlarning tajribalari tahlil qilingan. Maqola mavzuga oid tushunchalarni o'rganishdan boshlangan hamda korrupsiyaga qarshi kurashda rivojlangan davlatlarning tajribalari tahlil qilinib, ularning tajribasini bizning qonunchiligimizga joriy qilishga oid xulosalar bilan yakunlangan.

Ushbu tadqiqotni amalga oshirishda tizimli hamda qiyosiy-huquqiy tahlil qilish, shuningdek, induksiya, deduksiya, analiz, sintez, tarixiy-huquqiy va statistik ma'lumotlar tahlili kabi usullardan foydalanilgan. O'zbekiston Respublikasida olib borilayotgan jinoyatchilikka qarshi kurash, sud-huquq islohotlari, jinoyat qonunchiligini takomillashtirishga oid tahlillar tadqiqot ishining metodologik asosini tashkil etadi.

TADQIQOT NATIJALARI

Korrupsiyaga qarshi kurashda xalqaro institutlar ichida Birlashgan Millatlar tashkiloti muhim rol o'ynaydi. BMT tomonidan qabul qilingan korrupsiyaga qarshi kurashga yo'naltirilgan hujjatlar ichida 2003-yil dekabr oyida qabul qilingan Korrupsiyaga qarshi Konvensiyasi katta ahamiyat kasb etadi [7]. O'zbekiston Respublikasi 2008-yil 7-iyuldagi qonun bilan mazkur Konvensiyaga qo'shilgan. Korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha nafaqat BMT, balki Yevropa Ittifoqi, Jahon banki, Transperensy International xalqaro nohukumat tashkiloti, Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti, Butunjahon bojxona tashkiloti ham korrupsiyaga qarshi kurash bo'yicha o'zlarining faoliyatida alohida e'tibor berib kelmoqda. Ushbu tashkilotlar tomonidan korrupsiyaning oldini olish, unga qarshi kurashda hamkorlik

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

qilish va boshqa davlatlarni, xalqaro biznes tashkilotlarini korrupsiyaga qarshi kurashga jalb qilishga qaratilgan qator xalqaro hujjatlar qabul qilingan.

Hozirda rivojlangan mamlakatlarda ham korrupsiya bilan bog'liq jinoyatlarlarni uchratish mumkin, lekin ular doimiy ravishda korrupsiya bilan qarshi kurashib keladi va korrupsiya darajasi kamligi bo'yicha jahon reytingida yuqori o'rinlarda turadi, Jumladan, Transperensy International xalqaro nohukumat tashkilotining 2020-yildagi statistik ma'lumotlariga ko'ra, korrupsiya darajasi past mamlakatlar reytingida Yangi Zelandiya 1, Daniya 2, Finlandiya, Singapur, Shvitsiya 3-o'rinni egallagan bo'lsa, Markaziy Osiyo davlatlaridan Qozog'iston 94, Qirg'ziston 124, O'zbekiston 146-o'rinni egallagan [7]. Hech bir davlat korrupsiyadan, uning zararli oqibatlaridan mutlaq himoya qilinmagan. Shu sababli har bir davlat qonunlarida korrupsiyaga qarshi kurash eng dolzarb masalalardan biri sifatida e'tirof etiladi. Xususan, Xitoy Jinoyat kodeksining 382-moddasiga ko'ra davlat xizmatchilarining o'z mansab imtiyozlaridan foydalangan holda davlat mulkini o'zlashtirib olishi, o'g'irlashi, firibgarlik yo'li bilan olishi yoki boshqacha tarzda o'zlashtirishi korrupsiya deb hisoblanadi. Shuningdek, davlat organlari, davlat korxonalari, korxonalar, tashkilotlar, xalq birlashmalari davlat mulkini boshqarish va xo'jalik yuritish ishonib topshirilgan shaxslarning o'z xizmat afzalliklaridan foydalangan holda o'zlashtirib olishi, o'g'irlashi, aldash yo'li bilan davlat mulkini boshqa yo'llar bilan noqonuniy egallab olishi ham korrupsiya sifatida baholanishi belgilangan. Korrupsiya bilan bog'liq jinoyatlarning og'ir-yengilligiga qarab javobgarlik belgilangan bo'lib, 100 ming yuandan ortiq miqdordagi yakka tartibdagi korrupsiya uchun o'n yildan ortiq muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanishi, agar mol-mulki musodara qilingan holda yoki unsiz yillar yoki muddatsiz ozodlikdan mahrum qilish, jazoni o'ta og'irlashtiruvchi holatlarda - o'lim jazosi va mol-mulkini musodara qilish belgilangan. Bundan tashqari Xitoy qonunchiligiga ko'ra, mol-mulk yoki xarajati uning qonuniy daromadidan oshib ketgan har qanday davlat amaldoriga, farq juda katta bo'lgan taqdirda, o'z mulkining manbalarini tushuntirish majburiyati yuklanadi. Agar u manbalar qonuniy ekanligini isbotlay olmasa, uning qonuniy daromadidan oshadigan qismi noqonuniy boylik deb hisoblanadi. Har qanday davlat amaldori Xitoy tashqarisidagi bankda saqlanuvchi o'z mablag'lari haqida tegishli tartibda davlatga xabar qilishi shart [8]. Bizning fikrimizcha, Xitoy qonunchiligida korrupsiyaga qarshi kurashda yaxshi amaliyot yo'lga qoyilgan bo'lib, bunda mansabdor shaxslarning mol-mulki deklaratsiya qilinib, ortiqcha qismi qayerdan kelganligini asosli ma'lumotlar bilan isbotlay olmasa,

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

korrupsiya sifatida baholanadi va mansabdor shaxsning javobgarlikka tortilishiga asos bo'ladi.

Germaniya huquqshunoslarining fikriga ko'ra, mansabdorlik jinoyatlari nafaqat sub'ekt - mansabdor shaxsning belgisi bo'yicha, balki himoya qilinadigan ob'ekt -davlat apparati normal amal qilishi bo'yicha ham birlashtirilgan. "Basharti shaxs: a) amaldor yoki sudya hisoblanadigan; b) boshqa ommaviy-huquqiy xizmat munosabatlarida bo'lsa; v) ommaviy boshqaruv vazifalarini qaysidir hokimiyat organida yoxud boshqa muassasada yo uning topshirig'iga ko'ra amalga oshirishga da'vat etilgan bo'lsa, u mansabdor shaxs hisoblanadi". Bundan tashqari, "bevosita ommaviy xizmat qilishga da'vat etilgan", ya'ni "mansabdor shaxsning o'zi bo'lmasa -da, hokimiyatning qaysidir organida ommaviy boshqaruv vazifalarini amalga oshirayotgan yoki bunday vazifalarni amalga oshiruvchi muassasa yoxud birlashmada band bo'lgan xodim mansabdorlik jinoyatlarining sub'ekti hisoblanadi" [9]. Germaniya Federativ Respublikasi Jinoyat kodeksining 332-moddasiga ko'ra korrupsiya bilan bog'liq jinoyatlar uchun olti oydan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi belgilangan [10]. Demak, Germaniya qonunchiligaida korrupsiya uchun tayinlanadigan jazo uncha og'ir bolmasada, lekin ushbu jinoyatning sub'ekti faqatgina mansabdor shaxs emas, balki davlat organlarining har bir xodimi ham bo'lishi mumkin va ular bir xil javobgarlikka tortiladi.

Ispaniya Jinoyat kodeksi esa, poraxo'rlik jinoyatini pora evaziga amalga oshirilgan xatti-harakatlarning qonuniy yoki noqonuniyligiga ko'ra ikki turga ajratadi. Kodeksning 419-moddasiga ko'ra, mansabdor shaxs yoki davlat xizmatchisining o'z xizmat majburiyatlarini buzish yoki bajarmasligi evaziga o'zi yoki uchinchi shaxslar foydasini ko'zlab, sovg'a, mukofot yoki har qanday ko'rinishdagi taqdirlashni qabul qilishi, so'rashi yoki qabul qilishga rozilik bildirishi uchun jinoiy javobgarlik belgilangan bo'lib, uch yildan olti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi, shuningdek, davlat xizmati bilan shug'ullanishni alohida taqiqlash va sodir etgan qilmishi uchun yetti yildan o'n ikki yilgacha muddatga mansabdor bo'lish taqiqlanadi. Kodeksning 420-moddasi shunday xatti-harakat yoki harakatsizliklarni o'z majburiyatlarini buzmagan holda sodir etish uchun jinoiy javobgarlikni nazarda tutadi [11]. Ispaniya qonunchiligida shuni ko'rishimiz mumkinki, agar davlat organi xodimlari korrupsiya bilan bog'liq jinoyatni sodir qilsa, u faqatgina jinoiy javobgarlikka tortilib qolmasdan muayyan muddatga davlat xizmatida ishlashi taqiqlanadi. Bu korrupsiyaga qarshi kurashishning o'ziga xos yo'li hisoblanib, korrubsiyani oldini olishga samarali ta'sir ko'rsatadi.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Janubiy Koreya Jinoyat kodeksining 129-moddasi pora olishdan tashqari, pora so'rash va pora olishga va'da berish uchun ham javobgarlikni belgilaydi. E'tiborga molik jihati shundaki, mazkur davlat jinoyat qonunchiligi nafaqat pora berish yoki pora berishni va'da qilishni, balki shaxsning pora berish haqida o'z xohishini namoyon qilganligi holatini ham jazoga sazovor qilmish sifatida baholaydi [12]. Janubiy Koreyada korrupsiyaga qarshi jinoyatlar uchun jazo tayinlashning bu usuli samarali hisoblanib, bunda nafaqat jinoyatni sodir qilgan shaxs, balki pora olish yoki berish haqida o'z xoxishini aytgan shaxs ham jinoyat sub'ekti bo'ladi va javobgarlikka tortiladi.

AQSh va Buyuk Britaniya jinoyat qonuniga binoan, ommaviy tashkilotlarning xizmatchilari - mansabdor shaxslar ham, boshqa xodimlar ham pora olganlik uchun javobgarlikka tortilishi mumkin.

AQSh, Buyuk Britaniya jinoyat qonunlaridan farqli o'laroq, Italiya, Fransiya va GFRda xizmatchini pora evaziga og'dirishning oldini olishga qaratilgan huquqiy choralar ancha barqarordir. Fransiyada 1992-yilgacha aybdorlar 1810-yilgi JKning 177-183-moddalari bilan javobgarlikka tortib kelingan; Italiyaning 1930-yilgi Jinoyat kodeksiga mansabdorlik jinoyatlariga doir jiddiy o'zgartirishlar faqat 1990-yil kiritilgan [13].

Buyuk Britaniya statut huquqida poraxo'rlik uchun javobgarlik 1889, 1906, 1916 va 1925-yilgi qonunlar bilan o'rnatilgan, shuningdek sud presedentlari bilan tartibga solingan. Bu Angliyaning korrupsiyaga qarshi qonun hujjatlari dinamik xususiyatga ega ekanligidan dalolat beradi. Mufassal, ba'zan haddan ortiq detallashtirilgan ta'riflar, umumiy sanksiyalar bilan bir xil maxsus normalar tuzish yoki tasniflangan (imtiyozli) tarkiblarni (masalan, choychaqa berish va olish uchun javobgarlik moddasini) zaruratsiz kiritish AQSh korrupsiyaga qarshi qonunchiligining o'ziga xos xususiyatlaridir.

AQSh kodekslarining "Jinoyatlar va jinoiy ish yuritish" deya nomlangan 18-bobi 201-moddasi mansabdor shaxslar yoki guvohlarning poraxo'rligi uchun jinoiy javobgarlikni belgilaydi. Unga binoan, pora olish va berishdan tashqari, pora taklif qilish, va'da qilish, pora so'rash va porani olishga rozilik bildirish ham jinoiy javobgarlikka sabab bo'ladi [14]. Janubiy Koreyada bo'lgani kabi AQShda ham korrupsiya jinoyati haqida o'z xoxishini bildirganlik uchun ham javobgarlik belgilangan. Demak, ushbu yo'l ham samarali hisoblanib, korrupsiyani oldini olishga ma'lum miqdorda o'z hissasini qo'shadi.

Irlandiyaning 2018-yildagi "Jinoiy Odil sudlov (korrupsiyaviy huquqbuzarliklar) to'g'risida"gi aktiga muvofiq, aktiv poraxo'rlik porani taqdim etish,

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

taklif qilish yoki taqdim etishga rozilik bildirish kabi harakatlarni qamrab olsa, passiv poraxo'rlik deganda porani qabul qilish, so'rash yoki qabul qilishga rozilik bildirish tushuniladi. Mazkur hujjat porani nafaqat shaxsning o'zi, balki uchunchi shaxslar foydasini ko'zlab olish yoki berish uchun ham jinoiy javobgarlikni belgilaydi [15]. Demak, Irlandiya qonunchiligaida korrupsiya bilan bog'liq jinoyatlarning ikki turi mavjud bo'lib, aktiv va passiv poraxo'rlikka bo'linadi. Korrupsiya bilan bog'liq jinoyatlarning bu kabi turlarga bo'linishi nafaqat pora olish yoki berishni, balki unga rozilik bildirishning o'zi bu jinoyatni sodir qilganlikdan dalolat beradi.

Pora evaziga amalga oshirilgan harakat yoki harakatsizlikning qonunniyligi yoki qonunga zidligiga ko'ra ajratilishini boshqa davlatlar jinoyat qonunchiligida ham ko'rishimiz mumkin. Jumladan, Litva Jinoyat kodeksining 225-moddasida qonunga zid harakatlarni bajarish orqali pora olish ko'rinishidagi jinoyat uchun og'irroq javobgarlikni nazarda tutadi. Litva jinoyat qonunchiligi poraning miqdori ko'p miqdorni tashkil qilganligi holatlari uchun og'irlashtiruvchi qismlar bilan javobgarlikka tortish to'g'risidagi normalarni belgilaydi [16]. Litva qonunchiligida boshqa davlatlarga qaraganda korrupsiya bilan bog'liq jinoyatlar uchun og'irroq javobgarlik belgilangan bo'lib, unda poraning miqdori alohida ahamiyat kasb etadi. Bu esa jazoning og'ir yoki yengilroq tayinlashga asos bo'ladi va jazoning adolatliligi prinsiplariga rioya qilishga sabab bo'ladi.

Korrupsiya darajasi eng past davlatlar reytingining yuqori o'rinlarida turgan davlatlardan biri Singapur hisoblanadi. "Korrupsiyaning oldini olish to'g'risida"gi Qonunning 5-moddasiga asosan o'zi yoki boshqa shaxs tomonidan yoki ular bilan birgalikda har qanday shaxs - o'zi yoki boshqa shaxs uchun pora so'rash yoki olish yoki olishga rozilik berish yoki har qanday shaxsga yoki uning manfaati uchun pora berish, va'da qilish yoki taklif qilish huquqbuzarlikda aybdor bo'ladi va sudlanganda 100 000 dollardan ortiq bo'lmagan jarimaga tortiladi yoki 5 yildan ortiq bo'lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilinadi [17]. Shuningdek ushbu Qonunda parlament a'zosining va davlat organi a'zosining korrupsiya bilan bog'liq jinoyatlari uchun alohida javobgarlik belgilanganligi bilan ham ahamiyatlidir. Singapur qonunchiligida poraxo'rlik jinoyatlari pora evaziga amalga oshiriladigan harakatlarning aniq ro'yxatini belgilash orqali chegaralab qo'yilgan. Xuddi shunday normani Malayziyaning 2009-yildagi korrupsiyaga qarshi kurashish komissiyasi to'g'risidagi Qonunida ham ko'rishimiz mumkin [18]. Bundan tashqari, mazkur qonun pora olish va berishdan tashqari pora so'rash, qabul qilish yoki qabul qilishga va'da berish, shuningdek, pora berishni va'da qilish yoki pora taklif qilganlik uchun ham javobgarlik nazarda tutilgan. Demak, Singapur va Malayziya qonunchiligida

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

korrupsiya bilan bog'liq jinoyatlarning ro'yxati aniq belgilab qo'yilgan bo'lib, bunda ushbu jinoyatlarni sodir qilgan shaxslarni javobgarlikka tortishda qiyinchiliklarning oldi olinadi va shu turdagi jinoyatlarning hisobi yuritilib borilib, unga qarshi kurashda chora-tadbirlar belgilab olishda o'zining ijobiy ta'sirini ko'rsatib boradi.

Shuningdek, Malayziyaning 1997-yildagi korrupsiyaga qarshi Qonunining 32-moddasida belgilanishicha, prokuror har qanday davlat xizmatchisi o'zining amaldagi va ilgarigi egallab turgan lavozimiga ko'ra ega bo'lishi mumkin bo'lgan darajadan ortiqcha bo'lgan har qanday mulkka egalik qilayotganligi yoki shunday mulkni boshqarayotganligi haqida asosli gumonga ega bo'lsa, o'z yozma ko'rsatmasi orqali ushbu mulkning manbasini ko'rsatishni talab qilishi mumkin va davlat xizmatchisi bunday manbani qoniqarli ravishda isbotlab bera olmagan taqdirda jinoyat sodir etishda aybdor deb topiladi. Malayziya qonunchiligiga davlat xizmatchilarining mol-mulkini deklaratsiya qilish tizimining yaratilganligi korrupsiyaning oldini olishdagi eng samarali mexanizmlardan biri hisoblanadi.

Litva Jinoyat kodeksi 1891-moddasiga muvofiq, eng kam ish haqining 500 baravaridan oshadigan mol-mulkka mazkur mulkning qonuniy manbadan olinishi mumkin emasligini bilgan yoki bilishi mumkin bo'lgani holda mulk huquqi asosida egalik qilayotgan shaxs noqonuniy boyish uchun jinoiy javobgarlikka tortiladi [19]. Ushbu mamlakat qonunchiligida noqonuniy boyish jinoyatiga oid rag'batlantiruvchi norma ham mavjud bo'lib, unga ko'ra, yuqoridagicha mol-mulkni uchinchi shaxsdan qabul qilib olgan shaxs huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan ushbu mol-mulkning qonuniyligi yuzasidan tekshiruv boshlanganiga qadar uning shubhali manbadan olinganligi haqida o'z ixtiyori bilan murojaat qilgan taqdirda jinoiy javobgarlikdan ozod etiladi. E'tiborga molik tomoni shundaki, Litva qonunchiligi nafaqat mansabdor shaxslarning noqonuniy boylik orttirishi, balki har qanday shaxsning noqonuniy boyishi holatini jinoyat sifatida e'tirof etadi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha Gruziya tajribasiga qaraydigan bo'lsak, Gruziya Respublikasi Jinoyat kodeksining 1641-moddasida saylovchilarning poraxo'rligi uchun javobgarlik belgilangan bo'lib, saylov maqsadlarida to'g'ridan-to'g'ri yoki bilvosita shaklda amalga oshiriladigan: taklif, va'da, pul o'tkazish, qimmatli qog'ozlar (shu jumladan moliyaviy vositalar), boshqa mol-mulk, mulkiy huquqlar, taklif, xizmatlar ko'rsatish yoki boshqa har qanday boshqa narsalarni taqdim etish va'dasi, imtiyozlar yoki xizmatlar yoki qonun hujjatlarida belgilangan cheklovlarni chetlab o'tish maqsadida qasddan shunday olish yoxud xayoliy, soxta yoki boshqa bitimlar tuzilganda jarima jazosi yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanadi. Ushbu Kodeksning 338-moddasida pora olish uchun

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

javobgarlik belgilangan bo'lib, mansabdor shaxslar yoki ularga tenglashtirilgan shaxslar tomonidan to'g'ridan-to'g'ri yoki bilvosita pul, qimmatli qog'ozlar, boshqa mol-mulk, mulkiy manfaat yoki boshqa qonunga xilof foyda olish yoki talab qilish, shuningdek o'z foydasiga yoki boshqa shaxslar foydasiga takliflar yoki va'dalar olish, ushbu mansabdor shaxslar yoki ularga tenglashtirilgan shaxslar tomonidan pora beruvchi yoki boshqa shaxs foydasiga biron-bir xatti-harakatni amalga oshirish yoki amalga oshirishdan tiyilish yoxud shu kabi maqsadlarga erishish uchun ularning mansab vakolatlaridan foydalanganda olti yildan to'qqiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Ushbu moddaning ikkinchi va uchinchi qismlarida og'irlashtiruvchi holatlar uchun javobgarlik belgilanib, yeti yildan o'n besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanadi [20]. Bundan tashqari Gruziya Jinoyat kodeksida bora berish, so'rov o'tkazilayotgan shaxsga, guvohga, jabrlanuvchiga, ekspert yoki tarjimonga pora berish, kasbiy sport musobaqalari yoki tijorat ko'ngilocharlari ishtirokchilariga yoki tashkilotlariga pora berish uchun ham javobgarlik belgilangan. E'tiborli tomoni shundaki, Gruziya jinoyat qonunchiligi mavqeni suiiste'mol qilishga qaratilgan harakatlar sodir etilganda mazkur harakatlar natijasida ta'sir ko'rsatishga erishilgan-erishilmaganligi yoki ko'rsatilgan ta'sirning ko'zlangan natijaga olib kelgan-kelmaganligidan qat'i nazar bunday qilmishni tugallangan jinoyat sifatida baholaydi.

Daniya, Finlandiya, Shvesiya, Yangi Zelandiya, Kanada, Norvegiya, ham korrupsiyalashmaganligi jihatdan yuqori o'rinlarda turadigan davlatlar sanaladi [ 0]. Bu mamlakatlarda korrupsiya hukumat tomonidan milliy xavfsizlik masalasi, ichki va tashqi xavfsizlikka tahdid soluvchi omil sifatida baholanadi.

Xalqaro Transparensy International tashkilotining ma'lumotlariga ko'ra korrupsiya darajasi eng past bo'lgan davlatlardan biri bu - Yangi Zelandiyadir. Mazkur davlat korrupsiya darajasi eng past bo'lgan davlatlar reytingida yuqori o'rinlarni egallab keladi. Korrupsiya bilan bog'liq jinoyatlar uchun javobgarlik masalasida Yangi Zelandiya tajribasiga qaraydigan bo'lsak, 1961-yilda qabul qilingan Jinoyatlar aktining oltinchi bo'limi "Qonun va odil sudlovni amalga oshirishga ta'sir qiluvchi jinoyatlar" deb nomlanib, mazkur bo'limda poraxo'rlik va korrupsiya uchun javobgarlik ham belgilangan [21]. E'tiborli jihati shundaki, mazkur bo'limda har bir davlat amaldorining korrupsiya bilan bog'liq jinoyatlari uchun javobgarlikka tortish alohida qilib ajratilgan. Xususan, Aktning 100-bandida sudyalar va sud xodimlarining poraxo'rligi, 101-bandida sud xodimiga pora berish, 102-bandida vazirlarning poraxo'rligi, 103-bandida parlament deputatining korrupsiyasi va poraxo'rligi, 104-bandida huquqni muhofaza qilish organi xodimining

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

korrupsiyasi va poraxo'rligi, 105-bandida mansabdor shaxsning poraxo'rligi, 105C-bandida chet ellik davlat amaldoriga pora berish, 105D-bandida Yangi Zelandiyadan tashqarida xorijiy davlat amaldorining poraxo'rligi, 105E-bandida xorijiy davlat amaldorlarining korrupsiyasi uchun javobgarlik belgilangan. Yuqorida sanab o'tilgan jinoyatlarda nafaqat pora olganlik, balki pora berish va pora berishga dalolatchilik qilganlik uchun ham javobgarlik belgilangan. Demak, Yangi Zelandiyada har bir mansabdor shaxsning korrupsiya bilan bog'liq jinoyatlari uchun alohida javobgarlikning belgilanishi ularning jamiyatdagi o'rni, yuklatilgan vazifaning ahamiyati bilan bog'liq deyishimiz mumkin. Korrupsiyaga qarshi kurashda bu usul juda samarali hisoblanib har bir mansabdor shaxsning mas'uliyatini oshiradi.

Korrupsiyaga qarshi kurashda Finlandiya tajribasi diqqatga sazovor. Xalqaro Transparensy International tashkilotining ma'lumotlariga ko'ra korrupsiya darajasi eng past bo'lgan davlatlardan biri Finlandiya hisoblanadi. Mazkur davlat korrupsiya darajasi eng past bo'lgan davlatlar kuchli beshtaligiga kirib keladi. Hozirgi kunda Finlandiyada yiliga 3 yoki 4 ta poraxo'rlik bilan bog'liq jinoyat ishlari ko'rilar ekan. Ushbu holatni 1980-1989-yillar oralig'idagi davr bilan taqqoslaydigan bo'lsak, mazkur yillarda 81 nafar shaxslar pora olganlik uchun, 49 nafar shaxslar pora berganlik uchun jazolangan.

E'tiborli jihati shundaki, Finlandiya Jinoyat kodeksida "korrupsiya" degan tushuncha mavjud emas. Unda mansabdor shaxslarning poraxo'rligi uchun jinoiy javobgarlik belgilangan bo'lib, bunday jinoyatni sodir etgan mansabdor shaxslar uchun qilmishning ijtimoiy xavfliligiga qarab jarima yoki 4 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanadi.

Finlandiyada boshqa davlatlardagi kabi korrupsiyaga qarshi kurash haqida maxsus qonun mavjud emas, korrupsiyaga qarshi kurashuvchi maxsus organ ham tuzilmagan. Korrupsiyaga umumiy jinoyatchilikning bir qismi qabilida kurash olib boriladi. Finlandiya Konstitusiyasi, Jinoyat kodeksi, Fuqarolik xizmati to'g'risidagi qonun, ma'muriy boshqaruvga oid yo'riqnomalar va boshqa qonunosti hujjatlar korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan hujjatlar hisoblanadi. Bularning orasida eng muhimi Axloq qoidalaridir.

Finlandiyada korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan hujjatlar ijrosi ustidan nazorat mamlakat Prezidenti tomonidan tayinlanadigan, biroq, mutloq mustaqil faoliyat yurituvchi Adliya kansleri va parlament vakili Ombudsman tomonidan olib boriladi. Ular butun hokimiyat tarmoqlari faoliyatini nazorat qilish vakolatiga egalar. Yuqori martabali mansabdor shaxslarni ayblash haqidagi jinoyat ishlari maxsus tashkil etilgan Davlat sudi tomonidan ko'rib chiqiladi. Bu sud hattoki davlat

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

rahbariga nisbatan bo'lgan ishlarni ham ko'rib chiqishi mumkin. Unga - Adliya kansleri, parlament vakili Ombudsman, hukumat vakillari, Oliy sud va ma'muriy sud sudyalari a'zo bo'lishi mumkin. Ikkinchi jahon urushidan keyin Davlat sudi bor -yo'g'i bir marta chaqirilgan xolos.

Davlat xizmatchilari soni unchalik ko'p emas. Ayniqsa, 90-yillardan keyin davlat xizmatchilari soni deyarli teng yarmiga, ya'ni 230.000 dan 127.000 ga qisqartirilgan. Finlandiyada davlat xizmatchilarini korrupsiyalashuvidan saqlovchi muhim omillardan biri - ularning moddiy va ijtimoiy ta'minlanganligidadir [22].

Alohida ta'kidlash lozimki, Finlandiyada ommaviy axborot vositalari ijtimoiy nazoratning muhim vositasi bo'lib xizmat qiladi. Hukumat esa, ommaviy axborot vositalariga nafaqat erkinlik yaratib bergan, balki har bir e'lon qilingan korrupsiya holati bo'yicha aniq choralarni ko'rib boradi. Finlandiya korrupsiyaga qarshi bir qancha xalqaro hujjatlarga qo'shilgan, xalqaro tashkilotlar va boshqa davlatlar bilan hamkorlik aloqalarini faol olib boradi.

Korrupsiyaga oid jinoyatlar uchun javobgarlik masalalari, ushbu turdagi jinoyatlarni oldini olish bo'yicha rivojlangan xorijiy davlatlarning tajribasini tahlil qilar ekanmiz, xorijiy mamlakatlarda korrupsiya bilan bog'liq jinoyatlar uchun turli darajadagi jazolar belgilangan. Ayrim mamlakatlarda jinoyatning ijtimoiy xavfliligiga qarab jarima jazosidan ozodlikdan mahrum qilish jazosigacha, ayrimlarida esa ozodlikdan mahrum qilish jazosidan o'lim jazosigacha hukm qilinishi belgilangan. Shuningdek, yuqorida tahlil qilingan rivojlangan davlatlarning deyarli hammasida korrupsiya bilan bog'liq jinoyatlarning aniq ro'yxati belgilangan, bo'lib ushbu jinoyatlarning ijtimoiy xavfliligi va ularni sodir etgan shaxslarning egallab turgan lavozimi, jamiyatdagi o'rniga qarab jazo tayinlanadi va bu jazoning adolatliligi, odilligi kabi prinsiplarning to'g'ri qo'llanishiga, jamiyatda korrupsiyaning eng past darajaga tushirishga xizmat qiladi. Bundan tashqari korrupsiyani oldini olish uchun ko'plab xorijiy davlatlarda mansabdor shaxslarning mol-mulkini deklaratsiya qilish, barcha sohalarda jamoatchilik nazorati, davlat tashkilotlari tomonidan ko'rsatiladigan xizmatlarning elektron tartibda amalga oshirish tizimi yo'lga qoyilgan.

Mazkur davlatlarning tajribasidan kelib chiqib korrupsiyaga oid jinoyatlar uchun javobgarlik va korrupsiyani oldini olish, jamiyatda korrupsiyani eng past darajaga tushirish uchun milliy qonunchiligimizga quyidagi takliflarni beramiz:

XULOSA

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

birinchidan, O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksida mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan xorijiy davlatlarning mansabdor shaxslari, shuningdek xorijiy davlatlarda faoliyat yuritayotgan O'zbekiston Respublikasi mansabdor shaxslarining poraxo'rlik va korrupsiya bilan bog'liq jinoyatlari uchun javobgarlik masalasini belgilash. Shuningdek, korrupsiya bilan bog'liq jinoyatlar uchun jazo choralarini kuchaytirish, qilmishning ijtimoiy xavfliligiga qarab jazo tayinlash va korrupsiya bilan bog'liq jinoyatlarda yengillashtiruvchi holatlarning qo'llanishiga yo'l qo'ymaslik tizimini yo'lga qo'yish.

ikkinchidan, Jinoyat kodeksining 1929,19210,210,211,212,213,214-moddalari bevosita korrupsiya bilan bog'liq jinoyatlar hisoblanadi. Kodeksning boshqa moddalari tarkibida ham korrupsiya bilan bog'liq holatlarni ko'rishimiz mumkin, lekin ularning aniq ro'yxati berilmagan. Shuning uchun korrupsiya bilan bog'liq bo'lgan jinoyatlarning aniq ro'yxatini shakllantirish kerak deb hisoblaymiz.

uchinchidan, hozirgi kunda Davlat xizmatlari agentligi tomonidan fuqarolarga ko'rsatiladigan xizmatlarni yanada kengaytirish, davlat organlari tomonidan fuqarolarga ko'rsatiladigan barcha xizmatlarni Davlat xizmatlari agentligi tomonidan yoki elektron tartibda berish tizimini yo'lga qo'yish, fuqarolarni maqsadsiz davlat organlariga borishiga chek qo'yish.

to'rtinchidan, davlat organlari mansabdor shaxslari, davlat xizmatchilarining mol-mulkini deklaratsiya qilish tizimini ishlashini amaliyotga tezroq joriy qilish, davlat xizmatchisi o'zining amaldagi va ilgarigi egallab turgan lavozimiga ko'ra ega bo'lishi mumkin bo'lgan darajadan ortiqcha bo'lgan har qanday mulkka egalik qilayotganligi yoki shunday mulkni boshqarayotganligi haqida asosli gumon paydo bo'lsa, ushbu mulkning manbasini ko'rsatib bermasa, mol-mulk korrupsiya yo'li bilan orttirilgan deb baholanib, ushbu mol-mulkni davlat foydasiga musodara qilib, mansabdor shaxs yoki davlat xizmatchisini javobgarlikka tortish tizimini amaliyotga tadbiq qilish.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2020-yil 25-yanvardagi Oliy Majlisga Murojaatnomasi. https://uza.uz/oz/politics/zbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat- mirziyeevning-oliy-25-01-2020. (President Shavkat Mirziyoyev's Address to the Oliy Majlis);

2. Авдеев В.А., Авдеева О.А. Стратегические направления противодействия коррупции в РФ // Российская юстиция. 2016. № 7. С. 19-21. (Strategic directions for combating corruption in the Russian Federation. Avdeev V.A., Avdeeva O.A.);

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

3. O'zbekiston Respublikasining "Korrupsiyaga qarshi kurashish to'g'risida"gi Qonuni. // https://lex.uz/docs/-3088008 / (Law of the Republic of Uzbekistan on Combating Corruption);

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

4. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Farmoni. // https://lex.uz/docs/-4355387 / Qonun hujjatlari ma'lumotlar milliy bazasi, 29.05.2019y., 5729-son. (Decree of the President of the Republic of Uzbekistan "On measures for further improvement of the Anti-Corruption System in the Republic of Uzbekistan");

5. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi Farmoni. // https://lex.uz/ru/docs/-4875784 Qonun hujjatlari ma'lumotlar milliy bazasi, 30.06.2020y., 6013-son. (Decree of the President of the Republic of Uzbekistan "On additional measures to improve the Anti-Corruption System in the Republic of Uzbekistan");

6. [Elektron manba].URL: https://kun.uz/30443880

7. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Korrupsiyaga qarshi Konvensiyasi. // [Elektron manba]. URL: https://lex.uz/docs/-1461329 (United Nations Convention Against Corruption); URL:https://www.transparency.org/en/cpi/2020/index/nzl

8. Criminal Law of the People's Republic of China. // [Electronic resource]. URL: https: //www.fmprc. gov.cn/ce/cgvienna/eng/dbtyw/j dwt/crimelaw/t209043 .htm

9. Ответственность за должностные преступления в зарубежных странах. / Отв. ред. Решетников Ф.М. - М., 1994. - С. 41-42; (Responsibility for official crimes in foreign countries);

10. Уголовный кодекс Федеративной Республики Германии в редакции от 13 ноября 1998 г. по состоянию на 15 мая 2003 г. Ст.198. URL: http://rawunsch.de/images/Ugolovnyiyi_Kodeks.pdf (Criminal Code of the Federal Republic of Germany);

11. Criminal Code of the Kingdom of Spain. // [Electronic resource]. URL: https://www.legislationline.org/download/id/6443/file/Spain_CC_am2013_en.pdf

12. Republic of Korea: Criminal Code (Wholly amended as of Jan. 1, 1998). p.21. URL: http s: //www.refworld.org/do cid/3f49e3ed4. html

13. Абдурасулова К. Коррупцияга карши кураш. Бу борада чет эл конунларида нималар белгиланган? // Х,аёт ва конун, № 3. 2003 йил. (Abdurasulova K. Fight against corruption. What is defined in foreign laws in this regard?);

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

14. Title 18 of the United States Code // [Electronic resource] URL: https://uscode.house.gov/browse/prelim@title 18&edition=prelim

15. Criminal Justice (Corruption Offences) Act 2018 // [Electronic resource] URL: https: //www.irishstatutebook. ie/eli/2018/act/9/enacted/en/html

16. Criminal Code of Lithuania // [Electronic resource] URL: https://www.legislationline.org/download/id/7723/file/Lithuania_CC_2000_am2015_ en.pdf

17. Prevention of corruption Act // [Electronic resource]. URL: https://publicofficialsfinancialdisclosure.worldbank.org/sites/fdl/files/assets/law-library-files/Singapore_Anti-

Corruption%20Law_1960%20amended%202002_en.pdf

18. Malaysian Anti-Corruption Commission Act 2009. URL: https://www.sprm.gov.my/admin/files/sprm/assets/pdf/penguatkuasaan/act-694-bi.pdf

19. Republic of Lithuania Criminal code // [Electronic resource]. URL: https://www.legislationline.org/download/id/8272/file/Lithuania_CC_2000_am2017_ en.pdf;

20. Уголовный кодекс Грузии. URL: https://matsne.gov.ge/ru/document/view/16426?publication=236 (The Criminal Code of Georgia);

URL: https: //www.transparency.org/en/cpi/2020/index/nzl;

21. Crimes Act 1961 // [Electronic resource]. URL: https://www.legislation.govt.nz/act/public/1961/0043/latest/DLM327382.html;

22. Зуфаров Р.А., Ахраров Б.Ж., Мирзаев У.М. Коррупция. Конун. Жавобгарлик. Монография //Масъул мухдррир: ю.ф.д., проф. М.Х.Рустамбаев. - Т.: ТДЮИ нашриёти, 2011. - Б. 50-51. (Zufarov R.A., Akhrarov B., Mirzaev U.M. Corruption. Law. Responsibility).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.