Научная статья на тему 'KORRUPSIYAGA OID JINOYATLARGA NISBATAN QONUNCHILIK MUNOSABATI'

KORRUPSIYAGA OID JINOYATLARGA NISBATAN QONUNCHILIK MUNOSABATI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
196
30
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
korrupsiya / “Transparency International” / jinoyat qonunchiligi / “Korrupsiyani qabul qilish” indeksi / korrupsiyaga qarshi kurashish. / corruption / Transparency International / criminal law / Corruption Perceptions Index / anti-corruption.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Mavlonov, Sh.I.

Ushbu maqolada korrupsiyaga oid jinoyatlar, ularning tahlili, korrupsiyaga oid jinoyatlarga nisbatan qonunchilik munosabati haqida so‘z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE LEGISLATIVE RELATIONSHIP TO CORRUPTION CRIMES

This article discusses corruption crimes, their analysis, and the legislative approach to corruption crimes

Текст научной работы на тему «KORRUPSIYAGA OID JINOYATLARGA NISBATAN QONUNCHILIK MUNOSABATI»

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 9

educational, natural and social sciences О ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

KORRUPSIYAGA OID JINOYATLARGA NISBATAN QONUNCHILIK MUNOSABATI

Sh.I. Mavlonov

O'zbekiston Respublikasi strategik tahlil va istiqbolni belgilash oliy maktabi tinglovchisi, Shofirkon tuman prokurori yordamchisi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada korrupsiyaga oid jinoyatlar, ularning tahlili, korrupsiyaga oid jinoyatlarga nisbatan qonunchilik munosabati haqida so Z boradi.

Kalit so'zlar:korrupsiya, "Transparency International", jinoyat qonunchiligi, "Korrupsiyani qabul qilish " indeksi, korrupsiyaga qarshi kurashish.

ABSTRACT

This article discusses corruption crimes, their analysis, and the legislative approach to corruption crimes.

Keywords: corruption, Transparency International, criminal law, Corruption Perceptions Index, anti-corruption.

АННОТАЦИЯ

В статье рассматриваются коррупционные преступления, их анализ и законодательный подход к коррупционным преступлениям.

Ключевые слова: коррупция, Transparency International, уголовное право, индекс восприятия коррупции, противодействие коррупции.

KIRISH

So'nggi yillarda respublikamizda korrupsiyaga qarshi kurashda murosasizlikni oshirish maqsadida tegishli tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar ishlab chiqilib, mamlakatning ijtimoiy, iqtisodiy hamda siyosiy barqaroroligini kuchaytirish ta'minlanmoqda. Ko'rilgan chora-tadbirlar natijasida korrupsiyaga qarshi kurashishda vujudga kelgan tendensiyani "Transparency International" xalqaro nodavlat tashkiloti tomonidan e'lon qilingan reytingda ham ko'rishimiz mumkin. Reytingning "Korrupsiyani qabul qilish" indeksida O'zbekiston o'z o'rnini 7 pog'onaga o'zgartirib, 180 ta davlat orasidan 146-o'rninni egallagan. Mazkur ko'rsatkich oldingi yillarga nisbatan (2019 yilda 153-o'rin, 2018 yil 158-o'rin va h.k) ijobiylashgan bo'lsada, ammo mamlakatda hali-xanuz korrupsion omillar saqlanib qolayotganligini, mansabdorlar tomonidan sodir etilayotgan korrupsiyaviy jinoyatlar barham topmayotganligini ko'rishimiz mumkin. Jumladan, 2020 yilda korrupsiyaviy jinoyatlar bo'yicha e'lon qilingan tahliliy ma'lumotlarga nazar tashlasak, unga ko'ra jami 1723 nafar, shundan 9 nafar respublika darajasidagi, 45 nafar viloyat

407

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 9

educational, natural and social sciences 0 ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

darajasidagi, 1669 nafar tuman va shahar darajasidagi mansabdor shaxslar korrupsiyaviy qilmishlari uchun jinoiy javobgarlikka tortilib, ularga nisbatan jazo muqarrarligi ta'minlangan.

Mazkur holatlar e'tiborga olinib, davlat rahbarining 06 iyun 2021 yilda PF-6257-sonli "Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda bo'lish muhitini yaratish, davlat va jamiyat boshqaruvida korrupsiyaviy omillarni keskin kamaytirish va bunda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Farmoni qabul qilindi. Mazkur Farmon rivojlangan xalqaro tajriba o'rganilgan holda ishlab chiqilib, korrupsiyaga qarshi samarali kurashishda davlat va jamoatchilikning ta'sirchan mexanizmini belgilab berish bilan bir qatorda, qonunchilikka o'zgartirishlar kiritishni ham taqozo etdi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Jumladan, Farmonda amaldagi va loyiha bosqichida bo'lgan jinoyat qonunchiligida quyidagilar aks etishi lozimligi belgilandi: birinchidan, korrupsiyaviy jinoyatlar toifasiga kiruvchi moddalarning aniq ro'yxati; ikkinchidan, korrupsiyaviy jinoyatlar uchun hozirgi kunda belgilangan jazo choralarini uzoq muddatli ozodikdan mahrum qilish jazo chorasigacha kuchaytirish; uchinchidan, daromadlar va davlat xizmatchilarining mol-mulkini deklaratsiyalash jarayonida aniqlangan noqonuniy orttirilgan boylik uchun javobgarlik o'rnatish; to'rtinchidan, korrupsiyaviy jinoiy qilmishlari uchun jazoni o'tayotgan shaxslarga nisbatan yengillashtiruvchi normalar qo'llanishiliga cheklovlar belgilash.

Mutasaddi tashkilotlar tomonidan ishlab chiqilgan hamda 2022 yil 1 yanvardan kuchga kirishi rejalashtirilayotgan Jinoyat kodeksining loyihasida yuqoridagi Farmonda ko'rsatilgan barcha qoidalar mujassamlashtirildi, amaldagi jinoyat qonunchiligiga qaraganda korrupsiyaviy jinoyatlar doirasi aniq belgilandi hamda u bilan bog'liq javobgarlik va jazo choralari keskin kuchaytirildi.

Xususan, kuchga kirishi rejalashtirilayotgan yangi loyihadagi jinoyat qonunchiligida huquqiy atamalar soddalashtirilib, barcha uchun tushunarli tarzda korrupsiyaviy jinoyatlarning doirasi aniq belgilandi va ularning konkret ro'yxati shakllantirildi. Ushbu o'zgartirish natijasida kelajakda korrupsiyaviy jinoyatlar bo'yicha yuritiladigan tahliliy ma'lumotlar bir xilda, tizimli qayd etilishi ta'minlanadi. Amaldagi jinoyat qonunchiligida korrupsiya bilan bog'liq jinoyatlarning diorasi aniq belgilanmaganligi sababli tahliliy ma'lumotlar ham jamoatchilik ko'z o'ngida turli xil tushunmovchiliklarga sabab bo'lmoqda [1-4].

Shuningdek, mazkur loyihaviy jinoyat qonunchiligi o'zida amaldagi jinoyat

qonunchiligidan farq qilgan holda, chet el fuqarolari hamda O'zbekiston hududida

408

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

Scientific Journal Impact Factor

R

VOLUME 1 | ISSUE 9 ISSN 2181-1784 SJIF 2021: 5.423

doimiy yashamaydigan fuqaroligi bo'lmagan shaxslarning O'zbekiston hududidan tashqarida O'zbekiston Respublikasining jismoniy shaxslari bilan birgalikda korrupsiyaviy, davlat va insoniyat xavfsizligiga qarshi sodir etgan jinoyatlari uchun o'sha davlat sudining hukmi bilan jazolanmagan bo'lsalar, mazkur jinoyat qonunchiligi bilan javobgarlikka tortilishlari belgilandi. Mazkur o'rgartirishlar korrupsiyaviy jinoyatlar uchun javobgar bo'lishi mumkin bo'lgan shaxslarning doirasini kengaytirib, ularga nisbatan jazo muqarrarligi ta'minlanishiga xizmat qiladi. Amaldagi jinoyat qonunchiligida chet el fuqarolari hamda O'zbekiston hududida doimiy yashamaydigan fuqaroligi bo'lmagan shaxslarning javobgarligi faqatgina xalqaro shartnomalarda yoki bitimlarda nazarda tutilgan hollardagina kelib chiqishi qayd etilgan. Bu esa, ayrim holatlarda jazo muqarrarligini ta'minlanmasligiga sabab bo'lmoqda.

Bundan tashqari, loyihaviy jinoyat qonunchiligida korrupsiyaviy jozibadorlikka erishgan xalqaro davlatlarning tajribasi o'rganilgan holda quyidagi o'zgartirish kiritildi. Ya'ni, yangi jinoyat qonunchiligida korrupsiyaviy jinoyatlar bo'yicha javobgarlikka tortish muddatining o'tib ketganligi munosabati bilan jinoyat uchun javobgarlikdan ozod qilish muddati bir yarim baravarga kupaytirildi. Mazkur norma amaldagi jinoyat qonunchiligida ham mavjud bo'lib, unda jinoyatlarning o'tish muddati jinoyatlar turkumiga qarab ajratilmagan. Hozirda agar mansabdor shaxs ko'p miqdorda pora olsayu, oradan 10 yil o'tib uning mazkur qilmishi aniqlanadigan bo'lsa, u qonunchilikka ko'ra javobgarlikdan ozod qilinadi. Ammo, mazkur holat loyihaviy jinoyat qonunchiligi bilan taqqoslansa, javobgarlikning o'tish muddati 25 yilni tashkil etadi, ya'ni muddat bir yarim baravarga ko'paytirilgan.

Korrupsiyaga qarshi kurashish maqsadida yuqoridagi kiritilayotgan o'zgartirishlarning barchasi mamlakatning keyingi hayotidagi korrupsion jozibadorligi yaxshilanishiga, davlat sektorida inson omilining kamayishiga, davlat va jamiyat xavfsizligining ta'minlanishiga, korrupsiya bilan bog'liq xalqaro davlat va nodavlat tashkilotlar tomonidan yuritalidagan xalqaro indekslarda O'zbekistonning nufuzi yaxshilanishiga xizmat qiladi.

REFERENCES

[1] HMOMOB, H. (2019). ESSENCE OF CIVIL-LAW TOOLS IN THE ANTICORRUPTION SYSTEM. fôpuàuK fyamap a^ôopomuoMacu, (3), 41-45.

XULOSA

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

Scientific Journal Impact Factor

О

R

VOLUME 1 | ISSUE 9 ISSN 2181-1784 SJIF 2021: 5.423

[2] ШАКУРОВ, Р. (2020). ЖИНОЯТ ИШЛАРИ БУЙИЧА АДВОКАТ ДИМОЯ НУТ^ИНИНГ АЙРИМ ЖИДАТЛАРИ ВА АДАМИЯТИ. ЮРИСТ АХБОРОТНОМА СИ, 1(5), 87-91.

[3] https://huquqiyportal.uz/news/2021/01/28/korruptsiyani-qabul-qilish-indeksida-uzbekistonnmg-umi-7-pogona-kutarildi/1021

[4] Нурмухаммедова, Г. Б. (2020). КОРРУПЦИЯГА ^АРШИ КУРАШИШ УСУЛЛАРИ ВА МЕХАНИЗМЛАРИНИНГ НАЗАРИЙ-ХУ^УКИЙ ТАХДИЛИ. Jurisprudence, 1(1).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.