Научная статья на тему 'АHОLINI FАVQULОDDА VАZIYАTLАRDА HАRАKАT QILISH TIZIMINI'

АHОLINI FАVQULОDDА VАZIYАTLАRDА HАRАKАT QILISH TIZIMINI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
330
38
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
fаvqulоddа vаziyаt / оldini оlish / hаrаkаt qilish / bаrtаrаf etish / fuqаrо muhоfаzаsi / vаkоlаtli оrgаn / dаvlаt tizimi / bоshqаruv оrgаnlаri / funksiоnаl vа hududiy quyi tizimlаr / fаvqulоddа vаziyаtlar vazirligi. / emergency situation / prevention / action / elimination / civil protection / authorized body / state system / management bodies / functional and territorial subsystems / The Ministry of Emergency Situations.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Hulkar Bo‘stonovna Hamroeva

Mаqоlаdа аhоlini vа hududlаrni fаvqulоddа vаziyаtlаrdаn muhоfаzа qilish, fаvqulоddа vаziyаtlаr sоdir bо„lgаndа оqibаtlаrini bаrtаrаf etish bо„yichа tizimining shаkllаnish bоsqichlаri, fаоliyаti bilаn bоg„liq аmаlgа оshirilgаn islоhоtlаrning bоsqichlаri hаmdа jаrаyоnlаri, shuningdek tizimning kelgusidаgi tаkоmillаshtirish istiqbоllаrini belgilаsh mаsаlаlаri yоritilgаn.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

The article describes the stages of formation of the system for protecting the population and territories from emergency situations, eliminating the consequences of emergency situations, the stages and processes of the implemented reforms related to its activity, as well as the issues of determining the prospects for the future improvement of the system

Текст научной работы на тему «АHОLINI FАVQULОDDА VАZIYАTLАRDА HАRАKАT QILISH TIZIMINI»

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 8 |August, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-8-17-22

AHOLINI FAVQULODDA VAZIYATLARDA HARAKAT QILISH TIZIMINI

TAKOMILLASHTIRISH

Hulkar Bo'stonovna Hamroeva

Navoiy viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi HFXO'M katta o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Maqolada aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, favqulodda vaziyatlar sodir bo'lganda oqibatlarini bartaraf etish bo'yicha tizimining shakllanish bosqichlari, faoliyati bilan bog'liq amalga oshirilgan islohotlarning bosqichlari hamda jarayonlari, shuningdek tizimning kelgusidagi takomillashtirish istiqbollarini belgilash masalalari yoritilgan.

Kalit so'zlar: favqulodda vaziyat, oldini olish, harakat qilish, bartaraf etish, fuqaro muhofazasi, vakolatli organ, davlat tizimi, boshqaruv organlari, funksional va hududiy quyi tizimlar, favqulodda vaziyatlar vazirligi.

ABSTRACT

The article describes the stages of formation of the system for protecting the population and territories from emergency situations, eliminating the consequences of emergency situations, the stages and processes of the implemented reforms related to its activity, as well as the issues of determining the prospects for the future improvement of the system.

Keywords: emergency situation, prevention, action, elimination, civil protection, authorized body, state system, management bodies, functional and territorial subsystems, The Ministry of Emergency Situations.

KIRISH

О'zbekiston o„z mustaqilligi va suverenitetini qo'lga kiritgan ilk kunlardan boshlab, mamlakatimiz aholisi va hududlarini tabiiy ofatlar, texnogen falokatlardan muhofaza qilish bo'yicha ishonchli va samarali milliy tizimni yaratish ustuvor vazifalardan biriga aylandi. Аholini xavfsizligi va muhofazasi davlat siyosatining asosiy tamoyili etib belgilandi.

Mamlakatimiz aholisi va iqtisodiyot ob'ektlarini tabiiy ofatlardan muhofaza

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 8 |August, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-8-17-22

qilishning sаmаrаli tizimini tаshkil etish, respublikаdа tаbiiy vа texnоgen tusdаgi fаvqulоddа vaziyatlarning оldini оlish vа оqibаtlаrini bаrtаrаf etish maqsadida tashkil etilgan Favqulodda vaziyatlar vazirligi zimmasiga - favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday hollardagi harakatlarni boshqarishning davlat tizimini tashkil etish va uning faoliyatini ta'minlash vazifasi yuklandi.

Zamonaviy fan va texnika taraqqiyoti ishlab chiqarishda yuqori samarali va

xavfsiz texnologiyalarni, mehnatni tashkil qilishning ilg'or usullarini tadbiq etish va

shu bilan birgalikda ushbu soha uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlashni talab

qiladi. Ularning sanoat korxonalarida xavfsiz mehnat qilishlarini ta'minlash ularga sog'lom mehnat sharoitlarini yaratish, jarohatlanish va kasb kasalliklarining oldini olish usullarini o'rgatish orqali amalga oshiriladi.

Ayniqsa, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasini1 "Faol investisiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili"da amalga oshirishga oid Davlat dasturi to'g'risida" 2019 yil 17 yanvardagi PF-5635-son Farmoniga muvofiq, shuningdek, aholini favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga va fuqaro muhofazasi sohasida tayyorlash tartibini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 9 sentyabr kunidagi 754-sonli "Aholini favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga va fuqaro muhofazasi sohasida tayyorlash tartibini takomillashtirish to'g'risida"gi Qarorining 4-bandida belgilangan O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi, O'zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan kelishilgan holda hayotiy faoliyat xavfsizligi va fuqaro muhofaza yo'nalishlaridagi o'quv dasturlarini ta'lim yo'nalishlari uchun zamonaviy talablar asosida takomillashtirish va ta'lim jarayoniga joriy etish orqali oliy ta'lim muassasalari talabalarini favqulodda vaziyatlarda harakatlanishga tayyorlanganlik darajasini oshirish talab etiladi.

Hayot faoliyati xavfsizligi fanlarni o'qitish ta'lim va tarbiyaning uzviyligiga birligiga asoslanib, ushbu fan talabalarga mehnatni havf-xatarsiz bajarish usullarini o'rgatishdan, ya'ni har bir sharoitda baxtsizlikni kelib chiqishiga sabab bo'ladigan omillarni oldindan seza olish va ularni sodir bo'lmasligini ta'minlovchi muxandislik tadbirlarini ishlab chiqish va tadbiq etishga o'rgatishdan iboratdir.

Oliy ta'lim muassasalarida mehnat muxofazasi fanini o'qitish masalalari 2016 y 22- sentabrda «Mehnatni muhofaza qilish to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi

1 O'zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning 2017-2021 yillarda "O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirishning beshta ustivor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasi".http://strat egy.regulation.gov.uz/uz/document/

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 8 |August, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-8-17-22

qonuni (yangi tahriri) da 17-moddasida Oliy va o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalarida mehnatni muhofaza qilish bo'yicha mutaxassislarning tayyorlanishi belgilangan tartibda ta'minlanadi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Mamlakatimiz hududida ko'plab yirik ishlab chiqarish korxonalari faoliyat ko'гsatmoqda. Ularning ayrimlari atrof muhit va aholi uchun potensiyal xavf hisoblanadi. Bu korxonalarning ba'zilaridagi texnologiyalarning nazorat va tartib intizomni past darajasi ishlab chiqarish ko'reatkichiga ham salbiy ta'siгini ko'гsatadi. Bular natijasida bu korxonalarga investesiyalarni jalb etish, ishlab chiqarish vositalarini yangilashda muammolar yuzaga kelib va iqtisodiy holat yanada nochorlashadi.

Bu o'z navbatida xavflardan insonni himoyalashni nafaqat samarali tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishni shu bilan birga hayot faoliyat xavfsizligini taminlashga ma'lum darajada mablag' sarf etilishini taqoza etadi.

Statik ma'lumotlarning qayd etishicha ishlab chiqarishdagi avariyalarni 50 % dan ortig'i texnik xodimlarning noto'g'гi harakati natijasida sodir bo'ladi.

Amerikalik tadqiqotchilarning ma'lumotlariga ko'гa faqatgina AQShning o'zida yiliga yo'l transporti hodisasidan har 10 ming nafardan 3 tasi, zaharlanishdan har 100 ming nafardan 2 tasi, yong'indan kuyishdan har 100 ming nafardan 4 tasi, yashin urishdan har 10 mln nafardan 5 tasi, ishlab chiqarish vositalarining nosozligidan har 100 ming nafardan 1 tasi va boshqa turdagi favqulodda vaziyatlar natijasida har 100 ming nafardan 4 tasi inson o'limi bilan tugamoqda. Yaqin Sharq, Bolqon bo'yi, Sharqiy Afrika mintaqalarida siyosiy va harbiy to'qnashuvlar natijasida, Fukusimo, Chernobil, Chad ko'li, Orol dengizi va Orol bo'yi ekologik inqirozli hududlardan aholi migrasiyasining jadallashuvi kuzatilmoqda. Aksariyat hollarda bunday jarayonlar qurboni bo'lib yoshlar va ular ta'lim olayotgan

л

muassasalar chiqmoqda .

Bunday baxtsiz hodisalar yurtimizda ham uchrab turibdi. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining ma'lumotlariga qaraganda 2019 yil davomida O'zbekiston ish joylarida 574 ta baxtsiz hodisa sodir bo'lgan. Buning oqibatida 649

"3

kishi turli darajada jabrlangan .

2019 yili O'zbekistonning turli hududlarida ish vaqtida sodir bo'lgan turli xil baxtsiz hodisalar oqibatida 199 kishi hayotdan ko'z yumgan. Jami 574 ta baxtsiz

2 Bobojonov R.D., Ibragimov E.I. Hayot faoliyat xavfsizligi. /Ma'mzalaT matni to'plami. Toshkent, TIQXMII, 2010.

1 https:

//kun.uz/73637185

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 8 |August, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-8-17-22

hodisada 440 kishi og'ir va 10 nafari yengil tan jarohati olgan. Viloyatlar kesimida tahlil qilinsa, 2019 yili bunday fojialarda halok bo'lganlar soni 2018 yilga nisbatan Qoraqalpog'iston Respublikasi va Surxondaryo viloyatida 4 nafarga, Buxoro va Xorazm viloyatlarida 5, Navoiy viloyatida 6 hamda Toshkent shahrida 15 nafarga ortgan.

Davlat mehnat inspeksiyasi ma'lumotiga qaraganda 2020-yilda ishlab chiqarish jarayonlarida baxtsiz hodisalar 607 tani tashkil etganini, bu esa 2019-yilga nisbatan 33 taga ko'pligini ma'lum qildi. Buning Oqibatda 693 nafar xodim jabrlangan, shundan 201 nafari halok bo'lgan, 457 nafari og'ir va 35 nafari yengil tan j arohati olgan4.

Respublikamizda oxirgi 2 yilda sodir bo'lgan baxtsiz hodisalar, og'ir,

800 700 600 500 400 300 200 100

0

- Baxtsiz hodisalaneoni Yengil baxtsiz hodisalar ■ Og'ir baxtsiz hodisalar Halok bo'lganlar soni

Bu esa ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklaridan kelib chiqadigan iqtisodiy yo'qotishlar global miqyosda jahon YalMning 4-6 foizini tashkil etyapti. Bu iqtisodiy rivojlanish uchun ko'rsatiladigan rasmiy yordamdan 20 baravar ko'p deganidir.

yengil va halok bo'lgan ko'rsatkichi

1-diagramma

693

574

2020 Yil

2021 Yil

4 http://metmash.kasaba.uz/ishlab-chiqarishdagi-bahtsiz-hodisalar-va-kasb-kasalliklarini-oldini-olish-mumkin E-mail: [email protected]

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 8 |August, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-8-17-22

Demak ishlab chiqarish bilan bog'liq fojialarning ayrim sabablarini ko'rsatib o'tamiz.

- ishchi-xodimlarni ishga jalb qilishda xavfsiz mehnat usullariga o'qitilib, yo'l -yo'riqdan o'tkazilmagan shaxslarni ishga qo'yilganligi, yo'riqnomalarga rioya etmaslik, nazorat yo'qligi, xodimlarni majburiy tibbiy ko'rikdan o'tkazmaslik va sanitariya-maishiy sharoitlar yaratilmaganlik holatlari mavjudligi;

qurilish loyiha hujjatlariga va ishlab chiqarish texnologik talablariga amal qilmaslik, xodimlarning mehnati noto'g'ri tashkil qilinganligi;

XULOSA

Respublikamizda yuz berishi mumkin bo'lgan baxtsiz hodisalar va boshqa turdagi oqibatlari noxush voqealarni kamaytirish va oldini olish uchun, qiyidagi tadbirlarni doimiy ravishda amalga oshiris maqsadga muvofiqdir:

-ishchi-xodimlarni huquqiy savodxonligini maqsadli tayyorlangan bukletlar tarqatish evaziga oshirib borish;

- ish beruvchilarga mehnatni muhofaza qilish qonunchilik asosida talab etiladigan hujjatlardan namunalar va ularni to'ldirish bo'yicha tavsiyalarni ishlab chiqish va tarqatish;

-ishlab chiqarish korxonalarida kamida har olti oyda bir marotaba mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlikni ta'minlash borasida jamoaviy seminar va treninglarni tashkil etib borish;

-korxonalarda mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi burchaklarini tashkil etib, unda Respublikamizda sodir bo'lgan baxtsiz hodisalar haqida ma'lumotlar yoritib borish lozim.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. - T.: "O'zbekiston", 2014.

2. O'zbekiston Respublikasining «Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish to'g'risida»gi Qonuni.

3. O'zbekiston Respublikasining «Fuqaro muhofazasi to'g'risida»gi Qonuni.

4. O'zbekiston Respublikasining «Qutqaruv xizmati va qutqaruvchi maqomi to'g'risida»gi Qonuni.

5. O'zbekiston Respublikasining «Volontyorlik faoliyati to'g'risida»gi Qonuni

6. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «O'zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligini tashkil etish to'g'risida» 1996 yil 4 martdagi PF-1378-son

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 8 |August, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-8-17-22

Farmoni.

7. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish tizimi samaradorligini tubdan oshirish chora tadbirlari to'g'risida"gi 2017 yil1 iyundagi PF-5066-sonli Farmoni.

8. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «O'zbekiston Respublikasida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish hamda yong'in xavfsizligini ta'minlashning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish to'g'risida»gi 2019 yil 10 apreldagi PF-5706-sonli Farmoni.

9. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «Favqulodda vaziyatlar tuzilmalari faoliyatini yanada takomillashtirish bo'yicha tashkiliy chora-tadbirlari to'g'risida»gi 2019 yil 10 apreldagi PQ-4276-sonli Qarori.

10. O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2021 yil 16 avgustdagi 1293-V-sonli Qarori.

11. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "O'zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining faoliyatini tashkil etish masalalari to'g'risida"gi 1996 yil 11 apreldagi 143-sonli Qarori.

12. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalarini favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishga jalb qilish tartibi to'g'risidagi Nizomni tasdiqlash haqida»gi

2010 yil 5 yanvardagi 2-sonli Qarori.

13. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ""Qutqaruv xizmati va qutqaruvchi maqomi to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida"gi 2014 yil 9 iyuldagi 184-sonli Qarori.

14. O'zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning 2017-2021 yillarda "O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirishning beshta ustivor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasi"http://strat egy.regulation. gov.uz/uz/document/

15. Bobojonov R.D., Ibragimov E.I. Hayot faoliyat xavfsizligi. /Ma'ruzalar matni to'plami. Toshkent, TIQXMII, 2010.

16. https://kun.uz/73637185

17. http://metmash.kasaba.uz/ishlab-chiqarishdagi-bahtsiz-hodisalar-va-kasb-kasalliklarini-oldini-olish-mumkin

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.