Научная статья на тему 'KORRUPSIYA – FUQAROLIK JAMIYATINING TANAZZULI'

KORRUPSIYA – FUQAROLIK JAMIYATINING TANAZZULI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

1459
171
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Korrupsiya / illat / tarix / qonun / jahon tajribasi / Singapur / Xitoy / Gongkong / Daniya / BMT / Corruption / corruption / history / law / world experience / Singapore / China / Hong Kong / Denmark / UN

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Alisher Xayrulla Ogli Nigmatov, Mohinura Baxtiyorovna Misaboyeva, Abrorjon Parda Ogli Yormatov

Mazkur maqolada korrupsiya, ya‘ni poraxo‗rlik haqida so‗z boradi. Korrupsiya tarixda mavjud bo‗lganligi va unga qarshi qo‗llanilgan jazo hamda hozirgi kunda jahon mamlakatlari poraxo‗rlikka qarshi qo‗llayotgan tajribalari haqda ma‘lumotlar berilgan. O‗zbekistonda ham bunga qarshi qo‗llanilgan chora tadbirlar, qabul qilingan qonunlar ko‗rsatib o‗tilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

CORRUPTION IS THE DEPRIVATION OF CIVIL SOCIETY

This article is about corruption. It provides information on the history of corruption and the penalties imposed on it, as well as the experiences of countries around the world today. The measures taken against it in Uzbekistan and the laws adopted are outlined

Текст научной работы на тему «KORRUPSIYA – FUQAROLIK JAMIYATINING TANAZZULI»

KORRUPSIYA - FUQAROLIK JAMIYATINING TANAZZULI

Alisher Xayrulla o'g'li Nigmatov

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti talabasi

Mohinura Baxtiyorovna Misaboyeva Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti talabasi

Abrorjon Parda o'g'li Yormatov

Toshkent davlat yuridik unversiteti talabasi

ANNOTATSIYA

Mazkur maqolada korrupsiya, ya'ni poraxo'rlik haqida so'z boradi. Korrupsiya tarixda mavjud bo'lganligi va unga qarshi qo'llanilgan jazo hamda hozirgi kunda jahon mamlakatlari poraxo'rlikka qarshi qo'llayotgan tajribalari haqda ma'lumotlar berilgan. O'zbekistonda ham bunga qarshi qo'llanilgan chora tadbirlar, qabul qilingan qonunlar ko'rsatib o'tilgan.

Kalit so'zlar: Korrupsiya, illat, tarix, qonun, jahon tajribasi, Singapur, Xitoy, Gongkong, Daniya, BMT.

CORRUPTION IS THE DEPRIVATION OF CIVIL SOCIETY

Alisher Khairulla ogli Nigmatov

Student of Chirchik State Pedagogical Institute of Tashkent region

Mohinura Bakhtiyorovna Misaboyeva

Student of Chirchik State Pedagogical Institute of Tashkent region

Abrorjon Parda ogli Yormatov

Student of Tashkent State University of Law

ABSTRACT

This article is about corruption. It provides information on the history of corruption and the penalties imposed on it, as well as the experiences of countries around the world today. The measures taken against it in Uzbekistan and the laws adopted are outlined.

Keywords: Corruption, corruption, history, law, world experience, Singapore, China, Hong Kong, Denmark, UN.

KIRISH

Ma'lumki, jamiyat taraqqiy etgan sari qonunlar ham rivojlana boradi. Har bir mamlakat o'z qonuniga egadir. Eng achinarlisi ba'zi odamlar qonunni buzush uchun chiqariladi deb o'zlarini oqlashga urunishadi. Misol uchun bir qonunbuzar qonunni buza turib qo'lga olinadi va jazoga tortiladi, ammo u bu jazodan qutilib qo'lish uchun qonun himoyachisiga pora ham taklif qilishi oqibatida yana bir qonunni buzadi. Biz bu maqolada poraxo'rlik haqida gapirmoqchimiz, ya'ni "korrupsiyal" Korrupsiya fuqarolik jamiyatigan "daraxti"ni yemiruvchi bir "qurf'dir.

Gap korrupsiya haqida borar ekan, u jamiyatni turli yo'llar bilan iskanjaga oladigan dahshatli illatdir. Korrupsiya mamlakat yuksalishiga, demokratiya rivojlanishiga to'sqinlik qiladi. Natijada xalq qoloqlashadi. Ularda inson ongini loqaydlikka, boqimandalikka tobe qiluvchi kayfiyat yuzaga keladi.

Inson o'z huquq va erkinliklari, burchlarining poymol bo'layotganini ko'ra turib unga befarq munosabatda bo'ladi. Oqibatda bu atrofga o'z tasirini o'tkazmay qolmaydi. Demokratiya va inson huquqlari deya bong urilayotgan bir paytda jamiyat azolarining bunga nisbatan bee'tibor pozitsiyada turishi mamlakatni ichdan yemiradi. Davlat qachon rivojlanishda yuksak cho'qqiga erishadi, qachon demokratik davlatlar qatoriga qo'shila oladi? Bu fuqarolarning huquqiy ongiga bog'liq emasmi? Fuqaro qonunni bilmasa, unga amal qilmasa, uning jamiyat rivojiga qo'shgan hissasi qanday bo'ladi? Nega qonunni bila turib unga amal qilmaydi? Bu savollar bizni haligacha o'ylantirib kelmoqda. Harakat qilish vaqti kelmadimikin. Biz korrupsiyani o'z jamiyatimizdan yoqotishga harakatni boshlashimiz kerak.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Jahonda korrupsiya atamasiga turlicha yondashishadi, ya'ni "Korrupsiya— shaxsiy maqsadda foyda olish uchun davlat hokimyatini suite'mol qilishdir"[1]. Yuridik ensiklopediya mualliflarining ta'kidlashicha, "korrupsiya - mansabdor shaxslar tomonidan ularga berilgan huquqlar va hokimiyat imkoniyatlaridan shaxsiy boylik orttirish uchun foydalanishda ifodalanuvchi siyosat yoki davlat boshqaruvi sohasidagi jinoiy faoliyat", -deb izohlashadi. Aslidachi korrupsiya faqat davlat mansabdorlari ichidamil? Menimcha yo'q! ular ta'riflashayotgan korrupsiyaning yuqori bir ko'rinishidir. Etimologik jihatdan "korrupsiya" atamasi "buzish, pora evaziga og'dirish" degan ma'noni anglatadigan lotincha "corruptio" so'zidan kelib chiqqan. Demak, bundan bilish mumkinki, har qanday pora evaziga qilinadigan ish bu - korrupsiyadir.

Tarixga nazar soladigan bo'lsak, korrupsiyaning tag ildizlari qadimgi davrlarga borib taqaladi.

Masalan, tarixchi Gerodotning yozishicha, eramizdan avvalgi VI asrda hukmdorlik qilgan Eron shohi Kambiz (mil.avv. 530-522 y.) Sizam ismli qozini pora olgani uchun terisini shilib olishni va u o'tirgan qozilik kursisini o'sha teri bilan qoplashni buyurgan. Qozilik lavozimiga esa poraxo'rlik nima bilan yakun topishini hamisha yodda tutishi uchun Sizamning o'g'li Otan tayinlanishi, bundan tashqari, Rossiyada korrupsiyani birinchi cheklanishi Ivan III hukmronlik qilgan davrda yuz berganligi, uning nabirasi Ivan IV esa poraxo'rlikka qarshi o'lim jazosini qo'llaganligi korrupsiyaning qadimdan mavjud bo'lganligidan dalolat beradi.

Mansabdaor shaxslarning o'z mavqeidan foydalanib boshqalarga tasir o'tkazish orqali vazifasini suiiste'mol qilishi korrupsiyani o'z maqsadini tezroq amalga oshirishning qulay yo'liga aylantirib qo'ydi. Mansabdor shaxs ortiqcha qiyinchiliklarsiz, harakatlarsiz osongina o'z maqsadiga erishadi yoki kimgadir shu orqali osongina yordam beradi. Natijada yordam olgan kishi ham yordam bergan kishi ham bundan minnatdor. Odamlar o'z mavqeilaridan foydalanib osongina jiyanini yo boshqalarni biror korxona yoki firmaga osongina ishga joylashtirib qo'yishadi. Vaholanki, jiyani bu ishga loyiq emas, u hattoki ish yuritishni ham bilmaydi. Endlikda u korxona ahvolini tasavvur qilib ko'ring. Ish yuritishni bilmaydigan boshliq korxonani tanazzulga uchratadi. Agar bu holat davlat organlarida, qonunchlikda va boshqa turli mansablarni egallashsachi? Ha! To'g'ri endilikda davlat tanazzulga qarab yo'l oladi.

"Korrupsiyaga qarshi kurashda huquqni muhofaza qiluvchi idoralar anchalik harakat qilmasin, xalqimiz bu jirkanch illatga murosasiz bo'lmas ekan, tasirchan jamoatchilik nazoratini o'rnatmas ekan, bu baloga qarshi samarali kurashni tashkil eta olmaymiz"[2].

NATIJALAR

Fuqarolar orasidagi korrupsiyaga nisbatan bo'lgan ijobiy munosabat, ya'ni korrupsiyani butunlay qoralash o'rniga uning jamiyatimizda yanada chuqurroq ildiz otishiga sababchi bo'lishi achinarli holat, albatta. Faqatgina boshqalar oldida korrupsiyani qoralash , ammo aytilgan gaplarga, fikrlarga amal qilmagan holda o'z mavqeini suiiste'mol qilish, qonunga zid ravishda ish yuritish va buni berkitish, bu ishda kimnidir o'ziga sherik qilish jinoyat, ammo odamlar ko'ra turib bu ishlarni takror va takror qilishadi. Lekin demokratik ruhda tarbiyalangan jamiyatda korrupsiyaga yo'l qo'yilmaydi. Demak, fuqarolarni demokratik ruhda tarbiyalash

kerak. Bundan kelib chiqadiki, tarbiyani birinchi navbatda o'zimizdan, ya'ni biz yoshlardan boshlash kerak. Kar bir shaxs o'z mehnati evaziga kun kechirishi, o'z mehnati evaziga muvaffaqiyatga erishishi, o'z ishini bajarishda doimo xolis bo'lishi va qonunga tayangan holda ish ko'rishi kerak.

Jahonni ko'zga ko'ringan mamlakatlari ham poraxo'rlik illatiga qarshi kurashib kelishmoqda. Misol uchun, Singapur davlati yetakchisi Li Kuan Yuning korrupsiya ustidan g'alaba qozonishni istagan inson o'z qarindoshlari va yaqin do'stlarini ham qamashga tayyor bo'lishi kerakligi haqidagi mashhur iborasi mamlakatda korrupsiyaga qarshi kurash ayovsiz bo'lganidan dalolat beradi.

Agar Singapurda korrupsiyachi amaldor ma'lum bir muddatga qamoq jazosini olgan bo'lsa, Xitoyda buning uchun bir umrlik qamoq yoki o'lim jazosi joriy etilgan. Ma'lumotlarga ko'ra, 2003 yildan beri bu davlatda 10 mingga yaqin mansabdor shaxslar otuvga hukm qilingan, 120 ming nafari esa uzoq muddatlarga qamalgan. Ayrim holatlarda pora bilan ushlangan amaldorlarning qo'llari chopilgan. Bundan tashqari, xitoyliklar pora olish illatiga qarshi kurashish bo'yicha maxsus kurslarga qatnashadi. Davlat xizmatchilari ruhiy va jismoniy mashqlar orqali aql va tanalarini sog'lomlashtirishadi. Shuningdek, Xitoyda onlayn o'yin ishlab chiqilgan bo'lib, bu o'yinda foydalanuvchilar poraxo'r amaldorlarni butun qarindoshlari bilan qirib tashlashlari kerak bo'ladi.

Xitoyning shundoqqina yonida joylashgan Gongkong ham korrupsiyaga qarshi kurashda erishgan muvaffaqiyatlari bilan maqtansa arziydi - ilgari mamlakatning deyarli barcha davlat idoralari korrupsiya botqog'iga botgandi. Bu botqoqdan chiqish uchun quyidagi choralar amalga oshirildi: davlat amaldorlari barcha mulklari, avtomobillari va boshqa qimmatbaho buyumlarini halol yo'l bilan topgan mablag'lariga sotib olganini isbotlab berishi lozim. Agarda buni isbotlay olmasa, uni qamoq kutadi va barcha mol-mulki musodara qilinadi. Ikkinchidan, 1974 yilda bu yerda "Korrupsiyaga qarshi mustaqil komissiya" tashkil etilgan bo'lib, komissiya ofitserlar hamda ziyolilar va ishbilarmonlardan tashkil topgan. Ular o'ta katta miqdorda maosh olishadi va faqatgina gubernatorga bo'ysunishadi. Vanihoyat, Gongkong aholisi va OAV vakillariga poraxo'rlikka qarshi kurashish uchun keng imkoniyat berilgan - fuqarolar pora so'ragan amaldor ustidan komissiyaga shikoyat qilishi, jurnalistlar esa har qanday amaldor faoliyati yuzasidan tekshiruv o'tkazishlari mumkin. Natija esa hayratlanarli - 30 yil ichida poraxo'rlik darajasi 90 foizdan 3 foizga tushgan.

Daniyada qonunga so'zsiz itoat qilish, jamiyatning barcha a'zolari tomonidan axloq tamoyillariga rioya qilish jamiyatni samarali boshqarishning asosiy

uslubi hisoblanadi. Ijtimoiy mavqeidan qat'iy nazar, qonun oldida hamma birdek javobgar bo'lib, ma'muriy yoki jinoiy harakati uchun mas'uliyatdan hech kim qochib qutula olmaydi. Mashinasida tezlikni oshirgani uchun Daniya qirolichasining o'g'li, shahzoda Yoaxim jarima to'lagan va matbuotning keskin tanqidiga uchragan. Turmush o'rtog'i o'z fermasida xorijlik ishchilarni ro'yxatdan o'tkazmasdan ishlatgani uchun vazirlardan biri iste'foga chiqishga majbur bo'lgan.

Niderlandiyada ham bu illatga qarshi kurashish uchun qator choralar ishlab chiqilgan. Pora bilan qo'lga tushgan amaldorga keyinchalik davlat tashkilotlarida ishlash taqiqlanadi, u barcha ijtimoiy imtiyoz va kafolatlardan mahrum etiladi. Mamlakatda OAVga poraxo'rlik holati bilan bog'liq voqealarni keng yoritishga va surishtiruvlar o'tkazishga ruxsat berilgan.

AQSHda ham korrupsiyaga qarshi kurashga alohida e'tibor qaratilgan: poraxo'rlik olingan poraning uch baravari miqdoridagi jarima, ayrim hollarda esa 15 yilgacha ozodlikdan mahrum etish bilan jazolanadi.

MUHOKAMA

Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov o'zining "O'zbekiston XXI asr bo'sag'asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari" asarida korrupsiya va poraxo'rlik haqida to'xtalib, "Jinoyatchilik va korrupsiyaning avj olishi davlatning konstitutsiyaviy asoslarini yemiradi, fuqarolarning huquq va erkinliklari jiddiy tarzda buzilishiga olib keladi. "Qonunlar va farmonlarni qabul qilishdan maqsad ularni chetlab o'tishdir" degan mutlaqo yaramas qoida jamiyatning eng oddiy huquqiy tartibot va jamoat tartibini saqlab turish qobiliyatidan mahrum bo'lishiga olib boradi" deb ta'kidlaydi [3].

Korrupsiyaga qarshi kurashida O'zbekistonda qanday islohotlar olib borilayotganiga nazar tashlasak: O'zbekiston 2008-yil 7-iyulda BMTning "Korrupsiyaga qarshi kurashish konvensiyasi"ga, 2010-yil mart oyida Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti doirasida qabul qilingan korrupsiyaga qarshi kurashning Istanbul rejasiga (2003-yil 10-sentabr) qo'shilgan. Shuningdek, Oliy Majlis tomonidan Jinoiy daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo'yicha Yevroosiyo guruhi to'g'risidagi bitimi (Moskva, 2011-yil 16-iyun) 2011-yil 13- dekabrda ratifikatsiya qilingan.

O'zbekistonda 2017-yilning 4-yanvaridan "Korrupsiyaga qarshi kurashish to'g'risida"gi qonun kuchga kirdi [4].

"O'zbekiston Respublikasining Korrupsiyaga qarshi kurashish to'g'risida" gi qonuni O'zbekiston Respublikasining qaroriga muvofiq Qonunchilik palatasi

tomonidan 2016-yil 24-noyabrda qabul qilindi va Senat tomonidan 2016-yil 13-dekabrda ma'qullandi va Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev tomonidan imzolandi. 2017-yil 4-yandardan kuchga kirdi. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O'zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov va O'zbekiston Respublikasi Bosh prokurori I.B.Abdullayev zimmasiga yuklandi. Ushbu qonun 6 bob va 34 moddadan iboratdir [5].

Qonunga ko'ra, respublikada Bosh prokuratura, Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi, Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha faoliyatni amalga oshiradi [6].

2019-2020-yillarda korrupsiyaga qarshi kurashish davlat dasturi va korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha respublika idoralararo komissiyasining yangilangan tarkibi tasdiqlanishi mo'ljallangan. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, jamoat birlashmalari va boshqa tashkilotlar ikki oy muddatda Davlat dasturining har bir bandi bo'yicha maqsadlarga erishishda samaradorlik indikatorlarini ishlab chiqish va Idoralararo komissiya bilan kelishib [7] olishi ko'zda tutildi.

XULOSA

Korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha faoliyatni amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi organlar hamda tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirish uchun "Korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha respublika idoralararo komissiya"si zimmasiga pora olganlik uchun eng kam oylik ish haqining 50 barobaridan 100 barobarigacha miqdorda jarima yoki muayyan huquqdan mahrum etilgan holda 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan. Ushbu jinoyat og'irlashtiruvchi holatlarda sodir etilganda 10 yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanadi.

"Qonunlarga hurmat odamlarimizning huquqiy ongi va madaniyati asosida shakllanadi. Ya'ni, ayrim kishilar jazodan qo'rqib qonunga itoat etsa, boshqalar bolalikda olgan tarbiyasiga ko'ra qonunni hurmat qiladi"[8]

Korrupsiyaga qarshi kurashish faqatgina mas'ul xodimlarning vazifasi emas, yoki davlat rahbarlari bunga javobgar degan fikrda bo'lish umuman to'g'ri bo'lmaydi, balki bu jarayonda barchamiz birdek harakat qilsak ko'zlangan natijaga erishishimiz mumkin. Bugungi kunda korrupsiyaga qarshi kurashishda ochiq-oshkoralikka juda katta e'tibor berilmoqda. Amalga oshirilayotgan bu ishlarda esa ommaviy axborot vositalarining ahamiyati juda katta. Televideniyeda efirga

uzatiladigan ko'pgina dasturlar jonli va ochiq muloqotlarga asoslangan holda olib borilmoqda.

Jurnalistlarning huquq va erkinliklari yanada kengaytirildi. Agar davlatda qonun ustuvor bo'lsa, davlat yuksaladi. Tarixdan malumki bobokalonimiz Amir Temur aytganlaridek: "Kuch - adolatda". Mustahkam va adolatli jamiyat esa taraqqiyot sari ildamlashda oqsamaydi. Bugungi kunimizda har bir sohaga e'tibor qaratib, undagi kamchiliklarni tuzatsak, shu sohani tubdan isloh qilsakgina ijobiy natijalarga erishishimiz mumkin. Mamlakatizmini rivojlantirishi va fuqorolik jamiyatini qurishdagi eng katta harakatlarimizdan biri, biz fuqarolar korrupsiyaga qarshi kurashimizdir.

REFERENCES

1. BMT ning Korrupsiyaga qarshi kurashishga oid ma'lumotnomasidan.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 26 yilligiga bag'ishlangan tantanali marosimda qilingan ma'ruzadan. // "Xalq so'zi" 2018-yil 7-dekabr.

3. I.A.Karimov. O'zbekiston XXI asr bo'sag'asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. - T.: O'zbekiston. 1997-yil.

4. 2017-2021-yillarda O'zbekistonni yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi. Toshkent, 2017-yil, 82-bet

5. www.lex.uz.

6. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori "Korrupsiyaga qarshi kurashish to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Qonunining qoidalarini amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida. O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami. 2017-y., 5-son

7. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 26 yilligiga bag'ishlangan tantanali marosimda qilingan ma'ruzadan. // "Xalq so'zi" 2018-yil 7-dekabr.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.