Научная статья на тему 'DAROMADLARNI SOLIQQA TORTISHDA UMUMDEKLARATSIYALASH TIZIMINING OBYEKTIV ZARURIYATI'

DAROMADLARNI SOLIQQA TORTISHDA UMUMDEKLARATSIYALASH TIZIMINING OBYEKTIV ZARURIYATI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
2012
245
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Jismoniy shaxslarning daromad solig‘i / deklaratsiyalash mexanizmi / daromadlarni deklaratsiya asosida soliqqa tortish / soliqlarni unifikatsiyalash / soliq hisobotlarini soddalashtirish / yashirin iqtisodiyot / Personal income tax / declaration of incomes / income taxation on the basis of self-assessment / unification of taxes / simplification of tax returns / the shadow economy.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Iskandarov Toyirjon Amanovich

Aholi daromadlariga soliq solishda deklaratsiyalash mexanizmining ob’ektiv zaruriyati bo‘yicha ko‘plab jahon va mahalliy olimlar, tadqiqotchilar fikrlari o‘rganilib, O‘zbekistonda rasmiy e’lon qilingan statistik ma’lumotlar asosida soliqqa tortilishi darajasi tahlili o‘tkazildi. SHuningdek, daromadlarni deklaratsiyalash to‘g‘risida ijtimoiy tarmoqlarda o‘tkazilgan so‘rovnomaga asosan soliq to‘lovchilarning fikrlari jamlandi. Deklaratsiyalash mexanizmini ob’ektiv zaruriyatidan kelib chiqib, mamlakatda qamrovini kengaytirish borasida takliflar berildi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE OBJECTIVE NECESSITY OF THE GENERAL DECLARATION SYSTEM IN INCOME TAXATION

Many foreign and local scientists’ and researchers’ views on the objective necessity of the self-assessment mechanism in personal income taxation were studied, and the level of income taxation in Uzbekistan was analyzed on the basis of officially published statistics

Текст научной работы на тему «DAROMADLARNI SOLIQQA TORTISHDA UMUMDEKLARATSIYALASH TIZIMINING OBYEKTIV ZARURIYATI»

Oriental Renaissance: innovative, VOLUME 11 ISSUE 2

educational, natural and social sciences Q ISSN 2181-1784

DAROMADLARNI SOLIQQA TORTISHDA UMUMDEKLARATSIYALASH

TIZIMINING OBYEKTIV ZARURIYATI

Iskandarov Toyirjon Amanovich

O 'zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi "Soliqlar va soliqqa tortish"muxatassisligi, 2-kurs magistranti ([email protected])

Annotatsiya: Aholi daromadlariga soliq solishda deklaratsiyalash mexanizmining ob'ektiv zaruriyati bo'yicha ko'plab jahon va mahalliy olimlar, tadqiqotchilar fikrlari o'rganilib, O'zbekistonda rasmiy e'lon qilingan statistik ma'lumotlar asosida soliqqa tortilishi darajasi tahlili o'tkazildi. SHuningdek, daromadlarni deklaratsiyalash to'g'risida ijtimoiy tarmoqlarda o'tkazilgan so'rovnomaga asosan soliq to'lovchilarning fikrlari jamlandi. Deklaratsiyalash mexanizmini ob 'ektiv zaruriyatidan kelib chiqib, mamlakatda qamrovini kengaytirish borasida takliflar berildi.

Kalit so'zlar: Jismoniy shaxslarning daromad solig'i, deklaratsiyalash mexanizmi, daromadlarni deklaratsiya asosida soliqqa tortish, soliqlarni unifikatsiyalash, soliq hisobotlarini soddalashtirish, yashirin iqtisodiyot.

Abstract: Many foreign and local scientists' and researchers' views on the objective necessity of the self-assessment mechanism in personal income taxation were studied, and the level of income taxation in Uzbekistan was analyzed on the basis of officially published statistics.

Key words: Personal income tax, declaration of incomes, income taxation on the basis of self-assessment, unification of taxes, simplification of tax returns, the shadow economy.

KIRISH

O'zbekistonda o'tgan 3 yillik davomida chiqarilayotgan soliq qonunchiligiga oid hujjatlar, xususan, yangi tahrirdagi Soliq kodeksi, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947, 2020 yil 30 oktyabrdagi PF-6098-sonli Farmonlari, Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 7 yanvardagi 1-sonli qarorlari asosida soliq ma'muriyatchiligining zamonaviy uslublarini joriy etish, yashirin iqtisodiyot darajasini pasaytirish, soliq yukini kamaytirish hisobiga tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun teng raqobat sharoitlarini yaratish, soliqqa tortish tizimini soddalashtirish siyosatini davom ettirish, tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun qulay sharoitlar yaratish va investitsiya muhitini yaxshilash chora tadbirlari belgilanib, mazkur yo'nalishlar bo'yicha davlat byudjetiga soliq tushumlarini to'liqligini

ta'minlagan holda soliqlarni unifikatsiyalash va soliq hisobotlarini soddalashtirish bo'yicha bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, yangi tahrirdagi Soliq kodeksining tegishli moddalariga rivojlangan mamlakatlar amaliyotida keng qo'llaniladigan deklaratsiya asosida soliq solinadigan daromadlar turlariga (yakka tartibdagi tadbirkorlar, ularning yollanma ishchilari, oilaviy tadbirkorning oila a'zolari, hunarmand uyuushmasi a'zolari tomonidan olingan daromadlar) qo'shimcha kiritilishi bilan deklaratsiyalash mexanizmi orqali daroma solig'iga tortish amaliyotida uzoq kutilgan keyingi qadam qo'yildi.

Jismoniy shaxslaming daromadlariga soliq solishda deklaratsiyalash mexanizmining zarurligi bo'yicha ko'plab xorij va mahalliy olimlar, tadqiqotchilar va xorijiy moliyaviy institutlari tomonidan ilmiy izlanishlar olib borilgan.

Xususan, Usui (2002) tomonidan ta'kidlanishicha, daromadlarga soliq solishda soliq to'lovchilarning ixtiyoriylik asosida daromadlari to'g'risida soliq organlariga deklaratsiyalarni taqdim etish bu demokratik fuqarolik jamiyatining ko'rinishi bo'lib, 1949 yillarda Dr. Carl S. Shoup ning missiyasi davomida uning takliflari bilan YAponiya davlatida shakllangan deklaratsiyalash tizimi ("self-assesment tax system") ning joriy qilinishi soliq to'lovchilar bilan soliq organlari orasidagi munosabtlarni yangi ko'rinishga olib chiqdi hamda YAponiya davlat byudjeti hissasida daromad solig'ining fiskal ahamiyatini oshishiga sabab bo'lgan.

Mamlakatda daromadlarni deklaratsiyalash tizimining joriy qilinishi soliq organlari va soliq to'lovchilar orasida yangicha munosabat shakllantirdi. Bu tizimning afzalligi albatta soliq organlarining daromadlarni yig'uvchanligini oshirishi bilan bir qatorda daromadlarni yig'ish xarajatlarini kamaytirishi bo'ldi (Australian Treasury's final report, 2004).

Ko'plab siyosiy tashkilotlar va tadqiqotchilar tomonidan mamlakatlarda korrupsiya, ta'magirlik kabi ilatlarni kamaytirishi va davlat mulkini talon taroj bo'lishini oldini olish uchun davlat xizmatchilarining daromadlari va xarajatlari to'g'risidagi deklaratsiyalash mexanizmini joriy qilish lozimligi to'g'risida fikrlar bildirilgan. Jumladan, Hoppe (2012), Tytko (2019) lar tomonidan ko'plab Evropa mamlakatlarida, xususan Ukrainada daromalar va xarajatlar to'g'risida deklaratsiya taqdim etilishi samarali moliyaviy nazoratning mexanizmi hisoblanib, mamlakatda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar iqtisodiy va moliyaviy sohalarda kuchayib borayotgan, davlat mulkini talon taroj qilish ortib borayotgan, qarindosh va urug' aymoqchilik davlat boshqaruv tizimlarida ko'payib borayotgan paytlarda deklaratsiya masalasi juda dolzarb masala ekanligi to'g'risida fikrlar bildirilgan. Bundan tashqari, BMT ning Giyohvandlik va jinoyatchilikka qarshi kurashish boshqarmasi (2019) tomonidan davlat xizmatchilarini deklaratsiyalash mexanizmlari bo'yicha o'tkazilgan

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR

o'rganish natijalariga ko'ra, Indoneziya mamlakati mavjud davlat xizmatchilarining daromadlari va mol mulklari to'g'risidagi deklaratsiyalash tizimi takomillashgan sanoqli tizimlardan biri ekanligi, mazkur tizim qo'llanilishi orqali davlat xizmatchilarining faoliyati to'liq nazoratga olinganligi, korrupsiya, manfaatlar to'qnashuvi, pulni yuvish va terorizmga qarshi kurashishda samarali mexanizmligi ma'lum qilingan.

Mamlakatimizda ham so'ngi yillarda aynan shu yo'nalishda ya'ni davlat xizmatchilarining daromadlarini deklaratsiyalanishi bo'yicha dastlabki qadamlari tashlanmoqda. Jumladan, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.Mirzieyovning PF-5729-sonli Farmonida, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida davlat siyosatining ustuvor yo'nalishlari o'rta muddatli istiqbolda texnik infratuzilmani va zarur dasturiy ta'minotni yaratishga oid zaruriy chora-tadbirlarni amalga oshirishni nazarda tutgan holda davlat xizmatchilari daromadlarini deklaratsiya qilish tizimini bosqichma-bosqich joriy etish bo'yicha chora tadbirlar belgilandi. Davlatimiz rahbari tomonidan ham korrupsiyaga qarshi kurashishda eng samarali usul sifatida davlat xizmatchilarining daromadlarini deklaratsiyalash zarurligiga to'xtalganligini inobatga olsak, mavzuning dolzarbligini anglab olishimiz mumkin bo'ladi.

Jismoniy shaxslarning daromadlarini soliqqa tortish, shuningdek, deklaratsiyalash tizimi bo'yicha ko'plab O'zbekiston iqtisodchi olimlari va izlanuvchilari tomonidan o'tgan davrlar davomida muntazam tadqiq qilib borilgan. Jumladan, Niyazmetovning monografiyasi (2017) va doktorlik dissertatsiyasi (2018) da daromadlarni deklaratsiyalash tizimiga alohida e'tibor qaratilgan. Xususan, Niyazmetov tomonidan O'zbekiston soliq tizimi xalqaro soliq amaliyotidan farqlantiruvchi omillardan biri, bu daromadlarni umumdeklaratsiyalash asosida soliqqa tortish mexanizimining mavjud emasligi hamda O'zbekistonda mavjud daromadlarga deklaratsiya asosida soliq solish mexanizmi keng qamrovli emasligi tanqid qilingan. SHuningdek, o'tkazilgan tahlil natijalariga ko'ra, O'zbeksitonda jismoniy shaxslarning daromad solig'ining davlat byudjetidagi ulushini oshirish potensiali yuqoriligi va buning uchun mazkur soliq yukini ko'tarish hisobiga emas, balki soliq to'lovchilar sonini ko'paytirish va bazasini kengaytirish orqali amalga oshirilishi, bunda esa aynan daromadlarni deklaratsiya asosida soliqqa tortish mexanizmi eng samarali instrument hisoblanishi to'g'risida ilmiy xulosa qilingan. Bundan tashqari, Usmonova (2011) tomonidan jismoniy shaxslarning daromadlarini soliqqa tortishda umumdeklaratsiyalash tizimiga bosqichma-bosqich o'tish zaruriyatini amalga oshirishda, mavjud deklaratsiyalash tizimini takomillashtirish va deklaratsiya asosida soliqqa tortiladigan daromadlar ko'lamini kengaytirish va soliq solinadigan daromadga ega bo'lgan barcha jismoniy shaxslarning yillik daromadlarini deklaratsiyalash asosida soliqqa tortishni joriy etish zarurligi ma'lum qilingan. Deklaratsiyalash tizimini joriy qilishda, ijtimoiy chegirmalarni ishlab

52

chiqish, daromad solig'i bazasidan mol-mulk va er soliqlari uchun to'langan soliqlarni chegirish imkoniyatlarini yaratish hamda soliqqa tortilmaydigan daromadlar miqdorini tiklash va uni kelgusi davrda iste'mol savatiga yaqinlashtirish orqali amalga oshirilishi bo'yicha takliflar berilgan.

Mazkur tadqiqotimizda, O'zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo'mitasi va Davlat statistika qo'mitasi ma'lumotlari, deklaratsiya taqdim etayotgan soliq to'lovchilar ma'lumotlari, shuningdek kutubxona kataloglari, akademik maqolalar, internet manbalari va boshqa ma'lumotlar manbalariga tayanilgan holda tadqiq qilindi.

Tadqiqotda yig'ilgan ma'lumotlar (miqdoriy va sifat ma'lumotlari)ni tahlil qilish, qiyoslash, ya'ni yillar davomida ko'rsatkichlarning o'zgarishini tahlil qilish, tarkibiy tahlilni amalga oshirish uchun tadqiqotlar metodologiyasining tasviriy statistika va so'rovnoma usullaridan foydalanildi.

O'zbekistonda aholi daromadlarini soliqqa tortilishini tanqidiy tahlili.

Mamlakatimida amaldagi soliq qonunchiligiga ko'ra, jismoniy shaxslarning daromadlari 3 xil usulda soliqqa tortilib kelinmoqda. Bular, to'lov manbaida ushlab qolish, yakka tartibdagi tadbirkorlarga belgilangan qat'iy daromad solig'i asosida soliqqa tortish va daromad solig'i tushumi hissasida nisbatan kam tushum beradigan deklaratsiya asosida soliqqa tortish mexanizmi hisoblanadi.

Biroq amalga oshirilayotgan chora tadbirlarga qaramasdan, o'tkazilgan tahlil natijalariga ko'ra, O'zbekistonda aholi daromadlarini soliqqa tortish darajasi hanuzgacha past darajada (2020 yil bo'yicha 3,9%) qolmoqda (1-diagramma). SHu kabi, O'zbekiston Respublikasi Statistika qo'mitasi tomonidan taqdim etilgan ma'lumotlarni Davlat soliq qo'mitasidagi daromad solig'i to'lovchi jismoniy shaxslar soni bo'yicha mavjud ma'lumotlar bilan tahlil qilinganida, jami daromad solig'i to'lovchi jismoniy shaxslar sonini iqtisodiy faol aholi soniga nisbati, 2016-2020 yillar davomida 29,3% - 39,7% ni tashkil qilmoqda (1-jadval).

TAHLIL VA NATIJALAR

1-diagramma. Aholi daromadlarini soliqqa tortilishi darajasi (Respublika statistika va soliq qo'mitasi ma'lumotlari asosida muallif tomonidan mustaqil tayyorlandi)

* Soliqdan to'liq va qisman ozod etilgan soliq to'lovchilar daromadlari bilan birga.

** Mehnat faoliyatidan olingan daromadlar va shaxsiy iste'mol uchun o'zida ishlab chiqarilgan xizmatlardan olingan daromadlari.

минг киши

Ииллар Иктисодий фаол ахоли сони Шундан, иш билан таъминланган лар сони Жами даромад солиги туловчилар ЯТТ лар билан бирга Жами даромад солиги туловчилари сони Жами фаолият курсатган ЯТТ лар сони Узини узи банд килганлар сони Даромад солигига тортилганлик даражаси, (%) Турли сабабларга кура, даромад солигига тортилмаётган иктисодий фаол ахоли сони

А 1 2 3=4+5+6 4 5 6 7=3/2*100 8

2016 14 022,40 13 298,40 3 895,9 3 800,6 95,3 29,30 9 402,5

2017 14 357,30 13 520,30 3 954,1 3 849,2 104,9 29,25 9 566,2

2018 14 641,70 13 273,10 4 060,7 3 921,6 139,1 30,59 9 212,4

2019 14 876,40 13 541,10 4 537,9 4 370,4 167,5 33,51 9 003,2

2020 14 797,92 13 239,55 5 251,8 4 481,1 211,0 559,7 39,67 7 987,8

1-jadval. Respublika bo'yicha 2016-2020 yillarda iqtisodiy faol aholi va jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'i to'lovchilar soni bo'yicha qiyosiy tahliliy ma'lumotlar (muallif

tomonidan mustaqil tayyorlandi)

Yuqoridagi diagramma va jadvaldan ko'rinib turibdiki, Respublikada amalda bo'lgan aholi daromadlarini soliqqa tortish tizimi samaradorligi talab darajasida emas. Jahonning rivojlangan mamlakatlari amaliyotida qo'llanilib kelinayotgan daromadlarni deklaratsiyalash mexanizmini takomillashtirish, ommalashtirish orqali

54

soliq to'lovchilar va ularning daromadlari to'liqroq qamrab olish hamda bu orqali jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'ining fiskal ahamiyatini oshirish imkoniyati yuqoriligini ko'rishimiz mumkin.

Daromadlarni deklaratsiya asosida soliqqa tortishning O'zbekistondagi mavjud tizimi, bu boradagi munosabatlarida mavjud muammolar, deklaratsiya asosida soliqqa tortish masalalalarida fuqarolarga qiyinchilik tug'dirayotgan aspektlar bo'yicha fikr va takliflar olish maqsadida "Google forms" orqali (https://docs.google.com/forms/u/0/) so'ronovnoma tashkil qilindi va ijtimoiy tarmoqlarda xususan, www.facebook.com va telegram ijtimoiy tarmog'idagi guruhlarda so'rovnomada ixtiyoriy ishtirok etishligi bo'yicha taklif etildi.

Mazkur so'ronomada jami 21 nafar, shundan 18-30 yosh oralig'ida 3 nafar, 3155 yosh oralig'ida 17 nafar hamda 65 yoshdan yuqori yoshdagi 1 nafar soliq to'lovchilar ishtirok etdi. SHundan 18 nafari erkak kishi va 3 nafari ayol kishi bo'lib, 10 nafari magistr va undan yuqori, 10 nafari bakalavr hamda 1 nafari o'rta maxsus ma'lumotga ega bo'lgan jismoniy shaxslar ishtirok etdi.

2-diagramma. So'rovnoma ishtirokchilarining daromad manbaalari haqida

Mazkur so'rovnomada ishtirok etgan shaxslarning to'liq 21 nafari mehnatga haq to'lash tarzidagi daromad manbaiga ega bo'lib, 1 nafarida tadbirkorlik faoliyatidan olingan daromad, 1 nafarida mol-mulkini ijaraga berishdan olingan daromad, 1 nafarida divident va foiz ko'rinishidagi daromad, 1 nafarida xorijdan kelgan daromad, 1 nafarida o'ziga tegishli mol-mulkni sotishdan olgan daromad hamda 3 nafarida qolgan boshqa daromad manbalariga ega ekanligi qayd etildi (2-diagramma).

Ishtirokchilarning 21 nafaridan 14 nafari deklaratsiya asosida soliqqa tortish mexanizmini takomillashtirish va keng joriy qilinishda ijobiy fikr bildirgan paytda, 7

55

Oriental Renaissance: innovative, J^

educational, natural and social sciences Q

nafar shaxslar bu tizim bo'yicha salbiy fikrda ekanligini, daromadlari haqida deklaratsiya to'ldirish jarayoni oshiqcha ovoragarchilikdan iborat ekanligini ma'lum qildi (3-diagramma).

Даромадларингиз ёки йирик харажатларингиз >^ак,ида солик, органларига декларация (х,исобот) асосида маьлум к,илиб борилишига муносабатингиз?

21 responses

rr

A 33.3% ^

66.7%

A

i f

Ижобий бу билан даромадларга солик солишда ихтиёрийлик асосида амалга ошириш имконияти яратилади. Салбий ошикча оворагарчилик бефарц бу тизим хацида умуман маълумотга эга эмасман

3-diagramma. Deklaratsiya taqdim etilishiga ishtirokchilarning munosabati

Даромадларингиз х,ак,ида солик, органларига декларация топширилишида ёки топширилиш зарурияти тугилганда, Сиз томондан даромадл...из х,ак,ида тулик, маълумот такдим этиладими?

21 responses

r

r 71.4%

К 14.3%

^^ / 14.3%

/

i F

1 Xja, даромадларимни ва йирик харажатларимни солик органига тулик курсатаман, Бу билан фукаролик бу...

■ Кисман,расмиятчилик юзасидан факатгина солик органига маълум булиб цолган цисми хакида (жарима... Йук, даромадим факат узимга тегишли булиб, буни соликка тортил...

1 Х^а, даромадларимни солик органига тулик курсатаман. Бу билан фуцаро...

4-diagramma. Deklaratsiyada daromadlari to'liq taqdim etilishi.

Deklaratsiya asosida soliqqa tortilishda, ushbu shaxslardan 15 nafari daromadlari haqida deklaratsiya taqdim etishni fuqarolik burchi sifatida ko'rib, soliq organlariga to'liq ma'lumotlar taqdim etishligini, 3 nafari soliq organiga ma'lum bo'lib qolish ehtimoli mavjud daromadlarini ko'rsatishligi va qolgan 3 nafari soliq organiga umuman daromadlari haqida ma'lumot taqdim etmasligini va buni adolatsiz tizim ekanligini ko'rsatib o'tishdi (4-diagramma).

Soliq organlariga yillik daromadlari haqida deklaratsiya taqdim etishdan asosiy maqsad so'rovnomada ishtirok etgan shaxslarning deyarli teng yarmi, 11 nafari uchun daromadlari haqida soliq organiga ma'lum qilgan holda soliq to'lash bo'lsa, qolgan 10 nafar shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda imtiyozlar olish maqsadida deklaratsiya taqdim etishayotganligini ko'rsatishgan.

SHuningdek, so'rovnomada ishtirok etgan soliq to'lovchilar tomonidan soliq organlariga deklaratsiya taqdim etilishida muammo bo'layotgan masalalar sifatida 8 nafar soliq to'lovchilar - deklaratsiyani taqdim etishda, elektron kalit talabi mavjudligi; 6 nafari - deklaratsiyani taqdim etishda, olgan daromadlari haqida ham qo'shimcha hujjatlar talabi mavjudligi; 4 nafari -soliq qonunchiligini murakkabligi va deklaratsiyani to'ldirishda malaka darajalarini etishmasligi hamda 4 nafari - soliq organlarida malakali mutaxassislar mavjud emasligi to'g'risida ma'lum qilishdi.

Deklaratsiya topshirilishida eng qulay usul sifatida 15 nafar tomonidan shaxslar elektron shaklda jo'natilishini tanlanib, shundan 8 nafari tomonidan bu jarayonda elektron kalitsiz amalga oshirilish tarafdorligini, 3 nafar shaxslar tomonidan soliq organiga bevosita tashrif buyurish orqali amalga oshirilishini hamda 1 nafar fuqaro tomonidan soliq organiga deklaratsiya topshirimaslik tarafdori ekanligini ko'rsatib o'tilgan.

O'tkazilgan so'rovnomalarda deklaratsiya asosida soliqqa tortishda qo'shimcha taklif va firklarga quyidagi sharxlar so'rovnomachilar tomonidan berilgan:

"Fuqarolarga deklaratsiya to'ldirishning moxiyatini to'g'ri va sodda qilib tushuntirish lozim. Oxirgi muddatidan avval topshirgan deklaratsiya va to'langan soliq miqdori uchun rag'batlantirish tizimini joriy etish lozim." (so'rovnomada ishtirok etgan 1-shaxs, erkak kishi, yoshi 31-55 oralig'ida)

"Har kanday xisobotni topshirishda qulaylik va soddalik bo'lishi kerak." (so'rovnomada ishtirok etgan 2-shaxs, erkak kishi, yoshi 31-55 oralig'ida)

"Deklaratsiya topshirganlarga skidka berish kerak. Daromadi malum minimumga etmaganlarga qarab, ijtimoiy nafaqalarni berish tartibini kiritish kerak. Kambag'allikni qancha ekanligi bevosita soliq idoralari tomonidan hisobi yuritilishi kerak. Umuman soliq to'lamaganlarga nafaqa berishni to'xtatish kerak. Soliq deklaratsiyasi asosida odamlarni soliq to'lashga o'rgatish kerak." (so'rovnomada ishtirok etgan 3-shaxs, erkak kishi, yoshi 65 dan yuqori)

"Umuman mantiqsiz, zaruriyatsiz deb hisoblayman, faqat ortiqcha ovoragarchilikdan o'zga narsa emas" (so'rovnomada ishtirok etgan 12-shaxs, erkak kishi, yoshi 18-30 oralig'ida)

"Hamma daromadlar soliq hisobotlarida ko'rsatilayapti deklaratsiyaga topshirish shart emas". (so'rovnomada ishtirok etgan 15-shaxs, erkak kishi, yoshi 3155 oralig'ida)

Oriental Renaissance: innovative, VOLUME 11 ISSUE 2

educational, natural and social sciences Q ISSN 2181-1784

"Bu qoida barchaga teng qo'llanilishi kerak. Yig'ib olingan soliqni halqa yana qaytib kelishi mexanizmlarida oshkoralikka ergashish kerak. Daromadi katta bo'lgan oligarxlarni ko'proq soliq to'lashiga (vertical equity) ga erishilganidan so'ng, bu tizimni amalga oshirsa bo'ladi" (so'rovnomada ishtirok etgan 17-shaxs, erkak kishi, yoshi 31-55 oralig'ida)

MUHOKAMA

Bozor iqtisodiyotiga asoslangan iqtisodiyotda mulkchilik shakllari turli tuman bo'lib, fuqarolarning daromadlari turli manbalar orqali shakllanmoqda. Ayrim daromad manbalarini soliqqa tortishda, to'lov manbaidan ushlab qolish ("tax withholding system") tizimi etarli emasligi, umuman olganda, to'lov manbaida ushlab qolish tizimi tadbirkorlik sub'ektlari uchun mavjud sharoitlarda iqtisodiy jihatdan o'zini oqlamasligi, soliq organlari tomonidan aholi daromadlari va yirik xarajatlari o'rtasidagi nomuvofiqlikni doimiy nazorat qilib borishlik uchun daromalarni umumdeklaratsiyalash mexanizmi joriy qilinmaganligi mamlakatimizda yashirin iqtisodiyotni yuqori darajada qolishiga sabab bo'lishligi tahlillar orqali ma'lum bo'ldi (1-diagramma va 1-jadval).

O'tkazilgan so'rovlar shuni ko'rsatmoqdaki, fuqarolarning o'z daromadlarini to'liq ko'rsatmaslik kabi insonga xos bo'lgan faktorlardan tashqari hozirda mavjud tor doiradagi deklaratsiya taqdim etish holatlarini ommalashmayotganligiga quyidagi sabablarni ko'rsatishimiz mumkin:

1. Aholi daromadlarini deklaratsiya asosida taqdim etilishi qonun hujjatlari bilan aniq mustahkamlanib qo'yilmaganligi, aholining ijtimoiy holidan, daromadlari miqdorini inobatga olmagan holda bir qator imtiyozlar mavjudligi, xususan, o'zini o'zi band qilgan fuqarolar daromadlari soliqdan to'liq ozod qilinganligi;

2. To'lov manbaida soliqqa tortilmasdan qolgan daromadlarini aniqlash va ushbu daromadlarni soliqqa tortish bo'yicha deklaratsiya taqdim etmaslik holatida soliq organlari tomonidan etarli darajada javobgarlik choralari qo'llash imkoniyati cheklanganligi;

3. Elektron ravishda deklaratsiya taqdim etish faqatgina elektron kalit orqali amalga oshirilishi, daromadlari haqidagi hujjatlarni (soliq to'lovchining ushbu hujjatlarni olishda, qo'shimcha xarajat va vaqt sarflashga majburligi) dasturiy mahsulga yuklash talabi mavjudligi, har bir o'ziga xos holatlar bo'yicha dasturiy mahsulda qadamma-qadam aniq ko'rsatmalar joriy qilinmaganligi;

4. Hududiy soliq organlarida bevosita deklaratsiya to'ldirish jarayoni bo'yicha onlayn rejimda maslahat ko'rsatish bilan shug'ullanuvchi mutaxassislar ajratilmaganligi;

5. Soliq to'lovchilarning daromadlari miqdori ularning oila a'zolari soni bilan birgalikda hisoblanganda yashash minimumidan past bo'lganda soliqqa tortmaslik amaliyoti, shaxsning qaramog'idagi oila a'zolari sonidan kelib chiqqan holda barcha uchun standart chegirmalar joriy qilinmaganligi fuqarolar tomonidan soliq organlariga daromadlari va ma'lum turdagi xarajatlari (misol tariqasida, tibbiy xarajatlar uchun sarflanganda) ni hisobini yuritmaslik va o'z navbatida bu haqida deklaratsiya taqdim etmasligiga sabab bo'lmoqda.

O'tkazilgan tahlil natijalariga ko'ra, mamlakatimiz soliq siyosatida aholi daromadlarini umumdeklaratsiya asosida soliqqa tortish mexanizmining mavjudligi ob'ekti zaruriyati hisoblanadi va ushbu mexanizm asosida soliqqa tortish qamrovini kengaytirish uchun quyidagilarni amalga oshirish maqsadga muvofiq:

- Aholi daromadlarining bosqichma-bosqich umumdeklaratsiyalash mexanizmini joriy qilish orqali soliqqa tortish amaliyotini joriy qilinishi zarur. Bunda barcha aholi uchun dastlab ixtiyoriylik asosida keyinchalik majburiy tartibda, 1-bosqichda (2022 yildan), davlat organlari mansabdor shaxslarining daromadlari va yirik xarajatlari bo'yicha, 2-bosqichda (2023 yildan), yillik oboroti 10 mlrd. so'mdan ortiq tadbirkorlik sub'ektlari ta'sischilarini daromadlarini deklaratsiyalash, 3-bosqichda (2025 yildan), aholi qatlamining yillik eng kam bazaviy hisoblashning 300 baravaridan yuqori daromad topgan shaxslarga ( daromadlaridan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'i to'lov manbaida ushlab qolinganligidan qat'iy nazar) majburiy tartibda daromadlari haqida soliq organlariga deklaratsiya topshirish majburiyatini qonunchilikka kiritish;

- Soliq deklaratsiyalarini oilaviy (turmush o'rtog'i bilan birgalikda) taqdim etish imkoniyatini yaratish;

- Barcha fuqarolar uchun iste'mol savatchasidan kelib chiqqan holda yagona standart soliq chegirmalarini joriy qilish, daromad manbai oila a'zolarini ham inobatga olgan holda birgalikda kun kechirishida iste'mol savatchasidan kam bo'lgan daromad miqdorini soliqdan ozod qilish, bunda 1-guruh nogironlariga hamda oila qaramog'ida yashayotgan shaxslar (farzandlari, ota-onalari) sonidan kelib chiqib, chegirma miqdorini standartdan yuqoriroq belgilash hamda davlat tomonidan aholining daromad manbai belgilangan miqdordan past bo'lgan taqdirda, aholi daromadlaridagi bu ijtimoiy tengsizlikni qisqartirish maqsadida taqdim etilgan deklaratsiyalar asosida davlat tomonidan fuqarolarga manzilli subsidiyalar ajratish va aholining ijtimoiy himoyasini ta'minlash, shu orqali davlat aholining kam

XULOSA

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

ta'minlangan qatlamini alohida nazoratga olish va ularni kunlik hayot kechirishi nazoratga olish imkoniyatini yaratish;

- Aholining ijtimoiy jihatdan qo'llab quvvatlash maqsadida, yillik daromadlarining 10 foizidan ortiq qismi soliq to'lovchining sog'ligini tiklash uchun yo'naltirilgan (tibbiy xarajatlar uchun sarflangan) taqdirda 10 foizdan ortgan daromadlariga nisbatan daromad solig'i bazasidan chegirish imkoniyatini taqdim etish;

- Aholining ijtimoiy-iqtisodiy holatini inobatga olinmagan holatda berilgan barcha imtiyozlarni bekor qilish;

- O'zbekiston Respublikasi rezidentlari bo'lgan fuqarolarining daromadlari, ayniqsa chet-eldan tadbirkorlik, xizmat ko'rsatish faoliyatidan olgan pul mablag'lari kelib tushishini alohida nazoratga olish va Respublika bo'yicha maxsus dasturiy mahsul orqali fuqarolar kesimida topgan daromadlari haqidagi ma'lumotlar bazani shakllanitirilishi, yil yakunida deklaratsiya taqdim etmagan yoki to'liq taqdim etmagan shaxslarga nisbatan javobgarlik muqarraligini ta'minlash hamda soliq organi tomonidan aniqlangan soliqni yashirish, soliq to'lashdan bo'yin tovlash holatlari bo'yicha barcha imtiyozlarni bekor qilgan holda soliqni oshirilgan amaldagi stavkadan ikki karra ko'p (24%) stavkada hisoblash va undirish mexanizmlarini joriy qilish;

- YAkka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan to'lanayotgan qat'iy soliq o'rniga soliq solishni unifikatsiyalash maqsadida yaxlit tizim, deklaratsiya asosida daromad solig'iga tortish mexanizmini joriy qilish, tadbirkorlarga buxgalteriya hujjatlarini to'liq yuritilishi va soliq deklaratsiyalarini topshirilishida amaliy yordam ko'rsatish.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES):

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 07 fevraldagi "O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha harakatlar strategiyasi to'g'risida" gi PF-4947-sonli Farmoni.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "YAshirin iqtisodiyotni qisqartirish va soliq organlari faoliyati samaradorligini oshirish bo'yicha tashkiliy chora-tadbirlar to'g'risida" gi PF-6098-sonli Farmoni.

3. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.Mirzieyovning 27.05.2019 yildagi "O'zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida" gi PF-5729-sonli Farmoni.

4. O'zbekiston Respublikasi yangi tahrirdagi Soliq kodeksi (O'RQ-599, 30.12.2019 ).

5. Usui Nobuaki (2002), "Penetration of self-assessment system for income tax, half-a-century's experience in Postwar Japan".

6. Australian Treasury's final report (2004), Report on aspects of Income tax Self-assessment. (http://www.dcita.gov.au/cca)

7. Tilman Hoppe (2012), "Financial Supervision of Public Officials" (Income and Asset Declarations) nomli texnik hujjati, ECCU-EaP-7/2012.

8. Tytko A. and Stepanova H. (2019). "Xususiy mulk, moddiy qiymatliklar va foiz daromadlarini deklaratsiyalashning xorij tajribasi" nomli ilmiy maqola.

9. BMT ning giyohvandlik va korrupsiyaga qarshli kurashish boshqarmasi (2019), "Indoneziyada daromadlar va mol-mulkni deklaratsiyalash" to'g'risida tahliliy ma'lumoti.

10. Usmanova M.S. (2011), "Jismoniy shaxslarning daromadlarini deklaratsiya usulida soliqqa tortishni takomillashtirish" mavzusida iqtisod fanlar nomzodi ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiyasi.

11. Niyazmetov I., (2017) "O'zbekiston soliq tizimi muammolar va takomillashtirish yo'llari" monografiyasi.

12. Niyazmetov I., (2018) "Soliqqa tortish mexanizmlarini takomillashtirish orqali soliq tizimi barqarorligini ta'minlash" doktorlik dissertatsiyasi.

13. O'zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo'mitasi dasturiy mahsuli ma'lumotlari.

Vebsaytlar:

1. http://www.soliq.uz

2. http ://www. stat.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.