Научная статья на тему 'KORRUPSIYANI MAMLAKAT IQTISODIY XAVFSIZLIGIGA TA’SIRI VA UNI BARTARAF ETISH CHORA-TADBIRLARI'

KORRUPSIYANI MAMLAKAT IQTISODIY XAVFSIZLIGIGA TA’SIRI VA UNI BARTARAF ETISH CHORA-TADBIRLARI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
609
74
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
korrupsiyasiz soha / lobbizm / elektron hukumat / poraxo’rlik / mulkiy manfaatlar.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Zokirjon Baxodirov

Ushbu maqolada korrupsiyani mamlakat iqtisodiy xavfsizligiga ta’siri va uni oldini olish chora-tadbirlariga oid tavsiyalar berib o’tilgan. Yurtimizda byurokratik to’siqlarni bartaraf etish va ―yashirin iqtisodiyot‖ni qisqartirish choralari ko’rilmoqda hamda ―Korrupsiyasiz soha‖ loyihalari amalga oshirilmoqda.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «KORRUPSIYANI MAMLAKAT IQTISODIY XAVFSIZLIGIGA TA’SIRI VA UNI BARTARAF ETISH CHORA-TADBIRLARI»

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 10 |October, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-10-362-373

KORRUPSIYANI MAMLAKAT IQTISODIY XAVFSIZLIGIGA TA'SIRI VA UNI BARTARAF ETISH CHORA-TADBIRLARI

Zokirjon Baxodirov

Toshkent moliya instituti talabasi E-mail: zokirj onbahodirov2003@gmail .com

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada korrupsiyani mamlakat iqtisodiy xavfsizligiga ta'siri va uni oldini olish chora-tadbirlariga oid tavsiyalar berib o'tilgan. Yurtimizda byurokratik to'siqlarni bartaraf etish va "yashirin iqtisodiyot''ni qisqartirish choralari ko'rilmoqda hamda "Korrupsiyasiz soha" loyihalari amalga oshirilmoqda.

Kalit so'zlar: korrupsiyasiz soha, lobbizm, elektron hukumat, poraxo'rlik, mulkiy manfaatlar.

KIRISH

Mamlakatimizda so'nggi yillarda korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish, davlat va jamiyat qurilishining barcha sohalarida korrupsiogen omillarga chek qo'yishga qaratilgan keng ko'lamli islohotlar izchil amalga oshirilmoqda.

Davlat organlari zimmasidagi vazifa va funksiyalarni bajarishda yuzaga keladigan korrupsiyaga oid xavf-xatarlarni baholash tizimini takomillashtirish hamda davlat xizmatiga xalollik standartlarini joriy etish bo'yicha ishlar amalga oshirilmoqda.

Korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini tubdan oshirish bo'yicha belgilangan vazifalar korrupsiya holatlarining sabab va shart-sharoitlarini aniqlash, ularni bartaraf etishning ta'sirchan tizimini yaratishni taqozo etmoqda. Ushbu ishlarga fuqarolik jamiyati institutlari va nodavlat sektorning boshqa vakillarini ham keng jalb etish zarurati tug'ilmoqda.

Prezidentimiz SH.Mirziyoyev ta'kidlaganlaridek: "Korrupsiya bilan hech qachon maqsadimizga erisha olmaymiz". Ma'lumki, korrupsiya har qanday davlat va jamiyatning siyosiy-iqtisodiy rivojlanishiga jiddiy putur yetkazadi, davlatning konstitutsiyaviy asoslarini va qonun ustuvorligini zaiflashtiradi, pirovardida inson huquq va erkinliklarining poymol bo'lishiga olib keladi.

Ushbu illatga qarshi kurashishni jahon talablari asosida tashkil etish maqsadida 2008-yilda mamlakatimiz Birlashgan Millatlar Tashkilotining 2003-yil 13-oktabrdagi

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 10 |October, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-10-362-373

"Korrupsiyaga qarshi" Konventsiyasini (O'RQ-158-son qonuni bilan) ratifikatsiya qildi, shuningdek, "Birlashgan Millatlar Tashkilotining "Korrupsiyaga qarshi" konvensiyasiga O'zbekiston Respublikasi qo'shilishi to'g'risida"gi Qonun qabul qilindi.

ADABIYOTLAR TAHLILI

Bugungi kunda korrupsiya muammosiga jahonning deyarli har bir mamlakatida duch kelish mumkin. Korrupsiya so'nggi yillarda xalqaro miqyosda transmilliy jinoyat sifatida tomonidan keng muhokama qilinayotgan mavzulardan biridir.

Ta'kidlash lozimki, korrupsiya keltiradigan zarar barcha davlatlar uchun teng sanalib, mazkur illat davlatning turli sohalariga, xususan siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy jabhalarida amalga oshirilayotgan islohotlarga hamda mamlakatning xalqaro maydondagi imidji va investitsiyaviy jozibadorligiga salbiy ta'sir ko'rsatadi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2020-yil 24-yanvar kuni O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga qilgan Murojaatnomasida ta'kidlaganidek, "Jamiyatimizda korrupsiya illati o'zining turli ko'rinishlari bilan taraqqiyotimizga g'ov bo'lmoqda. Bu yovuz baloning oldini olmasak, haqiqiy ishbilarmonlik va investitsiya muhitini yaratib bo'lmaydi, umuman, jamiyatning birorta tarmog'i rivojlanmaydi"[6].

Qobilov Sh. tadqiqotlarida korrupsiyaga quyidagicha ta'rif berilgan: "Korrupsiya — mansabdor shaxsning o'z mansabi bo'yicha berilgan huquqlarni shaxsiy boyish maqsadlarida bevosita suiiste'mol qilishidan iborat amaliyot."[7] Mansabdor shaxslarni sotib olish, ularning poraga sotilishi ham korrupsiya deyiladi. Korrupsiya davlat apparati va parlament faoliyatida ayniqsa, avj oladi. Saylanadigan lavozimlarga nomzodlar saylov kampaniyasini o'tkazish harajatlarini ko'tarish korrupsiyaning ko'rinishlaridan biridir (saylangan kishi turli imtiyozlar, yordam, xizmatlar ko'rsatib «o'z qarzini» qaytaradi).

Bardhan P. o'z izlanishlarida korrupsiya lobbizm (monopoliyalarning qonunchilik organlari va amaldorlarga tazyiq o'tkazish bilan shug'ullanadigan muassasa va agentlari tizimi) bilan bog'langanligini keltirib o'tgan[8].

TADQIQOT METODOLOGIYASI

Tadqiqot ishida kuzatish, umumlashtirish,omilli va dinamik taqqoslash, mantiqiy tahlil usullaridan foydalanildi.

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 10 |October, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-10-362-373

TAHLIL VA NATIJALAR

Mamlakatimizda korrupsiyani oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshirilayotgan bo'lsada, huquqni qo'llash amaliyotida mansabdor shaxslarning korrupsiya bilan bog'liq jinoyatlarni sodir etayotganlik holatlari hali hamon uchramoqda. Statistik ma'lumotlarga ko'ra, 2017-2019 - yillar davomida 6127 nafar mansabdor shaxsning pora olishi bilan bog'liq jinoiy javobgarlik masalasi hal qilinganligi, 2019 yilning dastlabki olti oyida jami 661 nafar turli toifadagi mansabdor shaxslarga nisbatan korrupsiya bilan bog'liq 590 ta jinoyat ishlari qo'zg'atilganligi, korrupsiyaga qo'l urgan va jinoyati fosh qilingan mansabdor shaxslarning 25 nafari respublika, 36 nafari viloyat va 476 nafari tuman-shahar miqyosidagi vazirliklar, idoralar hamda korxona va tashkilotlarda ishlab kelganligi, korrupsiya jinoyatlarining asosan tibbiyot, ta'lim, davlat xizmati ko'rsatish, xususan tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga litsenziya va ruhsat berish bilan bog'liq sohalarda hali hamon kamaymayotganligi tashvishlidir[11].

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yi 3-fevraldagi 2017-2021-yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasini «Yoshlarni qo'llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturi to'g'risida"gi PF-6155-son Farmon ilovasining 34-bandi ijrosini (Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish) ta'minlash maqsadida O'zbekiston Respublikasining korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha 2021-2025-yillarga mo'ljallangan Milliy strategiyasi loyihasi ishlab chiqildi.

Ushbu strategiya quyidagi yo'nalishlar bo'yicha shakllantirildi:

- korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish;

- fuqarolarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish;

- ta'lim, sog'liqni saqlash, ijtimoiy ta'minot, davlat va jamiyat hayotining boshqa sohalarida korrupsiyaning oldini olish bo'yicha chora-tadbirlar;

- korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni o'z vaqtida aniqlash, ularga chek qo'yish, oqibatlarini, sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish;

- korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida tashkiliy choralar, tadqiqotlar o'tkazish, xalqaro hamkorlik.

Xususan, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-iyundagi PF-6013-sonli "O'zbekiston Respublikasida Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 10 |October, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-10-362-373

takomillashtirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi[9] Farmoni qabul qilindi. Ushbu farmon ijrosini ta'minlash maqsadida Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi (Markaz) Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi bilan birgalikda davlat organlari, korxonalar va hududlar uchun korrupsiya va yashirin iqtisodiyot reytingini (keyingi o'rinlarda reyting) ishlab hisoblash metodologiyasini ishlab chiqdi.

Reyting mamlakatda korrupsiya va yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish sohasida amalga oshirilayotgan o'zgarishlarni va islohotlarni ob'yektiv baholash maqsadida yuritilmoqda.

Reyting doirasida, xususan, respublikaning barcha hududlarda aholi, tadbirkorlar va davlat xizmatchilari o'rtasida anonim so'rov o'tkaziladi.

- O'zbekiston uchun shu paytgacha korrupsiya muammolarini aniqlash bo'yicha ko'plab tadqiqotlar o'tkazildi. Biroq, ushbu baholar asosan respublika darajasida taqdim etiladi. Sektorlar yoki hududlar kesimida o'tkazilgan baholashlar bir martalik bo'lib, muammolarni o'z vaqtida aniqlash imkonini bermaydi.

Islohotlar jarayoni ayrim sektorlarda va hududlarda korrupsiya darajasini aniqlashni talab qiladi, chunki korrupsiya ko'rilayotgan choralar samarasizligining asosiy omili hisoblanadi. Shuning uchun, keng qamrovli islohotlarni amalga oshirishdan oldin, quyidagi muhim savollarga javob topish kerak: sektor/hudud kesimida korrupsiya muammosi qanchalik jiddiy?

Jahon amaliyotida ushbu savollarga aniqroq javob olish uchun korrupsiya darajasini baholashning ko'plab usullari qo'llaniladi. Ko'p usullar korrupsiya muammosining yopiqligi va murakkabligi bilan bog'liq. Shu bilan birga, turli xil o'lchov usullaridan foydalanish yanada keng ko'lamli natijalarga erishish imkonini beradi, chunki qamrovning kengligi muammolarni har tomonlama o'rganishga yordam beradi.

Korrupsiya sabablarini aniqlashda ko'pchilik tadqiqotchilar davlat qonunlarining nomukammalligiga urg'u beradilar. Bu to'g'ri, lekin hech qachon va hech qayerda abadiy mukammal qonunlar bo'lmagan. Qonunlar, odatda, real xayotdagi o'zgarishlardan orqada qoladi, shu sababli ular tez-tez o'zgartirilib, to'ldirilib turadi. Mukammal hisoblangan qonunlar vaqt o'tishi bilan nomukammal bo'lib qoladi, chunki real hayot ilgarilab ketadi. Nomukammal qonun real hayot talabidan ortda qolgan va kelajakni to'la aks ettirmaydigan qonundir. Bunday qonunlar yaxshi ishlamaydi, natijada korrupsiyaga yo'l ochiladi. Ko'pchilik o'tish davri mamlakatlaridagi qonunlar nomukammalligi bilan ajralib turadi, chunki ular

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 10 October, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar j

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-10-362-373

chetdan andoza olgan holda yaratilgan qonunlar bo'lib, ular yaxshi ishlamagan va bu korrupsionerlarga qo'l kelgan bir qator MDX mamlakatlarida qonunlarning nomukammalligidan ustalik bilan foydalangan guruxlar amaldorlarga pora berish vositasida kapital jamgarishni tezlashtirganligi ma'lum. Korrupsiyaning rivoji qonunlarning sifatiga bog'liq. Shu bois unga qarshi kurashish vositalaridan biri qonunlarni o'z vaqtida qayta ko'rishdir.

Korrupsiya sababiga to'xtalganda bir qator olimlar va siyosiy arboblar davlat amaldorlari ish haqining kamligiga urg'u beradilar. Bu ham poraxo'rlikka intilishni kuchaytiradi, lekin bu uning birdan-bir sababi emas. Ish haqining ozligi quyi tabaqadagi amaldorlarni poraxo'rlikka undaydi. Ammo katta pora olish yuqori mansabli amaldorlarga xos. Poraxo'rlik xuquq-tartibot organlarida ham tez-tez uchrab turadi, vaxolanki bu yerdagi ish xaqi va pensiyalar yuqori xisoblanadi. Demak, poraxo'rlik ish haqidan ko'ra pora olish imkoniyatlariga ko'proq bog'liqdir.

Korrupsiyani lobbizm xam keltirib chiqaradi, biroq, xar qanday lobbizm xam bunga olib kelmaydi. Ruxsat berilgan, jamiyat tan oladigan lobbizm borki, u ochiq bozor aloqalariga tayanadi. Bunda u yoki bu gurux shaxslar yoki firmalar manfaatiga mos keladigan, lekin jamiyat uchun zararsiz bo'lgan qarorlarni davlat idoralari tomonidan qabul qilish zarurligini asoslash va bunga ko'maklashish bilan bog'liq lobbizm korrupsiyani keltirib chiqarmaydi, chunki bu o'rinda bozor qoidalariga binoan lobbistik xizmatlardan ochiqchasiga ularning haqini to'lagan xolda foydalanish yuz beradi. Ammo, shu bilan birga, xufiyona lobbistik xizmatlar borki, ular individual va korporativ manfaatlarni ximoya qilgan holda boshqalar manfaatiga zid ishlarning amalga oshirilishini bildiradi. Shunday bo'lganda, g'ayriqonuniy lobbizm paydo bo'ladi, uning xizmat haqi poradan o'zga narsa bo'lmaydi. Iqtisod va demokratiya rivojlangan mamlakatlarda oshkora lobbizm ko'proq uchrasa, iqtisodi qoloq va demokratiya rivojlanmagan joyda lobbizm korrupsion faoliyat shaklini oladi. Yuksak likvidli aktivlarning mavjudligi va davlatning iqtisodiyotga aralashuvi, demokratiya darajasining pastligi korrupsiyaning ob'ektiv sabablari bo'lsa, axolining ma'naviyati darajasi va axloq-odobi, demokratiya Qoidalariga sodiqligidagi nuqsonlar korrupsiyaning sub'ektiv sabablariga kiradi. Sub'ektiv munosabat korrupsiyani kuchaytirishi yoki zaiflashtirishi mumkin, biroq korrupsiyani tag-tomiri bilan yo'qotolmaydi. Chunki uning ildizlari iqtisodiy munosabatlarning rivojlanish darajasiga borib taqaladi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi hamda Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tomonidan mustaqil jamoat tashkilotlarini jalb qilgan holda

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 10 |October, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-10-362-373

hududlar va barcha davlat organlaridagi yashirin iqtisodiyot va korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha olib borilayotgan ishlar muntazam o'rganib boriladi. Yakunda biz qaysi davlat organi, korxona va hududdagi holat qandayligini keng jamoatchilikka e'lon qilishimiz mumkin bo'ladi.

Korrupsiya holatlarini olib kelishi mumkin bo'lgan har qanday xizmatlarni raqamlashtirish, ularni "yagona darcha" tamoyili asosida berish va davlat xizmatlari markazlariga o'tkazish masalasi bo'yicha "Raqobat to'g'risida" gi O'zbekiston Respublikasi Qonunining 18-moddasidagi xo'jalik yurituvchi sub'ektlarni qo'shib yuborishga, qo'shib olishga doir harakatlarni amalga oshirishda va ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) olish bo'yicha bitimlar tuzishda shaxslar yoki shaxslar guruhlari bu harakatlar sodir etilguniga (bitimlar tuzilguniga) qadar oldindan rozilik olish tartibi Davlat xizmatlari markazlariga o'tkazilish to'g'risidagi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Tovar va moliya bozorlarida monopoliyaga qarshi tartibga solish sohasidagi davlat xizmatlarini ko'rsatishning ayrim ma'muriy reglamentlarini tasdiqlash to'g'risida"gi 28-may 2020-yildagi 338-sonli qarori tasdiqlangan.

Mamlakatimizda korrupsiyani oldini olish bo'yicha e'tibor qaratilgan sohalar quyidagilar:

- sog'liqni saqlash;

- xalq ta'limi;

- oliy va o'rta maxsus ta'lim;

- davlat xaridlarini amalga oshirish;

- soliq;

- paxta va don korxonalari;

- yerdan foydalanish.

Xususan, mamlakatda byudjet ochiqligining ta'minlanishi, O'zbekiston turli xalqaro reytinglarda ("Xalqaro baxt indeksi" da 47-o'rin, "Qonuniy tartiblarga itoat qilish indeksi"ga ko'ra 2-o'rin va h.k.) ko'tarilib borayotgani bejiz emas. Shu o'rinda qonun hujjatlarini hayotga tatbiq etishda yana ayrim jihatlarga alohida e'tibor qaratish maqsadga muvofiq. Xususan, OAVning shu yo'nalishdagi faoliyatini yanada rivojlantirish, korrupsiya holatlarini aniqlash, oqibatlarini yoritish borasidagi faoliyatini rag'batlantirib borish lozim.

Korrupsiyaga qarshi kurashda quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish

kerak:

Xodimlarning motivatsiyasi (ish haqi). Nafaqat iqtisodiy nazariya, balki

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 10 |October, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-10-362-373

amaliyot shuni ko'rsatadiki, ish haqi darajasi korrupsiya sxemalarida ishtirok etishning afzalliklari bilan taqqoslanadigan, qo'lga tushish xavfini hisobga olmaganda, korrupsiyaning oldini oluvchi asosiy omil hisoblanadi. Shuni hisobga olgan holda, davlat xizmatchilariga xususiy sektor bilan raqobatdosh ish haqi taklif qilinishi kerak. Shuningdek, davlat xizmatchilarining ish faoliyatini baholash tizimi va yuqori lavozimdagi ishchilarga ularning faoliyati samaradorligiga qarab maosh to'lash tizimini joriy etish zarur.

Jazo (obro', jarimalar). Korrupsiya sxemalarida ishtirok etish xarajatlarining kamligi sababli, korrupsiya faolligi o'smoqda. Korrupsiya uchun javobgarlikni kuchaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar korrupsiyani yengishda alohida rol o'ynashi mumkin, chunki ko'p hollarda xodim uchun korrupsiya xarajatlari uning asoratlaridan kattaroqdir.

Monitoring (audit va aniqlash imkoniyati). Ko'pgina davlatlar "pora berish" orqali korrupsiyaga qarshi kurashda audit rolini kuchaytirish zarurligini tan olishadi. Yevropa Kengashining Korrupsiyaga oid Jinoyat huquqi to'g'risidagi konvensiyasi mamlakatlardan har qanday davlatning mansabdor shaxslariga va'da berish, taklif qilish yoki biron-bir asossiz ustunlik berish uchun jinoiy javobgarlikka olib keladigan milliy qonunlarni qabul qilishga chaqiradi. Bunday jinoyat, shuningdek, buxgalteriya hisobi va hisoboti tartibini qo'llagan holda davlat xizmatchilarining poraxo'rligi bilan bog'liq xatti-harakatlar to'g'risida qasddan noto'g'ri taqdim etilgan deb hisoblanishi kerak[7].

Texnologiyalar (elektron hukumat, jamoat nazorati). "Elektron hukumat" ning to'laqonli ishlashi davlat xaridlarining aksariyat qismini va aholi, biznes va davlat o'rtasidagi munosabatlarning butun tizimini shaffof qilish imkonini beradi va bu tarmoqning hajmini sezilarli darajada kamaytiradi. Ikkinchisi biznesni rivojlantirishga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Masalan, Singapurda ko'plab zarur xizmatlarni, masalan, pasport va tug'ilganlik haqidagi guvohnomani uyda zarur shakllarni to'ldirib, tegishli organlarga elektron pochta orqali yuborish orqali olishingiz mumkin. Hukumat bunday xizmatlarni Internet orqali taqdim etishi odatiy tarz sifatida qabul qilinadi. Shuni ta'kidlash kerakki, agar fuqaro ushbu xizmatlarni olish uchun muassasaga shaxsan tashrif buyursa, u holda ushbu muassasaga alohida ehtiyojsiz kelganlik uchun unga jarima solinadi.

Mamlakatimizda so'nggi yillarda korrupsiya bilan bog'liq jinoyatlar holati quyidagicha:

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 10 |October, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-10-362-373

Mansabdor shaxslar jinoyatchiligi tahlili:

2020 114a,

1723

2021

Zarar

jinoyatúhi bovuha

j««y j >vob;irtt£i cortä*u

j Lsoya t ЬЫ " bo'vicha

2804 ^^ь

im» V/ \J T J МВТ J »YOfrf IГВСЭ

..fir ' »rd!»"

*°m voki miqdorida moddiy y o r\ q/

zarar vetkazilgan ,.'77

Javobgarlikka tortilgan mansabdor shaxslar mavqei:

2020 2021

9respublika miqw-idagi л л hodmilar ' О

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

А С viloyit miqvoúdagi ОЙ 1

hiulimlar I

turnan (ihahar)

1 669 miqvoúiUsi 2547

hwümlar

500 шы. 102

uudirilgan

so m ■ ^

miqdorida moddiy yoki

zarar yetkazilgan 71%

undirilgan

355 mlrd. 754 so'm

JAVOBGARLIKKA TORTILGAN MANSABDOR SHAXSLARNEVG SODIR ETGAN JINOYATLARI TURLARI:

1741

na fan

660 107 1 §5.

nafari I f- I. nafari

nafari

O'zganing mulkini Pora olish. pora o'zlashtirish yo'li berish, pora bilao talon-taroj olish-berishda qilgan rositachilik

qilgan

Firibgarlik qilgan

Mansab vakolatini suiste'mol qilgan

nafari

41

"j "j nafari nafari

i2H 28Q

nafari

Hokimi\et Tola maniob Man-ab > oxtaligiga

Takolatidoirandanchetgn yo'lqoygan chiqqan

Man- abga '.ovnqqonlik Boibqa pnoyatlar bilan qaragan sodiretgan

1-rasm. Mansabdor shaxslar sodir etgan jinoyatlar tahlili.

2021-yilda 2804 nafar mansabdor jinoiy javobgarlikka tortilgan. Unga ko'ra, respublika bo'yicha jami 2345 ta jinoyat ishi bo'yicha 2804 nafar mansabdor shaxslar jinoiy javobgarlikka tortilgan. Jinoyati fosh qilingan mansabdor shaxslarning 16

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 10 |October, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-10-362-373

nafari respublika (2020 yilda 9 nafar), 241 nafari viloyat (2020 yilda 45 nafar) va 2547 nafari (2020 yilda 1669) tuman (shahar) miqyosidagi vazirlik, idora va tashkilotlarda faoliyat yuritgan. Jinoiy javobgarlikka tortilgan mansabdor shaxslarning 1741 nafari o'zganing mulkini o'zlashtirish va rastrata yo'li bilan talon-toroj qilish (2020 yilda — 660 nafar), 269 nafari firibgarlik (2020 yilda -167 nafar), 153 nafari pora olish, 168 nafari mansab vakolatini suiiste'mol qilish (2020 yilda — 47 nafar), 42 nafari mansab vakolati doirasidan chetga chiqish (2020 yilda — 25 nafar), 41 nafari mansab soxtakorligi (2020 yilda — 11 nafar), 12 nafari pora berish va 353 nafari boshqa jinoyatlarni (2020 yilda — 280 nafar) sodir etgan.

Mansabdor shaxslarning jinoyatlari oqibatida 2021 yilda davlat va jamiyat manfaatlariga 913,7 mlrd so'm miqdorida moddiy zarar yetkazilgan bo'lib, tergov jarayonida ushbu zararning 714,8 mlrd so'mi 78,2% undirilgan. 2020 yilda yetkazilgan zarar miqdori 500 mlrd 102 mln so'mni tashkil etib, shundan 355 mlrd 754 mln so'm undirilgan (71%)[13].

XULOSA VA TAKLIFLAR

Bugungi kunda rivojlanib borayotgan, jahon hamjamiyati vakillarini tobora tashvishga solayotgan global muammolardan biri bo'lgan korrupsiya jamiyat xavfsizligi va barqarorligi, iqtisodiy, ijtimoiy-madaniy rivojlanishi va hukumatning institusional rivojlanishiga to'sqinlik qilayotgan illatlardan biridir. Korrupsiyaga oid jinoyatlar hukumat vakillarining jamiyat oldidagi obro'siga putur yetkazibgina qolmay, ichki va tashqi siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy aloqalarning samarali yo'lga qo'yilishida ham jiddiy muammo tug'diradi. Korrupsiya bilan bog'liq muammolarning keng talqin qilinishi va huquqni muhofaza qilish organlari faoliyatida korrupsiyaga qarshi kurashga qaratilgan chora-tadbirlarning kuchaytirilishiga qaramay ushbu jinoyatni ildiz otib borishi uning mohiyatini yanada chuqurroq tahlil qilish va paydo bo'lish sabablarini kengroq o'rganishga undaydi. Zero, "korrupsiya kasalligini" yengishda bugungi kunda mamlakatimizda joriy qilingan ma'muriy chora tadbirlarning o'zi yetarli emas. Poraxo'rlikni oldini olishgan bo'lgan urinishlar har tomonlama puxta ishlab chiqilishi, bunda aholining milliy mentaliteti, siyosiy madaniyati, ijro etuvchi hokimiyat organlari ustidan nazoratni amalga oshiruvchi fuqarolik institutlarining rivojlanganlik darajasini ham qamrab olinishi lozim.

Xulosa qilib aytganda, bugungi kundan korrupsiyaga qarshi kurashishda samarali natijaga erishish uchun quyidagilarga ahamiyat berish kerak:

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 10 |October, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-10-362-373

1. O'zbekistonda davlat xizmati sohasida hali ham qonuniy kuchda bo'lgan yagona qonun mavjud emas;

2. Manfaatlar to'qnashuvining oldini olish to'g'risidagi qoidalar qonun hujjatlariga kiritilgan bo'lsada, ularni to'g'ri qo'llash yanada tartibga solishni talab qiladi, shu jumladan, intizomiy jazo choralari bilan cheklanmasligi kerak bo'lgan javobgarlik choralarini kengaytirish zarur;

3. Korrupsiya va jinoyatchilikning bosha turlari, xususan, uyushgan va iqtisodiy jinoyatchilik o'rtasidagi aloqalar, shuningdek, noqonuniy pul mablag'larini legallashtirish kabi ko'rinishlarda namoyon bo'ladi va ushbu harakatlarni oldini olish zarur;

4. Korrupsiya — jamiyatni turli yo'llar bilan iskanjaga oladigan daxshatli illat. U demokratiya va huquq ustuvorligi asoslariga putur yetkazadi, inson xuquqlarining buzilishiga olib keladi, bozorlar faoliyatiga to'sqinlik qiladi, xayot sifatini yomonlashtiradi va odamlar xavfsizligiga taxdid soladigan uyushgan jinoyatchilik, terrorizm va boshqa xodisalarning ildiz otib, rivojlanishi uchun sharoit yaratib beradi;

5. Davlat xizmatchilarining aktivlari va mulkiy manfaatlarini deklaratsiya qilish to'g'risidagi normalar to'liq emas;

6. Korrupsiya kelib chiqishining ob'ektiv sabablari iqtisodiy tizimga bog'liqligini nazarda tutgan xolda, mamlakatimizda nafaqat iqtisodiy tizim, balki xuquqiy tizimni takomillashtirishga o'ta muxim vazifa sifatida qaralmoqda;

7. O'zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashda eng ma'qul yo'l — bozor munosabatlarini takomillashtirish, ishlab chiqarish va iqtisodiyotni modernizatsiya qilish jarayonlarini izchil davom ettirishdir. Bunday zaruratni bozor tizimi rivojlangan joyda korrupsiya kuchsiz bo'lishi faktining xam e'tiborga olinganligidir. Mamlakatimizda izchil iqtisodiy o'sish va xalq farovonligini yuksaltirish borasida maksimal qulay sharoitlar yaratish maqsadiga qaratilgan demokratik isloxotlar faol davom etmoqda.

Hozirgi vaqtda iqtisodiyot sohasiga tegishli bo'lgan, iqtisodiy munosabatlarni shakllantirishning xuquqiy negizini barpo etadigan umumiy xisobda 400 dan ziyod qonun xujjatlari ishlab chiqilib, qabul qilindi va joriy etildi. Isloxotlarning xuquqiy negizini yaratish bir qancha muhim yo'nalishlar bo'yicha amalga oshirildi. Ularning barchasi bugungi kunda iqtisodiyotimizni liberallashtirish va modernizatsiya qilishda nafaqat mustahkam xuquqiy asos, balki amalga oshirilayotgan bozor isloxotlari ortga qaytmasligining kafolati bo'lib xizmat qilmoqda;

8. Davlat xaridlari sohasi korrupsiya xavfi yuqori bo'lgan soha bo'lib

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 10 |October, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-10-362-373

qolmoqda. Shu sababli, davlat xaridlarini tashkil etish va tartibga solishning yangicha tizimini qaytadan ko'rib chiqish lozim;

9. Elektron vositalarini joriy etish va yanada kengaytirish, aholiga xizmat ko'rsatish va axborot berishda zamonaviy texnologiyalardan foydalanishga qaratilgan sa'y-harakatlar korrupsiyaga qarshi ijobiy ta'sirga ega;

10. Korrupsiyaga qarshi kurashish xalqaro standartlarini O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi, Jinoyat-protsessual kodeksi va boshqa qonun hujjatlariga implementatsiya qilish lozim.

Mamlakatimizda mazkur illatga qarshi kurashish masalasiga alohida e'tibor qaratib kelinmoqda. korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olishning mustahkam huquqiy bazasi va aniq tizimi shakllantirilmoqda.

REFERENCES

1. "Korrupsiyaga qarshi kurashish to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasining Qonuni, 03.01.2017 yildagi O'RQ-419-son.

2. "Raqobat to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasining Qonuni, 06.01.2012 yildagi O'RQ-319-son.

3. 2008 - yilda qabul qilingan «Birlashgan Millatlar Tashkilotining korrupsiyaga qarshi konvensiyasiga (Nyu-York, 2003 yil 31 oktyabr) O'zbekiston Respublikasining qo'shilishi to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasining Qonuni, 07.07.2008 yildagi O'RQ-158-son.

4. "2022-2026-yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi tog'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 28.01.2022-yildagi PF-60-son.

5. "O'zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 27.05.2019 yildagi PF-5729-son.

6. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2020-yil 24-yanvar kuni O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga qilgan Murojaatnomasi

7. Sh. R. Qobilov "Korrupsiyaga qarshi kurash: iqtisodiy, ma'naviy-ma'rifiy choralari va yo'llari" monografiya Toshkent - 2015.

8. Bardhan P. Corruption and development // Journal of Economic Literature. Pages - 1320.

9. ombudsman.uz/ - O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining inson huquqlari bo'yicha vakili (ombudsman) rasmiy sayti

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 10 |October, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-10-362-373

10. https://lex.uz/ - O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi.

11. https://www.transparency.org/ - Corruption perceptions index official web-site.

12. https://anticorruption.uz/ - O'zbekiston Respublikasi korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining rasmiy veb-sayti.

13. http://ziyonet.uz/ - Veb-sayti ma'lumotlari.

14. https://www.gazeta.uz/ - Axborot portali.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.